B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov


Oila  an’analari  (yoki  oilaviy  an’analar)



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Oila  an’analari  (yoki  oilaviy  an’analar)
  –  oilaning  tabiiy  va  ijtimoiy 
ehtiyojlari  asosida  vujudga  kelib,  avloddan  avlodga  meros  sifatida  o’tish  orqali  oila 
a’zolarining  ma’naviy  shakllanishiga  ta’sir  ko’rsatadigan  ijtimoiy-madaniy  hodisa 
sanaladi.  
 
Oila 
–  kishilarning  nikoh  yoki  qon-qarindoshlik  rishtalari,  umumiy  turmush 
tarzi, axloqiy mas’uliyat, o’zaro yordamga asoslanadigan kichik guruhi. 
 
Oilalarga  ko’rsatiladigan  metodik  yordam 

 
yosh  avlodni  tarbiyalashda 
ta’lim  muassasalari  tomonidan  oilalarga  ko’rsatiladigan  yordam.  Bunday  yordam 
maslahat, suhbat yoki amaliy ishlar shakllari (m: psixologik treninglarni tashkil etish 
ko’rinishi)da bo’lishi mumkin.   
 
Oila  tarbiyasi
  –  ota-onalar  yoki  mas’ul  shaxslar  tomonidan  tashkil  etilib, 
bolalarni  har  tomonlama  yetuk,  sog’lom  etib  tarbiyalashga  yo’naltirilgan  pedagogik 
jarayon;  ijtimoiy  tarbiyaning  muhim  ko’rinishi.  Oila  qadim-qadimdan  o’sib 
kelayotgan  avlodga  ajdodlar  an’analarini  uzatish,  milliy  tarbiya  asoslarini 
singdirishda  tengsiz maskan  bo’lib kelgan. Oilada  qaror topgan  sog’lom  muhit, ota-
onalarning ma’naviy boy dunyoqarashi, hayotiy yondashuvlari, farzandlar tarbiyasiga 
qo’yadigan  talablari,  intilishlari  yosh  avlodlar  uchun  namunadir.  Shu  jihatdan 
olganda  oilada  ota-onalarning  farzandlar  tarbiyasiga  alohida  mas’uliyat  bilan 
yondasha,  ularning  ruhiy  kechinmalarini  his  eta  olishlari,  uy-fikrlari,  hayotiy 
intilishlaridan  xabardor  bo’lishlari  o’quvchilarni  yot,  buzg’unchi  g’oyalar  ta’siriga 
berilishdan  saqlaydi.  Juda  yoshlikdanoq  oila  sharoitida  o’quvchilarning  mehnatga 
ijobiy munosabatlarini qaror toptirish ularni irodali bo’lishga, mustaqil fikr yuritishga 
o’rgatadi.  Shuningdek,  o’quvchilarni  mehnat  faoliyati  bilan  band  qilinishi  esa  ular 
tomonidan  turli  sarguzashtlarni  izlashdan,  “o’zlarini  juda  qiyin,  og’ir  vaziyatlarda 
sinab ko’rish”dek g’ayri tabiiy xatti-harakatlarni amalga oshirishdan qaytaradi.  
Oilada  bolalarning  mehnat  (shu  jumladan,  o’qish)  faoliyati  bilan  dam  olishlari 
o’rtasida  o’zaro  mutanosiblikka  erishish,  ularning  ko’ngilli  dam  olishlarini  tashkil 
etish  ham  ularda  “zerikishlarni  his  etish”,  hayotlarining  bir  xilda  kechishidan 
noroziliklarni  bartaraf  etadi.  Dam  olishning  oila  a’zolari  bilan  birgalikda,  tabiat 
bag’rida  tashkil  etilishi  esa  yanada  samarali  bo’lib,  birinchidan,  bolalarni  tabiatga 
yaqinlashtiradi,  ularda  estetik  didni  tarbiyalaydi  (zero,  estetik  e’tiqodlarga  ega 
bo’lgan  shaxs  yomonlik  qilishga  qodir  bo’lmaydi,  o’zi  uchun  muqaddas  bo’lgan 
insoniy  qadriyatlarni  oyoq  osti  qilmaydi),  ikkinchidan  esa,  ota-onalar  va  farzandlar 
o’rtasidagi ruhiy yaqinlikni mustahkamlaydi. 
Farzandlar  bilan  kinofilm,  teatr  yoki  ommaviy  tomoshalarni  ko’rish,  ularning 
mazmuni,  g’oyasi,  yo’nalishi  hamda  natijalari  to’g’risida  bahs-munozaralarni 
uyushtirish  ularda  hayotiy  qarashlar  va  maqsadning  shakllanishiga  ijobiy  ta’sir 
ko’rsatadi.  Bu  o’rinda  ko’proq  bolalarning  tomoshalardan  olgan  taassurotlarini 
bildirishlariga  erishish,  ularda  mustaqil  fikrlash,  muayyan  vaziyatlarni  tahlil  qilish, 


 
150 
oqibatni  ko’ra  olish,  asar  yoki  tomosha  yechimlarini  boshqa  bir  variantda  topishga 
undash  pedagogik  jihatdan  to’g’ri  bo’lib,  ularning  tasavvurlarini  boyitadi.  Natijada 
ular  nima  yaxshi-yu,  nima  yomonligini,  qanday  harakatlar  to’g’ri-yu,  qanday 
harakatlar noto’g’ri ekanligini tushunib boradilar. 
Oila  a’zolari  o’rtasida  psixologik-ruhiy  yaqinlikning  qaror  topishiga  erishish, 
bolalarning  quvonch  va  tashvishlaridan  xabardor  bo’lish,  ularni  hal  etishga  yordam 
berish  bolalarda  oilaga  bo’lgan  mehr-muhabbatni  mustahkamlaydi.  Bola  duch 
kelayotgan qiyinchiliklarni hal etishda pand-nasihat qilish emas, aksincha, ularga o’z 
xatolarini ko’ra olishga imkon berish to’g’ri bo’ladi. Bu o’rinda “Seningcha, bunday 
qilish to’g’rimi?”, “Bir o’ylab ko’r-chi, bu m.i yechishda qanday yo’l tutish kerak?”, 
“Menimcha,  shunday,  sen  qanday  fikrdasan?”  tarzdagi  savollar  asosida  ularni 
o’ylashga, fikrlashga undash bolalarda o’z kuchlariga, salohiyatiga bo’lgan ishonchni 
kuchaytiradi.  Qolaversa,  o’zlariga  bildirilayotgan  ishonch  uchun  ota-onalariga 
bo’lgan hurmatlari yanada oshadi. 
Oila  davrasida  bolalarga  terrorizm,  diniy-ekstremizm,  millatchilik,  ma’naviy 
buzuqlikning ayanchli oqibatlari haqidagi ma’lumotlarni berib borish, ularga nisbatan 
nafratni  tarbiyalash  g’oyaviy  immunitetning  shakllanishi  uchun  poydevor  yaratadi. 
Ular  bilan  “O’zbekiston”  telekanali  orqali  namoyish  etiluvchi  “Ogoh  bo’ling!”, 
“Adashganlar”,  “Inson  va  qonun”  ruknida  beriladigan  ko’rsatuvlarni  birgalikda 
tomosha  qilinishi,  terrorizm,  diniy  ekstremizm  ta’siriga  tushib  qolgan  kishilar,  shu 
jumladan,  yoshlarning  taqdiri,  ularning  afsus-nadomatlaridan  muayyan  xulosalarni 
chiqarish farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Oila  tarbiyasi  muayyan  yo’nalishlarda  tashkil  etiladi.  Ular:    1)  axloqiy 
tarbiyaning  maqsadi
 
bolalarda  eng  oliy  axloqiy  sifatlar  ota-ona  va  oilaning  boshqa 
a’zolari,  atrofdagilarga  nisbatan  mehr-muhabbat,  kattalarga  hurmat,  kichiklarga 
muruvvat,  kamtarlik,  to’g’riso’zlik,  mehnatsevarlik,  saxovat,  insonparvarlik,  adolat, 
vijdon,  or-nomus,  g’urur,  intizom,  ijtimoiy  burchni  anglash  va  h.k.ni 
shakllantirishdan  iborat;  2)  aqliy  tarbiyani  tashkil  etishda  bolaning  qiziqish  va 
ehtiyojlarini  inobatga  olgan  holda  uni  tasavvuri,  idroki, xotirasi,  diqqati, tafakkurini 
takomillashtirishga  yordam  beradigan  mashg’ulotlarga  jalb  etishga  alohida  e’tibor 
qaratish  zarur;  3)  jinsiy  tarbiya  o’zida  bolani  jinsiy  jihatdan  chiniqtirish,  ularni 
tozalik,  ozodalikka  o’rgatish,  o’z  sog’ligi  uchun  g’amxo’rlik  qilish,  mas’uliyatli 
bo’lishni  ta’minlashga  qaratilgan  harakatlar  mazmunini  aks  ettiradi;  4)  ota-ona  va 
oilaning  boshqa  a’zolari  tomonidan  bolalarni  oila  xo’jaligini  yuritishga  jalb  etish, 
ishni  rejali  olib  borish,  vaqtdan  unumli  foydalanish,  tejamkor  bo’lish,  uy-ro’zg’or 
hamda shaxsiy buyumlarni asrash, o’zgalar mehnatining mahsuli bo’lgan ne’matlarni 
asrab-avaylashga,  yoshlikdan  pul  bilan  muomala  qilishga  o’rgatish,  oila  mulkiga 
nisbatan  mas’uliyatli  yondashishga  ko’niktirib  borish  bolalar  tomonidan  iqtisodiy 
tushunchalarni  yoshlikdanoq  o’rganilishi  uchun  sharoit  yaratadi;  5)  ekologik 
tarbiyani tashkil etishda bolalarni tabiatni sevishga, nihollarni parvarishlashga, suvni 
ifloslantirmaslikka,  hovli  va  ko’chalarga  axlat  tashlamaslikka,  uni  maxsus  qutiga 
tashlashga,  gulzorlarni  payhon  qilmaslikka  o’rgatish,  odatlantirish  orqali  ularda 
ekologik  ongni  shakllantirishga  alohida  e’tibor  qaratish  zarur;  6)  estetik  tarbiya 
bolalarda go’zallikni his  qilish, undan zavqlanish, tabiat go’zalliklaridan bahra olish 
asosida  his-tuyg’u,  idrok,  tasavvur  va  qarashlarni  yuzaga  keltirish,  ularni  hayotni 


 
151 
sevishga o’rgatish kabi vazifalarni hal qiladi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish