B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Kasb-hunar  kollejlari
  –  o’quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim  va 
ko’nikmalarini  chuqur  rivojlantiruvchi,  tanlab olingan kasb-hunar  bo’yicha bir  yoki 
bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli DTS doirasida o’rta 
maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  beradigan  yuridik  maqomga  ega  ta’lim  muassasasi. 
O’zbekiston  Respublikasida  kasb-hunar  kollejlari  hududlarning  demografik  va 
geografik sharoitlari, tegishli soha mutaxassisliklariga bo’lgan mahalliy ehtiyojlarga 
asoslanib  tashkil  etiladi. Kasb-hunar kollejlari  o’quvchilarda  kasb-hunarga  moyillik, 
umumiy  hamda  boshlang’ich  kasbiy  bilim,  ko’nikma,  malakalarni  chuqur 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Kasb-hunar kollejlari mutaxassislar tayyorlashning turi 
va  sohasidan  kelib  chiqqan  holda  klassifikatsiya  qilinadi.  Bu  kabi  ta’lim 
muassasalarida  kasbiy  tayyorgarlik  yo’nalishlari  respublikani  ijtimoiy-iqtisodiy  va 
madaniy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishlab chiqilib, O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  O’rta 
maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  tayyorlash,  kasblar  va  mutaxassisliklar  yo’nalishlari 
klassifikatoriga  muvofiq  belgilanadi.  Kasb-hunar  kollejlarida  mutaxassislar 
tayyorlash  soni,  kasb-hunar  kollejlari  sohasini  qayta  o’zgartirish  imkoniyati  mehnat 
bozorining  u  yoki  bu  soha  kadrlariga  bo’lgan  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan  holda 
aniqlanadi.  Iqtisodiyot  tarmoqlari  va  ma’muriy-ijtimoiy  sohaning  kadrlarga  bo’lgan 
talabini  eng  yuqori  darajada  ta’minlashni  hisobga  olgan  holda,  zarur  soha  va  ta’lim 
darajasi  bo’yicha  kadrlar  tayyorlashni  tartibga  solish  O’zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Kasb-hunar kollejlarida ta’lim va kasb-hunar dasturlarini bajarish korxonalar va 
kasb-hunar kollejlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik asosida amalga oshiriladi. Bu kabi 
ta’lim  muassasalarida  o’quvchilar  bir  yoki  bir  necha  ixtisoslik  bilimlarini 
o’zlashtirishlari mumkin. Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan 
tasdiqlangan  namunadagi  diplom  beriladi.  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini 
olganlikni  tasdiqlovchi  diplomda  o’qitilgan  fanlar,  o’quvchining  ular  bo’yicha 
tayyorgarlik  darajasi  hamda  tegishli  mutaxassislik  bo’yicha  egallagan  malaka 


 
102 
ko’rsatkichlari  qayd  qilinadi.  Diplom  asosida  bitiruvchilar  ta’limning  keyingi 
bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha  
mehnat  faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga egadir.  
2018-2019  o’quv  yilining  boshida  respublikada  jami  1414  ta  kasb-hunar 
kollejlari faoliyat ko’rsatgan. 
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan kasb-hunar kollejlari uchun 
tarmoq  vazirliklari,  idoralari,  iqtisodiy  barqaror  korxonalar  orasidan  vasiylar 
aniqlanib, ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish ta’minlanadi, turli korxona, 
muassasalarda  ishlab  chiqarish  amaliyotini  tashkil  etish,  keyinchalik  bitiruvchilarni 
ishga  joylashtirish  va  ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnik,  resurs  bazasini 
mustahkamlash, o’quvchi va o’qituvchilarni ijtimoiy himoya qilishga ko’maklashadi. 
O’quvchilarni  soha  bo’yicha  tabaqalashtirilgan,  kasbga  yo’naltirilgan  holda 
o’qitish,  ularning  intellektual  qobiliyatini  rivojlantirish  maqsadida  imkoniyatlari 
cheklangan  shaxslar  uchun  ixtisoslashtirilgan,  ko’rsatilgan  maqsadga  qo’shimcha 
sifatida  o’quvchilarni  harbiy-vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash  maqsadida  harbiy 
akademik litseylar tashkil etiladi. Respublikada sportning olimpiada va milliy turlari 
bo’yicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport va sport rezervi sohasida yuqori 
malakali  o’rta  bo’g’in  mutaxassislarini  tayyorlash  maqsadida  olimpiada  rezervi 
kollejlari,  shuningdek,  yuqori  darajada  o’quv-metodik  va  moddiy-texnik  baza, 
malakali  o’qituvchilar  va  ishlab  chiqarish  ta’limi  ustalariga  ega  bo’lgan  yetakchi 
kasb-hunar  kollejlari  negizida  chekka  hududlarda  ularning  filiallari  sifatida 
birlashgan  (bazaviy)  kasb-hunar  kollejlari  tashkil  etiladi.  Birlashgan  kollejlarning 
filiallari,  qoidaga  ko’ra,  ma’muriy  markazlar  va  yirik  shaharlardan  uzoqda 
joylashgan,  mutaxassislar  tayyorlashning  soha  yo’nalishi  bo’yicha  o’xshash 
birlashgan kollejga ega bo’lgan kasb-hunar kollejlari orasidan tanlanadi. 
Imkoniyatlari  cheklangan  shaxslar  uchun  ixtisoslashtirilgan  kasb-hunar 
kollejlarini,  olimpiada  rezervi  kollejlarini,  birlashgan  (bazaviy)  kasb-hunar 
kollejlarini  va  ularning  filiallarini,  harbiy  akademik  litseylarni  tashkil  etish  va 
ularning  faoliyatini  amalga  oshirish  shart-sharoitlari  O’zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan belgilanadi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish