Kaltaklash
– tarbiyaviy jarayonda ota-onalar, oiladagi katta yoshli kishilari
tomonidan sodir etiladigan bolalar, o’smirlarni ularning nojo’ya, ijtimoiy axloq
me’yorlariga zid xatti-harakatlari, yurish-turishlari, xulq-atvorlari, gap-so’zlari uchun
jismoniy jazolash chorasi. Tarbiyaviy ta’sir chorasi sifatida kaltaklash yuzga
shapaloq tushirish, yelka, tana, oyoq, qo’l va b. a’zolarga biror-bir vosita (m: tayoq,
qayish, qo’l va b.) bilan urish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |