__
Qo’shtepa tumani MTB ta`sarrufidagi 13-sonli Davlat Maktabgacha ta`lim tashkilotining 2-sonli Pedagogik kengash
B A Y ON N O M A S I.
26.11.2021-yil 13-DMTT
Qatnashdilar:
|
DMTT raxbari, barcha guruh tarbiyachilari,musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo`riqchisi, til o`qituvchisi.
|
Kengash raisi:
|
Abduraxmonova Gulnoraxon Rustamovna
|
Kotiba:
|
Mo’sayeva Bashoratxon
|
K U N T A R TI B I.
“Ilk qadam“ davlat o’quv dasturini ta’lim-tarbiya jarayonlariga joriy etish orqali bolalarni boshlang’ich ta’limga sifatli tayyorlashni takomillashtirish.
Oilalar va maxalliy jamoatchilik xamkorligida pedagogning roli, MTT va oilaning ta’lim-tarbiya funksiyalari haqida;
Guruxlarda rivojlanish xaritalarining yuritilishi va ularni xisoboti;
-Mavzuli nazorat taxlili;
ESHITILDI:
Pedagogik kengashni kengash raisi G.Abduraxmonova ochib berdi, Pedagog hodimlarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi.
Kun tartibidagi birinchi masalani ko`rib chiqishdan oldin o`tgan pedagogik kengashning qarori ijrosi yuzasidan kengash raisi so’z olib bordi, u bu qarorlarni to’liq bajarilmaganini aytib o’tdi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan berilgan hisobot asosida kengash
Q a r o r q i l a d i:
O`tgan pedagog kengash qabul qilgan qarorlarning ijrosi yuzasidan berilgan hisobot ma`lumot uchun qabul qilinsin.
Kengashda qabul qilingan qarorlarning ba’zilarini ijrosi ta`minlanmaganligi e`tiborga olingan holda o`tgan kengash qarorlari qayta nazoratga olinsin.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Davlat Maktabgacha ta`lim tashkiloti rahbari Gulnora Abduraxmonova so`zga chiqdi. U bugungi pedagogik kengashning birinchi masalasiga , “Ilk qadam“ davlat o’quv dasturini ta’lim-tarbiya jarayonlariga joriy etish orqali bolalarni boshlang’ich ta’limga sifatli tayyorlashni takomillashtirish va shu masala yuzasidan o`z fikirlarini ifoda etdi. DMTT raxbari pedagog hodimlarga markazlardagi va frontal mashg`ulotlarni tashkillashtirayotganlarida “Ilk qadam“ davlat o’quv dasturidan foydalanish lozimligini ta`kidladi. Va pedagogik kengash ishchi guruh a`zolari bilan guruhlarda “Ilk qadam“ davlat o’quv dasturini foydalanishi bo`yicha kuzatuv natijalari bilan o`rtoqlashish taklifini kiritdi. Shundan so`ng aynan shu masala yuzasidan DMTT tayyorlov guruh tarbiyachisi Madiyorova Feruza so`zga chiqdi. F.Madiyorova MTTda “Ilk qadam“ davlat o’quv dasturini faoliyatlarda tadbiq etish yuzasidan tashkilotimizdagi olib borilayotgan turli o’quv seminarlar hamda ochiq mashg’ulotlar juda xam ko’p samaradorlikka erishilmoqda. So`ngra DMTT guruhlar kuzatilib chiqilganda “Ilk qadam“ davlat o’quv dasturini foydalanish bo`yicha DMTT tayyorlov guruh tarbiyachisi T.Nizomova barcha tarbiyachilar ichida ildam ekanligini ta`kidladi. Pedagogik kengashning birinchi masalasi yuzasidan tashkilotning 2-o’rta gurux tarbiyachisi Mamatxonova Ro’zixon so’zga chiqdi, boshlang’ich ta’limga sifatli tayyorlashda tashkilotimizdagi majburiy bir yillik guruxiga “Ilm yo’li‘ variativ dasturi hamda kechgachalik uzun gurupalarda “Ilk qadam‘ davlat o’quv dasturidan samarali foydalanishim zarur. Bu dasturlarni samarali hamda soddaroqqilib bolalarning ongiga yetkazishimiz uchun gurux tarbiyalanuvchilari o’rtasida turli xil musobaqalar tashkillasak maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Pedagogik kengash
Do'stlaringiz bilan baham: |