Farg'ona Davlat Universiteti Chet tillari fakulteti nemis tili yo’nalishi
1-bosqich 20.131 guruh talabasi Axmedova Gulnoraxonning amaliyot davri
HISOBOTI
Men Axmedova Gulnoraxon 23.03.2021 dan 20.04.2021 gacha bo’lgan vaqt oralig'ida Farg'ona shahar 10-sonli umumiy o’rta ta’lim malakaviy amaliyotda bo'ldim.
Bu yerda men boshlang’ich sinf o‘quvchilari bilan nemis tili darslarini kuzatdim. Men amaliyot jarayoni uchun o‘quv dasturi ishlab chiqdim va shu o‘quv dasturi bo‘yicha o‘quvchilarga dars berdim. Amaliyot jarayonida nazariy jihatdan o‘rgangan o‘qitish metodlari bo‘yicha bilimlarimni amalda qo‘lladim va yanada ko‘proq bolalarni o‘qitish borasida tajriba orttirdim. Shuningdek, ko‘proq tajribaga erishish maqsadida tajribali o‘qituvchilarni darslarini kuzatdim. Dars mashg‘ulotlarini qiziqarli olib borish maqsadida turli xil qiziqarli o‘quv materiallardan foydalandim va albatta ularni tanlashda o‘quvchilarning yoshi, qiziqishlari va ehtiyojlarini ham hisobga oldim. Natijada, o‘quvchilarni o‘qitishda yaxshi natijalarga, samaradorlikka erisha oldim. Ayniqsa, darsda mavzularni turli xil qiziqarli rangli o‘quv materiallari va o‘yinlar vositasida tushuntirish orqali bolalarni nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga erishdim. Har bir yangi mavzuni o‘tishdan oldin o‘tilgan mavzularni takrorlash sifatida so‘rab oldim. Malakaviy amaliyot mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillash haqida yetarli bilim-ko'nikmaga ega bo'ldim.
Óqituvchilarning dars ótish jarayonlarini muntazam ravishda kuzatdim va dars uchun kerakli bólgan turli óqitish metodları,yangı pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishni órgandim.Shu bilan birga ,noan'anaviy óqitish metodlarini dars jarayonida qóllashni va eng muhimi,haqiqiy pedagog sifatida óquvchi bilan tóg'ri va samarali aloqa órnatishni kuzatdim.Nemis tili óqituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni va mustaqil ravishda konspektlar yozishni,darsni tog'ri tashkillash,mavzuga mos bólgan materiallar va kórgazmali qurollar,tarqatma materiallardan tog'ri foydalanishni va eng muhimi óquvchini óz qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qandey qilib qiziqtirishni órgandim.Bunga qóshimcha yana dars vaqtini tóg'ri taqsim qilishniva mustaqil ravishda dars ótishni órgandim Va amalda sınab kórdim.Bunda menga ustozlardan ózlashtirgan bilimlarim Va malakalarim qól keldi.
Amaliyot davrida sinf bilan ishlash, dars jarayonidan qatnashishdan tashqari maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o`tkiziladigan ma`naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma`naviyat soatlarini olib borishni o`rgandim. Davomati va o`zlashtirishi past o`quvchilar bilan ish olib borishni o`zlashtirdim. Ayniqsa sinfda faol va past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga qo`shimcha materiallar tayyorlash, darsga jalb qilish hamda ko`rgazmali qurollar va tehnika vositalardan doimiy ravishda hamda maqsadli foydalanish yuzasida bilimlarimni oshirdim. Darslarda mustaqil ravishda konspekt yozishni va ko`rgazmali qurollardan foydalanishni o`rgandim.
Shuningdek, amaliyot davrida turli xil tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillashga yordam berdim. Ustozlar va o`quvchilarning yordamlari bilan o‘zim ham madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazdim. Ushbu amaliyot mobaynida o`rgangan va keyingi bosqichlarda o`rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va yetuk malakali mutaxassis bo‘lib yetishishimda, davlatimizning ta`lim sohasini rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shishimga asos bo‘lib xizmat qiladi. Amaliyot davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarim kelajakdagi kasbiy faoliyatimda qo‘llayman va ular menga yaxshi natijalarga erishishimga yordam beradi deb ishonaman.
Amaliyotchi: Axmedova.G
Amaliyot rahbari: Abdurazzoqov.Y
Maktab direktori: ________________
Do'stlaringiz bilan baham: |