3) Kurtaklanish usuli
bilan ko'payishda ona organizmi (hujayra)da yadroning bir qismini
tutgan sitoplazmatik do‗mboqcha — kurtak paydo bo‗ladi. Do‗mboqcha o ‗sadi va ona qismidan
ajraladi. Ayrim bakteriyalar va kipriklilar shu zaylda ko‗payadi.(Achitqi)
4) Spora hosil qilish (sporogoniya).
Bu xil ko‗payish ayrim o‘simlik va bir hujayrali
mavjudotlarning ko‗payish usuli hisoblanadi.
Spora —
bu ko‗payish jarayonini ta‘minlovchi va
tashqi ta‘sirdan saqlanish uchun qobiqqa o‗ralib olgan hujayralar to‗plamidir. Jinssiz
ko‗payishning bir xili bo‗lgan sporogoniyani ayrim bakteriya (yoki bir hujayrali organizm,
masalan, ichak balantidiysi, lambliya) larning spora hosil qilishidan farqlamoq lozim. Bu xil
sporalanish ko‗payish uchun emas, balki noqulay sharoitdan saqlanishgagina yoki tarqalishi
xizmat qiladi. (xlorella, xlamidomanada, zamburug‘)
Do'stlaringiz bilan baham: |