108
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Yechilishi:_jadvaldan_topamiz_metafaza_II_da_xromosoma_soni_23_ta_bo‘lsa,_undan_22_tasi_autosoma_va_1tasi_jinsiy_xromosoma_hisoblanadi._5.'>Yechilishi:
jadvaldan topamiz metafaza II da xromosoma soni 23 ta bo‘lsa, undan 22 tasi
autosoma va 1tasi jinsiy xromosoma hisoblanadi.
5.
Sog‘lom qiz hujayrasida meyozning profaza I bosqichida nechta xromotidlar tetradasi hosil
bo‘ladi?
Yechilishi:
Meyozning I profazasida ota va onadan o‘tgan gomologik xromosomalarning
uchlari bilan bir-biriga yaqinlashadilar va yonma-yonlashib o‘zaro birikib xromotidlar tetradasini
hosil qiladi. 23 juft (46ta ) xromosoma o‘zaro juftlashib 23ta xromotidalar tetradasi hosil qiladi.
6.
Agar sog‘lom odamda meyozning profaza I bosqichida 23ta
xromotidlar tetradasi hosil
bo‘lgan bo‘lsa, undagi xromosomalar va DNK miqdorini ko‘rsating.
Yechilishi:
jadvaldan topamiz. Ikkita gonologik xromosoma o‘zaro birlashib, bitta
xromotidalar tetradasini hosil qiladi. 46 ta gomologik xromosomadan 23ta hosil bo‘ladi Har bir
xromosoma tarkibida ikki hissa ko‘p DNK ( xromotid ) bo‘ladi. Shuning uchun ikkita gomologik
xromosoma juftlashganda ulardagi DNK (xromotidlar) 4 ta bo‘lib ketadi. Bu esa xromotidalar
tetradasi deyiladi.
7.Qalampirning diploid navi changdonidagi mikrosporalar soni
uning somatik hujayrasi
yadrosidagi xromosomalari sonidan 8 marta ko‘p miqdorda yetildi, deylik.Agar urug‘lanish
jarayonida faqat 192 ta spermiy ishtirok etgan bo‘lsa, urug‘lanish jarayonida ishtirok etmagan
spermiylar necha foizni tashkil etadi?
Yechim:
Qalampir o‘simligining somatik hujayrasidagi xromosomalar soni 48 ta, jinsiy
hujayrasida xromosomalar soni 24 ta bo‘ladi. Changdondagi mikrosporalar soni somatic hujayra
yadrosidagi xromosomalar sonidan 8 marta ko‘p bo‘lsa, 48x8=384
ta mikrosporalar yetilgan
ekan. 384ta mikrosporaning har biri mitoz yo‘li bilan bo‘linib, bitta yirik vegetativ va bitta mayda
generativ hujayra hosil qiladi.Demak, 384 ta vegetativ hujayra va 384 ta generativ hujayra hosil
bo‘ladi. Generativ hujayra yadrosi ikkiga bo‘linadi. Sunday qilib, urug‘lanish jarayoni uchun
384ta changchi ishtirok etadi. Uning ikkiga bo‘linishi natijasida 768 ta spermiy hosil bo‘ladiAgar
urug‘lanish jarayonida 192 ta spermiy ishtirok etgan bo‘lsa, 768-192=576 ta spermiy ishtirok
etmagan
bo‘ladi.
Urug‘lanishda
ishtirok
etmagan
spermiylarning
foizini
hisoblaymiz.576x100\768 75%i ishtirok etmagan ekan.
8.Uy tovug‘ining somatik hujayrasida 78tadan xromosoma bo‘lsa,
uning hujayrasida
interfazaning
davridagi hujayra yadrosida nechta xromatid bo‘ladi?
Yechim:
Interfazaning uchta davri bo‘lib:
1)
(DNK sinteziga tayyorgarlik davri).Bun da hujayra yadrosidagi xromosomalar soni
ham, DNK (xromatid) lar soni ham o‘zgarmaydi. 78
ta xromosoma, uning tarkibida shuncha
miqdorda DNK(xromatid) mavjud.
2)
S (sintez davri). Bu davrda DNK miqdori ikki hissa ortadi. DNKning ikki hissa ortishi
natijasida har bir xromosomada ikki barobar ko‘p DNK(xromatid) hosil bo‘ladi.Masalan:78 ta
xromosoma, lekin 156 ta DNK yoki shuncha xromatid bo‘ladi.
109
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
3)
(sintezdan keying davr).Bu davrda interfaza yakunlanadi.S davrdagi xromosomalar va
xromatidalar miqdori o‘zgarmasdan saqlanadi. Ya‘ni bu davrda ham xromosomalr soni 78 ta,
xromatidalar soni 156 ta bo‘ladi. Interfazadan so‘ng mitoz yoki meyoz bo‘linish boshlanadi.
9.Blostomerlari 16 taga yetgan tulki embrionida jami xromosomalar soni 608 ta bo‘lsa,
tulki
tana hujayrasida interfazaning davrdagi hujayra yadrosida nechta xromatid bo‘ladi?
Yechim:
16 ta blostomerlari jami xromosomalar soni 608 ta bo‘lsa, bitta blostomerdagi
xromosomalar sonini topamiz. 608/16=38. Demak, tulkining bitta blastomer hujayrasi yadrosida
38 ta xromosomalar bo‘lar ekan. Blostomerlardagi xromosomalar to‘plami diploid (juft) bo‘lib,
somatik (tana) hujayrasi yadrosidagi xromosomalar soniga teng.Interfazaning S davrida DNK
reduplikatsiyaning kuzatilitishi natijasida bitta xromosoma tarkibida ikki hissa ko‘p DNK
(xromatid) hosil bo‘ladi.Shunday qilib, tulkining tana hujayrasi interfaza davrining davrida
38 ta xromosoma, 76 ta DNK (xromatid) bo‘ladi.
10.Olchaga nisbatan 3 barobar ko‘p xromosomaga ega o‘simlikning mitoz sikli interfazadan
so‘ng DNK sonini aniqlang.
Yechim:
Olchada xromosomaning gaploid to‘plami 16, diploid to‘plami 32ga teng. Olchaning
diploid to‘plamiga nibatan 3 barobar ko‘p xromosomaga ega o‘simlikda 96 ta xromosoma bo‘ladi.
davrida interfaza yakunlanadi. Shu vaqtda noma‘lum o‘simlikning DNK soni S davridagi
reduplikatsiya jarayoni tufayli ikki hissa ko‘p bo‘ladi. Shunday qilib, noma‘lum o‘simlikning
interfazadan so‘ng xromosomalar soni 96ta, DNK soni 192 ta bo‘ladi.
11.Karam hujayrasida mitoz siklining, S va bosqichidagi xromosomalar sonini aniqlang.
Yechim:
Karamning gaploid to‘plamida 9 ta, diploid to‘plamida esa 18 ta xromosoma bo‘ladi.
Mitoz
sikli interfazaning
davrida xromosomalar soni 18taligicha saqlanadi, faqat tarkibida
DNK miqdori ikki hissa ortadi,xolos. davrida xromosomalar soni ham 18 ta bo‘lib qolaveradi.
12.Uy tovug‘ining xromosomalari to‘plami n-39 bo‘lsa, diploid to‘plami 2n-78 ta bo‘ladi. Teri
hujayrasi yadrosida 78 ta xromosoma bo‘ladi. Teri hujayrasi yadrosida reduplikatsiya jarayonida
DNK miqdori ikki hissa ortadi.
Ya‘ni har bir xromosoma tarkibida ikki hissa ko‘p DNK hosil bo‘ladi. 78ta xromosoma
tarkibida 156ta DNK bo‘ladi. Reduplikatsiyadan so‘ng
faqat DNK miqdori ortadi, lekin
xromosomalar soni o‘zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: