22
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
2 bob. Molekulyar biologiya.
2.1.Nukleotidlar.
Kimyoviy jihatdan DNKning har bir zanjiri polimer bo‗lib, uning monomerlari nukleotidlardir.
Nukleotid 3 xil modda: azotli asos, uglevod va fosfat kislotaning kimyoviy birikish mahsulidir.
Azot asoslari – OH tutgan azotli organik birikmalardir. DNK va RNK tarkibiga kiradigan azot
asoslari purin yoki pirimiddin halqali oksi- va amin- gruppalar
tutuvchi geterotsiklik
birikmalardir.
Nukleotiddan fosfat kislota ajralgandan keyin qolgan azot asosi va uglevoddan iborat ikki
komponentli birikma nukleozid deyiladi Nukleozid bir, ikki, uchta anorganik fosfat kislota
qoldig‗i bilan birikkan bo‗lishi mumkin, ular nukleozid monofosfat, difosfat, trifosfat deb ataladi.
Masalan erkin nukleotidlardan ATF (adenozintrifosfat),
NAD (nikotinamidadenin dinukleotid), FAD (flavinadenindinukleotid)
larni keltirishimiz
mumkin.
Nukleotidlar hujayrada erkin shaklda ham uchraydi va juda ko‗p fiziologik jarayonlarda muhim
o‗rin tutadi. Bir qator erkin nukleotidlar fermentlarning faol koferment gruppalari sifatida
fermentning katalitik reaksiyalarni ta‘minlaydi, ular qatorida oksidlanish- qaytarilish
reaksiyalarida vodorodni qabul qiluvchi akseptorlar nikotinamidadenin dinukleotid NAD va
NADF,
flavinadenindinukleotid FAD, atsil-atsetil gruppalarni tashuvchi koenzim A (K0A) va
boshqalar mavjud. Lekin erkin nukleotidlar orasida eng muhimi adenozin trifosfat ATFdir.
Dezoksiadenozin 5' -fosfat (d LMF) Nukleotid va nukleozidning tuzilishi.
Nuklein kislotalarni tashkil etadigan polinukleotidlarning molekulyar massasi 20000 dan bir
necha milliongacha. RNK DNK ga nisbatan ancha sodda, molekulyar massasi kichik,
tarkibiga
kiradigan mononukleotidlar soni 70 dan 3000 gacha, DNKda esa milliongacha yetadi.
Polinukleotid zanjirida mononukleotidlar o‗zaro fosfodiefir bog‗i yordamida bog‗lanadi. Fosfat
gruppa ikkita qo‗shni nukleotidlarning uglevod qoldiqlarini 3' va 5' atomlari bilan efir bog‗i hosil
qilganidan u 3'–5'
fosfodiefir bog‗
deb ataladi. Polinukleotid zanjir shoxlanmagan uzun tizilma
hosil qilganida uning bir uchida erkin 5' OH ikkinchi uchida erkin 3' OH bo‗ladi.
Polinukleotidlarda mononukleotidlarning birin ketin izchil joylashishi uning
birlamchi
strukturasini
tashkil etadi.
Polinukleotid zanjiri uzun bo‗lganidan uning formulasini bunday to‗la yozish ko‗p vaqt va joy
talab qiladi. Eng muhimi bu shaklda yozishga ehtiyoj yo‗q. Nuklein
kislotaning formulasini
yozishda uning nukleotid tartibiga ularning nomlarini bosh harflari bilan ifodalash qabul qilingan.
Bunda har bir nukleotid bitta harf bilan ifodalanadi: N – umuman nukleotid: A, G, C, U, T –
konkret nukleotidlar: A – adenin, G – guanin, C – sitozin, U – uratsil, T – timin, bunda fosfat
kislota qoldig‗i f oldinda bo‗lsa u polinukleotidning 5_ – uchini, orqada bo‗lsa 3_ – uchini
bildiradi Masalan, fAfGfSfT.
DNK barcha tirik organizmlarda va bir qancha viruslarda mavjud. DNK irsiyatning asosiy
materiali, genetik axborotni saqlaydi va nasldan naslga o‗tkazadi. DNK molekulasining birlamchi
23
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
strukturasi izchil joylashgan dezoksiribonukleotidlar
qatoridan iborat, har bir qator bir zanjir
hisoblansa, DNK molekulasi bir-birini o‗ragan ikki zanjirdan iborat. DNK qo‗sh zanjirining
yo‗g‗onligi 2 nm ga teng. DNKning bitta zanjiridagi qo‗shni asoslari orasidagi masofa 0,34 nm,
zanjirning bitta aylanish uzunligi 3,4 nm ni tashkil qiladi va bitta aylanada 10 ta nukleotidni o‗z
ichiga oladi. (DNKning ikki zanjirida bitta aylanada 20 ta nukleotid joylashadi) DNKning
molekulyar massasi ham juda katta. Butun holda ajratib olingan eng
katta DNKning molekulyar
massasi 10
-9
daltonga teng.
DNKning bir zanjirni azotli asoslariga ikkinchi zanjirning azotli asoslari qarama-qarshi
(komplementar) joylashadi. Bir zanjirdagi adenin (A) qarshisida hamisha 2-zanjirning timin (T)
turadi. Guanin (G) qarshisida esa 2-zanjirdagi sitozin (C) joylashadi. Buning sababi shuki, G va C
dagi kabi A va T da ham azotli asoslar molekulalarining chetlari geometrik jihatdan mos keladi,
shuning uchun ular bir-biriga yaqin kelib, o‗zaro vodorod bog‗lari hosil qiladi.
Ayni vaqtda G
bilan C o‗rtasida 3 ta, A bilan T esa 2 ta vodorod bog‗i hosil qilib birikadi. Shunga ko‗ra adenin
timin bilan, guanin esa sitozin bilan to‗ldiriladi. To‗ldirish so‗zi lotinchadan olingan bo‗lib,
«komplementarlik» deyiladi.
DNK zanjirining 1-qismi: A-C-T-T-G
DNK zanjirining 2-qismi: T-G-A-A-C
DNK molekulasi bir zanjirida nukleotidlarning ketma-ket kelish tartibi ma‘lum bo‗lsa, ikkinchi
zanjirdagi nukleotidlarning ketma-ket kelish tartibiga komplementarlik tamoyiliga muofiq
belgilanadi.
Lekin ikkita zanjir bir-biriga qarama-qarshi yo‗nalishda antiparallel o‗rin olgan.
Zanjirning bir-biriga mos va komplementar bo‗lishi ham bir zanjirdagi purin asosi qarshisida
ikkinchi zanjirda pirimiddin asosini bo‗lishini talab qiladi. DNK zanjirida A (adenin) T (timinga),
G (guanin) esa C (sitozinga) teng bo‗ladi.
Lekin DNK zanjirida AT juftligi GC juftiga teng
bo‗lmaydi
. DNK nasliy informatsiya xazinasidir. Bu informatsiya
butun DNK molekulasida
joylashgan nukleotidlar tarkibida, ularning birin-ketin kelishi shaklida yozilgan.
Azotli asoslarning komplementarlik qonuniyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: