94
3-Bob.
Asosiy komponentlar fizikasi
3.1. Datchiklarning zamonaviy o‘lchash texnikasida tutgan o‘rni
Datchiklarning ko‘proq tez-tez foydalaniladigan ta’riflanishi quyidagicha:
“Datchik – bu signallar va tashqi ta’sirlarni qabul qiladigan va ularga reaksiya
ko‘rsatadigan qurilmadir”. Bu juda keng ta’rif. Haqiqatan ham, u shunchalik
kengki, inson ko‘zidan tortib toki revolьverning tepkisigacha deyarli hamma
narsani qamrab oladi. Suyuqlik sathini nazorat qiladigan, 3.1 rasmda ko‘rsatilgan
tizimni ko‘rib chiqamiz. Operator rezervuardagi (idishdagi) suyuqlik sathini klapan
yordamida boshqaradi. Bunda operator suyuqlikning sarfini, haroratning
o‘zgarishini (bunda uning klapan orqali o‘tish tezligi suyuqlikning
qovushqoqligiga bog‘liq bo‘ladi), shuningdek mazkur tizimga ta’sir ko‘rsatadigan
boshqa parametrlarni ham hisobga olishi zarur bo‘ladi. Agar nazorat qilinmasa,
rezervuar yoki toshib ketadi, yoki aksincha, bo‘shab qoladi. To‘g‘ri qaror qabul
qilish uchun operator rezervuardagi suvning sathi to‘g‘risidagi axborotni doimiy
ravishda olishi zarur bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan misolda axborot ikkita asosiy
qism – rezervuardagi ko‘rish trubkasi va ko‘rish asab tolalariga impulьs beradigan
operatorning ko‘zidan tashkil topadigan datchikdan keladi. Odamning ko‘zi ham,
ko‘rish trubkasi ham o‘z-o‘zicha datchik bo‘lib hisoblanmaydi, biroq ularning
kombinatsiyasi suyuqlik sathini tanlanma aniqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan
detektorni shakllantiradi. Tizim to‘g‘ri loyihalangan bo‘lsa, rezervuardagi suyuqlik
sathining o‘zgarishi tezda qarash trubkasidagi suyuqlik sathida aks etadi, shu
sababli, aytish mumkinki, ko‘rib chiqilayotgan datchik yaxshi reaksiya ko‘rsatishi
yoki kichik inersiyalilik bilan tavsiflanadi. Biroq, agar trubkaning ichki diametri
yopishqoq suyuqliklar uchun juda kichik bo‘lsa, undagi sath rezervuardagi sathdan
orqada qoladi. SHu sababli bunday datchikning faza tavsiflarini hisobga olish zarur
bo‘ladi. Ba’zi bir qo‘llashlar uchun bunday kechikish qo‘l kelishi mumkin, boshqa
bir qo‘llashlar uchun esa ko‘rish trubkasining boshqacha konstruksiyasidan
foydalanish kerak bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir datchikning ishchi
95
tavsiflarini faqatgina ma’lumotlarni to‘plashning konkret tizimiga nisbatan
baholash mumkin.
Ko‘rish trubkasi va operatorning ko‘zi datchikni (axborotni elektr signaliga
qayta shakllantiradigan qurilmani) shakllantiradi.
Bizni qurshab turgan olamni ikki qismga – tabiatga va inson tomonidan
yaratilgan obyektlarga ajratish mumkin. Tabiiy sensorlar – har qanday tirik
organizm ular bilan ta’minlangan bo‘ladi – elektrokimyoviy signallarga reaksiya
ko‘rsatadi, ya’ni ularning fizikaviy harakat tamoyili asab to‘qimalarida ionlarning
uzatilishiga asoslanadi, ko‘rib chiqilgan misolda operatorning ko‘rish asab
tolalarida shunday bo‘lgan edi. Inson tomonidan yaratilgan tizimlarda esa
signallarni uzatishda elektronlar ishtirok etadi. Bunday tizimlarda datchiklar o‘zlari
kiritilgan qurilmalar bilan bitta tilda “gaplashadi”. Bu erda muloqot qilish tili –
ularda ma’lumot ionlar yordamida emas, balki elektronlar yordamida uzatiladigan
elektr signallaridir (optik aloqa tizimlarida ma’lumot fotonlar orqali uzatiladi). Biz
o‘lchash tizimiga elektrokimyoviy eritmalar va asab tolalari orqali emas, balki
elektr uzatgichlar orqali ulanadigan datchiklarni ko‘rib chiqamiz. Shundan kelib
chiqib, datchikni qayta ta’riflaymiz:
Datchik
– bu tashqi ta’sirlarni qabul qiladigan va elektr signallarini
o‘zgartirish bilan ularga reaksiya ko‘rsatadigan qurilmadir.
Tashqi ta’sir
atamasidan keng foydalaniladi, shu sababli uni to‘g‘ri talqin
qilish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: