B. A. Nazarbayeva



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

3.2

 

Datchiklarni qo‘llash doirasi 

 

Har qanday datchik energiyani o‘zgartkichi bo‘lib hisoblanadi. O‘lchanadign 



kattalikning tipidan qat’iy nazar, tadqiq qilinayotgan obyektdan datchikka energiya 

uzatilishi  sodir  bo‘ladi. 



Datchikning  ishlashi

  –  bu  informatsiyani  uzatishning 

o‘ziga xos holatidir, axborotning har qanday uzatilishi esa energiya uzatilishi bilan 

bog‘lanadi.  SHu  narsa  aniq-ravshan  ma’lumki,  energiya  uzatilishi  ikkita 

yo‘nalishda  sodir  bo‘lishi  mumkin,  ya’ni  energiya  obyektdan  datchikka,  yoki 

aksincha, datchikdan obyektga uzatilishi mumkin. Energiya nolga teng bo‘ladigan 

vaziyat  alohida  holat  bo‘lib  hisoblanadi,  biroq  bunday  holda  aynan  ana  shunday 

o‘ziga  xos  holatning  mavjudligi  to‘g‘risidagi  ma’lumot  uzatiladi.  Masalan, 




97 

 

infraqizil  harorat  datchigi  obyekt  datchikka  qaraganda  issiqroq  bo‘lganda  musbat 



kuchlanish  ishlab  chiqaradi  (infraqizil  nurlanish  datchik  tomonga  yo‘naladi), 

obyekt  datchikka  qaraganda  sovuqroq  bo‘lganda  esa  manfiy  kuchlanish  ishlab 

chiqaradi (infraqizil nurlanish datchikdan obyektga qarab yo‘naladi). Datchik bilan 

obyekt  bir  xil  haroratga  ega  bo‘lganda  infraqizil  oqim  nolga  teng  bo‘ladi,  va 

chiqish  kuchlanishi  ham  nolga  teng  bo‘ladi.  Bu  vaziyatda  axborot  datchik  bilan 

obyektning haroratlari tengligidan iborat bo‘ladi.  



Datchik 

tushunchasini 



o‘zgartkich 

tushunchasidan farqlash zarur. O‘zgartkich 

bir  tipdagi  energiyani  boshqasiga  konvertatsiyalaydi  (yangi,  boshqa  xolat,  sifatga 

aylantirish,  o‘zgartirish),  datchik  esa  tashqi  ta’sirning  har  qanday  tipidagi 

energiyasini  elektr  signaliga  aylantiradi.  O‘zgartkichga  misol  bo‘lib  akustik 

to‘lqinlarni  shakllantirish  uchun  elektr  signalni  o‘zgaruvchan  magnit  maydoniga 

konvertatsiyalaydigan  ovoz  kuchaytirgich  xizmat  qilishi  mumkin.  Bu  o‘rinda  gap 

qandaydir  tashqi  axborotni  qabul  qilish  to‘g‘risida  bormaydi  (shuni  qayd  qilish 

lozimki,  agar  ovoz  kuchaytirgich  kuchaytiradigan  qurilmaning  kirishiga  ulansa,  u 

xuddi  mikrofon  kabi  ishlaydi.  Bu  holda  uni  akustik  datchik  deb  atash  mumkin). 

O‘zgartkichlar  shuningdek 

yuritmalar 

funksiyasini  ham  bajarishi  mumkin. 

Yuritmani  datchikka  qarama-qarshi  qurilma  sifatida  ta’riflash  mumkin,  chunki  u 

elektr  energiyasini,  qoidaga  ko‘ra,  noelektr  energiyaga  aylantiradi.  Yuritmaga 

misol  bo‘lib  elektr  energiyasini  mexanik  energiyaga  aylantiradigan  elektromotor 

xizmat qila oladi.  

 

3.2-rasm. Datchik bir nechta  o‘zgartgichlardan tarkib topishi mumkin:  



e

1



e



2

, ... – energiyaning har xil turlari.  

 



98 

 

Shuni  qayd  qilamizki,  ushbu  sxemaning  oxirgi  elementi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 



harakat qiladigan datchik bo‘lib hisoblanadi. 

O‘zgartkichlar tarkibiy datchiklarning bir qismi bo‘lishi mumkin (3.2- rasm). 

Masalan,  kimyoviy  datchik  tarkibiga  ikkita  o‘zgartkich  kirishi  mumkin,  ulardan 

biri kimyoviy reaksiyaning energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiradi, ikkinchisi 

– termoelement esa – olingan issiqlikni elektr signaliga aylantiradi. Bu ikkita qayta 

o‘zgartkichlarning  kombinatsiyasi  o‘zida  kimyoviy  datchikni  –  kimyoviy 

reaksiyaga  javob  tariqasida  elektr  signali  ishlab  chiqaradigan  qurilmani  taqdim 

qiladi.  Shuni  qayd  qilamizki,  ko‘rib  chiqilgan  misolda  kimyoviy  datchik  qayta 

o‘zgartkich va yana bitta datchik – harorat datchigidan tashkil topadigan tarkibiy 

datchik  bo‘lib  hisoblanadi.  Tarkibiy  datchiklarning  strukturasiga,  qoidaga  ko‘ra, 

hech  bo‘lmaganda  bitta  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  harakat  qiladigan  datchik  va  bir  nechta 

qayta o‘zgartkichlar kiradi.  




Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish