B. A. Nazarbayeva



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

 

 

 

 

 

 

 

 


94 

 

3-Bob.

 

Asosiy komponentlar fizikasi 

3.1. Datchiklarning zamonaviy o‘lchash texnikasida tutgan o‘rni

 

 



Datchiklarning  ko‘proq  tez-tez  foydalaniladigan  ta’riflanishi  quyidagicha: 

“Datchik  –  bu  signallar  va  tashqi  ta’sirlarni  qabul  qiladigan  va  ularga  reaksiya 

ko‘rsatadigan  qurilmadir”.  Bu  juda  keng  ta’rif.  Haqiqatan  ham,  u  shunchalik 

kengki,  inson  ko‘zidan  tortib  toki  revolьverning  tepkisigacha  deyarli  hamma 

narsani  qamrab  oladi.  Suyuqlik  sathini  nazorat  qiladigan,  3.1  rasmda  ko‘rsatilgan 

tizimni ko‘rib chiqamiz. Operator rezervuardagi (idishdagi) suyuqlik sathini klapan 

yordamida  boshqaradi.  Bunda  operator  suyuqlikning  sarfini,  haroratning 

o‘zgarishini  (bunda  uning  klapan  orqali  o‘tish  tezligi  suyuqlikning 

qovushqoqligiga bog‘liq bo‘ladi), shuningdek mazkur tizimga ta’sir ko‘rsatadigan 

boshqa  parametrlarni  ham  hisobga  olishi  zarur  bo‘ladi.  Agar  nazorat  qilinmasa, 

rezervuar  yoki  toshib  ketadi,  yoki  aksincha,  bo‘shab  qoladi.  To‘g‘ri  qaror  qabul 

qilish  uchun  operator  rezervuardagi  suvning  sathi  to‘g‘risidagi  axborotni  doimiy 

ravishda  olishi  zarur  bo‘ladi.  Ko‘rib  chiqilayotgan  misolda  axborot  ikkita  asosiy 

qism – rezervuardagi ko‘rish trubkasi va ko‘rish asab tolalariga impulьs beradigan 

operatorning  ko‘zidan  tashkil  topadigan  datchikdan  keladi.  Odamning  ko‘zi  ham, 

ko‘rish  trubkasi  ham  o‘z-o‘zicha  datchik  bo‘lib  hisoblanmaydi,  biroq  ularning 

kombinatsiyasi  suyuqlik  sathini  tanlanma  aniqlash  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan 

detektorni shakllantiradi. Tizim to‘g‘ri loyihalangan bo‘lsa, rezervuardagi suyuqlik 

sathining  o‘zgarishi  tezda  qarash  trubkasidagi  suyuqlik  sathida  aks  etadi,  shu 

sababli, aytish mumkinki, ko‘rib chiqilayotgan datchik yaxshi reaksiya ko‘rsatishi 

yoki  kichik  inersiyalilik  bilan  tavsiflanadi.  Biroq,  agar  trubkaning  ichki  diametri 

yopishqoq suyuqliklar uchun juda kichik bo‘lsa, undagi sath rezervuardagi sathdan 

orqada qoladi. SHu sababli bunday datchikning faza tavsiflarini hisobga olish zarur 

bo‘ladi. Ba’zi bir qo‘llashlar uchun bunday kechikish qo‘l kelishi mumkin, boshqa 

bir  qo‘llashlar  uchun  esa  ko‘rish  trubkasining  boshqacha  konstruksiyasidan 

foydalanish  kerak  bo‘ladi.  Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  har  bir  datchikning  ishchi 




95 

 

tavsiflarini  faqatgina  ma’lumotlarni  to‘plashning  konkret  tizimiga  nisbatan 



baholash mumkin. 

Ko‘rish  trubkasi  va  operatorning  ko‘zi  datchikni  (axborotni  elektr  signaliga 

qayta shakllantiradigan qurilmani) shakllantiradi. 

Bizni  qurshab  turgan  olamni  ikki  qismga  –  tabiatga  va  inson  tomonidan 

yaratilgan  obyektlarga  ajratish  mumkin.  Tabiiy  sensorlar  –  har  qanday  tirik 

organizm  ular  bilan  ta’minlangan  bo‘ladi  –  elektrokimyoviy  signallarga  reaksiya 

ko‘rsatadi, ya’ni ularning fizikaviy harakat tamoyili asab to‘qimalarida ionlarning 

uzatilishiga  asoslanadi,  ko‘rib  chiqilgan  misolda  operatorning  ko‘rish  asab 

tolalarida  shunday  bo‘lgan  edi.  Inson  tomonidan  yaratilgan  tizimlarda  esa 

signallarni uzatishda elektronlar ishtirok etadi. Bunday tizimlarda datchiklar o‘zlari 

kiritilgan  qurilmalar  bilan  bitta  tilda  “gaplashadi”.  Bu  erda  muloqot  qilish  tili  – 

ularda ma’lumot ionlar yordamida emas, balki elektronlar yordamida uzatiladigan 

elektr signallaridir (optik aloqa tizimlarida ma’lumot fotonlar orqali uzatiladi). Biz 

o‘lchash  tizimiga  elektrokimyoviy  eritmalar  va  asab  tolalari  orqali  emas,  balki 

elektr  uzatgichlar  orqali  ulanadigan  datchiklarni  ko‘rib  chiqamiz.  Shundan  kelib 

chiqib, datchikni qayta ta’riflaymiz: 



Datchik

  –  bu  tashqi  ta’sirlarni  qabul  qiladigan  va  elektr  signallarini 

o‘zgartirish bilan ularga reaksiya ko‘rsatadigan qurilmadir.  

Tashqi  ta’sir



 

atamasidan  keng  foydalaniladi,  shu  sababli  uni  to‘g‘ri  talqin 

qilish  lozim  bo‘ladi. 


Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish