B. A. Nazarbayeva


Sanoat  namunasi  va  tovar  belgilari    sanoat  mulki  sifatida



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

Sanoat  namunasi  va  tovar  belgilari    sanoat  mulki  sifatida

.  Sanoat 

namunasi inson ijodiy faoliyati yo‘nalishining amalga oshishi bo‘lib, aniq maqsad 

va iste’molchilar doirasiga ega. 

Ta’rifiga  ko‘ra 

sanoat  namunalariga  qandaydir  bir  obyekt  tashqi 

ko‘rinishining badiiy-konstruktorlik (dizayn) echimi kiradi.

 

Sanoat  namunalari  hajmiy  (modellar),  yassi  (rasmlar)  yoki  ularning  aralash 



ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  muvofiq  sanoat  namunasining 

yangiligi,  o‘ziga  xosligi  va  sanoatda  qo‘llanilishi  uning  patentga  layoqatlilik 

shartlari hisoblanadi. 

Agar  sanoat  namunasining  buyumning  estetik  va  (yoki)  ergonomik 

hususiyatlarini  belgilovchi  muhim  belgilari  (alomatlari)  majmui  uning  ustuvorlik 

sanasidan  oldin  jahondagi  nufuzli  axborot  manbalari  orqali  barchaga  ma’lum 

bo‘lmagan bo‘lsa yangi deb tan olinadi.  

Sanoat namunasining muhim belgilari majmui buyum estetik hususiyatlarning 

ijodiy xarakteri bilan bog‘liq bo‘lsa u o‘ziga xos deb tan olinadi. 

Sanoat  namunasi  ko‘p  karra  qayta  ishlab  chiqarish  imkoniyatini  beradigan 

bo‘lsa sanoatda qo‘llaniladigan deb tan olinadi. 

Sanoat  namunasining  mohiyati  va  uning  huquqiy  muhofazalash  hajmi  eng 

avval,  uning  muhim  belgilari  majmui  bilan  ifodalanadi,  bu  belgilar  namuna 

fotosuratlarida  aks  ettiriladi  va  buyumning  tashqi  ko‘rinishi  va  o‘ziga  xos 



90 

 

xususiyatlarini  belgilab  beradi. 



Muhim  belgilarni  so‘zlar  bilan  tavsiflash  tasviriy 

axborotni tushuntirib berishni ta’minlaydi.

 Odatda, sanoat namunalarining turlarini 

tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi: 

1. Murakkab kompozitsiyali, asosi keng hajmiy fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan 

buyumlar  (masalan,  dastgoh,  qishloq  xo‘jalik  mashinasi,  mototsikl  va  hokazo) 

quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: 

 

Kompozitsiya elementlarining mavjudligi; 



 

Elementlarning o‘zaro joylashishi; 



 

Kompozitsiya elementlarining shakli. 



2.  Yakka  blokli  kompozitsiyaga  ega  buyumlar  (masalan,  televizor, 

radiopremnik,  shchit  priborlari,  qutichalar),  shuningdek  elementar  geometrik 

hajmlar  nisbati  asosida  qurilgan  (masalan,  mebel  seksiyasi  bloklari)  badiiy 

konstruktorlik yechimlari quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: 

 

kompozitsiya elementlarining tarkibi va taqsimlanishi; 



 

buyumlarning,  odatda,  frontal  yuzasida  bo‘ladigan  bu  elementlrning 



plastik, grafik, rangli va faktura echimlari va yana boshqa belgilar. 

Endi  patent  ekspertizasi  patentga  layoqatlilikni  baholashda  sanoat 

namunalariga qo‘yadigan asosiy talablarni ko‘rib chiqamiz. 

Ixtirolarni  pantent  ekspertizasidan  o‘tkazishdagi  kabi,  bu  erda  ham  birinchi 

navbatda  sanoat  namunasining  sanoatda  qo‘llanishi  tekshiriladi.  Bu  shartga 

muvofiq bo‘lishi uchun sanoat namunasini tavsifida sanoat namunasida bajarilgan 

buyumning  maqsadi  va  vazifasi  ko‘rsatilgan  bo‘lishi  kerak.  SHuningdek,  bu 

buyumni  noyob  yoki  sanoat  namunasining  ustuvorlik  sanasigacha  ma’lum 

bo‘lmagan  va  tavsifnomada  bayon  etilmagan  vosita  va  usullardan  foydalanmay 

tayorlash  imkoniyati  ham  tekshirib  ko‘riladi.  Shunga  e’tiborni  qaratamizki,  faqat 

bir marta amalga oshiriladigan bo‘lsa ham sanoatda qo‘llaniladi, deb tan olinadigan 

ixtirolardan  (masalan,  cho‘kib  ketgan  nodir  kemani  suv  tubidan  ko‘tarib    olish) 

farqli ravishda, 

sanoat namunasi bir necha marotaba qayta ishlab chiqariladigan 

yoki hosil qilinadigan bo‘lishi zarur.

 

Sanoatda  qo‘llanilishi  tekshirilgandan  so‘ng  sanoat  namunasining  yangilik 




91 

 

shartlariga muvofiqligi tekshiriladi. 



Agar  sanoat  namunasi  belgilari  bilan  bir  xil  bo‘lgan  badiiy-konstruktorlik 

echimi  ochib  berilgan  axborot  manbai  aniqlansa  sanoat  namunasini  ushbu 

shartlarga muaofiq emas deb topiladi. 

Sanoat  namunasi  yangiligini  belgilashda  barcha  ma’lum  va  barcha 

foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  ma’lumotlar  (ya’ni  chop  etilgan  manbalar)dan 

tashqari  ustuvorlik  sanasi  bo‘yicha  ilgari  berilgan  va  qaytarib  olinmagan 

talabnomalar ham hisobga olinadi. 

Keyin  sanoat  namunasining  o‘ziga  xosligi  tekshiriladi.  Sanoat  namunasining 

o‘ziga  xosligini  ekspertizadan  o‘tkazishda  ko‘pincha  ixtironing  ixtiro  darajasini 

baholashda  foydalanadigan  “salbiy”  belgilarni  aniqlash  usuliga  o‘xshash 

yondoshuvlardan  foydalaniladi.  Masalan,  kuyidagilarda  mujassamlashgan  sanoat 

namunasining o‘ziga xoslik shartlariga muvofiq deb tan olinmaydi: 

 

yaqin analogidan talabnoma beruvchi tomonidan muhim belgilar ro‘yxatiga 



kiritilgan  belgisi  (belgilari)  bilan  farqlanadigan,  lekin  bu  belgining  talabnoma 

beruvchi    ko‘rsatgan  buyumning  estetik  xususiyatlariga  ta’siri  tasdiqlanmagan 

buyumlar; 

 



ilgaridan  ma’lum  buyumga  nisbatan  faqat  o‘lchami  o‘zgartirilgan, 

elementlari  soni  ko‘paytirilgan  yoki  rangi  o‘zgartirilgan  (lekin  yangi  koloristik 

yechim emas) buyumlar; 

 



alohida  olingan  oddiy  geometrik  hajm  (prizmasimon,  sferik,  konussimon) 

shakldagi buyumlar yoki alohida olingan oddiy geometrik shakllar; 

 

haqiqiy mavjud obyektning (ham soddalashtirilgan, ham masshtabga rioya 



qilingan  holdagi)  kichiraytirilgan  yoki  kattalashtirilgan  nusxalaridan  iborat 

buyumlar (masalan, o‘yinchoqlar, suvenirlar); 

 

muayyan maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlarga xos shaklni takrorlovchi, 



lekin  boshqa  texnik  asosda  bajarilgan  (masalan,  odatda  yog‘ochdan  ishlanadigan 

buyumga o‘xshatib polimer materialdan tayorlangan) buyumlar; 

 

turli  maqsadlarga  mo‘ljallangan  va  tashqi  ko‘rinishi  o‘xshash  bo‘lgan  



ikkita  obyekt  ma’lumligida  tashqi  ko‘rinishi  shu  ma’lum  obyektlardan  olingan 


92 

 

buyumlar; 



 

tashqi  ko‘rinishi  o‘zgarmagan  holda  ilgari  malum  bo‘lgan  alohida 



buyumlardan tuzilgan to‘plamlar. 

Xulosada  shuni  qayd  etamizki, 

buyumning  o‘ziga  xos,  estetik  jihatdan 

ko‘rkam  va  ergonomik  tashqi  ko‘rinishi  iste’molchilarning  tovarga  ehtiyojini 

belgilovchi  bosh  omillardan  biridir.  Shuning  uchun  sanoat  namunasini  to‘g‘ri  va 

savodli  huquqiy  muhofazalash  bozordagi  muvoffaqiyatning  garovi,  raqobat 

kurashida esa ustunlikning omilidir. 




Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish