qilish metodlarini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh metodlariga, turli
xususiyatlari bo‘lib, ularda formal bo‘lmagan (everistik) usul va protseduralardan
foydalanish hisoblanadi. Modelning matematik munosabatlari ko‘rinishi tanlash
protsedurasi formallashtirilmagan hisoblansa, keyingi bosqich model parametrlari
metodlar mavjud. Nazariy metodlar modelda tasvirlanadigan jarayonlarni fizik
engilliklar qabul qilish bilan olib boriladi. Hosil qilinayotgan modellar asosini,
echimi fazoviy o‘zgaruvchilarning o‘zaro bog‘liqligi hisoblangan tenglamalar
381
o‘zgaruvchilarning nisbatan keng diapazonlarda o‘zgarishida ham to‘g‘ri
hisoblanadi.
Eksperimantal metodlar obyekt modelini uning parametrlarining o‘zaro
bog‘liqligi va obyektning fazoviy o‘zgaruvchilarini eksperimentlar yo‘li bilan hosil
qilishga asoslangan. Eksperimentlar yaratilgan obyektlarning o‘zida yoki ularning
fizik modellarida (maketlar, stendlar) yoki to‘la matematik modellarida o‘tkazilib
makromodel hosil qilinadi. Eksperimental ma’lumotlarni matematik modelga
o‘zgartirish jarayonida, ularni modelga o‘zgartirish uchun eksperimentlarni
rejalashtirish metodlaridan foydalaniladi.
Eksperimental metodlar, inersiyaga ega bo‘lmagan, o‘zgaruvchilari o‘rtasida
nisbatan tekis bog‘liqlikka ega obyektlarni modellashtirishga qulay xisoblanadi.
Ko‘pincha bu metodlarni foydalanish natijasi bo‘lib, xususiy xarakterga ega
bo‘lgan faktorli modellar hisoblanadi.
Element modellarni hosil qilishda formal bo‘lmagan metodlardan foydalanish,
ko‘pgina loyihalash protseduralarining avtomatlashtirish darajasi kamaytiradi deb
o‘ylash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki aniq mo‘ljallangan tizimlardagi element turlari
soni, elementlar sonidan ancha kam bo‘lib, bu element turlari ko‘pgina
loyihalanilayotgan tizimlarda takroran foydalaniladi. Bundan tashqari har bir
element turi uchun aniqligi, iqtisodliligi, universallik ko‘rsatkichlari bilan
farqlanadigan bir qancha modellar yaratish imkoniyati ham tug‘iladi. ALT larda
hamma unifitsirlashtirilgan element tiplari modellari elementlar modellari
kutubxonasiga kiritib qo‘yiladi. ALT lardan foydalanishda har doim echish kerak
bo‘ladigan masala bo‘lib, tizim modellarini yaratish va analiz qilish hisoblanadi.
Ikkinchi guruh metodlariga, elementlarning berilgan modellaridan tizimning
to‘la matematik modellini hosil qilish metodlari kiradi. Bunga bu metod bilan
tizim modelini hosil qilish metodlari kiradi. Bu metod bilan tizim modelini hosil
qilish protsedurasi to‘laligicha formallashtirilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkinchi
guruh metodlari hisoblanadi. Bunday metodlarga misol qilib, elektrotexnikadagi
zanjir potensiallari farqi usullarini, mexanikada o‘rin almashish, avtomatik
382
boshqarish tizimlarida funksional modellashtirish kabilarni keltirishimiz mumkin.
Ikkinchi guruh metodlari asosini quyidagi ikki qarashdan birini tashkil qiladi.
Birinchi qarash, elementlarda tashqi ta’sirlarning tarqalishi bir yo‘nalishli,
ya’ni kirishdan – chiqishga qarab bo‘lishligiga yo‘l qo‘yishga asoslangan.
Boshqacha qilib aytganimizda, elementning holatini o‘zgarishida yuklanish, manba
elementiga ta’sirlarni to‘g‘ri tarqatuvchi, bog‘lovchi shoxlar orqali uzatilmaydi. Bu
qarash hisoblash qurilmalarini mantiqiy sxemalarini hosil qilishda, avtomatik
boshqarish tizimini modellashtirishda va turli ommaviy xizmat ko‘rsatuvchi
tizimlarda, ya’ni metadarajada matematik modellar tashkil qilishda keng tarqalgan.
Ikkinchi qarshi birinchi qarashdagi qabul qilingan yo‘l qo‘yishlar bilan
bog‘lanmagan, ya’ni modellashtirilayotgan obyekt elementlarida tashqi
bog‘lanishlarni kirish va chiqish bog‘lanishlariga ajratish shart emas, undan
tashqari modellarning bir yo‘nalishiga bo‘lgan cheklanish olib tashlanadi. Bu
qarashni ishlatish ancha murakkab hisoblanadi. Ularning invariantligi, fizik
tizimlarda analoglar borligiga asoslangan, shuning uchun bu metodlar to‘g‘ri
analogiyaga asoslangan modellashtirish metodlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: