Nazorat savollari?
1. Abiotik omil deganda nimani tushunasiz?
2. Biotik omil deganda nimani tushunasiz?
6-MA’RUZA
Mavzu: Baliqlar oziqlanishi. Suv havzalari va hovuzlardagi baliqlar ozuqa bazasi va
ozuqa zahirasi. Baliqlarning oziqlanish xususiyati bo‘yicha tiplari
Reja:
1.Baliqlar oziqlanishi. Suv havzalaridagi baliqlar ozuqa bazasi va ozuqa zahirasi.
2. Yemning ozuqaviy koeffitsiyenti. Suv havzalaridagi, hovuzlardagi ozuqa zanjiri.
3. Baliqlarning oziqlanish xususiyati bo‘yicha tiplari.
Tayanch iboralar:
ikra, sut, bonitirovka, nobud bo’lishi, dinamikasi, chavoq, inkubatsiya,
intinsiv, sadok, ekstinsiv, bentos, plankton, tip, sinf, turkum, oila, avlod, tur, filogeniya, xorda
fitoplankton, ekotizim, biokatalizator, primiks, malki
Hovuz baliqchiligida baliqlarni oziqlantirish uchun 3 xil ozi- qalardan foydalaniladi:
1.
Tabiiy oziqalar.
2.
Qo‘shimcha oziqalar.
3.
Me’yorlashtirilgan (balanslashtirilgan) oziqalar.
Tabiiy oziqalar (hovuzning tabiiy oziqa zaxirasi) — hovuzlarda tabiiy yo‘l bilan
rivojlanadigan, o‘sadigan o‘simliklar, hovuz- lardagi planktonlar, suvda o‘sadigan o‘simliklar,
qisqichbaqasi- monlar, bakteriyalar, detritlar, bentoslar, yuqori tabaqadagi o‘sim- liklar,
hasharotlar, suv hayvonlari va baliqlar kiradi. Tabiiy oziqa zaxirasining rivojlanish darajasi
suvning sifatiga bog‘liq. Baliq- chilar turlicha usullarni qo‘llab: ohaklash, organik va noorganik
moddalar orqali o‘g‘itlash kabi yo‘llar bilan suv sifatini yaxshilashga erishadi. To‘g‘ri
o‘g‘itlangan suv havzalari o‘zida barcha biogen moddalar, mikroelemetlarni saqlaydi hamda
ruxsat etiladigan chegarada oziqa zaxirasining yetarli darajada rivojlanishiga imkoniyat beruvchi
maqbul (optimal) gidrokimyoviy sharoitlarga ega bo‘ladi.
Hovuzlar yoki suv havzalarida tabiiy yo‘l bilan rivojlanadigan turlarga plankton, suv
o‘simliklari, bakteriyalar, detritlar, bentos, yuqori suv o‘simliklari, suv jonivorlari, shu jumladan,
baliqlar kiradi.
Iste’mol qilingan oziqalar karp baliqlarining oziqa hazm qilish a’zolariga suvning harorati 2
°C bo‘lgandan 8—10 soat, 22 °C bo‘lganda 6—9 soat, 26 °C bo‘lganda esa 4—7 soat orali-
g‘ida parchalanib hazm bo‘lishi aniqlangan. Shundan kelib chiqib suvning harorati nisbatan
yuqori bo‘lgan yozning issiq oylarida, kunduz kunlari baliqlarning kunlik oziqalarni bir necha
bo‘lakka (3—6 bo‘lakka) bo‘lib berish maqsadga muvofiq.
Oziqalarni bir necha bo‘lakka bo‘lib berish uning iste’mol qilinadigan miqdorini oshirishga
va foydalanmay qolgan qismi- ning kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu bir marta oziqlantirilgan-
dagiga nisbatan baliqlarning o‘sish darajasini sezilarli ravishda tezlashtiradi.
Bir marta oziqlantirish qabul qilingan xo‘jaliklarda bu ishni ertalab baliqlarning ishtahasi
yuqori bo‘lganda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Oziqalarning iste’mol qilinishini avvaldan
o‘rgangan holda har kuni hovuzlarning bir xil joyiga tarqatish maqsadga muvofiq.
Baliqlarni oziqlantirishda turli xildagi qayiq oziqa tarqatgich uskunalardan (SKR-3A, KRZ-
1, AKU-1, AK-2, DRK) foy- dalaniladi. Avtokormushkalarda berishning samaradorligi yax-
shidir. Zog‘orabaliq ham o‘simliklar, ham hayvonot dunyosidan olinadigan oziqalarni iste’mol
qiluvchi baliqlar guruhiga mansub bo‘lib, tabiiy oziqa sifatida suvda o‘suvchi va yashovchi zoo
va fitoplanktonlar bilan oziqlanadi hamda yumshoq suv o‘tlarini yaxshi iste’mol qiladi.
Zog‘orabaliq uchun tayyorlangan aralash oziqalarning tar- kibini tashkil qiluvchi alohida
oziqalarning tavsifi 2-jadvalda- gidek bo‘lishi o‘rganilgan.
Shu yilgi zog‘orabaliq uchun mo‘ljallangan aralash omixta oziqalarning tarkibida xom
proteinning miqdori 30 % dan, yog‘ 4 %, kalsiy 1,2 % dan, fosfor 1,0 % dan kam. Kletchatka
esa
9
% dan ko‘p bo‘lmasligi, katta yoshdagilarinikida xom protein
25
% dan, yog‘ 2,5 % dan, kalsiy 0,7 % dan, fosfor 0,8 % dan kam, kletchatka esa 10 % dan
ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Jadvalda tavsifi berilgan oziqalardan zog‘orabaliqlarga be- rish uchun aralash omixta oziqa
tayyorlanganda uning tarkibi qo‘yiladigan talablar jadvalda keltirilgan chegaralar bo‘lishi maq-
sadga muvofiq. Zog‘orabaliqlarga beriladigan aralash oziqaning namunaviy tarkibi 2-jadvalda
berilgan.
Zog‘orabaliqqa beriladigan omuxta oziqalarning granula va briket holida bo‘lishi maqsadga
muvofiq bo‘lib, ularning suvda tezda parchalanib ketmaganligi tufayli tarqatiladigan dastlabki
1—2 soat mobaynida tarkibidagi to‘yimli moddalarning yo‘qoti- lishi 5—10 % dan oshmaydi.
Granula shaklida beriladigan oziqalarning diametri shu yilgi baliqlar uchun 1—3 mm,
uzunligi 3—5 mm. Ikki yoshlilari uchun diametri 3—6 mm. Uzunligi 10—15 mm. Briket
shaklidagilar- ning kattaligi 2 x 5x9,5 sm bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Zog‘orabaliqlar 1 kg qo‘shimcha vazn uchun 2,5—4 kg omixta oziqalar sarflangan holda shu
yilgilarining oziqani qoplashi un- dan katta yoshdagilariga nisbatan 30—40 % samaradorlidir.
Oziqalar deb baliqlarning turli to‘yimli va mineral moddalarga bo‘lgan talabini qondiradigan,
ularning sog‘lig‘i hamda mahsuloti sifatiga ta’sir qilmaydigan
moddalarga aytiladi. Oziqa hayvonlar- ning, jumladan, baliqlarning mahsuldorligini (go‘sht)
oshirishida, urchitish xususiyatini saqlashda, ularning salomatligini ta’min- lashda katta o‘rin
tutadi. Baliqlarni oziqlantirishning samarador- ligi juda ko‘p omillarga: ekologik sharoit,
oziqlantirish texnikasi va oziqalarning to‘yimligiga bog‘liq.
Kunlik ratsion bilan baliqlarni boqishda, kelib chiqishiga, ularning o‘sish va rivojlanishiga
suvning harorati kuchli ta’sir qiladi.
Issiq suvda o‘sadigan karp baliqlariga suvning harorati 14— 27 °C oralig‘ida har kuni bir
necha (3—6) marta iloji boricha yorug‘da oziqa berish kerak.
Oziqa me’yori deb, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parran- dalarining bir kecha-kunduzdagi
to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabiga aytiladi. Oziqa me’yori hayvonning turi, yoshi, jinsi, tirik
vazni, mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab aniqlanadi. Uning to‘g‘ri aniqlanishi
hayvonlarning mahsuldorligi va salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Oziqa ratsioni deb hayvon yoki
parrandaga bir kecha-kunduzda beriladigan oziqalar yig‘indisiga aytiladi.
Ratsion me’yor asosida har bir muayyan sharoitda hayvonning turi, yoshi, jinsi, tirik vazni,
mahsuldorligi va fiziologik holatiga qarab tuziladi. Har bir hayvon ratsioniga shunday oziqalar
kiritilishi kerakki, u hayvonning tabiatiga mos bo‘lsin.
O‘zbekiston sharoitida zog‘orabaliq, oq amur, do‘ngpesha- nali baliqlarni oziqlantirishda
asosiy oziqalar bo‘lib kungaboqar, makkajo‘xori doni, soya, bug‘doy, arpa, suli, bug‘doy
kepagi, oziqa achitqisi, baliq uni, go‘sht uni, go‘sht-suyak uni, qon uni va ko‘p oziqalar
hisoblanadi.
Baliqlar uchun tabiiy oziqa bazasi
Hovuzdagi tabiiy oziqa bazasi o‘simlik va hayvon organizm- lari kompleksini o‘z ichiga
oladi.
Tabiiy oziqa bazasi o‘lchamlari bilan farq qilib, mikroskopik o‘lchamdan yirik
o‘lchamlargacha bo‘ladi.
Har bir organizmlarning turli xillari baliqlar uchun oziqa hisoblanadi.
Har qanday boshqa suv havzasidek sun’iy hovuz ham, eko- logiya qonunlariga ko‘ra
rivojlanib boradigan suv ekotizimidir. Baliqshunos ekologiya asoslarini bilishi kerak, negaki
baliq yetishtirishning muvaffaqiyatli kechishi ularga bog‘liq.
Hovuzning oziqa zaxiralarini o‘simliklar, bakteriyalar, suv jonivorlari, erigan organik
moddalar, detrit suv qatlami hamda suv tubidagi cho‘kma qatlamlari tarkibidagi mayda mineral
par- chalar bilan aralashgan bakteriyalar, to‘yingan mavjudot qol- diqlaridan iborat qatlam,
mayda umurtqasizlar hamda baliq li- chinkalarining oziqlanishi uchun ahamiyatlidir.
Baliqlar hovuzning tabiiy oziqa bazasi — baliqlar tomonidan iste’mol qilinishi mumkin
bo‘lgan qismi hisobiga o‘stiriladi.
Hovuzdagi yuqori suv o‘simliklari, shuningdek, baliqshunos mutaxassis tomonidan hovuzga
kiritilgan o‘simliklar oq amur balig‘i uchun muhim oziqa hisoblanadi. Suv qatlamida erkin suzib
yuradigan mayda o‘simlik organizmlari mikroskopik yashil suv o‘tlari, fitoplanktonni tashkil
etadi. Bu oq do‘ngpeshana balig‘i hamda zooplankton organizmlari (suv qatlamida yashab
baliqlar oziqasi bo‘ladigan tirik mavjudotlar) uchun oziqadir.
Bakteriyalar va mikroskopik suv o‘tlari bilan oziqlanib sekin harakatlanuvchi va o‘lchamlari
kichik bo‘lgan kolovratkalar zoo- plankton suv qatlamida erkin suzib yuradigan tirik
mavjudotlar- ning muhim guruhi hisoblanadi.
Kolovratkalar lichinkalarni o‘stirish davrida katta ahamiyatga ega.
Zooplanktonning muhim guruhlariga, shuningdek, bir hu- jayrali qisqichbaqasimonlar ham
mansubdir. Ular bir yozgi baliqchalarni o‘stirishda va ayniqsa, bir yashar baliqlarda o‘ta muhim
ahamiyat kasb etadi. Zooplanktonning iste’molchisi chipor do‘ngpeshana balig‘idir.
Zooplankton mavjudotlari orasida yirtqich sikloplar bor. Ularning yoshlari baliqlar
tomonidan yaxshi iste’mol qilinadi. Biroq yetuk sikloplar baliq lichinkalari va yosh baliqchalar
uchun o‘ta xavfli kushandadir.
Suvning tubidagi cho‘kma qatlamda yashaydigan bentos organizmlariga mansub turli
hasharotlarning (chivin va boshqa- lar) lichinka va g‘umbaklari qimmatli oziqa hisoblanadi. Zo-
g‘orabaliq har narsani yeyaveradigan baliq bo‘lsa-da, ammo ben- tosni xush ko‘radi.
Hovuzlarning suv o‘simliklari zich joylarida qo‘ng‘izlar, ni- nachilar va shunga o‘xshash
hasharotlarning katta baliqlar uchun oziqa sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan, ammo mayda
ba- liqchalar uchun kushanda lichinkalari yashaydi. Lichinka uvuldi- riqni ochib chiqqandan
so‘ng tashqi oziqalar bilan oziqlanmaydi, rivojlanishi uchun qorin qismidagi suyuqlikni
ishlatadi. Juda qisqa muddatdan so‘ng, qorin qismidagi suyuqlikni ishlatishdan kelib chiqqan
holda lichinkalar tashqi oziqalar bilan faol oziqlanishni boshlaydilar. Lichinkalar eng kichik
plankton organizmlar — mik- roskopik suvo‘tlar va kolovratkalar bilan oziqlanadi.
Tana o‘lchamlarining ortib borishi bilan birga ularning jag‘ apparatlari ham kattalashib
boradi. Baliqchalar o‘sgani sari yi- rikroq zooplankton organizmlari bilan oziqlanishga o‘tadi.
Hovuzga baliq o‘tkazishni kechiktirib bo‘lmaydi, chunki hovuzdagi dafniya yoki sikloplar o‘sib
zog‘orabaliqlarning lichinkalari uchun oziqa bo‘lmay qoladi va oqibatda baliqchalar ham yaxshi
o‘smay qoladi.
Lichinka dastlabki 5 kun mobaynida kolovratkalar bilan, 6—
10
kunlarda mayda shoxdormo‘ylovlilar va kopepodlar bilan, so‘ng yirik shoxdormo‘ylovlilar
va konepodlar, xironomidalar kabi turli hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |