III - Turlar haqidagi qoidalar;
III.VI. Virus turlarining ta’rifi;
3.19. Turlar quyidagi ta'rifga muvofiq yaratilishi kerak: "Tur - bu XVTQ tomonidan tasdiqlangan ierarxiyadagi eng past taksonomik darajadir. Tur - bu xususiyatlarni boshqa turlarnikidan bir necha mezon bilan ajratib olish mumkin bo'lgan viruslarning monofiletik guruhidir“;
III.VII. Virus nomni yaratish;
3.20. Turning nomi amalda bo'lishi mumkin bo'lgan bir nechta so'zlardan iborat bo'lishi kerak, ammo boshqa taksonlarning nomlaridan farq qilishi kerak. Turlarning nomlari faqat ho’jayin nomi va "virus" so'zidan iborat bo'lmasligi kerak;
3.21. Turning nomi turni tegishli ravishda aniq belgilashni ta'minlashi kerak;
IV - Turlardan boshqa darajalar to'g'risidagi qoidalar;
4.22. Har bir alohida virus fizik mavjud bo'lib, ularning ba'zilari aniqlanmagan bo'lib qolishi mumkin bo'lgan ierarxik darajadagi taksonlarga tegishli deb qaraladi;
4.23. Hozirgi vaqtda viruslar taksonomiyasida turlardan tashqari, Olam (-viria), Subolam (-vira), Qurollik (-virae), Subqurollik (-virites), Tip (-viricota), Subtip (-viricotina), Sinf (-viricetes), Kichik sinf (-viricetidae), Tartib (-virales), Kichik tartib (-virineae), Oila (-viridae), Kichikm oila (-virinae), Avlod (-virus), Kichik avlod (-virus), kabi tasniflash darajalari qo’llaniladi;
4.24. Virusni turlar va avlodlar darajasida tasniflash majburiydir;
4.25. Yangi avlodni tasdiqlash, turni tasdiqlash bilan birga bo'lishi kerak.
V - Sub-virus agentlar to'g'risidagi qoidalar;
V.VIII. Viroidlar va satellite (virus parazitlari) nuklein kislotalari;
5.26. Viroidlar va satellitlarini tasniflashda viruslarni tasniflash bilan bog'liq qoidalar ham qo'llaniladi;
5.27. Viroidlarni nomlash uchun quyidagi qo’shimchalar qo’shib nomlanadi: Olam (-viroidia), Subolam (- viroida), Qurollik (- viroidiae), Subqurollik (- viroidites), Tip (- viroidicota), Subtip (- viroidicotina), Sinf (- viroidicetes), Kichik sinf (- viroidicetidea), Tartib (- viroidales), Kichik tartib (- viroidineae), Oila (- viroidae), Kichikm oila (- viroidinae), Avlod (- viroid), Kichik avlod (- viroid), Tur (- viroid);
5.28. Satellitlarni nomlash uchun quyidagi qo’shimchalar qo’shib nomlanadi: Olam (- satellitia), Subolam (- satellita), Qurollik (- satellitiae), Subqurollik (- satellitites), Tip (- satelliticota), Subtip (- satelliticotina), Sinf (- satelliticetes), Kichik sinf (- satelliticetidea), Tartib (- satellitales), Kichik tartib (- satellitineae), Oila (- satellitidae), Kichikm oila (- satellitinae), Avlod (- satellite), Kichik avlod (- satellite);
Do'stlaringiz bilan baham: |