Azotning kislorodli birikmalari



Download 40,91 Kb.
bet2/4
Sana09.04.2022
Hajmi40,91 Kb.
#538758
1   2   3   4
Bog'liq
Azotning kislorodli birikmalari

Azot (II) oksid. Rangsiz, zaharli gaz. U befarq oksid hisoblanadi. Bog’lanish tartibi 2,5. Unda uch elektronli boglanish mavjud. Bu gaz harorat ta’siriga chidamli. Lekin 100oS da parchalanadi:
3NO=N2O+NO2
NO azot va kislorodning o’zaro ta’siridan hosil bo’ladigan yagona oksididir. Reaksiya elektr yoyi ta’sirida amalga oshib, qaytar tarzda sodir bo’ladi. 3000 oS da darhol muvozanat yuzaga keladi.
N+ O2  2NO
NO ammiakni Pt va Rh aralashmasi katalizatorligida oksidlash jarayonida ham hosil bo’ladi:
4NH3 + 5O2  4NO + 6H2O
NO labatoriyada quyidagi usullarda olinadi:
2KJ + 2KNO2 + 2H2SO= 2K2SO4 + 2NO + J2 + 2H2O
3Cu + 8HNO3= 3Cu(NO)2 + 2NO + 4H2O
NO ham kuchli oksidlovchi va qaytaruvchi. SO2 ni oksidlab SO3 ga aylantiradi:
SO2 + 2NO= SO3+ N2
NO ga galogenlar ta’sir etib nitrozil galogenidlar hosil bo’ladi:
2NO + Cl2=2NOCl 
nitrozilxlorid hosil bo’lib (u sariq rangli). Shunga o’xshash NOF va NOBr birikmalar ham ma’lum.
Juda kuchli oksidlovchilar( K2Cr2O7 va K2Cr2O7) ta’sirida NO nitrat kislotagacha oksidlanadi:
10NO+6KMnO4+9H2SO4=6MnSO4+10HNO3+3K2SO4+4H2O
NO havo kislorodi bilan oson oksidlanib qo’ng’ir tusli gaz NOni hosil qiladi:
2NO+O2=2 NO2
NO turli komplekslarda ligand sifatida qatnashadi. [Fe(NO)4], [Fe(NO)4I2], [Co(NO)4]. Past haroratda NO qattiq holatga o’tib dimer - N2O4 hosil qiladi.
NO nitrat kislota olishda ishlatiladi.
Azot (III) oksidi. Juda beqaror oksid, u zangori rangli va qattiq holda past haroratda barqaror. 3,5 oS da parchalanadi. 
Azot(III) oksidi molekulasining tuzilishi(41-rasm) quyida keltirilgan. O-N-O bog’lari orasidagi valent burchaklar 120oS. N=O bog’ining uzunligi 0,121 nm,
N-N bog’ining uzunligi bo’lsa 0,186 nm ni tashkil etsa, N-O bogining uzuligi esa 0,114 nm ni tashkil etadi.

41-rasm. Azot (III) oksidi molekulasining tuzilishi.
NO2 ga NO ta’siri etilib qaytar sharoitda olinadi:
NO2+NO= N2O
Laboratoriyada kaliy nitritiga sulfat kislota eritmasi ta’sir etib N2O3 olsa bo’ladi:
2KNO2+H2SO4=K2SO4+N2O3+H2O
HNO2 kislotaning oksidi N2O3(nitrit angidrid) hisoblanadi. N2O3 ning ishqorlar bilan ta’siridan nitritlar hosil bo’ladi:
N2O3+2KOH=2KNO2+H2O
Odatda nitritlar olish uchun nitratlar qizdiriladi. Bu reaksiyada kislorod ham hosil bo’ladi:
NaNO3=2NaNO2+O2
Laborotoriyada N2O3 mishyak(III) oksidiga nitrat kislota ta’sirida olinadi:
As2O3 + 2HNO3 + 2H2O= 2H3AsO4 + N2O3
Nitrit kislotada markaziy azot atomi sp2 gibridlangan(42 rasm), O-N-O burchagi 120 oS. N-O- bog’ining uzunligi 0,117 nm bo’lsa, H-O bog’ining uzunligi 0,096 nm ga teng.

42-rasm. Nitrit kislota molekulasining tuzilishi.
Nitrit kislota tuzlariga sulfat kislota eritmasini ta’sir ettirish orqali nitrit kislotasini olish mumkin:
NaNO2 + H2SO4= NaHSO4 + HNO2
Nitrit kislotasi faqat eritmada mavjud lekin uning tuzlari ma'lum. Nitrit kislota kuchsiz elektrolit K=7·10-4.
U ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi. Kislorod ishtirokida oksidlanadi:
2HNO2 + O2= 2HNO3
U disproporsialanish reaksiyalariga kirishadi:
2HNO2= NO + NO2 + H2O
KJ, H2S ishqoriy metallarning amalgamasi bilan nitrit kislotasi oksidlovchi xossasini namoyon etadi:
H2S + 2HNO= 2H2O + S + 2NO
2KJ + 2KNO2 + 2H2SO= J2 + 2NO + 2K2SO4 + 2H2O
Kuchli oksidlovchilar ta’sirida nitritlar qaytaruvchilik xossasini namoyon etadi va nitratlargacha oksidlanadi:
5NaNO2 + 2KMnO4 + 3H2SO= 5NaNO3 + 2MnSO4 + K2SO4 + 3H2O
Fe2+ ioni qaytaruvchi bo’lgani uchun nitritlar oksidlovchi bo’lib NO gacha qaytariladi:
2FeSO4 + 2KNO2 + 2H2SO= Fe2(SO4)3 + K2SO4 + 2NO + H2O
Nitrit kislota tuzlari zaharli moddalardir. NaNO2 stenokardiyada tomirlarni kengaytiruvchi modda sifatida tavsiya etilgan.

Download 40,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish