Azizaxon Rasulova



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/69
Sana05.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#740332
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Bog'liq
2 5424962681792633126

Shartnoma
- ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari 
va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi 
kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-
bir munosabatlar o‘rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va 
munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnomada tomonlar 
bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko‘rsatiladi. 
Ba’zi shartnomalarda olingan majburiyatni bajarmaslik natijasida 
keltiriladigan zararni to‘lash tadbirlari ham belgilanadi. Tomonlar 
shartnomaning barcha moddalari bo‘yicha bir bitimga kelganlaridan 


33 
keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnomalar o‘z mazmuniga 
ko‘ra juda xilma-xil ko‘rinishga ega. Muassasalar o‘rtasida keng 
tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) yetkazib berish, pudrat, 
imoratlar ijarasi, asbob-uskunalarni o‘rnatish haqidagi shartnomalarni 
ko‘rsatish mumkin. Har qanday shartnoma o‘z mazmuni va shakliga 
ko‘ra qonunga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi 
shartnomaning qonuniy kuchini yo‘qqa chiqaradi va uni shu ahvolda 
tuzgan yoki tuzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka 
olib keladi. Shartnomalar og‘zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial 
idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo‘lishi mumkin.
Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar 
o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda 
mehnat bitimi deb ataladi. 
Farmoyish
- muassasa ma’muriyati, shuningdek, bo‘limlarning 
rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan 
hujjatdir. Odatda farmoyishlar amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, 
bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga 
taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy 
qismlardan tarkib topadi faqat uning asos (kirish) qismida 
“BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA ETAMAN”, “RUXSAT 
BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi. 
Buyruq – mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa asosiy va 
kundalik masalalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Buyruq uchun 
qog‘oz (blanka)lar A4 hajmli (310*297) qog‘ozga tayyorlanadi. Mohiyat 
– e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va 
kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni 
tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga 
solishda qo‘llaniladi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan 
ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan 
aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati 
tayinlanadi. Buyruq vositasida rahbar tashkilotning ishlab chiqarish, 
rejalashtirish, hisobot, moliyalashtirish, kredit ajratish, mahsulot sotish 
faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyati, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish 


34 
va ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish 
yuritiladi. 
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu 
kabilarni tasdiqlash bilan bog‘liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy 
faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Buyruqqa tegishli imzolar 
qo‘yilib, u blankaga ko‘chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. 
Rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan 
tegishli daftarga qayd etiladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi 
(kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) 
qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos 
qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi 
yoziladi). Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan 
yoziladi “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Shu so‘zdan so‘ng 
ikki nuqta qo‘yilib yangi satrda farmoyishlar beriladi. Farmoyishlarda 
odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarilishi ko‘rsatiladi. 
Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazorat qilish kimga 
yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi. 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish