Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.
Til nima uchun ijtimoiy hodisa hisoblanadi?
2.
“Afishaning tili”, “musiqa tili” deganda nimani tushunasiz?
3.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishdan maqsad
nima?
4.
Fannig vazifalarini sanang.
5.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanining boshqa sohalar
bilan bog‘liqligi haqida gapiring.
O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI
VA UNING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI
Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: ”Har
bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti tili va
adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.
Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor
ekan, millat barhayotdir. Tilning Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson
o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan
yashay olishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘zbek tili maqomi
huquqiy jihatdan mustahkamlandi. O‘zbek tili haqidagi qonun qabul
qilinganidan so‘ng barcha davlat hujjatlari o‘zbek tilida yuritila
boshlandi, gazeta va jurnallarning o‘zbek tilida chop etilishi yo‘lga
qo‘yildi. 1993-yil 2-sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosini tuzish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingandan so‘ng,
mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya
tizimidan munosib o‘rin egallashiga yo‘l ochdi. Shu o‘rinda statistik
15
ma’lumotlarga e’tibor qaratsak: dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud
bo‘lib, bundan 200 tasigina davlat tili maqomiga ega. Ularning orasida
o‘zbek tilining borligi, uning naqadar sof, mukammal, purma’no va
jozibadorligining yorqin dalilidir. Rossiyalik tilshunos olima, professor
A.M.Kozlyanina “O‘zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador” deb
bejiz ta’kidlamagan edi.
Yangilanayotgan O‘zbekistonning bugungi bosqichi – milliy
yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, bugungi kunda ona tilimizning
nufuzini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universitetining tashkil etilgani tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur
o‘rganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish
doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni
yangi pog‘onaga ko‘tardi.
Shuningdek, 2019-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini
tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni
qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami
kuni” deb e’lon qilindi hamda Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat
tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi
1
.
Davlat tili – O‘zbekiston degan o‘tmishi buyuk mamlakatning tili. U
qonun bilan himoyalangan. Bu tilning qonuniy talablariga barcha birdek
rioya etishi shart. Shunday ekan, har bir soha vakili davlati tilini bilishi,
bu borada malakaga ega bo‘lishi lozim.
Mamlakatimizda bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishga muhim e’tibor qaratilmoqda. Albatta, bu sohada davlat
tilini puxta o‘zlashtirish katta ahamiyatga ega. Xususan, sportchilar keng
omma bilan muloqotga kirishadi. Undan ko‘p jihatlarni o‘rganadi. Shu
bois ona tilida sof va to‘g‘ri so‘zlash ham sportchilarga juda zarur.
Jismoniy tarbiya sohasi ham doimiy taraqqiyotda. Yangi atamalar
faol qo‘llanilyapti, imkoniyatlar yanada kengaymoqda. Shu bilan
1
https://xs.uz/uzkr/post
Til
–
millat kozgusi.
16
birgalikda jahon sport arenalarida o‘zbek tilining jozibasi, kalomi
yangramoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |