55
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.
Fikrning aniqligi deganda nimani tushunasiz?
2.
“Insonning kimligi uning ikki jihati – xatti-harakati va so‘zi
(nutqi), odamlar bilan o‘zaro muomalasida ayon bo‘ladi”. Mazkur naqlga
munosabatingizni bildiring.
3.
Fikrni go‘zal ifodalash nimalarga bog‘liq?
4.
So‘zning voqelikka mos kelmasligi haqida gapiring.
5.
Ifoda g‘alizlikdan holi bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor
berish
kerak?
SOHA NOTIQLIGI
Ritorika
grekcha so‘z bo‘lib notiqlik san’ati mazmunini beradi.
Notiqlik nazariyasi, notiqlik san’ati haqidagi fan, notiqlik san’ati
haqidagi ta’limot
ma’nolarini esa notiqlik san’atining keng rivoj topib,
nutq madaniyatining alohida sohasi sifatida shakllangandan keyin olgan.
U filologiyaning stilistika – uslubshunoslik yo‘nalishida o‘rganiladi.
Uning nazariy asoslari Aristotelning “Ritorika”
asarida bayon
qilingan. Sitseron, Demosfen, Kvintilian kabilar bu san’atning yirik
vakillari sanaladi.
Notiqlik san’ati, ya’ni ritorika eramizdan
avvalgi III-II asrlarda
Yunonistonda shakllangan bo‘lib, keyinchalik Rimda tarqalgan. Bu
davrlarda Yunonistonda demokratik jarayonlar barq urib rivojlangan bir
paytda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori mansablarga
ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lib qoldi.
Notiqlik san’ati sarkardalik san’ati bilan bab-baravar ulug‘landi. Ana
shu ikki san’atni mukammal egallagan arboblargina yuqori lavozimlarga
saylanadigan bo‘ldi. Masalan, mamlakat hayotiga oid muhim masalalar
demokratik yo‘l bilan hal qilinadigan xalq majlislari va besh yuzlar
Kengashida so‘zini o‘tkaza olgan kishigina
xalqni boshqarishga loyiq
deb topilgan. Aynan ana shu Kengash dunyoda notiqlik san’atining
56
rivojlanishiga zamin yaratdi. U demokratik jarayonlarda insonning faol
ishtirok etish ehtiyojiga aylandi.
Notiqlikda o‘ziga xos uslub egasi bo‘lgan Demosfen eskirgan
so‘zlardan qochgan, latif va jozibali so‘zlarni qo‘llamagan, gohi-gohida
xalq hikmatlaridan foydalangan, xolos. Sinonimlarni, talaffuzda uzun va
cho‘ziq bo‘g‘inlarni qo‘llashni ma’qul ko‘rgan. Gapning oxiriga muhim
ma’no anglatadigan so‘zni qo‘ygan va unga urg‘u bergan. Nutqi tuzilishi
jihatdan mukammal bo‘lgan. Ifodada qaytariqlarni,
qarama-qarshilikni
yoqtirgan, ritorik so‘roqni ko‘p ishlatgan. Jest va mimikalardan,
kishining diqqatini tortadigan, hayajonlantiradigan usullardan unumli
foydalangan. Oqibatda bularning hammasi
Demosfenni buyuk yunon
siyosiy notig‘i darajasiga olib kelgan.
Sharq ma’naviyatida notiqlik san’ati
voizlik san’ati
deb nomlangan.
Manbalarda qayd etilishicha, qadimda podshohlar turli bayram va
marosimlarda mamlakat va xalq hayotiga oid mavzularda va’z aytganlar.
Keyinchalik esa bu vazifani hukmdorlar nomidan maxsus tayyorgarlik
ko‘rgan so‘z ustalari amalga oshirishgan.
Shu tarzda Sharqda ham
notiqlik – voizlik san’atining o‘ziga xos maktabi vujudga kelgan.
O‘rta Osiyo madaniyati tarixida Bahovuddin Valad (XII),
Jalodiddin Rumiy (XIII), Husayn Voiz Koshifiy (XV), Muni Voiz
Haraviy (XV) singari o‘nlab so‘z ustalarining nomlari ma’lum. Bu
sohaning nazariy va metodik asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan
Muhammad Rofi Voizning “Avbob ul-jinon”, Voiz Qazviniyning
“Zilolu maqol”, Voiz Shirvoniyning “Ahsan ul-ahodis”, Muhammad
Bobir binni Muhammad Voizning “Hidoyat ut-taqdim”,
Quraysh
Sindiyning “Anis ul-voizin”, Mulla Kalon Voiz Samarqandiyning
“Ravzat ul-voizin”, Qozi Ushiyning “Miftoh un-najoh”, Husayn Voiz
Koshifiyning “Dah majlis”, “Mahzan ul-insho” va boshqa asarlar
yozilgan
1
.
Qadimda notiqlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik,
nadimlik, qissago‘ylik, masalgo‘ylik, badihago‘ylik, qiroatxonlik,
muammogo‘ylik, go‘yandalik, maddohlik, qasidaxonlik singari ko‘plab
Do'stlaringiz bilan baham: