Aziz quvchilar


ADABIYOT. TANQIDIY REALIZM



Download 363 Kb.
bet20/20
Sana19.12.2020
Hajmi363 Kb.
#53456
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
9-sinf. Jahon tarixi

ADABIYOT. TANQIDIY REALIZM
19 asr oxiri — 20 asrning boshlarida Yevropa mamlakatlarining madaniy hayotida realistik oqim bilan dekadentlik oqimi o’rtasida kurash avj oldi. Xalq dekadentlik ruhida yozilgan asarlarni qabul qilmadi. Natijada turmushni aniq ifoda Iaydi8an asarlarga ehtiyoj ortdi. Realistik yozuvchilar atrofdagi voqelikni dadil va haqqoniy aks ettirishga intildilar. Shuning uchun bu davr realizm yoki tanqidiy realizm nomini oldi. Bu davrda rus adabiyoti namoyandalari F. M. Dosto-yevskiy, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov chet ellardagi zamondoshlari uchun realistik ijodning yangi imkoniyatlarini ochib berdilar.

Gi de Mopassan, Emil Zolya, An-natol Frans, Romen Rollan, Genrix Mann, Jon Golsuorsi, Bernard Shou, Mark Tven, Teodor Drayzer, Rabindranat Tagor, Lu Sin va boshqalar tanqidiy realizmning eng yirik namoyandalari edilar.

Gi de Mopassan (1850-1893) o’zining «Hayot» (1883), «Azi-zim» (1885), «Mont-Oriol» (1886) va boshqa asarlari bilan fransuz badiiy dunyosida qator ijtimoiy masalalarni mahorat bilan rango-rang bo’yoqlarda tasvirlagan tengsiz ijodkordir.

Belgiyalik mashhur shoir Emil Verxarn (1855—1916) «Halo-kat», «Qora mash’ala», «Oqshom», «Alahlagan dala», «G’ala-g’ovur shaharlar» kabi asarlarida qishloq va shaharlarda xalq hayoti, iztirobi, kechinmalarini ustalik bilan qalamga oladi. Germaniyalik Gerxart Gauptman (1862—1946) «Tong», «To’quvchilar» pyesalari, an-gliyalik Gerbert Uells (1866—1946) «Vaqt mashinasi», «Ko’rinmas odam» nomli fantastik asarlari bilan mashhur bo’ldi.

J. Londonning ijodi radikal intilishlar bilan ajralib turar edi. Uning «Temir tovon» romanida insoniyat oldida turgan halokat yoki dahshatli azoblar oldindan aytib berildi. Avtobiografik tarzdagi «Martin Iden» romanida yozuvchi halol san’atkorlarning soxta madaniyat bi-lan fojiali to’qnashuvini ochib berdi.

Amerikalik yozuvcbi T. Drayzerning «Moliyachi», «Titan» va «Jenni Gerxardt» romanlarida amerikalik monopolist, tojsiz qirol, puldor Kaupervudning umumlashgan obrazi berilgan. Kaupervud boyish uchun kurashda qalloblik usullaridan, odamlarni aldash, sotib olish-dan foydalanib, o’z maqsadi sari intiladi.

R. Rollan o’zining ko’p tomli «Jan Kristof» romanida fransuz va german burjua jamiyatining buzilishini ko’rsatadi. Uning qahramoni-kompozitor Kristof razillik, muno-fiqlik, amalparastlikni ko’rib azoblanadi. «Maydondagi yarmarka» kitobi g’oyat keskin fosh qilishi bilan ajralib turadi. Bunda muallif sotqin vazirlarni, «saroy to’tilarini», «sotsialist» amalparastlarni, san’at korchalonlarini fosh qilishda satirik usullardan foydalanadi.

J. Golsuorsi tanqidiy realizmning yirik ustasiga aylandi. U «Munofiqlar oroli» «Forsaytlar haqida doston» asarlarida hukmron doiralarning jaholati, ikkiyuzlamachiligi va o’ta cheklanganligini keskin tanqid qildi.

Bu davrda satira katta ahamiyatga ega bo’ldi. Nemis yozuvchisi, yumorist G. Manning «Sodiq fuqaro romani hamda «Imperiya» trilogiyasiga kirgan boshqa asarlari juda katta fosh etuvchi kuch sifatida namoyon bo’ldi. Uning sahifalarida ko’plab qirollar va kanslerlarni, zodagonlarni va amaldorlarni, xalqqa xiyonat qilganlarni hamda viloyat-lardan chiqqan zodagonlarni, hatto imperator Vilgelm II ni ko’rish mumkin.

Mavjud tuzumni hajv qilishning yirik ustasi atoqli fransuz yo-zuvchisi A. Frans edi. Uning «Silvester Bonnarning jinoyati» (1881), «Oq toshda» (1904), «Pingvinlar oroli» (1908) asarlarida «Uchin-chi respublika»ning illatlari, hukmron doiralarning ma’naviy buzi-lishi, siyosat arboblarining sotqinligi, monarxlarning fitnalari kes-kin, oshkora kulgi ostiga olindi. Bernard Shou dramalari, atoqli amerikalik satirik yozuvchi M. Tvenning romanlari, hikoyalari, maqolalari achchiq va darg’azab satiraga boydir. «Olomon qiluvchi Qo’shma Shtatlar» maqolasining nomi yoki «Senator turmada o’tirmagan vaqtlarida qonun chiqaruvchi kishi», «Xalq xizmatkor-lari porani taqsimlash uchun o’z lavozimlariga saylangan shaxslar» nomli o’tkir ta’riflarning o’zi juda qimmatlidir.

Bu davrda jahon demokratik madaniyatining fondi Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari yozuvchilarining ijodi bilan ham boyidi. Atoqli Yapon yozuvchisi A. Ryunoske novellalarida parazit mulkdorlar ax-loqining inqirozi, xalq oramasining umumiy kuchini anglash o’z aksini topdi. Hind gumanist yozuvchisi R. Tagor (1861—1941) fal-safiy teranligi va badiiy barkamolligi bilan ajralib turuvchi romanlar, pyesalar, hikoya va she’rlari bilan butun dunyoga mashhur bo’ldi. Uning butun ijodi milliy mustaqillikka otashin chaqiriqdan iborat edi. Ayniqsa, «Halokat va tubanlik» romani mashhur bo’ldi. Xitoylik Lu Sinning ijodi kambag’allarning og’ir ahvoliga chuqur hamdardlik ruhi bilan sug’orilgan edi.

Lotin Amerikasida mavjud tuzumning illatlarini fosh qilish qifaning eng yirik shoirlaridan biri bo’lgan nikaragualik R. Dario ijodida o’z aksini topdi. Dario «Ruzveltga» nomli g’azabnok she’rida o’zining vatanparvarlik tuyg’ularini ifodaladi.

Demokratik adabiyot ijodkorlari tenglik va adolat tamoyillarining g’alaba qilishiga, insonning ijodiy kuchlariga, uning dunyoni o’zgartira olishiga ishonar edilar. Uning namoyandalaridan biri amerikalik adiba G. Bicher -Stoudir (1811—1896). Bicher Stouning «Tom tog’aning kulbasi» romani jahon adabiyotining nodir asarlaridan hisoblanadi. 19 asr Amerika qullari va quldorlari hayoti, ular o’rtasidagi ziddiyat, qulchi-likka qarshi negrlar isyoni haqqoniy yoritilgan. Uning «Dred, la’nati botqoqlik haqida qissa», «Men va mening xotinim», «Biz va qo’shnilarimiz» asarlarida ham amerika hayoti haqqoniy tasvirlanadi.

Amerika yozuvchisi Jek Londonning (1876—1916) yoshligi qash-shoqlik va og’ir mehnatda o’tgan. Ish qidirib AQSh va Kanadani ke-zib chiqqan. 16 yillik adabiy faoliyatida 19 ta roman va boshqa ko’plab asarlar yaratdi.

Jek Londonning tabiatni bo’ysundirgan qahramon haqidagi «Hayotga muhabbat», ishchi va dehqonlar hayotiga bag’ishlangan «Sokramento sohillarida», «Bir parcha go’sht», «Dengiz bo’risi» va boshqa asarlari mashhurdir.

Ingliz dramaturgi Bernard Shou (1856—1950) o’z asarlarida eks-pluatatsiyani, meshchanlik axloqini, munofiqlik, soxtalikni qorala-gan. «Qariyalar uyida», «Uorren xonimning kasbi», «Qurol va in-son», «Kandid», «Yashasak ko’rarmiz», «Shayton shogirdi», «Ma-yor Barbara» kabi asarlarida jamiyatdagi qusurlarni tanqid qilish bilan birga ijtimoiy taraqqiyotga, adolatga xizmat qiluvchi kuchlarni zo’ravonlikka qarshi qo’yish g’oyalari ilgari suriladi.

Fransuz abidi Viktor Gyugo (1802—1885) o’zining «Dahshatli yil», «Xo’rlanganlar», «To’qson uchinchi yil», «Dengiz zahmatkashlari» kabi asarlarida zulmga, jaholat va adolatsizlikka qarshi norozilik, bosqinchi-likka nafrat, kurashchan xalqqa xayrixohlik bildiradi va haqoratlangan mehnatkash insonning fojiali hayoti va kurashini tasvirlaydi.

Fransuz yozuvchisi Jyul Vern (1828—1905) ilmiy-fantastik romanchilikning yirik vakili. Yozuvchi «Havo sharida besh hafta», «Yer markaziga sayohat», «Yerdan oygacha», «Kapitan Grant bola-lari», «Oy atrofida», «O’n besh yoshli kapitan» asarlarining qahra-monlari — jasoratli, dovyurak, milliy va mustamlaka zulmiga qarshi kurashuvchi kishilardir.

L. N. Tolstoy umrining so’nggi yillarida chor Rossiyasining dav-lat, cherkov, iqtisodiy va ijtimoiy tartibotlarini, axloqsiz negizlarini tanqid qilishni davom ettirdi. A. P. Chexov «Uch opa-singil», «O1-chazor bog’» pyesalarida juda katta kuch bilan ijtimoiy masalalarni umumlashtirishga erishdi.

Bu davrda, yaponiyalik mashhur yozuvchi Simey Ftabateyning «Suzayotgan bulutlar», Roka Tokutomining «Kurosivo», «Yasha-magan yaxshi», Naoe Kinositoning «Olovli ustun» romanlari feodal qoldiqlarga qarshi, milliy qadriyatlarni asrashga, xorijning ma’naviy ta’siriga qarshi qaratilgan edi. Xitoy shoiri Xua Szunsyan (1848—1905) o’z she’rlarida xalqni xorijliklarga qarshi kurashga chaqirdi. Tanqidiy romanlar kuchaydi. Li Baotszya (1867—1906) «Bizning chinovnik-lar», U Voyao (1866-1910) «Yigirma yil ichida», Lyu E. (1857-1909) «Lao San sayohati», Szen Pu (1871-1935) «Qahrli den-gizdagi gullar» romanlari bilan mashhur bo’ldi. Bu asarlarda mam-lakat hayotidagi turli yovuzliklar, qarama-qarshiliklar, xorijliklarning qilmishlari badiiy ifoda qilingan edi.

Hindistonda bengal yozuvchisi Shorotchandra Chattopadhay, shoir Muhammad Iqbol asarlari shahar va qishloq hayotini yorqin tas-virladi, xalqni uyg’onishga undadi.

Naturalizm adabiyotni badiiy yangilashda inqilob yasadi. o’sha davr hayotini o’tkir badiiy bo’yoq-larda tasvirlagan bir guruh san’atkorlar o’zlarini naturalistlar deb atadilar. Ularning yirik namoyandalaridan biri fransuz yozuvchisi Emil Zolya Fransiyadagi barcha sinflar va ijtimoiy guruhlarning mavqeyi-ni, turmush tarzini va psixologiyasini ko’rsatishni oldiga maqsad qilib qo’ydi. Emil Zolyaning 20 tomlik «Rugon-Makkarlar» seriyasi Ikkinchi imperiya davridagi bir oilaning hayoti va ijtimoiy tarixiga bag’ishlanadi. «Jerminal» va «Tor-mor» romanlari uning ijodining cho’qqisi hisoblanadi.

Italiyada naturalizm namoyandalaridan Luidji Kapuana (1839— 1915) va Jovanni Vega (1840—1922) larni ko’rsatish mumkin. Ular o’z asarlarida Janubiy Italiyadagi qashshoqlikni, unga qarshi kurashuv chilarni badiiy mahorat bilan aks ettirdilar, Amerika naturalistlaridan Stiven Kreyn (1871-1930) «Meggi ko’cha qizi», «Jasoratning qonli belgisi», Frenk Norris (1870— 1932) «Sakkizoyoq», «Girdob» asarlarida juda katta ijtimoiy masala-larni ko’tarib chiqdilar.

Fanni din bilan va idealistik fal-safa bilan qo’shishga urinish, zo’rlikka sig’ina boshlash, shovinizm va irqchilikka o’tish, bu davrda madaniyatda tushkunlik kayfiyatini keltirib chiqardi. Bu hodisa 19 asrning oxirlarida «dekadentchilik» degan umumiy nom bilan ma’lum bo’lgan bir qancha oqimlarda yaqqol namoyon bo’ldi.

Dekadentlik dastlab fransuz adabiyotida yaqqol namoyon bo’lgan. «La’nati shoirlar» deb nom qozongan P. Verlen, A. Relebo, S. Mallorme kabi shoirlar yetakchilik qilgan simvolizm oqimiga dekadentlik nihoyatda kuchli ta’sir etgan.

Fransuz yozuvchisi Jak Moreas simvolistlarni «tushkunlik kuychi-lari» deb atadi. Artur Rembo o’zining «Do’zaxdagi yoz», «Ravshanlik» asarlari bilan mashhur bo’lsa-da, Afrikada qashshoqlikda vafot etdi.

Nemis simvolistlaridan Rayner Mariya Rilke (1875—1926) «Duolar yozilgan cherkov kitobi», Angliyadagi Oskar Uayld «Hikoyalar», «Dorian Grey portreti» asarlarida xudbin va axloqiy tubanlikka ketgan kishilar obrazini yoritdi.

Belgiyalik yozuvchi Moris Meterlink (1862—1949) insonni o’rab turgan dunyodan alohida ajratib olib tabiat qonunlariga yuzma-yuz qo’yadi.



Shunday qilib, 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida fan va madaniyat ancha yuksalib insonlarning yaxshi hayot kechirishlari uchun xizmat qila boshladi.
Download 363 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish