JAHON ADABIYOTI
Fanidan ma’ruzalar matni
Mazkur ma’ruzalar matni antik adabiyot, xorijiy mamlakatlar adabiyoti bo‘yicha tuzilib,unda qadimgi Yunon va Rim adabiyoti, o‘rta asrlar va uyg‘onish davri adabiyoti, XVII -XX asr Evropa mamlakatlari adabiyotini o‘z ichiga oladi. Ma’ruza matnining maqsadi adabiyotning klassitsizm, ma’rifatchilik, romantizm, realizm va tanqidiy realizm kabi adabiy oqimlarida ijod qilgan adiblar, ularning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar bilan tanishtirishdir.
Xorijiy mamlakatlar adabiyoti bo‘yicha manbalar juda katta hajmda bo‘lib, mazkur ma’ruzalar matnida eng ilg‘or taraqqiyparvar yozuvchilar ijodigagina to‘xtaldik.
Mazkur ma’ruza matni san’at va madaniyat instituti talabalari uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |