QO‘LBOLA BALLONNING “FOYDA”SI
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi V.Qodirov nomli fermerlar uyushmasidagi “Seplon” mahallasi hududida joylashgan “Kurash invest” unitar korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz quyish shaxobchasida 19 G 4902 davlat belgili “Tiko” avtomobili portlab ketishi natijasida haydovchi Hamro Boymanov og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
TAKSIGA O‘TIRISHDAN QO‘RQAMAN...
Yo‘l-yo‘lakay mashinamning ortidan yap-yangi, hali davlat raqami ham olinmagan bir “Neksiya” dum bo‘lib olganini sezib qoldim. Na o‘tib ketadi, na oradagi masofani saqlaydi. Xavotir bilan orqani ko‘rsatuvchi oynadan mashina ichidagilarni kuzatdim. Mashinada 20-22 yoshlardagi yigitlar oshkora pivoxo‘rlik qilib ketishayapti. Aftidan yangi mashinani “yuvib” kelishayotgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |