Aziz o`quvchilar



Download 88,97 Kb.
bet1/5
Sana29.12.2021
Hajmi88,97 Kb.
#84176
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yo`l qoidasi um





Mavzu: Yo`l qoidasi – umr foydasi

Bajardi: AKMALOV ABDULAZIZ


TOSHKENT 2020
HAYDOVCHILAR VA YO'LOVCHILAR XAVFSIZLIGI YO'LIDA

Texnika mo'`jizalari inson va uning manfaatlariga xizmat qilish uchun yaratilgan. Bordi-yu, undan foydalanishda uquvsizlikka yo'l qo'yilsa, texnika qulaylik emas, balki inson hayotiga tahdid soluvchi vositaga aylanib qolishi mumkin. Bugungi kunda yo'l harakati xavfsizligini ta`minlash umumjahon muammolaridan biridir.

X ususan, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi joriy yilning aprel oyida "Birinchi butun jahon yo'l harakati xavfsizligi haftaligi"ni o'tkazgani ham bejiz emas. Bunda yo'llarda sodir bo'layotgan turli baxtsiz xodisalarning oldini olish, transport vositalari ishtirokidagi avariyalar kamayishiga erishish choralarini ko'rish, baxtsiz xodisalarga olib keluvchi sabablarga barham berish - asosiy vazifa hisoblanadi.

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma`lumotiga ko'ra, har yili dunyoda faqat yo'l-transport hodisalarida 1,2 million kishi halok bo'ladi, 50 milliondan ortiq kishilar esa turli darajadagi tan jarohatlari oladilar. Avariyalar oqibatida ko'rilayotgan zarar 518 milliard AQSh dollaridan oshib ketmoqda.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma`lumki, yo'l-transport hodisalari sonini keskin qisqartirishga erishish imkoniyati mavjud. Avvalo, baxtsiz xodisalarni keltirib chigan holda boshqarish, belgilangan tezlik talablariga bo'ysunmaslik, chorrahadan o'tish qoidalarini buzish va boshqa holatlarni aytish mumkin.

Mamlakatimizda harakat xavfsizligini ta`minlash borasida qator yirik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan mamlakatimiz hududida 15 iyundan 15 iyulgacha "Harakat xavfsizligi oyligi" o'tkazilmoqda. Shuningdek, "Yo'l harakati qoidalari"ga jahon transportlari talablari asosida tegishli o'zgartishlar kiritilib, yangi qonun-qoidalar ishlab chiqildi. Jumladan unga transport vositasini boshqarish vaqtida uyali telefondan foydalanishni taqiqlash, xavfsizlik kamarlaridan foydalanishni yo'lga qo'yish kiradi.

- So'nggi paytlarda sodir bo'layotgan yo'l-transport hodisalarining ma`lum bir qismi transport vositasini boshqarib ketayotgan paytda telefonda gaplashish oqibatida sodir etilayotgan edi, - deydi Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi katta inspektori Mansur Rixsiyev. - Bu esa respublikamiz qonunchiligida yangi huquqiy hujjatning qabul qilinishiga olib keldi. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 noyabrda "Yo'l harakati xavfsizligini ta`minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga binoan O'zbekiston Respublikasining "Ma`muriy javobgarlik to'g'risida"gi Kodeksiga qo'shimchalar kiritish haqidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Va shu yilning 1 yanvaridan boshlab haydovchilarning transport vositasini boshqarish chog'ida uyali telefondan foydalanishi taqiqlandi.

Fuqarolarimiz  hayoti va salomatligini muhofaza qilish, yo'l harakati xavfsizligini ta`minlash, yo'l-transport hodisalarining og'ir oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 2007 yil 6 martda qabul qilingan "Transport vositalari haydovchilari va yo'lovchilari xavfsizligini ta`minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra 2007 yil 1 iyulidan boshlab me`yoriy nizomlarida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositalari harakatlanib borayotganda haydovchilar va yo'lovchilar tomonidan xavfsizlik kamarlaridan foydalanish majburiydir.

Davlatimiz tomonidan bu kabi qonunlarning qabul qilinishi turli ko'ngilsiz yo'l-transport hodisalarining oldini olish va ularni kamaytirish yo'lida qilinayotgan amaliy sa`y-harakatlardir. Shunday ekan, bu boradagi ezgu ishlarga har birimiz o'z hissamizni qo'shishga intilsak - muvaffaqiyatga erishamiz. Avtotransport va zamonaviy aloqa vositalari bizning og'irimizni yengil, uzog'imizni yaqin qilish uchun yaratilgan, e`tiborsizligimiz tufayli ular hayotimizga xavf soluvchi vositalarga aylanib qolmasin. Eng muhimi shu. 


Download 88,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish