MAVZU: GEOSIYOSATNING TOIFALARI
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Unverstiteti 1-bosqich magistri
AZIMOV MUHAMMADI
Geosiyosatning asosiy kategoriyasi siyosiy makonni nazorat qilishdir. Jahon siyosiy makoni o‘z navbatida mintaqalarga, rayonlarga, davlatlar bloki va ittifoqlariga bo‘linib ketadi. Shu sababli geosiyosat kategoriyalari quyidagilardan iborat: - Geosiyosatning asosiy kategoriyasi siyosiy makonni nazorat qilishdir. Jahon siyosiy makoni o‘z navbatida mintaqalarga, rayonlarga, davlatlar bloki va ittifoqlariga bo‘linib ketadi. Shu sababli geosiyosat kategoriyalari quyidagilardan iborat:
- geosiyosiy mintaqa,
- davlatlar bloki va qutubi
- geosiyosiy ittifoqlar,
- Qudratli, tengi yo‘q davlat,
- kuch markazlari,
- geosiyosiy chiziqlar (yo‘nalishlar),
- frontal raqobat va boshqalar.
Geosiyosatda quyidagi kategoriyalar eng muhim hisoblanadi: Geosiyosatda quyidagi kategoriyalar eng muhim hisoblanadi: - siyosiy makon: davlatning asosiy belgilaridan biri bo’lib, uning tashqi olamdan chegaralar bilan ajratilgan,suverenitetini hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiradigan hududini anglatadi.
- Geosiyosiy chegaralar: bu soha asosan siyosiy geografiyaning tadqiqot ob’ekti bo’lsa-da, ayni chog’da geosiyosiy kategoriya
hisoblanadi.Geosiyosiy kategoriya sifatida chegaralar mazkur
siyosiy makonning ijtimoiy va harbiy xavfsizligini
Taxminlashda muhim rol o’ynaydi, tashqi dunѐ bilan makon
Munosabatlari chegaralarini aniqlab beradi va hududni chet
el xurujlaridan himoya qiladi.
Endemik maydon: (yunoncha endemos – mahalliy) – bu davomli
muddat ichida davlat tomonidan nazorat etilaѐtgan makon. Bu
hududning mazkur davlatga yoki millatga qarashli ekanini
qo’shnilarning aksariyati tan oladi.
Kesishuv maydoni: bu makonga bir nechta chegaradosh davlat
dahvogarlik qiladi.
Geosiyosiy tayanch nuqtasi: total sohadan chetda joylashgan va
qaysidir bir davlat tomonidan nazorat etiladigan hudud. Biroq
bu hududdagi kommunikatsiyalarni boshqa davlatlar nazorat
qiladilar.
Metamaydon: bir vaqtning o’zida bir nechta mamlakat yoki davlatlar tomonidan o’zlashtirilaѐtgan makon.
Total maydon: milliy birlik nazorati ostida bo’lgan makon.
Jahon sistemasi:Yer kurrasidagi davlatlar va xalqlarning
global o’zaro tahsiri imkoniyatlari, kuchlar va manfaatlarning
uyg’unlashtirilgan o’zaro faoliyati doirasi geosiѐsatning mana shu
kategoriyasi bilan belgilanadi.
Jahon sistemasi mustaqil davlatlarning birligidan iborat,
ular o’z davlat tuzilishi xarakterini va shakllarini o’zlari
mustaqil ravishda belgilaydilar va o’z suvereniteti ustidan hech
qanday tashqi hokimiyat va aralashuvlarni tan olmaydilar.
Hozirgi jahon sistemasida uning aktorlari orasidagi
munosabatlar majmuining uch turini ajratib ko’rsatishadi:
- davlatlararo (davlat – davlat orasidagi);
- davlat – korporatsiya (davlatning boshqa aktorlar bilan
munosabatlari);
- korporatsiyalar orasidagi munosabatlar.
Geosiyosiy dualizm –Talassokratiya va tellurokratiya (Dengiz
va Qit’a) o’rtasida tarixiy jaraѐn “dvigatelining” ishlashini
tahminlaydigan qarama-qarshilik.
Geosiyosiy o’q – Ikki ѐki bir nechta davlatning geostrategik
maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan ittifoqi. Ikkinchi Jahon urushi arafasida barpo etilgan Berlin – Rim – Tokio o’qi ana shundaylardan edi.
FUNKSIYALAR Chegarlarning asosiy geosiyosiy funktsiyalari quyidagilardir: - - milliy suverenitetning tahsir doirasini ajratish;
- - davlat mudofaasi va xavfsizligining oldingi marralarini himoya qilish;
- - chegaradosh davlatlar yoki boshqa chet mamlakatlardan bo’ladigan noqonuniy migratsiyaning oldini olish, nomatlub shaxslarning kirib-chiqishiga money bo’lish;
- - jinoyatchilarni qo’lga olish.
- Manfaatlar (milliy, davlat, koalitsiya va b.): “geosiyosiy manfaat” bu fanning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi.
Milliy manfaat – umuminsoniy manfaatlar sistemasining
(milliy, diniy, ijtimoiy, sinfiy va boshqa turdagi manfaatlar
shu sistemaga kiradi) tarkibiy qismi sifatida millat-davlat
tomonidan anglab olingan, tashqi dunѐning mavjud talablariga
muvofiq sobitqadamlik bilan amalga oshiriladigan maqsadlardan
iboratdir.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |