Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

T



IMSOLLAR 

T

IMSOLI



 

Sharq xalqlari tafakkuri tarixida chuqur ildiz otgan tasavvuf ta’limotini yaxshi bilmay 

turib, Alisher Navoiy dunyoqarashi va adabiy merosini barcha murakkabliklari, falsafiy 

teranligʻi bilan toʻliq holda toʻgʻri, haqqoiiy yoritib berish mushkul. Oʻttizinchi 

yillardayoq Oybek bunga e’tiborii qaratgan edi. Ammo, nazarimda, bu masala hamon hal 

boʻlmasdan dolzarbligini saqlab qolmoqda. Chunki hozir ham ulugʻ shoir asarlarini 

«kerakli» va «keraksiz» qismlarga ajratish, orifona maemundagi she’rlarini nashrlardan 

soqit qilib, el koʻzidan yashirish, «payqamasdan» tadqiqotlarga kiritmaslikka moyillik 

davom etmoqda. Ba’zan esa, soʻfiyona ma’nolarni anglab yetmaganimiz sababli, 

Navoiyning ramziy ibora-istioralarini haminqadar talqin etib, oʻquvchilarni chalgʻitib 

kelmoqdamiz. Bu hol Navoiy dahosini, olamining bepoyonligi va ulugʻvorligini 

muazzam salohiyati ham koʻrkamligi bilan idrok etishga xalaqit beradi. Vaholanki, 

Navoiy merosi — yaxlit bir adabiy borliq, bebaho ma’naviy xaziia. Va yana muhimi 

shundaki, shoirniig oʻlmas gumanizm bilan koʻkargan hayotbaxsh gʻoyalari «dunyoviy» 

asarlarida qanday porlab tursa, biz bir chekkaga olib qoʻymoqchi boʻlgan «ilohiy» 

asarlarida ham shunday kuch bilan nur taratib turadi. Zotan, ular zohiriy jihatdan 

shunday, aslida esa, botiniy ma’nolari mohiyatiga koʻra bir xil falsafiy-tasavvufiy 

qarashlar silsilasiga borib taqaladigan oʻzaro uzviy aloqador asarlar boʻlib, birini 

ikkinchisisiz tushunish qiyin. Bas, shunday ekan, shoir asarlarida uchraydigan ishq, may, 

mayxona, xarobot, soqiy, sogʻar, qadah, xum, koʻngil, mahbub singari koʻpdan koʻp 

kinoya-timsollar, ramziy ma’noli soʻzlar va ular zaminida yotgan yashirin ma'nolar asrori 

hamda uning ijodi yaxlit bir butunlikda olib tekshirilib, olam va odam haqidagi 

mushohada-muloxazalari ichida sharhlansagina, mazmuni kerakli darajada ochiq 

oydinlashishi mumkin. Masalan, quyidagi gʻazalni olaylik: 



Kamand uchiga yetkurmas gʻamu andesha ayyori, 

Viyik chokmish magar mayxona tomin sun’ me’mori. 

Xumorim za’fida kahgil isi to yetti mast oʻldum, 

Suvalmishdur magar may loyidin mayxoia devori. 

Toʻla kub ogʻzi may, xurshidedur, goʻyo teng ochilmish 

Chekardi bu iki xurshid davrin sun’ pargori. 

May ichmish xonaqah shayxi, xarobot ahli aysh aylang

Ki, chiqmish bahya urgʻon xirqasidin mablagʻi kori. 

Koʻringan mosivo budi emas, balki namudidur, 

May ustida hubobu mavj shaklining namudori. 

Hubobu mavj may tahrikidin zohirdurur, lekin 



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish