To‘liq yoriqlik. Bunda bolaning ilk yashash davrida xirurgik davolash ishlari olib boriladi, bu davolash ishlari bola nutqining normal rivojlanishiga imkon yaratadi. Tug‘ma tanglay yoriqliklari:
1) yumshoq tanglay yoriqliklari: bu yoriqliklar yashirin, to‘liqsiz va to‘liq bo‘ladi; 2) yumshoq va qattiq tanglay yoriqliklari: yashirin, to‘liqsiz, to‘liq;
alьveolyar o‘simtaning, qattiq va yumshoq tanglayning to‘liq yoriqliklari: bir tomonlama, ikki tomonlama;
alьevolyar o‘simtaning va qattiq tanglay oldingi qismining to‘liq yoriqligi: bir tomonlama, ikki tomonlama.
Ikki tomonlama yoriqliklar bir tomonlama yoriqliklarga nisbatan kam uchraydi.
M.P. Barchunovning ta’kidlashicha, yoriqliklar ko‘proq chap tomonda (70,4%), o‘ng tomonda kamroq (21,4%) kuzatiladi. Bu jarohatdan ayollarga nisbatan ko‘proq erkaklar aziyat chekadilar (I.B. Bakumi 1966, V.M. Messika 1971). Guttsmanning ma’lumotiga ko‘ra alohida lab yoriqliklari va lab yoriqliklarining tanglay yoriqliklari bilan birga kelishi erkaklarda 68,66%, ayollarda 31,34% uchraydi, shu bilan birga ayollarda tanglayning alohida yoriqliklari ikki marotaba ko‘p kuzatiladi. Ko‘p uchraydigan patologiya shakllari bo‘lib, yumshoq va qattiq tanglaydagi yoriqliklar hisoblanadi.
Nutqqa burunli ottenkani beruvchi tanglayni tug‘ma nuqsonlariga quyidagilar kiritiladi:
1) tanglay va labning tug‘ma yoriqliklari; 2) shilliq qavat osti yoriqliklari;
3) tanglayning tug‘ma rivojlanmasligi; 4) yuzning tug‘ma assimetriyasi.
Amaliyotda ko‘proq lab va tanglaydagi yoriqliklar kuzatiladi.
Tanglay yoriqliklari shakllari favqulodda xilma-xil bo‘lib, ularning hammasi nutq buzilishigi olib keladi.
Lab yoriqliklari labning qisman va to‘liq yoriqliklariga ajratiladi. Qisman lab yoriqligi faqat lab chetida bo‘ladi, ya’ni nuqson pastki burun tirqishiga yetib bormaydi. Agar yoriqlik burun tirqishining pastki sohasini, ba’zan burun yo‘lini oldingi uchini qamrab olgan bo‘lsa, yoriqlik to‘liq hisoblanadi.
Tanglaydagi tug‘ma yoriqliklarning bo‘lishi bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Nuqson qanchalik keng bo‘lsa, bola Shunchalik ko‘p rivojlanishida buzilishlarga ega bo‘ladi. Tanglayning qo‘pol nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar anamnezida ularga ko‘krak tutishni iloji bG‘lmagani qayd qilinadi. Emizishga uringanda sut nafas yo‘liga tushib, bolani nafasi ichiga tushib ketadi. Bolalarni qoshiqchadan ovqatlantirishga o‘tilgan, bu usulda ham ovqat rivojlanib yetmagan tanglayga, burun bo‘shlig‘iga, burun-halqumga, nafas yo‘llariga tushib, u yerda shilliq qavatlarni shamollash va ta’sirlanish holatlariga olib kelgan. Yuqorida aytganimizdek, tug‘ma tanglay yoriqliklari bor bolalar surish harakatlarini bajara olmaydilar, natijada ularda tug‘ma surish refleksi so‘nib boradi, butun yuz muskulaturasi rivojlanishi susayadi.
Tanglay yoriqligining mavjudligi bolaning fiziologik nafas olishini yomonlashtiradi. Tug‘ma yoriqligi bor bolalar o‘z nuqsoniga instinktiv ravishda moslanishga majbur bo‘ladilar. Bu moslanish tilning og‘iz bo‘shlig‘ida o‘ziga xos joylashuvida namoyon bo‘ladi. Rinolaliyadagi tanglay nuqsonlari butun artikulyatsion apparat muskullarni noto‘g‘ri muskuliy bog‘liqligini keltirib chiqaradi. Rinolaliyada nutq apparati muskullari anatomik jihatdan saqlangan bo‘lsa ham, harakatlar o‘zlarining sustligi, tormozlanganligi bilan ajralib turadi.
Ko‘pincha, rinolaliya eshitishning zaiflashuvi kuzatiladi. Bu narsa ovqatni yevstaxiev trubalariga tushib, u yerda eshitish traktida shamollash jarayonlarini keltirib chiqarishi bilan bog‘liqdir. Eshitishni pasayishi turli xil darajada bo‘lishi mumkin (L. Ya. Derbanyuk 1966, V. V. Messina 1971, V. S. Dmitrev, R. L. Lando 1969).
SHu tariqa, tug‘ma lab va tanglay yoriqlari mavjudligida u yoki bu dara-jada bolaning ovqatlanishi, uning fiziologik va nutqiy nafasi buziladi, yuz muskulaturasining faoliyati xarakteri o‘zgaradi, eshitish qobiliyatining pasayishi kelib chiqadi, tilning og‘iz bo‘shlig‘ida noto‘g‘ri holati stabillashadi. Tabiiyki, bularning hammasi bola nutqining shakllanishiga ta’sir qiladi.
Aralash rinolaliya. Rinolaliyaning bu turi burun rezonansining patologik kamayganligi holida havoning burundan chiqib ketishi bilan izohlanadi, oqibatda barcha nutq tovushlarining artikulyatsion va akustik tomondan buzilishi kuzatiladi.
Ovoz tembri ahamiyatli darajada o‘zgaradi.
Aralash rinolaliyada ham ochiq, ham yopiq rinolaliyaning belgilari birga qo‘shilgan holda namoyon bo‘ladi. Bunda burun yo‘li to‘silib qolgani holda tanglayhalqum pardasida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Burun tovushlari yopiq rinolaliyadagi singari, boshqa tovushlar esa ochiq rinolaliyadagi kabi talaffuz qilinadi. Aralash rinolaliya ham organik, ham funksional xarakterda bo‘lishi mumkin. Organik xarakterdagi aralash rinolaliyaga yumshoq tanglayning kaltaligi yoki falajligi sabab bo‘lsa, funksional aralash rinolaliyaga tanglay-halqum yorig‘ining funksiyasi o‘zgarishi natijasida burun yo‘lining to‘silib turishi sabab bo‘ladi.
Davolashdan oldin qaysi bir kamchilik ovoz tembrini ko‘proq buzib, manqalikka ko‘proq sabab bo‘layotganini aniqlash zarur. Masalan, bemor burun tovushlari bilan unli tovushlarni boshqa tovushlarga qaraganda yanada ko‘proq manqalanib talaffuz qilayotgan bo‘lsa, demak, unda yopiq rinolaliya ustun bo‘ladi va davolash chorasini Shunga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |