Og’zaki nutqni shakllantirsh bo’yicha ikkinchi bosqichdagi logopedik ishda bolalar tushum kelishikli ot+birlikdagi buyruq-mayli fe’li turidagi ikki so’zdan iborat gaplarni sintaktik va grammatik jihatdan to’g’ri tuzishga; ayrim so’zlarning bosh va tushum kelishigida ajratib qo’llashni; alohida fe’llar infinitivi + modallik ravishlarini qo’llay turib, o’z istaklarini ifoda etishni o’rganishlari lozim.
Bolalar yodlagan so’zlarda urg’u o’rnini o’zlashtirishlari, ikki, iloji bo’lsa uch bo’g’inli so’zlarning ritmik ohang tuzilishini amalga oshira olishlari lozim. Tovush talaffuzi ustida ishlash jarayonida quyidagi undosh tovushlar bilan chegaralanish mumkin: p (b), m, t (d), n, k (g) x va i tovushi. Agar tovush talaffuzi qo’pol buzilganicha qolaversa, u holda so’zning ritmik-ohang tuzilmasi bilan chegaralanish mumkin. Nutqni tushunishda bolalar predmetlarni ularning funksiyasi bilan taqqoslashi, asosiy belgilari bo’yicha tanish predmetlarni ko’rsatishi, logoped tomonidan syujetli rasmlar detallariga qo’yilgan ko’chirma kelishikli savollarga ko’rsata olish yoki qulay so’z shaklida javob bera olishlari lozim.
Logopedik ta’sirning asosiy vazifalari:
Kuyidagi turdagi gaplarni grammatik jihatdan to’g’ri tuzishga bolalarni o’rgatish: bosh kelishikdagi ot+muvofiqlashtirilgan 3 shaxs hozirgi zamon fe’li.
Urg’uli va urg’usiz unlilarni to’g’ri talaffuz qilish bilan birga z bo’g’inli so’zlarning ritmik – bo’g’in tuzilmasini amalga oshirish.
Nutqni tushunishda so’zlarning grammatik shakllarini farqlash bo’yicha olib borilgan ishni davom ettirish .
Bu bosqich gap hajmi 2-3 so’zga ko’paygan bolalar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Bu bosqichda faol lug’at yangi kundalik – so’zlashuv so’zlari bilan to’ldiriladi, ammo bu so’zlar ko’pincha aniq tushunchali nisbatga ega bo’lmaydi va noaniq ma’noda qo‘llaniladi. Xususan, bolalar predmet nomlarini harakat nomlari bilan va aksincha adashtiradilar. Ayrim predmet nomlari o’xshash vaziyat bo’yicha boshqalari bilan almashtiriladi: palto – ko’ylak, qalpoq – telpak va xokazo. Aynan bir so’z bilan doimiy o’xshash belgilarga ega va aksincha bo’lgan turli xil predmetlar nomlanadi. Aynan bir predmetni turli xil vaziyatlarda bola turlicha nomlashi mumkin. Aqliy rivojlanish darajasi qanchalik past bo’lsa, so’zlarning asosiy ma’nosini qo’pol aralashtirish shunchalik baland bo’ladi.
Nutq rivojlanishining bu davrida o’tgan davrlar xususiyatlari ham kuzatiladi: so’zlar polisomiyasi, so’zlarning o’zaro grammatik bog’liqligining yo’qligi, uch bo’g‘inli so’zlarda bo’g’inlar eliziyasi, tovush talaffuzining shakllanmaganligi.
Aniqlik maylidagi fe’llarda 3-shaxs fleksiylarini to’g’ri qo’llash hollarini onda-sonda uchrashi bu bosqichning boshqa bosqichlardan farq qiluvchi yangi sifati hisoblanadi.
Ayniqsa, logopedning nima qilyapti? Savoliga o’xshash, xozirgi zamon 3-shaxsdagi fe’llarni qullash uquvining paydo bo’lishini ijobiy hodisa deb tan olish mumkin.
Nutqiy rivojlanishning bu bosqichida bolalar aynan bir leksik negizli turli xil fleksiylarni qo’llashni boshlaydilar. Ko’pincha so’z qo’shimchalari ona tili normalariga mos kelmaydi. Morfemalar bo’yicha ajratilgan nutqiy materialdan bolaning foydalanish holati uning kerakligicha rivojlanganligi haqida guvohlik beradi. Biroq, bolalar tomonidan qo’llanuvchi ko’pgina gaplarda hali ham so’zlar grammatik jihatdan bog’lanmay qoladi. Ko’pgina harakat nomlarini bolalar fe’l bilan almashtiradilar: olish, olyapti; yemoq, yeyapti; turmoq, turyapti;
Paydo bo’lgan harakat nomlari ko’pincha infinitiv shaklda buyruq maylida qo‘llaniladi.
Bu davrning xarakterli belgisi – bolalar tomonidan harakat nomlarining butunlay tushirib qoldirilishi hisoblanadi va ularning spontan nutqlarida quyidagicha gap konstruksiyalari ustunlik qiladi:
1. Fe’l tushirib qoldirilgan gaplar, masalan:
Sub’ekt + harakat ob’ekti
Sub’ekt + harakat joyi
2. Hozirgi zamon fe’li o’rniga infinitiv qullanladigan gaplar.
Fe’llarning imperativ – infinitiv shaklini yoki ularning asosini noqonuniy qo’llash rivojlanmagan nutqda uzoq muddat saqlanadi. Harakatga chorlovchi so’z shakllari yoki ta’qiqlarni bolalar ko’pincha o’ziga qaratilgan nutq kabi eshitadi, so’ngra uni hech qanday o’zgartirishlarsiz o’zining shaxsiy bayonlarida qo’llaydilar.
To’g’ri tuzilgan grammatik stereotiplarning paydo bo’lishi bilan agrammatik konstruksiyalar «siqib chiqarilmaydi» va yangi o’zlashtirilgan so’zlardan gaplar tuzish eski namuna bo’yicha davom etaveradi.
Bolalar tomonidan qo’llanuvchi so’zlar tovush munosabatiga ko’ra shakllanmaganligicha qoladi: til uchini yuqoriga ko’tarishni talab qiluvchi nutq tovushlari bo’lmaydi, undosh tovushlar ketmaketligi yo’q bo’ladi, ko’p bolalar tovush o’rnini o’rnata olmaydilar. Bundan tashqari tovushlar artikulyatsion usuliga ko’ra aralashtiriladi. Biroq, ko’pgina bolalar urg’uli va urg’usiz bo’g’inlarni to’g’ri ajratish bilan birga uch bo’g’inli so’zlar tuzilishini amalga oshira oladilar. To’rt bo’g’inli so’zlarda bolalar bo’g’inlarni tushirib qoldiradilar. Tovush talaffuzi qanchalik yaxshi shakllansa, bir qator unlilarning boshqa qator unlilar bilan aralashib ketishi (hosil bo’lishi o’rniga ko’ra) holati kamayadi. So’zlararo grammatik aloqaning yo’qligi, so’zlarning ritmik-bo’g’in tuzilishining buzilishi va tovushlarning aralashib ketishi va qo‘pol buzilishi bunday bolalar nutqini haddan tashqari avtonomlashtiradi. Bu nutq ularga to’liq muloqot vazifasi bo’lib xizmat qilolmaydi.
Shu bilan birga aynan bir so’zning morfologik ajratilgan shakllarining dastlabki belgilari bolalar nutqida paydo bo’lsa, buni «nutqiy tanglik» sifatida xarekterlash mumkin. (uxlash, uxla, uxladi, uxladilar) Shu daqiqadan boshlab nutqiy rivojlanish dinamikasi turli bolalarda turlicha bo’lishi mumkin: ba’zilar frazali nutqni tez o’zlashtiradilar, boshqalarda bu uzoqka cho’ziladi va logopedik ishda buni e’tiborga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |