Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


-bosqich. Oralpraksisni rivojlantirish



Download 2,99 Mb.
bet51/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

2-bosqich. Oralpraksisni rivojlantirish. Diafragmal nafas olishni rivojlantirish bo‘yicha qilinadigan ishlar bilan parallel ravishda unli va undosh tovushlar artikulemasiga oid artikulyatsion apparat gimnastikasi o‘tkaziladi. Nutqning aniqligi ko‘p jihatdan unli tovushlarning tG‘ғri talaffuziga boғliq. Shuning uchun unli tovushlarni talaffuz qilish vaqtida artikulyatsion organlar holati diqqat bilan kuzatib boriladi. Bu o‘rinda ham asosiy e’tibor til uchining holatiga qaratiladi. Uni dastlabki davrlarda barcha unli tovushlar artikulemasini tayyorlashda pastda ushlab turish lozim. Bu usul og‘iz bo‘shlig‘ining hajmini kattalashtirishga yordam beradi, hamda havo qatlamining og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tishi uchun imkoniyatlarni ta’minlaydi. Muskullar, paylar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik sababli unlilar artikulyatsiyasida lablar holatining o‘zgarishi tabiiy yo‘l bilan har bir alohida tovush uchun tilni to‘g‘ri holatga olib keladi. Gimnastika unli tovushlar artikulyatsiyasini o‘rganishdan boshlanadi. Bu artikulyatsiya xarakteridagi mashqlar 1jadvalga kiritiladi.
Tayyorgarlik bosqichida asosiy vazifa og‘izdan nafas olishni shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham barcha artikulyatsion mashqlar ovozni jalb qilmasdan amalga oshiriladi. Bola hali o‘zi bajarayotgan mashqlar unli tovushlar artikulemalari hisoblanishini bilmaydi. Bu vaqtda logopedga artikulemalar ukladini aniqlashtirish va yaxshilash imkoniyatini beradi. SHakllanayotgan artikulyatsiyalarni rinolalik bola sinestetik tarzda eslab qoladi.
Bu holatda artikulema va uning rasmi o‘rtasidagi shartli refletor munosabatlari o‘rnatiladi va u rasmga tayangan holda tovushni shivirlab erkin talaffuz qila boshlaydi. Logopedning tushuntirishi bolani talaffuz organlarining aniq holati bilan, havo qatlamining og‘iz orqali yo‘naltirilishi bilan shakllantirib boriladi.
Artikulemaning shakllanishida mashqlarni ortiqcha zo‘riqishlarsiz bajarishga e’tibor qaratish hamda yuz va mimik muskullar sinkneziyasining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Artikulyatsion gimnastika tamoyili qo‘shimcha artikulyatsion mashqlar (bevosita nutq tovushlari, artikulemani yuzaga keltirmaydigan) dan foydalanishga imkon beradi.
Masalan, bolada rinolaliya va dizartriya qo‘shilganda til yuqoriga ko‘tarilganda u chap tarafga ketadi. Bu tilning o‘ng tomonidagi paylar chap tarafdagiga nisbatan kuchsizroq ekanligidan darak beradi. Bu o‘rinda tilning o‘ng tarafidagi paylar kuchini rivojlantirish va mustahkamlashga oid tegishli mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Buning uchun bolaga tilni tishlarning chap tomondagi pastki va yuqori qismiga tekkizish, til bilan chap lunjni siypalash taklif qilinadi. Bu esa tilning o‘ng tomonidagi paylarga ko‘proq vazifa yuklaydi. Tilning chap tomonidagi paylar zaifligida ko‘rsatilgan barcha mashqlar tilning chap tomoniga ko‘proq vazifa yuklashni hisobga olgan holda bajariladi. Qaramaqarshilikni bartaraf qiluvchi mashqlar samarali hisoblanadi. Masalan, tilning o‘ng tomoni nisbatan zaif bo‘lganda boladan tilni chiqarish va chap tarafga yo‘naltirish so‘raladi. Bunga logoped tilning o‘ng tarafi paylariga ko‘proq vazifa yuklash uchun shpatel bilan tilni bosgan holda qarshilik ko‘rsatadi.
Artikulyatsiya paytida til, lablar va yuz muskullarini, paylarning erkin harakatini yaxshilash uchun bolaga qayerda va qaysi muskulni nisbatan zo‘riqtirish haqida so‘zlab berish maqsadga muvofiq. Bola bu jarayonda ishtirok etayotgan organlar harakatini his qilishi, Shuningdek, bu holatni kinestetik tarzda va oynadan foydalangan holda eslab qolishi lozim.
Bu holatni bola yana ham aniqroq his qilishi uchun bolaga mexanik tarzda yordam berish mumkin. Masalan, tilni sterillangan doka salfetka bilan ushlagan holda kerakli til ukladi amalga oshiriladi.
Artikulyatsion praksisni shakllantirishda artikulyatsiya organlari paylari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish lozim bo‘ladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, ma’lumki, ko‘rinishdagi artikulyatsiya ukladini shakllantirish uchun tilni og‘izning chuqurroq tomoniga harakatlantirish kerak. Buning uchun og‘iz burchaklari mexanik usul bilan oldinga harakatlantiriladi. Aksincha, og‘iz burchaklari chekkaga harakat qilinganda til oldinga harakatlantiriladi.
Ko‘rsatilgan usullarni ko‘rish nazorati yordamida amalga oshirish lozim (oyna oldida mashq qilish nazarda tutilmoqda).
Bu esa o‘z navbatida bolaga u yoki bu paylar guruhining harakatini va Shunga tegishli paylar zo‘riqishini va ularni o‘zaro differensiatsiya qilishni his qilishga va anglashga yordam beradi.
Shunday qilib, logopedik ishlarning tavsiya qilinayotgan tizimida artikulyatsiya organlarining maxsus gimnastikasidan foydalaniladi (faqatgina nutq tovushlari uchun zarur bo‘ladigan harakatlar mashq qilinadi); shu bilan bir vaqtda artikulyatsion praksisni rivojlantirishga yordam beradigan qo‘shimcha mashqlar ham ko‘zda tutiladi.
Artikulyatsion praksisni rivojlantirish nutqiy nafas olishni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Tayyorgarlik bosqichida tovushlar talaffuzidagi ishlarning izchilligi.
Unli tovushlar artikulemalari quyidagi izchillikda shakllanadi: a, e, o, u, i, ya, ye, yu. Ya, ye, yo, yu tovushlari y tovushining tegishli unli tovush (a, e, o, u) bilan qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Y tovushi diftongning birinchi qismida ham, ikkinchi qismida ham nafas chiqarishning yo‘nalishini kuzatib borishga yordam beradi.
Undosh tovushlar. Unli tovushlar artikulemalari bilan tanishgandan keyin jarangsiz undosh tovushlar artikulemalari asosida og‘izdan nafas chiqarishni rivojlantirish bo’yicha mashqlar boshlanadi. Unlilar artikulemalari ustida ishlash ularni shivirlab talaffuz qilishda davom ettiriladi.
Bunday izchillik og‘izdan erkin nafas olish ko‘nikmasini mustahkamlash va talaffuz organlari faollashganda tovushlarni avtomatlashtirish imko-nini beradi.
Bolaning butun diqqat-e’tibori artikulema va og‘izdan nafas chiqarishning yo‘naltirilganligiga qaratiladi. Eshitilishiga esa diqqat jalb qilinmaydi. Bolada jarangsiz undosh tovushlarning artikulyatsiya ukladini logoped artikulyatsiyasiga ko‘rish taqlidi, og‘zaki tushuntirish asosida hosil qilish mumkin (lablarning, tilning holati va og‘izning ochilish darajasi yozib beriladi). Bola tovush jarangini eshitmasligi lozim.
Ishning tayyorgarlik bosqichida jarangsiz frikativ undoshlar quyidagi izchillikda shakllanadi: f, s, sh, x.
Undosh tovushlarni shakllantirish ishlari artikulyatsiyasi buyicha nisbatan qulay bo‘lgan f tovushidan boshlanadi. Ushbu tovushni talaffuz qilishning davomiygi bolaning e’tiborini og‘izdan nafas chiqarishga qaratish va nazorat qilib borishga imkon beradi.
Portlovchi tovushlar guruhi bu borada birmuncha murakkabdir. Shuning uchun ular ustida ishlash kechroq o‘tkaziladi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish