Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


MAKTAB YOShIDAGI DUDUQLANUVChI BOLALARDA DUDUQLANIShNI



Download 2,99 Mb.
bet100/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

MAKTAB YOShIDAGI DUDUQLANUVChI BOLALARDA DUDUQLANIShNI
BARTARAF ETISh MAShG’ULOTLAR METODIKASI
O’quvchilar bilan olib boriladigan ishlarning o’z xususiyatlari va farqlari mavjuddir:
1. Etakchi faoliyat turi o’zgaradi: o’yin faoliyatining elementlari o’quv faoliyati bilan birga mavjud bo’lsa ham asosiy faoliyat o’quv faoliyati hisoblanadi. 2. Mashg’ulotlarning o’yin shakli dars bilan almashtiriladi.

  1. Agar maktabgacha yoshdagi bolalarda barcha ishlar oila, tarbiyachilar orqali olib borilsa, maktab yoshida logoped logopedik ta’sir etishni o’qituvchi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

  2. Maktabgacha yoshda nutqning barcha elementlari o’yin faoliyati jarayonida logopedga taqlid qilish asosida tarbiyalanadi. Maktab yoshidagi nuqsonni ongli bartaraf etishdagi ko’rsatmalarga, nutq ustida mustaqil mashqlar bajarishga ko’proq ahamiyat qaratiladi.

  3. Duduqlanish maktabda barcha predmetlarning o’tish jarayonida bartaraf etiladi.

  4. Bilvosita psixoterapiya bilan bir qatorda ratsional psixoterapiya ko’rinishlaridan ham

keng foydalaniladi.

  1. Nutqiy material va logopedik mashg’ulot turlari maktab amaliyoti bilan yaqinlashadi (tafovut kamayib yo’qoladi).

Duduqlanishni bartaraf etishda maktab o’qituvchisining roli kattadir. U sinfda duduqlanuvchiga g’amxo’r munosabatda bo’lish muhitini yaratadi. Asta-sekin duduqlanuvchini doska oldida mustaqil javoblar berishiga olib boradi. O’qituvchi duduqlanuvchining oilasi va logoped bilan doimiy aloqada bo’ladi. Duduqlanuvchi tushkun kayfiyatga tushgan vaqtlarda o’qituvchi uni ruhlantirishi, dalda berishi kerak, uning diqqatini shaxsiyatining ijobiy tomonlariga, o’zini qiziqtirgan faoliyatiga yo’naltiradi. O’qituvchi duduqlanuvchini sinfning ijtimoiy hayotiga jalb etadi. Aynan kichik sinflar o’qituvchisi duduqlanuvchining asosiy qiziqishini aniqlaydi va uning rivojlanishiga yordam beradi.
Zamonaviy logopediya yutuqlari shuni ko’rsatadiki, nutq-ustida olib boriladigan korreksion ish hech qachon faqat rasmiy mashqlar bilan chegaralanmasligi lozim. Duduqlanuvchi bolaning faqat nutq mashg’ulotlari (korreksiyasi) tizimi haqida gapirmay, balki uning reabilitatsion tarbiyasi haqida ham gapirishi muhimdir.
Ayni vaqtda duduqlanuvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan logopedik mashg’ulotlarda taklif qilingan metodik tavsiyanomalardan foydalanilyapti. Bu tavsiyanomalar maktabgacha yoshdagi bolalar bilan (kichik maktab o’quvchilari uchun) yoki o’smirlar va kattalar bilan ishlash uchun (katta yoshli amaktab o’quvchilari uchun) taklif etilgan. Masalan, N.A.Cheveleva qo’l mehnati faoliyati jarayonida 1-4 sinf duduqlanuvchi o’quvchilar nutqini to’g’rilash tizimini taklif etadi. Aslini olganda bu metodika avvalgi tavsiya etilgan logopedik mashg’ulotlar tizimidan kam farq qiladi. Asosan o’quvchilar bilan ishlash uchun taklif etiladigan, qo’lda yasaladigan buyumlar murakkabligi va tanlash o’zgartirilgan. O’quv choraklariga mos ravishda muallif logopedik mashg’ulotlar izchilligining 4 davrini ajratadi:

  1. Kuzatuvchi nutq;

  2. Yakunlovchi nutq;

  3. Dastlabki nutq;

  4. Mustaqil nutq malakalarini mustahkamlash.

Qo’l mehnati jarayonida duduqlanuvchi bolalar nutqini to’g’rilash bo’yicha mashg’ulotlarni N.A.Cheveleva maktab, shifoxona qoshidagi logopedik punktlarda, maxsus maktablarda o’tkazish mumkin deb hisoblaydi.
Shifoxona qoshidagi logopedik kabinet, maxsuslashgan statsionar yoki sanatoriya sharoitidagi duduqlanuvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan logopedik mashg’ulotlar tizimi ham yuqorida bayon etilgan kompleks metodikadan deyarli farq qilmaydi. Buni V.I. Seliverstov taklif etgan bo’lib, undagi o’zgarishlar faqat bolalar yoshining birmuncha kattaligi ularning rivojlanish darajasining o’sganligi bilan bog’liqdir. Bu logopeddan bolalarning o’zini ongli faolligiga ko’proq tayanishini talab etadi.
A.V. Yastrebovaning logopedik ish tizimi o’quvchilarning ta’lim olish jarayonini 3 davrga
ajratadi:
Birinchi davrda duduqlanuvchi o’quvchilar til sohasidagi o’zlarining bilimlarini oydinlashtiradilar va kengaytiradilar. Bu nutqning tovush tomoni ustidagi maqsad sari yo’naltirilgan kuzatuvlar singari, nutqning tempi va ravonligini tartibga solish, yo’lga qo’yish bo’yicha faol mashqlar jarayonida ham namoyon bo’ladi. Birinchi davrdagi logopedik mashg’ulotlar mazmuni quyidagilarga yordam beradi:

  1. Nutq tempi, ritmi va ravonligini tartibga solishga;

  2. Lug’at boyligini tasavvur va tushunchalarni aniqlashtirish va kengaytirishga;

  3. Nutqning grammatik qurilishini o’zlashtirishga;

  4. So’zni tovush va morfologik analiz qilish malakalarini rivojlantirish va mustahkamlashga. Mashg’ulotlarning ikkinchi davrida o’quvchilarning til sohasida olgan bilimlarini faollashtiriladi va birmuncha murakkab nutqiy materialda ravon, ritmik va ifodali nutq malakasi mustahkamlanadi. Bu keyinchalik lug’at boyligini kengaytirish, nutqiy tasavvur va tushunchalarni kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi.

Mashg’ulotlarning uchinchi yakuniy davrida nutqning tovush va intonatsiya (ohang) tomonidan olib boriladigan ish davom ettiriladi. Til sohasining fonetiko-fonematik, leksik-grammatik va intonatsiya tarkibidagi olingan bilimlardan o’quvchilarning ongli foydalanishiga qo‘yilgan talablar amalga oshiriladi. Shu bilan birga istalgan hayotiy vaziyatda ravon va ifodali nutq malakasi ham tarbiyalanadi.
Nutqning to’liq rivojlanmaganligi elementlari bilan duduqlanuvchi o’quvchilarning og’zaki
va yozma nutqning holati logopedik ishning quyidagi asosiy yo’nalishlarini yuzaga keltiradi:

  1. nutq tempi va ravonligi ustida olib boriladigan ish jarayonida o’zaro ta’sir etuvchi asosiy nutq komponentlarini maqsad sari va har tomonlama rivojlantirish (fonetik, leksik, grammatik);

  2. logopedik mashg’ulotlarning nutq materialini, boshlang’ich sinf ona tilisi bo’yicha dastur mazmuni bilan mustahkam o’zaro aloqasi;

v) bolalarning nutqiy faolligini rivojlantirish.
So’nggi yillarda mamlakatimizda duduqlanuvchi bolalar uchun mavsumiy (yozgi) logopedik
sanatoriyalar va sanatoriya tipidagi o’quvchilar dam olish maskanlari tashkil etildi. Duduqlanuvchilar bilan korreksion-pedagogik va davolash-sog’lomlashtirish ishlari o’qishdan bo’sh vaqtlarda o’tkaziladi va dam olish bilan qo’shilib ketadi. Bunda iqlimiy va tabiiy omillardan keng foydalaniladi. Bolalar dam olish maskanlarining oldida quyidagi vazifalar turadi:

  1. Bolalarni umumiy sog’lomlashtirish;

  2. Bolalarning nerv sistemasini mustahkamlash;

  3. Bolalarda duduqlanishning Engil shakllarini bartaraf etish va uning qaytalanishdan

ogohlantirish.
Bolalarda duduqlanishning turli darajasi, hattoki, eng og’ir shakli, shuningdek, duduqlanishni boshqa nutq kamchiliklari bilan birga namoyon bo’lishi mavsumiy maxsus sanatoriyalarga yuborish uchun asos bo’ladi. Bolalar oromgohlariga duduqlanishni davolash kursini o’tgan, duduqlanishning Engil shakllari bo’lgan bolalar yuboriladi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish