1-mavzu:Massaj va uning organimzga ta’sir xususiyatlari. Logopedik massaj o‘tkazish metodikasi
Reja: 1. Massajning umumiy fiziologik asoslari 2. Logopedik massajning maqsadi va vazifalari. Massajning turlari. Nuqtali massajni rivojlanish tarixi. 3. Nutq organlarining meyoridagi anatomiya va fiziologiyasi 4. Artikulyatsiya a’zolarining anatomiya va fiziologiyasi. 5. Lab, lunji, yumshoq tanglay muskullari, funksiyasi, integrasiyasi. Til muskullari, funksiyasi, integrasiyasi. 6. Logopedik massaj o‘tkazish metodikasi 7. Logopedik massaj jarayonida massaj qilinuvchining asosiy holatlari. Logopedik mashg’ulotlar tuzilishida massaj o’tkazish vaqti. 8. Logopedik amaliyotda massajnining qo‘llashga va uni taqqoslashga doir ko'rsatmalar. Tayanch tushunchalar: Umumiy (butun tana) va mahalliy (tananing bir qismi, masalan, qo’l yoki oyoq panjasi). kontraktura (bo’g’im harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi), Massaj [arab. – qo’l tegizmoq] – fizioterapevtik davolash usuli, Gipoderma — teri osti yog1 kletchatkasi, seansi (fransuzcha — davolash ishlarining ma’lum vaqt ichida uzluksiz amalga oshirish), aktiv (iotincha — faol, serharakat), maksimal (lotincha eng ko‘p, katta, yuqori), komponent (tashkil qiluvchi), tempi (tezlik darajasi, sur’ati), gangliya (asab tugun), Gumoral (yunoncha—suyuqlik), faktor (lotincha - ishlab chiquvchi, harakatga soluvchi kuch, sabab va h.k), tanglay (qattiq va yumshoq).
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ayupova M.Y. Logopediya - T.:O‘zbekiston faylasuflar jamiyati, 2007 2. Дякова Э.А Логопедический массаж. - М.: Академия, 2003 3. Alimova Z.A. Davolovchi massaj asoslari. T., 2005. Vasichkin V.I. Bolьshoy spravochnik po massaju. Sankt-Peterburg, 2004. 4. Nurmuxamedov K.A, Gazieva 3. Massaj. Oquv qo’llanma. T., 2008. 4. Rixsieva O.A. vab. Massaj. T., 1996.
Massajning umumiy fiziologik asoslari Massaj — odam a’zolari va to‘qimalarini maxsus usullar yordamida, malum miqdorda mexanik va reflektor ta’sirlantirish majmuasidir. Massaj usullari maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan odamlar — massajchilar tomonidan maxsus apparatlar, asboblar yordamida bajariladi. Bunday ta’sirotlar bevosita havo muhiti orqali
(gidro massaj) beriladi. So‘nggi yillarda massajga bolgan qiziqish o‘ta ortib bormoqda. Uning yoqimli ta’siriga kundan — kunga alohida ahamiyat berilmoqda. Massajning sog’lomlashtirishga, chiniqtirishga, organizimrni funksional imkoniyatlarini oshirish borasida, jismoniy mashqlami umumiy ta’sirini yanada boyitish maqsadida ishlatilishi ma’lum. XIV-XV asrlarda massajning fiziologik asoslariga doir maqolalar paydo bo'la boshladi. Ambruaz Parerina o‘z ishlarida massajni anatomo-fiziologik nuqtayi nazardan asoslashga urinib ko‘rdi. U zamonoviy ma’lumotlarga asoslanib “massajning ta’sir qilish mexanizimi va nerv tizimining har hil bo'limlaridagi o‘zaro ta’siri bilan chambarchas boglangan holda teridagi normal va o‘zgargan neyron jarayonlari orqali ichki a’zolami boshqarish funksiyasini ta’minlaydi” - degan fikrga keldi. Buyuk fiziologik olimlar I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, N.E. Vvedenski, AA Uxtomskiy, A.D. Speranski, K.M. Bikov, P.K. Anoxin ilmiy ishlar asosida nervizim nazariyasi yaratildi. Nervni boshqarishidagi ko'pgina masalalar markaziy nerv tizimi va ichki a’zolaming o‘zaro faoliyati va aloqasi, somatik hamda vegetativ nerv tizimlari o‘rtasidagi sun’iy to‘siq bartaraf etildi, markaziy va olis nuqta o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar aniqlandi. Odam tanasidagi istalgan nuqta organizmning istalgan faoliyatiga, nerv tizimi orqali “kuchli ta’sir” etish mumkunligi haqida A A. Bogomolets 1928-yilda yozgan edi. Hozirgi vaqtda proprioretseptorlaming (mushak-bo‘g‘im apparati retseptorlari) u yoki bu me’yorda, qonuniy reflector ta’sirga bo'ysunmaydigan birorta ham vegetativ ichki a’zolar faoliyatlari bo‘lmasligi ko‘p sonli tajribalar yordamida aniqlangan XXIIIXIX asrlarda massajning har xil kasalliklami davolash xususiyatiga, barcha a’zolarga ta’sirini ilmiy asoslashga bag‘ishlangan ishlar paydo bo‘la boshladi. Shu bilan bir qatorda, massajni tavsiya qilish ma’n etish muammolariga bag‘ishlangan masalalar yechila boshladi. XIX asm mg oxiriga kelib massajni fiziologik jihatidan asoslash niasalalariga qiziqish ortib bordi. Rossiyada I.Z. Zabludovskiy birinchi bo'lib massajning sog‘lom odamlarga ta’sirini o‘rganda va massaj usullari (tasnifi) ni yaratdi. Zamonaviy fiziologiya fanining taraqqiyoti massajning umumiy ta’siri organizm uchun juda salmoqli ekanligini tasdiqladi. Bu massaj jarayonidagi ta’sirotlar (impuls) teti, ichki va harakat organlaridan orqa va bosh miyaning har xil bo’mlariga xususan, katta yarim sharlariga, o'tkazuvchi nerv tolalari tizimini yuqoriga ko'tariluvchi yoki sezuvchi aferent o'tkazish yo‘llari orqali ta’sir ko‘rsatib, taalluqli a’zo va tizimlarida javob harakatlarini qo‘zg£otadi va kuchaytiradi. Massaj usullari ta’sirida hujayralarda joylashgan mexanoretseptorlar (mexanik ta’sirlami sezuvchi nervlaming uchi) qo‘zg‘alishi natijasida paydo bo‘lgan mexanik energiya, maxsus nerv tolalarini faol holatiga olib keluvchi signallarga ayianib, nerv tolalari orqali nerv markazlariga axborot keltiradi.
Mexanoretseptorlar butun tanada joylashgan bo‘ladi. Bular terida joylashgan ekstraretseptorlar (organizmni o‘rab turgan tashqi muhtdagi ta’surotlami qabul qiluvchi), interoretseptorlar (ichki a’zolardagi-yurak, tomirlar, taloq va h.k. ta’sirotlarini qabul qMuvchi) va proprioretseptorlar mushaklar, paylar, bo‘g‘imlar, suyaklar va boshqa joylardan ta’sirotlami qabul qiluvchi nerv tolalarining uchidan iborat. Mexanoretseptorlaming tuzilishi turli-tumandir. Ular soch tolalari) spiral, tugunchalar va plastinkalar shaklida bo‘lishi mumkin. Ular orasida Pachchini tanachalari mukammalroq o‘rganilgati. Bu tanachalar yordamchi apparat bilan o‘ralgan nerv uchlariclan iborat bo‘lib, markaziy nerv tizimi bilan bog‘lovchi nerv tolalaridan tashkil topgan. Pachchini tanachalarining yordamchi apparati-kapsula, ko‘p sonli juda yupqa plastinkalardan iborat bo‘lib, plastinkalar orasida suyuqlik bo'ladi. Mexanik ta’sirotlar kapsulalar holatini o'zgartirib nerv tolalari uchini qo‘zg‘atadi. Kapsulaning pardasi cho'ziladi, asosan Na+ ionlariga nisbatan o‘tkazuvchanligi oshadi, retseptor potenseallarini vujudga keltirib, o‘z navbatida, ion toklarini hosil qiladi. Ion toklari nerv tolalarini qo‘zg‘atadi demak, massaj ta’sirida paydo bo‘Igan mexanik energiya nervni qo‘zg‘atish energiyasiga aylanadi. Organizmga nisbatan massajning ta’siri nerv reflector reaksiyasining boshlanish qismi hisoblanadi. Terida, mushaklarda, payda, bo'g'imlarda, qon tomirlarda va boshqa to‘qimilarda joylashgan nerv tolalari uchidan afferent (markazga intiluvchi) signallar orqa miyaga boradi. Barcha afferent impulslar sezuvchi nerv tolalarining ildizlari orqali orqa miyaning sigment sohasida bir biriga o'zaro ta’sir etadi. So'ngra markazga intiluvchi nerv orqali orqa va bosh miyaning har xil bo'limlarga, xususan, katta yarim sharlar po‘stloq osti sohasiga etib borib butun a’zolariga ta’sirotni tarqatadi. Yuqorida bayon etilgan massaj neyrofiziologik mexanizmlari qatorida massajning gumoral (suyuqlik) faktorlarini ham ko‘rsatish lozim. Massajning mexanik ta’siroti natijasida, teri to'qimalarida issiqlik hosil bo'lishi oqibatida issiqlik retseptor tizimi qo'zg'aladi. Bu qo'zg'alish uzunchoq miyada joylashgan markazlariga o'tkazilib, qon tomirini toraytiruvchi - simpatik, qon tomirlarini kengaytiruvchi — parasimpatik nervlarga o'tib, so'ng qon tomirlari kavagini reflektor o'zgartiradi. Massajning to'qimalariga bevosita mexanik ta’siroi natijasida terida kimyoviy moddalar hosil bo'ladi. Bunday moddalarga misol tariqasida gistamin va atsetilxolinni ko‘rsatish mumkin. Gistaminto'qima garmonidir, xo'jayralarida sustlashgan, oqsil bilan birikkan holda uchraydi, massaj ta’siri natijasida parchalanib, erkin faol holatga o'tadi. Gistamin va gistaminsimon moddalar, oqsillarning parchalanish mahsulotlari — aminokislotalar va polipentidlar bilan birga qon, limfa oqimi orqali tarqaladi va ichki a’zolar to‘qimalami, qon tomir nervlarining xemoretseptorlarini ta’sirlaydi. Shunday qilib, gistamin buyrak usti beziga ta’sir etib, adrenalin miqdorini qonda ko'paytiradi, bu organizmni himoya
va moslashish kuchlarini oshiradi. Odatda, bog'langan kalloid holda hujayralarda bo'ladigan atsetilxolin massaj ta’siri natijasida faol holatga o'tib, mediatorlik vazifasini o‘taydi. Massaj davomida mushaklarda to'plangan faol atsetilxolin, mushaklar faoliyatini kuchaytiradi va qo'zg'alish tezligini oshirishga olib keladi. Massajning mexanik ta’siri natijasida mushak kapillyarlarining faoliyati o'zgaradi. Qil qon tomirlari kapillyarlari devorida joylashgan Ruje hujayrasi hisobiga mastaqil torayish xususiyatiga egadir. Bu hujayralarimng qisqarishi va bo'rtishi tufayli kapillyarlarining kovagi o'zgarib turishi mumkin. Ruje hujayrasiga energiya beradigan moddalaming kimyoviy parchalanishi ta’siri natijasida kapillyarlar kengayadi. Kapillyarlar kengaishi va puchaygan kapillyarlar hisobiga kapillyarlar sonini ko'payishi natijasida hujayra va to‘qimalami qon bilan ta’minlash yaxshilanadi, to‘qimalar ko‘proq oziqlanadi, natijada modda almashinishi kuschayadi, to‘qimalaming ish faoliyati oshadi. Massajning chuqur uqalash usullarini mexanik ta’siri natijasida mushaklar qo‘zg‘alishi mushaklardagi energiya beradigan moddalarni parchalashga olib keladi. Qon tomir devorlarining holatiga, odam qonida bo‘ladigan boshqa kimyoviy moddalar: buyrak usti bezining garmonlari-noadrenalin va adrenalin, sut kislotasi, ATF (adrenozinetri fosfat) kislotasi ta’sir etadi. Qon tomirlari va kapillyarlarda qon aylanishiga ta’sir etadigan murakkab jarayonlar majmuasini markaziy nerv tizimi tartibga solib turadi. Bundan qon tomirlarmmg kengayib torayishi kapillyarlar devoiining o‘tkaravchanligi, qon va to‘qima o‘rtasidagi almashinish jarayonlarini ham boshqaradi. Massajning gumorall omillari qatoridan yuqori ko‘rsatilganlaridan tashqari, tanamizning o‘zida ishlab chiqariladigan ichki opiatlariga bir oz to‘xtalib o‘tamiz. Ma’lumki, barcha kasalliklar, shikastlanishlar, jarohatlar, manfiy ruhiy kechinmalar og‘riq bilan kechadi. Neyrofiziologlarning ilmiy kashfiyotlari og'riq hissiga aloqada ikki xil peptid guruhlar R-moddasi va endorfinlar borligini isbotladilar. R-moddasi amerika olimlari U.Eylar va Dj.Gaddum tomonidan 1931-yilda topilgan. Rmoddasining nomi ingliz so‘zidan (poroshok) olingan. Endorfinlaresa o‘zining ta’sir etish hususiyatiga asosan nomlangan. Endogen morfinlar — organizm ichida hosil bo' ladigan ichki morfinlar degan ma’noni bildiradi. Agarda R-moddasi organizmda og'riqning hosil bo‘lishida, kuchayishida va tarqalishida ishtirok etsa, endorfinlar — organizmdagi narkotiklar sifatida og‘riqni pasaytiradi. Endorfinlar Amerikalik, Nyu-York dorilfununi olimi, E.J. Simon va ShotlandiyaJik olim J.Kosterlits tomonidan kashf etilgan. Birinchi olim — bosh miya nerv hujayralari maxsus retseptorlarga ega bo‘Iib, ular morfi bilan qo'shiladi, deb aytgan bo‘lsa, ikkinchi olim E.J.Simon kashfiyotidan habardor bo‘lib, bu bejiz emasdir retseptorlar o‘zimizda hosil bo‘ladigan morfi sezishga mo‘ljallangan va uni izlash lozimdir, deydi. Kosterlits guruhning izlanishlari muvofaqqiyat bilan yakunlandi: endorfinlar ihtiro etildi.
Keyinchalik kichik malekulyar og'irlikka ega bolgan endorfmga o‘xshash moddalar topilgan. Bular enkefalinlar deb nomlangan. Endorfin va enkefalinlar umumiy endagen opiatlar (ichki opiatlar), deb nom olgan. Ma’lumotlarga qaraganda ichki opiatlar nerv hujayralarida, me’da, me’da osti bezi va boshqa ichki a’zolarda hosil bo'lar ekan. Olimlar fikricha, ko‘p me’yorda og‘iiq qoldiruvchi dori-daimonlar (analgetiklar, masalan, analgin) iste’mol etilishi ichki opiatlaming hosil bo‘lishini susaytiradi. Shu bilan birga, massaj jarayonida organizmda hosil bo'ladigan endorfinlar va enkefalinlar miqdorini ko‘payishi ham ma’lum. Shunday qilib, massajning ta’sir mexanizmi asosida, markaziy nerv tizimining oliy bo'limlari tomonidan boshqariladigan, murakkab, o'zaro bog‘langan reflektor neyrogumoral va neyroendokrin jarayonlar yotadi. Massajning bevosita mexanik ta’siri natijasida to'qimalarda hosil bo'ladigan mahalliy reaksiayalar mustaqil bo'lmay, organizmning keng tarqalgan reflektor reaksiayasi ifodasidir. Yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlar tufayli, organizmning himoya va moslashish mexanizmlari safarbar etilib faoliyatlar normallashadi Turli hil kasalliklarda qo'llanadigan massajning samarali ta’siri ushbu holat bilan ifodalanadi. So'nggi yillar davomida rivojlangan mamlakatlarda kasallik va o'limning sabablari o'zgargan. Yuqumli kasalliklar ikkinchi o'ringa o‘tib, endogen (ichki)-rak, yurakning ishshimik kasalliklari, qon bosimi ortishi kasalligi, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, ruhiy, qand kasalliklari va hokazolar asosiy o'rinni egallomoqda. Bu kasalliklami kelib chiqishida uzoq davom etuvchi stress holatlari muhim omil ekani isbotlangan. Shu sababli odamlaming tashqi va ichki muhum ta’siriga chidamliliginii oshirish va asosiy noinfeksion kasalliklarning oldini olish muammolari zamonovi tibbiyotning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. Stress (bosim, kuchlanish) organizmning haddan tashqari zo‘riqish natijasida hosil do‘ladigin tanglik holati. “STRESS” tushunchasi birinchi marta 1936-yilda Kanada olimi G.Selye tomonidan kiritilgan. Stress holatda tashqi (stressli) qo‘zg‘atuvchi ta’siri tufayli ichki sekretsiya bezi — gipofizning faoliyati kuchayadi va buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyati keskin oshadi Buyrak usti bezlari qon ko'plab gormonlar, jumladan, katexolaminlar va kortikoidlami ajratib chiqara boshlaydi. Katexolaminlar va kortikoidlar, o‘z navbatida, moslashish mexanizmlarini rag'batbntiradi va organizm yangi sharoitlarga moslashadi (adaptatsiyalanadi). Bu umumiy adaptatsion sindrom tushunchasini ta’riflashga yordam beradi Umumiy adaptation sindrom moslashuv reaksiyasidir. Ayrim hollarda u kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin, chunki ortiqcha garmon organizmga zararli, ta’sir etadi Stress sharoitida kasalliklar paydo bo‘lilshi organizmning holatiga bog‘Iiq. Chunonchi, gipertoniya hastaligida sress og‘irroq,
gipertonik krizislar bilan kechali. Me’da yoki ichak yallig‘lanishi \kasalligida qonli yaralar paydo bo‘lishi mumkin. Stress ta’sirida yurak mushaklarida halok bo‘lgan to‘qima va hujayralardan iborat kichik-kichik o‘choqlar vujudga kelishi mumkin. Odam hayotida hayajonli stress holatlari (kuchli tashvishlanish) alohida o‘rin tutadi. Tez-tez bo‘lib turadigan his-hayajonli ta’sirotlar buyrak usti bezlarining faoliiyatini susaytirib organizmning zararli omillari ta’siriga moslashuv qobiliyatini keskin pasaytiradi. Adaptatsion sindromnig yuzaga kelishida gipofiz va buyrak usti bezlarining gormonlaridan tashqari nerv tizimi ham ishtirok etadi. Haddan tashqari kuchli ta’surot awal simpatik nerv tizimini oily nerv markazlarini qo‘zg‘otadi, so‘ng gipofizga hamda buyrak usti bezlariga o‘tadi. Sress vaqtida boshqa endokrin bezlar qo‘zg‘alishi ham mumkin. Odam hayoti davomida stresslarga yo‘liqadi. Ma’lumki organizmning turli ta’surotlariga nisbatan bo‘lgan reaksiyasi stress reaksiyadur. G.Selye (1982) fikricha, organizmning normal faoliyati uchun yetarli me’yorda stresslar bo‘lishi shart, bu stresslar “eustress” deb nom olgan. Ko‘p vaqtlarda stress me’yori haddan tashqari kuchayishi natijasida, organizm buziladi, bunday holat “disstres” nomini olgan Tirik organizmlar hayotida gomeostaz adaptatsion jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Gomestaz — organizmni ichki muhitini doimiyligini saqlash va tiklanishini ta’minlovchi muvozanadlashgan reaksiyalar majmuasidir. Adaptatsiya - organizmning o‘zgarayotgan muhitga moslashish jarayonidir. Bu xalqaro atama (termin) bo‘lib, organizmning umum tabiat, ishlab chiqarish sotsial sharoitlamgi moslashishini bildiradi. Adaptatsiya deganda tug‘ma, tug‘ilgandan so‘nggi hujayra, a’zo va organizm miqyosidagi butun moslashish faoliyati tushuniladi. Adaptatsiya reaksiyasining asosiy qismi stress-sindrom hisoblanadi bu reaksiyalar majmuosi gipotalamo-gipofez buyrak usti tiziminig faoliyatini oshiradi, qonda adoptogen kortiokostreioidlar, kateholaminlar, garmonlami ko‘proq tushishiga olib keladi, gemostatik tizim faoliyatini kuchaytiradi. Zamonaviy ma’lumotlarga ko‘ra odam organiziminmg tashqi muhitga moslashishi bilan bog‘liq salomatlik holati to‘rt xilga bo‘linadi: • Qoniqarli moslashish holati: bu sog‘lom odamning kundalik hayot faoliyatidir, normal hayot tarzida gomiyostaz organizmni boshqaruvchi tizimlaming juda kam kuch sarf etishi sababli saqianadi. • Moslanish mexanizmlarining tanglik holati: salomatlik va kasallik o‘rtasidagi chegara hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, bu holat yuqori darajali funksiyalarga ega boshqaruvchi mexanizmlaming haddan tashqari zo'riqib ishlashi natijasida vujudga keladi.
• Qoniqarsiz moslanish holati: bu holatda funksiyalar darajasi pasayadi,fiziologik tizimlar o'rtasida kelishmovchiliklar hosil bo‘iadi va charchash holatlari paydo bo'ladi bu holda gomeostaz organizmni boshqaruvchi tizimJarinmg o‘ta zo'riqishi hisobiga saqlanadi. • Moslanish tizimining buzilish holati: bunda organizmning faoliyat imkoniyatlari keskin pasayadi gomestoz barbod bo'ladi, moslanish mexanizmlarining buzilishi ikki hil ko'rinishda namoyon bo'ladi: kasallik oldi va kasallik. Kasallik oldini olish choralatadbirlari tashqi muhitga moslanishini biologik mexanizmlarini kuchaytirishga qpratilgan bo'lishi kerak. Chiniqtirish, jismoniy mashqlar, massaj va boshqa ta’surotlar yordamida har bir shaxs moslanish imkoniyatini ancha kengaytirishi mumkin. Massajning organizmga ta’sir etishiga qarab, shartli ravishda mahalliy va umumiy - ikki turi farqlanadi. Massajning mahalliy turida tananing ayrim qismlari (mushaklar-boylamlar), umumiy turda esa butun tana massaj qilinadi. Massaj uslublari yordamida bevosita ta’sir etilgan joyning o'zigina fiziologik ta’sir ko'rsatiladi degan fikr noto'g'ridir. Massaj jarayonida nerv oxirlari qitiqlanadi, bu hoi markaziy nerv tizimiga ta’sir ko'rsatib, turli a’zo va to'qimalarning fhnksional holatini o'zgartirishi mumkin. Odam organizimida mahhaliy va umumiy massajning ta’sir ko'rsatish darajasi massajning davomiyligiga, massaj uslublariga, organizmning umumiy holatiga va boshqalarga bog'liqdir. Logopedik massajning maqsadi va vazifalari, turlari. Logopedik massaj fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga logopedik massaj korreksion-pedagogik ta’siming bir usulini, og‘ir nutq nuqsonlarini bartaraf etishni, nutq nuqsonlarini logopedik massaj yordamida samarali korreksiyalash boyicha nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalari haqida bilim va tushunchalar berishdan iborat.. Logopedik massaji Fanning vazifasi - talabalarni maxsus logopedik massaj inson organizmiga fiziologik ta’siri, shuningdek logopedik massajning maxsus ta’siri, logopedik massajning amaliy malakalarini egallab olishlari, nutq patologiyasiga ega bo‘lgan har bir bolaning hissiy va muskullarining holatiga bog‘liq massaj harakatlari kompleksini differensial ravishda tanlay olishini o’rgatishdan iborat. Massaj [arab. – qo’l tegizmoq] – fizioterapevtik davolash usuli. Tana yoki biror a’zoga maxsus usulda ta’sir etish. Qo’l bilan bajariladi, ba’zan asboblar ishlatiladi (vibromassaj). Massajning organizmga ta’sir mexanizmida nerv va gumoral omillar muhim rolь o’ynaydi. Massaj ta’sirida terida biologik faol moddalar hosil bo’lib qonga tushadi, ular tomir reaktsiyalarida, nerv impulьslarini o’tkazishda va boshqalarda qatnashadi. Massaj bevosita ta’sir qilgan joyida to’qimalarga mexanik ta’sir ham ko’rsatib, limfa, qon, to’qimalar orasidagi
suyuqlik tsirkulyatsiyasi kuchayadi. Natijada qon va limfa dimlanishi yo’qolib, moddalar almashinuvi va massaj qilinayotgan joy terisi orqali nafas olish kuchayadi. Massaj yurak-tomir tizimi ishini yaxshilaydi. Kapillyarni kengaytirib, massaj qilinayotgan sohanigina emas, balki undan uzoqdagi to’qimalarning ham (reflektor yo’l bilan) qon bilan mo’l ta’minlanishiga imkon beradi: qonning arteriya va venalardan oqishi rivojlanadi. Massaj muolajasidan so’ng umumiy ahvol yaxshilanadi, charchoq yo’qoladi. Umumiy (butun tana) va mahalliy (tananing bir qismi, masalan, qo’l yoki oyoq panjasi) massaj bor. Asosiy usullari: silash, uqalash va urib qo’yish. Silash – M. ning boshqa usullarini boshlashdan oldin va tugallanayotganda qo’llanadi. Uqalash – birmuncha tez bajariladi, bunda teri va teri ostidagi to’qimalar turli yo’nalishda joyidan qo’zg’atiladi yoki cho’ziladi. Uqalangan joy ustidan silanadi. Ezib uqalash – M. ning murakkabroq usuli. Bunda faqat yuza to’qimalargina emas, balki chuqur joylashgan mushaklar ham ta’sirlanadi. Massajning bu usuli to’qimalarni ushlash, ko’tarish, bosish va cho’zishdan iborat. Tebratish yoki «vibratsiya» – tanaga tebranuvchi (titroq) harakat berishdan iborat, uni qo’l yoki maxsus M. apparatlari yordamida turli jadallik va tebranish bilan bajariladi. Massajning sport massaji, shifobaxsh, gigienik va kosmetik kabi turlari bor. Sport M. ida sportchining hamma mushak guruhlariga ketma-ket ta’sir etiladi. SHifobaxsh M. shifokor ko’rsatmasi bo’yicha tayanch-harakat apparati, bo’g’im va moddalar almashinuvining buzilish kasalliklari, radikulit, kontraktura (bo’g’im harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi) va boshqa(lar)da kompleks davolash bilan birga qilinadi. Massajning boshqa turlari charchoqni bosish va kuch-kuvvani tiklash, odatda, jismoniy mashqlar, suv muolajalari, ertalabki gimnastika bilan birga olib boriladi. Bunday M. xushbichim va bardam bo’lishga imkon beradi. O’z-o’zini uqalash qilish gigienik M. ning bir shakli. Muolajani maxsus o’rgatilgan massajchilar yoki bemorning yaqin kishilari (tibbiyot xodimidan o’rganib olib) qilishlari mumkin. Kosmetik M. kosmetlogvrach tavsiyasiga ko’ra, sonlarni mustahkamlash, yuzdagi nuqsonlarni yo’qotish maqsadida qo’llanadi. Yurak M. i – yurak to’xtab qolganda odamni joylashtirish usuli; bunda yurak ritmik ravishda bevosita (ko’krak qafasi ochilib bajariladigan operatsiyalarda) yoki bavosita (ko’krak tsafasit yormasdan birinchi yordam ko’rsatishda) kisiladi. Uqalovchi– mashg’ulotlarda tinglovchilar massajning turlari va xususiyatlari, turli massaj tizimlari spetsifikasi, massajning inson organizmiga bo’lgan ta’siri va uni ishlatish zaruriyati haqida bilim olishadi. Dastur inson tanasining turli joylariga qilinadigan massaj turlari va texnikasi, massaj vositalari bilan tanishtiradi. O’qish
davrida katta e’tibor masalaning texnik tarafiga qaratiladi – massaj xonasini va uskunalarini gigiena jihatidan tashkillashtirish, infektsion nazorat. Tinglovchilar uy sharoitida massaj o’tkazish texnikasini, bolalar va o’z-o’zini massaj qilish texnikasini o’zlashtiradi, amalda yuz qismini, bosh va tananing boshqa qismlarini massaj qilish usullarini, sharqona, bankali, asalli massaj va limfadrenaj usullarini o’rganadi. Massajning turlari. Logopediya massaji - bu mushaklarning, asablarning, qon tomirlari va periferik nutq apparatlarining to’qimalarini holatini o’zgartiradigan faol mexanik usul. Logopediya massaji - bu nutqning talaffuz tomonini va nutq buzilishlaridan aziyat chekadigan odamlarning hissiy holatini normallashtirishga yordam beradigan logopediya usullaridan biridir. Logopediya amaliyotida massajdan foydalanish uchun ko’rsatmalar Logopediya massaji nutq buzilishidan aziyat chekadigan bolalar, o’smirlar va kattalarni reabilitatsiya qilish uchun keng qamrovli tibbiy-pedagogik tizimning bir qismidir. Massaj logopediyada, masalan, dizartiya, shu jumladan uning yo’q qilingan shakllari, rinolaliya, duduqlanish va ovoz buzilishlari bilan kasallangan odamlar bilan ish olib borishda qo’llaniladi. Umuman olganda, massaj mushaklarning ohangni buzish holatlari bo’lgan barcha holatlarda tuzatuvchi pedagogik ishlarda qo’llaniladi. Massaj tuzatish va pedagogik ta’sirning murakkab tizimidagi o’rni Logopediya massaji nutq buzilishini tuzatishga qaratilgan keng qamrovli psixologik va pedagogik ishlarning bir qismidir. Buni tuzatuvchi harakatlarning barcha bosqichlarida bajarish mumkin, ammo uni ishning dastlabki bosqichlarida qo’llash ayniqsa muhimdir. Ko’pincha massaj - bu logopediya effektlarining samaradorligi uchun zarur shart. Artikulyar buzilishlarni yengishda, logopediya massaji passiv, passiv va faol artikulyatsion gimnastika bilan birga amalga oshiriladi. Nafas olish, ovozni shakllantirish, hissiy holatni normallashtirishda massaj an’anaviy logopediya yoki gevşeme mashqlari bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. Logopedik massajni logoped, nervpatolog yoki terapevtlar logopediya usulini biladigan tibbiy mutaxassis amalga oshirishi mumkin. Massajni maxsus tayyorgarlikdan o’tgan va nutq faoliyatini ta’minlovchi mushaklar anatomiyasi va fiziologiyasini, shuningdek nutq buzilishlarining etiopatogenezini biladigan kishi olib borishi kerak. Logopedik massaj – bu, mushaklar tonusi buzilganda qo’llaniladigan faol mexanik usul hisoblanadi. Bunday massaj ayniqsa dizartriya, rinolaliya va duduqlanishni bartaraf etishda qo’llaniladi. Logopedik massajni quyidagi 3guruhga qo’llash mumkin emas.
- Teri kasalliklari – zamburug’li, yiringli uchuq yorilganda, shuningdek gematoma, onkologik kasalliklarda; - Yuqumli kasalliklar, ya’ni angina, o’tkir tutqanoqli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklarida; Stomatologik kasalliklar – stomatit. Har qanday operatsiyalar, tishlar tushishi yoki oldirib tashlashda. Logopediyada quyidagi massajlar qo’llaniladi: - An’anaviy; - Nuqtali(xitoy xalq tabobati); - Zondli; - Apparatli; - O’z o’zini massaj qilish. An’anaviy klassik massaj to’rt usulda qo’llaniladi. Silash - qo’l badan bo’ylab terini burishtirmasdan asta-sekin silab o’tadi. Agar shu holat sekin bajarilsa, tonusni pasaytiradi. Uqalash – har – xil tomonga to’qimalarning cho’zilishi, lekin qattiq ezmaydi. Tez uqalash jonlantiradi (1-daqiqada to’qqizta harakat), sekinlashsa bo’shashtiradi. Ezib uqalash – yig’ilib qolgan terini ma’lum bir harakat bilan rag’batlantiriladi. Passiv gimnastika mashqidek ta’sir qiladi. Ortiqcha ezib uqalash juda bo’shashtirib yuborishi mumkin. Agar ezib uqalash umumiy massajning to’rtdan bir qismi vaqtida amalga oshirilsa qisman ta’sir ko’rsatadi. Agar bu uqalash to’g’ri umumiy massaj vaqtining yarmi davomida bajarilsa, faolrag’batlantirkvchi ta’sir ko’rsatadi. Tebratish – logopedning qo’l harakati tebranishini bolaning uqalanayotgan terisiga yetkazib berish. Tebranish ikki turda bo’ladi. - Navbatma-navbat – teri ustidan qo’lni birin-ketin olib bajariladi (chimchilash, taqillatish). U mushaklarni rag’batlantiradi. - Uzluksiz tebratish qo’llarni teridan olmay bajariladi. Bu holat bolaning mushaklarini bo’shashtiradi. Logopedik massaj bosh, bo’yin shu bilan birga tepa yelka mushaklaridagi qismlarda bajariladi. Logopedik massaj vaqtida pereferik nutq apparatidagi mushaklarga alohida diqqatni jalb qilinadi, ya’ni til lab, yuz, yumshoq tanglay mushaklarga e’tibor qaratiladi. Logoped logopedik massaj qiladigan qismini, mushaklarni funktsiyasini, joylashishni yaxshi tasavvur qila olishi lozim. Massajni rivojlanish tarixi. So’nggi o’n yilliklarda massajga bo’lgan qiziqish sezilarli darajada o’sdi.
Massaj - inson tanasiga jismoniy va energiya ta’sir qilish usullaridan biri u - tinchlantiradi, og’riqni yengillashtiradi, kasallikni yengishga yordam beradi va hatto bolalarning aqliy, nutqiy va jismoniy rivojlanishiga hissa qo’shadi. Massajni ongli ravishda qaerda va qachon ilk bor qo’llanilanligini aniqlab bo’lmaydi. Bizga ko’plab manbalar (g’or rasmlari, xatlar va boshqalar) kelib tushdi, bu uning insoniyat tongida paydo bo’lganligini va Yerning deyarli barcha burchaklarida ishlatilganligini ishonchli isbotladi. Odamlar, ko’pincha boshqa davolanish usulisiz, mavjud bo’lgan yagona narsaga - qo’llarga murojaat qilishdi. Massaj ibtidoiy odamlarga tanish bo’lganligi, uning Tinch okeanidagi orollarda yashagan xalqlar tomonidan ishlatilganligi to’g’risidagi ma’lumotlardan dalolat beradi. Qadimgi hind tibbiy risolalarida - "Ayur-Vedas" - massaj texnikasi batafsil tavsiflangan. Aslida o’sha kunlarda ruhoniylar bu bilan shug’ullanishgan. Qo’llar yordamida davolanish qobiliyati odamlarda hayrat va xurofotni uyg’otdi. Makedoniyaliklar Makedoniyalik Aleksandr Makedonskiyning mamlakatiga kirganlarida (mil. Avv. 327) massajdan foydalanishlari tasvirlangan. SHunday qilib, ular ilon chaqishidan aziyat chekkan jangchilarni davolashdi. Massaj san’ati bizning eramizdan oldin ham qo’shni Hindiston, Nepal va Seylonga tarqalgan edi. Qadimgi hindlarning yozuvlari bizga miloddan avvalgi 1000 yilda Nepal hududida tibbiy davolash maktablari mavjudligini, ularda bu davolanish usulini o’rganganliklari haqida xabar berishadi. Xitoy va hindular uni o’zlariga moslashtirishdi. Ularning massaji hind massajidan farqli o’laroq, qo’shma cho’zish texnikasini o’z ichiga olgan. Bizga kelgan eng qadimgi massaj kitobi - "Kong Fu" miloddan avvalgi 2698 yilda paydo bo’lgan. Xitoyda. VI asrda bu erda dunyoda birinchi marta davlat tibbiyot instituti yaratildi, u yerda massaj majburiy fan sifatida o’rganildi. Qadimgi Xitoyning har bir provintsiyasida tibbiy va gimnastika maktablari mavjud bo’lib, ularda massaj va gimnastika bilan shug’ullanadigan vrachlar o’qitilgan. XVI asrda "San TSai Tu Gosi" entsiklopediyasi nashr etildi (64 jild). Unda Xitoy massajining texnikasi va metodikasi, tizimlashtirilgan usullari bayon qilingan. Miloddan avvalgi XII asrdan boshlab massaj qadimgi Misr, Habashiston, Liviyada ishlatilganligi ma’lum. Bunga bir vaqtlar qirollik saroylarini va piramidalardagi yozuvlarni bezab turgan papiri, alabaster releflari dalolat beradi. Misr qo’mondoni sarkofagida 1841 yilda topilgan papiriyalardan biri ishqalanish, silash va urish kabi massaj usullarini tasvirlaydi. (Va massaj sahnasining eng qadimgi tasviri Berlindagi Yangi Muzeyda. Miloddan avvalgi 70-681 yillarda yashagan Ossuriya shohi Sinaxibga tegishli bo’lgan alabaster asosidagi relefda ikki kishi tasvirlangan.)
Misrdan massaj, moy va malham bilan "moylash" bilan bir qatorda, hammomning keng qo’llanilishi Qadimgi Yunonistonga - Yevropa tsivilizatsiyasining beshigi bo’lgan. Qadimgi Yunonistonning eng buyuk shifokorlari massajni tanaviy rivojlanish avvalambor qadrlangan Yunon madaniyatining majburiy elementi deb hisoblashgan. Massajning birinchi ilmiy asoslanishi Gippokratga berildi (mil. Avv. 460 - mil. Avv. 370). Kasal va sog’lom odamlar uchun massajning birinchi targ’ibotchisi Herodikos (miloddan avvalgi 484-425 yillar). Uning o’zi yuz yil yashadi va butun hayotini har kuni gimnastika va massaj bilan o’tkazdi. Hellas, Gomer, Pindar kabi buyuk shoirlari asarlarida jangchi qahramonlarning jasadlarini massaj qilish sahnalari tasvirlangan. Rim imperiyasida massaj maxsus cho’qqiga chiqdi. Rimliklar ko’plab davlatlarni zabt etgach, ularning ilmiy va madaniy yutuqlaridan, shu jumladan massaj va gimnastika sohasidagi yutuqlaridan foydalanishdi. Qadimgi Rimda massaj hamma uchun odatiy bo’lgan - imperatordan tortib to qulgacha. SHaharlarda ular qulay hammomlarni qurishdi - bu "hammomlar" (lat. Thema - issiqlik, issiqlik), unda massaj uchun maxsus xonalar ("trepidariums") zarur edi. Qadimgi Rim shifokori - Asklepiad tufayli (massa miloddan avvalgi 128-56) massaj ayniqsa tibbiyotda va jismoniy tarbiya sohasida keng qo’llanilgan. Birinchi bo’lib masslemani kuchli va kuchsiz, qisqa muddatli va uzoq muddatli, moylash vositalaridan foydalangan holda va ularsiz (quruq) ajratgan Asklepiad edi. Mashhur qadimgi Rim shifokori Klavdiy Galen (mil. Avv. 130 - 200 y.) Asosiy massaj texnikasini (silash, ishqalash, yoğurma) tasvirlab bergan. U birinchi bo’lib zaif zarbalar bilan massaj qilishni, asta-sekin ularni kuchaytirishni, tananing qismlarini ishqalashni, yoğurishni va shu bilan protsedurani engil zarbalar bilan tugatishni tavsiya qilgan. (Galenning ko’rsatmalari bizning davrimizga qadar deyarli o’zgarmagan.) Rim imperiyasi qulaganidan so’ng, ko’p yillar davomida massaj yevropaliklarning hayotidan g’oyib bo’ldi, bu xristianlikning tarqalishiga yordam berdi, bu tananing o’limini targ’ib qildi. Faqatgina boshqa dinlarga ergashgan xalqlar massajni terapevtik va profilaktik maqsadlarda ishlatishda davom etdilar. X va XI asrlar arab tibbiyotining boshlanishi edi. O’zlarining o’tmishdoshlari Razes Ar-Razi (850–929), Abu Ali ibn Sino (980–1037) va o’sha davrning boshqa taniqli shifokorlari asosida o’ziga xos massaj uslublarini ishlab chiqishgan. SHarq massaji hammomlarda muvaffaqiyatli ishlatilgan. Arab olimlarining bu g’oyalari qo’shni mamlakatlarda - Fors, Turkiya, Xiva, Buxoro, Armaniston, Gruziyada tarqalgan.
Uyg’onish davri massajning rivojlanishida yangi qadam bo’ldi. Ammo massajga qiziqish ortganiga qaramay, o’sha paytlarda uning mashhurligi qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimdagiga qaraganda ancha past edi. Slavyan xalqlari orasida o’ziga xos massaj mashq qilindi. Bu "ot go’shti" deb nomlangan, ya’ni vannada yuvinayotganda tanani supurgi bilan urish. Ushbu massaj tananing qattiqlashishiga yordam berdi. (Zamonaviylarning fikriga ko’ra, qattiq iqlimda yashagan qadimgi slavyanlar sog’lig’i yaxshi edi.) Evropada, charlatanlar va nodonlar tomonidan massajni noto’g’ri qo’llash ushbu davolash usulini kamsitdi va u uzoq vaqt unutildi. Faqat XVIII asrda massaj Angliya, Frantsiya, Germaniyada jadal jonlana boshladi. Rossiyada, 19-asrning oxirida, yetakchi klientlar tibbiyot amaliyotiga keng joriy qilingan massaj texnikasini ilmiy ishlab chiqishda faol ishtirok etdilar. Yevropa xalqlari rivojiga bebaho hissa qo’shgan I.V. Zabludovskiy, M.K. Barsov, V.V. Gamolitskiy, E.N. Zalesova, N.I. Rachinskiy, V.K. Kramarenko, K.G. Soloviev, I.P. Kallistov A.V. Yanchenko, I.M. Sarkizi-Serazini. Mustaqil Tibbiyot Akademiyasi St. Peterburg I.V. Zabludovskiy. U zamonaviy tibbiy, sport va gigiena massalariga mos keladigan nozik, ilmiy asoslangan tizimni yaratdi. Aniq massaj, boshqa turlarining tarixi singari, qadimgi davrlarga borib taqaladi. Aniq massaning paydo bo’lishi haqida ko’plab afsonalar mavjud. Ma’lumki, taxminan 5 ming yil avval, Xitoyda odamlarda tirnash xususiyati keltirib chiqaradigan (akupunktur) yoki tanadagi og’riqli hodisalarning yo’q bo’lib ketishiga, buzilgan funktsiyalarining tiklanishiga olib keladigan turli nuqtai nazarlar (zonalar) kashf etilgan (Huangdi- mil. avv. III asr .e.). Ushbu usul "zhen jiu" deb nomlanadi. 1026 yilda birinchi ochko atlasi paydo bo’ldi (Vang Vey-i 600 ta faol punkt). Qadimgi adabiy manbalar I - II asrlarda Xitoyda, Koreyada va boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan edi va VIII asrdan boshlab u rasman tan olindi. Missionerlar va sayohatchilar 13-asrda edilar. Yevropa tuproqlarida sharqona massa usuli ildiz otmadi. Darhaqiqat, ular faqat 19-asrga qiziqishgan. Rossiyada akupunktur (akupunktur) haqida birinchi marta XIX-XX asr boshlarida mualliflarning ilmiy asarlarida (PG CHaruxovskiy, 1828; A.A. Tatarinova, 1853; PA Kornievskiy, 1863, 1878; Y. Violina), 1903; VV Korsakov, 1928). Bu 1957 yilda boshlangan. Yigirmanchi asrda nafaqat akupunktur usullari yaxshilandi, balki muayyan nuqtalarga (zonalarga), shu jumladan aurikul zonalariga (stop la, aurikulopunktur, P. pichoq) ta’sir ko’rsatadigan yangi tizimlar, oyoq-qo’llar va oyoq-qo’llar ta’sir qilindi. qo’llar (Su-jok, CV Pak).Pytalis’ dat’ nauchnoe obosnovanie massazhu.
Tabiiy shifo usuli sifatida oyoq va qo’llarni, quloqlarni (aurikullar) va bosh terisini massaj qilish qadim zamonlardan beri ko’plab xalqlar, turli madaniyat vakillari tomonidan ma’lum bo’lgan. Bugungi kunda terapiyaning ushbu shakli qaerdan kelib chiqqanini aniq aytish qiyin. U akupressura va akupunktur kabi qari. Ushbu shifobaxsh usulning alohida usullari avloddan-avlodga o’tib, asrlar davomida massaj refleksogen zonalari uchun uslublar tizimini shakllantirgan. Misrlik Sakkara doktorining qabrida odamning oyoqlari va qo’llaridagi refleksogen zonalarni massaj qilish manzarasi tasvirlangan. Ushbu rasm taxminan 4200 yoshda. Kasal bo’lgan organni davolash uchun hindular oyoq massajidan foydalanganlar. Ehtimol, ular refleksogen zonalar tushunchasi haqida uzoq vaqtdan beri bilishadi, lekin ehtimol u ham ongsiz ravishda ishlatilgan. Amerikalik shifokor N.Fitsjeraldning (1872-1942) "Zona terapiyasi" (1917) asari bugungi kunda mavjud bo’lgan refleksogen zonalarni samarali va samarali davolash uchun asos bo’lib xizmat qildi. Boshqa amerikalik shifokor D. Reyli ushbu usulning terapevtik imkoniyatlarini kashf etdi. Reylining shogirdi Unika Ingxam ushbu usulni o’z amaliyotida intensiv ravishda qo’llagan va o’sha davrdagi refleksogen zonalarni davolash holatini aks ettiruvchi ikkita kitob yozgan. Amerikadan bu usul nemis tilida so’zlashuvchi mamlakatlarga tarqaldi. Bugungi kunda u butun dunyodagi minglab shifokorlar, fizioterapevtlar va tabiblar tomonidan qo’llaniladi. Massaj refleksogen zonalari - bu odamning aqliy va jismoniy bo’shashishiga, shuningdek, uning tanasining kuchlarini saqlash va ko’paytirishga erishishning samarali va sodda usuli. Refleksogen zonalarni massaj qilishning ta’siri haqida juda ko’p turli xil fikrlar mavjud, ammo ularning barchasi ta’sirlangan zonalar (oyoq, qo’llar, quloqlar, bosh terisi va boshqalar) va inson tanasida sodir bo’ladigan umumiy jarayonlar o’rtasidagi aloqani ta’kidlaydi. Bu bog’liqlik qadimgi zamonlardan beri Xitoy tibbiy falsafasining energiya haqidagi ta’limotidan ma’lum bo’lgan. Masalan, oyoqlarda 70 mingdan ortiq asab tugunlari borligi sababli, bu zonalarda massaj qilingandan so’ng, tananing va ular bilan bog’liq bo’lgan organlarning faoliyati hayajonlanib ketishi tushuntirish juda ishonchli ko’rinadi. Ayniqsa Rossiyada massajga bo’lgan katta qiziqish bir necha o’n yillar oldin paydo bo’lgan. I.N. tomonidan chuqur nazariy va klinik ish olib borildi. Asadchix, A.V. Sirotkina, G.R. Tkacheva, V.I. Dubrovskiy va boshqalar V.I. Dubrovskiy Moskvada massaj maktabini tashkil qildi, u yerda odamlar Rossiyaning va boshqa mamlakatlarning turli shaharlaridan o’qish uchun keldilar. Maktab
bitiruvchilarining aksariyati chet elda ishlaydi (AQSH, Kanada, Isroil, Avstraliya, Janubiy Afrika, Polsha, Suriya, Xitoy, Peru, Germaniya va boshqalar). SHunday qilib, qadimgi davrda an’anaviy tibbiyotning boshqa turlari qatorida paydo bo’lgan massaj bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Massajning uzoq umr ko’rish siri oddiylik, qulaylik va samaradorlikdir.
Nutq organlarining meyoridagi anatomiya va fiziologiyasi. Bosh va bo’yin. Bosh skletini miya tashkil etadi, miya alohida suyaklardan tashkil topgan.Ularni bir birini choklar birlashtirib turadi.Choklar miya suyagini va yuz suyagini ajratib turadi. Miya suyagi - ensa suyagi (11), peshona suyagi (1), tepa suyagi (12), ponasimon yoki asosiy suyak (2), g’alvir suyak va chakka suyaklardan (8) tuzilgan. Yuz suyagi- yuqori jag’ (6), tanglay suyagi,yonoq suyagi (5),ko’z yoshi suyagi (4), burun pastki chig’anog’i (3), dimog’ suyagi, pastki jag’ (7), til osti suyaklardan tuzilgan. Bosh muskullari -2 guruhga ajraladi: chaynov muskullariga va mimika muskullariga bo’linadi . Chaynov muskullarining vazifasi pastki jag’ suyagini yuqori jag’ suyagiga yaqinlashtirishdan iborat . 1. Yuqorigi chaynov qismi . 2. Ichki chaynov qismi. Uning ishi pastki jag’ tushganda ko’taradi, yuqorigi jag’ni xarakatlanishida yordam beradi. Qanotsimon muskul tepadan boshlanib, pastki jag’ni ko’taradi, oldinga va orqaga tortadi. Agar qanotsimon muskullarning bir tomondagisi qisqarsa, pastki jag’ yon tomonga siljiydi. muskullari yoki yuz mimika muskullari og’iz, burun, ko’z va quloq atrofini xalqa shaklida o’rab,aylanma muskullarni hosil qiladi. Ko’z, og’iz va burun teshiklari atrofidagi aylanma muskullar mazkur teshiklarning torayishi va kengayishini ta’minlaydi.Umuman mimika muskullari qisqarganda ko’z, og’iz , burun atrofdagi muskullar mazkur teshiklarni turlicha shaklga keltirib yuzning ko’rinishini, uning simmetriyasini bo’zadi. Takabburlar muskuli - orqa burun qismidan boshlanib teriga birlashadi. U ikki qosh orasida ko’ndalang chiziq (ajin) hosil qiladi. Ko’zning aylanma muskuli ko’zning aylanasida joylashgan bo’lib, ko’zini yumishga xizmat qiladi.
Qoshni chimiruvchi muskul. Bu muskul ikki qoshning o’rtasida ko’ndalangiga joylashgan bo’lib, qisqargan vaqtda qoshlarni bir biriga yaqinlashtiradi. Ayni vaqtda qoshlar orasida vertikal chiziq (ajin) hosil qiladi. Burun muskuli yuqori jag’ suyagining lateral yuzasidan, yuqori kurak tishining alьveolalar o’sig’idan boshlanib burun qanotlariga yopishadi.Bu muskul burun qanotlarini yaqinlashtiradi. Ensa-peshona muskuli teriga mustahkam yopishgan bo’lib, suyak ustki pardasiga bo’sh birikkan.SHuning uchun ham muskulning go’shtdor qismlari qisqarganda bosh terisi (soch) oldinga va orqaga tortiladi. Peshona qismi qoshni ko’taradi. Og’izni o’rab turuvchi muskullar. Yuqori labni ko’taruvchi muskul. Yonoq suyagidan yuqori jag’ suyagining peshona o’sig’idan ,ko’z kosasining pastki qirg’og’idan boshlanib,burun ,lab va lunj terisiga yopishadi. Yonoq katta va kichik muskuli.Bu muskullar xiyol baquvat bo’lib, tolalari yuqridan past tomonga qarab yo’nalgan. Bu muskullar og’iz burchagini yuqoriga va yon tomonga tortadi, natijada yuz tabassum qiladi, shuning uchun ham bu muskulni kulgi muskullar qatoriga qo’yish mumkin. Kulgi muskuli ko’ndalang ketgan zaif tutamlardan iborat.Ba’zan odamlarda lunj terisiga birikkanligidan, kulganda ikki yuzida chuqurcha hosil qiladi. U og’iz burchagini lateral tomonga tortadi. Og’iz burchagini pastga tortuvchi muskul.Bu muskul uchburchak shakliga ega bo’lib, uchburchakning asosi og’iz burchagiga qaragan. U og’iz burchagini pastga qarab tortadi. Pastki labni pastga tortuvchi muskul.Labni pastga qarab tortadi. Og’iz muskulini ko’taruvchi muskul. Og’iz burchagini ko’taruvchi muskul.Bu muskul og’iz burchagini yuqoriga tortadi. Engak muskuli.U engak terisini ko’taradi, pastki labni yuqori labga yaqinlashtiradi. Lunj muskuli og’iz burchagini orqaga tortadi, lunj va lablarni tishlarga taqaydi. Og’izning aylanma muskuli .U og’izni yumishga xizmat qiladi. Og’iz bo’shlig’i. Og’iz bo’shlig’i oldingi qismida lablar bilan, yonidan yuzlar bilan,yuqoridan tanglay (qattiq va yumshoq), pastdan til va muskullardan tashqil topib og’iz bo’shlig’ini hosil qiladi.
Lab. Og’izga kirish teshigining ikki tomondagi burchaklari og’iz burchaklari deb ataladi. Ustki va pastki lablrda og’iz atrofini aylanib o’ragan mimika (imoishora) muskullari hamda boshqa muskullar bo’lgani tufayli u yuzning eng serharakat qismi hisoblanadi. Yuz terisi ustki va pastki lablarga davom etib, lab muskullarini qoplaydi.Lablarning teri qismi bilan shilliq qavati orasidagi soha oraliq qismi deb ataladi, u yupqa muguz qavat bilan qoplagan. SHuning uchun ham uning ostidagi muskullar labga qizg’ish rang berib turadi. SHunday qilib, lablar uch qisimdan: teri qismi, shilliq qismi, oraliq qismidan iborat. Yuz va chaynov muskuli teri bilan qoplangan, tagidan esa shilliq qavat bilan qoplangan.Yuz bilan chaynov muskuli orasida teri osti yog’ qatlamlari joylshgan.Bu yog’ qatlamdan so’lak bezlari ajralib chiqadi. Tanglay o’z navbatida 2ga ajraladi: qattiq tanglay, yumshoq tanglay.Oldingi qismi qattiq tanglay, orqa qismi-yumshoq tanglay. Burun va og’iz bo’shliqlari tomonida shilliq parda bilan qoplangan.Yumshoq tanglay asosini esa shilliq parda bilan qoplangan muskullar tashqil etadi. Tanglay shaklan gumbazga o’xshash bo’lib, botiq tomoni og’iz bo’shlig’iga qarab turadi. Qattiq tanglay umuman tanglayning uchidan ikki qismini tashqil etadi va suyak tanglay deb ham anglatadi. Yumshoq tanglay tanglayning qolgan qismini tashqil qiladi, odam nafas olganda pastga tushib, ya’ni salqi holatda bo’ladi, ovqat yutganda esa yuqoriga ko’tariladi.Tanglayning o’rtasidan o’zunasiga o’tgan chok uni o’ng va chap qismlarga ajratib turadi. Yumshoq tanglay asosini quydagi beshta ko’ndalang- targ’il muskul hosil qiladi. 1.Xalqum-tanglay muskuli qisqarganda tanglay chodiri pastga tortiladi.Xalqum qisqarganda tanglay chodiri pastga tortiladi, xalqum esa yuqoriga ko’tariladi.Uning ichki hajmi kengayadi. 2.Til tanglay muskuli.Har ikki tomonidagi ravoqning bir vaqtda qisqarishi esa tomoq teshigini toraytiradi. 3.Tilcha muskuli qisqarganda tilcha ko’tariladi va qisqaradi. 4.Tanglay chodirini ko’taruvchi muskul vazifasi tanglay chodirini ko’tarishidir. 5.Tanglay chodirini tarang qiluvchi muskulning yumshoq tanglay chodirini tarang qilishi nomidan ham ko’rinib turibdi. Yumshoq tanglay inervatsiyasida bosh miya nervlari IX va X simpatik nerv tolalari ishtirok etadi. Til- muskulli organ, yuqori qismi, yoni va pastki qismi shilliq qavatdan iborat.Til ikki qismdan iborat : oldingi qismi va orqa qismi (ildiz qismi). Til xazm a’zolarning boshlanish qismida, og’iz bo’shlig’ida joylashgan.
Til faqat hazm a’zolargina aloqador bo’lib, qolmay, talaffuzda ham bevosita va aktiv qatnashadi.Til muskullardan tuzilgan a’zo bo’lib,odatda og’iz bo’shlig’ini to’ldirib turadi. Tilning ustki yuzasi har xil turdagi va kattalikdagi so’rg’ichlarga boy bo’lib, bu so’rg’ichlar asosan ta’m bilish uchun xizmat qiladi.Tilning uchi kurak tishlari do’mboqlarning orasiga to’g’ri keladi. ,qirralari esa lunjlarning shilliq qavatiga tegib turadi. Til muskullardan tuzilgan a’zodir.Uni hosil qiluvchi muskullarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1-gurux sklet muskullari yoki tilning xarakatlantiruvchi muskullar deyiladi Ular quydagilar: 1.Engak til osti muskuli tolalar qisqaganda tilni pastga va orqaga tortadi. 2.Til osti til muskuli tilni pastga va orqaga tortadi. 3.Bigiz til muskuli ingichka, uzun muskul bo’lib,bu muskulning bir tomonlama qisqarishi tilni o’sha tomonga yonga, ikki tomonlama qisqarishi esa tilni orqaga va yuqoriga tortiladi. Massajning organizmga fiziologik ta’sir etish mexanizmi va uning mohiyati. Massajning organizmga ta’sir etish mexanizmining asosida 3 ta faktor (lotincha - ishlab chiquvchi, harakatga soluvchi kuch, sabab va h.k)dan iborat bo'lgan quyidagi murakkab jarayonlar yotadi: 1) nerv-reflektor; 2) gumoral (qon va limfa); 3) mexanik ta’sirlar. • Nerv-reflektor mexanizmining mohiyati shundan iboratki, birinchi navbatda - joylashgan ko‘p sonli va har xil nerv oxirlari massajning ta ’siriga uchraydilar. • teridagi (ekstsroretseptorlar); • pay, boylam, mushak (proprioreieptorlar); ■ tomir (angioietseptorlar), • ichki a’zolarda (interoretseptorlar) Yuqoridagi retseptorlaming qo‘zg‘alishi natijasida impulslar oqimi hosil bo'lib, bosh miya qobig‘iga yetib boradi va barcha markazga intiluvchi (afferent) signallar sintezlanib, organizmda umumiy murakkab javobi reaksiyalarini vujudga keltiradi Bular a’zo va sistemalardagi har xy fimksional o‘zgarishlar: markaziy asab sistemasining tormozlanishi natijasida asab tolalarining tiklanishi, stresslaming bartaraf etilishi, og'riqlaming kamayishi yoki butunlay yo‘qolishi, qon bosimining pasayishi, yurak urishining sekinlashishi yoki tezlashishi, shishlaming so‘rilishi va boshqa belgilar ko‘rmishida namoyon bo'ladi. • Gumoral (yunoncha—suyuqlik) faktorlar ham massajning organizmga ta’sir qilish mexanizmida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular yordamida to ‘qimalarda
gistamin, atsetilxolin adrenalin va boshqa moddalaming hosil bo‘lish jarayoni kuchayadi. Bu moddalar terida nofaol, birikkan holda bo‘lib, massaj ta’sirida kuchayadi. Bu moddalar terida nofaol, birikkan holda bo‘lib, massaj ta’sirida erkin holatga o‘tadi va qonga so Ydadi. Masalan, gistamin kapillyar qon tomirlarini kengaytiradi, ulaming o‘tkazuvchanligini oshiradi, natijada to‘qimalaming qon bilan ta’minlanishi va modda almashinuvi jarayonlari yaxshilanadi; atsetilxolin - asab sistemasining sinaps, gangliya (asab tugun)laridagi qo'zgalishlami harakatlantiravchi asab tolalaridan skelet mushaklariga uzatilish tezligini oshiradi. Massaj ta’sirida, bulardan tashqari, to‘qimalarda ko‘pgina moddalar hosil bo'ladi, ammo ulaming ahamiyati hah oxirigacha aniqlangan emas, lekin ular asab sistemasining qo‘zg‘atuvchisi sifatida yangi reflekslami keltirib chiqarishi mumkin. Biroq gumoral mexanizm mustaqil emas, u markaziy asab sistemasi tomonidan tartibga solinadi. • Mexanik ta’sir etish mexanizmida to’sirotlar to‘qimalarga bevosita berilib, xususan organizmdagi suyuq muhit (qon, limfa, to ‘qimalararo suyuqliklar)ning harakatlanishida, pay, boylam, mushaklaming cho‘zilishi, siljishi va bo‘g ‘imlarda sinovial suyuqlikning ajralishida katta ahamiyatga etadir. Mexanik faktorlar modda almashinuvi jarayonlarining yaxshilanishiga, teri bilan nafas olishning tezlashishi, dimlanishlarni bartaraf etish va gavdaning massaj qilinayotgan sohasida haroratniig ko'tarilishiga imkon beradi. Organizmning massajga bo'lgan javob reaksiyalarining strukturasi va xususiyati har safar turli xil bo‘lib, markaziy asab sistemasi oliy bo'limlarining flmksional holatiga: • bosh miya po'stglog'idagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro nisbati, • massaj ta’siriga uchraydigan retseptor maydonining fiziologik holati, • kasalliklarning klinik ko‘rinishi, • massajning harakteri va qo‘llaniladigan usullarita bog‘lik bo'ladi. Davolovchi massajning hususiyati asosan 3 ta komponent (tashkil qiluvchi): massajning kuchi, tempi (tezlik darajasi, sur’ati) va davom etish vaqti bilan belgilanadi. Massajning kuchi massaj oluvchining gavdasiga massajchi qo'llarining bosim kuchi bilan ta’sir etishidir. Bosim kuchi katta (chuqur massaj), o'rta va kichik (yuzaki massaj) bo'lishi mumkin. Massajning tempi tez, o'rta va sekin bo'ladi. Tez sur’atda bajarilgan usullar asab sistemasining ta’sirlanishini oshiradi, o'rta va sekini esa uni kamaytiradi.
Massajiing davom etish vaqti qancha uzoq bolsa, markaziy asab sistemasi qo'zg'ahivchanligining pasayishiga shuncha ko‘p ta’sir etadi. Massajning davomiyligi massaj oluvchining individual xususiyatlariga: • yoshi, og'irligi, bo'yining uzunligi, mushaklar sistemasi, teri osti yog' qatlamining rivojlanish darajasi, kasallikning klinik shakli, mijozning holati, massaj qilinayotgan sohaning anatomik tuzilishi, massajning turlariga va boshqalarga bog'liq bo'ladi. Shunday qilib, massaj usullari ta’sirida bosh miya qobig'ining flmksional holatini, ya’ni uning qo'zg'aluvchanligini oshirish yoki pasaytirish mumkin. Agar massajning yuqorida ko'rsatilgan faqatgina 3 komponentining gradatsiyasi (bir bosqich yoki holatdan ikkinchi bosqich yoki holatga o'tishdagi izchilligi)dan foydalanilsa (haqiqatdan ham ular amalda eheksiz ko'pdir), bitta massaj oluvchining javob reaksiyalari variantlari sonining ko'paytmasi 3x3x3=27 ga teng bo'ladi. Shularni massajchi doimo esida tutishi kerak L. Koshetel bu borada haq so'zlami aytgan: ≪Massaj san’atini haykaltarosh san’ati bilan tenglashtirish mumkin, ammo yndan farqli ravishda, massajchi tirik to'qima bilan ishlaydi≫ yoki ≪Massaj san’ati — bu qobiliyat≫1 (Chet el sporti, 1981, 9-son, 15-bet). Ushbu qobiliyatni rivojlantirish faqat massajchining o'ziga bog'liq bo'lib, massaj usullarini to‘g‘ii bajarish bo'yicha chuqur anatomik-fiziologik bilimga ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari, mijozning javob reaksiyasi massajchi tomonidan qo'llanilgan usullarning turiga ham bog'liq. bo'ladi. Masalan, silash va ishqalash usullari asab sistemasini tinchlantiradi, uzuquzuq vibratsiyaning qoqish usullari, aksincha, asab tolalarining qo'zg'aluvchanligmi oshiradi. Massaj amaliyotida gohida bitta usul ishlatiladi: ≪Massaj usullari, musiqaning alohida tonlari kabi hech qachon uzoq vaqt yakka holda jaranglamaydi, ular ketma-ket akkord bo'lib qo'shilib ketadi!≫ (A.F. Verbov, 1966). Massajchi uchun har xil usullarni birgalikda qo'llash massaj muolajasini individuallashtirish va massaj oluvchining har bir konkret (lotincha aniq) holatidagi javob reaksiyalarining samarasini oshirishga imkon beradi. Massajning asab sistemasiga ta’siri Markaziy asab sistemasi barcha sistemalar ichida eng asosiylaridan biri bo'lib, bir butun organizmning faoliyatini tartibga soladi. Asab sistemasi 2 ga bo'linadi: Markaziy asab sistemasi: Periferik asab sistemasi: • bosh miya; • asab tugunlari; • orqa miya (19-rasm). • asab tolalari.
1 Chet el sporti, 1981, 9-son, 15-bet
Bundan tashqari, asab sistemasi shartli ravishda yana 2 ga bo‘linadi: 1. Somatik asab sistemasi: 2. Vegetativ asab sistemasi (20-rasm). • harakatlantiruvchi apparatning; • ichki a’zolaming; qon tomirlami asab tolalari bilan • tenini ta’minlovchi; • sezgi a’zolarining; Massajning asab sistemasiga ta’siri xilma-xil bo’lib, u quyidagilarga bogiiq: • tashqi ta’sirotning retseptorlarga qay darajada ta’sir etishiga; • massaj usullarini qo'llash xususiyatlariga; • mexanik ta’sirotlaming davom etish muddatiga; • ta’sir kuchining joyiga; • massaj oluvchining individual xususiyatlariga va h.k. Massaj muolajalari odamning asab sistemasini tinchlantiradi, tanani tetik va yengil qiladi yoki, aksineha, usullar noto‘g‘ri bajarilsa, uni qo‘zg‘atadi. Massaj sezuvchi va harakatlantiruvchi asab tolalarining o‘tkazuvchanlik hususiyatini yaxshilaydi, shuning uchun davolash amaliyotida asab qo‘zg‘aluvchauligkii pasaytirish yoki oshirish maqsadida keng qo‘llamladi. Agarda kasalliklarni davolashda massaj usullari to‘g‘ri tanlansa, og‘riqlami kamaytiradi yoki butunlay bartaraf etadi. Massaj usullaridan biri bo‘lgan vibratsiya (tebratishtitratish) bez hujayralarining sekretor faoliyatini tartibga soluvchi asab tolalarining, ishini yaxshilaydi. Masalan: 1. Oshqozon sohasida bajarilgan tebranish usullari undagi suyuqlikning ajralib chiqishini kuchaytiradi. 2. Jigar sohasidagi tebranishlar esa o‘t suyuqligi ajralib chiqishi va ovqat hazm bo lishini ta’minlaydi hamda faollashtiradi. 3. Yurak yoki ko'krak qafasi sohasida qo‘llanilgan vibratsiyaning urish usullari yurak urishini sekinlashtiradi. Buning sababi shuki, tebranma harakatlar reflektor ravishda adashgan nervning shoxchalariga ta’sir etib, yurak faoliyatini yaxshilaydi. 4. Massajning markaziy asab sistemasiga ijobiy ta’sirining ahamiyati shundaki, massaj charchash natijasida kelib chiqqan umumiy behollik holatlari hamda qo‘ zg‘ aluvchanlikni bartaraf etadi va organizmning ish faoliyatini yangidan tiklaydi. Massaj qon tomirlarining devorlarida joylashgan mushak hujayralariga reflektor ta’sir etadi. Tomirlarda oqayotgan qon qaytadan taqsimlanishi natijasida qon bosimi, normallashadi. Massajning teriga ta’siri Teri tanani tashqaridan o‘rab, atrof-muhit faktorlarining har xil o'zgarishiga organizmni moslaydi va u bilan o‘zviy bog‘lab turadigan murakkab anatomik a’zo.
Teri quyidagi funksiyalami bajaradi: 1. Organizmni tashqi ta’sirotlardan himoya qiladi (mexanik, fizik, kimyoviy). Himoya etish, moddalar almashinishi bilan bog'liq jarayonlarni bajaradi. 2. Teri butunligi buzilganda (timaJgan, kesilgan va h.k.) organizmga kasallik chaqiruvchi mikroblaming kirishiga yaxshi sharoit yaratadi. 3. Teri bakteriotsid ta’sirga ega bo‘lib, organizmga tushgan mikroblami yo‘q qiladi. 4. Tuz va suv almashinuvida qatnashadi. 5. Gaz almashinuvi jarayonida ishtirok etadi. 6. Organizmning termoregulyatsiya jarayonida 82% issiqlikning uzatilishi teri yuzasi orqali amalga oshadi. 7. Teri vitamin ≪D≫ning sintezida qatnashadi. 8. Vitamin ≪A≫ning to'planishida muhim ahamiyat kasb etadi. Terining tuzilishi Teri yuzasi — o‘ta sezuvchan bo‘lib, 1,6-2,5 m2 ni tashkii etadi. Teri uch qavatdan tarkib topgan: 1. Epidermis - terining tashqi qavati. 2. Derma — terining asl qavati. 3. Gipoderma — terming chuqur qavati yoki teri osti yog‘ kletchatkasi. 1. Epidermisda terming tashqi qavati ko‘p sonli sezish nervlari joylashgan. Epidermisning yuza qavatidagi hujayralar sekin-asta shox qavatiga aylanib, kir tarzida ko'chib tnradi. Shox qavati juda qattiq bo‘lib suvni yomon olkazadi, gazlami (kislorod, serovodorod va boshqalar) va uchuchan suyuqliklarni (spirt, efir) yaxshi olkazadi. Kimyoviy va mexanik ta’sirotlarga nisbatan juda mustahkam. Bu hujayralar teri pigmenti (lotincha — bo‘yoq) — melaninni ishlab chiqaradi. Organizm (teri)da melanin qancha kam ishlab chiqarilsa, odamning terisi shuncha oq va massajga bolgan sezgirligi yuqori bo'ladi, shuning uchun massaj qilayotganda nozik teridan ehtiyot bo‘lish maqsadga muvofiqdir. 1. Derma yoki asl teri quyidagilardan tashkii topgan: biriktiruvchi to'qima tolalari, uning tarkibida ko‘p miqdorda elastik kollagen va silliq, mushak tolalari bo'ladi. A — epidermis; V — derma;V — gipoderma Asl terining so‘ruvchi qavatida quyidagi retseptorlar joylashgan: • hissiyotni sezuvchi (taktil) retseptorlar; • bosimni sezuvchi (siqish, ezish va h.k.) retseptorlar; • og'riqni sezuvchi retseptorlar; • issiqni sezuvchi retseptorlar; • sovuqni sezuvchi retseptorlar.
Bundan tashqari, bu qavatda ko‘pgina kapfflyar turlari joylashgan. Asl teri qavatining to£r qatlami juda ko‘p kollagen tolalardan iborat bo‘lib, ular teriga taranglik berib turadi. Organizmni mexanik himoya qilishda kollagen tolalarining ahamiyati juda katta, chunki ularning teriga bo'lgan qarshilik kuchi elastik tolalarga qaraganda 43 marta yuqori bo'ladi. 3. Gipoderma — teri osti yog1 kletchatkasi. Bu qavat yog' to'qimasining hajmiga qarab har xil qalinlikda bo'ladi va muntazam ravishda massaj qilinsa, yog‘ qatlami borgan sari kamayib boradi. Terining asl qavati bilan teri osti yog‘ kletchatkasi chegarasida soch tolalarining ildizlari, shuningdek, ter va yog‘ bezlari joylashgan bo'ladi. Ter bezlari qol kaftining yuzasida ko‘p joylashgani uchun (3,5 m/nga yaqin) ba’zi bir massajchilarning qo‘li terlab, nam bo'ladi, bu esa massaj muolajasini o'tkazishni qiiyinlashtiradi (bular to‘g‘risida keyinchalik to'liq tushuncha berilali). Organizmda ter ajralishi to'xtovsizdavom etadigan jarayon hisoblanadi. Ter ajralishining intensivligi tashqi sharoitga, ya’ni: • o‘rab turgan muhitning issiqlik darajasiga; • jismoniy ishlaming turiga; ■ massaj oluvchining individual hususiyati, holati va boshqa sabablarga bog'liqdir. Massaj ter va yog' bezlaridagi ajralish jarayonlarini tezlashtiradi. Teri massajdan keyin yumshoq muloyim va elastik bo'ladi. Faqatgina shunday-teri organizmni sovuqdan, issiqdan, shamoldan va infeksiya tushishidan himoya qila oladi. Massaj muolajasi paytida qo'llaniladigan yengil usullar ta’sirida mushak, pay hamda bo'g'imlaming xaltaehalarida joylashgan og'riqni, sovuqni va issiqni sezuvchi retseptorlar qo'zg'aladi. Kuchli usullar, shu jumladan, tebranish usullarining qon tomirlaridagi retseptorlarga ta’sir qilishi natijasida qon tarkibidagi kimyoviy moddalarning hosil bo'lishi kuchayadi. Massajning teriga fiziologik ta’siri • Terining yuza qatlamidagi epitelial hujayralar ko'chib tushadi va ularning o'rniga yangi hujayralar hosil bo'ladi. • Massaj qilinayotgan sohaga va uning yonidagi a’zolarga arterial qon kelishi ko'payadi. • Massaj qilinayotgan teridagi mahalliy harorat 5-6° S ga ko'tariladi. • To'qimalarning qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. • Terida ferment ajralish jarayoni kuchayadi. • Teri orqali nafas olish yaxshilanadi. • Ter va yog' bezlarining sekretsiya ajralishi ko'rauadi. • Modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chiqindi moddalarning tashqariga teri orqali chiqib ketishi tezlashadi.
• Organizmda gistamin, atsetilxolin va boshqa moddalaming ajralishi kuchayadi. Massajning bo‘g‘in-boylam apparatiga ta’siri Suyak boylam, pay va skelet mushaklari birgalikda qo'shilib tayanch harakat apparatini tashkii etadi. Bu sohalarda boylamlar harakatchanligi va elastikligining oshishi massaj qilinayotgan joyniig qizishiga bog'Iiq. Bu sohalaida ko'proq davolovchi massajning ishqalash usullari kam qo‘llaniladi. Bo'g'imlar sovuq kasallik (artrit, poliartrit)lar va moddalar almashinuvming buzilishiga nisbatan juda ta’sirchan bo‘ladi. Muntazam qaytalanib turadigan bod (revmatizm), organizmda purin almashinuvining buzilishi natijasida paydo bo'ladigan — podagra va boshqa xastafiklar bo'g'im qiyofasinnng o'zgarishi (deformatsiya)ga olib keladi. Katta yoshdagi odamlaming bo'g'imlarida yoshiga xos bo'lgan o'zgarishlar paydo bo'lishi sababli tananing umumiy harakatchanligi kamayadi, sekin-astalik bilan bo'g'imlardagi harakatlar qiyinlashib, ba’zida chegaralanishi ham mumkin, bunga sovuq ob-havoning ham ta’siri bo'ladi Bu holatlarda massaj qizdiruvchi vosita sifatida va kichik shikastlanishlarning oldini olish maqsadida keng qo'llaniladi. Massajning bo’g‘im-boylam apparatiga fiziologik ta’siri • To'qimalarning elastikligi ortadi va mustahkamlanadi. • Massaj qilinayotgan sohadagi to'qimalarda mexanik energiya issiqlik energiyasiga aylanishi tufayli qon bilan ta’minlanishi kuchayadi. • Sinoviya (lotincha - bo'g'im moyi, sinovial suyuqlik shilliqva mineral tuzlardan iborat yelimshak sarg'ish bo'lib, bo‘g‘imlaming yuzasi o'rtasidagi ishqalanishni yo'qotadi yoki kamaytiradi)mng hosil bo'lishi tezlashadi • Shishlar so'riladi, bo'g'imlardagi patologik qatlamlar ≪tuzlar≫ erib ketadi, og'riqlar yo'qoladi, qonning tomirdan tashqariga chiqib, to planlb qolgan suyuq qismi va nosog'lom yig'ilmalar so'riladi. • Tebratish-silkitish va boshqa usullari shikastlanishlarda suyak qadog'ming tezroq hosil bo'lishi hamda mustahkamligini ta’minlaydi. Massajchi bemorlarda faol-nofaoi harakatlami o‘tkazayogganida bo'g'imlarning taxminiy harakat amplitudasi va o‘qini bilishi shart, chunki massajning har bir seansi (fransuzcha — davolash ishlarining ma’lum vaqt ichida uzluksiz amalga oshirish)da bo‘g‘im harakatlarining bajarilishi bemorlarning tezroq tuzalib, ish faoliyatiga qaytishini ta’minlaydi. Massajning mushak sistemasiga ta’siri Mushaklar organizmning hayoti va faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘iib, odam tanasini harakatga keltiruvchi asosiy a’zolardan biri hisoblanadi.
Mushaklar katta odamlarda butun tana og‘irligming 42% ini tashkil etadi. Inson tanasida 400 xildan ortiq mushaklar bo‘lib, ularning 3 turi tafovut qilinadi: • Ko‘ndalang-targ‘il yoki skelet mushaklari tana og‘irigining 40% ini tashkil etadi. • Silliq mushaklar. • Yurak mushaklari. 1. Ko‘ndalang-targ‘il yoki skelet mushaklari harakat apparatiningtool va tana holatini fazoda ushlab turadigan asosiy qismi hisoblanadi (o'tirish, turish, yurish, yugurish, sakrash, suzish). Ko‘ndalang-taig‘il mushaklar yordamida ko‘z, chaynash, yuz mimikasi, nafas olish va boshqa a’zolaming harakatlari amalga oshiriladi. 2. Silliq mushaklar esa ichki a’zolar, qon-tomirlarining devorlari,teri, ko‘z pardasi va boshqalarda bo‘ladi. Silliq mushaklaming asosiy xususiyatlaridan biri ularning qisqarislii va bo‘shashishining ixtiyorsizligilir. 3. Yurak mushaklarining qisqarishi ham ixtiyorsiz (avtomatik) ravishda amalga oshadi. Organizmda sodir bolayotgan hamma harakatlar mushaklaming qatnashishi hisobiga yuzaga. keladi. Shuning uchun massajchi massaj qilayotganda mushak hamda asab tolalarining yo‘nalishiga, mushaldarning suyak va payga yopishgan joyiga e’tibor berishi kerak. I.M. Sarkizov-Serazini (1953) mushaklarga massajning ta’sirini o'rganib chiqib, charchagan mushaklaming ish qobiliyatini oshirish va tiklashda, ko‘ndalang-targ‘il mushaklaming qisqaruvchanligini mustahkamlashda massaj aktiv (iotincha — faol, serharakat) ta’sirlovchi vosita bo‘lib hisoblanadi, - degan xulosaga kelgan edi. Massaj bosh miya markazlarining funksional holatini yaxshilab, organizmning umumiy qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi. • Mushaklarning qon bilan ta’minlanishi va oziqlanishi kuchayadi. • Qisqaruvchanlik hamda elastik (lotincha qayishqoq, cho‘ziluvchan) likning ortishi natijasida mushaklar mustahkamlanadi va baquwat bo'ladi. • Mushaklarning kuchi ko‘payadi, chidamliligi ortadi, ish qobiliyati yaxshilanadi. • Har hil kasalliklarda mushaklar atrofiyasi (lotincha to'qima, a’zolamiig kichrayib qolishi va ularda sifat o‘zgarishlarining paydo bo‘lishi bilan ifodalanadigan jarayon) ning oldi olinadi. • Mushaklarda sut kislotasining hajmi kamayadi va organic kislotalaming chiqib ketishi tezlashadi. • Massaj qilinayotgan mushaklarda mayda kapillyar qon tomirlarining ochilishi kuchayadi va boshqa bir qancha ijobiy natijalar kuzatiladi.
Massaj qilinayotgan mushaklar yaxshilab qizdirilsa hamda massaj muolajasi issiq xonada bajarilsa, massajning samarasi juda ham tez ko‘rinadi va sezilarli bo‘ladi. Bundan tashqari, massajdan oldin mushaklami batamom bo'shashtirish va o‘rtacha fiziologik holatga keltirish muhimdir. Skelet mushaklarining boshlangan va birikkan joylari yaqin bo‘lsa yoki birorta qarshilik bo‘lmasa, shundagina maksimal (lotincha eng ko‘p, katta, yuqori) bo‘shashish va tinchlik holati ro‘y beradi. Bunday holatga qo‘l va oyoqlarning bo‘g‘imlari ma’lum burchak hosil qilib bukilgandagina erishish mumkin (4-rasm).
Nuqtali massaj o‘tkazish metodikasi Reja: 1. Biologik faol nuqtali massaj qilish reflektor ta’sirini bir metodi sifatida. 2. Logopedik massajda foydalaniladigan biologik faol nuqtani aniqlash. 3. Faollashtiruvchi massajni olib borish qoidalari 4. FaoIIashtiruvchi massaj turlari 5. FaoIIashtiruvchi massajni o‘tkazish metodikasi 6. Logopedik massajda asboblar yordamida ta’sir etish
Tayanch tushunchalar: Shikastlanish (travma), tanosil (jinsiy), manual (lotincha — qo‘1 massaji), kompleks (lotincha — aloqa, bir-biriga bog‘liq), reflektor (lotincha - aks etish, retseptorlaming ta’sirlanishiga markaziy asab sistemasi orqali organism tomonidan qaytariladigan javob reaksiyalari), segmentar (lotincha — bo‘lak, a’zo yoki boshqa anatomik tuzilmaning bir qismi), innervatsiya qiladi (lotincha — a’zo va to‘qimalaming asablar bilan ta’minlanishi), regulyatsiya (lotincha — tartibga keltirish), balneoterapiya (lotincha — hammom terapiya), paravertebral (umurtqa chizig'ining ikki yon tomonlari). Foydalanilgan adabiyotlar 1. Alimova Z.A. Davolovchi massaj asoslari. T., 2005. 2. Axmedov N.K. Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya. T., 1990. 3. Белая Н.Я. Руководство по лечебному массажу. М., Медицина, 1983. 4. Залесева Е.Н. Энциклопедия лечебного массажа и гимнастики. Оригинальное издание начала ХХ века. М., Траст пресс, 1999. 5. Рихсиева О., Бирюков А. Массаж поддержание здоровья и восстановление трудоспособности. Т., 1988.
Biologik faol nuqtali massaj qilish reflektor ta’sirini bir metodi sifatida. • Qol mushaklari uchun o‘rtacha fiziologik holat (massaj oluvchi orqasi bilan yotganda): • tanadan yelka 35° uzoqlashgan; • bilak tirsak bo‘g‘imiga 110° burchak hosil qilib bukilgan; • qo‘llaming panjasi bilak-kaft bo‘g‘imiga kaft usti yo'nalishida 9° burchak hosil qilib bukilgan, tirsak yo'nalishida 15° burchak hosil qilib salgina o'zoqlashgan; • barmoqlar esa yarim bukilgan. • Oyoq mushaklari uchun o‘rtacha fiziologik holat (burchaklar soniga nisbatan olingan): • chanoq-son bo'g'imiga 40° burchak hosil qilib bukilgan va 40° uzoqlashgan;
• tizza 140° burchak hosil qilib bukilgan. Mushaklaming bo'shashishiga halaqit beradigan omillar massaj usullarini sovuq qo'llar bilan bajarish, og'riqli qo'pol harakatlar, massaj paytida massaj oluvchining gaplashishi hamda nafasni ushlab turishi, massaj qilinayotgan tana sohalarining sovushi va h.k. Gavda mushaklari Tana mushaklari qisqarish hususiyatiga ega bo'lib, bunda mushak tolalari taranglashadi va faol harakatlanadi. Natijada, odam o‘z gavdasini fazoda saqlaydi, harakatlanib bir joydan ikkinchi joyta qo‘zg‘aladi yoki biror harakatni bajaradi. Ko'p sonli mushak gumhlari suyaklar (bazida fassiya)dan boshlanib va suyaklarga kelib birikadi. Gavda mushaklari quyidagi guruh mushaklariga bo'linadi: /. Bosh Mushaklari: • mimika mushaklari; • chaynov mushaklari. 2. Bo yin mushaklari: • bo'yinning yuza mushaklari; ■ til osti suyagiga birikuvchi mushaklar; • bo'yinning chuqur mushaklari. 3. Qo 1 mushaklari: • yelka kamari mushaklari; • qo‘llarning erkin qismi mushaklari. 4. Gavdaning old tomonidagi mushaklar: • ko'krak qafasining old mushaklari; • qorin mushaklari. 5.Gavdaning orqa tomonidagi mushaklar: • orqanint yuza mushaklari; • chuqur guruh mushaklari; 6. Oyoqlarnnng mushaklari: • chanoq mushaklari (oldingi va orqa guruh mushaklari); • son mushaklari (oldingi, ichki va orqa guruh mushaklari); • boldir mushaklari (katta va kichik boldirlaming oldingi, tashqi va orqa guruh mushaklari); • oyoq panjasining mushaklari (5-6 rasmlar). Massajning tomir sistemasiga ta’siri Odamning tomir sistemasi bir-biri bilan o‘zviy bog‘langan 2 ta sistemadan iborat bo‘ladi: • Qon-tomir sistemasi. • Limfa sistemasi.
Qon-tomir sistemasi: • arterial qon tomirlari hamma a’zo va to‘qimalami kislorod,oziqa moddalar, gormonlar bilan ta’minlaydi; • venoz qom tomirlari va lnmfa (lotincha namlik) tomirlari to'qima bilan qon o'rtasida modda almashinuvini ta’minlovchi shaffof suyuqlikdir. Bu tomirlar orqali ortiqcha moddalar chiqib ketadi va tozalanadi. Massaj muolajasi yordamida organizmning a’zolariga oqib keladigan qonning miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish mumkin. Masalan, jismoniy mehnat natijasida mushaklar o‘ta qisqarib charchaganda, shikastlanish (travma)larda gips olingandan keyin va boshqa holatlarda vena qonining oqimini ko‘paytirish hamda shishlami bartaraf etish maqsadida ≪so‘ruvchi≫ massaj qo'llaniladi. ■ A’zo va to‘qimalarda qonning qaytadan taqsimlanishi kuzatiladi. • Periferik qon tomirlarining devorlari kengayadi. • Qonning ichki a’zolardan teriga, mushaklarga oqishi yaxshilanadi. • Katta va kichik qon aylanish doirasidagi dimlanish holatlari kamayadi va butunlay bartaraf etiladi. • Yurak mushaklari tomirlarining qon bilan ta’minlanishi kuchayadi. Massajning limfa sistemasiga ta’siri Limfa sistemasi 3 ga boiinadi: • limfa kapillyarlari; • limfa tomirlari; • limfa tugunlari. limfa kapillyarlari organizmning hamma joylarita tarqalib ketgan. Limfa kapillyarlari, bosh, orqa miya, taloq, tog‘ay, ko‘z pardasi, terining epiteliy va shilliq qavatida bo'lmaydi. Limfa kapillyaridagi endotelial hujayralaming faol ishtiroki natijasida limfa suyuqligi hosil bo'ladi. • Limfa tomirlari limfa kapillyarlarining bir-biri bilan qo‘shilishi natijasida hosil bo'ladi. Limfa tomirlarining ichidagi suyuqlik qon oqimiga tushishdan oldin limfa tugunlaridan o‘tadi (7-rasm). Massajning yurak qon-tomir sistemasiga fiziologik ta’siri 7-rasm. Tananing limfa sistemalari A - tananing oldingi; V - orqa yuzasidagi; V - qo‘l; G - oyoqlardagi limfa oqimining yo‘nalishi (stryelkalar bilan massaj harakatining yo‘naJishi ko‘rsati]gan). • Limfa tugunlari odamda 700 dan ortiqdii. Bulaming hammasi limfa tomirlari bilan qo‘shilishib, vena sistemasi bilan birgalikda to‘qimalarda drenaj (frantsuzcha drainage - quritish, so'rish) funksiyasini bajaradi, ya’ni organizmdagi ortiqcha suv, qonga so'rilmay qolgan oqsil, yog' va shu kabi yot moddalami bartaraf qilishda muhim ahamiyatga egadir.
Limfa tugunlarida limfotsitlar va plazmatik hujayralar hosil bo'ladi. Bu esa organizmni infeksiya va begona moddalar ta’siridan himoya qiladi (immunitet). Limfa tugunlarining kattalashishi organizmga infeksiya tushganidan dalolat beradi. Massajchi bu paytda o‘sha sohani massaj qilmasdan, tezlikda vrach bilan maslahatlashishi shart. Massajchi organizmdagi limfa tomirlar va tugunlarining anatomiyasi hamda bir-biriga nisbatan topografiyasi, ya’ni joylashishini yaxshi bilishi shart, aks holda, noto‘g‘ii bajarilgan massaj limfa tugunlarining shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Massaj muolajasini boshlash (silash) paytida massajchining qo'l harakatlari doimo limfa oqimi va eng yaqin limfa tugunlari tomon yo'nalgan bo'lishi lozim: Bosh va bo'yin sohasi massajida pastki o'mrov osti limfa tugunlari tomon (8rasm).1 • qo'l massajida tirsak va qo'ltiq osti limfa tugunlari tomon harakatlantiriladi • ko'krak qafasining orqa (yuqori va o'rta) sohasi massajida umurtqa pogonasidan qovurg'alararo mushaklar bo'ylab, qo'ltiq osti limfa tugunlari tomon; • ko'krak qafasining old sohasi massajida to'sh suyagidan qo'ltiq osti limfa tugunlari tomon; • son, dumg‘aza va bel mushaklarining massajida chov limfa tugunlari tomon; • oyoq kafti, tovon va boldir mushaklarini massaj qilayotganda tizza osti limfa tugunlari tomon harakatlar bajariladi. Limfa tugunlari joylashgan sohalar esa massaj qilinmaydi. Limfa tugunlarining kattalashishi va og‘rishi organizmda infeksiya borligidan dalolat beradi. Bunday paytlarda massaj qilish mumkin emas, chunki massaj limfa oqimining harakatini tezlashtiradi. Bu esa organizmga infeksiya tarqalishining asosiy sabablaridan biri bo'lishi mumkin. Massajning nafas a’zolari sistemasiga ta’siri Massaj ta’sirida tana haroratining ko‘tarilishi sababi kimyoviy jarayonlar, to'qimalarda kislorodni o‘zlashtirish va to‘yinish yaxshilanadi (kislorodning gemoglobindan ajralishini ta’minlaydi). Natijada organizmda oksidlanish-tiklanish, issiqlik ajralish va to'qimalarda modda almashinuvi jarayonlari faollashadi, karbonat angidridning (CO2) organizmdan chiqishi tezlashadi. Massajning silash va ezish usullarini gazlar almashinuviga ta’sirini o‘rganish (L.A. Komarova, 1969) quyidagi natijalarini ko‘rsatdi: ko'krak qafasining mushaklari ezilganda o‘pkada 1 minut davomida nafas olish hajmi 24,2 % ko‘paygan va kislorodni o‘zlashtirish 33% oshgan. Massajning ovqat hazm qilish a’zolariga ta’siri
1 Axmedov N.K. Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya. T., 1990.
Massaj reflektor ravishda me’da, ingichka va yo‘g‘on ichaklarning silliq mushak tolalariga ijobiy ta’sir etib, ichaklaming harakatlanish (peris-taltikato‘lqinsimon qisqarish) harakatini faoliyatini tezlashtiradi. Massaj ta’sirida: • ingichka ichakda (uzunligi 5-6 metr) oziqa moddalarining so'rilish jarayoni yaxshilanadi va faollashadi, sababi shira ajratish bezlarining faoliyati tezlashadi. • yo‘g‘on ichakda (uzunligi 1,5-2 metr) qabziyat holatlari bartaraf etiladi. Davolovchi massajning tebratish usullari ta’sirida bemorlarda jarrohlik operatsiyalaridan keyingi davrda ichaklarning harakati yaxshilanganligi aniqlangan (V.V. Dubrovskiy). Tekshirishlar natijasida 26 tana mushaklari va hazm a’zolari faoliyati o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi aniqlangan (I.M. Sechenov, N.E. Vvedenskiy, S.P. Botkin). Tananing orqa va qorin mushaklariga massaj orqali reflektor ta’sir qilinganda me’da-ichak yo‘lining harakati hamda sekretor fimksiyalarining faoliyati yaxsbilanishi kuzatilgan. Bir qator tekshirishlax (Byman, Gocobson 1957, O'Koeh 1972 va boshqalar) natijasida me’da bezlarining shira ajratish jarayonida qon aylanish sistemasining ham ahamiyati muhim ekanligi aniqlangan. N. Kalk (1959yil), qorin sohasida cho‘tka orqali ishqalash usuli bajarilganda, me’da shirasidagi xlorid kislota miqdorining ortganligini ta’kidlagan. Jigar sohasida erta boshlangan massaj muolajasi ta’sirida qon va limfa aylanishining kuchayishi, og‘riqlaming kamayishi, reflektor ravishda sekretor hamda ajratish fimksiyabrining yaxshilanishi aniqlangan (9-rasm). Massajning tanosil (jinsiy) a’zolari sistemasiga ta’siri Massaj ayollar jinsiy a’zoterining kasalliklarida organizmga reflector ta’sir etib, markaziy asab sistemasining flmksional holatini tartibga soladi. Massaj ta’sirida:. og'riqlar kamayadi va butunlay yo‘qoladi; kichik tosda joylashgan a’zolarda qon aylanish yaxshilanadi; yallig‘lanish jarayonlari so'rikdi; modda aJmashinuvi tiklanadi; xayz ko‘rish sikli va sekretsiya ajratish fiinksiyalari normallashadi; bachadon mushaklarining tonusi ortadi; bachadonning patologik holatlari bartaraf etiladi va h.k. Massajnipg siydik ajratish a’zolari sistemasiga ta’siri Massaj gaz, mineral moddalar va oksil almashinuviga faol ta’sir etib, mineral tuzlar — natriy xlorid, noorganik fosfor va siydikning azotli oiganik moddalaridan mochevina, siydik kisiotasmmg organizmdan chiqib ketishining ortishiga sabab bo'lishi tajribada aniqlangan 2(I.Z. Zabludovskiy, 1882; I.Z. Geopadze, 1886; B.I. Kiyanovskiy, 1889). Bulaming hammasi ichki a’zolaming funksiyasi va organizm faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.
2 Alimova Z.A. Davolovchi massaj asoslari. T., 2005.
Massaj ta’sirida buyrakdan siydik ajralishi (diurez yaxshiknadi va tezlashadi. Agar massaj paytida issiq muokjalar (vanna, dush, hammomda yuvinish) qilinsa, organizmda moda almashinuvi kuchayadi. Hayvonlarda tajriba yo‘li bilan oyoqlarning orqa (A. Bum) va buyrak sohalarida (S.Colombo, 1903) 10 minut mobaynida chayqatish usuli bajarilganda siydik ajralishining ko'payganligi kuzatilgan. Massaj muokjasi o‘tkazilgandan keyin bir sutka mobaynida siydik ajralishining ko‘payishi va juda ko‘p miqdordagi azot birikmalarini organizmdan chiqib ketishi davom etganligi tajribada aniqlangan. Jismoniy ishkrdan keyin bajarilgan massaj muolajasi ham siydik ajralishini tezlashtiradi va azotli moddalaming organizmdan tezroq chiqib ketishini kuchaytiradi. Xulosa qilib aytganda, massajning organizmga fiziologik ta’siri nihoyatda murakkab bo'lib, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan, markaziy asab sistemasining oliy bo‘limlari orqali reflekgor ravishda boshqarib turikdigan neyrogumoral va neyroendokrin jarayonkr ta’sirida amalga oshadi. Sodir bo‘layotgan bu murakkab reaksiyalar mexanizmining boshlang‘ich faktorlaridan biri, massaj qilinayotgan sohaning mexanoretseptorkriga ta’sir etish hisoblanadi. Retseptorkrdagi qo‘zg‘alishlar ma’lum nerv yo‘lkri orqali markaziy nerv sistemasiga uzatikdi, undan orqa va bosh miyaning bolimlariga tarqaladi. Massajning mexanik ta’siri natijasida to‘qimalarda paydo bo‘ladigan mahalliy reaksiyalar ham mustaqil hisobknmay, balki organizmning massajga nisbatan reflektor harakterdagi umumiy javob reaksiyasidir. Ana shu barcha tarkibiy qismlaming qatnashishi natijasida organizmdagi himoya-moslashish mexanizmlarining ishga tushishi ro‘y beradi, bu esa turli xil kasalliklarda massaj ta’sirining samarasini yanada oshirib, a’zolar fonksiyalarining normallashishiga olib ksladi. Massajning jismoniy badantarbiya mashqlaridan farqi shundaki, massaj muolajasi paytida mushaklarda sut kislotasi hosil bo‘lmaydi, qon va qon to'qimalarda kislota-ishqor muvozanatining buzilishi (atsidoz) ro‘y bermaydi. Mushaklar zo'riqib ishlashi natijasida sut kislotasining oksidlanish jarayoni va uning organizmdan tez chiqib ketishiga massajning ijobiy ta’sir etishi tajribada aniqlangan.
MASSAJNI o’tkazish UCHUN USLUBIY YO’NALISH Logopediya amaliyotida ishlatiladigan massaj turlari Logopediyada bir nechta massaj turlaridan foydalanish mumkin. Asosiysi - klassik massaj texnikasiga asoslangan tabaqalashtirilgan (taranglashtiruvchi yoki bo’shashtiruvchi) massaj. Bundan tashqari, logopediya amaliyotida biologik faol nuqtalarni massaj qilish (BAP), maxsus moslamalar yordamida massaj (logopediya
zond, spatula, vibro-massaj va boshqalar), shuningdek o’z-o’zini massaj qilish elementlari qo’llaniladi. Massajni tayinlashga qarshi ko’rsatmalar Massajning kontrendikatsiyasi - o’tkir davrdagi har qanday somatik yoki yuqumli kasallik, kon’yunktivit, o’tkir va surunkali teri kasalliklari, gingivit, stomatit, lablardagi gerpes yoki og’iz bo’shlig’ining boshqa infektsiyalari, kattalashgan limfa bezlari, a. karotis arteriyalarining aniq pulsatsiyasi. Massaj kursini o’tkazishdan oldin, nevrolog va pediatrdan kontrendikatsiyaning yo’qligi to’g’risida xulosa olish kerak. Umumiy massaj bo’yicha tavsiyalar Massaj toza, qulay, issiq va yaxshi havolandırılan xonada amalga oshiriladi. O’rtacha, ketma-ket yoki har kuni amalga oshiriladigan haftada ikki-uch protsedura yetarli bo’lishi mumkin. Odatda, massaj 10 dan 20 gacha tsiklda o’tkaziladi. Ushbu tsikllar ikki haftadan ikki oygacha bo’lgan tanaffus bilan takrorlanishi mumkin. Mushaklar ohangini jiddiy ravishda buzganda, massaj bir yil yoki undan ko’proq vaqt davomida o’tkazilishi mumkin. Bitta protseduraning davomiyligi zarar darajasiga, bemorning yoshiga va boshqalarga qarab farq qilishi mumkin. Jarayonning boshlang’ich davomiyligi odatda 5-7 minut, yakuniy vaqti 20-25 daqiqani tashkil qiladi. Massaj kursini boshlashdan oldin, logoped ota-onalarga uning ehtiyojlari va samaradorligini tushuntirishi kerak. Massaj paytida bolada og’riq bo’lmasligi kerak. Ammo yodda tutish kerakki, til va og’iz bo’shlig’ining mushaklarini massaj qilish, ayniqsa bolalarda yoqimsiz hislar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Psixoterapiya maqsadida siz ushbu protseduradan o’tgan boshqa bolaga massajni ko’rsatishingiz, shuningdek bolani yorqin o’yinchoq yoki ko’ngilochar hikoya bilan ko’ngil ochishingiz mumkin. Agar bola haddan tashqari kuchsizlantirilsa yoki salbiy tarzda sozlangan bo’lsa, unda birinchi muolajalar juda qisqa va faqat til, lablar, yuqori va pastki jag’larni silash bilan cheklangan bo’lishi kerak. Hech qachon eng ko’p ta’sirlangan hududdan massajni boshlamasligingiz kerak, bu joyga asta-sekin murojaat qilishingiz kerak. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, noqulaylik tezda o’tib ketadi va bolalar astasekin protseduraga ko’nikishadi. Qanday bo’lmasin, ular logopeddan mehr va muloyim munosabatni his qilishlari kerak. Bu, qoida tariqasida, bola bilan aloqa o’rnatishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Massajga tayyorgarlik Massajni o’tkazish uchun logopedda quyidagi materiallar bo’lishi kerak. 1) spirt (probellarni, spatulalarni va hokazolarni zararsizlantirish uchun), 2) 30 x 30 sm steril ro’molcha (artikulyatsiya apparati mushaklarining holatini o’rganish uchun),
3) geksoral (og’iz bo’shlig’i mushaklari massajidan keyin bola gigiena uchun eritma bilan og’zini yuvishi mumkin); 4) steril tibbiy rezina qo’lqoplar (og’iz bo’shlig’ida massaj paytida foydalanish mumkin), 5) ammiak va 3% vodorod periksidi (shoshilinch yordam ko’rsatish uchun foydalanish mumkin), 6) himoya niqobi (tomchilatib yubormaslik uchun undan foydalanish maqsadga muvofiq). Massaj qilinadigan odamning terisi toza bo’lishi kerak, logopedning qo’llari toza va iliq bo’lishi kerak, ishqalanish va tirnalishlar, yallig’lanish o’choqlari yo’q, tirnoqlari qisqa va massajga xalaqit beradigan zargarlik buyumlari bo’lmagan holda. Yuzni yoki bo’yni massaj qilishdan oldin qo’llarni chaqaloq moyi bilan ozgina yog’lash yoki chaqaloq kukunini ishlatish mumkin. Og’iz bo’shlig’i mushaklarini massaj qilishda steril tibbiy rezina qo’lqoplar yoki steril salfetkalardan foydalanish tavsiya etiladi. Jarayonni boshlashdan oldin, bola to’g’ri holatni - dam olish pozitsiyasini olishi kerak. To’g’ri holatda turish mushaklarni bo’shashtirishga yordam beradi, nafas olishni erkinlashtiradi va shuningdek, massaj paytida logopedga qulay pozitsiya beradi. Logoped massaji uchun tananing quyidagi pozitsiyalari maqbuldir: 1. Massaj qilinadigan odam orqa tomonida yotadi, qo’llari tanasi bo’ylab cho’zilgan, oyoqlari bo’sh, paypoqlari biroz ajralgan. Boshning tagida yelkama pichoqlarining yuqori chetiga yetib boradigan kichik tekis yostiq bor. Logoped bemorning boshining orqasida turadi. 2. Pose - yarmi boshini baland tutadigan stulda o’tirish. Logoped bemorning boshining orqasida turadi. MASSAJNING TURLARI VA USULLARI 1. Gigiyenik massaj Gigiyenik massaj ertalabki gimnastika mashqlari bilan birgalikda o‘z-o‘zini massaj qilish shaklida bajariladi. Gigiyenik massajning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: • sog‘liqni mustahkamlash. • ish qobiliyatini oshirish va muntazam saqlab turish. • kasalliklaming oldini olish. 2. Sport massaji Sport massaji, asosan, sportchilaming mashq, qilish davrida quyidagi maqsadlarda keng qo‘llaniladi: • jismoniiy va ruhiy hayajonli holatlaming oldini olishda. • mehnat faoliyatini mukammallashtirishda.
• kundalik ish qobiliyatini oshirishda. • qo‘zg‘alishlaming oldini olish yoki ulami kamaytirishda. • musobaqalardan, mashq, mashg‘ulotlaridan keyingi charchash holatlarini tezlikda bartaraf etish va tetiklikni tiklash. 3. Davolovchi massaj Davolovchi massajning mohiyati shundan iboratki, organism to‘qima!ariga silash, ishqalash, ezish va tebratish usullari bilan mexanik ta’sir etishdir. Ana shu mexanik ta’sirlarni qo‘1 bilan, ya’ni manual (lotincha — qo‘1 massaji), maxsus apparatlar yordamida (apparatli massaj), bevosita yoki muhitning tarang tebranma harakatlari yordamida (suv, havo va h.k.) bajarish mumkin. Davolovchi massaj ftmksional (lotincha — ijro etish, bajarish, funksiyasiga bog‘liq bo‘lgan) terapiyaning eng kuchli va tez natija beruvchi vositalaridan biri hisoblanadi. Massaj davolovchi jismoniy badantarbiya ishtirokida klinik amaliyotda ichki kasalliklar, asab sistemasi, xirurgik, ginekologik, quloq, burun, ko‘z, tish, milk, teri va boshqa kasalliklami kompleks (lotincha — aloqa, bir-biriga bog‘liq) davolashda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Davolovchi massaj shifoxona, poliklinika, sanatoriy-kurort, sauna, fizkultura dispanserlari va boshqa davolash-profilaktika muassasalarida tatbiq qilinmoqda. Ayniqsa, hozirgi paytda bemorlar salomatligmi tiklash, ulami tez muddat ichida kasb-mehnat faoliyatiga qaytaiish, nogironlikning oldini olish, tibbiyot reabilitatsiyasining hamma bosqichlarida bemorlarni davolash vositasi sifatida massajning qo'llanishi uning ahamiyatini oshirdi va ommalashuviga sabab bo‘ldi. Davolovchi massaj nafaqat kasalliklarni davolashda, balki sog‘lom odamlarga ham turli profilaktik maqsadlarda: aqliy hamda jismoniy charchashni bartaraf etishda, ish qobiliyatini qisqa vaqt ichida tiklash va kasb kasalliklarida organizmga ziyon qiladigan salbiy omillar bilan kurashishda tavsiya etiladi. Har bir inson jismoniy, ma’naviy, madaniy kamolotga erishishi, o‘zida hayotning gigienik qoidalarini mukammallashtmshi hamda har xil kasalliklarning oldini olish maqsadida bir yilda ikki marta 10 tadan massaj olib turishi, muntazam ravishda jismoniy badantarbiya mashqlari bilan shug‘ullanishi ishonchli va sinalgan asosiy tadbiriy choralardir. Insonning oliy asab faoliyati haqidagi ilmiy tushunchalar paydo bo'lguncha va tibbiyot olamiga I.P.Pavlovning zamonaviy fiziologik ta’limoti tatbiq etilmaguncha davolovchi massaj mahalliy, ya’ni faqatgina kasal a’zoga qo'llanilib kelingan. Organizmdagi a’zolarning bir-biri bilan uzviy reflektor (lotincha - aks etish, retseptorlaming ta’sirlanishiga markaziy asab sistemasi orqali organism tomonidan qaytariladigan javob reaksiyalari) flmksional bog‘lanish hisobga olinmagan. Nosog'lom manbadan tashqarida segmentar ta’sirlar qo‘llanilmagan (L.E. Sherbak ta’limoti). Xuddi shunday massaj klassik massaj deb nomlanadi.
Hozirgi paytda klinik amaliyotda davolovchi massajning yangi — segmentarreflektor yo‘nalishi keng tatbiq etilmoqda. Organizmning segmentar (lotincha — bo‘lak, a’zo yoki boshqa anatomik tuzilmaning bir qismi) tuzilishini e’tiborga olgan holda, orqa miyaning har bir segmentidan chiqqan asab tolalari (o‘zlarining to‘g‘risidagi) ichki a’zolami innervatsiya qiladi (lotincha — a’zo va to‘qimalaming asablar bilan ta’minlanishi). Segmentar-reflektor massaj organizmning muhim hayotiy fimksiyalari, ya’ni modda almashinuvi, ichki sekretsiya faoliyati, oziqlanish jarayonlarini to‘liq regulyatsiya (lotincha — tartibga keltirish) qiladi va normallashtiruvchi (lotincha — o‘lchov, me’yor, miqdor, qoida va h.k.; - to‘g‘ri chiziqli, mo‘btadil, raso) ta’sir etadi. Davolovchi massajning metodikasida segmentar-reflektor yoki nuqtali aurikuloterapiya, suv-jokoterapiya va boshqa turdagi massajlar birgalikda qo‘llanganda ijobiy natija berishi isbotlangan. 4. Segmentar-reflektor massaj Fiziologiya fanining tamoyillari, I.P.Pavlovning nazariy ta’limoti asosida A.E. Sherbak (1903) davolovchi massajniit yangi yo‘nalishi bo‘lgan segmentar-reflektor turini taklif qildi va uning organizmga fiziologik ta’sirini isbotlab berdi. Segmentar-reflektor massaj klinik, sport, sanatoriy-kurort amahyotida keng qo‘llanilayotgan va ynksak samara berayotgan zamonaviy davolash vositalaridan biridir. Organizmdagi hamma to‘qimaga, a’zo va sistemalar bir butun bo'lib, doimo reflektor ravishda o'zaro bog‘liq bo'ladi. Funksiyasi jihatidan a’zolami asab tolalari bilan ta’minlaydigan segmentlarda o'zgarishlar sodir qiladi. Shuning uchun bemorning biror a’zosi kasal bo'lsa, u hech qachon mahalliy bo'lmaydi. Reflektor o'zgarishlar teri, mushak, biriktiruvchi va boshqa to'qimalarda sodir bo'lishi mumkin (birlamchi kasallik manbai). Massaj kasal a’zolarga to'g'ridan-to'g'ri ta’sir qilmasdan, balki ulami asab tolalari bilan ta’minlovchi orqa miyaning segmentlari orqali bevosita ta’sir etadi. Natijada birlamchi kasallik manbai yo'qoladi va xasta a’zoning funksiyasi tiklanadi. Organizmning uzviy bog'liqligi reflekslar (vistserosensor — ichki a’zolarning ta’sirlanishi natijasida teri sezuvchanligining o'zgarishi) yo'li orqali amalga oshib, klinik amaliyotda esa katta ahamiyatga egadir. 1-jadval Ichki a’zolarning segmentar innervatsiyasi № A’zolar Orqa miya segmentlari 1 Yurak aortaning koiaruvchi qismi S3-S4, D1-D8 2 O'pka va bronxlar S3-S4, D3-D9 3 Oshqozon S3-S4, D5-D9 4 Ichaklar S3-S4, D9-L1
5 To‘gYi ichak D11-D12, L1-L2 6 Jigar, o ‘t pufagi C3-C4, D6-D9 7 Oshqozon osti bezi S3-S4, D7-D9 8 Taloq S3-S4, D8-D9 9 Buyrak, siydik yo ‘llari SI, D9-D12 10 Siydik pufagi Dll, L3,S1-S3 11 Prostata bezi D10-D12, L,S1-S3 12 Bachadon D10-L3 13 Tuxumdon D12, L3 Izoh: S-bo‘yin, D-ko‘krak, L-bel, S-dumg‘aza orqa miya segmentlari Ichki a’zokming kasalliklarida teri sezuvchanligining o'zgarish mexanizmi asosida vistserosensor reflekslar yotadi. Sezuvchanlik o‘ta yuqori bo'lgan teri yuzasida og‘riq hissiyotlari paydo bo'ladi, bu sohalar Zaharin-Ged zonalari (yunoncha — ma’lum xususiyatlar bilan ajralib turadigan joy) deb ataladi Rus klinitsisti G.A. Zaharin birinchi bo'lib 1889-yil, vrach Ged 1898-yilda ichki a’zolarning ayrim kasalliklarida terining ba’zi qismiaiida sezuvchanlikning yuqori bo'lishi (giperesteziya) haqida batafsil ma’lumot berdilar. Bunday zonalar paydo bo'lishining fiziologik sababi shuki, ichki a’zolardan kelayotgan og'riqli hissiyotlar simpatik (organism faoliyatini boshqarishda ishtirok etuvchi) asab tolalari bo'ylab orqa miya nosog'lom segmentlarining hujayralariga uzatiladi. Uzatish zonalari orqa miyaning innervatsiya qiladigan segmentlari bilan belgilanadi. Shuning uchun orqa miya nervlarining chiqqan nuqtalariga segmentlar to'g'ri keladi (11-rasm). I — bo'yin bo'limining segmetlari (7 ta); II — ko'krak bo'liminmg segmentlari (12 ta); III — bel bo‘g‘imining segmentlari (5 ta). Og'riqli hissiyotlar orqa miyaning kasal segmenti sohasidagi hamma sezuvchi hujayralami qo'zg'atib uzatiladi. Bunday qo'zg'alishlar qaysi segment bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘sha sohadagi terida aks etadi. Masalan: stenokardiya va kardioskleroz kasalligida og‘riqli hissiyotlar chap qo'lda paydo bo‘ladi, terining giperesteziya sohasi esa yelkaning ichki yuzasida vujudga keladi. Ba’zida reflektor jarayon aksincha jarayon bo'lishi mumkin, ya’ni nosog‘lom manba terining yuzasida bo'lib, ichki a’zolarda og‘riqlar paydo qiladi. Masalan: son va dumba sohasidagi qo'yishlarda og‘riq siydik pufagida kuzatiladi Ichki kasalliklar klinikasida nosog‘lom a’zoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri massaj qilishning iloji bo‘lmagan paytlarida orqa miyaning segmentlariga ta’sir etish orqali davolash usuli katta ahamiyat kasb etmoqda.
Segmentar-reflektor massaj va faol harakat rejimi mashqlari kurort terapiyasida kompleks davolash usullarining muhim yordamchi vositalaridan biri hisoblanadi. Bu massaj jismoniy vazifa (nagruzka) lardan keyingi charchoqni juda tez bartaraf etadi va balneoterapiya (lotincha — hammom terapiya), ya’ni mineral suvlar, baichiqlar bilan davolashning samarasini kuchaytiradi. Segmentlarga ta’sir etishda klassik massajning silash, ishqalash (shtrixsimon, arrasimon, kesmasimon), ezish (ko‘krak sohasini bosish) va vibratsiyaning uzluksiz usullaridan turtish, chayqatish va boshqa turlari juda keng qo'llaniladi Markaziy asab sistemasi, yurak, ko'krak qafasi hamda qo‘llarning tomirlariga ta’sir etish uchun orqa miyaning bo'yin segmenti, tepa ko'krak segmentlarining paravertebral (umurtqa chizig'ining ikki yon tomonlari). Bosh, bo'yin va yoqa sohalari massaj qilinadi Oyoq tomirlari, qorin bo'shlig'i, kichik tos a’zolarining faoliyatini yaxshilash maqsadida orqa miyaning pastki ko'krak, bel, dumhg'aza segmentlari, tos va ko'krak qafasi sohalari massaj qilinadi. Segmentar, reflektor massajda usullar pastdan yuqoriga bir maromda, ohista bajariladi (8rasm). Tananing massaj qilinayotgan sohasidagi mushaklar butunlay bo'shashtirilib va o'rtacha fiziologik holat yaratilib, so'ngra massaj qilinadi. “Segmentar massaj” deganda nafaqat orqa miyaning alohida segmentlari to'g'risidagi ta’sir qilish texnikasi, (yunoncha — chevar; san’at, mohirlik), balki umurtqa pog'onasining anatomiyasini, ya’ni orqa miyaning tuzilishini yaxshi bilish zarurligini ham jiddiy tushunish maqsadga muvofiqdir. Masalan: vegetativ polinevrit, tebratish (lotincha — tebranish) ta’sirida kelib chiqadigan kasbiy kasalliklarning har xil shakl va bosqichlarida yoqa sohasi massaj qilinadi. Oyoqlarda sezuvchanlikning buzilishi tufayli yuzaga keladigan kuchli og'riqlarda oyoq va bel sohalari massaj qilinadi. Segmentaj-reflektor massajning asosiy xususiyatlaridan biri ketma-ket, ya’ni teriga, teri osti va mushaklarga ta’sir qilishdan iboratdir. Mushaklarga ta’sir qiladigan eng asosiy usullardan biri ezish hisoblanadi. Segmentar-reflektor massaj usullarini tanlash, ulami bajarish qoidasi, ta’sirlarning dozasi (yunoncha - miqdor, o'lchov), patologik (yunoncha — azoblanish, kasallik — bilim, tushuncha) jarayonning kechishi va bemorning individual (lotincha individuus — bo'linmas ma’lum bir shaxsga xos) xususiyatlari bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Segmengar-reflektor massajda usullar pastdan yuqoriga, bir maromda, ohista bajariladi. 12-rasm. Tananing orqa sohasida scgmentlar reflector massajning ketmaket, raqamlarga muvofiq bajarilishi (O.Glezer va A.V. Dalixo, 1965).
Ayniqsa, tananing orqa mushaklarini massaj qilayotganda to'qimalarni ko'ndalang, kesmasimon: umumiy, o‘ng va chap yon tomonlar; uzunasiga: yig'ish — yaqinlashtirish, uzoqlashtirish — cho‘zish va bosib ezish usullari ijobiy ta’sirga ega bo'lib, yaxshi samara beradi. Ezish usullarining hammasi pastki segmentlardan tepaga, umurtqa pog'onasining paraver-tebral, qiltiqli o'siqlari oralig'i va ulaming ikki yon tomonlari, qovurg'alar bo'ylab, kuraklarning ichki qirrasidan tashqarisiga qarab bajariladi. Klinik amaliyotda segmentar-reflektor massajning qo'llanishi har bir kasallik uchun alohida, maxsus ishlab chiqilgan va ilmiy isbotlangan hamda differensiyallangan metodikaga asoslangan (12- rasm). 5. Nuqtali massaj Tananing ma’lum nuqtalariga va joylariga har xil ko'rinishdagi tabiiy kuch bilan ta’six o'tkazib davolash talaygina sharq mamlakatlarida (Xitoy, Koreya, Hindiston, Yaponiya, Tibet, Mongoliya va boshqalarda) necha ming yillardan beri qo'llanilib kelinadi. Bu usul mohiyat e’tibori bilan refleks hodisasiga bog'liq bo'lganligi sababU refleksoterapiya (igna bilan davolash, erman bilan kuydirish, elektr yoki lazer nurlari yordamida ta’sir o'tkazish, nuqtali massaj va boshqalar) deb ataladi. Nuqtali massajining segmentar-reflektor massajdan farqi shuki, ta’sirotlar tananing tor, chegaralangan yuza sohasiga beriladi. Bu massaj turi refleksoterapiya usuli sifatida qo'llaniladi. Nuqtali massaj I yoki II, III barmoqlaming yostiqchalari yoki II, III barmoqlaming yarim bukilgan falangalari yordamida tanlangan soha (nuqta)da silash, ishqalash, ezish va tebratish usullari bajariladi. Nuqtali massaj ikki xil bosim kuchi ta’sirida amalga oshirilib, uning tinchlantiruvchi (tormozli) va qo'zg'atuvchi usullari tafovut qilinadi. • Tinchlantiruvchi (tormozli) usulida I, II, I-III barmoqlaming yostiqchalari yordamida tanlangan nuqtada uzluksiz, sekin-astalik bilan yuzaki, aylanma harakatlar bajariladi. Ta’sirlar nuqtaning tubiga yetganda xuddi elektr toki o'tayotgandek qizish, uvushish, yoqimli og'riq, bo'shashish va boshqa shu kabi histuyg'ular paydo bo'ladi, shundan keyin bosimni pasaytirib, barmoqlar ushlab turiladi va yana yuzaki nozik harakatlar bilan massaj qilinadi (2-4 minutgacha). Massaj muolajasi 3-4 marta, qo'lni olmasdan qaytariladi. •Qo'zg'atuvchi usul qisqa, kuchli va barmoqni tezlikda bosib olish bilan amalga oshiriladi. Ta’sir etish vaqti 1- 60 sekundgacha va undan ortiq davom etishi mumkin. Bn massaj bemorlarda individual, kasaffikning klinik kechishini hisobga olgan holda qo'llaniladi. Spazm holatlari, reflektor qo'zg'aluvchanlikning susayishi oqibatida bo'shashgan mushaklarni mustahkamlash. ularda qon aylanish, modda almashinuvini yaxshilash va izdan chiqqan haiaka t funksiyalarini tiklashda nuqtali massaj tezkor vosita sifatida keng qo'llaniladi.
Bu massaj turida nuqtalarni tanlash mushak guruhlarining shikastlanish sohalariga bog'liq bo'ladi. Nuqtalaming joylashuvi to'qimalarning asab ustunlari va tomir-asab tutamlari o'tadigan yo'llariga to'g'ri keladi. Ana shu nuqtalarga ta’sirlar chuqur stabil (lotincha - barqaror, o'zgarmaydigan, bir joyda) ishqalash usullarini qo'llash bilan amalga oshiriladi. Nuqtali massaj usuli bilan davolash ham gimnastika mashqlari ishtirokida olib boriladi. Bolalarda uchraydigan bosh miyaning spastik paralichi (lotincha - falaj-shol), bosh, orqa miyaning jarohatlari va insult (sakta)dan, keyingi buzilishlarda nuqtali massaj bilan davolash juda tez natija beradi. Bunga erishish uchun massajchidan katta tajriba, malaka va mahorat talab qilinadi. Massaj qilinadigan nuqtalar har doim vrach nazorati ostida, kasalliklarning belgilariga qarab, massajchi bilan birgalikda sinchiklab tanlanadi. 6. Kosmetik massaj Kosmetik (yunoncha — bezash san’ati) massaj yuz terisini parvarish qilishda qo'llanadi. Massajnnng bu turi terining qurishi va sho'ralashini bartaraf etib, uni yumshoq, elastik va nafis saqlashga imkon beradi. Kosmetik massaj o'ziga xos usulda, alohida metodika asosida amalga oshiriladi. Massaj paytida teri va mushaklardagi retseptorlar ta’sirlanadi, impulslar asab tolalari orqali markaziy asab sistemasiga uzatilib, javob reaksiyalarini hosil qiladi. Bundan tashqari, terida yuqori faollikka ega bo'lgan; moddalar hosil bo'lib, ular parehalangan oqsil mahsulotlari bilan birgalikda har xil a’zolarga, shuningdek, asab va yurak, qon-tomir sistemasiga ta’sir qiladi, to'qmalarning qon bilan ta’mmlanishi hamda oziqlanishi yaxshilanadi, venalarda qonning oqishi tezlashadi, limfa oqimi yaxshilanadi, yog' va ter bezlarining sekret ajratish faoliyati faollashadi. Massaj teri yuzasini tozalaydi, uni bezlaming, ortiqcha sekretidan va epidermisning muguz hujayralaridan ozod qiladi, natijada teri taranglashadi, yuzning rangi yaxshilanadi. Kosmetik massaj ta’sirida organizmning umumiy holati yaxshilanadi: qon bosimi pasayadi, pulsnint tezligi kamayadi. Massajdan keyin teri harorati va issiqlik tarqalishi ortadi. Kosmetik massaj ikki turga bo‘linadi: ■ Profilaktik kosmetik massaj yuz, bo'yin texisini tarang, ajinsizyaxshi saqlash va boshdagi sochlaming ildizini mustahkamlashda keng qo‘llaniladi. • Davolovchi kosmetik massaj esa kosmetik yetishmovchiliklarni bartaraf etish uchun, kompleks davo choralari bilan birgalikda soch, yuz, bo'yin terisi kasalliklarini davolashda; xirurgik kosmetikada — yuz va tananing tug‘ma hamda orttirilgan nuqsonlarini tuzatish maqsadida plastik operatsiyalarda qo'llaniladi. MASSAJ TURLARI Massajning umumiy va mahalliy turlari qo‘llaniladi. Massaj muolajasi (seansi) deb massajning usullarini qo'llashga nisbatan aytiladi. Umumiy massaj deb, odam tanasining hamma qismini, davomiyligidan qat’iyy nazar, massaj
qilishga aytiladi. Umumiy massajning davomiyligi odamning individual xususiyatlariga (tana og'iriigiga, tana yuzasining katta-kichikligiga, o'lchamiga, mushaklar massasiga va boshqalarga), ish faoliyatiga, kun vaqtiga, massaj turiga, maqsadiga bog‘liq. Tananing ayrim qismlarida o‘tkaziladigan (orqa, qo‘1, oyoq, ko'krak qafasi, bel va h.k.) massaj mahalliy massaj deb nomlanadi. Umumiy va mahalliy massaj usullari bir-birini, ikki Jdshi bir kishini yoki o'z-o‘zini massaj qilganda qo'llanilishi mumkin. Umumiy massaj Turli massaj tizimlarida umujmiy massajga har xil vaqt ajratiladi. Masalan, shved massaj tizimida umumiy massaj 30-35 daqiqa davom etib, oyoqlardan bosh tomonga yo'naltirilgan holda o'tkaziladi; fin tizimida — 40 daqiqagacha, rus tizimida - o'rtacha 45 daqiqa, ayrim holatlarda 60 daqiqa. Butun tananing umumiy massaji vaqtida tananing ayrim qismlari uchun taxminan quyidagi miqdorda vaqt ajratiladi; orqa, bo'yin, yelkaning usti, dumba - 8 daqiqa; oyoqlar — 16 daqiqa (har bir oyoq - 8 daqiqadan, orqa va oldingi yuzalari - 4 daqiqadan); qo'llar — 14 daqiqa (har biri — 7 daqiqadan), ko'krak va qorin sohasi — 7 daqiqa. Vaqtlami bunday taqsimlash shartli bo'lib, massaj maqsadiga qarab, vaqtni qaytadan taqsimlash mumkin. Umumiy massaj silashdan boshlanib, siqish, uqalash, ishqalash, qoqish, silkitish usullari ketma-ket bajariladi. 45 daqiqalik umumiy massaj muolajalarida ayrim massaj turlariga taxminan quyidagicha vaqt ajratiladi: silash, qoqish, tebrantirish, faol va sust harakat mashqlarini bajarishga - 10% (4,5daqiqa); siqish va ishqalash turlariga - 40% (18 daqiqa); uqalash usullariga — 50% (22,5 daqiqa) (13-rasm). Sobiq ittifoq tizimida qo'llajailadigan umumiy massaj quyidagi uslubda o'tkaziladi 13-rasm. Umumiy massaj o‘tkazishda tananing ayrim qismlarini ketma-ket massaj qilish (raqam bilan ko‘rsati!gan) Bu rasmda umumiy massaj o'tkazilishida tananing massaj qilinadigan qismlari ketma-ketligi raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Bu uslub bo‘yicha umumiy massaj orqadan, bo'yinning uzoq qismlaridan boshlanadi. So'ngra yaqin qo'l, yelkaning ichki yuzasini, tirsak bo'g'imi, bilak va tartibda massajni takrorlaydi. Keyin uzoq dumba oluvchi o'z qo'lini bosh tomonga qo'yadi, bu holda yelka, tirsak bo'g'imi, bilak-panja bo'g'imi, kaftning tashqi yuzalari massaj qilinadi. Massajchi qaramaqarshi tomonga o'tib, o'sha sohalarda va tartibda massajni takrorlaydi. Keyin uzoq dumba sohalarida va dumg'azada massaj qiladi. Qarama-qarshi tomonga o'tib, o'sha joylar massaj qilinadi. So'ngra yaqin oyoqning son va tizza bo'g'imida, keyin qarama-qarshi tomonga o'tib oyoqni shu sohalari massaj qilinadi. Keyinchalik esa kambalasimon mushakni va tovon payi massaj qilinadi, qarama-qarshi tomonga
o'tib oyoqning shu sohalarini massaj qilib (tovon, oyoq panjasini osti yuzasi oyoq panjalari oxirrog'ida massaj qilish tavsiya etiladi). Massaj oluvchi chalqanchasiga yotadi. Massaj ko'krakni uzoq tomonidan boshlanadi, so'ngra yaqin qo'l massaj qilinadi, boshqa tomonga o'tib massaj harakatlari uzoq ko'krakda o'tkaziladi. Bundan keyin yuqorida ko'rsatilgan tartib bo'yicha oyoqlar - son, tizza bo'g'imi, boldir va oyoq panjasi massaj qilinadi. Qorinni massaj qilish bilan umumiy massaj tugallanadi. Umumiy massaj maqsadiga ko'ra massajchi eng samarali usullarni qo'llash lozim. Go'dak va yosh bolalarda o'tkaziladigan umumiy sog'lomlashtiruvchi massaj o'ziga xos xususiyatlarga ega. Massaj 2-3 haftalik go'daklarda, gimnastika mashqlari esa 1,5 yoshga to'lgan bolalarda o'tkazilishi tavsiya etiladi. Massaj vaqti 2-3 daqiqadan asta-sekin uzaytirilib, bola bir yoshga to'lganda 15 daqiqagacha davom etishi mumkin. Yosh bolalarda ham quyidagi massaj usullari — silash, ishqalash, uqalash, qoqib qo'yish va tebrantirish usullari qo'llaniladi. Massaj mayinlik bilan kuch ishlatmasdan o'tkaziladi. Silash usuli kaft barmoqlari, bitta barmoq yuzalari bilan bajariladi. Qoqish va tebrantirish usullari ham barmoqlar bilan bajarilishi lozim. Massaj harakatlari limfa va vena tomirlari yo'nalishi tomonga bajariladi. Massajchi massaj oluvchining oyoq tomonida turadi. Umumiy massaj bajarilishi uchun bolalar chalqanchasiga yotadi. Birm-ketin qo'l, oyoq, ko'krak, qorin massaj qilinadi, so'ngra bolani qomi bilan yotqizib tananing orqasi massaj qilinadi. To'rt yoshdan oshgan bolalarda umumiy massaj kattalardagi kabi bajariladi. Tananing ayrim qismlari massaji (mahalliy massaj) Mahalliy massajning davomiyligi massaj olinadigan joyga, massaj turiga va massaj maqsadiga bog‘liqdir. Masalan, kaftning kattabarmog'i bo‘g‘imini 2-3 daqiqa davomida massaj qilinsa, tananing orqa qismi 20-25 daqiqa davomida massaj qilinadi. Mahalliy massaj mukammal bajarilishi bilan umumiy massajdan farq qiladi. Mahalliy massaj o'tkazilishida barcha massaj usullari ketma-ket ravishda (silash, siqish, uqalash, qoqib qo'yish, tebrantirish) qo'llaniladi. Har bir massaj usulining oralig'ida, albatta, silash usuli o'tkazilishi lozim. Bo'g'imlarni massaj qilishda silash usulidan keyin ishqalash usuli bajariladi. Harakat mashqlarini bajarishdan oldin, mushaklaming ish faoliyatini oshirish maqsadida uqalash usullari qo'llanilishi zarur. Mahalliy massaj doimo silash bilan tugatiladi, massaj qilingan qo'l va oyoqlar tortib tebrantirish usuli bilan yakunlanadi. Malakali massajchi massaj oluvchi kishiga moslashtirilgan massaj metodikasini tanlashi lozim. Shu bilan birga, har bir massaj usulini o'tkazishda umumiy qonunlarga amal qilinadi. Dastlabki yuzaki joylashgan to'qimalar yengil va mayin massaj qilinadi. Muolaja boshlanishida qisqa muddatli bo'ladi. Keyinchalik massajning kuchi va davomiyligi asta-sekin oshirib boriladi.
Orqani massaj qilish. Massaj silash usuli bilan boshlanadi. Bu usul ikki qo‘1 bilan, har bir qo'l o'z tomonini silaydi (13-rasmga qaralsin) va ikki qo'l bilan ketma-ket silash tarzida, bir yoki ikki qo'l bilan (20-rasmga qaralsin) bajariladi. Siqish usullari ko'ndalang kaft qirrasi bilan bajariladi (29-rasmga qarang). Awal orqaning uzun mushaklari, keyin esa serbar mushaklari massaj qilinadi. Uqalash usullari orqaning uzun mushaklarida bir qo'l bilan (40-rasmga qaralsin); to'rt barmoq yostiqchasi bilan bukilgan barmoqlar falangasi bilan (51rasm) doira shaklida; ikkinchi qo'l yordamida (52-rasm); kaftning asosi bilan doira shaklida o'tkaziladi.Uzun mushaklarini uqalab, orqaning serbar mushaklariga o'tiladi. Bu erda bir qo'l bilan oddiy uqalash (40-rasmga qaralsin), ikkinchi qo'l yordamida bajariladigan uqalash (43-rasmga qaralsin), qo'sh halqasimon uqalash (44-rasmga qaralsin) turlari qo'llaniladi. Kurak osti bir qo'l bilan oddiy uqalash tarzida uqalanadi. Bundan so'ng mushaklar silkitib-silkitib bo'shashtiriladi. Zarur bo'lganda, qoqish usullari ishlatiladi, so'ngra ishqalash usuliga o'tiladi. Ishqalash bel qismidan boshlanadi. Bu muolajani to'rt barmoq yostiqchalari bilan (67-rasmga qaralsin), bukilgan barmoqlaming yuzasi bilan va ikkinchi qo'l yordamida bajarish mumkin. So'ngra qovurg'alar orasida to‘rt barmoq yostiqchalari bilan to'g'ri chiziq, ilon izi, doira shaklida, ikki qo'l bilan ketma-ket ravishda bajariladigan ishqalash usullari qo'llaniladi (68-a,b-rasmga qarang). Trapetsiyasimon mushaklar fassiyasida (umurtqa pog'onasi bilankuraklar o'rtasi) to'rt barmoq yostiqchalari, bukilgan barmoqlar yuzasi, katta barmoq yostiqchasi bilan ishqalash usullari o'tkaziladi. Yelka bo'g'imi to'rt barmoq yostiqchalari, katta barmoq yostiqchalari bilan ishqalanadi. So'ngra kurak osti kaft qirrasi yoki yozilgan (katta barmoq va ko'rsatkich barmoq yuzasi bilan) kaft bilan ishqalanadi (87-iasmga qarang). Katta barmoq yostiqchalari bilan (82, 83-rasmlarga qarang) yoki ikkinchi, uchinchi barmoq yostiqchalari bilan umurtqa pog'onasi bo'ylab ishqalash usuli o'tkaziladi. Orqa sohaning massaji qo'l kaftining asosi bilan ilon izi shaklidagi ishqalash bilan tugatiladi. Bo'yinni massaj qilish. Massaj oluvchi yotgan va o'tirgan holatida o'tkaziladi. Massaj oluvchi o'tirgan bo'lsa, massajchi uning orqa tomonidan turib hamma massaj usullarini bajaradi. Yotgan holatda silash, ishqalash kabi usullar o'tkaziladi. Bo'yinning orqa sohasida katta barmoq do'mboqchasi bilan yoki kaft qirrasi bilan yuqoridan pastga yo'naltirib, kaftni ko'ndalang qilib siqish usuli bajariladi. Bo'yin mushaklari oddiy, xalqasimon, bir qo'l yoki ikki qo'l bilan bajariladigan uqalash uslubida massaj qilinadi. So'ngra to'rt barmoq yostiqchalari bilan, katta barmoq yostiqchasi bilan, ikki qo'l bilan navbatma-navbat ishqalash usuli ensa suyagiga
yopishgan mushaklar massaji uchun qo'llaniladi. Bundan keyin umurtqa pog'onasining bo'yin qismida ishqalash usuli o'tkaziladi. Bir qo'lning katta barmoq yoki ikkinchi va uchinchi barmoq yostiqchalari umurtqa pog'onasining ikki yoniga qo'yilib, umurtqa pog'onasining ko'ndalang o'siqlari ustida doira shaklida ishqalash usuli o'tkaziladi. Bo'yin bilan har xil harakat mashqlarini bajarish va uni silash bilan massaj tugatiladi. Boshni massaj qilish. Massaj oluvchi o'tirgan holatda bo'ladi. Massaj harakatlari sochning o'sish yo'nalishi bo'yicha bajariladi. Awal peshona va ensa sohalari 3-4 marta silanadi, so'ngra boshning yon tomonlari boshning yuqorisidan quloqqa tomon yo'nalgan holda 3-4 marta silanadi. Silash usuli bajarilgan yo'nalishlari bo‘ylab, kaftning qirrasibilan siqish usuli o‘tkaziiadi. Boshning oldingi yuzasida (peshona) va yon tomonlarida (chakka) kaftning bosh barmoq tomonidagi qirrasi bilan siqish usuli o'tkaziladi. Bo‘sh qo'l bilan bosh ushlab turiladi. Muolaja 3-4 marta silasli usuli bilan almashtirilib o'tkaziladi. Ishqalash usullari shu yo'sinda, ammo birmuncha kuch bilan terini joyidan siljitgan holda o'tkaziladi. Bunda ishqalashning barcha usullari qo'llaniladi. Tizza bo‘g‘imini ishqalash. Tizza bo'g'imining orqa va oldyuzalarida ishqalash usullari bajariladi. Muolaja orqa yuzasi konsentrik shaklda bajariladigan silash bilan boshlanadi. So'ngra bo'g'imning yon tomonlarida ishqalash usullarining boshqa turlari qo'llaniladi. Tizza bo'g'imidagi massaj konsentrik silash, faol-sust harakat mashqlarini bajarish bilan tugaydi (58-rasmga qarang). Tizza oldi yuzasida ishqalash turlari ham o'tkaziladi. Tizza qopqog'ida siljitish usuli o'tkaziladi. Buning uchun massajchi qo'l kaftini tizza qopqog'i ustiga qo'yib, ikkinchi qo'lini uning ustiga joylashtiradi. 2-3 marta chap va o'ng tomonga siljitish harakatini bajaradi. Silash va turlicha harakat mashqlarini bajarish bilan massaj tugatiladi. Tananing boshqa qismlari shunga o'xshash tartibda massaj qilinadi. MASSAJ TIZIMLARI Massaj usullarining o'ziga xosligi, massaj harakatlarining yo'nalishi — massaj tizimi deb ataladi. Massaj nazariyasi va amaliyotida ma’lum bo'lgan bir qancha: shved, rus, xitoy, turkiy (sharq) massaj tizimlari bor. Sport va tibbiyot sohasida ms, fin, shved massaj tizimlari ko‘proq qo'llaniladi. Turkiy massaj (ko'pincha, sharq massaji deb ataluvchi) tizimi juda qadimdan ma’lum bo'lib, undan hanuz foydalaniladi. Bu massaj turi haddan tashqari dag‘al, qattiq va kuchli bo'lib, qo‘1 va oyoqlar yordamida shiddat bilan bajariladi. Undan ko‘proq hammomlarda foydalaniladi. Shved massaj tizimi. XIX asrda P. Ling shved massaj tizimiga asos solgan. 1813-yilda Stokgolmda massaj va davo gimnastikasi Davlat instituti tashkii qilindi. Bu institutni tugatgan talabalar boshqa mamlakatlarda massaj maktabini ochdilar.
Shved massaj tizimi silash, ishqalash va harakat usullaridan tarkib topgan, bunda eng asosiy e’tibor bo‘g‘imlarni massaj qilishga qaratilgan. Shved massaji tizimida vaqtning 60-70 foizi ishqalashga, 30-40 foizi harakatlarga (faol, sust), 5-7 foizi silashga ajratiladi. Shved tizimidagi massaj klassik usullardan farq qilib, jadalroq sur’atda bajarilib, chuqur, to‘qimalargacha, hatto suyakkacha etib boradi. Bu massaj turini vazifasi qon va limfa aylanishi yaxshilashga intilish emas, balki teri ostidagi qattiqlikni (qotib qolgan qattiq joy) ishqalash, mushaklarning nervtomir tugunlami cho‘zishdan iborat. Massaj harakatlarining yo'nalishi qo‘1 va oyoqlarda yuqoridan pastga qaratilgan bo‘lib, markazga intiluvchi qon va limfa harakatlariyo‘nalishiga qarama-qarshi bajariladi. Masalan: qo‘lni elkv va bilak qismi alohida — alohida, yuqoridan pastga qarab massaj qilinadi. Oyoqlar ham xuddi shu usulda massaj qilinadi. Hozirgi vaqtda shved mutuxassislari ms sistemasidagi ko‘pgina usullami qo‘llaydilar. Sobiq Ittifoq davridagi massaj tizimida ham bo‘g‘imlat massaji va har xil harakatlar amalda qo'llaniladi. Fin massaj tizimi. Massaj vaqtida harakat yo'nalishi oyoqdan bosh tomonga qaratiladi, bu kam samaralidir, hammomlarda fin massaji ishlatilmaydi. Sport amaliyotida fin massaj tizimidan eshkak eshish, boks, kurash, og‘ir atletika kabi sport turlarida foydalanish yaxshi natija bermaydi. Ammo yassi mushaklar (orqaning uzun mushaklari, bilakni yozuvchi mushaklar, boldirning oldi yuzasida joylashgan mushaklar)ni massaj qilish yaxshi natija beradi. So‘nggi yillarda fin massaj tizimi yangi usullar hisobiga ancha boyitilgan. Sobiq Ittifoq massaj tizimi. Bu tizimning asoschisi, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, meditsina fanlari doktori, professor I. M. Sarkizov-Serazini hisoblanadi. I.M. Sarkizov-Serazini massajning nechog'li ahamiyatli ekanini asoslab bergan. U massajning nazariy, amaliy va pedagogic jihatlarini targ‘ib qilishga katta hissa qo'shgan. Massaj usullari Massaj amaliyotida asosan uch xil usul ishlatiladi: qo'l, apparat, aralash va ayrim hollarda oyoq usuli qo‘llanilidi. Massajning qo‘l usuli (klassik usuli) qadimdan ma’lum bo'lib, boshqa usullaming asosidir. Hozirgi vaqtda asosan, qo'l usuli qo'llaniladi, chunki qo'l yordamida a’zo va to'qimalarga beriladigan ta’sirotni o'zgartirib turish mumkin. Massajning apparat usuli (turli mexanik moslamalar yordamida). Qadim zamonlarda massaj jarayonini yengillashtirish uchun har xil buyumlar, moslamalar qo'llanUgan. Masalan, qadimgi Yunonistonda qashlag'ichlar, Yaponiyada tayoqchalar, O'rta Osiyoda bir tomoni to'mtoq yassi yuzalik moslama, yirik va mayda tishli qattiq yog'och taroqlari (bosh og'rigan holatlarda), Rossiyada
hammomlarda har xil daraxtlarning novdalaridan boylamlar qo'llaoilgan. Hoziigi vaqtda zamonaviy massaj apparatlari keng qo'llanilmoqda. Massajning oyoq usuli — asosan sharq mamlakatlari va Afrikada keng qo'llaniladi. Ko'p hollarda massajning qo'l usuli bilan qo'shib olib boriladi. Massaj usulini (oyoq bilan tepib qo'yish) – kundalik hayotda ota-bobolarimiz charchoqni tarqatish, ish qobiliyatini oshirish, davolanish niyatida amalda qo'llab kelganlar. Oyoq massaji qon oqimi bo'ylab va qon oqimiga qarshi yo'nalishda bajariladi. Bu xil massajni uqalash siqish, bo'g'inlami massajchi yordamida haxakat yo'li bilan bajaradilar. Hamma usullarni qo‘shib massaj qilish. Massajning bu usulida qo'l, maxsus moslamalar va oyoq massajlari birgalikda qo'llanilishi mumkin. Bunda awal qo'l bilan qilinadi, so'ngra moslamalar yordamida yoki oyoq bilan bajarilib, yana qo'l bilan massaj qilib yakunlanadi.
Logopedik ritmikaning ob`ekti, predmeti va vazifalari. Reja 1. Logopedik ritmikaning ob'ekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Boshqa fanlar bilan bog’liqligi 2. Logoritmikaning predmeti maqsadi va vazifalari. 3. Logopedik ritmikaning umumiy masalalari 4. Logopedik ritmikaning tamoyillari va usullari 5. Logopedik ritmikada usullar va yo’llar 6. Rivojlanishida nuksoni bor bolalar bilan olib boriladigan logoritmik ishlar. Tayanch tushunchalar 1. Anomaliya – (grekcha anomalos – noto`g`ri, notekis so`zidan) – anatomik, fiziologik va psixik funksiyalarning normal rivojlanmaganligiga asoslangan nuqson. 2. Didaktik o`yin – bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga mos keladigan ta`lim berish metodidir. 3. Logopediya termini grekcha loges (so`z, nutq) peydeo (tarbiyalayman, o`qitaman) ya`ni «nutqni tarbiyalash» ma`nosini anglatadi. 4. Kompensasiya – o`rnini qoplash. Biror psixik funksiya qisman yoki to`la ishdan chiqqanda, uning vazifasini boshqa kuchli rivojlangan sog` funksiyalar bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Волкова Г.А. Логопедическая ритмика. - М.: Просвещение, 2003. 2. Ayupova M.Y. Logopediya - T.: 0‘zbekiston faylasuflar jamiyati, 2007 3. Axmedova Z., M.Ayupova, M.Xamidova. Logopedik o‘yin, - T.: Faylasuflar, 2013
Logopedik ritmika kursining asosiy maqsadlari turli nutq buzilishlariga ega bo`lgan shaxslarning umumiy va nozik motorikasi buzilishlari xususiyatlari, reabilitasiya metodikalari tizimidagi logoritmik (musiqali ritmik) tarbiya tamoyillari va usullari haqida, shuningdek harakat analizatorining faoliyati haqida umumiy tarzdagi bilim va tushunchalar berishdan iborat. Logopedik ritmikaning vazifasi bolalar nutqidagi kamchiliklarni korreksiyalash maqsadidagi musiqa, ritm va harakat uyg`unligining xususiyatlari va o`ziga xosligi haqidagi tasavvurlar, shaxsni rivojlantirish va tarbiyalashda musiqali ritmikadan foydalanish malakalari bilan qurollantirishdan iborat. Logopedik ritmikada bolalarda uchraydigan nutqiy kamchiliklarning turlitumanligi va o`ziga xos jihatlarini; Nutq, harakat nuqsonlarini logoritmik vositalar orqali bartaraf etish yo`nalishlarini asoslay olish: Logopedik ritmika mashg`ulotlari uchun didaktik materiallar va didaktik o`yinlarni tanlay bilish davolov ritmikasining asosiy bo`g`ini, korreksiyalash-tarbiyalashdagi ta`sir vositasi ko`rib chiqiladi. Logopedik ritmikaning umumiy masalalari logopedik ritmikaning predmeti Logopedik ritmika faol terapiyaning o`ziga xos shakllaridan bo`lib, o`quv fani va uslubining majmuiga ta`sir vositasi hisoblanadi.
Logopedik ritmikaning dastlabki tushunchasi so`z, musiqa va harakatning uyg`unlashuviga asoslangan. Ko`rsatilgan komponentlarning o`zaro munosabati ulardan birining yoki ular orasidagi aloqaning ustunligi bilan turli-tuman bo`lishi mumkin. Logopedik ritmikaning ikkinchi tushunchasi uning istalgan reabilitasion uslubiga tarbiya, ta`lim va turlicha anomaliyali rivojlanish hamda nutq buzilishi bo`lgan odamlarni davolashni kiritishni shart qilib qo`yadi. Logopedik ritmika o`quv fani sifatida talabalarning bilimini korreksion ishlar uslubi bilan boyitadi. Logopedik ritmikaning ob`ekti nutqiy nuqson, nutqida patologiyasi bo`lgan shaxslarda nutqiy buzilishlar va nutqqa taalluqli bo`lmagan psixik funksiyalar tuzilmalari hisoblanadi. Predmeti – psixomotorli, sensor funksiyalar va harakat tizimining turli-tuman buzilishlarini musiqa hamda so`z bilan uyg`unlashtirish. Maqsadi – nutqiy buzilishlarni nutqiy va nutqiy bo`lmagan psixik funksiyalar va yakuniy natijada insonning tashqi va ichki muhitga moslashuvini korreksiya qilish hamda rivojlantirish yo`li bilan bartaraf etish. Logopedik ritmikaning vazifalari sog`lomlashtiruvchi, ta`limiy (anglash), tarbiyalovchi, korreksiyalovchi sifatida belgilanadi. Nutqida buzilishi bo`lgan odamlarda sog`lomlashtiruvchi vazifani hal qilish natijasida suyak-muskul apparatlari mustahkamlanadi, nafas olish, motor, sensor funksiyalar rivojlanadi, muvozanat tuyg`usi, to`g`ri qad-qomat, qadam tashlash, chiroyli harakat tarbiyalanadi. Ta`lim beruvchi vazifaning amalga oshirilishi harakat malakasi va ko`nikmasining shakllanishiga, makon tasavvurlari va qobiliyati ixtiyoriy ravishda borliqda boshqa odamlar va predmetlarga nisbatan siljish, epchillik, kuch, chidamlilik, bir harakatdan boshqasiga o`tish, harakatlarning uyg`unlashuvi, tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanishiga imkon beradi. Ta`limiy vazifalarni amalga oshirishda nutqiy patologiyasi bo`lgan odamlar metroritmika, musiqiy madaniyat, musiqiy idrok va ta`sirchanlik sohasidagi nazariy bilimlarni o`zlashtiradilar. Tarbiyaviy vazifalarni hal qilish nutqiy patologiyasi bo`lgan odamlarda aqliy, ma`naviy, estetik va mehnat tarbiyasida yordam ko`rsatadi. Tarbiyaviy vazifalarni hal qilish aynan quyidagilarga ko`maklashadi: • ohangni sezish, musiqada, harakatda va nutqda ohang ta`sirchanligini his qilish qobiliyatini rivojlantirish; • musiqiy obrazlar va malakani ushbu obraz bilan mos ravishda ohangli, ta`sirchan harakatlantira olish qobiliyatini rivojlantirish, ya`ni yangicha shakl olishni uddalash, badiiy-ijodiy qobiliyatni ko`rsata olish; • ijobiy shaxsiy sifatlar, jamoatchilik tuyg`usi, turli faoliyat turlarining qoidalarini o`rganish va boshqalarni tarbiyalash. Mashg`ulotlarning korreksion yo`nalishi nutqiy buzilishlar mexanizmi va tuzilmalarini, logopedik ishning bosqichliligi va majmuaviyligini hisobga olishni shart qilib qo`yadi. Logoped patsientning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini, uning harakat tizimi holatini, nutqiy va nutqiy bo`lmagan jarayonlarning buzilish
xarakteri va darajasini: praksis, gnozis jarayoni, eshitish va ko`rish idroki, diqqati, xotirasi va h.k. larni inobatga oladi. Bu barcha topshiriqlar maxsus muassasa turiga bog`liq: nutqiy bolalar bog`chasi; ommaviy bolalar bog`chalaridagi nutqiy guruh, bolalar uyida – maktabgacha muasasa, maktab; ommaviy umumta`lim maktablaridagi logopedik punkt; bolalar, kattalar poliklinikalarida, psixonevrologik dispanserlardagi logopedik kabinetlar; stasionar, yarimstasionar, sanatoriya.
LOGOPEDIK RITMIKANING TAMOYILLARI VA USULLARI Logopedik ritmika pand-nasihat va o`ziga xos tamoyillarga quriladi. Ular o`zaro bog`langan va tarbiya, rivojlanish va nutqida buzilishi bo`lgan odamlarning funksional tizimi korreksiyasining yagonaligini belgilaydi. Umumdidaktik tamoyillar. Tizimlilik tamoyili logopedik ritmikaning butun kursi materialini, nazariy holatlar va ularning amaliy ishlanganligini ketma-ket bayon etishni shart qilib qo`yadi, kurs mavzularini yortish va uning ichidagi materiallarni taqsimlashni belgilaydi. Bu tamoyil turli-tuman nutqiy patologiyasi bo`lgan shaxslarga nisbatan foydalaniladigan tadbirlarning barcha logopedik va logoritmik majmui uchun majburiy hisoblanadi. Tizimlilik uzluksizlikda, muntazamlikda, turlicha nutqiy buzilishlarda (harakatlanish doirasi, mimikaviy muskullari, nozik ixtiyoriy motorika, eshitish diqqati, nutqiy eshitish qobiliyati, nutqning prosodik komponentlari va h.k.) u yoki bu funksiyalarni tarbiyalash va qayta tarbiyalash, rivojlantirish uchun ma`lum bir korreksion jarayonning rejalashtirilganligida o`z aksini topadi.1 O`z xarakteri bo`yicha logoritmik mashqlar (ertalabki harakatli nafas-ovozli zaryadka, relaksasiyaga mashqlar, unli tovushlar va qisqa qo`shiqlarni kuylash, harakat va nutq ritmining uyg`unligiga mashqlar va h.k.) bolalar va kattalarni belgilangan avaylaydigan-sog`lomlashtiruvchi tartibga o`rgatadi. Muntazam ravishda olib borilgan logoritmik mashg`ulotlar ta`siri ostida organizmda va psixomotorikada turli tizimlarning ijobiy qayta qurilishi sodir bo`ladi, masalan, yurak-qon tomir, nafas olish, harakatlanish, nutqiy harakatlanish, sensor va boshqalar. Logoritmik korreksiya ishlab chiqilgan harakatlanish malakalarini takrorlab turishni talab qiladi. Faqatgina sistematik ravishda ko`p marotaba takrorlash orqaligina sog`lom harakatlanishning dinamik stereotiplari yuzaga keladi. Samarali takrorlash uchun o`zlashtirilganlarni takrorlash jarayoni variativ xarakter olishi: mashqlarni, bajarish shartlarini, usullarning turli-tumanligi, mashg`ulotlarning mazmunidagi farqlarni o`zgartirish uchun yangilari bilan uyg`unlashtirish zarur. Mashqlarning variativligi mo`ljalli-tadqiqot refleksini, qiziqish, hissiyotni uyg`otadi, E`tiborni oshiradi. Ishlab chiqilgan dinamik stereotipga yangi qo`zg`atuvchilarni kiritish asta-sekinlikka amal qilish sharti bilan, shiddatli o`zgarishlarsiz amalga oshirilishi darkor. I.V.Pavlov ta`kidlashicha, pedagogika
1 Волкова Г.А. Логопедическая ритмика. - М.: Просвещение, 2003.
(demak, logopedik ritmikada ham) asta-sekinlik va mashq qilish (trenirovka) ni asosiy fiziologik qoida deb hisoblash zarur. Onglilik va faollik tamoyili. Nutqiy buzilishi bo`lgan shaxslarni logoritmik tarbiya va qayta tarbiya jarayonida bolalarning, kattalarning (maktab yoshidan boshlab duduqlanuvchi bolalarga nisbatan) o`z faoliyatiga ongli va faol munosabatigatayanish muhim. Bolaning mustaqil, faol harakati berilgan topshiriqning unda qiziqish uyg`otishiga, uning ongli idrokiga, maqsadni tushunishi va bajarish qobiliyatiga bog`liqdir. Logoritmik mashg`ulotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarning faolligi pedagogning hissiyotchanligi, musiqaning obrazliligi, turlicha o`yinlar yoki o`yin usullari va mashqlari bilan rag`batlantiriladi. Maktab va undan katta yoshda esa, bundan tashqari, to`g`ridanto`g`ri yo`riqnoma (buyruq, musobaqa elementlari, mukofotlash va h.k.) lardan foydalaniladi. Aniqlik tamoyili insonni bevosita atrofdagi borliq bilan bog`lab turuvchi barcha analizatorlar ko`rsatkichining o`zaro keng ta`sirini shart qilib qo`yadi. Istalgan bilim hissiy idrokdan boshlanadi. So`z va musiqa bilan uyg`unlikda harakatlarning shakllanishi, ularning o`zaro bog`liqligini o`rganish barcha retseptorlar: ko`rish, eshitish organlari vestibulyar, proprioseptiv, harakatlanish apparatlari va boshqalar ko`rsatkichi bilan amalga oshiriladi. Funksiyalarning buzilishida korreksiya maqsadida aniqlik tamoyili pedagog tomonidan harakatlarni ko`rsatish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bevosita ko`rish aniqligi estetik idrok, harakatning aniq tasavvuri, to`g`ri harakatlanish hissi va uni yuzaga chiqarish istagining tug`ilishiga mo`ljallangan. Bevosita aniqlikdan tashqari, bevosita idrokdan (masalan, afaziyali kasallar, duduqlanuvchi kattalar bilan ishlashda kinofilьmlar, harakatlanish grafigi, magnitofon yozuvlari, musiqiy asarlardan foydalanish) yashirin bo`lgan harakatning alohida detallari va mexanizmlarini tushuntirish zarur bo`lganda bilvosita aniqlik ham katta rol o`ynaydi, harakatlanish tasavvuri bilan bog`liq bo`lgan va harakatning aniq bir obrazini tug`diradigan obrazli so`z ham katta ahamiyatga ega. Aniqlikning bunday o`zaro aloqa shakli anglashning hissiy va logik bosqichining birligi, birinchi va ikkinchi tizimning o`zaro harakati bilan ta`riflanadi. Tushunarlilik va individualizasiya tamoyili nutqida buzilishi bo`lgan shaxslarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olishni ko`zda tutadi. U kattalar va bolalarning fiziologik va biomexanik jihatdan turlicha rivojlanishlari, logoritmik mashg`ulotlar qurilishiga turlicha uslubiy yondoshuvlar, turlicha vositalar, shakllar ta`siri va h.k. Tushunarlilikning maqbul chorasi nutqiy buzilishi bo`lgan shaxslarning yosh va harakatlanish imkoniyatlari, nutqiy buzilishning ular shaxsiga ta`siri va topshiriqning murakkablik darajasi bilan aniqlanadi. Tushunarlilikning shartlaridan biri harakatlanish, nutqiy va musiqiy topshiriqlarning vorisligi hisoblanadi. Bunga amaliy jihatdan korreksion kurs davomida materialni to`g`ri taqsimlash bilan erishiladi. Turlicha og`zaki-musiqiyharakatlanish uyg`unligini ketma-ket o`zlashtirish va patsientlardagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda barcha harakatlanish va nutqiy harakatlanish tizimini uyg`unlashtirish va takomillashtirish qobiliyati rivojlanadi. Patsient unga
bog`liq vazifalarga kuchi yetsa, bu vazifalar organizmning funksional imkoniyatlaridan oshib ketmasa, ya`ni yosh va individual xususiyatlariga mos kelsa, unda talabni kuchaytirish ijobiy natijalarga olib keladi. Individualizasiya tamoyillariga amal qilish uchun zaruriy shart patologik jarayon xarakterini: etiopatogenetik, simptomatik, tashhisiy tekshiruv, shuningdek, shug`ullanuvchining reabilitasion imkoniyatini aniqlash daslabki oydinlashtirishdan iborat. Individual yondoshuv yuqori asab tizimi faoliyati, yoshi, jinsi, kasbi, harakatlanish maqomi turlarini ham hisobga olishni ko`zlaydi. Talabni asta-sekin oshirish tamoyili shug`ullanuvchilar oldiga birmuncha murakkab bo`lgan yangi topshiriqlar qo`yishni belgilaydi: harakatlanish, musiqiy, og`zaki. Ularni bajarish jarayonida harakatlanish malakasi va ko`nikmasi kengayadi va boyiydi, ixtiyoriy va nutqiy motorika takomillashadi, nutq tempi va ohangi berilgan musiqiy temp va ohangga muvofiq ravishda normallashadi. YAngi topshiriqqa o`tish shakllangan malakalarning mustahkamlanishiga ko`ra astasekinlik bilan amalga oshiriladi. Bola (kattalar) ning harakatlanish doirasida unga nutqiy faoliyatni ham boshqarishga yordamlashuvchi moslashuvchan qayta qurish ro`y berishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi. Barcha ko`rib chiqilgan umumdidaktik tamoyillarni ularning o`zaro aloqasi bo`lgan sharoitdagina amalga oshirish mumkin. O`ziga xos tamoyillar. Rivojlanish tamoyili ko`pgina parametrlarni inobatga olishni ko`zda tutadi: nutqiy buzilishi bo`lgan inson shaxsining rivojlanishi; patologik nutqiy bo`lmagan va nutqiy jarayonlarning o`zini; saqlangan funksional tizimlar va nutqida buzilishi bo`lgan odamning organizmida, harakatlanish doirasida va nutqida bo`ladigan o`zgarishlar. Rivojlanish tamoyili aqliy, ma`naviy, estetik va sensor tarbiyaning harakatlanish faoliyati jarayonida bir vaqtning o`zida amalga oshirilishini shart qilib qo`yadi. Har tomonlama ta`sir tamoyili butun organizmga ta`sir ko`rsatadi. Ritmik va logoritmik vositalar organizmning umumiy malaka hosil qilishini ko`taradi, organizmning funksional tizimlariaro yangi o`zaro munosabatni yaratgan holda asab reflektorlari mexanizmini boshqarishni takomillashtiradi. Etiopatogenetik tamoyil nutqiy buzilishning patogenezi va sababiga bog`liq ravishda logoritmik mashg`ulotlarning differensiasiyalangan qurilishini tushuntiradi. Duduqlanishda, dislaliya, dizartriya, rinolaliya, afaziya va boshqa buzilishlarda mashg`ulotlar turlicha tuziladi. Masalan, duduqlanishda logoritmik mashg`ulotlar motor buzilishlarini korreksiyalashga, diqqatni, tormoz qurilmalarini, ixtiyoriy axloqni, nutqiy va umumiy motorika aro aloqani, duduqlanuvchining nutqiga tegishli maxsus vositalar ta`sirini tarbiyalashga yo`naltirilgan; rinolaliyada esa eshitish diqqatini, og`iz va burun nafas olishni differensiasiyalash, burunlashishni olib tashlash va h.k. larni tarbiyalashga alohida E`tibor qaratiladi. Simptomatikani hisobga olish tamoyili nutqiy patologiyasi bo`lgan odamlarning jismoniy imkoniyatlarini, duduqligi, alaliya, paralich va parezi (yoki boshqa asabiy simptomatikasi) bo`lgan, alaliyada, afaziyada, dizartriyada, tayanchharakat apparatida buzilishi bo`lgan bemorlarning harakatdagi cheklanishi qisman yoki o`rtacha darajada namoyon bo`lgan bolalarning darmonsizlanishini aniqlaydi.
Komplekslilik tamoyili logopedik ritmikaning tibbiy-psixologik-pedagogik ta`siri va musiqiy faoliyatning asosiy turlari (musiqani tinglash, kuylash, musiqiyritmik harakat va h.k.) bilan aloqani ko`zda tutadi. Masalan, duduqlanuvchilar bilan logoritmik mashg`ulotlarda psixoterapiya seanslari vaqtida va logopedik mashg`ulotlarda ular olgan ko`rsatmalarga tayanish yoki dizartriyasi bo`lgan bolalarda dorilar terapiyasi yoki fizioterapiyadan keyin me`yorga yaqinlashuvchi muskullar tonusi holatidan foydalanish lozim. Logopedik ritmikaning usullari Logopedik ritmika o`rganadigan savollar doirasi yetarli darajada kengdir. SHuning uchun tadqiqotda pedagogik usullar bilan bir qatorda tutash fanlar – sosiologiya, psixologiya, fiziologiya va boshqa fanlarda foydalaniladigan usullar ham qo`llaniladi. Logopedik ritmikada adabiy ma`lumotlar, pedagogik tekshiruv va tajribalarni umumlashtirish hamda tahlil qilish usulidan foydalaniladi. Adabiy ma`lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish usuli. Logopedik ritmika bo`yicha har qanday tadqiqot bibliografiya bilan tanishishdan boshlanadi. Tadqiqotchi muammolar bo`yicha adabiy manbalarini tizimlashtiradi, har bir muammoning ichida material muayyan bo`lim bo`yicha bo`lib chiqadi. Adabiy manbalarni umumlashtirish va tahlil qilish nafaqat nazariy, balki eksperimental tadqiqotlarda ham qo`llanadi. Nazariy tadqiqotda bu usul yagona bo`lishi mumkin, chunki aynan uning yordamida masalan, u yoki bu korreksion usul, u yoki boshqa reabilitasion uslub qanday shakllanishini kuzatish mumkin. Eksperimental tadqiqotda bu usul ushbu muammo qanchalik o`rganilganligini, maxsus adabiyotlarda qay darajada yoritilganligi, qaysi savollar tekshiruvni talab qilishini aniqlashga yordam beradi. Logopedik ritmika uchun muhim bo`lgan ko`pgina ma`lumotlarni logopedlar, maktabgacha tarbiya muassasalari va maktab tashkilotlari xodimlari tomonidan tuzilgan hujjatlardan olish mumkin. Bunday hujjatlarga haftalik ish rejasi, musiqiy va logopedik mashg`ulotlarning reja-konspektlari, bolalar ertaligining reja-ssenariyalari, metodist, logoped, tarbiyachilarning kundaligi, pedagogik yig`ilishning bayonnomalari, ko`rib chiqilgan logopedik, musiqiy-ritmik mashg`ulotlar tahlilining bayonnomasi, bolalar va kattalarning jismoniy rivojlanishi, sog`lik holatini hisobga olish jurnallari, nutqiy xaritalar, kuzatish kundaliklari, korreksion ta`sir va boshqalar dinamikasining jurnallari. SHu kabi hujjatlar tahlili natijasida aniqlangan ma`lumotlardan tadqiqot gipotezasi sifatida foydalanish mumkin. O`smirlar va kattalarning psixomotor, nutqiy rivojlanishi haqidagi dalillarni olish uchun savol-javoblar, so`rovnomalar, suhbatlardan foydalanish mumkin. Ularni tadqiqot boshlanishida ishlatish mumkin. Birmuncha aniqroq materiallar oldindan ishlab chiqilgan reja bo`yicha suhbat davomida yig`ilishi mumkin. Suhbatni rejalashtira turib, tadqiqotchi sinalayotgan shaxsning yosh, shaxsiy, psixologik xususiyatlarini nutq, motorikaning xarakteri va buzilish darajasini, patsientning nuqsonga munosabati va boshqa ko`pgina jihatlarni inobatga oladi. Pedagogik tekshiruv asoslari. Eng avvalo, ular maxsus tashkil etiladigan va qisqacha qilib anglatilgan vazifa, kuzatish predmeti, shuningdek, omillarni qayd
qiluvchi tizimga ega bo`lgan pedagogik kuzatuvni o`z ichiga oladi. Bunda tadqiqotchi pedagogik jarayon oqimiga aralashmaydi. Ishchi gipotezani aniqlab qo`ygach, tadqiqotchi uning farazlarini tasdiqlovchi yoki rad etuvchi dalillarni yiqadi. Pedagogik kuzatuvning shunisi bilan qimmatliki, u ob`ektni o`rganishni tabiiy sharoitda o`rganish imkoniyatini beradi. Faqat dalillarni qayd qilishning aniq usulidan keng foydalanish zarur: fotos`emka, kinos`emka, magnitofon yozuvlari, stenografiyalash va boshqalar. Xronometrirovaniya usuli bilan harakatni, harakatli o`yinni, raqsni bajarishga sarflangan vaqtning mashg`ulotni bir qismi yoki butun mashg`ulotni egallagani aniqlanadi. Kuzatuv natijalari jurnalga, bayonnomaga, kundalikka kiritiladi. Olingan ma`lumotlarga ishlov berishda tasodifiy dalillar tushirib qoldiriladi, qonunchilik aniqlanadi, xulosalar va umumlashtirishlar qilinadi. Agar dalillar yetarli bo`lmasa, unda qayta pedagogik kuzatuv o`tkaziladi. Tadqiqotchining topshirgi bo`yicha o`z-o`zini kuzatish katta qiziqish tug`diradi. O`z-o`zini kuzatishga, masalan, “suggestiv taassurot” deb nomlanuvchi jarayonda, qachonki oyna oldida artikulyator mashqlarni, qo`shiq kuylash, osoyishtalik va harakatda nutq jo`rligisiz va nutq jo`rligida va h.k. da bajarishda ko`rish, taktil, kinestetik hislarni kiritish zarur bo`lganda murojaat qilinadi. Faqat bir narsani yodda tutmoq lozim, o`z-o`zini kuzatishni kattalardagina qo`llash mumkin; o`z-o`zini kuzatish asosan faoliyat va harakatlar – ularning osonligi, qiyinligi, natijalari ustidan olib boriladi; o`z-o`zini kuzatish bilan shug`ullanayotgan shaxs o`z-o`zini kuzatish va uning natijalarini qayd qilish uslubi haqida atroflicha yo`riqnoma olishi zarur. O`z-o`zini kuzatish ma`lumotlarini umumlashtirishda patsientning shaxsiy xususiyatlari bilan birgalikda sinaluvchining o`z-o`zini kuzatishning mohiyati va tashkil etilishi yuzasidan muloqazalarini ham inobatga olish zarur. Logopedik ritmika bo`yicha tadqiqotlarda ochiq va yashirin kuzatuvni uyg`unlashtirish maqsadga muvofiqdir. O ch i q k u z a t u v qiziqayotgan ko`rinishning hamma tomonlarini qamrab olish imkoniyatini ko`proq namoyon etadi, biroq shu bilan birgalikda tadqiqotchining ishtiroki samaraning salbiy ta`siriga ko`proq duchor bo`ladi: musiqiy-ritmik mashg`ulot, qo`shiq kuylash, logopedik ritmika va h.k. o`tkazilyaptimi, begona odamning ishtiroki shug`ullanuvchilarni, ayniqsa, o`smirlar va kattalarni, harakat va nutqiy muhitida yaqqol nuqsoni bo`lgan shaxslarni tang aqvolga solib qo`yadi. SHug`ullanuvchilarning faoliyati ustidan ya sh i r i n k u z a t u v esa ularning nazorat ostida ekanligi tuyg`usidan xalos etadi va ko`pincha qo`shimcha ma`lumotlar beradi. Kuzatuvning turli-tumanligiga axloqning bitta aktini yoki harakat malakasini egallashning butun jarayonini uzluksiz va diskret tekshirib turish kiradi. Kuzatuv uzluksiz, agar u masalan, harakatli o`yinlarda bo`lsa ko`rinishning boshlanishi, rivojlanishi va yakunlanishini aks ettiradi. SHuning uchun uzluksiz kuzatuvni qisqa vaqt oraliqida ham olib borish mumkin. Masalan, dramatik o`yinlarni o`tkazish, xor kuylash usullari va h.k. Logoritmik mashg`ulotning qurilishini o`rganishda kuzatishning tugallanish vaqti 45-50 daqiqani tashkil etadi. Biroq uzluksiz kuzatuvni uning predmeti birmuncha davomli jarayonlar bo`lgan hollarda
olib borish mumkin emas. Bunday hollarda diskret (bo`linadigan) kuzatuvga murojaat qilinadi. Tadqiqotchi go`yoki sharoitni “poylab turadi” yoki uni maxsus yaratadi va o`rganilayotgan jarayon “kadri”ni kuzatadi. harakatning turlicha turlari: muskullarni umumiy mustahkamlovchi yoki rivojlantiruvchi alohida guruhlar, logoritmik atamalar bilan shug`ullanuvchilarni tanishtirish, nutq bilan harakat uyg`unligini egallash va boshqalarda diskret kuzatuvsiz bo`lmaydi. O`ziga xos kuzatuv – izlash. U yoxud oz yoki ko`proq o`zaro bog`liq bo`lgan pedagogik ko`rinishlarni keng qamrab olish, yoxud kuzatuvchining bir ob`ektdan ikkinchisiga ko`chishi bilan olib boriladi. Masalan, turli tashkilotlarda (nutqiy guruh, nutqiy stasionar, nutqiy sanatoriya, nutqiy maktab, poliklinika va h.k.) turli yoshdagi duduqlanuvchilar bilan logoritmika bo`yicha mashg`ulotlar o`rganiladi yoki bir xil yoshdagi, biroq turlicha nutqiy buzilishlari (dislaliya, dizartriya, alaliya) bo`lgan bolalar bilan logoritmik mashg`ulot qurilishi o`rganiladi. Ushbu holda bolalarning yosh psixilogik xususiyatlari bilan aniqlanuvchi turlicha nutqiy nuqsondan, masalan, dizartriya va duduqlanishdan kelib chiquvchi maxsus farqlar, mashg`ulot qurilishining umumiy qonunchiligini yuzaga chiqarish zarur. Ko`p vaqt va katta analitik ishni talab qiluvchi izlovchi kuzatish ko`plab topilmalarni berishi va logoritmik tarbiya uslubini sezilarli tarzda boyitishi, logoritmikani tutash fanlar, musiqiy tarbiya bilan murakkab aloqasini ochib berishi, ularning nutqiy buzilishga ta`sirini yuzaga chiqarishi mumkin. Korreksion ishlar natijalari ustidan muddati uzaytirilgan kuzatuvni amalga oshirish o`ta muhimdir. Ushbu holatda gap nafaqat kuzatuv turli-tumanligining usul sifatidaligi, balki uning o`rganilayotgan ob`ekt bilan vaqt asosidagi aloqasi haqida boradi. Tadqiqotchi doimiy ravishda muddati uzaytirilgan kuzatuv olib borishi zarur, shunda u reabilitasion uslub va uning bo`limi – logopedik ritmika samaradorligini xolisroq baholaydi. Logoritmik tadqiqotda dalillarni ijtimoiy usulda: intervьyu va so`rovnomalar o`tkazish, o`zaro ta`sir, reyting, o`z-o`zini baholash, juftlab qiyoslash tahlili yordamida ham yig`ish mumkin. Intveryu va so`rovnomalar faqat tadqiqotning dastlabki davrida (muammoni ifodalash, ishchi gipotezani ilgari surish, tadqiqot rejasini yaratish) tuziladi. Intervьyu, qoidadagidek, so`rovnomalardan oldin o`tkaziladi. Nostandart, standartlashtirilgan va yarim standartlashtirilgan intervьyular farq qiladi. Birinchi holatda savollarni ifodalash va ketma-ketligi suhbat davomida o`zgarishi mumkin. Ikkinchi holatda savollar muayyan ketma-ketlikda taqdim etiladi. Bunday intervьyularning natijalari ro`yxatga, miqdoriy ishlov berish va qiyoslashga oson tushadi. Ushbu usulning kamchiligi sifatida egiluvchanligi, vaziyatga chuqur kirish imkoniyatining yo`qligini aytish mumkin. YArimstandartlashtirilgan intervьyular esa o`zgartirish kiritilmaydigan, aniq ifodalangan savollar bilan birgalikda tadqiqotchi erkin o`zgartira oladigan savollarni o`zi ichiga oladi. So`rovnoma jarayonida tadqiqotchini bilvosita nima qiziqtirishini, ya`ni qator shaxsiy savollar, ikki ma`noli so`zlar va o`ta uzoq ifodalashlardan qochgan holda aniqlab olish lozim. Intervьyuni yozib borishni uni olib borayotganda yoki tugallanishi bilan amalga oshirish lozim.
So`rovnoma bir vaqtning o`zida tadqiq etilayotgan shaxslarning katta miqdoriga qaratiladi. Biroq so`rovnoma o`tkazishning kamchiligi intervьyu o`tkazishdan kra ko`proqdir. CHunki bunda vaziyat noaniq, responden savollarga javob qaytaradi, u bilan bevosita aloqa o`rnatib bo`lmaydi, so`rovnomaning qancha qismi to`ldirilgan holda qaytarilishi ma`lum bo`lmaydi. O`zaro ta`sirni tahlil qilish yordamida tadqiq etilayotgan nutqida patologiyasi bo`lgan shaxslar harakatli potensialining tashqi ko`rinishi, ularning axloqi, aloqa imkoniyati va usullari, rozilik va norozilik ko`rinishi, jamoa va nogironlarga munosabati o`rganiladi. Tadqiqotchi nutqida patologiyasi bo`lgan odamlarni turlicha faoliyatda (shu jumladan, harakatli, nutqiy) kuzatarkan, faollik darajasini, jamoada o`zaro harakatning mazmuni va maqsadini, o`zaro ta`sir vositalarini, ishtirokchilar faoliyatining chegarasini, ularning jismoniy va ijtimoiy-psixologik to`siqlari, simpatiya va antipatiyalari, vaziyatning davomliligi, ushbu vaziyatda odatdagi axloqdan og`ishni o`rganadi. R ye y t i n g – baholash usuli, bilvosita kuzatish – bevosita uni kuzatuvchi odamning har tomonlama baholashi orqali ko`rinishni o`rganishdan iborat, bu ba`zida uzoq yillar davomida bo`lishi mumkin. SHunday qilib, patsient to`g`risidagi ma`lumotlarni reyting usuli bilan uni davolovchi shifokordan, tarbiyachi, ota-ona va boshqalardan olish mumkin. Usulning kamchiligi shundaki, xulosalar sub`ektiv fikrlar asosida chiqariladi, axir tadqiqotchining o`z kuzatuvi ham sub`ektivlikdan xoli emas. Reyting sharoitida kuzatishning natijasini ma`lumotlarni hisoblash va tahlil qilishda matematik apparatni keng qo`llash imkoniyatini beruvchi turli baholash shkalalaridan foydalangan holda son hisobida aks ettirish mumkin. O`z-o`zini baholash usuli nutqiy patologiyasi va harakat buzilish bo`lgan odamlarning real axloqini ko`rsatadi, harakat potensiali, umumiy va nutqiy motorikaning buzilish darajasini, bu buzilishlarning axloqqa, atrofdagilar bilan o`zaro munosabatga ta`sirini yuzaga chiqaradi. Juft qilib qiyoslash usuli ijtimoiy belgilar va ob`ektlarni taqqoslash mavjud bo`lgan ikki qator bo`yicha juft-juft qilib olib borishni o`z ichiga oluvchi alohida texnikani ko`zda tutadi. Agar ular o`zaro “teng” bo`lsa, bir bilan belgilanadi, agar qaysidir element ustunlikka ega bo`lsa, unda ikki ball bilan belgilanadi. Sifat ko`rsatkichi darajasi bo`yicha yon beruvchi ob`ekt nolni oladi. Juft qilib qiyoslash usulida asos qilib insonning bittagina tavsifnomasi olinadi, masalan, umumiy motorikaning holati. Asosiy belgilar aniqlanadi: harakatning statik va dinamik uyg`unlashuvi, harakatning ravonligi va boshqa harakatga ko`chishi, tonusi. Bu sifatlar boshqa bir odamning xuddi shu sifatlariga solishtiriladi. Juft qilib qiyoslash usuli anchagina sodda usul, vakolatli sudlardan foydalanish imkonini beradi, material yig`ishda vaqt masalasida iqtisod, uning natijalariga statistik ishlov berish mumkin, qo`llashning keng muhitiga ega (vazifasi yoki holati bo`yicha shaxslarni guruhlash, tajribani qurish uchun umumiy va nutqiy motorika orasida turlicha boqlikliklarni aniqlash, E`tibor va harakatning biridan ikkinchisiga o`tishi, nutqning holati bilan logoritmik ta`siri o`rtasidagi va h.k. interval shkalalarini yaratish uchun).
Tadqiqotning eksperimental usullari. Tabiiy eksperimentda mashg`ulot logopedik ritmikaning odatdagi mashg`ulotlaridan chekinmagan holda o`tkaziladi. Laboratoriya eksperimenti sun`iy sharoit yaratish va ikkinchi darajali ta`sirlarni bartaraf etishdan iborat. Eksperimentlar muayyan dalillar yoki ularning bog`liqligini yuzaga chiqarish maqsadida (absolyut eksperiment) yoki qandaydir ko`rsatkichlarni taqqoslash uchun (qiyosiy eksperiment) o`tkazilishi mumkin. Qiyosiy eksperimentda ikki yoki bir qancha bir turdagi guruhlar (jinsi, yoshi, nutqiy buzilishi, harakat maqomi va h.k. bo`yicha) ishtirok etadi. Ulardagi mashg`ulotlar qaysidir birgina belgisi bilan farq qiladi, masalan, ma`lum bir guruhdagi muskullarni mustahkamlovchi mashqlarni kiritish. Eksperiment, odatda, bir necha bosqichda olib boriladi. Natijalarning yanada ishonchli bo`lishi uchun “har tomonlama eksperiment” deb nomlanuvchi sxemalar qo`llaniladi. Masalan, birinchi eksperimentda bitta guruh birinchi usul bo`yicha shug`ullanadi, boshqasi – ikkinchisi bo`yicha. Ikkinchi eksperimentda guruhlarda uslublar o`zgaradi. Eksperimental tadqiqotlarning turli-tumanligi test – test – tajriba, sinov, tadqiqot hisoblanadi. Logopedik ritmikada testlardan nutqida buzilishi bo`lgan odamlarning harakatli, harakatli-nutqiy topshiriqlarni belgilangan vaqt (yoki chegaralanmagan vaqt) da bajarganlaridagi natijalarni qiyoslash uchun foydalanish mumkin. Logopedik ritmikada testlashtirish namunalari bo`lib N.I.Ozeretskiyning bolalar va kattalarda motor qobiliyati hamda motorikani ommaviy baholash tadqiqoti uchun metrli shkalalari, M.V.Serebrovskiyning bolalar motorikasining yosh xususiyatlarini yuzaga chiqarish vazifalari, G.A.Volkova, A.YU.Panasyuk maktabgacha muassasa yoshidagi me`yorda gapiruvchi va duduqlanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun “test-nizo” uslubi va boshqalar xizmat qilishi mumkin. Tadqiqot va amaliy ishlarning boshqa har qanday uslublari kabi test ham o`z yutuqi va kamchiligiga ega. Testning yutuqi shundan iboratki, unda ifodalangan dastlab chuqur o`ylangan va eksperimental tekshirilgan barcha vazifalar eng kam darajadagi qisqa muddatda hamda tadqiqotchini qiziqtirayotgan kompakt shakldagi belgilarni ochib beradi. SHu o`rinda test aynan shunday belgi va xususiyatli tekshiruvlarning istalgan boshqa usulidan ustundir.Testning yana bir boshqa muhim yutuqi – bu uning xolisligi. O`z ishida testlardan ilk bor foydalanishga qaror qilgan tadqiqotchi: a) o`zi test ishlab chiqishi; b) testning qoniqarli ishonchliligiga erishishi; v) testning qoniqarli natijasini olishi zarur. Testning vazifalari qisqa, lo`nda va ikki ma`noda muhim, chunki ularning hech birida boshqasining javobi bo`lmagan holda ifodalanishi zarur. Testlashtirishda ishonchlilik tushunchasi ikki ahamiyatga ega: bir tomondan muayyan instrument sifatida testning ishonchliligi nazarda tutiladi. Boshqa tomondan, o`lchash lozim bo`lgan o`sha predmetning nisbatan o`zgarmasligi. Testning ishonchliligini baholashda uning bir turliligidan kelib chiqiladi. Albatta, o`lchashda foydalanilgan bir qism boshqa bir qismdagi kabi natijani beradi. Testni tekshirish uchun shunday usul qo`llanadi: testni qandaydir tanlov bo`yicha o`tkaziladi. Keyin juft va toq topshiriqlar alohida ishlanadi. Natijada har bir sinaluvchi yuzasidan juft va toq topshiriqlar qarori olinadi. Ikki qator ma`lumotlari
o`zaro korrelyasiya qilinadi. Testning ishonchliligi olingan koeffisientga bog`liq ravishda baho oladi. Test Q 0,75 q Q0,80 dan past bo`lmagan koeffisientda yetarli darajada ishonchli deb tan olinadi. Ishonchlilik bo`yicha eng yaxshi testlar korrelyasiyada Q0,90 va yuqoriroq koeffisientni beradi. Validlik testning o`z vazifasiga muvofiqligi darajasi haqida gapiradi. Validlik faqat testning natijalarini undan tashqarida bo`lgan, odatda, “tashqi mezon” deb nomlanuvchi qandaydir mezon, qaysidir baho bilan taqqoslashda chiqarilishi mumkin. Validlik va ishonchlilik orasidagi aloqa ko`rib chiqiladi. Past ishonchli bo`lgan test yuqori validlikka egalik qilishi mumkin emas. SHuning uchun tashqi mezonni tanlash muhim hisoblanadi. Mezon quyidagicha bo`lishi kerak: a) ishonchli (testga nisbatan ham shu atamaning ayni mazmuni bo`yicha); b) “toza”, ya`ni test vazifalarini baholashda gap faqat testda yuzaga chiqariladigan belgi haqida masalan, umuman harakat funksiyalarining rivojlanishi haqida emas harakatlarning statik uyg`unlashuvi haqida borishi kerak; v) to`liq, ya`ni tashqi baho test yordamida ayon bo`ladigan bilimlarning doirasini kerakli to`liqlik bilan qamrab olishi zarur. Albatta, testning tuzishda E`tiborni eng yuqori darajada tadqiq etiladigan predmetga qaratish va bu mazmunni test topshiriqlarida birmuncha to`la aks ettirish kerak. Testlar defektologik tadqiqotlarda, shu jumladan, nutqiy patologiyasi bo`lgan shaxslarning logoritmik o`rganishda hali sezilarli joyni egallagani yo`q va ularni joriy qilish sohalarini qandaydir cheklab qo`yishga erta bo`lardi. Bizning nazarimizda testlar harakat potensiali, psixik funksiya, shu jumladan, diqqatE`tibor, shaxsiy xususiyatlarni tadqiq etishda, shuningdek, turli uslublar samarasini aniqlashda foydali bo`ladi. Masalan, turli uslublar samaradorligini aniqlash uchun reja quyidagicha bo`lishi mumkin: ikkita bir xil nutqiy buzilishi bo`lgan shaxslar guruhi olinadi: biri – nazorat, boshqasi – eksperimental bo`ladi. Har ikki guruh harakatli muhitining holatini aniqlovchi testdan o`tkaziladi. SHundan so`ng bitta guruh yangi uslub bo`yicha shug`ullanadi, boshqa guruh bilan esa mashg`ulotlar odatdagidek olib boriladi. Korreksion kursdan keyin yana test o`tkaziladi va har ikki guruhning natijalari taqqoslanadi. Olingan materiallarga ishlov berish guruhlarni miqdoriy solishtirish va aynan qaysi bo`limlarda guruhlar o`rtasida sezilarli farqqa ega ekanligini aniqlash imkonini beradi. Testlarni nisbatan cheklangan logoritmik vazifalarni hal qilish uchun ham qo`llash mumkin, masalan, umumiy motorika holatini yoki qo`l va barmoqlarning ixtiyoriy motorikasini, yoki mimik harakatlarni aniqlashda. Nihoyat testlardan harakat va nutqiy materialni o`zlashtirishning individual tavsifnomasini tahlil qilish uchun foydalanish mumkin. Masalan, nutqiy patologiyasi bo`lgan ba`zi shaxslarda korreksion maqsadda shakllanuvchi harakat malakasi va ko`nikmalarini egallashda ortda qolishi yuzaga chiqadi. Testlashtirishni o`tkazish foydalidir. Logoped va logoritmist testlashtirilgan alohida vazifalarni bajarilishini tahlil qilib, o`zlashtirilmaganlikning taxminiy sabablarini aniqlashadi. Natijada har bir holatda bunyodga keluvchi real holatlarga asoslangan individual ish rejasi tuziladi. Testlar yordamida miqdoriy hisob tadqiqotchiga turli nutqiy buzilishlardan azoblanuvchi shaxslarning harakat potensialini qiyoslash, umumiy va nutqiy
motrika buzilishlari o`rtasidagi mumkin bo`lgan aloqalarni yuzaga chiqarish, yetarlicha harakat imkoniyatini aniqlash, logoritmik korreksiya yo`llarini belgilash imkonini beradi. Miqdoriy ma`lumotlarga ishlov berishda statistik usullarni qo`llash tadqiqot natijalarining xolisligini oshiradi. Matematik-statistik usullar, birinchi navbatda, dalillarning muhimligiga qarab, ya`ni qandaydir xususiyatni o`sishi (yoki kamayishi) tartibi bo`yicha joylashishiga, ularning nisbiy ahamiyatini aniqlashga asoslanadi. Masalan, harakatlar uyg`unligini statik yoki dinamik baholash, ritmikalashtirish qobiliyati, eshitish diqqatining holati.
LOGOPEDIK RITMIKADA USULLAR VA YO`LLAR Logoritmik mashg`ulotlarda korreksion ta`lim va tarbiyada ko`rgazmali, og`zaki va amaliy usullardan foydalaniladi. Ko`rgazmali usullar hissiy qabul qilish va harakatli his-tuyg`uning yaqqolligini ta`minlaydi. Har bir usul vazifaning umumiyligi va uning yechimiga yagona yondoshuvni birlashtiruvchi turli-tuman yo`llarning bir butun majmuiga ega. Harakat qiluvchi harakatlarga o`rgatish jarayonida uslubiy yo`llar harakatli materiallarni o`zlashtirish darajasini, bolalar va kattalarning umumiy rivojlanishi, ularning jismoniy holati, yosh va tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi. SHunday qilib, harakatga o`rgatishda turlicha yo`llardan foydalaniladi: a) yaqqol-ko`rish – pedagog tomonidan harakat namunasi yoki uning alohida harakatli elementini ko`rsatish, atrofdagi hayotiy namunalarga taqlid qilish, ko`rgazmali qo`llanmalar (kinofilьmlar, fotografiyalar, teleko`rsatuvlar, kartinalar va h.k.), borliqni yengishda ko`rish orientiridan foydalanishni ko`rsatish; b) taktil-muskul – turlicha qo`llanmalarga harakatli faoliyatni kiritish. Masalan, yurishda yo`lga oyoqni baland ko`tarish uchun to`siq qo`yiladi. “To`siqqa tegib ketmaslik” yo`riqnomasi patsient ongida xatolikka yo`l qo`yganida o`zining suyak-muskulida his qilishiga bog`lanadi. Agar to`siqqa tegib ketsa patsientning o`zi harakatlarining xato ekanini aniqlaydi. Taktil-muskul aniqliklari ham badanning alohida qismlaridagi holatni aniqlaydigan pedagogning bevosita yordamida yuzaga chiqadi, masalan, pedagog qo`lini tegizish bilan qomatni to`g`rilaydi; v) yaqqol-eshitish – harakatni tovushlar orqali boshqarish. Eng yaxshi eshitish aniqligi instrumentli musiqa yoki qo`shiq hisoblanadi. harakatlarni boshqarish uchun xalq pichinglari, ikki-to`rt qatorli shakldagi she`rlar, doira, qo`nqiroqcha tovushi va h.k. Og`zaki usullar shug`ullanuvchining ongiga murojaat qiladi, ular qo`yilgan vazifani fikrlash va harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarishga yordam beradi. Og`zaki usulda quyidagi yo`llardan foydalaniladi: • shug`ullanuvchida mavjud bo`lgan hayotiy tajriba va tasavvurga tayanib yangi harakatni qisqacha tushuntirish; • harakat yoki uni aniqlashtiruvchi alohida elementlarni aniq ko`rsatish orqali tushuntirish;
• shug`ullanuvchilar bilan mashqlarni mustaqil bajarishda yoki pedagog tomonidan ko`rsatilgan harakatlarni yuzaga chiqarishda zarur bo`ladigan ko`rsatmalar; • yangi mashqlar va harakatli o`yinlarni kiritishda harakatlantiruvchi harakatlarni tushuntirish talab qilinganida, harakatli o`yinlar syujetini aniqlashtirishda suhbatlashish; • ular tomonidan harakatning ketma-ketligini anglash uchun harakatni bajargunigacha yoki harakatli o`yinlar syujetining obrazlari to`g`risida ularning tasavvurlarini tekshirgunigacha mashg`ul bo`ladigan masalalar, qoidalarni, o`yinli harakatlarni aniqlash va h.k.; • pedagogdan talab qilinuvchi turli intonasiya va dinamikali buyruqlar, ko`rsatmalar va signallar. Buyruq, signal sifatida o`zbek xalq ijodi juda boy bo`lgan sanoq o`yinlari, o`yinli boshlanmalardan foydalanish mumkin; • og`zaki yo`riqnoma yordamida avvalgi taassurotlar izlarining yangi uyg`unlashuv va kombinasiyalarda jonlanishi yuz beradi, og`zaki ko`rsatmalar va tushuntirishlar yordamida yangi vaqtinchalik aloqalar vujudga kelishiga, yangi bilim va malakalar shakllanishiga imkon tug`iladi. Bolada harakatlanuvchan malakalarning shakllanishi uning mashqlar mazmuni va tuzilmasini qanchalik anglashi darajasiga bog`liq. Amaliy usullar shaxsiy muskul-motorli hissiyotlarda harakatni qabul qilishning to`g`riligini haqiqatda tekshirishni ta`minlaydi. Turli-tumanlik o`yinli va musobaqali usullar hisoblanadi. O` y i n l i – maktab yoshidagi bolalarning o`yinli faoliyatiga yaqin, birmuncha maxsus va hissiy-samarador, tafakkurning aniq-obrazli va aniqharakatli elementlarini inobatga oladi, turli-tuman harakatlanuvchan ko`nikmalarni takomillashtirishga imkon beradi, harakatlar mustaqilligini, o`zgaruvchan sharoitga javob reaksiyasi tezligini, logoritmik mashg`ulotlarda ijodiy tashabbusni rivojlantiradi. M u s o b a q a l i – ishlov berilgan harakatlanuvchan malakalarni, jamoatchilik tuyg`usini takomillashtirishda foydalaniladi. To`g`ri rahbarlik qilinganda musobaqalardan harakatlanuvchan malakalarni takomillashtirish, shaxsning ma`naviy-irodaviy tarbiyalash uchun tarbiya vositasi sifatida foydalanish mumkin. Amaliy usulga taalluqli yo`llar aniqlik (ko`rgazmalilik) va so`z bilan bog`liq. Pedagog ta`limning butun jarayonini mashg`ulotning vazifalari, mazmuni, tuzilmasi bilan mos ravishda reglamentga soladi. U mashqlarni, harakatli o`yinlarda alohida rollarni, olib boruvchining rolini namoyish qiladi, vazifalarni kim eng yaxshi va juda to`g`ri bajarayotganini ko`rsatadi, sudya, komanda kapitani rolida chiqadi. Mashg`ulotlar oldinga qaratilgan tarzda o`tkaziladi, pedagog tanish bo`lgan mashqlarni takomillashtirish uchun guruhlarga bo`ladi va mustaqil harakat qilishni taklif etadi, ijodiy izlanishga rag`batlantiradi. Masalan, musiqa xarakterining o`zgarishi bilan bog`liq ravishda mashqlarni qanday o`zgartirish, boshqa qoidalar
bilan harakatlanuvchan o`yinlarni olib borish, o`yinlar variantlarini tuzish, yangilarini o`ylab topish.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirishda musiqa Reja: 1. Shaxsning har tomonlama rivojlanishida musiqaning roli 2. Insonda bolalik yoshidan umumiy musiqaviylikni tarbiyalash belgilari 3. Nutqida patologiyasi bo`lgan maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, o`smirlar va kattalarga musiqiy-ritmik ta`sir. 4. Bolalar, o`smirlar va kattalarni logoritmik tarbiyalash va musiqiy-ritmik vazifalar 5. Tovushli ritm xaqida tushuncha. 6. Musiqiy ritmning qabul qilinishi. 7. Ontogenezada ritm tuyg`usini shakllantirish yullari. 8. Mustaqil shaklda olib boriladigan musiqiy faoliyat turlari. Tayanch iboralar: ritmika, logopedik ritmika, tamoyil, usul, korrektsiya, kompensatsiya, ritm, ontogenez, kontrast Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ayupova M.Yu. Logopediya. Darslik. T.: O’zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2007. 2. Ayupova M.Yu., X.M.Po’latova. Logopedik ritmika. Darslik. T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007.
V.M.Bexterev musiqaning kichik yoshdagi bolalarni estetik, ma`naviy tarbiyalashdagi ahamiyatini ko`rsatdi. U kichik yoshda tarbiyaning muhimligini ta`kidladi, chunki rivojlanayotgan shaxsning ilk qadamlari birmuncha qiyin va ayni damda birmuncha muhimdir. Barvaqt egallangan narsa kechroq egallanganlaridan mustahkamroq ushlanadi. CHunki kechroq egallanganlari asabiy-psixik faoliyatning bo`linishi yoki buzilishida tez yo`qotiladi. V.M.Bexterev bolaning eshitish qobiliyatiga muvofiq bolaning diqqatini musiqaga jamlagan holda musiqiy pьesalarni tinglash yo`li bilan bolada musiqaviylikni sekin-asta rivojlantirish muhimligini ta`kidlaydi.
Bolalar musiqaga, qo`shiq ovoziga ekspressiv nutq rivojlanishiga qadar reaksiya qiladilar. Bu yerda so`z emas, mashhur ritm rol o`ynaydi. YOshi kattalashgan sari bolaga tonlar balandligidagi u yoki bu o`zgarish ta`sir qila boshlaydi, bola bir musiqaga diqqat va tinchlanish bilan, boshqasiga esa yiqi bilan reaksiya qiladi. Biroq kechroq tembr yoki musiqiy bezak ta`sir qilishni boshlaydi, chunki bu vaqtda bola nutq tonini farqlaydi. Biroq bolaning musiqiy pьesaga diqqatini qaratishga amal qilish yetarli emas. V.M.Bexterev musiqaning bolalar eshitish qobiliyatining rivojlanishidagi ahamiyatiga E`tiborni qaratdi. Bolalar juda erta motivni eslab qoladilar, hatto nutqqa qobiliyati bo`lmagan bolalar ham qo`shiqning ohangini kuylashlari mumkin, aqli zaiflar esa juda zo`r musiqachi bo`lish qobiliyatiga egalar. Ayni damda ular eng ko`hna tasvirlarga befarq qarashlari mumkin. V.M.Bexterev bolalarda musiqiy eshitish qobiliyatini rivojlantirish tarbiya jarayonida kam emas, aksincha, tasviriy san`atdan ko`ra ko`proq rol o`ynaydi. Sababi musiqa kichik yoshdan boshlab estetik hissiyotni uyg`otishga qodir. Kichik bola yoshidan boshlab musiqiy tarbiya haqidagi masalalarni detalli ishlab chiqishdan ahamiyatli ravishda inson shaxsining estetik, albatta, ma`naviy rivojlanishiga bog`liq, deb ta`kidlaydi V.M.Bexterev. Musiqaning bolalarga ta`siri, uning estetik, aqliy, jismoniy tarbiyadagi ahamiyati haqida M.YA.Basov, N.G.Aleksandrova, N.A.Vetlugina, A.V.Keneman, Ye.I.Zotkina va boshqalar yozganlar. M.YA.Basovning ko`rsatishicha, bola shaxsini o`rganish agar u ma`lum ma`noda musiqa orqali oshiriladigan maxsus shakl bo`lmish harakat faoliyatiga qo`llanilmasa to`liq bo`lmaydi. Nafaqat harakatni o`rganishda, balki boshqaruv jarayonlarida ham oraliqlar yuzaga kelgan bo`lardi, ular esa musiqa ta`siri ostida juda yaqqol yuzaga chiqadi. Insonda bolalik yoshidan umumiy musiqaviylikni tarbiyalash zarur. Uning belgilari quyidagilar hisoblanadi: 1. Musiqiy ko`rinishni tinglash, taqqoslash, baholash qobiliyati. Bu elementar musiqiy-eshitish madaniyatini, ixtiyoriy eshitish diqqatini talab qiladi. Masalan, bolalar sodda musiqiy tovushlar (yuqori va past tonlar, royal va skripkaning
jaranglash tembri) ni taqqoslaydilar, oddiy musiqiy asarlar tuzilmasini (qo`shiq va naqoratni xirgoyi qilib, pьesadagi qismlar miqdori va h.k.) farqlaydilar, kontrast bo`lgan badiiy obrazlar (xirgoyining erkalovchi, cho`ziq xarakteri, naqoratning energiyasi, harakatchanligi) ni belgilaydilar. 2. Ijodga iqtidor. Masalan, bola yurayotgan odamning qadami, og`ir odimlayotgan ayiq, sakrayotgan quyonning harakatlarini berish uchun harakatlarni izlaydi. Musiqa bolalarning aqliy qobiliyatlarini faollashtirish vositasi hisoblanadi, chunki uni anglash diqqatni, kuzatuvchanlik, onglilikni talab qiladi. Bolalar musiqani tinglaydilar, tovushlarni o`zaro solishtiradilar, badiiy obrazlarning xarakterli mazmunli xususiyatlarni belgilaydilar, asar tuzilmasini farqlashni o`rganadilar. Tinglangan musiqa haqidagi suhbatlar dastlabki umumlashtirishlar va qiyoslashlar qilishga o`rgatadi: bolalar pьesalarning umumiy xarakterini aniqlaydilar, adabiy matn musiqiy vositalarda qanday aks etganini anglaydilar. Musiqa san`atning boshqa turlari kabi hayotiy ko`rinishlarni aks ettirarkan, u ma`rifiy ahamiyatga ham ega. Musiqa bolaning ma`naviy siymosining shakllanishiga ko`maklashadi. Masalan, Vatan, O`zbekiston haqidagi qo`shiqlar vatanparvarlik tuyg`usini uyg`otadi; xorovodlar, turli xalqlarning qo`shiqlari dunyoqarashni kengaytiradi, baynalminal tuyg`ularni tarbiyalaydi. Jamoaviy qo`shiqlar, o`yinlar, raqslar bolalarni umumiy kayfiyat qamrab olganda do`stona, umumiylik, hamdardlik tuyg`usini mustahkamlaydi. Musiqa harakat bilan izchil bog`langan. Musiqa va harakat – harakatlanuvchan malakalar, ritmik mashg`ulotlarni shakllantirishning asosiy vositasidir. Badiiy obraz musiqiy ma`noli vositalarning uyg`unligi va ketma-ketligi yordamida beriladi. Harakat ham vaqtda joylashadi: uning xarakteri, yo`nalishi o`zgaradi, rasm qurilishi avj oladi. Musiqada kontrastlik va takrorlanish harakatda aynan o`xshash xususiyatlar uyg`otadi. Murakkab bo`lmagan ritmlar, urg`ular chapak chalish, oyoq bilan dukillatish orqali yuzaga chiqariladi. Dinamik templi belgilar kuchlanish, tezlik, amplitudalar va harakat yo`nalishi o`zgarishi orqali
beriladi. harakat, o`z navbatida, harakatga alohida aniqlik beradigan musiqiy asarni to`laroq anglashga yordamlashadi. Musiqa va harakatning bu o`zaro harakatida musiqa yetakchi o`rinni egallaydi. Musiqa bilan boyigan harakat badiiy obrazlarni aks ettirishda o`ziga xos bo`ladi. B.M.Teplov musiqani har qanday to`laqonli anglash faol jarayon turli-tuman jismoniy ko`rinishlarni o`z ichiga oluvchi “yumushlarni” (sodelivanie) ko`zda tutishini ta`kidlaydi. Nutqiy patologiyasi bo`lgan o`quvchilar, o`smirlar va kattalar logopedik yordamga murojaat qilgan lahzada u yoki bu darajada musiqiy madaniyatga va musiqa xarakterini (loaqal umumiy ko`rinishda: turlicha raqslarning harakatlari, polka, valьs, tango, tvist va h.k.) bera olish qobiliyatiga ega bo`ladi. SHuning uchun logoritmik mashg`ulotlar pedagogning tushuntirishi va ko`rsatishidan keyin ular eshitish orqali anglangan musiqani jismoniy harakatga aylantirishni uddalaydilar, ya`ni musiqiy kuzatuvning o`zgaruvchan tempiga bog`liq ravishda qadamni tezlatish yoki sekinlatish bilan musiqa ostida yura oladi. Bu shaxslar yetarlicha o`zlarining vujud(badan)larini boshqaradilar, chapak, qadamlar bilan royalda ijro etilgan pьesaning ritmik suratini birmuncha ko`proq yoki kamroq darajada aniq yuzaga chiqara oladilar. Badanni boshqarishning kamchiliklari yuzaga chiqishi mumkin: o`ta zo`riqish yoki lanjlikning va motor apparatini boshqara olmaslik. Yetarlicha sezgir eshitish qobiliyati bo`lgan, epchil harakatlanuvchan apparatga, ijodiy qobiliyatga va ba`zi artistlikka ega bo`lgan odamlar temp almashinuvi, metr va dinamik farqlanuvchi musiqa ostida ancha murakkab harakatlarni (masalan, koptok bilan) bajarishi mumkin. Musiqa nutqida patologiyasi bo`lgan odamlarning harakatli maqomiga shunday unumli ta`sir ko`rsatadiki, ular hatto past umumiy musiqada ham royalning alohida tovushlarini yoki kichik musiqalarni ovoz bilan takrorlaydilar, shuningdek, tovushning yuqori registrdan pastga yo`nalishini aniqlaydilar. 1-2 marta takrorlagach ular anglaganlarini harakatda ifodalash holatida bo`ladilar. Ritmik musiqiy va harakatlanuvchan vazifalar birmuncha samaralidir.
Ritmga qonuniylik, tashkilotchilik, sikllilik va davriylik xosdir. O`smirlar va kattalar ritmning umumiy qonunchiligini anglagan holda o`zlashtiradilar. Ular maktabgacha yoshdagilardan farqli ravishda pedagog bilan musiqaning ritmik suratini va uning harakatda gavdalantirib ko`rsatish imkoniyatini tahlil qiladilar. Musiqa va uning harakatdagi ifodasini ongli anglashda musiqa va harakatning inson hissiy-irodaviy muhitiga ta`sirini yo`q qilmaydi, chunki musiqiy ritm tuyg`usi nafaqat motorli, balki hissiy tabiatga ega. Inson hissiyotiga nafaqat musiqiy asar mazmuni, balki uning ohangi va uyg`unligi ham ta`sir ko`rsatadi. V.A.Grinerning obrazli ifodasi bo`yicha ohang – bu mazmuni bir ovozda ifodalanuvchi musiqiy fikr. Uyg`unlik – tonlarning bir vaqtda jaranglaydigan qonuniy uyg`unligi, ohang bilan uzilishsiz bog`langan akkordlarning turlicha balandligida tovushlar uyg`unligi musiqiy fikrlarning ko`p ovozli ifodasi. Tabiiyki, musiqiy asarning ohangi va uyg`unligi hissiyotni qo`zg`atib, uning harakatlanuvchan ritmik ifodasi uchun asos yaratadi. Inson – uning irodasi bilan butkul boshqariluvchi harakatlarni amalga oshirishga qodir yagona tirik mavjudot. SHuning uchun o`quvchi (o`smir) lar va kattalarda ritmiklikni o`z harakatlarini o`z xohishi va tashqaridan keluvchi talablarga muvofiq vaqt hamda makonda o`zgartira oladigan iqtidor sifatida qarash kerak. Insonning nutqiy va harakat tizimlari umuman olganda shakllangan. Nutqiy patologiyasi bo`lgan odamlarda bu tizimlar patologik shartli reflekslar asosida ishlaydi. Nutqning ildiz otgan patologik stereotiplari, harakat tizimlari korreksion ta`sirning samarasini pasaytiradi. SHuning uchun davolash-sog`lomlashtirish va pedagogik tadbirlar majmuida logopek ritmika nutqiy buzilish yuzaga kelgan “tuproq”ni parchalashga yordamlashadi va nutqiy-umumharakat funksiyalarning me`yorlashuviga ko`maklashadi. Musiqa katta (o`smir, o`quvchi)larga nutqiy va nutqiy bo`lmagan buzilishlarni bartaraf qilishda logoped, psixoterapevtning ko`magida imkon beradigan o`z shaxsidagi ijobiy tomonlarni yuzaga chiqarishga yordam beradi. Musiqa haqida suhbatlashish, musiqiy asarlarni tinglash, u yoki bu mavzuni muhokama qilish va uni san`atning turli ko`rinishlariga (musiqa, tasviriy san`at, balet, poeziya va h.k.)
joriy etish mutaxassisga korreksion mashg`ulotlarni mazmunli qurishga yordam beradi. Bir tomondan, shu kabi muhokamalar materiali mashg`ulotning ilmiy asosi bo`lsa, boshqa tomondan, nutq, muloqot jarayonlari mashq qilinadi. Musiqa yoki musiqa bilan bog`liq mashg`ulotlar insonning butun psixik qiyofasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, chunki juda ko`pincha aynan musiqa yordamida odam o`zi uchun qiyin muammolar yechimini topadi, aynan musiqa yordamida shaxsning ijobiy boshlanishi faollashadi. Kattalar (va, ayniqsa, o`smirlar) bilan korreksion ishda atrofdagilar bilan to`g`ri (talabchan va bir vaqtning o`zida ayaydigan) munosabatlarning yaratilishi logoterapevtik ta`sirning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Musiqa o`quvchilar, o`smirlar va kattalar harakat muhitining rivojlanishida ham yetakchi o`rinni egallaydi. Ular musiqa ostida harakatlarni bajararkanlar u yoki bu obrazni tasavvur qiladilar, uni o`zlaricha yangi, noan`anaviy aloqalar, raqsning elementlarini uyg`unlashtirgan, personajning xarakterli harakatlarini bergan holda yuzaga chiqaradilar. Ijodiy tasavvur musiqa mazmunini boshdan kechirishga majbur qiladi, bu esa ijro sifatiga ta`sir ko`rsatadi. Musiqa ostida ritmik harakatlar tashqi qo`zg`atuvchiga o`z vaqtida, anglanga reaksiyani, bir harakatdan boshqasiga o`z vaqtida o`tishni, tez va aniq to`xtay olish malakasini talab qiladi. SHunday qilib, harakatda turli xarakterdagi mavzularda o`zgaruvchan ritmni berish – katta (o`smir, o`quvchi) larning ritmik mashq qilishida asosiy usul, ritm tuyg`usini rivojlantirish va takomillashtirish yo`lidir. Kattalar bilan musiqiy ritm (temp, xarakter, shakl) ning tavsifnomasi, musiqiy bo`lakning dinamik to`liqligi, shundan keyin frazirovkaning o`ziga xosligi, ritmik rasmning detallari, taktlar o`lchovi o`rganiladi. Mashg`ulotlarda musiqiy asar tempining namunalari tez, sekin va o`ta sekin, o`rtamiyona va ularning belgilari (italьyan tilida) beriladi: lagro – o`ta sekin, keng, davomli; adagio – sekin, mayin, sokin; lento – sekin; andante – yetarlicha sekin, shoshmasdan; vivace – tez, chaqqon; presto – juda tez, shoshqin. Tempda turg`unlik tarbiyalanadi (ayniqsa, o`quvchilarda), chunki bu malaka anchagina qiyin o`zlashtiriladi – musiqa tugaganidan keyin shug`ullanuvchilarda harakatni
tezlashtirish tendensiyasi kuzatiladi. Bir tempdan boshqasiga o`tishni, sekin-asta tezlashuvchi va sekinlashuvchi harakatlar ustida ishlashni ham tarbiyalash zarur. So`ng patsientlar musiqaning dinamik ohangi va muvofiq atamalarni o`zlashtiradilar: forte – baland, kuchli; mezzo-forte – o`rtacha balandlik; piano – sekin, zaif; fortissimo – o`ta baland va h.k. Musiqiy jarangdorlikning dinamik tebranishi kuchlanishning turlicha darajasi yoki harakatning susayishi, turli hajm, sekin-asta yoki to`satdan tezlashish yoki sekinlashishga bog`liq. Musiqa gimnastik mashqlarning energiyasi, tetikligi xarakterini, pa raqsining yengilligi va nafisligi, mashqda harakatlarning siliqligini aytib beradi va ta`kidlaydi. Bitta mashqni turli temp va sifatdagi musiqa ostida o`tkazish foydali. Musiqa xarakteri va dinamik ohangini berishda mashq qilish toza gimnastik mashqlar bilan boshlanadi, masalan, barmoq suyaklari va barmoqlar uchun koptok bilan mashqlar. Musiqani tinglaganda katta (o`smir, o`quvchi)lar bo`lakning tuzilmasini, umumiy xislatlarda qurilishini, yirik tugallangan, anchagina kichik qismlarning mavjudligini aniqlaydilar. Musiqiy asarlarning shakli va frazalarga bo`linishi faoliyat va harakatni qismlarga ajratish ham taqsimlash ustida ishlash uchun boy imkoniyatni beradi. Musiqiy asarning boshlanishi va tugallanishi harakatning boshlanishi va tugallanishiga mos tushishi kerak. Mashg`ulotlarda kattalar o`z harakatlari bo`laklar, “frazalar”ga bo`lishni, makoniy va vaqtli davomlilikni hamda ularning nisbatini o`rnatishni o`rganadilar. Musiqiy shaklda qism, muddat, taqdim qilish, fraza mavjud. harakatni qurishda musiqaning bir qandaydilar umumiy belgi bilan qich birlashgan harakat yoki harakatlarning o`sha bir qismi bilan bog`liq bo`lishi kerak. Agar musiqaning bir qismi to`la tugallangan musiqiy fikrni bersa, “qism” tushunchasi “muddat” tushunchasi bilan mos tushadi. Muddat ichidagi birmuncha yirik bo`limga “taqdim etish”, anchagina maydasi “fraza”dir. Frazalar o`zaro mantiqan bog`liqdir. Musiqiy mavzu tuzilmasi asosida harakatlarni qurishda bu bo`laklarning ajratilishi “frazalash” deyiladi. Logoritmik mashg`ulotlarda tinglash uchun o`z ichida bo`linishi bo`lmagan musiqiy namunalar beriladi. Vazifa o`z harakatining boshi va oxirini musiqiy
namunaning boshi va oxiri bilan aniq bog`lash, musiqiy fikrning oqimi bilan cheklangan vaqt oraliqida ulgurishdir. Keyin muddat ichida aniq ifodalangan bo`laklar bilan namunalar beriladi. harakatda musiqiy fikr ichidagi bo`laklarni shunday aks ettirish talab qilinadiki, unda har bir gap yoki frazaga ushbu musiqiy bo`lakning boshi hamda oxiriga mos tushuvchi qaysidir harakat javob qilsin. Musiqiy shakl va frazalash ustida ishlash musiqaning qismi va frazalarini vaqtli tarqatish orasida aloqani va maydon bo`yicha shaxs yoki shaxslar guruhining harakatlanishida makoniy taqsimlashni belgilab makonda harakatlarni rejalashtirish imkonini beradi. Urg`ular musiqiy nutqni kattaligi bo`yicha teng bo`lgan qator bo`laklar – metrlarga bo`ladi. Musiqiy nutqning metrli bo`laklari uning ichki, mantiqiy, mazmuniy bo`linishi bilan har doim ham mos tushavermaydi. Musiqada metrli davomlilikning qat`iy rasmi harakatning aniq hisobini amalga oshirishga, bir nechta turli-tuman harakatlarni bir vaqtning o`zida bajarish vazifasini qo`llashga imkon beradi. Metrli ... musiqiy nutqni turli o`lchovli taktlarga bo`ladi. Takt o`lchovi ushbu musiqiy harakat uchun birmuncha xarakterli bo`lgan uzunlikni aniqlash uchun harakatning asosiy birligini belgilash kerak, ya`ni bitta urg`u berilgan lahzadan keyingisigacha shunday bir raqamlar hisoblanadi. Agar chorakni harakatning asosiy birligi deb qabul qilsak va shuday ikkita birlikni hisoblasak unda o`lchov yoki metr 2G`4 bo`ladi. Agar uchta birlik bo`lsa, unda metr (takt) q bo`ladi va h.k. O`lchovlar sodda va murakkab bo`ladi. Sodda o`lchovlar bitta ...., yoki kuchli, takt hissasi - 2G`4, q, 3G`8, 3G`8 ga ega. Murakkab o`lchovlar ikkita birlashgan yoki bir nechta taktdan tashkil topadi, 4G`4 – bu ikkita 2G`4 taktning birlashuvidir. Bu ma`lumotlar katta yoshlilar bilan shug`ullanuvchi mashg`ulotlarda beriladi. Ularni o`zlashtirgach “metr” mavzusidagi ish musiqiy asar o`lchovini aniqlash bilan boshlanadi. Avval musiqiy harakat birligi aniqlanadi, qadam yoki chapak bilan taktning boshlanishi ta`kidlanadi, taktning ulushi hisoblanadi, o`lchov aniqlanadi. Keyin shug`ullanuvchilar qo`shnidan kechroq takt harakatini boshlab
faoliyatga kirishishni o`rganadilar, tanish ohanglar o`lchovini aniqlaydilar, harakat o`lchoviga muvofiq bajaradilar. Keyingi mashg`ulotlarda o`quvchilar, o`smirlar va kattalar musiqiy o`zaro karrali nisbatlarda bo`lishi bilan tanishadilar. qisqa va uzun tovushlarning turlicha uyg`unlashuvi ohangning “ritmik rasmi” nomini oladi. Musiqiy asarning ritmik rasmi turli hajm va turli davomlilikda harakatlarni bajarishga yordam beradi. U chapak, qadam, yugurish, gavdaning aylanishi, quloch otish va boshqa harakatlar bilan beriladi. O`zlashtirish doirasida musiqaning ritmik rasmi gimnastik, raqs va nihoyat erkin harakatlarda bajarilardi. harakat ritmika bilan faqat asosiy xislatlarda mostushuvchi shaxsiy ritmik rasmni belgilarkan musiqaning mayda ritmik rasmi harakatga aylanganda kattalashadi. Bolalar, o`smirlar va kattalarni logoritmik tarbiyalash va musiqiy-ritmik vazifalar Musiqiy-ritmik va logoritmik tarbiya sog`lomlashtirish, ta`limiy, estetik, tarbiyaviy, korreksion vazifalar yechimiga yo`naltirilgan. Sog`lomlashtiruvchi vazifalar yechimi nutqida patologiyasi bo`lgan bolalarning jismoniy holatidagi nutqiy buzilishning yuzaga kelishiga moyil bo`lgan omillar yoki u bilan bog`liq ravishda chuqurlashuvchi hisoblanadigan nuqsonlar yoki oqishlarga sabab bo`ladi. Logoritmik mashg`ulotlarda alohida e`tibor rinolaliyaning turli shakllari (og`ir rinolaliya simptokompleksi bo`lgan bolalar), dizartriya, alaliya, duduqlanish, funksional dislaliyasi bor bolalarni sog`lomlashtirishga qaratiladi. Masalan, rinolaliyasi bo`lgan bolalarda diafragmal nafasni rivojlantirish, diafragmalar muskuli, qorin go`shti va qovurg`alararo muskullarni mustahkamlash kerak. Bu bolalarda nafas olish va ovoz mashqlari xalqum, bo`g`iz, yumshoq tanglayni mustahkamlaydi. Bu og`iz bo`shliqida operasiya o`tkazish uchun yoqimli sharoit yaratadi, yallig`lanish kasalligining profilьaktikasida o`ziga xoslikni yaratadi. Dizartriyasi bo`lgan bolalarda logoritmik ta`sir dozalangan holda amalga oshiriladi. SHifokor va logoped dizartriyaning mexanizmi va simptomatikadan kelib chiqib har bir alohida holda qaysi muskullar guruhini qanday hajmda, qanaqa jismoniy yuklama bilan rivojlanishini belgilaydi.
Ta`limiy vazifalar bolaning yetakchi faoliyati va tarbiya dasturi, bolalar bog`chasi yoki boshqa maxsus nutqiy muassasalarda bolalarni o`qitishni hisobga olgan holda hal qilinadi. Bu masalalarni yechish uchun boy material nutqni rivojlantirish, atrofdagi tabiat bilan tanishtirish, o`yinli faoliyat bo`yicha dasturlarning bo`limlarida mavjud. Estetik vazifalar ham maktabgacha yoshdagi boalarni tarbiyalash dasturlari doirasida hal qilinadi. Ular bolaning yoshidan kelib chiqib differensiyalanadi, chunki musiqani anglash va tushunish 3 yoshda 7 yoshdagidan ko`ra boshqacharoq. Mashg`ulotlar uchun yoshga munosib musiqiy va logoritmik materiallar tanlanadi. Patsientlar bilan mashg`ulotlarda estetik vazifalarni hal qilish odam e`tiqodi va estetik qiyofasini yoki agar bu zarur bo`lsa, ulardagi o`zgarish muammosini logoped va shug`ullanuvchi kattalar bilan birgalikda muhokama qilgach takomillashtirish, boyitishni ko`zda tutadi. Ushbu holatda patsientning estetik didini shakllanishi yoki kelgusidagi boyishi nafaqat logopedga, uning erudisiyasiga, bilimiga, ichki dunyosiga anchagina yaqin, qaysi musiqa unga ishonch baqishlaydi va h.k. Mashg`ulotlar uchun musiqiy asarlarni tanlash logoped va shug`ullanuvchilarning hamkorlikdagi urinishi orqali amalga oshiriladi. Logoped uchun uning patsientlari hayotida rahbarlik qiluvchi etik me`yorlar befarq emas. Musiqiy mavzudagi suhbatlar, muhokamalar, musiqiy mavzulardagi ochiq ilmiy munozaralar, yuqori fuqarochilik, insonparvarlik, vatanparvarlik ruqi bilan farqlanuvchi turli bastakorlarning ijodlarini tahlil qilish, estetik qoidalarning shakllanishiga yoki yuzaga chiqishiga (salbiy, ijobiy), ketma-ket keluvchi, agar bu zarur bo`lsa, ularning korreksiyasiga yordam beradi. Musiqaning xususiyati shundaki u odamga zimdan, beixtiyor ta`sir ko`rsatadi. Bu pedagogga patsient bilan uning axloqiy qiyofasi yuzasidan ochiq munozaraga kirishmay turib, maqsadga yo`naltirilgan holda tinglash va tahlil qilish uchun zaruriy musiqiy asarlarni tanlash imkonini beradi. Faqat sekin-astalik bilan hayotga, odamlararo
munosabatga, o`zining nutqiy kamchiligiga to`g`ri nazar tashlashni o`rnatish mumkin. Tarbiyaviy vazifani hal qilish bilan shug`ullanuvchilarda o`zaro yordam, topshiriqlarni bajarishga mas`ul munosabat, mustaqilik va h.k. tuyg`ularni rivojlantirishga yo`naltirilgan. Mashg`ulotlarda bolalarning qo`shiq, raqs, tizilish, harakatlantiruvchi o`yinlar va h.k.larda birgalikdagi harakatlardagi ahamiyatsiz yutuqlarini ham rag`batlantirish zarur. Jamoaviylik tuyg`usining tug`ilishi va rivojlanishi nutqida buzilishi bo`lgan bolalarga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, unga bilvosita o`z axloqini me`yoriylashtirishga, atrofdagilar bilan o`zaro munosabatni to`g`ri qo`yishga yordamlashadi. O`quvchilar, o`smirlar va kattalar bilan tarbiyaviy vazifalar differensiasiyalangan holda hal qilinadi. O`quvchilarga nisbatan tarbiya maktab dasturlari asosida logopedik darslar doirasida amalga oshiriladi va logoritmika bo`yicha mashg`ulotlarda hamda ijtimoiy muhitda talablarning yagonaligi bilan mustahkamlanadi. O`smir va kattalarga nisbatan tarbiya fe`l-atvor, ta`lim, intellektual imkoniyatlar, ixtisoslik, moyillik, qiziqishlarni hisobga olgan holda asoslanadi. Logoritmik mashg`ulotlarning qurilishi va mazmuni faqatgina ular muayyan kontingent shug`ullanuvchilarga yo`naltirilganidagina samaraga erishishi mumkin. Bolalar bilan logoritmik mashg`ulotlarda korreksion vazifalar nutqiy patologiyasi bo`lgan bola shaxsi hamda axloqini korreksiyalash bilan zich aloqada hal qilinadi. Muayyan yoshdagi bola psixologiyasini, nutqiy buzilish oqibatida yoki ungacha bo`lgan oqishlarni bilmay turib, bolaga to`g`ri ta`sir ko`rsatish mumkin emas. SHuningdek, har qanday korreksiyada rivojlanuvchi boshlanish bo`lmog`i zarurligini hisobga olish darkor. Bu shuning uchun muhimki, nutqiy buzilish shakllanayotgan shaxsda paydo bo`ladi va rivojlanadi. Nutqiy buzilish (har doim ham emas, biroq) ko`pgina psixik jarayonlarning shakllanishiga ta`sir qiladi: tafakkur, xotira, anglash, diqqat, psixik faoliyatning o`z-o`zini boshqarish qobiliyati. Korreksion logoritmik mashqlar, bir tomondan, buzilgan funksiyalarni tuzatishi, boshqa tomondan esa – bolaning funksional tizimini (nafas olish, ovoz
funksiyasi, artikulyator apparati, eshitish va ko`rish diqqati, eshitish va ko`rish xotirasi, bir butun olganda ixtiyoriy E`tibor, nutqiy va harakat materialini eslab qolish hamda yuzaga chiqarish jarayonlari va h.k.) rivojlantirishi, ya`ni nutqiy funksional tizim va nutqiy bo`lmagan psixik jarayonlarni rivojlantirishi lozim. Kattalar, o`smirlar va o`quvchilar bilan logoritmik mashg`ulotlarda korreksion vazifalar ularning nutqiy buzilishga, o`ziga va atrofidagilarga shaxs sifatida qarashiga ongli munosabat darajasida yechiladi. SHug`ullanuvchilar ular bilan olib borilayotgan ularning o`z nutqlari va o`z faoliyatlarida u yoki bu darajada motorika bilan o`z-o`zini boshqarish ustida mustaqil ish olib borishlarini shart qilib qo`yadigan mashg`ulotlarning zarurligi va foydaliligini tushunadilar. Nuqsonga qanchalik ongli munosabatda bo`linsa, uni shunchalik to`liq tugatishga intiladilar, faoliyatning o`z-o`zini ixtiyoriy boshqarish darajasi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Tabiiyki, pedagog (logoped, ritmist) va psixoterapevt shug`ullanuvchilarga mustaqil ishni tashkil etishlarida, ayniqsa, o`smirlar va o`quvchilarga yordam beradilar, muvaffaqiyat hamda omadsizlikning sabablarini tahlil qiladilar, nutqiy, harakatlanuvchan ko`nikma va malakalarni muvaffaqiyatli egallashlariga, odamlar bilan muloqotda undan foydalanishlariga ishonchni singdiradilar. Ko`rsatilgan yoshlardagi odamlar bilan ishlashda korreksion vazifalar yechimi bir qancha nutqiy buzilishlarni bartaraf etish ketma-ketligini ongli aniqlashni ham ko`zda tutadi. Masalan, duduqlanuvchi bolalarda maktabgacha yoshda ovoz talaffuzining buzilishi nutq ritmi va tempini normallashtirish bilan parallel, ba`zi hollarda esa avvalroq, mustaqil nutqning ravonligi ustida ish boshlashdan oldin ham bartaraf etilsa, katta yoshdagi duduqlanuvchilarning nutqiy buzilishida birinchi navbatda nimani bartaraf etish kerakligini tanlashga to`g`ri keladi: duduqlanish yoki ovoz talaffuzi, bunda ko`proq buzilishga qanchalik munosabat mavjudligi inobatga olinadi. Tovushli ritm – nutqiy qobiliyatida nuqsonlari bor bo`lgan shaxslarda harakatlanish ritmi tuyg`usini tarbiyalash va rivojlantirishga, shuningdek, uni nutq jarayonida birlashtirishga xizmat qiladi.
Musiqashunoslikda ikki tushuncha va ikki musiqiy ritm aniqlovchisi mavjud: bular keng va tor keng ma`nodagi musiqiy ritm bo`lib, ular vaqt bo`yicha shakl quruvchisi sifatidagi musiqiy asar konstruksiyasini vaqt o`lchami asosida o`girish demakdir. Tor ma`noda musiqiy ritm – bu vaqt qonuniyati hamda davomiyligi bo`yicha tovushlarning tashkil qilinishi bo`lib, bir xil yoki har xil davomiyliklarning uyg`unlashuvini hisobga olgan holda ritmik rasmning paydo bo`lishidan iborat bo`ladi. Bunday davomiyliklar ma`lum tarzda aksentlashgan (darajalangan) bo`lib, biror-bir temp doirasidagi jarangdorlikka ega. Ritmik birlik deb, alohida tovushlar yoki pauzalar davomiyligiga aytiladi. SHu bilan bir qatorda ritmik rasmning paydo bo`lishida bir muncha yirikroq bo`lgan elementlar ham ishtirok etadi, masalan – motivlar, stopalar, faktura yacheykalari hamda vokal partiyalardagi ichki bo`g`inli xirgoyilar. Musiqiy ritmning qabul qilinishini uch bosqichga ajratish mumkin: birinchi qatlamda tovushlar, motivlar va qisqa frazalar vaqtining nisbati qabul qilinadi. Ikkinchi qatlamda yirik musiqiy parchalar –frazalar, tavsiyalar va muddatlarning vaqt bo`yicha tuzilmalari aks ettiriladi. Uchinchi qatlamda esa asar strukturasi yaxlit holda qabul qilinadi. Ontogenetik qatlamdagi ritm tuyg`usi borasidagi musiqiy –tarbiyaviy izlanishlar shuni ko`rsatadiki, musiqa rivojining boshlang`ich davrida bolalarda ikki xil reaksiya namoyon bo`ladi, bir tomondan musiqiy – ritmik reaksiyalar hamda boshlovchi ritmlar paydo bo`la boshlasa, boshqa tomondan eng oddiy ritmik topshiriqlarning bajarilishida ham ma`lum bir qiyinchiliklar yuzaga keladi. G.A. Ilin ma`lumotlariga asosan, 2,5-3 yoshlardagi bola vaqtning teng taqsimlangan bo`laklari haqida oddiy ritmik tasavvurlarga ega bo`ladi. Ritm kattaroq maktab yoshigacha bo`lgan bolalarda ham musiqiy tasavvurlarning boshlovchi elementi bo`lib qoladi. 3-4 yoshlardagi bolalarda ritmlar kuyga ko`chirilgan bo`lib, ular asosan musiqiy asar dinamikasini, ritmik konvosini tushunib oladilar.
Nemis musiqachisi va tarbiyachisi K.Orf bolalarda musiqani tarbiyalash borasidagi o`zining tizimini - musiqa qabul qilinishining «boshlang`ich elementi» sifatidagi ritmidan kelib chiqqan holda yaratdi. Musiqiy yaxshi rivojlanmagan bolalar bilan aloqa o`rnatishda hamda ixtisoslashtirilgan majmuaviy mashg`ulotlarda harakat va musiqa so`zlarini birlashtirishda ritm tarbiyachiga katta yordam beradi. SHu bilan birgalikda maxalliy olimlar izlanishlarining natijalari quyidagilarni ko`rsatadi: Bolalar har doim ham barcha ritmik topshiriqlar uddasidan chiqa olmaydilar, masalan hamma bolalar ham murakkab bo`lmagan ritmik figuraga ohang bera olmaydilar; musiqa ritmining murakkab tizimiga – ontogenizasiyada birdaniga yaxlit bir tizim sifatida emas, balki qadamba–qadam shakllanuvchi, murakkab tuzilmaviy sensor qobiliyat mos keladi va uning komponentlari bo`lib, ritmik rasm asosida yotuvchi tovushlar va pauzalar davomiyliklari nisbatining qabul qilinishi xizmat qildi. Bunday komponentlar – aksentlangan va aksentlanmagan tovush elementlari bo`lib, ular musiqiy o`lchov asosining, musiqiy tempning aniqlovchi tayanch tovushlari ketma-ketligi tezligining qabul qilinishidan iboratdir. Ritm tuyg`usi hayot davomida ularning dvigatelь modellashuvi jarayonida bo`lqusi izohlash orqali, shu bilan birga bu jarayonning motor zvenolarini taxlash asosida yuz beruvchi sensor ritmik etalonlar sistemasini o`zlashtirish yo`li orqali shakllanadi. Takt o`lchovining oddiy etaloni – bu ikki, uch, to`rt ulushli o`lchovlardir. Temp etaloni esa o`rtacha (maqsadli), tez va sekin templardan iborat. Ammo rivojlangan ritm tuyg`usida musiqaviy ritm barcha komponentlarning birligida aks etadi va uning etalonlari sifatida mujassam, sintetik, ritmik tuzilmalar maydonga chiqadi. Ontogenezada ritm tuyg`usini shakllantirishning quyidagi tartibini ajratish mumkin. Birinchi bo`lib, tovushlar ketma-ketligini qabul qilish va ko`chirish qobiliyati paydo bo`ladi. Bolalar avval tezkor temp etalonini o`rganadilar, keyin
o`rtacha va ancha keyinroq sekin tempni o`zlashtiradilar. Bundan so`ng musiqiy o`lchov asosida yotuvchi, aksent bo`lgan va aksent bo`lmagan tovushlar nisbatini qabul qilish hamda aks ettirish qobilyati paydo bo`la boshlaydi. Takt o`lchovi etalonini o`zlashtirib borish ikkilik ulushidan to`rtlik ulishiga tomon o`zgaradi, so`ngra uch ulushli o`lchovga qarab o`zgaradi. Tovushlar va pauzalar davomiyliklari nisbatini qabul qilish va aks etirish qobiliyati ritmik rasmni tushunishning asosida yotadi hamda jarayon oxirida yuzaga keladi. Bolalarning ritmik rasmlar etalonini o`zlashtirish jarayoni bir xil davomiyliklar ketma-ketligini o`rganishdan boshlanadi. Keyinchalik esa turli xil davomiyliklar ketma-ketligini o`zlashtirish bilan davom etadi: avval elementar kvadrat bo`lgan, so`ngra elementar nokavadrat bo`lgan ritmik rasmlar. Bunday ritmik tuzilmaning murakkab variantlarini o`zlashtirish bir qancha vaqtdan so`ng xuddi shu ketmaketlikda boshlanadi. Ritmik tuzilmada mo`ljal harakatlarni modellashtirishning kengaytirilgan jarayoni quyidagi ketma-ket paydo bo`luvchi asosiy davrlardan iborat: a) ritmik bo`lmagan betartib harakat reaksiyalari; b) aksentlangan tovush elementlarini aks ettiruvchi tekis harakat v) ritmik rasmni ko`chirish jarayonining boshlang`ich etapini ifodalovchi asosiy ritmik nisbatlar harakatidagi tiklanish; g) topshiriqlar yaxlit tuzilmasining xarakatlanib tiklanishi; d) ritmning o`zlashtirilishi. To`rtinchi davr uchun tayyorlovchi bosqich bo`lib, xizmat qiluvchi boshlang`ich uchta davr o`zlashtirishning me`yoriga mos holda vaqt bo`yicha qisqartiriladi hamda ularning paydo bo`lish tartibida reduksiya qilinadi. Buning natijadasida bola yaxtit holatdagi ritmik tuzilmani darrov teng holatda qaytaradi. Ritmik tuzilma harakatlanishini modellashtirshning har bir davriga uning elementlarini tashkil etuvchi hamda nomaxsus mo`ljal reaksiya darajasida bo`lgan modellashtirish fazasiga to`g`ri keladi. Elementar ritmik etalon kabi murakkab ritmik tuzilmani qabul qilish ham uning uzluksiz ravishdagi «qurilish» jarayonidan iboratdir. Bola avval biror-bir
tuzilmaviy elementning faqat bittasini qabul qiladi. Bu narsa ko`p hollarda yoki erta qabul qilingan elementar ritmik etalon, yoki yangi tuzilmaning 2-3 ta boshlang`ich tashkil etuvchilar bo`lishi mumkin. So`ngra navbatdagi tuzilma variantining yanada yorqinroq bo`lgan ritmik munosabatlari va eng so`ngida esa murakkab etalon to`laligicha qabul qilinadi. harakatlantiruvchi tuzilmada qabul qilingan etalonlarni to`g`ri ko`chirish uchun quyidagi shartlarning bajarilishi zarurdir, ular quyidagilar: a) harakat tezligi bilan musiqa tempining mos kelishligi; b) harakatlanish jarayonida mushaklarning zo`riqishi to`liq musiqa kuchi yoki aksent jarangdorligining kuchi bilan mos kelishi; v) harakat bilan uzatilayotgan ritm rasmi musiqaning ritmi bilan mos kelishi zarurdir. Rivojlangan ritmik tuyg`usi (musiqiy ritmni tarbiyalash asosida) nutq ontogenezesida katta ahamiyatga ega. YOsh bola (go`dak) gapirishni endi boshlaganida, eng avvalo, so`zlar ritm konturini o`zlashtira boshlaydi, uning ma`nosini tushunadi, lekin vaqtincha to`g`ri talaffuz eta olmaydi. Masalan «trevoga» so`zini «titoga», «samovar»ni «matatar» va «molotok» so`zini «kolotok» deb talaffuz eta boshlaydi. Nutqida buzilishi bo`lgan shaxslarga nisbatan logoritmik ta`sir ko`rsatishda musiqiy ritmning shakillanishidagi hamda umumiy ritm tuyg`usining ontogenezik ma`lumotlarini hisobga olish zarurdir. SHug`ullanuvchilarga to`rtlik, sakkizlik va yarim notalar orasidan nisbatan oson egallanuvchi xamda ritm rasmidagi sakkizlikning bir juftidan ko`p bo`lmagan iboralar taklif qilinadi. Buning natijasida shug`ullanuvchilarda murakkab bo`lmagan turli ritmlarni differensiallash va o`z harakatlarini ongli ravishda ularga bo`ysundirish malakasi tarbiyalanib boradi. Keyin ritmni aks ettiruvchi harakatlar avtomatlashtiriladi. harakatlanish apparatidagi zo`riqishdan bartaraf etiladi, kuchning tejalishiga erishiladi, harakat yengilligi rivojlanadi va shu bilan birga ijro etish sifati oshadi.
Turli xildagi ritmlarni bolalarga o`yinlar, saxnalar va qiyofalash shaklida berish maqsadga muvofiqdir. Sahnalarning mazmuni va shakli bolalarning yoshiga, umumiy rivojlanishi va harakatlanishining imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Ritmlar kichik yoshdagilarda o`tirish, turish va harakat orqali amalga oshiriladigan, yengil harakatlar bilan shakllantiriladi. Masalan: – bolalar bir-biriga yuzlangan holatda juft-juft bo`lib, aylana ichida o`tiradilar. Taktning har bir sakkizinchi ulushida bolalar navbatma -navbat ko`rsatkich barmoqlarini avval o`ng qo`lda keyin chap qo`lda ko`rsatib birbirlariga do`q uradilar. CHorakda esa bir-birlariga orqa o`girib o`tiradilar va paydo bo`lgan yangi qo`shni bilan ham xuddi shunday harakatlarni bajaradilar. (Grafik holda dd); – bolalar oyoqlarini qovushtirib, aylana holatida polda o`tiradilar yarim nota ijrosida boshlari tepasida qarsak chaladilar, birinchi chorakda o`ng qo`l bilan ikkinchi chorakda esa chap qo`l bilan polga urish bajariladi. Boshning tepasida qarsak chalishda qo`llar atrofdan olib kelinadi. (Grafik xolda ddd); – bolalar kiyimlarni qoqadilar va ilib qo`yadilar: birinchi chorakdan keyin olish ikkinchisida qoqish, yarim notada esa uni arqonga ilish (grafikasi ddd); Maktabgacha yuqori yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarga ko`proq miqdordagi ritmik rasmlar taklif qilinadi. Bolalar bu rasmlarni hayvonlarni, qushlarni qiyos qilgan holda turlicha qurilmalarni yoki buyumlar bilan ishlarni bajargan holda shakllantiradilar. – bolalar polga tushib, qushlarni qiyos etadilar. Ikki chorakda qo`llarini yelka balandligida ko`tarib, ikki marta qanot qoqadilar. YArim notada o`rnilarida turadilar va qo`llarini qanotlar kabi keng ochadilar. Ritmning ikki chorakda takrorlanishida ikki marta «qanot» qoqadilar, keyingi yarim notada yana polga o`tiradilar (grafikasi:ddd) – bolalar «er qaziydilar». Birinchi chorakda ketmon belgilab qo`yilgan joyga qo`yiladi, ikkinchi chorakda oyoq bilan bosiladi va yarim notada yer chetga aqdarib tashlanadi. Xuddi shu ritm asosida bolalar ikki choraklikda ikki qadam
tashlab, yarim notada qadam tashlash, erkin holatdagi oyoq tizzasi bukilib va yuqoriga ko`tarib (yakka holatda bajariladi) bolalar laylakka qiyos qiladilar; – bolalar birin-ketin stullarga o`tiradilar har birida ikkitadan bayroqcha bor: chap qo`lda qizil ranglisi, o`ng qo`lda yashil. YArimtalik notada bolalar bayroqchalarni boshlaridan yuqorida qovushtiradilar, birinchi chorakda o`ng qo`lni ikkinchi chorakda esa chap qo`lni chetga ochib, ularni yelka balandligida qoldiradilar. Bunday harakatlarni avval birgalikda, keyin navbat bilan bajaradilar. Bolalar bu ritmni yaxshi o`zlashtirib olganlaridan so`ng ularga ritmik rasmni saqlagan holda boshqa yo`nalishdagi harakatlarni bajarish taklif qilinadi. – bolalar tokchaga o`tirib, qurbaqani aks ettiradilar: ikkita chorakda turgan joylarida ikki marotaba sakraydilar, yana bir chorakda oldinga qarab bir marta sakraydilar. (grafikasi dd); – bolalar sichqonlarni aks ettirib, sakkiztalikda to`rt oyoqlab mayda qadamlar bilan yuguradilar, bitta chorakda emaklashdan to`xtaydilar va o`ljani tasavvur qilib qidlaydilar. (grafika ddd); – bolalar qo`llarida lenta ushlab aylana bo`lib turadilar. Aylana markazida esa mushuk turibdi deb faraz qiladilar. To`rtta sakkizlikda ikki marotabadan o`ngga va chapga harakat qiladilar. YArim notada esa lentani yuqoriga otadilar. YUqori sinflarda dars vaqtida murakkabroq ritmlardan foydalaniladi. SHakldor tuzilishlar – bir shakldan ikkinchi shaklga fazoviy munosabatlarni xisobga olgan xolda ketma-ketlikda o`tish bilan murakkablashib boradi. – bolalar o`roq o`raydi. Birinchi chorakda engashadilar va chap qo`l bilan olganday bo`ladilar. Ikkinchi chorakda o`ng qo`lda tasvirlaydilar. YArimtalik notada rojni yerga qo`yadilar. (grafikasi ddd); – Zalning o`rtasida mel bilan ariqcha chizib qo`yilgan, unda doirachalar bor, bu doiralar narigi qirqoqqa o`tib olish uchun qo`yilgan toshlarni bildiradi. To`rtta sakiztalikda bolalar navbat bilan toshlarga sakraydilar va yarimtalik notada ariqning ikkinchi qirqoqida bo`ladilar.(grafikasi ddd); – bolalar to`rttadan bo`lib, guruhlarga bo`linadilar. har bir berilgan ritm davomida «gulxan» yiqib ulgurishlari va uni «yoqish»lari kerak. Birinchi taktda
bolalar navbat bilan o`tinlarni gulxanga yiqadilar, ikkinchi taktning birinchi ikki choragida olov yoqish amallarini ifodalaydilar, yarim notada esa («uch» va «to`rt» sanoqlari) yoqilgan olovni o`tinlarga olib boradilar. (grafikasi dddd|ddd) Agar harakatlanish imkoniyatlari yo`l qo`ysa, mashg`ulotlarda raqsga tushish harakatlarini ham olib borish mumkin: juft bo`lib navbatma –navbat raqsga tushish, buyumlar bilan turlicha guruhli tuzilishga bog`liq bo`lgan ishlar, ritmni cholg`u asbobiga ko`chirish: chirmanda, baraban, uchburchakka zarba berish. – bolalar juft bo`lib, qo`llarini ushlashgan xolda aylana bo`ylab turadi. Birinchi taktda aylana bo`ylab yuradilar, ikkinchisida qo`llarini tushiradilar va turgan joylarida o`ng tomonga aylanadilar. Taktning takroran ijro etilishda juftliklar chap tomonga aylanadilar. – bolalar bir-birlarning qarshisida 6-8 qadam masofada turadilar. Bir qatordagilarning hammasida bayroqchalar bor. Bayroqi bo`lmagan qator birinchi taktda qo`llarini cho`zib, xuddi ulardan so`raganday oldinga qarab yuradilar. Ikkinchi taktda bayroqcha ushlagan qator yaqinlashadi va bayroqchalarni ularga beradi. So`ngra uchinchi taktda har ikkala qator, qatorlar orasidagi masofani yugurib o`tib joylarini almashtiradilar. Joy almashtirilib bo`lgandan so`ng bayroqchasi yo`q bo`lgan qator birinchi bo`lib boshlaydi. (grafikasi ddd). O`smirlar va kattalar uchun bir muncha murakkabroq tuzilishli mashqlar topshiradilar. Masalan ritmik o`yinlar, jamoa bo`lib o`ynash, raqsga tushish, raqs yoki plyaska harakatlarida tuzilgan raqslarga va xarakat bilan musiqaning quyuq ta`sirlashuvida tuzilgan ritmik plyaskalarga tushish. Bolalar va kattalar bilan o`ynaladigan ritmik o`yinlar ikki tamoyil asosida quriladi: 1. Tartib va tartibsizlikni aks ettiruvchi, ya`ni tashkil qilinmagan erkin harakatdan oldindan mo`ljallanib tashkillashtirilgan harakatga tez o`tish. 2. «Uchinchisi ortiqcha», turli tuzilishlar va o`yin davomida o`zgarishlar imkonini yaratish.
Jamoa bo`lib o`ynash asosida boshlanishi qadimgi kadril va lansvelardan (inglizcha top raqsi), «Tegirmoncha» qishloq plyaskasidan olinadigan shakldor tuzilishlar yotadi. Raqsga doimo tugunlarning murakkab to`g`ilishlari kuzatiladi. Ritmik raqslar – tabiiy xarakatlar qadam tashlash, yugurish, turgan joyda sakrash, yonmachasiga sakrash, aylanish boshqa bilan musiqa uyg`unligidir. Ular maxsux raqs texnikasini talab qilmaydi, ammo tuzilishlarning murakkabligi bilan farq qiladi va ularni to`liq o`zlashtirib olish uchun vaqt talab etadi. Ritmik mashg`ulotga albatta nutq qo`shiladi. Nutq ustida ishlash kompleks tarzda olib boriladi: tovush, imo-ishora va shiddat, ya`ni butun prosodiya ustidan. Nutqiy materialni uch guruhga bo`lish mumkin: 1. So`z va shiddatli harakat. 2. Ishtirokchilar guruhi yoki bitta ishtirokchi harakatiga nom berish. 3. Suhbatlar, qachonki a) ishtirokchilarning faqat bittasi gapiradi, ikkinchisi tinglaydi va sukut saqlagan holda harakat qiladi; b) nutqiy muloqot ikki ishtirokchi yoki guruh bilan olib boriladi. Mashg`ulotlarning birinchi guruhidan maktab yoshigacha va maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashda foydalaniladi. Bolalar turli xil harakatlar, holatlar va o`zaro muloqotlarda matnda keltirilgan fikrni, faol aks ettiradi, masalan «aridan» qochgan bo`lib, jo`r bo`lib quiydagilarni aytadilar: «Bu yerda ari, u yerda ari, voy qo`rhaman, voy qo`rhaman». Oxirgi so`zni aytishlari bilan bolalar o`rnilaridan sakrab turadilar va qochib ketadilar. – bolalar o`zaro qo`l ushlashib juftlashgan holda aylana bo`ylab turadilar. qo`llarini ikki tomonga cho`zib, shijoat bilan M. Kachurbinning «Ayiq bilan qo`g`irchoq polkaga raqsga tushadilar» qo`shiqini kuylashadi. Juftlikda bolalardan biri «ayiqcha», ikkinchisi esa «qo`g`irchoq» bo`ladi. Juftliklar aylana bo`ylab yuradilar. Ayiq bilan qo`g`irchoq shiddat bilan qadam tashlaydilar, haranglar, haranglar shiddat bilan oyoq tashlaydilar. Uch marta oyoqlarini yerga uradilar
Kaftlari bilan ham qarsak chaladilar, jaranglatib qarsak chaladilar: Bir, ikki, uch. Uch marta qarsak chaladilar.
Ayiqcha quvnaydi, ayiqcha quvnaydi, Qo`g`irchoq ham quvnaydi, Boshginasin chayqaydi, chayqaydi Oq qaranglar quvnaydi. Ayiq» «qo`g`irchoqlar» atrofida aylanadi. Keyin aksincha «qo`g`irchoqlar» «ayiq» atrofida aylanadilar.
qo`shiqni birinchi to`rtligini takrorlashda ham aylana bo`ylab, faqat teskari yo`nalishda harakat bajariladi: Bu polkani biz, naxotki biz, naxotki biz O`ynab ko`ramiz, orqada qolib ketamiz.
O`ng oyoqda poyafzal poshnasini oyoq bilan yerga uradilar va oyoqni oldingi holatga qo`yadilar. Zarba urish oyoqdan oyoqga uch marotaba almashadi. (o`ng, chap, o`ng, 2 takt) xuddi shunday harakatlarni chap oyoq bilan bajaradilar.(2 takt) xamda ikki qo`ldan ushlagan xolda aylanadilar. quvnoq raqs (M. Poznanskiy so`zi T. SHutinko musiqasi). Bolalar 3-4 tadan aylana ichida turadilar. So`zlar: «Bir ikki, bir ikki, uch) Biz qanday o`ynayapmiz harang». 1-2 taktlarida so`zlarni aytib, oyoqlar bilan dupurlatadilar, qo`llarini ushlashib aylana bo`ylab mayda qadam tashlab yuguradilar. Mashg`ulotning ikkinchi guruhidan har qanday yoshdagi odamlar bilan ularning nutq va harakat imkoniyatlariga mos xolda shug`ullanishda foydalaniladi. Tuzatish kursining boshida bajariladigan harakatlarni tarbiyachi aytadi, shug`ullanuvchilar esa ularni yoki birgalikda yoki navbat bilan bajaradilar. Keyin xarakatni mashg`ulot ishtirokchilaridan birortasi nomlaydi, qolganlar bajaradilar yoki bo`lmasa ishtirokchilar ikki guruxga bo`linishib: bir guruh harakatni nomlasa, ikkinchi guruh uni bajaradi. Bunday mashqlar jamoaviy ritmni tarbiyalashda juda muximdir.
Ishtirokchilarning bittasi cho`pon bo`ladi, qolganlari esa poda rolida bo`lishadi, ular «o`tloqda» – polda erkin joylashadilar. Podachi o`zining podasi atrofida aylanib yurib, xuddi naycha chalgan qiyofada ifodalab, quyidagi so`zlarni aytadi:
qorovul, qorovul qorovul, qorovul Men podaga qorovul, yaylovdagi qorovul a «Poda» yaylovda o`tlab yuradi va «oz-ozdan, oz-ozdan, yo`lakni tozalaymiz o`tlardan». SHartli signal berilganda hamma o`rnidan turadi va so`zlarni qaytaradi. «Biz o`tloqqa bordik» (3 yoshli bolalar o`yini). (V. Kulovskiy so`zi, ukrain tilidan T. Volgina tarjimasi; A. Fillipenka musiqasi. Mashg`ulot muallifi Z. Bereznisekaya) – Bolalar aylanada turishadi. Uzoqda «quyoncha» SHe`rlar Bolalar qo`llaridan ushlashib, aylana bo`ylab o`ng tomonga yuradilar. SHe`rlar YUrishdan to`xtab, bolalar quyonchani ko`rsatadilar. Kaftlarini yuzlariga qo`yib uxlayotgan quyonni ko`rsatadilar. SHe`rlar Bolalar naycha chalishni ifodalaydilar. quyon uxlamoqda. SHe`rlar Aylana bo`ylab o`ngga yuradilar va baraban chalishni ifodalaydilar. SHe`rlar Bolalar quyonni o`zlariga chaqiradilar, quyon o`rtaga sakrab kiradi. hamma qarsak chaladi, quyon esa sakraydi. «Bizning do`stlarimiz qanday borishdi» (4 yoshli bolalar uchun o`yin. Rus xalq qo`shiqi. M. CHerdaniskiyning qayta taqriri. Mashg`ulot muallifi N. Metlav. Bolalar juftliklarga taqsimlanib, qo`llaridan ushlashadi va aylanaga turadilar. Solistka-qiz aylanadi, aylana bo`ylab o`ng tomonga SHe`rlar:
qo`shiq kuyi yana bir marta «lya» bo`g`ini bilan ijro etiladi, hamma qarsak chaladi. Solistka o`ynaydi. Mashg`ulotning uchinchi guruhi ikki shaxs orasidagi munosabatni ifodalaydi, diolog shaklida o`tkaziladi. Ulardan ayrimlari murojaatni, iltimosni yoki biror bir ishtirokchi uchun ta`qiqlashni qo`shadilar. Ikkinchisi indamasdan xarakatlarni bajaradi yoki bajarmaydi. Boshqa mashg`ulotlarda dialogning ikki tomoni ham gapiradi. «CHittak, chittak». (Rus xalq qo`shiqi. V.Agafonnikova qayta taxririda. Mashg`ulot muallifi M. Medvedeva) (2 yoshli bolalar uchun). O`ynayotganlar qo`llaridan ushlashib, aylana bo`lib turadilar. «CHittak»- qiz markazda turibdi. Kirish qism jaranglaydi, bolalar aylana bo`ylab o`ngga yuradilar. «CHittak» chapga tomon birgal o`ng oyoq bilan, ikkinchi gal chap oyoqida sakraydi. To`rtinchi taktning oxirida hamma to`xtaydi. Bolalar kuylashadi, «CHittak-chittak qaerda edingq» «CHittak» javob beradi va harakatlari bilan bo`tqani qanday kavlayotganini ko`rsatadi: SHe`rlar SHug`ullanuvchilarda kuylash ko`nikmalari ya`ni kuylashning to`g`ri pozasi tarbiyalanadi. Kuylayotgan vaqtda o`tirish yoki turish mumkinligini, yelkalarni ko`tarmasdan qo`llarni tizzaga qo`yish yoki tana bo`ylab tushurish mumkinligini tarbiyachi eslatib o`tadi. CHolg`u malakasini (tovushning paydo bo`lishi, nafas olish va diksiyaning o`zaro ta`sirlashuvi) tarbiyalashda tarbiyachi shug`ullanuvchilarning jarangli, yengil, ohangli, qichqiriqsiz, so`z o`rtasida yoki musiqiy fraza orasida nafas olmasdan kuylashlarini nazorat qilib boradi. Nafas tez, chuqur va shovqinsiz bo`lishi hamda sekin chiqarilishi lozim. Nutq aniq va ravon. Bularning hammasi logopedik ta`sirning muvaffaqiyatiga bog`liq holda asta-sekin shakllanib boradi. To`g`ri tovush paydo bo`lishini va kuy nafasi rivojlantirishda qisqa yoki uzun ohanglar qulay bo`lib, ularda nafasning sekin-asta chiqishi va ayrim unlilarning
to`g`ri shakllanishi tabiiy holda rivojlanadi. qo`shiq kuyi ikkinchi aktavadagi «do» tovushidan baland bo`lmasligi kerak, shuningdek katta intervallar bo`lishi maqsadga muvoffiq emas, chunki aks holda sakrashdagi intonasiyani saqlab qolish qiyin bo`ladi. Fraza uzunligi ham ahamiyatga ega bo`lib –bir nafasda kuylanadigan taktlar ikkitadan ko`p bo`lmasligi kerak. Nafas qo`shiqning boshida kuchli bo`lganligi va bunda havo ko`proq talab qilinganligi sababli, yuqoridan pastga qarab tuzilgan kuy qo`llaydilar, bundan tashqari tovush jarangdorligini sifati nafas kuchiga bog`liqdir. Agar kuy frazasining oxiri past bo`lsa, u holda kuylash oson bo`ladi, chunki bu holatda yengil nafas olinadi. Mashg`ulotlarda jo`r bo`lib, kuylash malakasi, ya`ni ansamblь va qator xamjihatligi tarbiyalanadi. Ansamblь qo`shilishini, bir butunlikni, ya`ni jo`r bo`lib kuylashda tovushning balandligi bilan kuchi orasidagi o`zaro to`g`ri ta`sirni, uni son bilan tembrning ishlanishini bildiradi. qator bu aniq va toza kuylashning intonasiyalashuvidir. Mashg`ulotning boshida qisqa gaplardan iborat bo`lgan qo`shiqlar, keyinchalik esa uzun gaplardan iborat bo`lgan qo`shiqlar kuylanadi. Ohangida tushunuvchanlika ega bo`lgan, sekin va o`rtacha tempdagi qo`shiqlar tanlanishi lozim, tez va uzuluvchan xarakterdagi qo`shiqlarni kiritishda ehtiyotkor bo`lish kerak. qo`shiq matnida unli va jarangdor undosh tovushlar ko`p bo`lishi kerak, chunki undosh tovushlar vokal chiziqni uzadi, to`g`ri tovush hosil bo`lishiga xalaqit beradi, kuylash diksiyasini to`g`ri o`rganishni qiyinlashtiradi. Masalan «Biz olmachani xafa qildirib qo`ymaymiz» frazasi «qo`shiqlar yangramoqda, karnaylar chalishmoqda» frazasiga nisbatan muvaffaqiyatliroq talaffuz etilgani kabi. Melodiya intonasiyasi oxang qatori aniq «pardali» asosga ega bo`lgan, ya`ni navoda tonik uch ovozli tovushlar tez-tez uchrab turgan holatda, oson o`zlashtiriladi. qo`shiq tanlash uchun: yosh va mazmunning mos kelishligi, oxangning oddiy va esda qolarli bo`lishligi, urg`uli tovushlarga nisbatan matnning mantiqiy taqsimlanganligi, akkompanementning murakkab bo`lmasligi, qo`shiq matnini issenirovka qilish imkoni hamda tuzatuvchi yo`nalishida bo`lishligi zarurdir.
qo`shiqni jo`r bo`lib, duet ko`rinishida yoki guruh tarkibida kuylash mumkin va mashg`ulotni qo`shiq bilan boshlagan maqsadga muvofiqdir. qo`shiqni o`rgatishda quyidagi uslublar mavjud: qo`shiqni kuylashdan avval tarbiyachi uning mazmuni haqida suhbat o`tkazadi, tahlil qiladi, ifoda etilgan tuyg`ularni va kayfiyatni oshkor etadi. hattoki tarbiyachining tovushi ham qo`shiqqa aniqlik kiritishda, asarning xarakteriga bog`liq xolda musiqa bilan bezatiladi. Masalan alla qo`shiqi haqida iliq va muloyim gapiriladi; tantanavor marsh xaqida esa bayramona va tantanavor, ko`tarinki ruqda; raqs haqida esa shaddot va quvnoq ohanglarda so`zlanadi. SHundan so`ng tarbiyachi qo`shiqni ifodali ijro etadi. Dirijyorlik maxorati va mimikadan foydalangan holda alohida kuylanuvchi lahzalarni (cho`zib yoki uzib kuylashni, kerak bo`lgan ifodani aniq ifodalay bilishni va boshqalar) ko`rsatib beradi. qo`shiqni kuylash jarayonida tarbiyachi o`zining artikulyasiyasiga pastki jag` qismining harakatlanishiga ahamiyat beradi. Ansamblь bilan ishlashda qo`shiq ijrosi mazmunining ahamiyati ochiladi qo`shiq qatorining ustida ishlash vaqtida esa tarbiyachi kuylovchilarning eshita olish diqqatini, eshitishdagi o`z-o`zini nazorat qilishni rivojlantiradi. qo`shiq kuyini asta kuylash orqali tarbiyachi kuylovchilarni xuddi sozlab olganday bo`ladi, keyin esa hamma bolalar bilan birgalikda shu notadan boshlab kuylaydi. Keyingi mashg`ulotda esa tarbiyachi yozib olingan qo`shiqni eshitishni va uni mustaqil ravishda ijro etishni taklif qiladi. qo`shiqdan tuzatish maqsadida foydalanishda quyidagi, nutqida turli xil nuqsonlari bo`lgan odam bilan logopedlik ishlarini olib borishda mavjud bo`lgan talablarga rioya qilish zarur: duduqlanuvchilar nutqining normallashuv bosqichlarini, tovushida organik nuqsonlari bor bo`lgan kasallar rejimidagi yumshatuvchi muddatlarini hamda rinolaliyalik shaxslarda burunlashish miqdorini hisobga olish lozim.
MUSIQIY ASBOBLARDA O`YNASH Bolalar musiqiy asboblari bilan o`ynashdan logoritmik mashg`ulotlarda keng foydalaniladi. Unga alohida rol beriladi, chunki bunday o`yinlar bolani musiqa
olamiga chorlaydi, uning ijodiy qobiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ayrim musiqiy o`yinchoqlardan ko`rgazmali-didaktik qo`llanma sifatida foydalaniladi. Ular tarbiyachiga maktab yoshidagi va maktab o`quvchilarining nafaqat musiqiy – sensor qobiliyatlarini rivojlantirishda, balki ularni ayrim musiqiy savodxonlik elementlari bilan tanishtirish ham yordam beradi. Musiqiy o`yinchoqlar voqelik va didaktik o`yinlarda ishlatiladi. Kichik yoshdagi bolalar ularni mamnuniyat bilan o`ynashadi, kichik orkestr tashkil etishadi. Bolalar musiqiy asboblari va o`yinchoqlari tovushli va tovushsizlariga ajratiladi. Tovushsiz o`yinchoqlar musiqiy asboblarni, masalan soqov klaviaturali pianino, torlari chalinmaydigan balalayka, momiqli bayanchiklar va boshqalarni aks ettiradi. Bu o`yinchoqlardan o`yin holatini yaratishda, o`yinni ularga ko`chirish va o`tishda barmoqlar jadalligini rivojlantirishda foydalaniladi. Bolalar o`zlarini «musiqiy raxbar» deb tassavur qiladilar va tarbiyachining taklifi yoki tashabbus bilan «musiqiy mashg`ulotlar» olib boradilar. Bunday mashg`ulotlar bolalarda ijodiy va musiqiy-eshitish tasavvurlarini rivojlantiradi. Tovushli o`yinchoqlar quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Balandligi aniqlanmagan tovushlarga ega bo`lgan o`yinchoq asboblar (shaqildoq, chirmandalar, qoshiq o`yin va uchburchaklar). 2. Faqat bir balandlikda tovush chiqaruvchi o`yinchoq asboblar (nay, hamishsurnay, qo`bizcha). 3. Biriktirilgan kuyli o`yinchoqlar (organlar, musiqiy qutichalar, musiqiy yashiklar). 4. Diatonik yoki xromatik tovush qatorga ega bo`lgan o`yinchoq asboblar (metallofonlar, pianino, royallar, klarnetlar, fleytalar, saksofonlar, bayanlar, naqmalar, lab naqmaalari, qo`nqiroqlar, sitra va do`mbiralar, balalaykalar va boshqalar). Bu asboblarda turli xil kuylar chalinadi. Mazkur asboblarga, ayrim shartlarga haramasdan, oldindan mavjud bo`lgan quyidagi tasnifni qo`llash mumkin: torli
sitralar, do`mbiralar, balalaykalar va boshqalar xalq asboblari titrdan, nafas bilan chalinuvchi-fleyta saksofon, klarnetlar, triolar; klavish-tilchali «Kuylar»-bayanlar, akkardeonlar, naqmalar; klavish-zarbali-o`yinchoq pianinalar, real, zarbali chirmandalar, qoshiq o`yinlar, uchburchaklar, likopchalar, barabanlar, ksilofonlar: Mazkur asboblar tovushlarning balandligi, davomiyligi tembri va dinamikasi bo`yicha ajratish – musiqiy didaktik o`yinlarida keng qo`llaniladi. Logoritmik mashg`ulotlar mashg`ulotlarda tovush balandligini eshitishni rivojlantirish uchun har xil balandlikda tovush chiqaruvchi qo`nqiroqlardan foydalanish mumkin. Bolalar qaysi qo`nqiroq «baland», qaysinisi esa «past» kuylayotganligini farqlaydi. qiyalatib qo`yilgan metallofon «musiqiy zinapoya» bo`lishi mumkin: bolalar tovush zaryadining yo`nalishini hamda ular orasidagi masofani aniqlashadi. Ritmik tuyg`uni rivojlantirishda ko`p hollarda ma`lum bir balandlikda tovush chiqaruvchi zarbali asboblardan yoki ixtiyoriy musiqiy asboblardan foydalaniladi. Masalan bolalar «musiqiy aks-sado» o`ynini o`ynashadi, bolalardan biri o`zining ritmik rasmini chizadi, ikkinchisi esa uni aniq takrorlaydi. Tembr tinglashni rivojlantirish uchun, turli xil asboblarning tovushlarini solishtirish bilan chegaralanmasdan (zarbali, nafasli yoki torli) , balki tembr bo`yicha kiruvchi ohangning xarakterini farqlay bilish ham foydalidir, masalan, bubenchik va childirmaning, metallofon va uchburchakning va boshqalar. Dinamik eshitishni rivojlantirishda, bolalar tovushlarni o`yinlar holatiga bog`liq holda mumkin bo`lgan ixtyoriy ravishda kuchaytirishi va susaytirishi imkonini beruvchi barcha asboblardan foydalaniladi. YUqorida qayd etilgan asboblardan bolalar tarbiyachi bilan o`rgangan qo`shiqlarni ijro etadilar. Mustaqil ijrodan avval san`at ustalari ijrosidagi vokal, cholg`u musiqalarni eshitib olgan (tasmali yozuvdan foydalanib) foydadan xoli emas. Musiqiy tarbiyalangan o`smir va kattalar, har qanday asarlarni tarbiyachi bilan muxokama qilgandan so`ng, akkordionda, gitarada, balalayka fleyta, pianino va boshqalarda ijro etishlari mumkin. Ijro etilgan asar haqida suhbat uyushtirish, kompozitor unda yoritgan fikrlarga qo`shilishi mumkin.
Maktab yoshigacha va maktab yoshdagi bolalarga «Kontsert» «Musiqiy mashg`ulot», «Orkestr» o`yinlarini o`ynash taklif qilinadi va bu o`yinlar esa bolalarning tajribasiga asoslangan bo`ladi. O`yin davomida bolalar boshlovchi rahbarligida bir necha nomerlarni bajaradilar, kontsertga qo`shiqni, raqsni va musiqiy asboblar ijrosini ham qo`shadilar. «Musiqiy mashg`ulot» o`yinini o`ynashda bolalar tarbiyachi musiqiy raxbar, mashg`ulot ishtirokchilari rollarini bo`lishib oladilar. So`ngra o`yindagi bir necha xil faoliyatni birlashtiradilar. Masalan, sitrdagi, metallofondagi ijro, raqs va kuyning ohangi bo`yicha qo`shiqni aniqlash, jo`r bo`lish va boshqalar. «Orkestr» o`yinida esa dirijyor, musiqachilar tanlab olinadi, qo`shiqni kuylash yoki bal raqsi uchun musiqiy asboblar belgilab olinadi. Orkestrni quydagi tarkib asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir: sitr -6-8, metallofonda –5-7, akkordionda –12, triol-2-3, qoshiqli o`yin –2-3, uchburchak –2-3, barabanlar, chirmandalar, likopcha – bittadan asbob bilan. Tarbiyachi bolalarni shunday joylashtiradiki, bunda o`ng tarafda past tovushli asboblar, chap tomonda esa yuqori tovushlilar, zarbali asboblarni esa orqa tarafda erkin holatda joylashtiradi. Bu xolat asboblari eng ko`p bo`lgan orkestr ko`rinishini ifodalaydi, ammo har doim ham asboblarning barcha guruhlaridan foydalanilmaydi. Mashg`ulot vaqtida faqat bir turdagi asboblardan tashkil topgan orkestr tashkil etish mumkin. Musiqiy asboblar va o`yinchoqlarda o`ynash – qo`l harakatini rivojlantirishda yaxshi yordam beradi, masalan, metallofon, sitra, mediatrga bolqacha bilan zarba berish triodlarda o`ynash davrida nafasni, qo`shiq aytish vaqtidagi artikulyasiyani, tanish qo`shiqlarni tanlashdagi eshitishni, musiqiy asboblarda ijro etish uchun sanoqlarni, ritmik va melodik xirgoyilarni improvizasiya qilish davrida nutqning prosodik tomonini normallashtirishda, umumiy dinamika, teng va o`yinga kirishishdagi zamonaviylikka rioya qilgan holda ansamblda kuylaganda eshitishni rivojlantirishga zamin yaratadi. MUSTAQIL MUSIQIY ISH
Mustaqil shaklda olib boriladigan musiqiy faoliyat – eshitish mo`ljalining (koordinasiyasi), tovush va harakatning, ton va ritmik tuyg`ularining rivojlanishiga musiqa va qo`shiqqa nisbatan muuxabbatni tarbiyalashga, bolalar va kattalarda hissiy hayotni boyitishga asos bo`ladi. Nutqiy nuqsonlarga ega bo`lgan odamlar bilan olib boriladigan barcha musiqiy ishlarga - jamoaviy faollashtiruvchi va korrigirasiya qiluvchi ruxiy terapiya (ijtimoiy rag`batlantiruvchi, ruxiy ortopedik, ruxiy tarbiyaviy ishlar) sifatida qarash mumkin. Mustaqil musiqiy faoliyat musiqiy o`yinlar bilan quyuq bog`lanishga ega bo`lib, shug`ullanuvchilar o`z tashabbuslari bilan kuylashadi, jo`r aytishadi, raqs ijro etishadi, bolalar uchun belgilangan yoki xaqiqiy musiqa asboblarida kuy tanlashadi. Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshdagilarning mustaqil musiqiy faoliyatlari bir necha manbalarga ega bo`lgan: musiqiy mashg`ulotlar bo`lib, ularda bolalar qo`shiq kuylashni, raqsga tushishni va xar xil o`yinlarni o`rganadilar. Mashg`ulotlarda olgan bilimlarini bolalar mustaqil faoliyatga ko`chiradilar, bular: bayramlar, ko`ngilochar mashg`ulotlardir. Ularda bolalar o`z o`yinlari haqida darqol javob beradilar olingan taassurot qanchalik yorqin bo`lsa, bolalar uchun muzitsirovka ham shu qadar qiziqarli bo`ladi. Oilada ham mustaqil musiqiy faoliyatning turli xil manbalari mavjud. Ular orasida eng ko`p tarqalganlari bular – musiqiy radio va teleko`rsatuvlar. Ota-onaning qo`shiqqa, musiqiy asboblarda o`ynashga, yozuv tasmalarini to`plashga bo`lgan muqabbati bolalarda musiqaning rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Musiqa hamda ahamiyatli personajlar ishtirokidagi mulьtfilьmlar bolalarda sevib tinglaydigan qo`shiqlarni qaytarib yurish odatini keltirib chiqaradi. Tuzatuvchi (korreksion) logoritmik ta`sirni amalga oshiradigan tarbiyachi bolalar musiqiy faoliyati manbalarini xisobga olishi va bu faoliyatni keyinchalik xarakat sensor va nutq funksiyalarini me`yoriylashtirishda foydalanish yo`lida rivojlantirishga rahbarlik qilishi lozim.
Mashg`ulotlarda bolalar asosan bir turdagi harakatlarni o`ylab topadilar, masalan chavandozlar otda yuradilar, uchuvchilar samolyotni boshqaradilar, o`tinchilar o`tin yoradilar, traktorchilar matorni yurgizadilar, tikuvchilar igna bilan ish qiladilar va boshqalar. So`ngra musiqiy-o`yin qiyofasi rivojlanishda yaratiladi, masalan, boqbon yer qaziydi, ekin ekadi, ularni suqoradi, devorlarni ohartiradi, o`simliklarni parvarishlaydi (atrofdagi yerni yumshatadi, begona o`tlardan tozalaydi, o`qit bilan yerni to`yintiradi.), hosilni teradi va do`stlarini meqmon qiladi. Keyinroq bir necha personajlarning o`yinga qo`shilib borishi hisobiga musiqiy harakat tobora murakkablashib boradi va nihoyat o`yinchilar harakat kompozisiyasini o`zlari yaratadilar. Ijodiy kompozisiyalarga turli xil laparlar, raqslar, xorovodlar, qo`shiqlar va musiqiy asboblardagi o`yinlar kiritiladi. Laparlar kombinasiyalangan, ya`ni erkin o`ylab topilgan va biriktirilgan harakatlarga ega bo`ladi. Ular uchun yorqin kontrast tuzilishiga ega bo`lgan ikki qismli asarlar xamda turlicha xarakterdagi ikki mustaqil p`esa tanlab olinadi. Erkin laparlar ijodiy xarakterga ega bo`ladi va xalq lapar kuylari bilan ijro etiladi. Lapar xarakteridagi jo`r aytishlar xalq qo`shiqlari bilan bog`liq bo`lib, qo`shiqda kuylanayotgan voqeani sahnalashtirishni tag`ozo etadi, masalalan, “Karavay” qo`shiqi. SHuningdek, o`yinlarga bal raqslari ham qo`shiladi, yoki xarakterli raqslar, Petrushka, Bilmasvoy, Ayiqlar, qorqiz, qor malikasi, Buratino, va boshqalar. Syujetli-rolli o`yinlarda bolalar o`yindagi qoyalarga mos keladigan qo`shiqlarni ijro etadilar. Masalan, “Parad” o`yinini o`ynashda o`g`il bolalar M. Kracevani “baraban” qo`shiqi ostida baraban chaladilar va qadam tashlaydilar, hamda qo`shiqni har bir kupletida qator tuzilishni o`zgartirib turadilar; aylana bo`ylab yoki juft xolatda ilon izi bo`ylab yuradilar bo`ladilar. qiz bolalar esa M. Kracevani “Bayu – bayu” qo`shiqi ostida qo`nqirchoq tebratadilar. Maktab yoshidagilar va kichik maktab yoshdagilar mustaqil faoliyatga musiqiy didaktik o`yinlarni ham qo`shadilar: “Musiqiy rota”, “Kim kuylayotganligini top”, ”Ikki baraban”, «Sekinroq – buben chalsin balandroq”, “Rasmdagi qo`shiqning nomini
top” va boshqalar. Masalan: “Ikki “baraban” o`yinida bolalardan biri barabanda ritmik rasm chizadi, ikkichisi esa uni aynan takrorlaydi, yoki oxang yo`nalishi va uning ritmini aks ettirgan holda kuy ijro etadi. Bolalar o`zlarining mustaqil faoliyatlarida ko`pincha musiqiy o`yinchoq asboblaridan foydalanadilar: kuy, qo`shiq, ijro etadilar, o`zlari personajlar harakatlarini yaratadilar va uni kuy ishtirokida ijro etadilar, masalan, «Ayiqni kuchliroq qilib chunki u jaxldor, tulkini esa yumshoqroq qilib o`ynash kerak» ekanligini o`yinda qayd etadilar. Bolalarning mustaqil faoliyatlari bog`chadagi bayramlarda, qo`g`irchoq teatrlarida, xaqiqiy bayramlarda va yakka mashg`ulotlarda namoyon bo`ladi. Bolalar bog`chalaridagi har 2-3 oyda uyushtiriladigan bayramlar - muoloja tuzatish va logopedik tarbiyaviy ishlarini o`tkazuvchi mashg`ulotlarning to`liq kursi bo`yicha o`zgacha bir hisobotni namoyon etadi. Bog`chada bayram tashkil qilish uchun bolalar bilan olib boriladigan barcha turdagi musiqiy ishlar materiallaridan foydalaniladi. Nutq materiallarini tanlashda mazkur ondagi bolaning nutq qobiliyatini hisobga olish lozim. Bayram sahnasi logoped, musiqiy xodim va shifokor bilan muhokama qilinadi. Utrenniklar batantarbiya bayramlari yoki bitiruv kechalari sifatida o`tkaziladi. Ularning davomiyligi 30-45 daqiqa davom etadi. qo`g`irchoq teatrlarini uyushtirishdan maqsad boshqa mashg`ulotlarda olingan bilim va malakani mustahkamlashdir. qo`g`irchoq teatrlari namoyishi yiliga 1-2 marta: ko`ngil ochar kechalar oyiga 1 marta tashkil qilinadi, masalan, tug`ilgan kunni nishonlash. Turli xil mashqlar logoped tarbiyachi xamda musiqiy raxbar bilan birgalikda o`kaziladi. Barcha turdagi ko`ngil ochar mashqlar kvartal bo`yicha taqsimlanadi va bolalar bog`chasidagi, stasionarlardagi, bolalar poliklinikalardagi nutqiy guruhlar uchun tuzilgan kelajak rejasiga qaratilgan bo`ladi. Masalan, birinchi chorak rejasiga kirtilgan quyidagi tadbirlarlarni kiritish mumkin: 1) mavzuli kontsert “kuz belgilari” (kattalar tomonidan ijro etilgan tabiat haqidagi vokal, instrumental musiqa tanlash, bolalar bilan she`r o`qish, kuz haqida qo`shiq kuylash – tartiblangan nutq.). 2) musiqiy diafilьm namoyish etish (kattalar tashkil qiladilar.)
3) musiqiy viktorina (logoped bilan birgalikda musiqiy rahbar olib boradi, bolalarga tanish bo`lgan asardan foydalaniladi); 4) hazil-mutoyiba, topishmoklar aytish kechasi (kattalar tashabbusida); 5) “bizning quvnoq kontsert» (kontsert dasturi bolalarning harakat va nutq qobiliyatlariga mos holda kattalar tomonidan tuziladi); 6) mulьtfilьm ko`rsatish (tashkilotchisi kattalar); 7) quvnoq musobohalar, o`yinlar, attraksionlar (kattalar bolalar bilan o`tkazadilar, bolalar yordamchi bo`lishlari mumkin); 8) sahnalashtirilgan musiqiy o`yinlar (ijro etuvchilar kattalar va bolalar); 9) yumor kechasi (kattalar tashkil etiladilar) Individual mashg`ulotlar logoped va musiqiy rahbar tavsiyasi bilan asosida o`tkaziladi va aniq maqsadga ega bo`ladi. Masalan turli asboblarda o`ynash harakatida barmoqlar harakatini rivojlantirishni; qo`shiqlar va xirgoyilarni kuylashda ovoz balandligini rivojlantirish; nafas yordamida chalinadigan musiqiy asboblarda o`ynashda nafas olishni rivojlantirish va boshqalar. Tarbiyachi bolalarni majburlamagan holda puflab chalinadigan musiqiy asboblarda o`ynashni qo`shiq aytishini musiqiy burchakni o`yinchoqlar bilan bezatilgan musiqiy burchak hosil qiladi. Bolalar rahbarlik qilish mashg`ulotlarda musiqiy tarbiyalash va o`qitishdan sezilarli darajada farq qiladi. Mustaqil faoliyatda esa bola o`ziga o`zi mashg`ulot tanlaydi, fikr va qoyalarni amalga oshiradi. Lekin bu bola o`z qoliga tashlab qo`yildi degan ma`noni anglatmaydi. Tarbiya to`girlangan maqsadlarni kuzata borib bilvosita holatda bolalarga raxbarlik qiladi. Birinchidan, tarbiyachi mashg`ulot bilan bolaning mustaqil faoliyati orasida quyuq bog`lanish o`rnatadi. Bola mustaqil ravishda bajara olgan ishini mashg`ulot va sayr davomida ham mashg`ulot bilan bajaradi. Ikkinchidan, mashqlar shu darajada qiziqarli va mazmunli bo`lishi kerakki, bolalarda mazkur asarni uyda ham tasvirlash ishtiyoqi paydo bo`lsin. Mustaqil musiqiy faoliyat uchun tashqi sharoitlar ham yaratib berilishi zarurdir. Logoped ota-onalarga asboblari ko`p bo`lmagan musiqiy burchak tashkil etishni bola bilan ko`proq teatrlarga borishni tavsiya qilishi
mumkin. (Maxsus va musuqiy spektakllar, bolalar opera va baletlari). Biroq bunda ota-onalar bolaning musiqiy qobilyatlaridan imkon boricha avaylab, oqilona holatda foydalanishlari, bog`chada korreksion ishlarga mashqul qilishlari lozim, tarbiyachining bolalar mustaqil musuqiy faoliyatiga rahbarligidagi asosiy harakat – bu faoliyatda ishtirok etishdan iborat. Bolalarning musiqa aytishlariga rahbarlik vositalarini rejalashtirishda tarbiyachi: musiqiy faoliyatni boyitishda biror-bir yangilik kiritilishi lozimligini instrumentlar, qo`llanmalar, qo`lbola o`yinchoq uni qanday tartibda bajarish maqsadga muvofiq ekanligini va nimani kuzatib borishi lozimligini aniqlaydi, shuningdek, bolalarning qiziqishlariga qaysi ko`rinishdagi faoliyat ma`qul bo`layotganligini ham aniqlaydi.
Musiqali ritmik tarbiya tizimi Reja: 1. Ritmika tarixidan qisqa ma'lumotlar. 2. Ha r a k a t l a n u v ch a n m a l a k a va ko`nikma haqida tushuncha; 3. Musiqali ritmik tarbiya tamoyillari. 4. logopedik ritmikaning sog’lomlashtirishga yo’nalganligi; 5. logopedik ritmikaning musiqali faoliyatning boshqa turlari; 6. logopedik ritmikaning nutqiy patologiyaga ega bo’lgan shaxslarga tibbiypsixologo- pedagogik ta'sir kompleksi vositalari bilan bog’liqligi. 7. Logoritmik ta'sir tizimining asosiy bo’g’inlari tavsifi. 8. Nutqiy bo’lmagan jarayonlarni rivojlantirish;
Tayanch tushunchalarTayanch iboralar: nafas, ovoz va artikulyatsiyani rivojlantirish uchun mashqlar; muskullar tonusini boshqaruvchi mashqlar; diqqatni faollashtiruvchi mashqlar; hisobli mashqlar; musiqa kuzatuvisiz nutqiy mashqlar; musiqiy o’lchov yoki metr tuyg’usini shakllantiruvchi mashqlar; musiqiy temp tuyg’usini shakllantiruvchi mashqlar. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Volkova G.A. Logopedicheskaya ritmika. - M.: Prosveщenie, 2003. 2. Ayupova M.Y. Logopediya - T.: 0‘zbekiston faylasuflar jamiyati, 2007 3. Axmedova Z., M.Ayupova, M.Xamidova. Logopedik o‘yin, - T.: Faylasuflar, 2013
Logopedik ritmikaning mohiyatini tushunish uchun harakat, harakatlanish ko`nikmasi, harakatlanish malakasi, ohang, ritmika, musiqiy ohang, musiqiyohangli hissiyot, musiqiy-harakatlanuvchan tarbiya, harakatli o`yinlar, kineziterapiya, davolash ritmikasi, logopedik ritmika nima ekanligini tushuntirish zarur. Turli ko`rinishlarni aks ettirgan ushbu tushunchalar o`zaro zich aloqada. Ular jamiyatning turli rivojlanish davrida yuzaga kelgan. Ularning mazmuni chuqurlashadi, inson to`g`risida turli-tuman fanlar rivojlanishi doirasida aniqlanib boradi. Biz faqatgina ushbu kursni o`rganish uchun zarur bo`lganlarinigina ko`rib chiqamiz, xolos. H a r a k a t tirik materiyaning asosiy biologik sifati hisoblanib, u jonli tabiatning evolyusiyasi bilan birgalikda mukamallashadi. Harakat eng oliy mukammallikka “organizm-muhit” tizimidagi tizimosti o`z-o`zini boshqarish hisoblanuvchi organizm, insonning filogenetik rivojlanishida erishadi. harakat – bu tizimda muvozanatlashtiruvchi asosiy mexanizmlardan biri. Inson organizmi nafaqat muhit bilan muvozanatga kirishadi, balki faol moslashadi, ko`nikadi va bu moslashuv jarayonida bir tomondan, tuzilmaviy va funksional tarzda takomillashadi, boshqa tomondan esa – muhitni faol o`zgartiradi va moslashtiradi. Ushbu jarayonda harakat insonda o`ziga xos, sifat jihatidan inson faoliyatining ongli, ijtimoiy-biologik xarakteriga sabab bo`ladigan yangi xarakterga ega bo`ladi. Harakatdan profilaktika, davolash va reabilitasiyaning ulkan omili sifatida ham foydalaniladi.
Ha r a k a t l a n u v ch a n m a l a k a harakatning tarkibiy qismlari va harakatlanuvchan vazifani hal qilish usullariga diqqatni ko`tarinki jamlash bilan farqlanuvchi faoliyatning texnikasini egallash darajasi sifatida belgilanadi. H a r a k a t l a n u v ch a n k o` n i k m a – harakat texnikasini shunday egallash darajasiki, unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda sodir bo`ladi va harakat yuqori ishonchlilik bilan farqlanadi. Ishlab chiqilgan harakatlanuvchan malakaning mavjudligi harakatlanuvchan aktning butunlay anglashni yo`q qilmaydi. Anglash qo`yilgan harakatlanuvchan vazifani bajarish uchun, harakat ustidan nazorat va hatto ba`zi hollarda harakatlanuvchan vazifalarni bajarishda kutilmaganda o`zgaruvchan sharoitga bog`liq ravishda malakani qisman avtomatlashtirmaslik uchun zarurdir. Harakatlanuvchan malakaning shakllanishi o`zida birinchi va ustunlik qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan ikkinchi signal tizimining o`zaro ta`sirida dinamik stereotipning vujudga kelish jarayonini aks ettiradi. Psixomotor rivojlanish motor rivojlanish bilan mustahkam bog`liqlikda boradi. Bu aloqa shunchalik kuchliki, psixik rivojlanishning buzilishi esa shunday ko`p miqdorli va turli-tuman harakatlanuvchan buzilishlar bilan o`zaro aloqalarni yuzaga keltiradiki, “psixomotor rivojlanish” ta`rifi faqat me`yordagiga emas, balki patologiyaga nisbatan ham qo`llaniladi. Rivojlanishning boshlang`ich bosqichlarida badanning harakati va turlicha hissiyotlar (ko`rish, etishish, taktil, ta`m, muvozanat, kinestetik va boshqalar) ning anglanishi inson uchun atrofdagi dunyoni tanish vositasi hisoblanadi – bu intellektual bilishga haraganda birmuncha elementar daraja. Psixomotor rivojlanish buzilishida turlicha modallikni his qilishning to`liq bo`lmagan va noto`g`ri his qilish tahlili amalga oshiriladi. Bitta analizator olib tashlash bilan bog`liq ravishda qolganlarining sezgirligi pasayadi. Masalan, past aqli zaiflik bilan qiynaluvchi bolalar bilan ishlovchi shaxslar ko`p E`tiborni bolalarning ushlab olishiga, maqsadli yo`naltirilgan va ixtiyoriy harakatlarga, maqsadli yo`naltirilgan artikulyasion harakatlar va h.k. larga o`rgatishga qaratadi. Kar va past eshituvchi bolalar bilan shug`ullanuvchi pedagoglar ularni yuzdan o`qishda ko`zdan foydalanishni yoki unli va undosh tovushlarning to`g`ri artikulyasiyasini o`rgatadilar. Ko`rlar va zaif ko`ruvchilar bilan ishlaydigan pedagoglar patsientlar harakatlanuvchi turli yuzaliklarda va binoda mavjud bo`lgan predmetlar, mebellar va h.k. larning joylashishiga harakatlanishga, qomatni ko`ruvchi odamdan farq qilmaydigan holda tutishga, shuningdek, yuqori taktil qobiliyatni talab qiluvchi Brayl bo`yicha o`qishni, makon orientasiyasi, harakatli nozik tuyg`ularni egallashga moslashish malakasi va qobiliyatini ishlab chiqadilar. Psixomotor rivojlanishi nisbatan me`yorda bo`lgan bola bir necha bosqichni o`taydi. Psixomotor rivojlanish predmetlar bilan maxsus bo`lmagan manipulyasiyadan boshlanadi va maqsadli yo`naltirilgan, rejalashtirilgan anglash hamda harakat yordamida haqqoniylikning bunyodga kelishi deb tushuniluvchi aqlli, anglangan faoliyatgacha davom etadi. Anglangan faoliyat shaxsiy tajribada bilib olgan predmetlar va ko`rinishlarning muayyan miqdoriga, motorikani takomillashtirmaydigan va atrofdagi borliq ko`rinishlariaro sabab-oqibatli aloqalarni bilishga tayanadi. SHaxsning psixomotor rivojlanishi jarayonida ongli
faoliyatga bola rivojlanishi va faoliyatini takomillashtiruvchi ikkinchi signal tizimi qo`shiladi. Har bir harakat ma`lum bir ritmda sodir etiladi. Ritm (ohang) tushunchasi keng qamrovga ega va she`rga, proza, yurak nafas olish, tabiat, ish va h.k. larga nisbatan qo`llaniladi. Ritm universal kosmik kategoriya sifatida ham yuzaga chiqadi. «Makon va vaqt mangu ritm qonuniga bo`ysunuvchi materiya bilan to`ldirilgan”, – deb yozgandi E.Jak-Dalkroz . Ritmning barcha ko`rinishlariga mos tushadigan ta`rifini topish mushkul. “Ritm” tushunchasi ko`pincha ko`rinishlarning vaqtda almashinishi xususiyatlari bilan bog`liq, biroq makon san`ati – balet, rassomlik, haykaltaroshlik, arxitekturaga nisbatan “makon ritmi” haqida ham gapirish mumkin. Ritmning asosiy belgisini birmuncha kamroq yoki ko`proq takrorlashning qat`iy davriyligida ko`rish qabul qilingan. Biroq vaqtinchalik san`atlarda, ya`ni “ritm” tushunchasi birmuncha yuqori rol o`ynaydigan joyda bu belgi yo`q bo`lishi mumkin, masalan, spektaklь, proza ritmi, ba`zida musiqa ritmi takrorlanishning davriyligi bilan xarakterlanmaydi. Ritm ko`p narsani o`z ichiga oladigan tushuncha sifatida faqat bitta, noaniq belgisi bilan farqlanadi: bu predmetlar, ko`rinishlar, jarayonlarning vaqtinchalik yoki makoniy tartibi. Psixolog B.M.Teplov ritm ba`zi bir muayyan jarayonni vaqtda tashkil etish deb hisoblaydi. Ritm bir-birining ketidan keluvchi u yoki bu guruh vaqt qatorining ba`zi bo`linishlarini zaruriy shart sifatida ko`zda tutadi. Ritm haqida faqatgina bir tekisda ketma-ket keluvchi qo`zg`atuvchilarning ma`lum bir guruhlarga bo`linganidagina gapirishimiz mumkin, shu bilan birga, guruhlar bir xil (2-3 a`zodan va h.k.) yoki bir xil bo`lmasligi ham mumkin. Biroq har qanday guruh va vaqt qatorining bo`linish ham ritmni hosil qilmaydi. Ritmik guruhning, albatta, umuman ritmning majburiy sharti urg`uning mavjudligi, ya`ni birmuncha kuchli va qandaydir ajralib turadigan qo`zg`atuvchiga munosabat hisoblanadi. Urg`usiz ritm yo`q. SHunday qilib, ritm urg`u atrofida birlashuvchi guruhlarda qo`zg`atuvchining vaqtinchali ketma-ketligidagi qonuniy bo`linmasidir. Ritmni psixologik va pedagogik fanlar nuqtai nazaridan aniqlash mumkin. Psixologik aspektda ritm – bu metroritm yoki shu so`zni keng olganda ritmika. Masalan, metronomni tinglab odam bir xil ovozlar ketma-ketligini guruhlarga bo`ladi, bunda u alohida tovushlarga urg`u beradi, ya`ni ularni birmuncha baland ovozlarga ajratadi. O`ziga xos “ritmni boshdan kechirish” yoki sub`ektiv ritmikalashtirish tug`iladi. Sub`ekti ritmikalashtirishni sekinlatishning chegarasi Bolton bo`yicha (1894) – bir daqiqada 38 ta udar, Setson bo`yicha – daqiqasiga 4020 udar, sub`ektiv ritmikalashtirishning tezligi chegarasi Bolton bo`yicha – bir daqiqada 520 ta udar, Setson bo`yicha – daqiqasiga 240-280 udar. Sub`ekti ritmikalashtirish uchun birmuncha qulay tezlik daqiqasiga 100 udardan 200 udargachani tashkil etadi. Sub`ektiv ritmikalashtirish agar tezlik 30 dan kam va daqiqasiga 500 udardan ko`p bo`lsa boshlanmaydi . Bu raqamlar pedagogik qiziqish uyg`otadi, chunki ular ritmik jihatdan oxirgi harakatlar qaysi tezlikda oson qabul qilinishini ko`rsatadi. Pedagogik aspektda ritmika (grekcha rhythmikos so`zi ritmga taalluqli, ravon, bir me`yordagi kabi ma`nolarni beradi) – bu harakatning musiqa bilan
bog`liqlikda qurilgan jismoniy mashqlar tizimi. Ritmika, ayniqsa, bola yoshida jismoniy va badiiy tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. U bolalarning uyg`unlashgan jismoniy rivojlanishiga, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, harakat aniqligining rivojlanishiga yordamlashadi, bolalarni musiqa, raqs, qo`shiq bilan tanishtiradi, harakatda musiqiy asarning xarakteri va jadalligini aks ettirishga o`rgatadi. Ritmika mashg`ulotlarida sakrash, o`yinli mashqlar, yugurish, badiiy gimnastika elementlari, raqsli va imitasiyali harakatlardan foydalaniladi. Ritm hissi o`z asosida motorli, faol tabiatga ega va motorli reaksiya bilan olib boriladi. Bu reaksiyalarning mohiyati ritmni his qilishda ko`p obrazli kinestetik hislarni uyg`otishdan iborat. Bu til, miya, jag`, oyoq barmoqlari muskullarining qisqarishi, hiqildoq, miya, ko`krak qafasi va qo`l-oyoqda vujudga keladigan kuchlanish, bosh va nafas muskulaturasining boshlang`ich qisqarishi va nihoyat, organning makoniy holatini o`zgarishsiz kuchlanish va bo`shashish fazalarining almashinuvini chaqiruvchi bir-biriga qarama-qarshi (bukuvchi va rostlovchi) muskullarning bir vaqtni o`zida rag`batlantirilishidir. Birmuncha faol motor reaksiyalari urg`uni anglashda ko`zga tashlanadi. Bunda harakat haqqoniy va faraz qilingan bo`lishi mumkin. Haqqoniy harakatlar boshlang`ich va to`liq sifatida namoyon bo`ladi. Boshlang`ich harakatlar tovush burmasidagi va tovush apparatining yordamchi qismlari, shuningdek, barmoq muskullari, lab va boshqa muskullar innervasiyasi oqibatida yuzaga keladi. Boshlang`ichda bo`lgani kabi to`liq harakat ham anglanmagan bo`ladi: odam o`zi sezmagan holda oyoqi yoki qo`li bilan chertib maqomga soladi. Faraz qilingan harakat tashqi tomondan ko`rinmaydi, eshituvchi uni xayolan tasavvur qiladi. E.Jak-Dalkrozning tasdiqlashicha, har qanday ritm harakat demakdir va ritm hissining vujudga kelishi hamda rivojlanishida bizning butun vujudimiz ishtirok etadi. U ritmni badanda his qilmay turib musiqiy ritmni qabul qilish mumkin emas, deb hisoblaydi. Musiqa doimo hissiy mazmunni ifodalaydi, ritm esa musiqaning ta`sirli vositalaridan biri hisoblanadi. Albatta, musiqiy ritm ham ba`zi bir hissiy mazmunni ifodalash hisoblanadi va motorli hamda hissiy tabiatga ega. Musiqasiz musiqiy ritm tuyg`usi tug`ilishi ham, rivojlanishi ham mumkin emas. Ritmli tuyg`u musiqiy-ritmli deb nomlanuvchi musiqiy ritmni tushunish bilan bog`liq musiqani faol boshdan kechirish va vaqtinchalik musiqiy harakatni hissiy ifodalashni nozik his qilish qobiliyati sifatida xarakterlanadi. Musiqiy-ritmik tuyg`uni rivojlantirish asosida shaxsni musiqa va ritm ta`sir etishi yo`li bilan shakllanishiga ko`maklashuvchi musiqiy-ritmik tarbiya quriladi. SHunday qilib, musiqiy asarlar mavzulari, musiqiy o`yinlar, xorovodlarning turli-tumanligi natijasida bolalarning bilim qobiliyati, iroda sifatlari, hissiy muhitlari rivojlanadi. Musiqiy-ritmik tarbiyaning mazmuni qo`shiq, o`yin, ritmik mehnatli jarayon, bayramlar hisoblanadi. Musiqiy-ritmik mashg`ulotlarda ko`pincha mashg`ulotdan tashqarida ham o`tkazilishi mumkin bo`lgan harakatli o`yinlardan foydalaniladi. Ritmni his qilish ob`ektiv ritmning sub`ektiv aksi sifatida tug`ildi va mazmuniy faoliyat jarayonida rivojlandi, shuning uchun uni umuman rivojlantirish mumkin emas. Bunda inson faoliyatining xarakteridan kelib chiqish zarur. Savol tug`iladi: ritm tuyg`usi haqida umuman qandaydir psixik reallik sifatida gapirish
mumkinmin. Biroq bunda qator aniq ritmik qobiliyatni rivojlantirish natijasini ularni o`zicha umumlashtirishda deb tushunish kerak, bu rivojlanish uchun shart sifatida emas. Bu savolda E.Jak-Dalkroz ritmni avval mustaqil mohiyat sifatida tarbiyalash kerak, undan keyin shu asosda musiqiy, poetik ritmni, harakat ritmini va h.k. larni deb hisoblab yanglishdi. Harakat inson organizmiga qadimdan, hali tibbiyot endi ko`z ocha boshlayotgan davrda profilьaktik va davolash vositasi sifatida energiya ta`sirining natijasi kabi qo`llanildi. Harakat vositasida davolash uning hamma turlari va shakllarini davolovchi omil sifatida foydalanishni ko`zlaydi. Bolgar olimlari L.Bonev, P.Slinchev, St.Bankov terapiyaning ushbu turini ta`riflash uchun harakatning turli shakllarini, harakat faolligi va insonning tabiiy motorli funksiyalarini qo`llashda birmuncha umumiy ta`rif sifatida “kineziterapiya” atamasini qo`llashni taklif qiladilar. Kineziterapiya ular tomonidan nomaxsus ta`sir etuvchi terapevtik omil guruhiga kiritiladi. Harakatning turlicha shakllari va vositalari organizmning umumiy reaktivligini o`zgartiradi, uning o`ziga xos bo`lmagan mustahkamligini oshiradi, kasallik natijasida tug`iluvchi patologik dinamik stereotiplarni barbod qiladi va zaruriy moslashuvni ta`minlovchi yangilarini yaratadi. Davolash ritmikasi kineziterapiyaning qismi hisoblanadi. Uning vazifasi musiqa ostida jismoniy mashqlar tizimi yordamida ritm tuyg`usini rivojlantirish va uni davolash-korreksion maqsadda foydalanishdan iborat. Logopedik ritmika uning tarkibiy bo`g`ini hisoblanadi. E.Kilinska-Evertovska logoritmikani keng ma`noda korreksion logopediya ehtiyoji uchun musiqiy-harakatlanuvchan mashqlar tizimi sifatida ta`riflaydi. Logoritmika, o`zining tashkiliy tizimiga qaramasdan, logopedik mashg`ulot tizimining faqat to`ldiruvchisi hisoblanadi, chunki logoritmik mashqlar doimo logopediya maqsadlariga bo`ysunadi. A.Rozental logoritmikani so`zni qo`llagan holda musiqiy ritm uyg`unligiga tayanuvchi nutq korreksiyasining yangi usuli deb hisoblaydi. Ritmik va logoritmik ta`sirning odamlarga ahamiyatini ko`plab tadqiqotchilar ta`kidlaganlar. V.M.Bexterev ritmik tarbiyaning quyidagi maqsadlarini ajratadi: ritmik reflekslarni aniqlash, bola organizmini muayyan qo`zg`atuvchilarga (eshitish va ko`rish) javob qilishga ko`niktirish, bolaning asab tizimi faoliyatida muvozanatni o`rnatish, o`ta hayajonlangan bolalarni tinchlantirish va tormozlangan (rivojlanishda kechikkan) bolalarni harakatga solish noto`g`ri va ortiqcha harakatlarni boshqarish. V.A.Gilyarovskiy logopedik ritmika umumiy tonus, motorika, kayfiyatga ta`sir ko`rsatishini yozadi. U markaziy asab tizimidagi asabiy jarayonlarning siljishini mashq qildirishga, qobiqni faollashtirishga ko`maklashadi.
E.V.CHayanova, Ye.V.Konorova logopedik ritmika diqqat (uning konsentrasiyasi, hajmi, mustahkamligi, tarqatish) ni, xotirani (ko`rish eshitish, motorli, mantiqiy, majmuaviy) rivojlantiradi deb hisoblaydilar. V.A.Griner va nemis tadqiqotchilari K.Koler (Cr.Kohler) K.SHvabe (CHr.Schwabe) logopedik ritmika psixoterapevtik usul (jamoaviy-psixologik usul, musiqaterapiya) sifatida foydalanish mumkinligini ko`rsatadilar. Odamlar nutqini korreksiyalar jarayonida logopedik ritmikani qo`llash zaruriyati to`g`risida V.A.Griner, N.S.Samoylenko, N.A.Vlasova, D.S.Ozeretskovskiy, YU.A.FLorenskaya ham yozganlar. Ular ritmning umumpedagogik ahamiyati, shaxsning psixofizik muhitida turlicha og`riqli og`ishlarida uning ta`sirini ta`kidlaganlar, logopedik ritmika insonning jismoniy, axloqiy, intellektual va estetik tarbiyasiga ta`sir ko`rsatishini ko`rsatib o`tganlar.
Duduqlanishni bartaraf etishdagi kompleks psixologo-pedagogik ish tizimidagi va tibbiy tadbirlardagi logopedik ritmika
Reja: 1. Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan logoritmik mashgulotlar. 2. Duduqlanadiganlar bilan logoritmik mashg`ulotlarda mashq va o`yinlarni o`tkazish texnologiyalari. 3. Duduqlanadigan o`quvchilar, o`smirlar va kattalar bilan olib boriladigan logoritmik ish bo`limlari. 4. Katta yoshdagi duduqlanadiganlar bilan logoritmik mashg`ulotlarni nutq stasionari sharoitida o`tkazish sxemasi. 5. Duduqlanadiganlarda korreksion ishning bosqichiga logoritmik ta`sirning bog`liqligi. Tayanch iboralar: duduqlanish, hissiy-iroda doirasi, erkin xulq, Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ayupova M.Yu. Logopediya. Darslik. T.: O’zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2007. 2. Ayupova M.Yu., X.M.Po’latova. Logopedik ritmika. Darslik. T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007. Duduqlanish – bu nutq apparat muskullarining tortishishi natijasida nutqning temp, ritm va ravonligining buzilishidir. Duduqlanishni yuzaga kelish sabablari. Etiologiyasi. Duduqlanish etiologik sabablariga ko`ra ikki tipga farqlanadi: 1. Evolyusion duduqlanish. Markaziy va periferik nerv tizimi nutqiy mexanizmlarini organik buzilishlari mavjud bo`lmagan, yoyiq nutq formasi shakllanayotgan, ikki yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan davrda yuzaga chiqadi. 2. Simptomatik duduqlanish markaziy nerv tizimni organik buzilishlari fonida (asosan, kattalarda) yuzaga keladi. (bosh miya travmalari, neyroinfeksiya qon-tomirlarni shikastlanishi). Bir qator olimlar, duduqlanish biologik, psixologik, ijtimoiy omillarga bog`liq deb hisoblaydilar. Duduqlanuvchi bolalarda xarakatlar rivojlanishi 2 xil kurinishda - xarakatlar tezligi va xarakatlar sustligi kuzatiladi. Maktabgachatarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining xarakatchanligini 4 guruxga bulish mumkin: - ritm, temp, muskullar tonusi va muljalga olishning buzilishi; - chakkonlik, aniklik, tezlikning yukligi. Temp sust, dikkati tarkok, xis – tuygu kisman yuk, berilgan topshiriklarni kiynalib bajarishi kuzatiladi.Muskullar tonusi nimjon, xarakatlari ustida ish olib borish kiyinchilik tugdiradi. - mushaklarning kuchli tortishishi (tormozlanish) kuzatiladi. Tortishishlar asosan buyin va yelka kismda kuzatiladi, kul barmoklari musht xolda yoki bushashgan ochik, kullar bukilmaydi, kul va oyok xarakati bir biriga nomutanosib. Bolalar jamoa bilan uynashni xoxlamaydi, yuzda tuygular ifodasi sezilmaydi (jiddiy). Ular bilan olib boriladigan korreksion ish uzok muddat talab etadi. - kuzgaluvchan, tez xarakatli, lekin kuchsiz bolalar, osoyishtalik ular uchun yot, ularda muskullar tonusi yukori, uyinlarga kuchli istak xoxish bilan
yondashadi, xarakatli uyinlar ular kuzgaluvchanligini oshiradi. Uzgalar uyinlariga xam aralashib ketishadigan, ayrim paytlar agressiv xarakatli, uyinda asosiy bosh rolda bulishni xoxlaydigan bolalar turidir. Duduqlanadiganlar bilan logoritmik mashg`ulotlarda quyidagi mashq va o`yinlarni o`tkazish maqsadga muvofiq: ➢ kirish; ➢ eshitish va ko`rish idrokining diqqat-E`tiborini va xotirasini rivojlantirish uchun; ➢ ritmni his qilishda va makonda mo`ljalga olishni rivojlantirish uchun; ➢ taqlidchilikni rivojlantirish uchun; ➢ ijodiy, syujetli-rolli, harakatlanadigan o`yinlar, tashabbus, mustaqillik, faollik, iroda sifatlarini rivojlantirish uchun ijodiy etyudlar; ➢ qo`l motorikasini, barmoqlarni, panjani, umumiy motorikani rivojlantirish uchun harakatlanadigan o`yin va mashqlar qoidalari bilan; ➢ yuz mimikasi va oral praksisini rivojlantirish uchun; ➢ nutq prosodiyasini rivojlantirish uchun musiqa jo`rligida ashulali, xorovodli, dramatik o`yinlar; ➢ ijodiy qobiliyatni, tasavvur qilishni rivojlantirish uchun etyudlar; ➢ musiqiy ijodni va musiqiy xotirani rivojlantirish uchun; ➢ yakunlovchi; ➢ sahnalashtirish, ertaliklar, ko`ngil ochar tomoshalar, bayramona chiqishlar (bolalar uchun), yumor kechalari, pantomimalar, kontsertlar va boshqalar (kattalar uchun). Duduqlanadiganlar bilan korreksion ishda logopedik ritmika vositalari logopedik ishga haraganda, nutq prosodiyasi, umumiy temp va ritmni hamda nutq harakatini me`yorga solishga imkon beradi. harakatning statik va dinamik muvofiqligini harakatlantiruvchi, musiqali-harakatli, musiqali-nutqiy, ritmik, nutqiy musiqa jo`rligisiz, harakatlantruvchi-nutqiy mashq va o`yinlar, muskullar tonusini boshqarish qobiliyatini, nafas chiqarishning davomiyligini, ovozning yumoshq qujumini va prosodiyaning boshqa komponentlarini tarbiyalaydi. Duduqlanadiganning harakat doirasini me`yorga solish uning muloqotga, atrofolamga va o`z nutqining buzilishiga bo`lgan munosabatini qayta qurishga yordam beradi. Duduqlanadiganda bu qayta qurishga psixomotorikani korreksiyalash jarayonida paydo bo`ladigan fe`li va xulqidagi ijobiy xislatlar sabab bo`ladi, chunonchi: harakatlarda dadillik, ularni boshqara olish, to`g`ri qomat, suhbatdoshini ko`rishni mo`ljallash, botirlik, muloqotda tashabbuskorlik, harakatlantiruvchi va nutqiy qiyinchiliklarni hal qilishda mustaqillik, faoliyatda faollik, nutq nuqsoniga bo`lgan munosabatni qayta qurish sababli hayotiy vaziyatlar ahamiyatida qayta yo`lga solish va boshqalar. Logopedik ritmika mashg`ulotlarini logoped ishi bilan bog`lash kerak va o`quv yili davomida logoritmika materialiga muvofiq logopedik dastur bajariladi. SHunday qilib, tekshirish davrida logoritmika mashg`ulotlarida nutqning cheklanganligi (indamaslik tartibi, pichirlash nutqi) tutashlik, silliqlik, harakatlarning o`tishi ishlab chiqiladi. YUrishga, muvofiqlashishga, diqqatni, xotirani rivojlanitirishga, optik-fazoviy yo`lga solishga, motorli ko`rishn
muvofiqlashtiruvchi mashqlar taklif qilinadi va boshqalar. Bog`lab talaffuz qilishni tarbiyalash davridan boshlab talaffuzning silliqligi va tutashligi, harakatlar tempi, ifodalilik, hayajonlilikni ishlab chiqadigan nutqli vazifalar beriladi. Duduqlanadigan o`quvchilar, o`smirlar va kattalar bilan logoritmik ishda quyidagi bo`limlarni ajratish mumkin . Silliq harakatlar va sekin tempni tarbiyalash. Muskullar tonusini keskinlashtirish va bo`shashtirishga; diqqat va xotira hajmini tarbiyalashga; harakatlarni muvofiqlashtirish va ayni bir vaqtda bo`lishlikka; tormozlanish; avtomatlashtirishni tanlash va yengib chiqish ta`siriga mashqlar, masalan, duduqlanadiganlar aylana bo`ylab qadam tashlaydilar: «bir» sanoqiga – to`xtaydilar, «ikki» sanoqiga – orqalariga yuradilar, «uch» sanoqiga – aylanadilar va teskari tomonga yuradilar, «to`rt» sanoqiga – markaz va orqaga yuradilar. Signallar bo`lib beriladi: eshitish va ko`rish. Jamoaviylikni yaqqol ifoda etadigan ohista tempdagi mashqlar, masalan, qo`llar uchun galma galdan harakat o`ylab topadilar. O`z harakatlarini bajara turib davom etadilar, o`ng tomondagi qo`shnisining harakatlariga E`tiborini qaratadilar va signal bo`yicha uning hamma harakatlarini taqlid qilib o`rganib oladilar. SHug`ullanayotganlarga dastlabki harakatlari qaytib kelmagunicha shu tarzda davom etadi. harakat va musiqali ritm bilan nutqning bog`liqligi. YUrish bilan bog`liq sanoq; harakat bilan bog`langan sanoq yoki nutqli mashqlar. harakatni muvofiqlashtirish bilan bog`langan sanoqli yoki nutqli mashqlar – koptokni: «yuqoriga – o`ziga», «yuqoriga – qo`shniga» so`zlari bilan irg`itish va boshqalar. Tormozlanish bilan bog`langan sanoqli va nutqli mashqlar: qadam tashlash va chap oyoq bo`yicha sanash. Signal bo`yicha to`xtaladi va sanaladi, keyin yuriladi va sanoq tiklanadi. Avtomatlashtirishni bartaraf qilish bilan bog`langan sanoqli va nutqli mashqlar: chap oyoq bo`yicha tartib bilan sanash. Signal bo`yicha orqaga qadam tashlash va keyingi signalgacha teskari tartibda sanash. Tanlash ta`siri bilan bog`langan sanoqli va nutqli mashqlar: har qanday otni talaffuz qilib koptokni bir biriga irg`itadilar, koptokni qabul qilib olib unga sifatni qo`shadilar, keyin aksincha. Nutq tempining mustahkamligi, nutqni harakat bilan muvofiqlashishini tekshirish uchun bu bo`lim xulosasida vazifalar beriladi. Harakat va nutqning ritm xarakteri bilan bog`liqligi. harakat va nutqda forte hamda piano ni ko`rsatish: iboralarni baland va pichirlab talaffuz qilish va baland ovozda sanash. Crescendo va diminuendo ning nutq va harakatda kuchayadigan yoki tinchib qoladigan musiqali ritm bilan bog`liqligi: sanoq va tovushni kuchaytirish bilan asta-sekin qo`llarni yuqoriga ko`tarish va tovushni pasaytirish va teskari tartib bilan sekin-asta tushirish. Nutqning mantiqiy ma`nosi va qo`lning aynan harakati bilan bog`liq bo`lgan muayyan so`z ta`kidlanadi, ya`ni urg`u: «Menga koptokni ber. Menga koptokni ber. Menga koptokni ber».
Pauza mazmunini faollik, to`yinganlik bilan tarbiyalash. Dudqlanadiganlar matnni baland ovozda talaffuz qiladilar va qadam tashlaydilar, signal bo`yicha to`xtaydilar va matnni o`sha tempda keyingi signalgacha qayolan davom ettiradilar, keyin yana qadam tashlaydilar va signal tutib qolgan so`zdan baland gapiradilar. 2G`4, 3G`4, 4G`4 miqdorida dirijyorlik qilish mashqlari ohangdosh vositasi sifatida. Duduqlanadigan bir bola dirijyorlik qiladi, tovushning kuchayishi va pasayishini o`z harakatlari bilan ifoda etadi boshqalar esa dirijyorning ko`rsatmalariga rioya qilib baland, past ovozda sanaydilar. 3G`4 miqdordagi dirijyorlikda taktning birinchi bo`lagi tekis harakat bilan pastga (yoki ozgina chapga oqish bilan), ikkinchisi – yoysimon harakat bilan o`ngga, uchinchisi – yuqoriga yo`naltirilgan ozgina yoysimon harakat bilan chapga ko`rsatiladi. 3 dagi taktlashtirish sxemasining tuzilishi taktdagi kuchli, ancha kuchsiz va juda kuchsiz bo`laklarning tabiiy mutanosibligini ta`minlaydi. 2G`4, 4G`4 miqdordagi dirijyorlikda (agar ijro etish tempi sekin bo`lsa) taktlashtirishning to`rt bo`lakli sxemasi qo`llaniladi. Uning mohiyati avvalgidagidek, uch bo`lakli sxemaning ikkinchi va uchinchi bo`laklari haqida gapirilgan, mos ravishda to`rt bo`lakli sxemaning oxirgi ikkita bo`lagiga taalluqlidir. Bir bola dirijyorlik qiladi tovushning kuchayishi va pasayishini o`z harakatlari bilan ifoda etadi boshqalari esa baland, past ovozda sanaydilar. Harakatlantiruvchi nutqli vazifalarda botirlik, dadillik, qujumkorlik amaliyoti. Ikki ko`rinishdagi vazifa taklif qilinadi: 1) musiqa bilan bog`liq so`zni vaqtda taqsimlashni uddalashga, masalan, chapga, o`ngga qadam tashlash, teskari tomonga aylanish, joyida chapak chalish. Duduqlanadiganning o`zi harakatni va yo`nalishni o`zgartirishi uchun so`z bilan signallar berib guruhga rahbarlik qiladi; 2) o`zini nutq muloqotida ko`rsatish imkonini beruvchi musiqa bilan bog`lanmagan. Katta yoshdagi duduqlanadiganlar bilan logoritmik mashg`ulotlarning o`ziga xos xususiyati mashg`ulotlarning zarurligini anglash darajasining va harakatlarni mustaqil bajarishning yuqoriligidan iborat bo`ladi. Katta yoshdagi duduqlanadiganlarning uyda musiqa ostida mustaqil mashq qilishlari katta ahamiyat kasb etadi (magnitofon yozuvlari). Fikrni ifoda etish uchun aynan pantomimo harakatlari to`plamining, qomatning, harakatning nafisligi ustidan doimiy nazorat amalga oshiriladi. Oyna oldida turib tasavvurdagi holat bilan bog`langan harakatni nutq bilan bajarish foydali. Katta yoshdagi duduqlanadiganlar musiqa jo`rligida yoki usiz sahna etyudlarini ijro etadilar. Uyda ishlab bo`lingan etyudlar jamoaviy mashg`ulotlarda ko`rsatiladi. Ko`rilgan yoki ko`rsatilganlari xususida jamaoaviy fikr almashuvi yoki ikkitadan bo`lib keyingi munozaralar kelib chiqadi. Katta yoshdagi duduqlanadiganlar bilan ritmika ishida Ye.V.Oganesyan ishlab chiqqan usullardan foydalanish mumkin. Asabiy duduqlanadigan bemorlar uchun logoritmikaga muskullar tonusini me`yorlashtirishga, jismoniy kuch va chidamlilikni rivojlantirishga yo`naltirilgan jismoniy tarbiya belgilarini kiritish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu bemorlarga uzoq davom etadigan harakatlantiruvchi vazifalardan harakatlantiruvchi nutqli mashqlarga, keyin esa
musiqa yordamida yoki usiz faqat nutqli mashqlarga o`tish uchun motor mashqlari kerak emas. Ularda musiqali-ritmik qobiliyatning yuqori rivojlanganligi temp va ritmni o`zgartirib kiritishga, vazifalarni tez murakkablashtirishga imkon beradi. Asabiy duduqlanishda harakatlantiruvchi nutq stereotipining saqlanganligi talab qilinadi, logopedik ritmika mashg`ulotlari duduqlanadiganlarning diqqatini shaxsiy nutq jarayonidan ritm va tempda o`zgarib turadigan ritmik harakatlarga o`tkazishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Bunda nutqli va harakatli ta`sirlarning turli uyg`unliklarini yetarlicha kiritish mumkin bo`lib qoladi. Asabiy duduqlanishga o`xshashlikda harakat funksiyasining o`ziga xos xususiyati logopedik ritmika tizimiga maxsus usullarni kiritishni talab qiladi. SHuning uchun asabiy duduqlanishga o`xshashlikda harakatning hamma bosqichlari ko`tariladi, bu bemorlarda markaziy asab tizimi bilan bog`langan buzilgan yoki bo`lmagan harakat funksiyalarini shakllantirish zarur. Bunda tiklash jarayonini saqlangan harakatlar tayanchi bilan qurish zarur. Bemorda musiqaning ritmi va tempida muvofiqlashgan va ritmik harakatlar aniqligini ishlab chiqish, umumiy motor faoliyatini tashkil qilish, musiqiy-ritmik qobiliyatni rivojlantirish zarur. Mashq qilishni oddiy ritm va mashqlar bilan boshlash, faqat oldingi mashqlarni to`la egallagandan so`ng asta-sekin boshqa turdagi mashqlarga o`tish mumkin. O`rgatish jarayonida ko`rgazmali namunalardan iloji boricha ko`p foydalanish va qo`llanmani butunlay egallaguncha takrorlash zarur. Harakatli ritmik mashqlar kursi o`rganib olinganidan so`ng asta-sekin nutq ta`sirlari kiritiladi, avvalida soddalari: fonda so`zlashish, bir bo`g`inli so`zlar, musiqa ostida, eng oddiy harakatlar bilan birgalikda, so`zni talaffuz qilish jarayoniga faol E`tiborni maksimal qaratish. Bu nutq funksional tizimida harakatlar dasurini mustahkamlashga, uni barqarorlashuviga imkon beradi. Faqat muvofiqlashgan bu mashqlarni muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan keyin (ya`ni, oddiy harakatlar bilan birgalikda musiqa ostida so`zlashish) ancha murakkab bo`lgan harakat va nutq bilan birgalikdagi musiqa ostidagi mashqlarni kiritishga o`tish mumkin. Avvalida ular ancha sodda shaklda amalga oshirilishi kerak va faqatgina astasekinlik bilan turlicha temp va ritmga o`tkazish mashqlariga o`tish mumkin. SHu guruhdagi dudqlanadiganlarning bir hisimda musiqiy-ritmik qobiliyatning past rivojlanishi logopedik ritmika mashg`ulotlariga musiqali-ritmik mashqlarni maksimal kiritishni talab etadi. Katta yoshdagi duduqlanadiganlar bilan logoritmik mashg`ulotlarni nutq stasionari sharoitida quyidagi sxema bilan o`tkazish mumkin . Kirish qismi (10–15 daqiqa). Duduqlanadiganlar diqqatini tashkil qilish, qomatni yaxshilash, yurishda so`z bilan harkatni muvofiqlashtirishni rivojlantirish, eski va yangi taklif qilingan qiyin bo`lmagan mashqlarni takrorlash, qiyin bo`lmagan raqs harakatlarini bajarish (harakatlar ko`lami va bajarish tempini astasekin oshirish). Asosiy qism (30–45 daqiqa). Muskullar tonusini tartibga soluvchi, diqqatE`tiborni, xotirani rivojlantiruvchi, harakatlarni so`z va she`rli matn bilan muvofiqlashtiruvchi mashqlar. YAkunlovchi qism (10–15 daqiqa). Mimikali gimnastika, xotirjam yurish, figurali qadam tashlash, bo`shashganlik mashqlari.
Katta yoshdagi duduqlanadiganlar bilan mashg`ulotlarni har kuni yoki kun ora o`tkazish maqsadga muvofiq, lekin haftada uch martadan kam bo`lmasligi kerak, mashg`ulotlarning davomiyligi 45 daqiqadan 1 soatu 20 daqiqagacha. Mashg`ulotlarning soni davolanish kursining davomiyligiga bog`liq. Ritmik material sxema bo`yicha joylashadi va logopedik mashg`ulotlar rejasi bilan yaqindan bog`langan bo`ladi. Logoritmik mashg`ulotlar uchun maxsus soatlar ajratiladi yoki ular logopedik mashg`ulotga kiritilishi mumkin. Odamlar soni 8–10 tadan oshmasligi kerak. Duduqlanadigan 5–8 sinf o`quvchilari bilan mashg`ulotlarda qo`shila olishni yoki umumiy va nutqiy harakatlarni “uchirish” ni mashq qilish tavsiya etiladi . Harakatga kirishish tezligini rivojlantirish vositalaridan harakat muayyan buyruq orqali bajariladigan saf mashqlari; nutq va motor ta`sirlariga o`yinlar; safda raqamlarni tartib bilan sanash, birinchi – ikkinchi, birinchi – uchinchi va boshqalar; bir vaqtda nutqli nafasni va kirishish tezligini avtomatlashtirish mashqlari, nutq apparatining hamma uchta bo`limi faoliyatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu mashqlarga nafas chiqarganda har xil nutq materialini talaffuz qilish, ayrim unli tovushlardan boshlab turli murakkablik va uzunlikdagi gap bo`g`inlari va birikmalari kiradi. Nutq faoliyatiga kirish faqat “ikki” sanoqidan amalga oshiriladi; tasodifiylik belgisidan foydalaniladi; shug`ullanayotganlar ulardan qay birlari nutq materialini gapirishini bevosita nutqqa kirishish paytida biladilar; nutqqa kirishish uchun signal bilan harakat komplekslarini bajarishda guruhdagi navbatchi tomonidan aytilgan iboraning birinchi so`zi hisoblanadi. Nutq nafasini avtomatlashtirishga yo`naltirilgan mashqlar duduqlanadiganlar nutqini to`g`rilashda kerakli yordam ko`rsatadi. Duduqlanadigan o`quvchilar bilan logoritmik mashg`ulotlarni uch qismdan qurish maqsadga muvofiq bo`ladi. Kirish. Saf tortish, navbatchi raporti, salomlashish, mashg`ulot mavzui bilan tanishish, saf mashqlari, yurishning turli ko`rinishlari, yengil chopish. Asosiy. LFK majmui (beshta mashqdan iborat), harakatli o`yin, tinchlantiruvchi mashq, ashula aytish. YAkunlovchi. Navbatchi nutqini muhokama qilish va baholash, mashg`ulotlar xulosasini yakunlash, yakka vazifalar. Davolanish kursi davrida LFKning oltita majmui bajariladi. Majmualarni 6–7 mashg`ulotdan keyin, ya`ni ikki haftadan so`ng almashtirib o`tkaziladi. Logoritmik mashg`ulotlar nutqqa to`yingan. Kirish qismida raqamlar tartibida sanash amalga oshiriladi, har 2–3 mashg`ulotdan keyin esa bolalarni oldingi mashg`ulotlarda o`rgangan saf buyruqi va mashqlarini qanday bilishlari so`rovi amalga oshiriladi. 6–8 mashg`ulotdan keyin ommaviy maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida qabul qilingan shakldagi navbatchining raporti kiritiladi. LFK majmui – mashg`ulotlarning asosiy qismi ayniqsa nutqqa boy, nutq nafasini avtomatlashtirish mashqlari, sanoq yoki ritmlashtirilgan nutq ostida bajariladigan harakatlarni erkin bo`shashtiradigan va muvofiqlashtiradigan mashqlar. LFK ning to`rtinchi majmuidan “qiyin” deb ataladigan tovushlar, bo`g`inlar, so`zlar va shu tovushlar bilan qisqa iboralarni qayta ishlashda foydalaniladigan artikulyator apparatining muskullar tonusini tartibga soluvchi “balandlik” mashqi kiritiladi.
Oldin qiyin tovushlar artikulyator apparatining to`la muskullar relaksasiyasida alohida holatida, bo`g`inlarda va kalta iboralarda yengil, erkin talaffuz qilinadi; keyin shu tovushlarda til va lab muskullari bu tovushlarni butunlay ishlab chiqarish imkonsizligidan asta-sekin taranglashadi, shundan so`ng sekin-asta ularni yengil, bemalol talaffuz qilishga o`tkazish kerak. hamma shug`ullanayotganlar bilan kelishib nutq materiali pedagogning qo`l harakati bo`yicha talaffuz qilinadi. Eng katta nutq vazifasi – guruh bo`yicha navbatchida. Navbatchining birinchi nutq imtiqoni – uning axboroti. LFKning uchta majmui ishlab chiqilganidan so`ng, navbatchiga guruh bilan harakatni muvofiqlashtiradigan mashqlar o`ylab topish va o`rgatish topshiriladi. Sal keyinroq navbatchi ularni oldindan o`ylab topadi va varaqqa yozib oladi, nutq nafasini avtomatlashtirish mashqlariga muayyan mavzudagi gaplar kiritiladi. Gaplar nafas chiqarishda talaffuz qilinadi. Mashqni bajarishdan oldin navbatchi to`rtta gapni o`qiydi, boshqalar esa yaxshi esda qolishi uchun uning orqasidan aynan takrorlaydilar, keyin mashqni bajarayotganda navbatchi “bir” sanoqiga shu gaplardan birinchi so`zni aytadi, “ikki–uch–to`rt” sanoqiga esa pedagog ko`rsatgan shug`ullanayotgan bola hamma gapni to`la talaffuz qiladi. Davolash kursining oxirida navbatchi mustaqil mashg`ulotni o`tkazadi, pedagog faqat jo`r bo`ladi. Duduqlanadigan maktabgacha yoshdagi hamda kichik sinf o`quvchilari bilan nutqni va boshqa asab funksiyalarini mashq qildirishga yo`naltirilgan namunali mashg`ulotlar shunday sxemaga ega bo`lishi mumkin: - kirish mashqlari: makonda, jamoada mo`ljal olishni tarbiyalash uchun safda yurishning turli ko`rinishlari, harakatni rejalashtirishni uddalash, muayyan tempda yurish; - ashula aytish: ohangdorlik, zarbli bo`g`inlarda tovushlarni avtomatlashtirish, ashula aytishni taktlashtirish bilan birgaligi, qo`l harakati bilan ashula aytishni muvofiqlashtirish, nutq nafasini tarbiyalash uchun; - kuylash: joyida qadam tashlab marsh qilish, yurish bilan kuylashni muvofiqlashtirishni tarbiyalash, tovushlarni avtomatlashtirish uchun; musiqa xarakterini tushunish, xotirani, eshitish diqqatini, ritmik eshitishni rivojlantirish uchun; - erkin E`tiborni tarbiyalash mashqlari (diqqatni maxsus rag`batlantirish, ko`rish qo`zg`atuvchilariga tez va aniq ta`sirlanish, duduqlanadiganning iroda doirasini rivojlantirish); - o`zining muskullari bilan turli harakatlarni erkin boshqarishni ishlab chiqish uchun ohangdor nutqni muvofiqlashtirishni tarbiyalash mashqlari; - navbatdagi mashqlar bilan musiqa xotirasini rivojlantirish uchun musiqani eshitish; - yorqin obrazlilikni, hayajonlilikni tarbiyalash uchun dramatik o`yinlar; - yakunlovchi mashqlar (safda xotirjam yurish). Maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar bilan logopedik ritmika bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazgach, turli psixik jarayonlarda va odatdagi ontogenezda bolaning funksional tizimi shakllanganidek, duduqlanadiganlarning o`zlarida rivojlanishning ba`zi xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Ushbu
yoshdagi bolalarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini, ularda nutq va motor funksiyasi, odamga el bo`ladigan, hayajonli holati, (shu jumaladn o`yinli) bilsh faoliyatining oqib o`tishini ham e`tiborga olish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi anatomik-fiziologik tizimning o`ziga xos xususiyati bo`ladi: - bosh miya po`stloqi to`qimalarining tugallanmagan differensiasiyasi, shu jumladan psixomotor qismida, ajratib tashlangan harakatni statik bajarishni qiyinlashtiradi (qo`l, oyoqni bukish, rostlash), bu bilan bola tez charchab qoladi. SHu munosabat bilan ta`sirlanish va tormozlanish hamda ularning muvozanatini saqlash jarayonlarini bir tekis navbat bilan turishiga imkon beruvchi turli harakatlarni tez-tez almashtirib turish zarur; - 2–3 yoshdagi bolaning tez o`suvchi yumshoq suyagi har xil bukilishlarga duchor bo`ladi. SHuning uchun yelka kamarida qaddan oshgan kuchlanishda va uzoq vaqt statik holatida turish bilan bog`liq kuch harakatlarini bajarmaslik kerak; - 2-3 yoshdagi bolalarda ijobiy hissiyotlar asab-psixik doirasini funksional tashkil topishi va rivojlanishida katta o`rin egallaydi. Buning kuchida logoritmik mashg`ulotlarning mazmuni va tashkil etilishi bolalarda qoniqish uyg`otishi kerak. qo`llash va maqtash bolada hissiyot tonusini ko`taradi, motor va psixik tanglikni oldini oladi va ozod qiladi, hatto uning umumiy faolligini oshiradi, rag`batlantiradi va muloqotni yengillashtiradi. Nutq materialini tanlaganda kichik bolalar dialogidagi maxsus xislatlarni nazarda tutish kerak: sherigiga tez-tez luqma tashlash – takrorlash yordamida moslashish; gapirayotganlardan tengdoshlaridan qay biriga birinchi majburiy murojaat etish; dialogning nisbiy tashkil etilganligi: dialogga galma-galdan kirishish, muayyan insonlarga yo`naltirilish, ya`ni nutqning asosiy funksiyasini – kommunikativlikni amalga oshirish. 2–3 yoshdagi bolalar nutqni muloqot, kechinma yoki qo`shma harakatga chaqiriq vositasi sifatida qo`llaydilar. harakat bolalarda ko`pincha monologga nisbatan dialogni vujudga keltiradi, chunki bola yoki gaplashishga intiladi, yoki yordam so`raydi. Affektlarning (qattiq hayajonning) zaruratdan bevosita ifodalanishi va boshqalarga shaxsiy kechinmalarini xabar berish xohishida murojaat qilishning leksik va grammatik xususiyatlari tug`iladi: fe`llarning ko`p sonli buyruq mayli bilan bog`liqligi, o`z fikrini aytish buyruq yoki so`roq xarakterida, iltimos ko`rinishidan iborat bo`ladi. Odatda, duduqlanish paydo bo`lishi bilan ko`pchilik rivojlanayotgan bolalarda shaxsi, nutqi va xulqiga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi. SHu bilan birga ilk yoshdagi duduqlanadigan bolalarning bir qismida motor funksiyasining, nutqning, dilkashlikning, taqlidchilikning, tengdoshlari bilan o`zaro munosabatning, hamda yakka-shaxsiy xususiyatlarining disgarmonik rivojlanishi belgilanadi. G.A.Volkovaning tadqiqotlarida ko`rsatilishicha 2–3 yoshdagi duduqlanadigan va duduqlanmaydigan bolalarda quyidagi motor ko`nikmalarining rivojlanishi va avtomatlashishida kechikish kuzatiladi (sanab chiqish ontogenezda shakllanishi bilan muvofiqlikda beriladi): narsani ushlab olish va uni qo`lda uzoq tutib turish; “Ladushki”, “hakka” o`yinidagi kabi qo`l barmoqlari va panjaning harakati; qoshiqdan foydalanish;
yurishni egallash; qurilish materiali bilan o`yinlarda ketma-ket harakatlar yonida. Bu bolalar betayin hulq bilan xarakterlanadilar, u atrofdagilarga affektiv munosabat ko`rsatadi. Ko`pchiligida faoliyatda inertlik, tez toliqib qolish begilanadi. Tez-tez ta`sirlanuvchanlik, salbiy va tajovuzkorlik ta`sirlari. Ko`p bolalar yiqloqi. Ko`pchiligi uchun hatto yaxshi ko`rgan yaqinlari bilan ham muloqot qilishdan bosh tortishgacha tuturiqsizlik xos. Logopedik ritmika bo`yicha mashg`ulotlarni quyidagi shartlarni hisobga olgan holda o`tkazish kerak. Nutq, harakat va musiqali faoliyatning turli ko`rinishlarining o`zaro alqadorligi. Ilk bolalalikda ashula aytish, musiqa eshitish, musiqali-ritmik harakatlar hali maxsus vazifalar va dastur tarkibi bilan musiqali tarbiyalash bo`limlariga ajratilmaydi. Faqat bu faoliyatlar ko`rinishi paydo bo`lishi, musiqali qobiliyatning dastlabki shakllanishi, ashulali va motorli ko`rinishlar sodir bo`ladi. SHuning uchun musiqani eshitish xirgoyi qilish bilan, xirgoyi qilish harakatlar bilan kuzatiladi. 1. O`qitish jarayonining keng ochilmaganligi. Logoritmik mashg`ulotlarning mazmuni musiqaga hissiyotli iltifotni rivojlantirishga, unga birlamchi qiziqishni, musiqa bilan bog`liq alohida harakatlarni faollashtirishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Turli balandlikdagi, tembrdagi, dinamikadagi jaranglashlarni idrok qilishni rivojlantirish alohida o`rin egallaydi. Ilk yoshdagi bolalarda musiqali-ritmik ko`nikmalarning darajasi “birlamchi ashula ko`rinishlari”, “oddiy ritmik harakatlar” kabi temrinlar bilan xarakterlanadi. Bu bilan hayotining uchinchi yilida bolalarni o`qitish jarayoni tugallanmaganligi ta`kidlanadi. Vazifalarning takrorlanishi. Masalan, harakatlarni almashtirish tarbiyasi ikki-uch qismdan iborat shakldagi musiqali asar bilan kuzatiladi, butun logopedik kurs davomida amalga oshiriladi (bunda turli musiqali repertuar foydalaniladi). Nutqli va musiqali materialning kichkina harakatlar hajmi. Logoritmika tarbiyasi logopedik ishning bosqichlari mazmuni bilan muvofiqlikda amalga oshirilishi kerak. Maktabgacha yoshdagi duduqlanadiganlar bilan logopedik ritmikaga quyidagi bo`limlar kiritiladi. Sensor qobiliyatini shakllantirish: turlicha modallikni, diqqatni, ritmga ta`sirni va eshitishga ta`sir etuvchilarni idrok qilish. Dastavval musiqani idrok etish shakllanadi. Bolalar oldin musiqiy asarni yaxlitligicha idrok etadilar, keyin eshitishni boshlaydilar va ifodali ohangni, tasviriy paytlarini, so`z boshi va xulosani ajratib oladilar. 1.Har xil musiqali asarlarni eshitish, musiqali tovushning to`rtta xususiyatini: balandligi, davomiyligi, tembri, dinamikasini ajratib olish mashqlari. Bolalar musiqa kim to`g`risida hikoya qilayotganini aytadilar (masalan, mushuk yoki mushukcha haqida) va mos o`yinchoqni ko`rsatadilar. O`yinchoqni ko`rish obrazi muayyan musiqa va nomlanish bilan bog`lanadi.
Logopedik bosqichning oxirida bolalar musiqali asarning uch qismli shaklini, turli xarakterdagi musiqaning qattiq yoki sekin jaranglashini, qo`nqiroqchalarning baland yoki past jaranglashini ajratib oladilar, metallofonning ovozini, fortepianoning «do»1 – «do»2 oraliqini aniqlaydilar (nima chirqillayotganini tanib oladilar: qush yoki qushcha), qo`g`irchoqlar bilan harakatlarda turli ritmni beradilar (qo`g`irchoq qadam tashlayapi, yugurayapti yoki sakrayapti). 2. Musiqali-ritmik ko`nikmalarning shakllanishi. YUrish, yugurish, yarim cho`kka tushish, oyoqlarni tebratish (“prujinacha”), irqishlash bilan yurishning birgaligi, narsalar bilan mashqlar, qarama-qarshi jaranglagan musiqa bilan harakatlarning mosligi. YUgurishning tempi va ritmi hamda qo`llar erkin holatda. Logopedik bosqichning tugashida bolalar musiqa xarakteri o`zgarishi bilan mustaqil harakatlarni almashtirishni o`rganishlari kerak. 3. Muvozanatni saqlashni uddalashni tarbiyalash. CHeklangan maydonda yurish, predmet ustidan hatlab o`tish, qiya tekislikka ko`tarilish, polda yotdan arqoncha ustida yurish va boshqalar. 4. harakatlar majmuini raqsda, sakrashda tarbiyalash. Sakrashning oddiy belgilari (raqs tushish, irqishlash, kichik oraliqdagi – 5, 10, 15 sm qandaydir narsa ustidan sakrab o`tish, sakrab tushish). Raqslar ikki qismli musiqali asar yoki qo`shiq matniga mos harakatlarning almashishiga asosan quriladi. Logopedik bosqichning o`rtasiga kelib bolalar turlicha qurilishdagi: aylana bo`ylab, bir kishi bo`lib, ikki kishi bo`lib, raqs harakatlarini egallaydilar. 5. Ifodali harakatlar ko`nikmasini tarbiyalash. Musiqa ostida ritmik yurish, sochilib yugurish, qarsak chalish, oyoqlar bilan to`pillatish, qo`l panjalarini aylantirish, bir tomonga o`z atrofida burilishlar va boshqalar. Logopedik bosqichning oxiriga kelib bolalarni erkin raqslarda harakatlarni ifodali bajarishga, oddiy qo`shiqlarni sahnalashtirishga olib kelish kerak. qo`l, oyoq, bo`yin, yelka kamari relaksasiyasi mashqlari harakatlarning ifodaliligiga imkon beradi. 6. Fazoviy mo`ljal olishni tarbiyalash. Bir kishi, ikki kishi, sochilib, bir birining ketidan, teskari yo`nalishda yurish, oddiy raqs harakatlarini bajarish. 7. Ritmni, tempni, tovush qattiqligini his qilishni, ashula aytish paytida pauzani uddalashga rioya qilishni tarbiyalash. Kattalarning ashula aytishiga sozlanish yo`li bilan ashula aytish ohangini shakllantirish; musiqiy iboralarning oxirini xirgoyi qilish. Logopedik bosqichning o`rtalarida bolalar logoped bilan birgalikda va mustaqil pastlashib boruvchi katta tersiyaning takrorlanuvchi oraliqida qurilgan har bir kupletning oxirgi ikkita iborasini kuylaydilar. Yil oxirida kattalarning ovoziga sozlanib bolalar qisqa iboralari bo`lgan oson qo`shiqlarni kuylaydilar. Bu kuylashlar cholg`u asboblari jo`rligida ijro etiladi. O`rganayotgan qo`shiqlarini turlicha vaziyatlarda logopedik va tarbiyaviy mashg`ulotlarda, yangi o`yinni, o`yinchoqni ko`rsatish paytida va boshqalar, hamda uy sharoitida tez-tez takrorlashlari kerak. 8. Musiqiy ritmni his qilishni tarbiyalash. YUrish, chopish, sakrash, oson bo`lgan raqslar, raqslar, xorovodlar.
9. qo`l motorikasini tarbiyalash: Sekinlashgan va odatdagi tempda o`tkaziladi. Turli tusdagi musiqa ostida o`tkaziladi. Masalan, ohista musiqani eshita turib qo`g`irchoqni tebratish; quvnoq raqs musiqasini eshita turib qarsak chalish; ovozga taqlid qilib pedagogning orqasidan takrorlash, mushukchani (o`yinchoq) silab qo`yish; marsh ovozi ostida bayroqchalarni g`ayrat bilan silkitish; qo`l tirsaklarini bukib aylanma harakatlarni musiqa bilan moslikda bajarish; pedagogning qushcha haqidagi qo`shiqi ostida galma-galdan bitta qo`lning barmoqlari bilan ikkinchi qo`lning kaftlariga taqillatish («qushchani ovqatlantiramiz») va boshqalar. 10. Artikulyator harakatlarini, tekis nafas chiqarishni, ma`lum ohangda gapirishni, ovoz chiqarishni, diksiyani, dinamikani tarbiyalash. Kuldiradigan she`rlar, ovozga taqlid qiluvchi ikki-to`rt qatorli she`rlar, jo`r bo`lib qo`shiq aytish, ashula aytish. 11. O`yin faoliyatini tarbiyalash. Mashg`ulot–o`yinlardan musiqali-didaktik o`yinlar ancha muhim. U o`yin harakatlarini rivojlantirishni o`zi yo`lga qo`yadi, xorovodli qurilishlarga, harakatlantiruvchi o`yinlarga xos bo`lgan ko`pgina xususiyatlarni birlashtiradi. Mazmuni, tuzilishi, o`yin harakatlari va musiqalididaktik o`yin qoidalari yuqori, ritmik, dinamik va tembrli eshitishni rivojlanishiga imkon beradi. 12. Jamoani, sherikni va tashabbusni his qilishni, qobiliyatni to`plash – iroda doirasini rivojlantirishni tarbiyalash. Musiqali obrazga mos harakatlar, qo`shiqlarni sahnalashtirish, xorvodlar, o`yinlar. Tarbiyachi, logoped va vazifalarni to`g`ri bajaradigan bolalar harakatlariga taqlid qilish logoritmik tarbiya metodikasining asosini tashkil etadi. Bolalarga yakka yondashishlar jamoaviy yondashishlar bilan mos keladi: kichkina guruhda har bir bolaning vazifalarni bajarishini tekshirish va boshqalar. Logoped va tarbiyachi har xil usullardan foydalanadilar: harakatlarni ko`rsatish, og`zaki yo`llanmalar, izoh berish, obrazli hikoya qilish, bola bilan birgalikda harakatlarni bajarish, u bilan kerakli so`zni, iborani takrorlash; hayotining uchinchi yilidagi duduqlanadigan bolalar bilan ishlashda zarur bo`lgan ma`qullash, maqtash, rag`batlantirish kabilar qo`llaniladi. Logoritmik mashg`ulotlr mavzuli va majmualilarga ajratiladi. Mavzuli mashg`ulotlarda musiqali, harakatli, nutqli faoliyatning ko`rinishlari qandaydir bitta obraz bilan birlashtiriladi (masalan, qushcha, qo`g`irchoq, sharlar, g`ozlar, samolyot, yomg`ir, archa, mushukcha bilan). Majumali mashg`ulotlarda musiqali faoliyat nutqli-rassomlik va tasviriy faoliyat bilan uyg`unlashadi; harakatlarning galma-galligi sodir bo`ladi (masalan, goh bolalar o`yinchoqni ko`zdan kechiradilar, goh personajning ifodali harakatlarini bajaradilar, goh rasm chizadilar yoki musiqa ostida faoliyat tempini aniqlovchi tayyor shakllarni yopishtiradilar, gohida esa pedagog bilan birgalikda kuylaydilar). Logoritmik mashg`ulotlarning hamma ko`rinishlari kunning birinchi yarmida o`tkaziladi va 20 daqiqa davom etadi. Har qanday yoshdagi duduqlanadiganlar bilan ishda qo`shiq aytishdan keng foydalanish kerakligini N.A.Vlasova, V.A.Griner, G.A.Volkovalar tavsiya etadilar. Maktabgacha va maktab yoshidagi duduqlanadiganlar uchun shunday qo`shiqlar
tanlab olinadiki, ularda musiqa jo`rligida tabiat ohangi, tempi, xarakteri, tusi bilan musiqaning mazmuni to`g`risida tasavvur beriladi va bolalar qo`shiqni faqat matn orqali emas, balki uning obrazli jaranglashi orqali farqlaydilar. Ular qo`shiq mazmunini ifodali uzatadilar: bayram marshining quvonchli, tetik kayfiyati yoki kuz qo`shiqining ohista ovozlari, sakrayotgan quyonning quvnoqligi yoki poezdning bir tekisdagi ritmi. Qo`shiqning mazmuni qancha xilma xil bo`lsa, shuncha bolaning musiqali idrok zaqirasi boy bo`ladi. Qo`shiq matni muhim rol o`ynaydi. Agar duduqlanadiganlarda tovush talaffuz qilishda buzilishlar bo`lsa va logopedik mashg`ulotlarda tovushni avtomatlashtirish va yo`lga qo`yish bo`yicha ishlar olib borilayotgan bo`lsa, unda qo`shiq matniga bolalar egallamagan tovushlar kiritilishi kerak emas. Qo`shiqlar odatda xor bo`lib ijro etiladi. YAkkaxon ijro etishlar ham bo`lishi mumkin, lekin u nutqda va xulqda katta mas`uliyatni va mustaqillikni talab etadi. Bu vazifani hamma duduqlanadiganlar ham eplay olmaydilar. SHuning uchun qo`shiqni yakkaxon ijro etish asta-sekin tarbiyalanadi: avval bola xorda, kichik guruhda qo`shiq aytadi. So`ngra logoped dialog shaklidagi o`ziga xos qo`shiqni tanlab oladi: bittasi savolni kuylaydi va ikkitasi yoki uchtasi javobni kuylaydi, keyin dialogni ikkita duduqlanadigan kuylaydi, shu bilan birga yakka kuylaganida talvasa paydo bo`ladigan bola oldin berilgan savolga javobni kuylaydi va faqat undan keyingina dialogning tashabbuskori sifatida chiqadi. Qo`shiq ijro etish korreksion ishning bosqichiga bog`liq. Bolalar faqat nutqning indamaslik, shivirlash davrida pedagog tomonidan ijro etilayotgan qo`shiq yoki kuyni eshitadilar. Tutash va akslangan nutq davrida pedagog bilan qo`shiqni birgalikda kuylab bolalar uning mazmunini egallaydilar, matnni o`rganadilar. Bolalar nutqning savol-javob bosqichlarida qo`shiqni dialog shaklida ijro etadilar. Logoped esa bu davrda savol-javob shaklida tanlab olgan matn bo`yicha qo`shiqlarni sahnalashtirishni o`tkazadi. Bola mustaqil nutqdan foydalanishni o`rganganida qo`shiq ijro etish ham o`zgartiriladi. Bolalar avval xor bo`lib so`ngra yakkaxon ashula aytadilar. qo`shiqni bir bola, naqoratni esa hamma kuylashi mumkin. Mustaqil qo`shiqni sahnalashtirish ham xuddi shunday sodir bo`ladi. Bosqichning boshida va oxirida musiqani tinglab bo`lgandan keyin logoped duduqlanadiganlarga musiqada ular nimani eshitganlarini, qanday hissiyotlar tug`dirganini gapirib berishni taklif qiladi. Musiqani idrok qilish chuqur ichki kechinmalar bilan to`ldirilgan murakkab va poetik jarayon hisoblanadi. Unda shu damdagi musiqali tovushlarning sensorli hissiyotlari, jaranglashi, oldingi tajriba va sodir bo`layotganlar bilan jonli assosiasiyalar, musiqali obrazlar rivojlanishi va ulardagi yorqin javob ta`sirlarini kuzatish hamohang bo`lib ketadi. Duduqlanadiganlarda qo`shiq aytish paytida kuylash ko`nikmalari, [«a»], [«o»], [«u»] unlilari va ularning birikmalari [«e»], [«i»] ni davomli kuylash ishlab chiqiladi. Qo`shiqchilik diapazonini mustahkamlash uchun oldin kichik mashqlar beriladi, qo`shiqlar har safar ancha baland ohangdoshlikda kuylanadi, ya`ni tashiladi (asarning ohangdoshligi yuqori yoki past tomonga o`zgaradi). Turli
registrli mashqlardan foydalaniladi (bitta odam goh baland, goh past ovozda kuylaydi). Logoped diksiya ustida ish olib borar ekan bolalarning E`tiborini qo`shiqdagi ifodali nutq ohanglariga va ularning musiqa ohangi bilan mosligiga qaratadi. Duduqlanadiganlar murojaat qilishni ovoz bilan ajratishni o`rganadilar: («qoy, yo`ldagi, ehtiyot bo`l»!), savol («qani mening bolalarim, kul rang mushukchalarimq»), obrazning xarakterli belgisi («qo`rqoq kul rang quyoncha…»). Eshitishning tovush balandligini rivojlantirish uchun duduqlanadiganlarga quyidagi mashqlar taklif qilinadi: kuyning oxirgi tovushi jaranglashi qachon tugaganini aniqlash (uni tepkida ushlab turish); deyarli ikkita bir xil musiqali iboraning har xil qo`shimchasini eshitish; yuqori va past tovushlarni, hamda kuyning yuqori-past harakatini ajratish; to`g`ri va noto`g`ri kuylayotganlarni aniqlash. Ovoz va eshitishni muvofiqlashtirishni rivojlantirish uchun: berilgan tovushga «sozlanishni» uddalash; pedagogning topshiriqi bo`yicha va uning yordamida erkin kuy jaranglashini kerakli ohangdoshlikda balandlatish yoki pastlatish; o`z ovozi jaranglashining xarakteri va balandligiga pedagogning ko`rsatmasiga ko`ra kuy ijro etayotgan boshqalarning ovozini «tekislash»; musiqali kirishdan keyin qo`shiqni va har bir musiqali iborani alohida aniq boshlash. Duduqlanadiganlarga kuylashni musiqa jo`rligisiz o`rgatish foydali. Bunday kuylash eshitish diqqatini rivojlantirishga, diksiyani va tovush ovozini tozaligiga imkon beradi. Duduqlanadiganlar avval fortepiano jo`rligida kuylaydilar (kuy ozgina chalib turiladi), so`ngra pedagog bilan va, nihoyat, mustaqil musiqa jo`rligisiz kuylaydilar. Hamma yoshdagi duduqlanadiganlar bila ishda kuydeklamasiyadan foydalanish mumkin. SHe`rli va prozaik matnlarni tanlashda yoshni, nutqning holatini, musiqiy qobiliyatning rivojlanishini, korreksion ishning bosqichini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Musiqa jo`rligidagi o`qish, ifodali hikoya qilish, dialog yoki xorli deklamasiya qilish matn mazmuniga mos kelishi, syujetni, obrazni asar personajlarini ochishga yordam berishi kerak. 3. DUDUQLANADIGANLARDA KORREKSION ISHNING BOSQICHIGA LOGORITMIK TA`SIRNING BOG`LIQLIGI Duduqlanadiganlarda to`g`ri, talvasalanmagan nutqni tarbiyalash asta-sekin amalga oshiriladi: uning yengillashgan shaklidan mustaqil shakligacha, duduqlanadiganlar uchun alohida turmush vaziyatlarida hissiyotli nutq. Tabiiyki, duduqlanadiganlarga kompleks ta`sir qilinganida logopedik ritmika logopedik korreksiya vazifalariga bog`liq bo`ladi. Maktabgacha yoshdagi duduqlanadiganlar bilan logopedik ritmika mashg`ulotlari metodikasi duduqlanishni bartaraf qilish bosqichlari bilan muvofiqlikda muallif tomonidan ishlab chiqilgan. Nutqning cheklangan davri vazifalari (sukut va pichirlash muloqoti): umumiy erkin motorikani va yuz muskullarini; nafas nutqini; eshitish diqqatini va eshitish xotirasini; ko`rish diqqatini va ko`rish xotirasini; shaxsiy sifatlarni rivojlantirish
yo`li bilan erkin xulqni: chidamlilikni, diqqat-E`tiborni jamlashni, E`tiborni; pichirlab talaffuz qilingan iborada pauza qilish ustida ishlashni; lug`atni quyidagi mavzular va ularning variantlarida faollashtirish va to`ldirishni tarbiyalash: «Kuz», «Sabzavotlar», «Mevalar». Logoritmik mashg`ulotlarda logopedik ta`sir vazifalari bilan bog`liq bo`lgan nutqsiz mashq va o`yinlar o`tkaziladi. YUz mimikasini, oral praksisni, eshitish va ko`rish diqqatini rivojlantirish uchun, fazoda mo`ljal olish, taqlid qilish, umumiy va nozik erkin motorika uchun material beriladi va boshqalar. Logoped bergan matnga etyudlar o`tkaziladi, ikkita duduqlanadigan jim turib harakatlari, mimikasi, pantomimikasi bilan matn syujetini rivojlanishini ko`rsatadi. Etyudlar musiqa ostida yoki usiz o`ynaladi. Bu davrda mashg`ulotlarda cholg`u va vokal musiqalari yozuvini san`at ustalari ijrosida eshitish foydali. Musiqali asarlar mavzulari logopedik mashg`ulotlar mavzusini aks ettirishi kerak. Masalan, agar logopedik mashg`ulot «Kuz» mavzusida o`tkazilayotgan bo`lsa yoki uning variantlarini («Sabzavotlar va mevalar», «Mo`l hosil», «O`rmon kuzda», «Kuz o`rmonida o`rmon hayvonlari», «O`rmonga meva tergani bordik», «hosilni yig`amiz» va boshqalar) aks ettirayotgan bo`lsa, unda logoritmik mashg`ulotda P.I.CHaykovskiyning «Yil fasllari. Kuz» musiqasini eshitish, pedagog ijrosida M.Prishvin, V.Biankaning asarlari bo`yicha kuy deklmasiyalari, ketayotgan poezd, mashinaga taqlid qiluvchi harakatlarni qayta ishlash; dalada sabzavotli qutilarni mashinaga tashish va sabzavot do`konida mashinadan tushirish vaziyatlarida muskullar tonusini tartibga soladigan mashqlar va boshqalar kiritiladi. Logoped bolalarni mashg`ulot mavzusiga shunday kiritadiki, u bir syujet bo`yicha o`tsin, logoritmik vositalar esa bir birini almashtirib syujetni ochib beradi. Logopedik mashg`ulotlar ham logoritmik mashg`ulotlar ham o`qitish-o`rgatish xususiyatidan iborat. Bolalar logopedni eshitishni, uning ko`rsatmalarini bajarishni o`rganadilar, lekin bunda o`zlari jim turadilar. Logoped (musiqa rahbari, tarbiyachi) bolalar bilan pichirlashib gaplashadi. Tutash va akslangan nutqni tarbiyalash bosqichida logopedik korreksiyaning vazifalari o`zgacha: prosodiyani, nafas nutqini tarbiyalash: nafas chiqarishni uzaytirish; motor chetga chiqishlarini, tovush talaffuz qilishning buzilishini korreksiyalash; o`yin holatlarida va undan tashqarida sherik bilan muloqot qilishni o`rgatish davom etadi; erkin xulqni tarbiyalash: faqat kattalardan chiqadigan talablarni emas, balki tengdoshlarining talablarini ham bajarish; lug`atni faollashtirish, iboralarni to`rtta so`zgacha uzaytirish. Ko`rsatilgan vazifalar quyidagi mavzularning o`tishida amalga oshiriladi: «Kuz», «qushlar», «qo`ziqorinlar», «Kasblar» – tutash talaffuz qilishda. «Kattalarning mehnati», «qishlayotgan qushlar», «qishlayotgan hayvonlar» mavzulari – akslangan talaffuz qilishda o`tkaziladi. Logoritmik mashg`ulotlarda yuqorida ko`rsatilgan vazifalar maxsus vositalar orqali amalga oshiriladi. Ilgari ko`rsatib o`tilgan mashqlardan tashqari qo`shiqli, xorovodli o`yin va mashqlar, qo`shiqlarni sahnalashtirish kiritiladi, narsalarsiz harakatli o`yinlarga o`rgatish, qo`l, panja, barmoqlar motorikasini rivojlantirish uchun o`yinlar va boshqalar o`tkaziladi. Logoped mashg`ulotlarda tutash yoki akslangan nutqli shug`ullanadiganlar bilan muloqotda bo`ladi. Negaki nutqning
bu ko`rinishlari ancha ko`p vaqtni oladi (nutq namunasi ikki martadan talaffuz qilinadi: pedagog bilan yoki pedagogning orqasidan), shuning uchun logoritmik mashg`ulotlarga kam sonli ish turlari kiritiladi. Savol-javob nutqini tarbiyalash davrida to`la me`yorda axloqiy faollik va mustaqillik shakllanadi: guruhdagi butun shug`ullanadiganlar mashg`ulotlarda galma galdan logopedik vazifalarni bajarishda va o`yinlarda yetaklovchi bo`lishlari, sahnalarda, etyudlarda bosh rolni ijro etuvchi, navbatchi bo`lishlari mumkin. Dialoglar savol-javob shaklida quriladi. Bu bosqichning vazifalari quyidagilar: nutqning prosodik komponentlari ustidagi; iborani beshta so`zgacha uzaytirish ustidagi, iborani muttasil talaffuz qilish ustidagi, dialogning ifodaliligi ustidagi ish davom etadi. SHaxs sifatlarining tarbiyasi davom etadi: faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, ijodiylik. Tovush talaffuz qilishning buzilishlarini korreksiyalash amalga oshiriladi, tarbiyachi bilan birgalikda quyidagi mavzular bo`yicha dasturlar o`tiladi: “qish”, “YOvvoyi hayvonlar”, “Mebelь”, “Idishtovoq”, “qushlar” va ularning variantlari. Nutqning savol-javob shaklida nutq materiali tanlab olinadi. Masalan, bolalarning bir guruhi unlilarni balandlashgan ovoz bilan so`roq ohangida, boshqasi esa pastlashgan ovoz bilan undov ohangida kuylaydilar. Xuddi shu ohangda sanoq mashqlari, qo`shiqlar, musiqa jo`rligidagi sahnalashtirilgan dialoglar va boshqalar o`tkaziladi. Mustaqil nutq bosqichi qayta hikoya qilish materialida tayyorlangan nutqning tarbiyasi va hikoya materialida mustaqil nutqni tarbiyalashni o`ziga kiritadi. Bu bo`limlarning har birida o`zining vazifalari bor. Mustaqil nutq ustidagi qayta hikoya qilish ishida bolalar tayyorlangan matnni qayta hikoya qilishni quyidagicha dramalashtirish bilan o`rganadilar: voqealarni, harakatlarni turlicha o`yin materiallari asosida hikoya qiladilar. Mashg`ulotlarda faollik, mustaqillik, o`yinning hamma ko`rinishlarida (harakatli, didaktik, dramalashgan o`yinlar, syujeti-rolli) xulqning erkinligi tarbiyalanadi; tovush talaffuz qilishdagi buzilishlarning korreksiyasi bo`yicha, nutqning leksik-grammatik qurilishini rivojlantirish bo`yicha ish davom etadi. Bu davrda pedagog umumiy vazifalarni hisobga olgan holda logoritmik mashg`ulotlarni quradi. Mashg`ulotlarga katta hajmda nutq vazifalari, o`yinlar, musiqa jo`rligisiz mashqlar, hamda musiqaliritmik tarbiya bo`yicha materiallar (xorovodli va musiqali kompozisiyalar, raqsli, musiqa ostida yodlanganlari ham, harakatli improvizasiyalar ham) kiritiladi. Hikoya materialida mustaqil nutqni tarbiyalash bolalarni tasviriy hikoya qilishga, xotira bo`yicha hikoya qilishga, ijodiy hikoya qilishga o`rgatishni mo`ljallaydi. Bu davrdagi logoritmik mashg`ulotlar ommaviy bolalar bog`chasi bolalarini musiqali-ritmik tarbiyasi bilan moslikda quriladi. Korreksion o`qitish va tarbiyalash bosqichining oxirida duduqlanadigan bolalar shu qadar korreksiyalangan bo`lishlari muhimki, ommaviy bolalar bog`chasi dasturi talablarini eplashlari kerak. SHuning uchun logopedik ritmika bo`yicha mashg`ulotlar nutq materiali, ijodiy holatlar va yetarlicha harakat vazifasi bilan boyitiladi. Faol hulqni va erkin muloqotni mustahkamlash bosqichida logopedik va logoritmik mashg`ulotlar bolalarda teng me`yorda kelgusida tashkilotchilik
sifatlarini, faol, shaxsning ijodiy boshlanishini, turli vaziyatlarda har qanday nutq murakkabligida muloqotni uddalashni mustqkamlash masalalarini hal qiladi. Kattalar va o`smirlar bilan logoritmik mashg`ulotlar ham logopedik ish vazifalari va nutq muassasasining turiga sabab bo`ladi. Duduqlanadiganlar 1 oydan 3 oygacha bo`ladigan shifoxonada logoritmika kursi nutq korreksiyasi uchun zamin yaratishga quriladi: mashg`ulotlar umumiy harakatlarning tempi va ritmini, mimikali muskullarni, oral praksisini, relaksasiyani, muskullar tonusini tartibga solishni tarbiyalash uchun ko`p vazifalarni kiritadi. Kuy deklamasiya keng qo`llaniladi: maxsus tanlab olingan musiqa ostida duduqlanadiganlar logopeddan olgan nutq materialni ifodali gapirib beradilar. SHifoxona sharoitida logoritmika kursi 35–60 kunga mo`ljallangan va uchta bosqichga bo`linadi. I. (5 kun). Psixomotorikadagi chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida bemorlarni ko`rikdan o`tkazish. II. (20 kun). Vazifalar: faol tormozlanish jarayonini mustahkamlash; muskullar tonusini tartibga solishni o`rganish; mimikali muskullarni rivojlantirish; nutq–harakat muvofiqligini ishlab chiqish va takomillashtirish. III. (10 kun). Olingan ko`nikmalarni mustahkamlash. Agar kattalar va o`smirlar logopedik yordamni poliklinikada yoki asabnevrologik dispanserda oladigan bo`lsa, unda logoritmika logopedik mashg`ulotlarga kiritiladi. Bu muassasalarda ritmist shtati yo`q, shuning uchun musiqali-ritmik tarbiya bilan tanish bo`lgan keng ma`lumotli, bilimdon bo`lgan mutaxassis logopedning roli oshmoqda.
Fonetik-fonematik nutq nuqsonini va ovoz buzilishlarini bartaraf etishdagi korrektsion ish tizimida logopedik ritmika
Reja
3-ИЛОВА.docx
1. Dislaliyani korrektsiyalash uchun o’yin va mashqlar 2. Rinolaliya bilan kasallanganlar uchun logoritmik mashg’ulotlar 3. Dizartriyali bolalar uchun logoritmik va musiqali-ritmik vositalar 4. Artikulyatsion apparatni, umumiy harakat ko’nikmalarini, eshitish-talaffuz qilish differentsiyalarini rivojlantirish Tayanch iboralar: dislaliya, dizartriya, rinolaliya, artikulyatsiya, nutqiy tovushlar, nutqsiz tovushlar. 1. Dislaliyani korrektsiyalash uchun o’yin va mashqlar Dislaliyani korrektsiyalash uchun logoritmik va musiqali-ritmik tarbiya vositalari bosqichma-bosqich va differentsial foydalaniladi. Turli nutq murakkabliklari materialida ovozni avtomatlashtirish va differentsiallash, ovozni chaqirishni va shakllantirishni tayyorlov bosqichida ajratiladi (bo’g’inlarda, so’zda, gapda va mustaqil nutqda ajratilgan). Logopedik va logoritmik mashg’ulotlrning tayyorlov davrida eshitish e’tiborini, eshitish nutqi, fonematik idrok, artikulyatsion motorika, nafas olish fiziologiyasi, nafas olish nutqi, ovozlarni rivojlantirish uchun o’yin va mashqlar o’tkaziladi. Eshitish diqqatini rivojlantirish uchun o’yinlar «Yomg’ir» (Muallif Ye.Sokovnina, T.Lomova musiqasi) Vazifalar: musiqa xarakterini o’zgarishiga qarab almashtirib, harakatlarlarni musiqa bilan kelishishini o’rganish. Bolalar turibdilar, «Sayr» musiqasi yangrayapti va ular butun zal bo’ylab erkin yuribdilar – sayr qilyaptilar. «Raqs» musiqasi yangrayapi – o’zlariga tanish raqs harakatlaridan foydalanib bolalar raqs tushadilar. «Yomqir yoqaloq» musiqasi yangraydi. Bolalar 1-2-taktlarda tepaga qarab kaftlarini ko’taradilar – yomiqir tomchilarini ushlaydilar, 3-6-taktlarda esa o’z joylariga qochadilar. O’yin bir necha marta qaytariladi, pedagog bolalarga musiqani e’tibor bilan eshitishni eslatib qo’yadi. «Nima bilan o’ynaymizq» (Muallif Ye. Sokovnina) Vazifalar: tanish musiqani eshitish va tanib qolish va shu musiqa sadosida harakat qilish; bayroqchalar bilan shaqdam, tetik yurish maqoratini mustahkamlash, raqs harakatlarini mashq qilish; to’pillatib qadam tashlashni erkin, o’ziga ishonib bajarish.
Bolalar soniga qarab zalda devor bo’ylab stullarda atributlar yotibdi. Birinchi devor ostida – rullar, boshqasida – rangli ro’molchalar, uchinchisida – o’zi keng bo’yi past guldonda rangli bayroqchalar, to’rtinchisida – bolalar, ular musiqa tinglashmoqda. Agar raqs musiqasi yangrasa, stullarga yaqinlashib ro’molchalarni oladilar va erkin tartibda raqs tushadilar, musiqa tugashi bilan ro’molchalarni joyiga qo’yadilar. Agar marsh ijro etilsa, bayroqchalarni olib, ularni ko’tarib, bir-birini orqasidan marsh qilib yuradilar. Agar «Avtomobil» musiqasi ijro etilsa, rullarni olib bir-birini orqasidan to’pillatib qadam tashlab harakat qiladilar. Nutqiy eshitishni rivojlantiruvchi o’yinlar “Tingla va bajar” (T.Lomova musiqasi.) Qiz bolalarga qo’qirchoq, o’qil bolalarga musiqa asboblari: do’mbira, shiqildoq, balalaykalar beriladi. “Sayr” musiqasi yangraydi. qiz bolalar osoyishta qadam bilan sayilgoqga boradilar, keyin esa oldindan ko’rsatilgan joylarga o’tiradilar (xona devorining yoniga). “Alla” kuyi yangramoqda – qiz bolalar pedagog bilan alla bolamni aytib qo’qirchoqni tebratadilar: SH ye ‘ r m a t n i “Musiqachilar” kuyi yangramoqda, bolalar tetik qadam bilan chirmandalar chalib va shiqildoqlarni jaranglatib kelishadi. Musiqa tugaydi, o’qil bolalr o’z joylariga o’tiradilar. qizlardan biri yugurib kelib ulardan qo’qirchoqlar uchun sho’x kuy chalib berishni so’raydi. Musiqachilar rozi bo’lishadi, “Raqs” kuyi yangraydi qo’qirchoq ko’targan qizlar zalning o’rtasiga chiqib raqs tushadilar. 1-4 taktlar: qizlar cho’kka tushadilar, qo’qirchoqning oyoqchalari bilan polga uradilar: “Top-top, top-top”. 5-8 taktlar: qo’qirchoqni ko’tarib u bilan yengilgina aylanadilar. Raqs tugashi bilan qizlardan biri musiqachilardan yana bir bor ijro etib berishlarini so’rashi mumkin. Boshqa kuy yangraydi, masalan polka. Fonematik eshitishni rivojlantiruvchi o’yinlar “Tovuqni quvlaymiz”. (V.Viktorova matni, An.Aleksandrova qayta ishlagan chex xalq qo’shiqi.) Bolalar cho’qqayib o’tiradilar, qo’shiq aytadilar, har chorakda yengilgina cho’kka tushib tovuq qanday cho’qiyotganini qo’llari bilan ko’rsatadilar. Bir bola bolalarning qo’shiq aytishini eshitib va pedagogning signalini kutib chekkada turadi. “Ksh!” signalini eshitib hamma tarqalib ketadi, chekkada turgan bola esa ularni tutadi. Matn: SH ye ‘ r m a t n i “Qovoq ari va qo’nqizlar”. Bolalar osoyishta kuy ostida doira bo’lib yuradilar, kuy almashadi va
“qo’nqizlar” “qovoq arilar” bilan yaylovga “uchib keladilar”. Pedagogning “shsh!” signali bo’yicha “qovoq arilar” yelkalariga yotadilar va “panjalarini” tez silkitadilar, “qo’nqizlar” yotgan “qovoq arilar” atrofida “uchishni” davom ettiradilar. Pedagogning “j-j” signaliga “qo’nqizlar” yelkalariga yotadilar va “panjalarini” silkitadilar, “qovoq arilar” esa ular atrofida “uchadilar”. Komandalarning almashuvi bir necha marta qaytariladi.“qovoq ari va qo’nqizlar” qaytadan boshlangan musiqa ostida yaylovdan “uchib ketadilar”. Artikulyatsion motorikani rivojlantiruvchi o’yinlar Surnaycha-surnay Bolalar stullarda o’tiradilar, ularning harshisida qo’lida o’yinchoq surnay bilan bir bola o’tiradi. Bolalar shoshmasdan ashula aytadilar: SH ye ‘ r m a t n Bola lablarini oldinga cho’zib, surnaycha chalayotganday qilib o’xshatadilar: «Du-du-du!». Bolalar o’zlariga tanish harakatlardan foydalanib raqsga tushadilar. Pedagog: «Surnaycha boshqa chalinmaydi, Kolya bolalarni quvib ketdi» - deydi. Bolalar qochib ketadilar, yetaklovchi kimnidir tutishga harakat qiladi, u tutib olgan bola esa yetaklovchining o’rniga turadi va o’yin qaytariladi. Toychoqlar (M.Rauxverger musiqasi) Bolalar kolonna bo’lib turadilar. Ular toychoqlar. Musiqa yangraydi, hamma bir-birini ketidan yuradi. Bolalar tuyoqlarning taraq-turuqiga taqlid qilib, musiqadagi urg’uga tillarini taqillatishadi. Musiqa tugaydi. Toychoqlar to’xtaydilar. Pedagogning taklifiga ko’ra: «Kimning toychoqi tuyoqlari bilan zo’r taqillatadiq» – bolalardan ikkitasi bir-birining harshisiga yurib tillari bilan qirsillatadilar. qolganlar eshitadilar. Fiziologik nafas olishni rivojlantiruvchi o’yinlar Gullar Bolalar qo’llari tushirilgan, doira bo’lib turadilar. 1-2-taktlar: o’ng qo’lni oxista qo’taradilar, qo’l panjasi ozgina orqada qoladi (birinchi baqorgi gul paydo bo’ladi, o’sishni boshlaydi). Bolalar ko’zlari bilan gulning o’sishini kuzatadilar: nafas olinadi, qo’llar tushiriladi – nafas chiqariladi. 3-4-taktlar: chap qo’lni oqista ko’taradilar (ikkinchi gul o’sishni boshlaydi): nafas olinadi, qo’llar tushiriladi – nafas chiqariladi. 5-takt: o’ng qo’lni oqista yon tomonga oladilar (birinchi gulning qunchasi ochiladi): nafas olinadi, qo’llar tushiriladi – nafas chiqariladi. 6-takt: chap qo’lni oqista yon tomonga oladilar (ikkinchi gul ochiladi): nafas olinadi, qo’llar tushiriladi – nafas chiqariladi. 7-8-taktlar: qo’llarni oqista ko’taradilar, tepaga intiladilalr (gullar quyoshga intiladi): nafas olinadi, qo’llar gavda bo’ylab tushiriladi – nafas chiqariladi. 9-16-taktlar: qo’llarni sekin chapga-o’ngga qimirlatishni boshlaydilar, keyin qatiqqroq, tana bilan (oldin yengil shamol esadi, keyin esa qattiq shamol turadi). Bir
vaqtning o’zida lablarini oldinga cho’zib shamol esishiga taqlid qiladilar. 17-18- taktlar: qo’llar oqista tushiriladi (gullar yerga engashdi). Gullar bilan mashqlar. («Vals». A.Jilina musiqasi) Bolalar doira bo’lib, qo’llarida bir donadan gul yoki barg ushlab turadilar. 1-8-taktlar: qo’llarni oqista oldinga qo’taradilar.har bir taktda gulga (bargga) qarab puflaydilar. 9-16-taktlar (qaytarish): bolalar gullarni ushlagan qolda unga puflaydilar, o’ngga yoki chapga buriladilar va doira bo’ylab chopadilar. Musiqa tugashi bilan cho’kka tushadilar, nafas chiqaradilar. Nutqiy nafas olishni rivojlantiruvchi o’yinlar Bolalar o’ng qo’l barmoqlari uchini faol va ritmik ravishda yaqinlashtiradilar (bosh barmoq bilan 2-, 3-, 4-, 5-larni). Barmoqlar bir birlari bilan tirnoqlarining uchigacha tegishi kerak. Mashq paytida quyidagi matnni ritmik ravishda talaffuz qilinadi: SHularni chap qo’l bilan, keyin esa ikki qo’l bilan birgalikda. Ovozni rivojlantiruvi o’yinlar «Au, au» Bir bola zalda stulcha orqasida yashirinib oladi (daraxt maketi orqasida va boshqalar) va dam badam «Au» deb gapiradi. Boshqa bola yoki hamma bolalar uni qidiradilar. Pedagog oqitsa musiqa ostida she’r o’qiydi: “Alla-yo-alla...” –qanday tovushni eshitayapsan? ( A ).__ Alla-yo- Allaaaaaaaa
“A” nima deydi? Ajdod, avlodlar aromoni, Amir, amaldor arkoni, Anjir, anorning arzoni,
Aql-u adolat arqoni, Ali, Anvar, Akmal, Abror, SH ye ‘ r m a t n i Men bilandir, ham men poydor. «Tovuqchalar va xo’rozcha» «Tovuqchalar» va «xo’rozcha», xuddi qo’noqdagiday zal devorlarining biri tagida cho’qqayib o’tiradilar. «Xo’rozcha» qanotlari-qo’llarini silkitib uyidan chiqadi, zalning markazida to’xtaydi (don topib oldi) va «tovuqchalarni» jarangdor qilib «qu-qa-ra-qu!» deb chaqiradi. «Tovuqchalar» «qanotlarini» sho’x silkitib
oyoqlarini uchida «xo’rozcha» yoniga chopib keladilar va uning atrofida yuguradilar, to’xtab-to’xtab don cho’qishlarini ko’rsatadilar. «Xo’rozcha» chetga chiqadi va yana tovuqchalarni chaqiradi. O’yin qaytarilayotganida boshqa «xo’rozcha» tanlab olinadi. «Tovuqchalar»: SH ye ‘ r m a t n i «Xo’roz» doirani aylanib chiqadi, to’xtab gapiradi: SH ye ‘ r m a t n i So’ngra o’yin birinchi variantdagi holatda davom etadi. O’yinni musiqa ostida ham o’tkazish mumkin. «qozlar, qozlar» Bolalar ikki guruqga taqsimlanadilar: «bolalar» va «qozlar». Pedagog (yoki bolalardan biri) bo’ri rolida chiqadi. «Bolalar» va «qozlar» bir birlari bilan birmuncha oraliqda yuzma-yuz turadilar, «bo’ri» esa nariroqda, uning yonida bita «qozcha» turadi.Qo’shiqni kuylab «bolalar» «qozlar» yoniga keladilar va orqalariga qaytadilar (to’rt qadamcha). Keyin shu harakatlarni «qozlar» o’z so’zlari bilan qaytaradilar. «Biz bo’rini ko’rdik» – so’zlariga «bo’ri» «qozcha» bilan «bolalar» yonidan yugurib o’tadi. So’ng yana guruqlar galma-gal bir birlarini Alla-yo- allaaaaaaaa oldiga keladilar.qo’shiq tugashi bilan «qozlar» «bo’rining» orqasidan chopib «qozchani» qutharadilar. SH ye ‘ r m a t n i Logotirmik mashg’ulotlarga tovush shakllanishi bosqichida yuz mimikasi, oral praksisi, umumiy motorikani rivojlanishi uchun materiallar kiritiladi. Masalan, «Siz nordon limon iste’mol qilyapsiz. Siz janjalkashni uchratib qoldingiz. Sizning qaeringizdir oqriyapti. Siz xafasiz. Sizga chiroyli o’yinchoq sovqa qilishdi» turidagi vazifalarni pedagog mos musiqa ostida yuz mimikasi rivojlanishi uchun beradi. Keyin esa logoped og’zaki ko’rsatma bermasa ham bolalar musiqa ostida oyna oldida turib yuzlarida turli hissiyotlarini aks ettiradilar. Mimika bilan turli hissiyotlarni berishni uddalashning rivojlanishi bilan oyna yordamidagi ko’ruv nazorati olib tashlanadi. Oral praksisning rivojlanishi uchun lab, til, chakakning hamma mashqlari ritm bilan beriladi: hisob, metron ostida, musiqa ostidagi aniq ko’rsatilgan ritm va urg’u. Umumiy motorikaning rivojlanishi asosiy harakatlar materiallari asosida amalga oshiriladi: yurish, marsh qilish, yugurish, yugurib yurish, turli qurilmalar, qayta qurilmalar. Qo’l harakati, harakatli o’yinlar qo’shiladi. Tovushlar qo’yilmaganligi sababli oxirgilari nutq materiallarisiz o’tkaziladi. Tovush talaffuz qilishi buzilgan bolalar uchun harakatlantiruvchi o’yinlar. «Tikuv mashinasi» Bolalar o’ng qo’llarida
panja va tirsaklar bilan aylanani aylanitirishni, chap qo’llarida igna bilan ishlashga mos mayda harakatlarni bajaradilar. Keyin harakatlar almashadi: chap qo’l aylanma harakatlarni, o’ng qo’l – igna harakatlarini.Qo’l harakatlari «tuk-tuk-tuk» so’zlarini ritmik aytish ostida amalga oshiriladi. «Ayiqchani yashiramiz» Bolalar ayiqchani yashirayotgan yetaklovchiga orqalarini qilib turadilar. Bolalar sho’x musiqa ostida uni qidiradilar. Kim topsa, o’sha yetaklovchi bo’ladi. «Ko’prikcha ustida yurish» Bolalar poldan 5-10 sm balandlikda qo’yilgan sal qiyalikdagi ko’prikcha- doskada galma-gal yuradilar qomatlarini, yurish ritmlarini kuzatish.
«Kichik oyoqchalar yo’lda yuguradilar» Bolalar o’tiribdilar, pedagog ularga oyoqlarini ko’tarishni taklif qiladi. Ularning oyoqlari kichkinaligiga e’tiborini haratadi va bir necha marta qaytaradi: «Kichik oyoqchalar yo’lda yuguradilar». Keyin esa pedagog ayiqning oyoqlari katta, shuning uchun u sekin yuradi, deydi: «Katta oyoqlar yo’lda yuradilar». Pedagog bolalarda tez va yengil, yoki bo’lmasa sekin va oqir oyoq harakatlarini ko’rsatish uchun musiqa ostida qazil ashulalarni tez va sekin tempda aytadilar. Logoritmik mashg’ulotlarda tovushlarni avtomatlashtirish jarayonida turli harakatlar mosligida artikulyatsiya, diktsiya, ohangdor burrolik va boshqalar (hamma prosodiyalarda) amalga oshiriladi. Artikulyatsiyani rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar «Aks-sado» Bolalar sekin, oqista musiqa ostida o’rmonda yuradilar va meva, qo’ziqorinlar teradilar. Birinchi guruq zalning bir tomoniga, boshqasi qarama-qarshi tomonga
ketadilar. Musiqa ancha baland, taxlikali yangraydi. Birinchi guruq bolalari baland ovozda «AU-AU-AU» deydilar. Ikkinchi guruq ularga sokin musiqa ostida past ovozda «AU-AU-AU» deb, javob qaytaradilar. Bir-birlarini chaqirishib ikkala guruq uchrashadi. Marsh yangraydi, bolalar o’rmondan uyga qarab keladilar. Undosh tovushlarni aniq gapirtiruvchi o’yinlar. «Tarvuzli poezd» Bolalar aylana bo’lib turib koptokni bir birlariga uzatadilar, keyin pedagog esa: «tarvuzlarni poezdga tashishni» tasavvur qiladilar. Undan keyin qo’llarning aylanma harakati bilan musiqa ostida harakat qilayotgan poezdni tasvirlab «CHu-CHu-CHu», deb talaffuz qiladilar.Harakatlar musiqa to’xtashi bilan tugaydi. Bolalar «SH-SHSH!» deb, talaffuz qiladilar. «Tarvuzlarni poezdga tashish» dagi harakatlar bilan «tarvuzlarni tushirib olish» boshlanadi. «Yurish» Bu o’yin prosodiyani rivojlantirishga imkon beradi. Bolalar musiqa ostida butun tovonlarida, oyoq uchlarida, tovonlarida, tovonning tashqi gumbazida yuradilar. Yurishning yo’nalishi va musiqaning xarakteri o’zgarib turadi. Bolalar yurish taktida: «Biz qomatni tekshirdik va kuraklarni keltirdik. Biz oyoq uchida yuramiz, biz tovonlarimizda yuramiz. Biz hamma bolalardek va maymoq ayiqdek yuramiz», deydilar. «Hayvonot bog’i» Bolalarning har biri o’zi uchun xayvon rolini tanlab oladi va «qafas» ga o’tiradi (chambarak). Pedagog «qafaslar» orasidan yuradi va «Bu qafasda qanday qayvon yashaydi» deb so’raydi. Bolalar harakatlari, mimikalari bilan, ovoziga taqlid qilib nimani tasvirlab berayotganlarini ko’rsatadilar. Fonematik eshitishni rivojlantiruvchi o’yinlar «Kim e’tiborliq» Bolalar musiqa ostida aylana bo’lib yuradilar, pedagog tovush nomini aytadi, bolalar chapak chalib kerakli tovushni ajratib oladilar. Kerakli bo’g’inni ajratib olishda bolalar ikki marta chapak chaladilar.Qator boshqa so’zlar ichidan to’g’ri ajratilgan so’z uchun bolalr cho’kka tushib o’tiradilar. Diktsiya va tovushlarni mustahkamlashni rivojlantiruvchi o’yinlar «Mo’ri tozalovchi» Bolalar aylana bo’lib turadilar va deydilar: «Mana quvnoq mo’ri tozalovchi. U mo’rilarni tozalaydi, tozalaydi.Qo’llari yuqoriga va pastga qimirlaydi va barmoqlari maqkam qisilgan». Bolalar matnni qaytarib, quyidagi harakatlarni
bajaradilar: qo’llarini yuqoriga ko’taradilar, keyin ularni tirsaklarida bukadilar, barmoqlarini musht qilib siqib kuch bilan pastga tushiradilar. «Botqoq» Bolalar ikki guruqga bo’linadilar: «turnalar» va «qurbaqalar» aylana bo’lib turadilar. O’rtada «botqoq». «Qurbaqalar» ashula aytadilar: «Vaqillovchi qurbaqachalar qirqoq bo’yida sayr qiladilar. CHivinlarni, pashshalarni teradilar». Ularga «turnalar» xori javob beradi: «Turnachalar-kemachalar, hammalari kul ranglari, oqlari va uzun burunlari ham osmon ostida uchadilar. Vaqillovchi qurbaqachalar turnalardan tirik qolishni istasangiz tezroq botqoqqa kirib keting». «Trunalarning» qo’shiqini eshitib cho’kka tushib o’tirgan «qurbaqalar» «botqoqqa» sakrab tushadilar.Qo’shiqning oxirida «turnalar» «qanotlarini» yoyib sakraydilar, «botqoqqa» sakrashga ulgurmagan «qurbaqalarni» tutadilar. Tutilgan «qurbaqalar» o’yindan chiqadilar. Tovushlarni differentsiallash bosqichida musiqali yoki musiqasiz dramatik o’yinlar foydali. O’yinlar matni turli tovushlar bilan to’ldiriladi. Personajlarni taqdim etish nutq prosodiyasini boyitadi. Dislaliyali bolalarda logoritmik ishlar jarayonida faoliyatida umumiy motorika, nutq va erkin xulq me’yorlashadi (o’yin, o’quv va muloqot). Rinolaliya bilan oqrigan kishilar uchun musiqiy-ritmik mashg’ulotlar Yuz mimikasini rivojlantirish hamda umumiy motorikani – harakatlar tonusini, muvofiqlashtirishni, o’tishni; tanglay pardasini harakatlanishini; nutq motorikasini; burunlashishni (tovushlarning dimoqdan chiqishi) bartaraf qilish – logoritmikaning maqsadi va vazifalari hisoblanadi. Yuz mimikasini rivojlantirish uchun ma’lum bo’lgan vaziyatlardan foydalaniladi: «Biz limon yemoqdamiz», «SHirin murabbo», «Achchiq qalampir», «Ko’p kutilgan sovqa», «qo’qirchoq betob bo’lib qoldi», «Oyim keldi», «Muzqaymoq yegim kelyapti» va boshqalar. Matnga mos harakatlantiruvchi o’yinlardan foydalaniladi. «Biz quvnoq bolalarmiz» Xonaning o’rtasida bir-biridan 15-20 qadam oraliqda bo’r bilan ikkita parallel chiziq o’tkazilgan (bu yerda yetaklovchi bo’ladi). CHiziq ortida bolalar turadilar, ular musiqiy signal bo’yicha quvnoqlik bilan: «Biz quvnoq bolalarmiz, chopishni va o’ynashni yaxshi ko’ramiz, qani, bizga yetib olchi!» deydilar. Bolalar kulib harama-harshi tomonga chopib o’tadilar. Yetaklovchi ularga o’z qismi atrofida yetib olishga va tegishga harakat qiladi. U tegib ketgan bolalar o’yindan chiqadilar, stullarga o’tiradilar, dam oladilar va burun va og’izdan nafas olishni
differentsiallashning turli mashqlarini bajaradilar (parchalarni, bargchalarni puflaydilar va boshqalar). Bir chiziqdan boshqasiga 3-4 marta chopib o’tganlaridan keyin pedagogning signali bo’yicha dam olganlar ichidan yangi yetaklovchi tayinlanadi. Umumiy motorikani rivojlantiruvchi o’yinlar «Yiqitmasdan tutib ol» Bolalar bir nechta to’siqlarni bosib o’tishlari kerak (arg’amchilarni). Birinchi arg’amchi poldan 60 sm balandlikda tortilgan, boshqasi – undan 1 m uzoqlikda, poldan 40 sm balandlikda, yana 1 m dan so’ng keyingi arg’amchi 5 sm balandlikda. Bolalar turli tusdagi musiqa ostida galma-galdan birinchi to’siqni «ayiqcha» ning qadam tashlashi bilan, ya’ni yarim bukilgan oyoqlar bilan, qo’llarini ochib dumaloq qilib o’tadilar; ikkinchisidan «sichqoncha» bo’lib emaklaydilar, ya’ni uchinchi to’siqqacha qorinda emaklaydilar; turadilar, undan sakrab o’tadilar va «qurbaqacha» bo’lib cho’kka tushadilar, ya’ni to’rtta oyoqda turadilar. Bundan so’ng o’ynayotgan bola o’zini rostlashi kerak, pedagog tashlagan kopotok yoki chambarakni tutib oladi va u bilan chetga chiqadi.Hamma bolalar to’siqlarni bosib o’tganlaridan keyin logopedning «O’ynanglar!» signali bilan kopotok yoki chambarakni o’ynashni boshlaydilar. Tanglay pardasini faollashtirish uchun yo’tal, esnash, yutinishga taqlid qilish, qo’shiqli o’yinlar mashqlarini o’tkazish kerak.qo’shiq matni unli tovushlarga boy bo’lishi lozim.Qo’shiq aytish vaqtida nafas olish, diktsiya, kata ochilgan og’izni kuzatish zarur. qo’shiq tovush paydo qilishni, nafas olishni, ifodalilikni, jaranglarning tutashligini me’yorlashtiradi. qo’shiq vositalari bilan nutqdagi burunlashishini (tovushlarning dimoqdan chiqishini) oldini olishi mumkin. Ahamiyatli vaziyatlarda unli tovushlardan qo’shiq aytishni boshlash kerak. Bolalar harakatlanayotgan poezd ritmi musiqasi ostida yuradilar, to’xtaydilar, «u-u-u!» deb gudok chaladilar yoki logoped turli suratlarni ko’rsatadi, bolalar ulardan qayqirib ta’sirlanadilar, masalan, qip-qizil, dumaloq pomidorni ko’rib «o-o-o!» deb qo’shiq aytadilar. O’rmonda yuradilar va «Au-Au-Au!» deb bir-birini chaqiradilar. Yig’layotgan qiz bolani «Ua-Ua-Ua!» deb tasvirlab beradilar. Tovushga taqlid qilib bo’rini «U!» deb, xo’tikni «Ia!» deb, kuchukchani «Av!» deb, mushukchani «Myau!» deb tasvirlab beradilar.Xirgoyi qilishni harakatlar bilan qo’shib olib borish foydali. Masalan, bolalar (kattalar) turadilar, oyoqlar yelka kengligida, o’z oldida, gavdani o’ngga, chapga burib bosh ustida harsak chaladilar. 4-6 marta qaytariladi, harsak chalib: «qars-qars» – «Peshonaga o’tirmasin, chivinni qars-qars. CHapda chivinni harsillatamiz, o’ngda chivinni harsillatamiz» deb aytadilar.
«Gavdani egish va rostlash» Bolalar kolonna bo’lib turadilar, keyin yengil qadam bilan oldinga, orqaga yuradilar va harakatlarni sakrash bilan tugatadilar. Oyoqlar kerilgan, bolalar tez engashadilar, panjalarini polga uradilar: «Ax!», rostlanadilar va boshlari ustida harsak chaladilar: «Ux!». Bosh ustidagi harsak bilan sakrab oyoqlar birga qo’yiladi. (harakatlar musiqaning qazil tusini ko’rsatadi). 2. Rinolaliya bilan kasallanganlar uchun logoritmik mashg’ulotlar Rinolaliya bilan kasallanganlar uchun logoritmik mashg’ulotlar shunday quriladiki, unda hamma turdagi ishlar nutq funktsiyasiga ijobiy ta’sir qilib qolmasdan, balki umumiy soqligiga ham ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulotlar marsh musiqasidan boshlanadi. Bolalar qadam tashlab yuradilar: bosh ko’tarilgan, yelkalar keng yoyilgan, oldinga haraladi, qo’llarni qayrat bilan silkitadilar. Logoped bolalar qomatini kuzatadi. Logoped bilan kelishib yurish paytida qadam tashlashga mos she’r aytish ham mumkin. “Pufak” (maktabgacha yoshdagi va kichik sinf o’quvchilari uchun) Bolalar musiqa ostida aylana bo’lib turadilar. Pedagog: “Pufakni puflanglar”. Bolalar yonoqlarini shishirib “Fu-u”deb talaffuz qiladilar, qo’llarini ushlab orqalari bilan markazdan katta doira qosil qilib yuradilar. Pedagog: “Pufak yorildi”. Bolalar “SH” tovushi bilan aylana markaziga qarab chopadilar. Pedagog: “Pufakni puflanglar”. Birinchi harakatni yana qaytaradilar. “Pufaklar uchib ketdilar” signaliga bolalar yonoqlarini to’ldiradilar va ularni shu holatda ushlab turib qo’llarini dumaloq qilib aylana bo’ylab yuguradilar. So’ngra to’xtaydilar va musiqa ostida aylana bo’lib bir-birlarini qo’llarini ushlab yorilayotgan katta pufakni harakatlar bilan ko’rasatadilar. Bolalar qo’llarini gavda bo’ylab bo’shashtirib tushiradilar. So’ngra hamma stullarga o’tiradi va “Sovun pufakchalari” qo’shqini kuylaydi (Kyun musiqasi). Mashg’ulot oqista musiqa ostida yurish bilan tugaydi. “Poezd” Bolalar parovoz g’ildiraklarining taqillashiga taqlid qiladilar, tirsak bo’g’inlarini egib richag ishini; so’ngra qildiraklarni qanday tekshirishni, poezd qanday yurib ketganini, qanday par chiqarganini, gudok chalganini va boshqalar ko’rsatadilar. “G’ozlar” Bolalar qozlar qanday qilib qanotlarini qoqqanini, cho’qiganini, pishillaganini, qaqillaganini, uchganini va boshqalar ko’rsatadilar. “Samolyotlar”
Bolalar benzin nasoslarini tekshirishga taqlid qilib: “Sss”, motorni: “Rrr” deb talaffuz qiladilar. Samolyotlar uchdilar, qo’ndilar, uchuvchilar ketmoqdalar (bolalar stulchalarga o’tiradilar). Rinolaliyali bemorlarning nutq motorikasini rivojlantirish uchun artikulyator mashqlari funktsional dislaliyasi bor odamlar bilan ham o’tkaziladi. Musiqa raqbari o’z mashg’ulotlariga logopedning maslaqatiga ko’ra zarur bo’lgan muayyan artikulyator tartibini shakllantirish uchun tayyorlov artikulyatsion mashqlarini kiritadi. 3. Dizartriyali bolalar uchun logoritmik va musiqali-ritmik vositalar Dizartriya va boshqa ergashuvchi buzilishlarni (ko’rishni, eshitishni, epileptik shakldagi tortishib qolishlarni) pedagogik, logopedik va simtomatik davolash logoritmik ta’sir etishni, davolovchi jismoniy tarbiya va musiqali-ritmik tarbiyadan iborat majmuani o’z ichiga oladi. Majmuaning vazifalari quyidagilar: Bolada harakatlantiruvchi patologik ta’sirni siqib chqarish va qat’iy reflektor faoliyatni tartibga solish. haraktlar uyg’unligini yaxshilash (asosiy haraktlantiruvchi faoliyat elementlari). Bolaning umumiy harakat faolligini yaxshilash. Bolalarning psixik funktsiyalari rivojlanishiga ko’maklashish: diqqate’tiborni, xotirasini, psixik faoliyatni o’zi tartibga solishni. Nutq funktsiyasini me’yorlashtirishga yordamlashish. Bolaga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish va uning xatti-harakatini tekislash. har qanday genezisdagi dizartriyali bolalar uchun ushbu majmuada davolovchi jismoniy tarbiya katta ahamiyatga ega. Undan quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi: a) organizmning umumiy tonusini oshirish; b) muskullar qisharishini bartarf qilish va bo’qinlarda odatdagi harakatchanlikni saqlanishi; v) harakatning sifati, kuchi va qajmini tiklanishi; g) yuqori tonus, kontrakturalar bilan kurashi, muskullar rigidligi va sinkineziyaning kamayishi; d) soq va kuchsiz muskullarni to’g’ri hamdo’stlik faoliyatining tiklanishi; e) hayotiy zarur ko’nikmalarni rivojlantirish; j) umurtqa va oyoq suyaklari shakllari o’zgarishini bartaraf qilish. harakatni to’la va tez tiklanishi shikastlanish muqlatiga, lokallashtirish jarayonining xarakteriga va miyadagi qon aylanishning shikastlanish tarqalganligidagi holatiga, kasalning faolligiga va tiklanish uchun davolash majmuasining samaradorligiga boqliq. Davolovchi jismoniy tarbiyaning ko’proq ahamiyatli usullaridan umumiy sog’lomlashtirish va mustahkamlash ta’sirida davolovchi jismoniy tarbiya ega bo’ladi.
U asab-muskul apparatining qayta tarbiyasini yengillashtiradi, aloqida muskul guruqlariga tanlanib ta’sir etadi, muskullar faoliyatini xilma xil qiladi (bo’shashtiradi, kuchlantirish darajasi va boshqalar), asta-sekin harakatlarni qiyinlashishiga, ularning aniqligini rivojlantirishga va shu bilan birga ortiqcha harakatlardan xalos qilishga va to’la qimmatlilarini tiklashga imkon beradi. Davolovchi jismoniy tarbiyada albatta umumiy mustqkamlovchi mashqlar bilan paretik qo’l-oyoqlar uchun mashqlar mos keladi. Bu harakatlarni yaxshi uyg’unlashishi va muskullar tonusini tekislash uchun zarur. Bundan tashhari, jismoniy tarbiya mashqlari reperkussiv (aks etgan) ta’sir ko’rsatadi: sog’lom qo’l-oyoqlarni va korpusni mashq jarayoniga doimiy kiritib, butun asab-muskul apparatini tezroq qayta tarbiyalashi mumkin. Sog’lom muskullar guruqi uchun bo’lgan mashqlardan davolovchi gimnastikaning har bir mashg’ulotini boshlash kerak. Paretik qo’l-oyoqlar uchun maxsus mashqlarni muloaja davomida qo’p martalab qo’llaniladi, ular umumiy rivojlantiradigan va nafas olish mashqlari bilan galma-gal bajariladi. Davolovchi gimnastikada faol mashqlar ustun turadi, lekin ular albatta passiv harakatlar bilan to’ldiriladi. Faol va passiv mashqlarni bajarishda harakatlarning keng ko’lamiga erishish zarur. Passiv mashqlar kabi faol mashqlarni ham ritmik, osoyishta tempda bajarish kerak. harakatlarning tempi va qajmi muskullar rigidligi darajasiga teskari boqliq bo’lishi kerak. Uni pasaytirish uchun dastlabki yengillashtirilgan holatni qo’llash, harakatlar tempi va ko’lamini chegaralash, passiv harakatlardan foydalanish, muskullarni silkitish va silash, bo’shashtiradigan mashqlar va boshqalar tavsiya etiladi. Davolovchi gimnastikani o’tkazayotganda psixoterapiya elementlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Davolovchi gimnastikaning quyidagi komponentlarini qo’llash tavsiya etiladi: a) massajni kiritgan qoldagi aloqida muskullar guruqlarini bo’shashtirishga yo’naltirilgan mashq va usullar; b) bo’qinlarda harakatni rivojlantirishgan yo’naltirilgan usullar; v) aloqida muskullarning faol kuchlanishi; g) antagonist muskulllar va harakat aktlarining butunligi o’zaro munosabatini muvofiqlashtirishni rivojlantirish. Davolovchi jismoniy tarbiya bolaning umumiy mustahkamlanishi uchun bo’lganidek qo’l-oyoq funktsiyalarini tiklash uchun ham, butun o’sish va rivojlanish davrida (14 – 15 yoshgacha) o’tkaziladi. Davlovchi gimnastika va massajni (kurslar bilan) ko’p yillar davomida kasallikning oqirligiga va davolashning muvaffaqiyatiga qarab tizimli ravishda va sabot bilan qo’llaniladi. Davolovchi gimnastika
mashg’ulotlarini qiziharli, jonli va o’yin ko’rinishida o’tkazish kerak. Davolovchi jismoniy tarbiyada maxsus tashkil qilingan sintetik harakatlar majmuini va har bir aloqida vaziyatda muayyan qoidalar sharti bo’ladigan musobaqa o’tkazish maqsadi qo’yiladi, organizmga umumiy ta’sir qiluvchi amaliy tusdagi jismoniy mashqlarni o’yin deb tushunadilar. Bunday o’yinlarga koptok bilan o’yinlar, estafetali o’yinlar, plastilindan yasash, suratlarni bo’yash, qaychida turli shakllarni kesish, lobzik bilan arralash va boshqalar kiradi. O’yin oqibatida bemorlarning kun tartibiga xilmaxillik kiritiladi va kasallarda harakatli mashg’ulotlarga, xususan davolovchi jismoniy tarbiyaga qiziqish uyqonadi. O’yinlar kasalni psixik ezilish holatidan chiqaradi, patologik jarayon va tug’iladigan salbiy hissiyotlardan uning e’tiborini chalqitadi, kasalga kuchini sog’ayishga sarflashiga yordam beradi. O’yinlarni mashg’ulotlarga eqtiyot bo’lib kiritish kerak, chunki yuklash ko’payib ketishi mumkin, o’ynayotganlarning hissiyotlari qayajonga to’ladi va charchoqni qis qilmaydilar. Dizartriyali bolalar bilan harakatli o’yinlarni, kuyli, ritmik, ovozi baland bo’lmagan sekin va o’rta tempdagi musiqa ostida organizmga umumiy fiziologik ta’sir qiluvchi biroz va o’rtacha psixojismoniy yuklash bilan o’tkazish foydali. «Koptokni tepadan dumalat» (2– yoshli bolalar uchun) Bolalar koptokni qiya turgan doskadan yumalatadilar. Bir bola koptokni tepadan dumalatadi, boshqasi uni pastda turib tutib oladi. So’ng ular o’rinlarini almashadilar. “Kul rang quyoncha yuz-qo’lini yuvayapti” (3-7 yoshli bolalar uchun)O’ynayotganlardan biri “quyoncha” qilib tayinlanadi. qolgan bolalar uning atrofida aylana bo’lib turadilar va pedagog bilan deydilar: “quyoncha” hamma harakatlarlarni bajaradi, bolalar uning ketidan qaytaradilar. “quyoncha” kimnikiga meqmonga kelgan bo’lsa o’sha “quyoncha” bo’ladi. 5-6 ta “quyonchalar” almashganidan keyin o’yin tugaydi. Dizartriyada yuz muskullari yaralarining turli ifodalanganligi kuzatilar ekan, davolovchi gimnastikada esa mimikali harakatlarni tiklash va rivojlantirish uchun maxsus mashqlar ajratiladi. Mimikali gimnastika quyidagilarga quriladi: umumiy jismoniy mashqlarning maxsus mimikali mashqlar bilan mosligining zarurligi; tabiiy mimikali harakatlardan foydalanish. Mimikali muskullarni mashq qildirish uchun gimnastika jismoniy mashqlarning asosi sifatida qo’llaniladi;
bir xil bo’lgan yuz muskullari mashqlarini bir vaqtning o’zida bajarishni maqsadga muvofiqligi; mimikali muskullar yarasiga qarab bajarish faolligini almashtirish zarurligi: passiv harakatlar, faol harakatlar, yordam va harshilik bilan faol harakatlar; artikulyator gimnastikani aloqida usullarini qo’llashning maqsadga muvofiqligi; mimikali muskullarni rivojlantirish bo’yicha yakka qolda davlovchi gimnastikani kuniga 3-4 marta o’tkazish. Katta bolalar va kattalar kuniga bir necha marta mustaqil shuqullanadilar. Bolalar uchun davolovchi gimnastika muolajasining davomiyligi 12–15 daqiqa. Afferent impulslashni kuchaytirish uchun, kuchsiz harakatlarni rivojlantirish, hamda kaltaroq muskullarni cho’zish uchun passiv gimnastikadan foydalaniladi. Masalan: qosh ustidagi suyaklarni ko’tarish va tushirish; qovoqlarni tushirish; lunjning yumshoq qismini tortish; og’izni ochish; tilni chiqarish; qo’lni og’izga tiqib yuzning paralich tomonini cho’zish va boshqalar. Passiv gimnastikadan farqli faol gimnastika asablarning o’tkazuvchanligini oshirishga yordam beradi, vazomotor buzilishlarning pasayishiga va to’qimalar trofikini yaxshilashga, kontrakturani shakllanishiga harshi harakat qiladi. Xuddi passiv gimnastikadagi kabi, faol mashqlarni bajarishda bemor butun e’tiborini shikastlangan tomon muskullari mashqiga haratishi, yuzining sog’lom qismini kafti bilan belgilashi kerak. Masalan: qosh ustidagi suyaklarni ko’tarish va tushirish; ko’zlarni yumish va ochish; lunjlarni harshiliksiz va uni bosib shishirish; lablarda qavoni so’rish va qushtak chalish uchun terish; tilni chiqarish; tishlarni tirjaytirish va boshqalar. Davolovchi gimnastikaning butun jarayoni davomida quyidagi mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi: qoshlari tepaga ko’tarish; qoshlarni chimirish (“qovoq solish”); ko’zlarni ketma-ketlikda yumish: pastga harash, ko’zlarni yumish, shikastlangan tomondagi qovoqlarni barmoq bilan ushlab turib ko’zlarni yumiq holatda bir daqiqa davomida ushlab turish; ko’zlarni uch marta ketma-ket ochish va yumish; og’izni yumib kulish; qisish; boshni pastga egib, nafas chiqarish va nafas chiqarish vaqtida “pishqirish” va lablarni titratish; qushtak chalish; burun teshiklarini kengaytirish; yuqori tishlarni ochib, yuqori lablarni ko’tarish; pastki tishlarni ochib, pastki lablarni tushirish; og’izni ochib kulish; “o-i” tovushlarini talaffuz qilish; og’izga suv olib gugurtni o’chirish; suvni og’izib yubormaslikka harakat qilib yumiq og’izni chayish; qavoni og’izning birinchi yarmidan boshqasiga tanaffus bilan uzatib lunjlarni shishirish; og’izni yumiq holatida og’iz burchaklarini pastga tushirish; “p”, “v”, “f”, “r” tovushlarini
talaffuz qilish; tilni chiqarib uni toraytirish; og’izni ochib, tilni oldinga va orqaga qilib qimirlatish; og’izni ochib tilni o’ngga va chapga qimirlatish; lablarni oldinga chiqarib do’ppaytirish; aylana bo’lib aylanayotgan barmoq harakatini ko’z bilan kuzatish; og’izning yopiq holatida lunjlarni cho’zish; yuqori labni pastki lab ustiga tushirish; og’izning yopiq holatida milklar bo’yicha ikala tomonga galma-gal tilning uchini yurgizish. Mimikali muskullar uchun hamma mashqlarni umumiy mustahkamlovchi va nafas olish mashqlari orasidagi mashg’ulotlarda oldindan bo’shashtiradigan issiq muolajalarni (sollyuks, diatermiya va boshqalardan keyin) muskullarning shikastlangan tomonnini silash sharoitida o’tkazish kerak. Davolovchi gimnastika mashqlari albatta logoritmika mashg’ulotlariga kiritiladi. Dizartriyalilar bilan logoritmik ish logopedik korrektsion bosqichga boqlik qolda quriladi, uni uch davrga bo’lish mumkin. Birinchisi: harakatlar muvozanatini tarbiyalash; predmetlar bilan mashqlarni asta-sekin kiritish bilan – gavdaning, oyoqlarning, qo’llarning umumiy harakatini rivojlantirish; qo’l barmoqlarining mayda motorikasini rivojlantirish; yuzning mimikali muskullarini; diqqat-e’tiborning turli ko’rinishlarini: eshitishning, ko’rishning va xotiraning; nutq prosodiyasi korrektsiyasi; odatdagi harakat ko’nikmalarini asta-sekin shakllanishi. Harakatlar statikasini tarbiyalovchi o’yin va mashqlar “To’xta, xop, bir” Bolalar musiqa ostida bir birlarini orqasidan yuradilar. “To’xta” signaliga to’xtaydilar va 3 soniya davomida turadilar, keyin 5-10 soniya; “xop” signaliga sakraydilar; “bir” singnaliga aylana bo’ylab buriladilar va teskari yo’nalishda yuradilar. O’yinda yanglishib qolgan va “to’xta” signalida notinch turgan bola chiqib ketadi. “Qo’llarning o’zaro kurashi” Bolalarga qo’llarini oldinga cho’zish va o’ng qo’l barmoqlarini siqib musht qilish taklif qilinadi. CHap qo’l mushtini o’ng qo’l mushti ustiga qo’yiladi.qo’llar jangi boshlanadi: o’ng qo’l tepaga ko’tarilishni xoqlaydi, lekin chap qo’l yo’l bermaydi, o’ng qo’l taranglanadi va asta-sekin yuqorga ko’tariladi va bosh ustidagi nuqtaga yetadi, endi chap qo’l pastga tushishni xoqlaydi, lekin o’ng qo’l, pastdagisi harshilik ko’rsatadi va harshi kurash sodir bo’ladi. So’ngra qo’llar bo’shashib gavda bo’ylab tashlanadi. “Palma”
Bitta qo’l zo’r berib yuqoriga ko’tarilgan: “Tekis palma o’sayapti. U shamol ostida tebranadi va cho’l oazisini bezatadi”. “Barglari so’ligan” (panja va barmoqlari bo’shashadi va yumshoq osilib qoladi). “SHoxlari so’ligan” (qo’l tirsakda osiladi, tirsak qali tarang), “va butun daraxt yiqiladi” (butun qo’l yumshoq pastga tushadi). Bu holat ikkinchi qo’l va ikkalasi bilan ham bo’ladi. Qo’l panjalari uchun mashqlar Qo’llar oldinga cho’zilgan, bu holat 3–5 soniya davomida belgilanadi, so’ngra qo’l panjalari yuqorida qayiladi, kaftlar oldinga va yuqoriga haragan («Elektr yondi»), qo’l panjalari pastga tushiriladi («Elektr o’chdi»). So’ngra qo’l panjalari tashhariga (ichkariga) aylanma harakatlar sodir qiladi («Rang-barang chiroqlar yoqildi, rangbarang chiroqlar yonib turibdi»). Qo’l, oyoq, gavdaning umumiy harakatlarini rivojlantirish uchun nutqsiz didaktik o’yinlar o’tkaziladi: oldin asta-sekin musiqa ostida, so’ngra ancha tezlashgan tempda uzukning kattaligiga rioya qilib uzuk bo’yicha piramidachani yiqish-yoyish; matreshka, bochkachalarni yoyish-yiqish; qurilish ashyolari bilan o’yinlar va boshqalar. Diqqat-e’tiborli o’yinlar ( 2 yoshdan boshlab) “Xushmuomala so’zlar” Bolani tizzalar orasiga qo’yib unga meqr bilan harash, boshini silab unga diqqat bilan eshitishini tayinlab: “Men Kolyajonga qarab, yaxshi narsalarni gapirib beraman. haranglar, Kolyajonning ko’zlari yonib turadi. haranglar, bizning Kolyajon meqrli, xushmuomala. Bizning Kolyajon qanday kuchli va chaqqon. Menning jonim qanday yaxshi ashula aytadi: “lya-lya-lya”. Pedagog bolani u bilan “lya-lya-lya” deb ashula aytishga va qarsak chalishga undaydi”. “Aqlli boshcha” Bolaga bir nechta harakatlarni tasvirlovchi suratlarni ko’rsatiladi: «qushcha cho’qiyapti», “qushcha qanotlarini silkityapti” va boshqalar. So’ngra pedagog harakatlar nomini aytadi, bola esa uni pedagogning yordamida ko’rsatadi. Har safar bola to’g’ri topganida uni boshini silab “Aqqliginam, mana bu aqlli boshcha” deyishi kerak. “CHaqqon kichkintoy” Pedagog kaftlarini cho’zadi va unga kimdir qarsak urishini so’raydi. Bola qarsak uraman deb harakat qilganida pedagog qo’llarini orqasiga oladi va o’zi to’g’risida bolaga: “Ana aftidan qanday chaqqon!” deydi. So’ngra bola kaftlarini cho’zadi va ularni orqasiga yashiradi, pedagog esa: “Ana aftidan qanday chaqqon!” deb “xato qiladi”. Keyin rollar almashadi: pedagog bolaga haratib kaftlarini cho’zadi va ularni yashirishga “ulgurmaydi”. Pedagog bolani chaqqonligi uchun maqtaydi.
“Kuchli kichkintoy” Bolalar galma-galdan pedagogning qo’shilgan panjalari orasini ochishga harakat qiladilar, lekin qila olmaydilar. Pedagog: “Men juda kuchliman” deydi. Bola o’zining qo’l panjalarini qo’shib oladi, pedagog esa ularni orasini ocha olmaydi. Pedagog: “Sen juda kuchlisan” deydi. Bola pedagogning qo’llarini orasini ochadi va u bolani kuchli bo’lgani uchun maqtaydi. Passiv gimnastika. “qushcha qanotlarini silkityapti” (Diqqatni, ritmni ****, qo’llar harakatini, nafas chiqarish davomiyligini, ovozga taqlid qilishni rivojlantiruvchi). Pedagog boladan keyin turadi, bolaning oyoqlari tovon kengligida (“qushchaning oyoqlari”), qo’llar kaftlar bilan gavdaga qisilgan (“qushcha” qanotlarini qisib oldi”). Pedagog bolaning qo’llarini ko’taradi va ularni ozgina orqaga uzatib qo’yadi (“qushcha qanotlarini ko’tardi”). Pedagog bolaning panjalarini oladi va ularni silkitib qo’llarni pastga tushiradi. Bolaning qo’llarini pastga tushirib, u “Kvi-kvi-kvi” **** deydi. So’ngra asta-sekin passiv harakatlardan faollariga o’tish mumkin. Pedagog bolaning oldida turadi, uning oldida tanish bo’lgan mashqlarni bajaradi, shu bilan birga unda harakatlarni va “kvi-kvi-kvi” so’zlarini mustaqil qaytarishga xoqish uyqonadi. “Kimning toychoqi tezroqq” Bolalardan 15-20 qadam oraliqda kichkina qildirakli o’yinchoq toychoqlar arqonga boqlangan, ikkita bola stulda o’tiradi va qo’llarida uzunligi 20 sm bo’lgan tayoqchalarni ushlaydi. Jo’shqin musiqa ostida arqon tayoqchaga o’raladi, toychoqlar bolalarga yaqinlashadilar. Kimning toychoqi birinchi kelsa, o’sha yutadi. O’tirgan holatdagi o’yin va mashqlar “quvnoq oyoqchalar” (“Polyanka” rus raqs kuyi. Mashq muallifi S.Rudneva) Bolalar qo’llari bilan sonlariga tiralib stulchalarda o’tiradilar, tirsaklar yonda. 14-taktlar: har bir taktning “bir” sanoqiga bolalar o’ng oyoqlari tovonini uni kuch bilan bukib baland ko’tarib ilgari surib qo’yadilar, barmoqlarini erkin tutib, tumshuqini tepaga haratadilar. “Ikki” sanoqida baland ko’targanlarini rostlaydilar va barmoq uchlari bilan polga tegadilar, to’rtinchi taktning “ikki” sanoqida oyoqni oyoqqa tirab qo’yadilar. 1-4-taktlar: shuni chap oyoq bilan (qaytarish). 5-8-taktlar: o’sha harakatlar oldin o’ng, keyin chap oyoq bilan. Eslatma: pedagog bolalar oyoqlari tumshuqini ilgari surib qo’yganlarida tovonlarini ichkariga qayirmasliklarini (lapanglamasdan) hamda bosh va yelkalarini to’g’ri ushlab stulchalarda xotirjam o’tirishlarini kuzatadi. Mashq raqs va o’yin harakatlarini
bajarish uchun zarur bo’lgan boldir-tovon bo’g’inlari harakatining aniqligini rivojlantiradi. Agar mashq yengil va to’g’ri bajarilsa, unda 5-8-taktlarda ikkala oyoqlar bilan birdaniga harakatlar berilishi mumkin. Keyinroq bu mashqni turgan holatda bajarish mumkin. “Prujinacha”. (“Ax, seni” rus xalq kuyi T.Lomova qayta ishlagan. Mashq muallifi S.Rudneva) Qo’llar belda. 1-4-taktlar: har taktning “bir” va “ikki” sanoqida bolalar yumshoq va prujinali bo’lib yarim cho’kka tushadilar, “i” deyilishi bilan tizzalarini tekislaydilar (hammasi bo’lim yarim cho’kka tushishlar sakkizta). 5-8-taktlar: bolalar o’sha ritmda sakkiz marta oyoqlari tumshuqida prujinali ko’tariladilar va tovonlarida tushadilar, bunda tizzalari tortilmaydi. Eslatma: Bu mashq tovonlarning kuchi va chaqqonligini rivojlantiradi. Pedagog faqat tizzalaridagina prujinali harakatlar kamayishini 5-8-taktlarda esa harakat to’xtamasligini, yuqoriga va pastga harakatlar orasida to’xtalish bo’lmasligini kuzatadi. Bolalar qomatlarini yaxshi saqlashlari, ularning harakati esa sho’x, o’yin shaklini va musiqadagi dinamik o’zgarishlarni berishi zarur. Bu mashqni butun koorektsion kurs davomida qaytarib turish tavsiya etiladi. Mayda motorikani rivojlantiruvchi o’yinlar “Barmoq barmoq” Bolalar pedagog oldida o’tiradilar va harakatlarni bajaradilar: “Barmoq, barmoq taq, taq (ikki marta qaytariladi), chapak chal, chapak chal, chapak chal (chapak chaladilar). Oyoqlaring bilan tepin, tepin (ikki marta qaytariladi). Bekindilar, bekindilar (yuzni qo’llar bilan bekitiladi), “Barmoq, barmoq taq, taq (ikki marta qaytariladi)”. “Musht – kaft” Bolalar sho’x musiqa ostida barmoqlarini o’ziga haratib chap panjani musht qilib qisadilar. CHo’zilgan o’ng qo’lning barmoqlari chap qo’l mushtiga tiraladi. Undan keyin o’ng qo’l panjasi qisiladi, chap qo’l barmoqlari esa cho’ziladi va o’ng qo’l mushtiga tiraladi. harakatlar tez va aniq bo’lishi kerak. “Qo’llaringizni ko’rsating” (Frantsuz xalq kuyi V.Vitlin qayta ishlagan) Bolalar aylana bo’lib ketma-ket turadilar. Musiqaning birinchi qismi: bolalar bir yo’nalishda yengil sakrash bilan harakat qiladilar. harakatni bir oyoqlab sakrashdan ikkitasiga va aylana markaziga burilish bilan tugatadilar. Musiqaning ikkinchi qismi: bolalar kaftlarini ko’rsatib qo’llarini oldinga cho’zadilar (juft taktlarda), va qo’llarini orqasiga bekitadilar (toq taktlarda). harakatlar musiqa tufayli qazilli va jo’shqin tusda bo’ladi.
Qarsaklar bilan mashq (V.SHubert. «Vals») Bolalar saf tortib turadilar, q .llar orqada. 1-2-taktlar: bolalar ohista qo’llarini oldinga o’tkazadilar, yengil va aniq qilib uch marta kaftlarida qarsak chaladilar. 3-4taktlar: qo’llarini oqista orqaga o’tkazadilar va orqalarida kaftlarida qarsak chaladilar. 5-6- va 7-8-taktlar: harakatlar takrorlanadi. 9-10-taktlar bolalar qo’llarini oqista yuqoriga ko’taradilar va boshlarinii ko’tarib ustida qarsak chaladilar. 11-12-taktlar: qo’llarini oqista orqaga tushiradilar va orqalarida kaftlarida qarsak chaladilar. 13-14- va 15-16-taktlar: harakatlar takrorlanadi. Muayyan vaziyatlarni yaratish vaqtida mimikali muskullar rivojlanishini o’tkazish foydali (yuqorida sanab o’tilgan maxsus mashqlardan tashhari), «Biz qayron qoldik (qayron qolmoqdamiz)», «Biz xafa bo’ldik», «Mazali murabbo», «Achchiq piyoz», «Nordon limon», «Biz xursandchilik qilyapmiz», «qo’qirchoq sinib qoldi», «Onam keldi» va boshqalar kabi. Bu holatlar bolalar bilan asta-sekin tayyorlanadi. Boshida aloqida yuz muskullarining harakati mashq qilinadi, keyin quvonch, xafalik, alam, shodlik kabi murakkab hissiyotlarni aks ettiruvchi muskullar majmuaga birlashtiriladi. Ko’rgazmali materialdan foydalanish foydali: yuzlarida turli hissiyotlar aks etuvchi odamlar tasvirlangan suratlar. Bolalar oldin pedagogning so’ziga qarab mos suratni topadilar (“Jaqli chiqqan odamning yuzini ko’rsat”), ularni ko’zdan kechiradilar, keyin oyna oldida o’tirib o’zlarining yuzlarida u yoki bu cheqraning ifodasini beradilar. Pedagog bolalarda zarur bo’lgan tasavvurlarni paydo qilishga undab passiv harakatlar bilan ham, og’zaki tushuntirishlar bilan ham yordam beradi (barmoqlari bilan bolaning lablarini kulish uchun ikki tomonga ochadi yoki bolaning qovoqini solishga yordam berish uchun qoshlarini qanshariga (burunning ikki ko’z o’rtasidagi yuqori qismi) surib qo’yadi va boshqalar). Yuzga kerakli ifodani berish maqoratini mustahkamlash uchun mashg’ulotlarda qo’shiqlarni, dramatik o’yinlarni saqnalashtirish, etyudlarni qiziqib o’ynash o’tkaziladi. Logoritmika mashg’ulotlarida diqqat-e’tiborni rivojlantirish bir nechta yo’nalishda amalga oshiriladi: a) maxsus raqbat; ko’rish va eshitish ta’sir etuvchilariga tez va aniq ta’sirlanish; v) ko’rish, eshitish va va motor xotirasini mustahkamlash; g) fikrni to’plash qobiliyati orqali iroda doirasini rivojlantirish. Logoritmik vositalardan birinchi galda musiqani tinglash uchun foydalaniladi. Bolalar stulchalarda o’tirib turli mazmun, temp va xarakterdagi musiqa parchalarini eshitadilar, masalan, M.Musorgskiyning “Gopak”i, V.Motsartning “Alla”sini. Pedagog bolalar bilan suhbatlashadi: “Bu musiqani eshitayotganingda sen nima
qilging keladi” (“Gopak”) – “Aylanishni. Qarsak chalishni”. Xuddi shu savol V.Motsartning musiqasiga ham beriladi. Tinglash uchun E.Grigning “qushcha”sini va P.CHaykovskiyning “Yoqoch soldatchalar marsh”ini; P.CHaykovskiyning “Toychoq o’yini” va A.Lyadovning “Kichkina vals”ini; belorus raqsi “Bulba”ni va R.SHumanning “Marshini”; P.CHaykovskiyning “Hchelkunchik” baletidan “Gullar valsi”ni va V.Kosenkoning “Petrushka”sini; ukrain qalq kuyi “Kolo”ni va V.Rebikovning “Ayiqlar”ini; S.Raxmaninovning “Italyancha polka”sini va V.Kosenkoning “Yomqircha”sini berish mumkin. Pedagog musiqa tinglashni ko’rgazmali qurollardan foydalanib og’zaki tushuntirishlar bilan olib boradi. Rasmning, o’yinchoqning, qo’llanmaning; musiqaning qandaydir xarakterli xususiyatini ta’kidlashga yo’naltirilgan musiqiy hamda adabiy iboralar foydali. O’yinchoqlar bolalar bilan “harakatlanadilar”, “gaplashadilar”, kichkinagina teatrlashgan tomoshalar qosil bo’ladi, shu jarayondagina bolalar musiqa eshitadilar. Kitobdagi rasmlar, tabiat suratlari tasvirlangan estamplar, odamlarning mehnati, jamiyatdagi voqealar, raqs tushayotgan va marsh qilayotgan bolalar, yugurayotgan bola va sekin yurayotgan odam tasvirlangan katta bo’lmagan kartochkalardan ham foydalaniladi. Musiqani tinglar ekan, bolalar o’z tasavvuriga mos kartochkani ko’rsatadilar. Diqqat-e’tiborni rivojlantirish uchun muskul-harakatli sezishdan foydalanish mumkin. quvnoq yoki oqista xarakterdagi musiqani tinglab, bolalar tayoqchalar, bayroqchalar, kubchalar bilan harakatlar keltirib chiqaradilar. Asarning iboralarini, yuqori, past, o’rta registrdagi qismlarini, ritmik xususiyatlarini farqlash uchun turli harakatli elementlardan foydalaniladi: taqillatish, qarsak chalish, qo’lni ko’tarish va tushirish. Diqqat-e’tiborning turli parametrlarini rivojlantirish uchun, musiqa tinglashdan tashhari, maxsus o’yin va mashqlar beriladi. “Landovur” (musiqa jo’rligida) Bolalar bir birlarini qo’llarini ushlab aylana bo’ylab yuradilar. Pedagogning signaliga to’xtaydilar, to’rt marta qarsak uradilar, aylanadilar va harakatni davom ettiradilar. Agar bir nechta signallar berilsa, unda har qaysi signaldan keyin yo’nalish almashadi. Vazifani bajara olmaganlar o’yindan chiqadilar. 4. Artikulyatsion apparatni, umumiy harakat ko’nikmalarini, eshitishtalaffuz qilish differentsiyalarini rivojlantirish Logopedik ritmikaning ikinchi davrida artikulyatsion apparatni, umumiy harakat ko’nikmalarini, nozik eshitish-talaffuz qilish differentsiyalarini rivojlantirish uchun foydalaniladi.
Nutqsiz o’yinlar: xayron qolish, xafa bo’lish, qo’rquvni ko’rsatish. Nutqli o’yinlar “Ayiqchani silab qo’y” Ayiqcha baland kubning ustida turibdi. Tarbiyachi yoki pedagog keng uzun doskani kubning yonida turgan gimanastika o’rindiqining ustiga qo’yadi. Bu “tepalik”. Bolalar tepalikning yonida: “Bizning ko’p bolajonlar ayiqchaning oldiga tepalikdan o’tib boradilar”, deb galma-galdan “tepalik”ka chiqib undan yugurib tushadilar (musiqa turli tempda), ayiqchani silab qo’yib stulchalariga o’tiradilar. Pedagogning signaliga hamma ayiq yoniga keladi va “Biz ayiqning yoniga yugurib boramiz, qayqirib yuborsa qochamiz” deydi. Bolalarda bittasi “Rrr” deb signal beradi, bolalar har tomonga qochadilar. Yangi vazifa ayiqchaning oldiga u “eshitib qolmasligi” uchun juda sekin borish. “Poezd” Bolalar harakat qilayotgan poezdni tasvirlaydilar. qo’llari tirsaklarida bukilgan, qisilgan mushtlari bilan to’rtta aylana harakat qiladilar – qildiraklar harakatini tasvirlab oldinga, pastga, salgina orqaga, salgina yuqoriga, oldinga, pastga, orqaga va boshqalar. qo’lning har bir aylana harakati birinchi tovushda ozgina aktsent bilan [«ch»] tovushi davom etadi: Poezd harakati ritmiga taqlid qilib, birinchilarini aktsent bilan CHK tovushini uchtalab bir guruqga birlashtirish: Oyoqlarini poldan ko’tarmasdan bolalar oyoqlarining tumshuqida mayda qadamlar bilan harakat qiladilar. har bir qadam bitta “chk” yoki bitta “ch” ga mos keladi. a) qadam qadam qadam qadam va ikkinchi marta ham o’shanday; b) qadam qadam qadam qadam qadam qadam qadam qadam Oyoqlar harakati kerakli tempda qayta ishlanganida, mashqi yaxshi qo’llar harakati ham qo’shiladi: a) qo’llar bilan aylana qo’llar bilan aylana; b) qo’llar bilan aylana – takrorlanadi. qadam qadam qadam qadam qadam qadam Umumiy harakatlarni rivojlantirish uchun ustki qo’l-oyoqlar, panja, barmoqlar uchun; pastki qo’l-oyoqlar uchun; tayoqcha, koptok bilan harshilikni yengib chiqish mashqlarlari; gavda uchun mashqlar kabi harakatli o’yinlar tavsiya etiladi. Musiqa ostida polda doskachalar ko’rinishidagi to’siqlar izidan; chizilgan yo’l bo’yicha; oyoq tumshug’ida, tovonida, butun tovonda yurish keng qo’llaniladi. “Qurbaqalar”
O’rtada aylana shaklida arqon yotadi yoki polda aylana qilib bo’r bilan chizilgan. Bolalarning bir guruqi aylana atrofida turadi, boshqa guruq o’tiradi. Pedagog va o’tirgan bolalar: “Mana qurbaqalar yo’l yuzida oyoqlarini cho’zib sakraydilar. Kvakva-kva-kva-kva! Oyoqlarini cho’zib sakraydilar” deydilar. Aylana bo’ylab turgan bolalar “qurbaqa”ni tasvirlab sakraydilar. SHe’rning tugashi bilan stulda o’tirgan bolalar chapak chaladilar (“qurbaqalar”ni qo’rqitadilar), ular “botqoqqa” sakraydilar – chiziq ustidan sakrab cho’qqayib o’tiradilar va “Kvakva” deydilar. Eshitish-talaffuz qilish differentsiatsiyasini rivojlantirish uchun kontrast (harama-harshi) tovushlarni boqlash muhim, masalan muayyan musiqali obrazlar bilan s-sh: [s] – yugurayotgan suv, tomchi (va tomchining musiqiy obrazi), [sh] – pufakcha yorildi yoki ilon vishillayapti (va yana musiqiy obraz). Boshqa tovushlar bilan ham xuddi shunday: [z] – chivin zinqillayapti, [j] – qo’nqiz qo’nqillayapti, [ts] – quyoncha taraqlatyapti, [ch] – chumchuq chirillayapti. Bolalar qabul qilgan musiqiy obrazlariga qarab harakatlarida personajni tasvirlaydilar. harakatlar musiqaga taqlidan hamrox bo’ladi. Bir guruq bolalar musiqa ostida uchayotgan qo’nqizni tasvirlaydilar va qo’nqillaydilar: boshqa guruq: - chivinni va Z-z-z deb zinqillaydi. Uchinchi davr. Bu davrda logopedik ish dizartriyada azob chekayotgan bolalar bilan logopedik ritmika vositalari, nutq ko’nikmalarini mustahkamlash, harakat qobiliyatlarini va jamoaviy o’zaro munosabatlarni, jamoada muloqot maqorati bilan amalga oshiriladi. SHu maqsadda qo’shiq aytish bilan o’yinlar, qoida bilan harakatli o’yinlar (syujetsiz, syujetli, sport o’yinlari elementi bilan), dramatik o’yinlar o’tkaziladi. “Aylana ketidan” Bolalar uzun arqonni ushlaydilar, arqonning oxiri yetaklovchida. U bolalarni yetaklaydi va: “Bir birini ketidan, aylana ketidan, biz qadam ba qadam yuramiz” deydilar. Signalga hamma to’xtaydi (musiqa to’xtaydi), aylanaga yuzlarini qilib o’giriladilar va: “Joyingda to’xta, hammamiz aqillik bilan manna bunday qilamiz” deydilar. Pedagog (navbatchi, yetaklovchi) xoqlagan harakatini ko’rsatadi, masalan, qo’larini arqon bilan yuqoriga ko’taradi va unga haraydi. Bolalar takrorlaydilar. Musiqa yangraydi, bolalar: “Bir birini ketidan...” deb yuradilar va boshqalar. To’xtaganlaridan keyin pedagog yangi harakatni ko’rsatadi, tana oldinga egiladi va tekislanadi; yoki oyoqni tizzada egib arqongacha ko’tarish; yoki oyoqni oldinga chiqarib cho’kka tushish va boshqalar. har bir mashq 3 martadan 6 martagacha takrorlanadi. Bir o’yinda 5-6 ta turli harakatlar qilishga yo’l qo’yiladi.
“Arilar va ayiq” Bolalar stulchalarda o’tiradilar va arilarga taqlid qilib qinqillaydilar, shu paytda “ayiq” bekinadi. Pedagog signal beradi: “Arilar ayiqning orqasidan” deydi. Bolalar o’tloq bo’ylab “guldan” “gulga” qo’nib “uchadilar”. SHu paytda “ayiq” to’rt oyoqlab chipta qop–stulcha yoniga keladi va qayqiradi: “Rr”. Pedagog: “Ayiq pasekada” deydi. “Arilar” uchadilar va qinqillaydilar: “Jjj”, “ayiq” bo’lsa to’rt oyoqlab o’zining “daraxt”–stulchasiga tomon qochadi, “arilar” stulchalarga o’tiradilar. Kim “ayiq”qa tegib ketsa, o’sha “ayiq” bo’ladi. O’yin takrorlanadi. Pedagognig signalidan tashhari “ayiq” va “arilar” obrazlari musiqa jo’rligida ham yaratiladi. Nutq harakati va umumiy harakat buzilishining xarakteriga qarab musiqiy- ritmik material tanlash zarur. Logoritmik mashg’ulotlar uchun buzilishning o’xshashligiga qarab bolalar guruqini to’ldirish maqsadga muvofiq. SHunday qilib parez ko’rinishi bor qo’pol, moslashmagan bolalar bir guruqga olinadi. Bunday bolalar bilan musiqa jo’rligidagi mashg’ulotlar ritmik, harakatlarni raqbatlantiradigan bo’lishi kerak (marsh, polka, galop, musiqali asarlar qisqa, lekin ritmik iboralari aniq ifodalangan bo’lishi lozim). Giperkinezali, tikli, mioklonusli bolalar uchun oqista, tinch rasmli, harakat ibora bilan ta’kidlanadigan; qo’shiqlar albatta ritmik naqorat va qo’shiq oqista boshlanadigan musiqiy asarlar tanlab olish kerak. Spastik ko’rinishdagi bolalar uchun kuyli, xotirjam, bo’shashtirishga mos bo’lgan musiqa tanlab olinadi (vals, alla; tabiat qodisalarini tasvirlovchi musiqa: suvning shildirashi, shamolning barglardagi shovqini, yomqirning shovqini va boshqalar). Ovozida buzilishi bo’lgan bolalar va kattalar bilan musiqiy-ritmik mashg’ulotlar Tibbiy-logopedik ta’sirlar majmui logoritmik mashg’ulotlarga: 1) ovozni tarbiyalashga: uning balandligi, kuchi, tembri, diapazonini; 2) nafas olishni rivojlantirishga: nafas olishning chuqurligi, nutqiy nafas chiqarishning davomiyligiga; 3) artikulyator apparatining rivojlanishiga imkon beradi. Ovoz buzilishiing terapiya majmui Dori-darmonli, fizioterapiyali davolanish va ortofonik mashqlarni o’z ichiga oladi. Ortofoniya – artikulyatorli, nafas olish va ovozli mashqlar bilan ovoz funktsiyalari buzilishini davolashning maxsus usuli. Ortofonik davolashning maqsadi – qiqildoqning ishida, nafas va artikulyatsiya funktsiyalarida avtomatik buzilishni tiklash. Ovoz buzilishining muhim negizi logopedik, logoritmik va davolash ishining izchilligi, ovozni tiklashning hamma bosqichlarida funktsional terapiyani o’tkazish hisoblanadi. SHuning uchun nafasni, artikulyatsion motorikani va logoritmik mashg’ulotlarda ovozni rivojlantirish ma’lum ma’noda kompleks ishning samaradorligini ta’minlaydi. Artikulyatsion apparatni rivojlantirish uchun lab, til, pastki jaq, yumshoq
tanglay uchun mashqlar o’tkaziladi. Mashqlar ritmik, sanoq ostida, musiqa jo’rligida bajariladi. Didaktik o’yinlar ham taklif qilinadi: “quvnoq tilcha”, “Mazali murabbo”, “Tishlarni tozalaymiz”, “Mushkucha belini bukyapti” (ochiq og’iz bilan tilning beli ko’tariladi), “Tebrangich”, “Biz qanday kulamiz”, “Kema guvillaydi” va bshqalar. Kattalar bilan mashg’ulotlarda artikulyatsion apparatni mashq qilishda mustaqillik darajasi oshiriladi va vazifaning turi murakkablashadi
8-Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar bilan olib boriladigan ish tizimida logopedik Ritmika Ma'ruza rejasi. 1. Alaliya nutq kamchiligiga ega kasaliga chalingan bolalar bilan logopedik ishlarni olib borish jarayonida logoritmik vositalardan bosqichma-bosqich foydalanish. 2. Bo`yin mushaklari rivojlanishi uchun mashq 3. Alaliyaga chalingan bolalar bilan harakatlarni to`g`rilashga oid ishlar
TAYANCH TUSHUNCHALARI 1. Alaliya— grekcha so`zdan olingan bo`lib, a—inkor, yo`q, lalia— nutq ya'ni nutqning yo`qligi, rivojlanmaganligidir. 2. Kontaminatsiya— lotincha so`zdan olingan bo`lib, contaminatio- aralashtirish. 3. Parafaziya —lotincha phrasis—nutqning buzilishi, nutq ma'nosi va uning grammatik tomondan buzilishi. 4. Persivarapiya— lotincha persenero—qatiy turaman so`zlaridan —ayni bir so`z, iboralarni qayta—qayta takrorlash.
Adabiyotlar. 1. Bekker K.P. Sovak M. Logopediya. M. 1981. Razdel 4. 2. Zeeman M. Rastroystva rechi v detskom vozraste. M. 1962. Razdel 2. 3. Kovshikov V.A. Ekspressivnaya alaliya. L. 1985. 4. Logopediya (pod. Red L.S.Volkovoy.) M.1989. str 262-307. 5. Mo`minova L.R. Ayupova M. Logopediya. T 1993. 107-112 bet. Alaliya—homiladorlik yoki bola nutqining ilk rivojlanish davrida bosh miya pustlogidagi nutq zonalarining organik jarohatlanishi natijasida nutqning rivojlanmay qolishi. Alaliyani tarqalishi haqidagi ilmiy asoslangan statistik ma'lumotlar yo`q. Mavjud ma'lumotlarga qaraganda maktabgacha yoshdagi bolalar orasida alaliya taxminan 1%, maktab yoshidagi bolalar orasida esa 0,6—0,2% gacha uchraydi. Mualliflarning ta'kidlashicha alaliya o`g`il bolalarda qizlarga qaraganda ikki marta qo`proq uchrar ekan.Alaliyani o`rganishga G.Guttsman (1894) A.Libman (1960), M.V.Bogdanov-Berezovskiy (1909), E.Freshels (1931) keyinchalik M.E.Xvattsev, N.N.Traugott, V.K.Orfinskaya, R.E.Levina, L.V.Melixova, G.V.Matsievskaya, Ye.F.Sobotovich, V.A.Kavishkov, V.K.Vorobeva va boshqalar katta xissa qo`shdilar. Alaliklar nutqini rivojlanishi murakkab jarayondir. Bolalarda normal nutq rivojlanishidan chetga chiqish kuzatiladi, bunda lug`at va grammatik tuzumni
egallashda ayniqsa katta qiyinchiliklar yuzaga keladi. Alalik bolalarning nutqini kech paydo bo`lishi va o`ziga hos rivojlanishi xarakterlidir, lug`at sekin rivojlanadi. So`zning motor strukturasi zaifligi tufayli bola so`zdagi tovushlarni to`g`ri ketma — ketligini topa olmaydi, bir so`zdan boshqasiga o`tishda qiynaladi, gapda so`zlarning o`rnini almashtiradi. Nutqda parafaziyalar, perseviratsiyalar, o`rin almashtirish va kontaminatsiyalar ko`p bo`ladi. Ba'zi bolalar so`z o`rniga uning noaniq taminiy konturini aytadi. Ba'zan alalik bir so`zni bir necha xil buzib talaffuz qiladi: pidor, midor, (pamidor): fral, fafl, farfal, (fevral). Nutq o`sib borgani sari bolalarda so`zning motor strukturasini egallash, bir so`zdan boshqa so`zga o`tishdagi qiyinchiliklar yaqqolroq ko`zga tashlanadi. Bunday xatolarning soni keskin ortadi, hatto bir mashg`ulotning o`zida bola charchagan sari ko`proq hato qiladi. Grammatikaning o`ziga hos xususiyati shundaki, uni o`zlashtirish umumlashtirishning yuqori darajasini talab qiladi, alaliklarda analiz—sintez faoliyati buzilgan bo`ladi. Shuning uchun bolalarda grammatik tuzumni o`zlashtirish o`ziga hos qiyinchiliklar bilan kechadi, grammatik tuzumi sekin va notekis rivojlanadi. Alalik bolalar gap tuzishning hamma turlarida qiynaladi, so`zlarning o`zgartirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu bolalarning nutqida moslashuv yo`li bilan birikish bo`lmaydi. Ot va fe'l ishtirokidagi boshqaruv yo`li bilan bog`langan birikmalar noto`g`ri tuziladi. Nutqda bog`lovchi va ko`makchilar bo`lmaydi, shaxs son qo`shimchalari noaniq ishlatiladi. Gap tuzishda so`zlarning tartibi o`ziga hos buzilishi e'tiborni tortadi. N.N. Traugottning aytishicha bola o`z nutqiy imkoniyatlaridan ilgarilab ketadi; 7—8 yoshli bolaning fikrlashi 2—3 yoshli bolaning nutqi kabi ifodalanadi. Nutqning mazmuni uning shaklidan ustun darajada bo`ladi, Ba'zi hollarda bolalar so`zlarni o`zgartirmay grammatik bog`lanishsiz, qo`shimchalarsiz qo`llaydi yoki buzib tallaffuz qiladi. Alalik bolaga ta'lim berishni bog`cha yoshidan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Alalik bola bilan logopedik ish tizimining asosiy vazifalaridan biri ularni fikrlash, tafakkur, taqlid qilish, diqqat jarayonlarini rivojlantirishdir. Bular asosida nutqni tizimli ravishda rivojlantirish jarayoni olib boriladi. Bu jarayonlar quyidigilarni o`z ichiga oladi: 1. So`z boyligini oshirish va norma darajasiga yetkazish. 2. Nutqni grammatik qurilishini shakllantirish. 3. Tovushlarni hosil qilish va mustahkamlash. 4. So`zlashuv nutqiga qiziqish, hohish uyg`otish. Motor alalik bolalar nutqini rivojlantirish odatda bir necha davrga bo`lib olib boriladi. Har bir davrda nutqni barcha tarkibiy qismlarini rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan, asosiy qiyinchilikni ajratib ko`rsatish lozim. Bir davrdan
boshqa davrga o`tish bola nutqining yangi nutq darajasini paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Har bir davrga ajratilgan vaqt alaliyani og`irligi va shakliga bolaning umumiy holatiga hamda tashki atrof muhitga maxsus ta'limning boshlanish vaqtiga bog`liq bo`ladi. N. N. Trougottning fikricha: Logapedik ish qanchalik erta boshlansa, shunchalik tez bolani nutqqa o`rgatish mumkin. o`ylaymanki qanchalik bola yosh bo`lsa, u o`z kamchiligini shunchalik kam sezadi, shunchalik nutqidan uyaladi. Bundan tashqari bolaning bilish doirasi tor, fikrlari oddiy, nutqi normal bolaning nutqiga qaraganda sodda va kambag`al bo`ladi. Maktabgacha yoshda bolaning nutqini rivojlantirish eng samarali davr bo`lib hisoblanadi. Motor alaliklar bilan olib boriladigan logapedik ishda shunday toza nutqni hosil qilish kerakki, keyinchalik bolaning nutqi yaxlit bir tizimni tashkil etsin. Motor alalik bola bilan logapedik ish tizimi davrma davr olib boriladi. Butun ishni yakunlovchi muvafaqqiyati asosan logapedik ta'sirga bog`liq. Alaliyani bartaraf etishda, logaped olib borayotgan mashg`ulotlari
Alaliyaning turli shakllariga chalingan bolalar bilan ishlashning logopedik amaliyoti to`rt bosqichda olib boriladi. Ularga muvofiq logoritmik va musiqiyritmikaviy tarbiyalash ishlari amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda bolalar bilan aloqa o`rnatish uchun shart-sharoitlar yaratiladi, har bir bola individual ekanligiga haramasdan, birinchi mashg`ulotlarda bolalarning xulq-atvorida umumiy alomatlar: o`yinchoqlarga yo`naltirilgan qiziqish yo`qligi, muloqotga kirishmaslik, moslashish faoliyatning zaifligi, yangi sharoitdan qo`rqish kabilar ajralib turadi. Boshida pedagog bola bilan nutqsiz aloqa o`rnatadi. Buni shunday ta`riflash mumkin, har bir ko`rsatma, baho, jumladan maqtov o`z-o`zidan yuz beradigan faollikni cheklash hisoblanib, ayni holda hulq-atvorning muayyan moduli majburan qabul qildiriladi. Bundan tashqari, bola bilan birdaniga nutqiy aloqani o`rnatishga urinish yoki bolaning kommunikasiya darajasini bilishligini hisobga olmasdan faoliyatning muayyan turlarini tiqishtirish birdaniga pedagog va bola o`rtasida tushunmovchilik muhitini yaratadi. Birinchi mashg`ulotlarda o`zaro aloqaning imo-ishorali, ritmikaviy, amaliy shakllari, muloyim, ruqlantiruvchi tabassum, dalda beruvchi bosh irqash kabilar jalb qilinadi. Kutish usullaridan foydalanib, har bir bola bilan nutqsiz aloqalar shakllantiriladi. SHuning uchun musiqa rahbari logoped kabi birinchi mashg`ulotlarda bardosh va vazminlik, xushmuomalalik hamda bor E`tiborni bolaga jamlab, uning amaliy va musiqiy imkoniyatlarini namoyon qiladi. Keyinchalik bolalarning harakatlari shakllanadi va ularga tuzatish kiritiladi, aniqroqi: asosiy harakatlar, harakatchan o`yinlarda umumrivojlantiruvchi va harakatga soluvchi majmualar tuzatiladi. Asosiy harakatlar (qadam bosish, yugurish, sakrash, muvozanatni saqlash, tirmashish, otish) bolalarning har
tomonlama jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta`sir qiladi: mushaklarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi, yurak-tomir va nafas olish tizimlari ishini yaxshilaydi, bolalarning harakatlanish tajribasini boyitadi, asab tizimi mustahkamlanishiga imkon beradi, bosh miya qobig`idagi hayajonlantiruvchi va tormoz jarayonlariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bu esa bolada vazmin (bosiq) asabiyruhiy aqvol yaratilishiga imkon beradi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar har tomonlama bola organizmiga ta`sir qilib, uni muayyan sur`at va vaznlarda, musiqa jo`rligida aniq va tushunarli harakatlar qilishiga o`rgatadi. Mushaklarning ayrim guruhlariga ko`poroq ta`sir ko`rsatishiga qarab, umumrivojlantiruvchi mashg`ulotlar quyidagilarga bo`linadi: a) qo`llar va yelka kamari mushaklari uchun; b) oyoqlar uchun; v) gavda mushaklari uchun. Ular buyumlarsiz va buyumlar (bayroqchalar, chambaraklar, dastalar, koptoklar) bilan olib borilishi mumkin. Mazkur mashqlarning vazifasiga bolaning turli mushaklar guruhlarini uyg`unlikda rivojlantirish, harakatlarni boshqarish ko`nikmasi, to`g`ri qaddi-qomatni tarbiyalash kiradi. Bo`yin mushaklari rivojlanishi uchun mashq Dastlabki holat: qo`llar yuqoriga ko`tarilgan. Ularga qarash, oyoq uchida ko`tarilish, qo`llarni tushirish; boshni orqaga egiltirish (shiftga qarash); polda o`tirgan holda boshni oldinga tushirish, qo`llarni orqaga tayantirgan holda oyoqni uzaytirish, bo`shashgan holda boshni oldinga, orqaga tushirish va shu kabilar. Qo`llar va yelka kamari uchun Dastlabki holat: qo`llar tomonlarga yoyilgan. Oldinga quloch otib, panjalar bilan qarsak chalish; qo`llarning aylanma harakati – bir yoki ikki qo`lni charxpalak qanotlari kabi aylantirish; barmoqlarni musht qilish va ochish; har tomonga yoyilgan qo`llarni erkin holda tushirish va boshqalar. Gavda uchun. Dastlabki holat: oyoqlarni yozib tik turish, qo`llar belda. Tizzalarni bukmasdan egilish, ikkita qo`lni o`ng (chap) oyoq uchlariga tegizishga harakat qilish, rostlanish, qo`llarni belga qo`yish; poldan buyum (bayroqcha, dasta, koptok)ni ko`tarish, tizzalarni bukmaslikka harakat qilgan va oyoqni yoygan holda gavdani egiltirib quyida safda turganlarga buyumni uzatish. Qomat uchun. Dastlabki holat: tizzalarga o`tirish, qo`llar bilan polga tayanish. Navbatmanavbat oyoqlarni to`g`ri qo`yib yuqoriga ko`tarish; buyumlar orasida erkin emaklash. Belanchak bo`lish: qo`llar bilan tizzalarni ko`krakka bukish, yotish, so`ng dastlabki holatga qaytish – o`tirish; tizzalarda turib, qo`llar bilan polga tayanish, bel sohasidagi umurtqani egish va bukish («mushuk orqasini egmoqda»). Oyoqlar uchun.
Dastlabki holat: to`g`ri turish, oyoqlarni yozib tik turish. Oyoq uchlarini birlashtirish va ajratish, tizzalarini bukgan holda oyoqlarni ko`tarish, ikki oyoq bilan joyda turib sakrash; yarim o`tirish; oyoqlarni navbatma-navbat uchlarini oldin, orqaga va tomonlarga cho`zish; tovonga o`tirish; qo`llarni oldinga uzatish (tovonlar birlashgan); juftlashtirib o`tirish; qo`llarni boshning ustiga ko`tarib, ko`krak oldiga chiqarib, qarsak chalib cho`kkalash va shu kabilar. Muvozanatni ushlash. «Ko`lmak», «tosh» (pedagog polga mel bilan aylanalarni chizadi) ustidan yurib o`tish. Bir oyoqda sakrash; oyoq uchida yurish va turish; qo`tonga o`xshab navbatma-navbat bir oyoqda turish; boshga yuk qo`yib, to`g`ri chiziq bo`yicha oyoq uchida yurish. Harakatlarni muvofiqlashtirish uchun. Dastlabki holat: to`g`ri turish, oyoqlarni yoyish. Qo`llardagi bayroqchalar bilan bosh ustidan tomonlarga, orqaga, oldinga harakat qilish va shu kabilar; birbirlariga koptok, chambaraklarni g`ildiratmoq, safda turib kichik koptokni chambarak o`rtasiga tushirish, bunda chambarak poldan 1 metr yuqorida bo`lishi kerak; koptokni tepaga, polga, sherigiga irg`itish; aylana bo`yicha yurib, koptokni bosh ustidan irg`itish; koptokni tepaga otib, tez o`girilib, uni ilib olishga harakat qilish; yugura turib, koptokni oyoq (o`ng, chap) ostiga tashlash va shu kabilar. Mazkur mashqlar bukchayganlik, harakatlardagi nomuvofiqlik, beso`naqaylik, noaniqlik kabi jismoniy kamchiliklarni tuzatishga imkon beradi va hokazo. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan saf tortish va qayta saf tortish; birmabir saf tortish; qatorga, juftlikda, aylanasiga saf tortish, bir aylanali safni bir qanchasiga, bir qatordan bir nechtasiga o`zgartirib, saf tortish; o`ngga va chapga qayrilish va hokazolarga oid mashqlar bilan chambarchas bog`liq. Mazkur mashqlar bolalarni makonda moslasha olish, tashkilotchilik, aniqlik, mustaqillikka, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o`tishni uddalashga o`rgatadi. Harakatlantiradigan o`yinlar. Bolalarda makonda moslasha olish, harakatlar sur`atini o`zgartirish, ritmli harakatlanish mahoratini rivojlantiradi va chaqqonlikka o`rgatadi. Erkin va emosional shakllarda harakatni rivojlantirishga oid mashqlardan bolalar tomonidan olingan ko`nikmalarni mustahkamlashga imkoniyat yaratadi. Davolash kursining boshlang`ich davrlarida saf tortish va qayta saf tortish kabi harakatchan o`yinlar, masalan «qatorga tez saf tortish», «Saf, qator, aylanani hosil qilish», «Ikki va uch», «Daryo va xandaq» va boshqalardan foydalaniladi. «Ikki va uch» Bolalar musiqa sadosi ostida qadam tashlaydilar yoki tarqalib (tumtaraqay), chopib yuradilar. Pedagog ishorasi bilan yonida turgan xohlagan bola bilan
juftlikni tashkil qilib, qo`l ushlashib oldindan belgilangan joyga (bayroqchaga) yugurib boradilar, yugurib kelish tartibi bilan juftma-juft saf tortadilar. «Uch» signaliga bolalar uchlikni tashkil qilib, keyin saflanayotgan joyga yugurib ketadilar. «Daryo va xandaq» Bolalar qatorga birma-bir saflanadilar. Qatordan o`ngda – «xandaq», chapda – «daryo». «Daryo»ni suzib o`tish kerak: suzuvchiga o`xshatib qo`llarni harakatlantirib o`tish, «xandaq» ustidan sakrab o`tish kerak. Pedagog «Xandaq o`ngda» deyishi bilan bolalar o`ngga qayrilib, oldinga sakraydilar. Boshqa tomonga sakragan bola daryoga tushib ketdi, deb hisoblanib, qo`l uzatib unga daryodan chiqib olishiga yordam berishadi. Keyin hamma avvalgidek saflanadi. «Daryo - chapda» ishorasi bo`yicha bolalar chapga qayrilib, boshqa qirqoqqa suzib boradilar. Bolalardan qaysi biri adashsa, «xandaq»ga tushib ketadi, unga qo`l uzatib yordam beriladi va u o`yinga qaytadi. O`z-o`zidan yuz beradigan faoliyatning elementlari (birlari darrov syujetli o`yin yaratadi, harakatlarni qaytaradi, o`yinga tushadi, boshqalari indamay o`yinchoqlar, tasmalar, koptoklarni olib ko`radilar, chambaraklarni g`ildiratadilar, uchinchilarida qo`shiqqa qiziqish uyqonadi) paydo bo`lishi bilan nutqli aloqaga o`tish mumkin. Nutqiy aloqalarni keltirib chiqarishning samarali usuli bola harakati, o`ynayotgan musiqiy o`yinchoqlar va asboblar, o`yin atributikasini nomlashi hisoblanadi. Bolada moslashish faoliyati oshadi, tashqi ta`sirsiz nutqiy va harakatchan faoliyat yuzaga keladi yoki kuchayadi. SHunday qilib, harakatchan va nutqiy faoliyat shakllarida tashqi ta`sirsiz amalga oshirilgan faoliyatni qabul qilib, ma`qullash orqali bolalar bilan barqaror aloqalarni o`rnatish zarur. Bunga bir yoki barcha bolalar bilan hamkorlikda faoliyat (o`yin)ni yuritish imkon beradi. SHuning uchun logoritmik mashg`ulotlarda logoped va tarbiyachi ishtirok etishlari, bolalarni harakatlantiradigan o`yinlarga, ular tomonidan bajarilayotgan, buyumlar, musiqiy o`yinchoqlari bilan amalga oshirilayotgan mashqlarga qo`shilishlari zarur. Musiqa rahbari logoped bilan mashg`ulotlar rejasini muhokama etadi, bolalar faoliyatiga jo`r bo`ladigan musiqani belgilaydi. Musiqa va o`yin atributikasi katta yoshdagilar hamda bolalar o`rtasida to`la hissiyotli muloqotlar olib borilishini ta`minlaydi, salbiy kechinmalar tormozlayotgan ijobiy his-tuyg`ular fondini boyitadi. Davolash (harakatlarni tuzatish jarayoni)ning birinchi bosqichida pedagog bolaning ichki oilaviy munosabatlarini o`rganishi zarur, tarbiyalash ta`sirining samaradorligi ko`p hollarda davolash jarayoniga ota-onani jalb qilishga ham bog`liqdir. Ularni bolalar o`yinida ishtirok etishga jalb qilish, ular mashg`ulotlarni (ovoz o`xshatmasidan foydalangan holda naqorat, qo`shiq kuylash, harakatli mashg`ulotlarni o`rgatish va hokazo) uyda bajarishda ko`maklashish imkonini yaratishi zarurdir. Ota-onalarning logoritmik mashg`ulotlarda qatnashishi ham
maqsadga muvofiqdir. Pedagogga ota-ona tomonidan ko`rsatgan yordamidan tashqari, bolalar va ularning ota-onasini kuzatish natijasida pedagogning ularning tarbiya pozisiyalarini aniqlashiga, oilaning ichki qiyinchiliklari yoki kelishmovchiliklar sabablarini oshkor qilishiga ko`mak beradi. Mashg`ulotlardagi o`yindagi vaziyat nafaqat ota-onalarga tarbiyalash to`g`risidagi tassavurni, balkim kattalar va bolalarning o`zaro munosabatlarining bevosita, real jarayonini tushunishiga imkon beradi. CHunki birinchi bosqichda bola jamoasini tashkil etish bo`yicha ish boshlanib, faoliyatning jamoaviy turlaridan, ya`ni qatorga turish, juft, uchlikda saf tortish; aylana bo`yicha yurish, «iloncha sudralish», natijasi umumiy kuchdan bog`liq harakatlantiradigan o`yinlar va shu kabilardan foydalanish zaruriyati kelib chiqadi. Bolalarning harakatlanuvchi va nutqiy doirasi maromlashgan sayin logoritmik mashg`ulotlarda yugurish, sakrash, tirmashish, irg`itish va ushlash kabi harakatlar mavjud o`yinlar olib boriladi. Masalan. «Tez olgin, tez qo`ygin», «Buyumni almashtir», «CHambarakni kim tez bayroqchagacha g`ildiratib boradi», «qo`nqiroqcha bilan ko`z bog`lagich o`ynash», «Ikki Ayoz», «O`rgimchak va pashshalar», «Kim buyumlarni tez olib o`tadi». Aylanadagi «ushlovchi» Bolalar aylana bo`ylab, qo`l ushlashib turishadi. Pedagog tomonidan belgilangan «ushlovchi» aylana markazida bo`ladi. O`ynayotgan bolalar aylana bo`ylab, o`ngga yoki chapga (pedagog aytgani bo`yicha) yurishib, quyidagilarni gapirishadi: Biz sho`x-shodon bolalarmiz. YUgurish va sakrashni yaxshi ko`ramiz. Qani bizga yetib olchi! Bir, ikki, uch – ushla! Oxirgi so`zni gapirishlari bilan, bolalar tumtaraqay bo`lib ketishadi, «ushlovchi» esa ularni quvlab, ushlab olishi kerak. «Ushlovchi» tomonidan ushlangan bola vaqtincha chetga chiqadi. «Ushlovchi» 2-3 bolani ushlab olguniga qadar o`yin davom etadi. Pedagog «Aylana bo`ylab saflaning» ishorasi bilan bolalar aylana hosil qilishadi. O`yin yangi «ushlovchi» bilan qayta davom ettiriladi. «Ushlovchi»ning qo`li tekkan bola ushlangan hisoblanadi. «Biz quvnoq petrushkalarmiz» Bolalar aylana bo`ylab bir oyoqdan ikkinchisiga sakragan holda harakatlanib, quyidagilarni gapirishadi: Biz xushchaqchaq petrushkalarmiz. YUgurish va sakrashni yaxshi ko`ramiz. Qani bizga yetib olchi! Bir, ikki, uch – ushla! Oxirgi so`zni aytishlari bilan, bolalar aylanadan orqaga qarab qadam bosishadi. «Ushla» so`zidan keyin tumtaraqay bo`lib ketishadi, aylana ichida
turgan «ushlovchi» esa ularni ushlab olishga harakat qiladi. Pedagogning «Bir, ikki, uch – aylanaga tez yugur» deyishi bilan bolalar aylana hosil qilishadi. «Ushlovchi», qo`lingni ber!» Bolalar tarqalib turishadi, pedagog yetakchini belgilaydi. U zalning o`rtasiga chiqib, «Men ushlovchiman» deya bolalarni quvlashga tushadi. qo`l uzatayotgan bolalarni ushlash mumkin emas. Faqatgina «ushlovchi»dan qochayotganlarga qo`lni tegizish mumkin (juft holda yugurish mumkin emas). Yetakchi qo`lini tegizgan bola «ushlovchi»ga aylanib, bir joyda to`xtagan holda qo`l ko`tarib «Men ushlovchiman» deya gapirishi kerak. YAngi «ushlovchi» sobiq yetakchiga darqol qo`l tegizishiga ruxsat berilmaydi. Sakratadigan o`yinlar «Qo`lga tushma». Pedagog aylana chizadi, bolalar aylana tashqarisida yarim qadam narida turishadi. Pedagog o`yinchilardan birini yetakchi qilib tayinlaydi va u aylananing xohlagan joyiga turadi. Bolalar chiziq ustidan aylana ichiga sakrashadi. Yetakchi aylana bo`ylab yugurib, bolalar aylana ichida paytlarida ularga qo`lini tegizishga harakat qiladi. Yetakchi yaqinlashgan davrda hamma chiziq ortiga qaytishlari kerak. Yetakchi qo`li tekgan bola yutqazgan hisoblanadi, lekin o`yinda ishtirok etaveradi. Pedagog 30-40 soniyadan so`ng o`yinni to`xtatib, yutqazganlarni hisobga oladi. Keyin biror marta ham o`zini ushlattirmagan bolalar ichidan yangi yetakchini tanlab oladi. «Bo`ri xandaq ichida». Zal o`rtasida 70-100 sm oraliqida ikkita chiziq tortiladi – bu «qandaq». Bir tomonda «echkilar uyi» chizilgan. «bo`ri» «qandaq» ichida, «echkilar» esa «uy»da joylashishadi. Pedagog «Echkilar – maysazorga» deyishi bilan bolalar zalning qarama-qarshi tomoniga «xandaq»dan sakrash orqali yugurib o``tadilar («bo`ri» bu paytda «uxlayotgan» bo`ladi va ularga tegmaydi). So`ngra pedagog «Echkilar – uyga» deyishi bilan bolalar boshqa tomongan «uy»ga qarab «qandaq» orqali yugurib o`tadilar, «bo`ri» esa ularni ushlashga (qo`lini tegizishga) urinadi. 2-3 yugurishlardan so`ng barcha «ushlangan» echkilar «uy»ga qaytadi va yangi «bo`ri» tayinlanadi (ushlanganlar orasidan emas). O`yin varianti. «Xandaq»da bir emas, ikkita bo`ri bo`ladi. Ikkita aylana 3-4m oraliqida chiziladi va har biriga bittadan «bo`ri» joylashadi. Tirmashish o`yinlari «Ayiqlar va arilar». O`yin ishtirokchilari ikki guruhga bo`linadi: «ayiqlar» va «arilar». Gimnastika narvonidan o`ngda 3-5m oraliqida «o`rmon», qarama-qarshi tomonda 8-9 m oraliqida «maysazor» chiziladi. Arilar gimnastika narvoni – «asalari uyasi»da joylashib, pedagog ishorasi bo`yicha arilar «maysazor»ga uchib, arilarga o`xshab
qo`nqillashadi, «arilar» uchib ketishi bilanoq «ayiqlar» narvonga chiqib, «asalari uyasi»da «asal»ni yeya boshlaydi. «Ayiqlar» deyilishi bilan «arilar» uyalariga qaytadi va «ayiqlar»ni chaqa boshlaydi: ularga qo`l tegizishadi. So`ngra «arilar» qayta «asalari uyasi»ga tiziladi va o`yin qaytadan boshlanadi. «Ari» chaqqan «ayiq» «asal» oviga bormaydi. O`yin 2-3 marta qaytarilgandan so`ng bolalar rol almashadilar. Irg`itish va ushlab olish o`yini «To`xta!» (devordan koptok sapchishi). O`yinda ishtirok etuvchilar devor oldiga 4-5 qadamlar oraliqida turishadi. Yetakchi koptokni devorga otadi, otilgan koptok devordan sapchib ketishi kerak. Yetakchi koptokni ota turib, uni tutib olishi kerak bo`lgan bola ismini tilga oladi. Tilga olingan bola sapchib ketgan koptokni ushlashi yoki poldan uni tezdan ko`tarib olishi lozim (bu vaqt davomida o`yin ishtirokchilari har tomonga tumtaraqay bo`lib ketishadi), agarda u koptokni ushlab olsa, koptokni tutib olishi kerak bo`lgan bolani ismini aytib, qayta devorga tashlaydi, agarda u koptokni poldan ko`tarib olsa, olgan zaqotiyoq «To`xta!» deya baqirib, hamma to`xtaganda, joyidan jilmasdan yaqinida turgan bolaga qo`lini tegizadi. U ham o`z navbatida koptokni tez olib, «To`xta! deya boshqa birovga qo`lini tegizishi kerak. Bu birinchi xatolikka yo`l qo`yilgunga qadar davom etadi. O`yin yangitdan davom ettirilib, hamma devor oldiga qaytib boradi, lekin koptokni tashlash va uni kim ushlashi kerakligini tayinlash ququqi xatolikka yo`l qo`ygan bolada bo`ladi. O`yin qoidasi: koptokni ushlab olish paytida hamma tumtaraqay bo`ladi, lekin koptok ushlanib «To`xta!» deya qayqiriqqa hamma to`xtashi lozim. Nishonga olingan har bir o`yinchiga joyidan jilmasdan chap berish: o`tirib olish, sakrab turish, egilishga ruxsat beriladi. Musiqani tinglash bolalarga musiqiy ritm tuyg`usini, eshitish qobiliyati, diqqat-E`tiborni jamlash va bardoshlilik kabi xususiyatlarni egallashga yordam beradi. Musiqa birovlarga tinchlantiruvchi sifatida ta`sir qilsa, boshqalarning hissiyotli tonuslarini ko`taradi. Bolalar musiqa asboblari chiqarayotgan tovushlarni farqlashga, ohang yo`nalishini aniqlash, tovush kuchi, balandligi va uzunligidagi farqlarni topish; mazkur alomatlar bo`yicha bir-biridan farqlanuvchi asarlarni (raqs va alla), so`ngra bir asarning kontrast qismlari (polka, eston xalqi polkasi, YAnka polkasi va boshqalar)ni farqlashni o`rganadilar. Bolalar musiqa sur`ati va ritmini yaxshi his etishlari uchun uni eshitishda metrni (kuchli bo`g`in), hisobi jo`rligida olib borish lozim. Bunday mashqlardan so`ng bolalar ularga avval chalib berilgan asarni ritmikaviy shakl orqali oson tanib olishadi. Masalan, kattaligi va ritmi bo`yicha farqlanuvchi 2-3 asar (M. Glinka «Polka»si, «Kalinka» - rus xalq qo`shiqi, V.Gerchikaning «Mening bayroqcham» qo`shiqi) chalinadi, so`ngra pedagog ulardan birining ritmikaviy shaklini chapak
chalib ko`rsatadi, bolalar esa mazkur asar nomini aytishadi. Musiqada ritm hissiyotini tarbiyalash bo`yicha keyingi ishlarda bolalar ritmikaviy shaklni qarsaklar, qo`nqiroqcha tovushi, do`mbirani urish (musiqiy jo`rliksiz) orqali aks ettirishni o`rganadilar. Mazkur maqsad uchun ritmikaviy jihatdan murakkab bo`lmagan ikki bo`g`inli asarlar, ya`ni «Vo sadu li, v ogorode», «Ax v, seni», «Kalinka» kabilardan foydalaniladi. Musiqada ritmni his qilish, eshitish qobiliyatini tarbiyalash bo`yicha ish mazkur xususiyatni harakatga, keyinchalik nutqqa ko`chishiga yordam beradi. Nutqqa bolalarni jalb qilish uchun pedagog qog`oz varaqi bilan og`izni yopib, boladan mushuk («miyov myau»), kuchuk («vov-vov» yoki «gav-gav»)ni ko`rsatib berishini so`raydi. Keyingi mashg`ulotlarda taqlidiy tovush va ma`lum ohang o`rtasida aloqa o`rnatilib, bola ohang jaranglaganda pedagogga tegishli o`yinchoqni tutqazadi yoki ko`rsatadi. Alohida E`tibor taqlidiy tovush yordamida nutq talaffuzini rivojlantirishga qaratiladi. Bola bo`ri tovushi («uuu»)ga taqlid qilishi uchun unga bo`ri rasmi ko`rsatiladi, uni qiyofasini yaratishga ko`mak beruvchi ohang chalinadi. Bundan tashqari nay chalish, o`yinchoq parovozi gudogi o`yini o`ynaladi. Bola [«a»] tovushini keltirib chiqarish – qo`g`irchoqni allalash, [«o»] — bolaning tishlari og`rimoqda, [«i»] tovushi — ot kishnamoqda, «au» bo`g`ini — bolalar o`rmonda; «du-du» bo`g`ini — bola nay chalmoqda va boshqa tovushlarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Nutq jo`rligidagi harakatlantiruvchi mashqlar bolada nutqni tinglash va harakatan yoki tovushli javob qaytarish qobiliyatini tarbiyalashga imkon beradi. Bir vaqtning o`zida mazkur mashqlar bolalarda hayoti va turmushda ular tomonidan ko`pincha ishlatiladigan harakatlar taqlid qilinishi shakllantiraladi. Artikulyasiyaviy apparatning motorikasini rivojlantirish davrida va tovushni qo`yish uchun o`yin usullaridan foydalanish mumkin. Masalan, qushtak va pufakcha - [«s» ], ari uchishi — [«z»], ona uxlashi, g`oz qaqillashi— [«gsh.»], qo`ng`iz ovozi — [«j»], qorgich — «bl», otni to`xtatish— «tpru» (til lablar orasida harakatlanadi) va hokazo. Alaliyaga chalingan bolalar bilan harakatlarni to`g`rilashga oid ishlarning birinchi bosqichida ular bilan aloqa o`rnatish va keyinchalik nutqiy maqsulotni faollashtirish uchun tasviriy faoliyatdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Logoritmik mashg`ulotlarda (ulardan oldin, ulardan keyin) davolash maqsadida uni qo`llash quyidagi qoidalarda asoslanadi. Tasviriy faoliyat musiqa kabi ritmga ega. Tasviriy san`at sohasidagi ritm, ritmlilik tor va keng tavsifga ega. Tor tavsifdagi ritm rasmning u yoki bu elementlarini qaytarish, galma-gallik sifatida tushuniladi. Keng tavsifda esa u qismlarning muntanosibligi, xushbichimlilikka olib keluvchi, yaxlitlilikning uyg`unligidan iboratdir. Ritm kompozisiyaviy xarakterga
ega turli elementlarni galma-gal qo`yish yoki solishtirishda yuzaga kelishi mumkin – guruhlar, figuralar, predmetlar, chiziqlar, harakatlar, rangli va yoruqlik doqlarning kontrasti hamda mutanosibligi orqali va hokazo. Albatta, bolalar rasmlarida ritm ko`rsatilgan alomatlarning ko`pchiligida namoyon bo`la olmaydi, chunki tasviriy faoliyatda ritm hissi juda murakkab, u o`zida sensor, sensomotorli, hissiy-qiyofali va boshqa komponentlarni mujassamlantiruvchi bo`lib hisoblanadi. Bolalarda ritm hissining sensor va sensomotorli komponentlarini tarbiyalash maqsadidagi ularning chizish, rasm solish qobiliyatidan foydalanish tasviriy faoliyat uchun xos bo`lgan ritmning ayrim namoyonliklari maktabgacha bo`lgan davrda kelib chiqadi. U namoyon bo`lishining ikki shakli mavjud bo`lib, chizish harakatlarining ritmliligi va varaq yuzasini makoniy tashkil qilish bilan belgilanadi. Bolaning tasviriy faoliyati asosida oldin faqatgina vaqtincha ritmlilik yotadi (rasmlar uchun qog`oz varaqi bilan makoniy bog`liq bo`lmagan chiziqli betartib mazmun xosdir). Harakat ritmi birinchi marta makonli bilan bog`lanayotganda varaq tekisligi ma`lum darajada tutashgan yaxlitlik kabi quriladi, yuzani tartibsiz to`ldirish asta-sekin makoniy tashkillashgan bo`lib boradi. Mazkur davrda tasvirning jonsizligi, turg`unligi, barqarorligi yuzaga keladi. Elementlar odatda simmetriya qonuniyati bo`yicha joylashadi. Keyinchalik harakatni tasvirlashga ehtiyoj tug`iladi. Umumiylik va simmetriyaviylik barqarorsizlikka almashadi, masalan, odam qo`llari simmetrik holatdan chiqqanligi harakatlar yo`nalishi oyoq tovonining bir tomonga burilishini ko`rsatadi. harakatni tasvirlash konstruktiv-kompozisiyaviy o`zgarishlarga funksional bog`lanib, muvozanat tuzilmasi dinamikaviylikka almashadi. Tasvirni chiziqda yoki tor tasmada joylashtirish, A.V. Bakushinskiy fikri bo`yicha, maktabgacha bo`lgan davrda rasm solishning oliy bosqichi hisoblanadi. Bolalar tasviriy faoliyati rivojlanishining izchilligi ritmlilikning quyidagi shakllari ajralib chiqishiga sabab bo`ladi: harakatchanlik, harakatchan-makoniy va makoniy shakllar. Harakatchanlik ritmi funksional ahamiyati bo`yicha varaq yuzasini o`zlashtirish jarayoni boshlanishini tashkil etuvchi sifatida, makoniy ritm – rasmda tasvirni kompozisiyaviy joylashishining birlamchi shakli sifatida aks etadi. Ikki yoshga kelib, bolalar ijodida ritmlilik namoyon bo`lganligining ikki: ko`rish – harakat qilish shakli (makonda gavdaning umumiy harakatlarida ham) va makoniy-ritmli shakli vujudga keladi, bunda rasm solishning mustaqil «shaqobcha»si dekorativ-ornamental rasmni yuzaga keltiradi. Harakatlar shaklini tashkil etuvchi xususiyatga ega bo`lishi va makondan alohida tutashgan shakllar ajralib chiqishi bilanoq rasmda muayyan mohiyat paydo bo`ladi. Biroq rasm solishda ritm hissi namoyon bo`lishi bolalarning umumiy xususiyati bo`lib hisoblanmaydi.
Maktabgacha bo`lgan bolalarda rasm solish xususiyatlarini o`rgangan N.P. Sakkulina rasm soluvchi bolalarning ikki turini aniqladi: bolalarning birlariga ritm hissi xos bo`lsa, boshqalari mazkur hisga ega emaslar. Ritmli tuzilmalar bolalar tomonidan ularning ob`ektiv murakkablikni aniqlovchi ma`lum ketma-ketlikda o`zlashtiriladi. Bola hayotining to`rtinchi yiliga kelib, bir turdagi elementlarni bir me`yorda qaytarishdan iborat tuzilma o`zlashtiriladi (doqlar: «Oyoqlar yo`l bo`ylab qadam tashlamoqda», chiziqlar: «YOmg`ir tomchilari deraza oynasida», buyumga bog`liq shakllar (to`g`ri burchaklar): «qizcha dastro`mollarni quritish uchun yoyib qo`ydi»), hayotning beshinchi yiliga kelib bir xil bo`lmagan elementlar ketma-ketligini o`zida mujassam etgan tuzilma («YUlduzli osmon») va nihoyat, elementlarning simmetrik joylashishini mo`ljallaydigan tuzilma maktabga chiqish davrida faqatgina bir qancha bolalarda shakllanadi. Bolalarning tasviriy qobiliyatlari genezisidan keltirilgan ma`lumotlar bolalar mashg`ulotlarni bajarish jarayonida ham musiqiy, ham tasviriy faoliyatida ritmni rivojlantirish uchun musiqa rahbariga mashg`ulotlarni rejalashtirishga yordam beradi. Pertseptiv harakatlarni shakllantirish sensorli etalonlarni o`zlashtirish va muayyan sharoitlarda ulardan foydalanishga oid tadbirlarni o`zida mujassam etadi. Musiqa rahbari, pertseptiv harakatlarning yetishmagan bo`g`inlarini tarbiyalashda har bir (jumladan, ritmli) qobiliyatning vujudga kelishi bolada ko`pincha umumiy tartibda shakllangan, ular bilan uzviy bog`liq pertseptiv harakatlar muhitida amalga oshishiga tayanadi. Musiqiy ritm hissi va tasviriy faoliyatda ritm hissi shakllanishi ritmli etalonni o`zlashtirishga, proporsiyalarni ko`rish bahosi – o`lcham bo`yicha munosabatlar etalonini o`zlashtirishga asoslanadi. Rasm solish harakatlarini tartibga solish harakatning muayyan sifatlarini aks etuvchi sensomotor etalonlar asosida rivojlanadi. Buyumlar xususiyatining istiqbolli o`zgarishini baholash proeksiyani umumiy tekislik hisoblaydigan tadbirlar yordamida amalga oshiriladi. Musiqiy-ritmik xususiyat va tasviriy xususiyat ruhiy mexanizm sifatida nafaqat sensor, balkim intellektual, yo`naltirilgan harakatlar bo`lib hisoblanadi. Binobarin, turli xususiyatlar (musiqiy-ritmik va tasviriy) o`rtasida o`tib bo`lmaydigan tafovutlar mavjud emas, har biri vujudga kelishida oldin shakllanganlariga tayanadi yoki ular bir-birini to`ldirib, birgalikda rivojlanib boradi. Musiqiy va tasviriy xususiyatlarda umumiy bo`g`in ritm hisoblanadi. Musiqiy-ritmli mashg`ulotlarni rasm solish bilan uyg`unlashtirish musiqiy rahbar va tarbiyachi bilan hamkorlikda olib boriladi, ular oldindan mashg`ulot mavzusini muhokama qilib oladi. Musiqa rahbari mashg`ulotning musiqiy-ritmli masalalarni belgilab, mavzuga muvofiq musiqa materiallarini tanlab oladi, tarbiyachi – rasm solish bo`yicha dasturiy masalalarni belgilab, har bir bola rasm solishi uchun atributlarni tayyorlaydi.
Bir mashg`ulotdan namuna keltiramiz. Mavzu: YOmg`ir Dasturiy maqsadlar: bolalarga rasmda atrofdagi hayotdan olgan taassurotlarni aks ettirish; qisqa va uzun tik chiziqlarni chizish; qalamni to`g`ri ushlash; rasmda shaklni ko`rishni o`rgatish, ijobiy tuyg`ularni tarbiyalash. Tashkiliy jihati: Salomlashish, «Bugun biz yomg`ir bilan o`ynaymiz va uni chizamiz» mashg`ulot mavzusini e`lon qilish. Eshitish E`tiborini tarbiyalash. Bolalar CHexiya xalq qochirimi «Juchka va mushuk» kuyini eshitishadi. Ifodali harakatlarni tarbiyalash. Logoped bolalarga sayr qilib kelishni taklif etadi. Qaytadan yangrayotgan musiqa sadosi ostida «juchka» va «mushuk» aylanib yurishadi; logopedga taqlid qilib o`yindagi qiyofalarni tasvirlashadi. Logoped «YOmg`ir yoqmoqda» deyishi bilanoq bolalar «yomg`irdan yashirinadi»lar: stul suyanchiqi orqasiga cho`kkalaydilar. Keyin yana musiqa sadosi ostida sayr qiladilar, boshqa bolalar tayoqchalarni erkin marom va sur`atda («YOmg`ir yoqmoqda») taqillatadilar. Logoped ishorasi bo`yicha «yomg`irdan yashirinadi»lar. Musiqadagi ikki bo`g`inlilikni o`zlashtirish, tasavvurdagi qiyofalarni mustahkamlash. Logoped bolalarga yomg`ir yo`q paytida «yo`l bo`ylab yurish»ni taklif etadi. E.Bettoldning «Sayr» musiqasi, so`ngra An.Aleksandrovaning «YOmg`ir tomchilamoqda» musiqasi yangraydi, bolalar tarqalib «yomg`irdan yashirinadi»lar: stul suyanchig`i orqasiga cho`kkalaydilar. O`yin 2-3 marotaba qaytariladi. Nutqni eshitish qobiliyatini tarbiyalash. Logoped: Biz sayr qildik, uyga keldik, endi she`r eshitamiz (she`rni o`qiydi, bolalar qaytaradilar): YOmg`ir yoqqanda yoki shamol guvillaganda Uyda bo`ling, bolalar. Qo`llar harakati ritmini tarbiyalash. Logoped: Biz ko`chada sayr qilardik, ba`zida yomg`ir ostida qolardik. Biz uyga keldik va hozir esa yomg`irni chizamiz. An.Aleksandrovaning «YOmg`ir tomchilamoqda» musiqasi qayta yangraydi va bolalar bir maromda o`ng qo`l, so`ngra chap qo`lini kartondagi chiziqlar bo`yicha yurgizadilar. Mazkur harakatlar 5-6 marta qaytariladi. Qo`l motorikasi, diqqat-E`tiborni rivojlantirish. Logoped bolalarga stolga o`tirib, yomg`ir rasmini chizishga taklif etadi. Musiqa yangraydi. Bolalar «YOmg`ir yog`moqda» mavzusida pedagog tomonidan berilgan namuna bo`yicha
rasm soladilar. Mazkur jarayon tugaganidan so`ng rasmlar kattalar va bolalar tomonidan muhokama qilinadi. Umumiy motorika va yuz ifodasini rivojlantirish. Logoped: Biz shug`ullanib bo`ldik, endi sayr qilsak bo`ladi («YOmg`irdan so`ng» venger xalq kuyi yangraydi). Musiqa A: bolalar ehtiyot bo`lib «ko`lmaklarni aylanib» o`tadilar, so`ngra (musiqa B) sho`xliklari tutib «ko`lmaklarga sakraydi»lar. Logoped: SHo`xligi tutgan bolalarni onasi ko`rib qoldi. Keyin «Aybdor bolalar» imo-ishorali mashqlari davom etadi: jahl ifodalangan yuz («Ona jahli chiqdi»); bolalar uyalishadi; jahl ifodalangan yuz («Ona jahldan tushgani yo`q»); o`tinch, kechirim, xursandchilik («Ona kechirdi»). So`ngra bolalarga P.CHaykovskiyning «SHarmankachi kuylaydi» musiqasi sadosi ostida gavdaning barcha mushaklarini bo`shashtirish mashqini bajarish taklif etiladi. Logoped: Biz dam olib, sokin musiqa eshitamiz. Oyoqlarimiz… qo`llarimiz… yelkamiz…dam olmoqda. Bizga gilamchalarda yotish yoqimlidir… Bizga yotib, musiqa eshitish qulaydir. (bolalar 3-5 daqiqa mobaynida dam oladilar). So`ngra logoped asta-sekin bolalarni bo`shashganlik holatidan faol holatga o`tkazib boradi: «Ko`zlarni ochamiz…Asta-sekin qo`llarni tepaga ko`taramiz…YAna bir marta…O`tiramiz…YAna cho`zilamiz…qo`llarni tepaga ko`taramiz…Ko`tarilamiz…qo`llar tepaga – nafas olamiz, tushiramiz – nafas chiqaramiz (ikki marta). CHapga…to`g`riga…o`ngga…chapga…to`g`riga o`girilamiz. Musiqani eshiting…U bizga g`ayrat bag`ishlaydi. Bolalar musiqa sadosi ostida aylana bo`ylab yuradilar. Mashg`ulot yakunini tashkillashtirish. Logoped: Bolalar, yomg`ir yo`qligida yo`l bo`ylab yurdik, yomg`ir chizdik, musiqa eshitdik, dam oldik. Derazaga harang. YOmg`ir yoqmoqdami …YOmg`ir yoqmayapti, sayr qilishga chiqamiz. Mazkur va keyingi mashg`ulotlarni olib borish davomiyligi – 35 daqiqa. Mavzu: Tasmalar Dasturiy maqsadlar: chiziqlarni cho`tkani uzluksiz yo`naltirib. chapdan o`ngga chizishga o`rganish, rangni idrok etish, bo`yoqlar bilan ishlash ko`nikmasini rivojlantirish (cho`tkaga bo`yoqni to`plash, uni to`g`ri ushlash, yuvish); ijobiy munosabatlarni tarbiyalash («ishladi», «charchadi», «qanday yoqimli», «chiroyli») Tashkiliy jihati: Bolalar zalga sokin musiqa sadosi ostida kirib keladilar, aylana bo`ylab yurib, stollar oldiga o`tiradilar. Stollarda karton qog`ozlarida turli ranglarda tasmachalar terilgan. Logoped mashg`ulot mavzusini e`lon qiladi.
Mayda va artikulyasiya motorikasi muvofiqlashtirilishini rivojlantirish. Bolalar logopedga jo`r bo`lishadi: «Mana men yuqoriga qarab ketmoqdaman». Bolalar qo`shiq aytish davrida musiqa sur`atiga mos holda kartondagi tasmalar bo`yicha o`ng qo`llarini, so`ngra chap qo`llarini yurgizadilar. Qo`l panjalari harakatlari va nutqning ritmi hamda sur`ati mashq qildiriladi. Bolalarga turli rangdagi tasmalar tarqatiladi. Oyoq va qo`l panjalari muvofiqlashtirilishini rivojlantirish. A.Gaydnning «Rondo» musiqasi yangraydi. A – bolalar chetga yoyilgan o`ng qo`lda tasmani ushlagan holda aylana bo`ylab yuguradilar. B – bir joyda turga holda qo`l panjalarining yengil harakati bilan tasmalarni o`ngdan chapga qarab silkitadilar. A – mazkur harakatlar qaytariladi. Bolalar musiqadagi uch bo`g`inlilikni o`zlashtiradilar, ularda ko`rinishli tushunchalar paydo bo`ladi. Ko`rish E`tibori va ko`rish xotirasini tarbiyalash. O`yin «Nima o`zgardi» Bolalar tasmalarni qo`yib, stollar oldiga o`tiradilar. Stollarda har bir bola oldida asosiy ranglardagi olti tasmalar terilgan. Har bir o`yinchiga ko`rish E`tibori yoki ko`rish xotirasini mashq qildirish uchun mashg`ulotni bajarish taklif etiladi. Logoped har bir bolaning oldiga borib, ko`zini yopishini so`raydi va tasmalar joyini o`zgartiradi, so`ngra boladan tasmalarni avvalgi joyiga qo`yishini so`raydi. Boshqa boladan logoped biror-bir tasmani olib tashlab, qaysi rangdagi tasmaning yo`qligini topishini so`raydi. Uchinchisiga esa qo`shimcha tasmani qo`shib qo`yadi va hokazo. Mayda motorikani rivojlantirish (A. Gaydnning «Rodno»si). logoped bolalarga musiqa sadosi ostida barmoqlarni bir maromda harakatlantirib tasmalarni o`rashlarini taklif etadi. Mashq davomida logoped bolalarga ruhan dalda berib turadi, so`ngra ularga rasm chizishlarini taklif etadi. Ko`rinishlar tushunchasini rivojlantirish. Bolalar musiqa sadosi ostida tarbiyachi bergan namuna bo`yicha tasmalardan gilamcha chizishadi. Rasm solish davomida logoped va tarbiyachi bolalar faoliyatini «YAxshi ishlading, birpas dam olgin», «Sen hammasini eplaysan», «Sen chizgan gilamchalarga qarash juda yoqimli» va shu kabi iboralar bilan baholab turadi. Nutqni eshitish qobiliyati va makonga moslashish. Logoped: Gilamchani chizib bo`lganlar, cho`tkani chetga quying. CHizishni davom ettirmoqchi bo`lganlar qolgan ishlarini mashg`ulotlardan so`ng qiladilar, hozir esa she`rni eshitinglar. qizchalar, qaerdasizq
O`g`il bolalar shoshilinglar, Sizni karusellar, Tezuchar arg`imchoqlar kutmoqda. Bolalar tasmalardan karuselni hosil qilib, musiqa sadosi ostida o`ngga, so`ngra chapga qadam tashlab, yengil yugurgan holda aylana bo`ylab harakatlanadilar. Logoped bolalar bilan birga o`ynab, ijobiy ruhiy fon yaratadi, bolalar E`tiborini rangli tasmalarga «Ular biz chizgan tasmalarga o`xshar ekan» deya jalb qiladi. Bolalar rasmlarini muhokama qilish. Muvozanat, ifodali qadam tashlashni rivojlantirish, yuz, qo`lllar, oyoqlar, gavda mushaklarini mashq qildirish. Polda eni 25 smli yo`l («Tasma») chizilgan. Logoped bolalarga undan navbatma-navbat yurib o`tishlarini so`raydi. Sokin musiqa yangraydi. Bolaning bir qo`li peshonaning orqa tomoniga tahalgan, bola yo`l chetiga chiqib ketmaslikka harakat qilib boradi. Logoped unga «Men urinayapman. Men muvozanatni yo`qotmadim» deya dalda berib turadi. Gavda mushaklarini bo`shashtirish ko`nikmasini tarbiyalash. «Dam olish» mashqi. Bolalar gilamchalarga yotib, ko`zlarini yumadi, past yangrayotgan musiqa sadosi ostida dam oladilar. Mashg`ulot yakunini tashkillashtirish. Har bir bola faoliyatini ijobiy baholash. Mavzu: «Tugunak (koptok ipi, o`ram)» Dasturiy maqsadlar: qog`ozdan qalamni uzmasdan chiziqlarni aylana harakatlar bilan chizishni o`rgatish; ijobiy tuyg`ularni, faoliyat sabablarini rag`batlantirish. Tashkiliy jihati. Salomlashish, «Biz bugun musiqa eshitib, tugunaklar rasmini chizamiz» mashg`ulot mavzusini e`lon qilish. E`tibor, ko`rinishli tushunchalarni tarbiyalash. «Ipchalar va mushukcha» mulьtfilьmidan tugunaklar qo`shiqini eshitish, I. Karabitsa musiqasi. Qo`l barmoqlari mayda motorikasini rivojlantirish. Emosional keskinlikni yumshatish: bolalar ichida o`yinchoq-mushukchalar yashiringan jun ipi o`ramini chuvatib yozadilar (musiqasiz). Ko`rinishli tushunchalarni mustahkamlash. his-tuyg`uli to`xtatish. «Tuguncha» o`yini. Logoped she`r o`qiydi. Mana senga oq ip ignasi bilan Ipda tugunchani chuvala. SHunday chuvala-ki, ayyor tugunchani
hech kim yecha olmasin. Bolalar aylana hosil qilib turadilar, yetakchi markazga chiqadi, pedagog tomonidan ijro etilayotgan qo`shiq sadosi ostida bolalar ip singari qatorga saf tortib yetakchini o`rab oladilar. Yetakchi aylanadan chiqib ketishiga harakat qiladi. Yetakchi aylanadan chiqa olgan joyda turgan bolalar uning o`rnini egallaydi. O`yin qaytadan boshlanadi. Qo`l barmoqlari mayda motorikasini rivojlantirish. Bolalar jun iplarini tugunaklar qilib o`raydilar. E`tiborni turli rangdagi tugunaklarni chizishga jalb qildirish. Tarbiyachi bolalar rasmlarini muhokama qilishi. Imo-ishorali va pantomima harakatlarini rivojlantirish. E`tiborni rag`batlantirish. «Tugunak qaerda» Pedagog bolalar bilan ular chizgan rasmlarini muhokama qilguniga qadar, mushukchali tugunaklar butun zal bo`yicha yashirib qo`yiladi. Logoped: Tugunak qaerdaligi aytmayman. Lekin qo`lim bilan ko`rsataman. YOki: Tugunak qaerdaligi aytmayman. Ko`zim bilan ko`rsataman. Bolalar o`tirgan holda, zalni ko`zdan kechiradilar, ko`zlari bilan tugunaklarni izlaydilar. Ko`rgan zaqotiyoq ikki misrali she`rni o`qib, tugunakni ko`rsatadilar. So`ngra hamma qaytadan mushukchalarni «asirlik»dan qutqaradi. Relaksasiya: bolalar mushukchalarni pedagog ashulasi sadosi ostida allalaydilar, keyin o`zlari uxlab qoladilar (gilamchalarga cho`ziladilar).Musiqa: A. Lyadov «Alla»si. Mashg`ulot yakunini tashkillashtirish. Har bir bola faoliyatini ijobiy baholash. So`ngra bolalar musiqa sadosi ostida zaldan chiqib ketadilar. Mavzu: havo pufaklari. Dasturiy maqsadlar: harakatlarni soat millari bo`yicha (aylana, oval) mashq qildirish, bo`yashda qalamni botirish ko`nikmasini rivojlantirish, yo`nalish haqida tushunchani aniqlashtirish – varaqda moslashtirish, faoliyatni rag`batlantirish (Pufak: «Mening rasmimni sol, bo`ya. Meni yorqin ranglarda tasvirla. Onangga sovg`a qil»). Tashkiliy jihati. Salomlashish, «Biz bugun pufaklar bilan o`ynaymiz va rasmini chizamiz» mashg`ulot mavzusini e`lon qilish.
Mashg`ulotga emosional tayyorgarlik. G.Sidelnikovning «qizil pufakcha» musiqasini eshitish. Emosional tormozlanishni to`xtatish, ko`rinishli tushunchalarni mustahkamlash. havo pufaklari bilan o`ynash, R. Rustamov musiqasi. A – yugurish; B – pufaklarni yuqoriga otish; A – yugurish; B – pufaklarni silkitish; A – yugurish; musiqa iborasi yakunida pufaklarni yuqoriga balandroq irg`itish. Eshitish E`tiborini tarbiyalash, E`tiborni boshqa narsaga jalb qilish. M.Kravchukning «Pufakcha» she`rini eshitish. Pufakcha Onam bilan bog`chaga ketayotganimda Ko`rdim son-sanoqsiz bayroqlarni, qani endi bittasini ushlab ko`rsam, Xiyobonda shu payt ko`rib qoldim ko`k pufakcha, sariq pufakni Bolalar uchun sotilajak Turli ranglardagi pufakchalar, Dum-dumaloq, chiroyli pufakchalar. Men tanlaganim qip-qizil rangda, Tomosha qiling bayroq kabi yonar Mening pufakcham! havo pufakchalari rasmini chizish. Tayyor shakl atrofini hoshiyalab chiqish va ko`rsatma bo`yicha bo`yash, faoliyat sabablari – pufak o`zi haqida gapirgandek bo`ladi: «Mening rasmimni sol», «Men chiroyliman», «Men havoda uchaman» va hokazo. Ifodali harakatlarni mashq qildirish: «qizil, havorang pufakchaman, men bilan sayr qil» - bolalar o`zlarini havo pufakchalari bilan sayr qilib yurgandek ko`rsatadilar. So`ngra imo-ishoralar bilan vaziyatni ta`riflaydilar: «Pufakcha yorildi», «YAngi pufakcha». Ko`rinishli tushunchalarni mustahkamlash. «Ko`pik» o`yini. Mushak tonusini me`yorlashtirish. Relaksasiya. O`yin oxirida bolalar gilamchalarga cho`ziladilar va butunlay bo`shashadilar. Mashg`ulot yakunini tashkillashtirish, har bir bola faoliyatini ma`qullash. Mavzu: «Qor qizi» Dasturiy maqsadlar: rasmda odam qiyofasini tasvirlashni, bunda qismlar mutanosibligiga amal qilgan holda o`rgatish: po`stin etagi kengayib borishi, qo`llar bo`yindan keyin chizilishi; buyoqlar bilan ishlash ko`nikmasini mustahkamlash;
mustaqillik, tasavvurni tarbiyalash («qanaqasini chizasan: kichigi yoki kattasini-mi Varaqning qaysi joyiga chizasanq»). Faoliyatga bo`lgan ijobiy munosabatni tarbiyalash («Ish og`ir»). Tashkiliy jihati: Mashg`ulot mavzusini e`lon qilish. qish. YAngi yil to`g`risida suhbat. E`tiborni jalb qilishni tarbiyalash. YU.Slonovning «qor qiz» qo`shiqini eshitish. Musiqada uch bo`g`inlilikni farqlash. A.Jilin «qor parchalari o`yini». A – yengil yugurish, B – qo`llarning mayin harakati, A – yengil yugurish. Ko`rinishli tushunchalarni tarbiyalash, bolalar E`tiborini rasm solishga jalb qilish. «qor qiz» rus xalqi ertagini eshitish. Eshitib bo`lgandan so`ng logoped yirik hajmli suratlar orqali chol va kampir, ularning kulbasi, qor, qor qizini tanishtiradi. Bolalar E`tiborini po`stin shakliga, qo`llarga, qor qizining taqinchoqlariga qaratadi. qor qiz rasmini solish. Logoped bolalar harakatini nutqqa ko`chirib, bola mazkur paytda chizayotgan rasm qismlari nomini aytib chiqadi. Rasmlarni muhokama qilish. Logoped va tarbiyachi har bir rasmni bolalarga ko`rsatib, uning fazilatlarini belgilaydi. Personajni nutqqa ko`chiradi: «Men qor qiziman», «Men qordan yasalganman, oppoq va chiroyliman», «Po`stinim naqshlar bilan bezatilgan». Umumiy motorikani tarbiyalash. Musiqa sadosi ostida bolalar gavdasidan qo`llarini salgina tomonga olib aylana bo`ylab harakatlanadilar. Logopedga taqlid qilib, ravon va ohista harakatlanadilar. To`xtaydilar, egiladilar. Mashg`ulot yakunini tashkillashtirish. Bolalar faoliyatini ma`qullash. Logoped bolalarga tilak bildiradi: o`zlari chizgan qor qizining chiroyli rasmlarini uydagilarga ko`rsatish. Mavzu: «Baliqchalar» Dasturiy maqsadlar: turli yo`nalishlarda suzayotgan baliqchalarni tasvirlash, shakl, gavda qismini to`g`ri tanlashga o`rgatish, cho`tka bilan ishlash ko`nikamasiga o`rgatish. «hozir, baliqcha sening dumingni chizamiz va sen suzib ketasan» kabilar yordamida rasmni jonlantirish orqali ishga bo`lgan emosional munosabatni keltirib chiqarish. Tashkiliy jihati. E`tiborni tarbiyalash: M. Krasevning «Baliqcha» qo`shiqini eshitish. Qo`llar motorikasi, harakatlar ravonligi, panjalar egiluvchanligini tarbiyalash. qo`shiq qayta yangraganda qo`llar uchun mashq bajariladi: «Baliq suzmoqda».
Emosional tormozlanishni to`xtatish. «Baliqchani ushlab ol» fransuz xalq o`yini (musiqasiz). Bolalar qog`ozdan kesib olingan baliqchalarning ipidan ushlab, zal bo`ylab yugurib yuradilar. Boshqalari esa baliq ovlovchilari bo`lib, ularni ushlashga harakat qiladilar. Ifodali harakatlarni tarbiyalash. «qush bozori» pantomima o`yini. Baliq ovlovchilar ushlangan baliqchalarni sotishga olib keladilar. Xaridorlar ularni sotib olib, shisha idishlarga solib qo`yadilar. Bolalar E`tiborini rasm solishga emosional jalb qilish: «Baliqchalarimizga va akvarium ichidagi baliqlar uchun uning rasmini solamiz». «qush bozori» mulьtfilьmidagi qo`shiqni eshitish. G.Gladkov musiqasi. qush bozori, qush bozori… Oltinchi iyulь kunida qafaschalar, savatchalar orasidan o`tib, Xarid qilish uchun bormoqdamiz. Ko`rdik, sotilmoqda baliqchalar, Suzgichlari olov kabi yonmoqda. Uni ko`rib, buni ko`rib Olishga qaror qildik. Tarbiyachi rahbarligi ostida baliqchalar rasmini solish. Emosional tormozlanishni to`xtatish. Ifodali harakatlar, tasavvurni tarbiyalash. F. SHubert «Forel» musiqasi (qo`shiq etmasdan): bolalar baliqchalarni akvariumdan chiqarib, daryoga qo`yib yuborishadi (harakatlarni o`xshatish). R. SHuman «Begona yurtlar va odamlar haqida» musiqasi sadosi ostida bolalar bo`shashishadi. Bolalarga savol beriladi: «Baliqlar daryo tubida nimalarni ko`radiq» Tarbiyachi va musiqa rahbarining bolalar rasmlarini muhokama qilishi. Mashg`ulot davomiyligi – 35 daqiqa. Rasm solish bilan olib boriladigan musiqiy-ritmli mashg`ulotlarda bolalar tasavvurini rivojlantirishga erishish mumkin. Musiqa eshitib bo`lgandan so`ng xohish bo`yicha biror-bir narsani chizishni taklif etish mumkin: «Musiqani eshitib, nimaning rasmini solar edingq». Bu alaliyaga chalingan bolalar uchun tarbiyachi bergan namuna bo`yicha yoki uning rahbarligida rasm solishga haraganda anchayin murakkab vazifa hisoblanadi. SHuning uchun mazkur ko`rsatmani davolash ishlari (harakatlarni tuzatish jarayoni)ning keyingi bosqichlarida bolalarga taklif etish mumkin. Logoritmik mashg`ulotlarning ikkinchi bosqichida asosiy harakatlar: yugurish, yurish, tirmashish, sakrash, koptoklarni irg`itish va shu kabilarni mashq
qildiradigan mashg`ulotlar ham kiradi. Ular makonda moslashish, muvozanat tuyg`usi, harakatlarni dinamikaviy muvofiqlashtirishni tarbiyalaydi. Musiqa rahbari o`z mashg`ulotlarini shunday rejalashtirishi kerak-ki, mazkur mashqlar faol lug`atni to`ldirib borish imkonini bersin. YUrish va yugurishdagi mashq. (M.Rauxverger «To`shama yo`l bo`ylab» musiqasi). Bolalar juft bo`lib, bir-biriga yuzma-yuz qarab turishadi. Juftliklar raqam tartibi bo`yicha hisoblanadi. Hamma yetti qadam bosib markazga va yetti qadam orqaga yurib boradi. SHundan so`ng birinchi juftlik aylana bo`ylab – biri o`ngga, ikkinchisi chapga aylanadan turgan juftliklar orasidan yugurib, o`z joyiga qaytib boradi (8 takt). Hamma qaytadan markazga va orqaga yurib boradi, so`ngra keyingi juftlik mazkur harakatlarni qaytaradi va hokazo. Bir juftlik yugurib ketayotganda barcha bolalar musiqa jo`rligida «YUguring, yuguring, kech qolmasangiz bo`ldi, tez-tezroq, xop, xop, xop, yetib kelsanglar, deymiz – to`xtang!». Makonda moslashish uchun mashq («Kalinka» rus xalq qo`shiqi). Bolalar juftlik bo`lib qarama-qarshi devorlar yonida tiziladilar. Bir-birlariga qarab sakkiz qadam bosgan holda yengil va tez yugurib borib, o`rin almashadilar va xuddi shu sur`atda o`z joylariga qaytadilar (2 marta qaytariladi). Keyin ohista o`z jufti bilan bir-birlarining qo`llarini ushlab, o`ng, so`ngra chap tomonga 8 takt bo`yicha aylanadilar. YAna ikki marta o`z o`rinlari bilan almashishadi. Harakatlarni muvofiqlashtirish uchun mashq (D.Kabalevskiy «Ertakcha»si). Bolalar aylana bo`ylab turishadi, bir, ikki hisobiga bo`linishadi. Birinchi yuzi bilan o`ngga, ikinchisi – chapga qayrilib, juftlikni hosil qiladi. Barcha birinchilarning qo`llarida koptok. Juftliklar ikki marta koptokni bir-birlariga uzatadi. So`ngra hamma 7 qadam tashlab, aylana bo`ylab oldinga yugurib, yangi juftlikni hosil qilishadi, mazkur juftlik ikki martadan bir-birlariga koptokni uzatib o`yinni davom ettiradilar. To o`yinni boshlagan juftlik hosil bo`lmaganga qadar mazkur harakatlar qaytarilib, yangi juftliklar hosil bo`laveradi. Mashq va o`yinlarga kattaligi, shakli hamda rangi bilan farqlanuvchi turli buyumlar jalb etiladi. harakatlar davomida bolalar ularning nomlarini aytib, o`zlarining lug`at boyligini faollashtiradi. Harakat ifodaliligi, ritmi va sur`atini tarbiyalashga oid mashqlar va o`yinlar o`tkaziladi. Musiqa tabiatining harakatlar bilan uyg`unlashishi. Bolalar (yoki bir bola) musiqa sadosi yoki do`mbira zarbasi ostida xohlagan yo`nalishda, musiqa tezligiga qarab harakatlar sur`atini o`zgartirib yuradilar. To`rt bola qatorga turib, o`z xohishlariga qarab navbatma-navbat biror-bir harakatni bajaradi. Ular mazkur harakatlarni turli tabiatga ega musiqa yoki to`rt
marta hisobi ostida qaytaradilar. Qolgan bolalar bu harakatlarni eslab qolishi va qaytarishi lozim. Bolalar bir nechta doira hosil qiladilar. Ishora (do`mbira yoki royal) bo`yicha bolalar xona bo`ylab tarqaladilar, keyingi ishora bo`yicha esa oldingi tarkibda qayta doira quradilar. Bolalar saf tortib aylana bo`ylab yuradilar. Musiqa tabiatiga qarab, ayiq, quyon, qush, ot va shu kabilarga taqlid qilib turli harakatlarni bajaradilar. Bolalar aylana bo`ylab turib, musiqa tabiatini (marsh, raqs va alla) aniqlaydilar va tegishli harakatlarni bajaradilar. Musiqa sur`atining harakatlar sur`ati bilan uyg`unlashishi. Bolalar, qo`l ushlashib, juftlik hosil qilgan holda orqama-ketin turib, ot va aravakashni tasvirlab aylana bo`ylab yurishadi. Tez sur`atga o`tishlari bilan yugurib ketadilar. Bolalar qatorga saflanishadi, har birlariga chambarak (koptok) beriladi. Sekin sur`atda bolalar chambarakni bosh ustiga ko`tarib, ohista pastga tushiradi va ko`taradilar. Juftliklar marsh sur`atida qadam tashlaydilar. Tez sur`atga o`tganda barcha juftliklar to`xtab, ushlangan qo`llarini ko`tarib, darvoza hosil qiladilar, undan birinchi juftlik yugurib o`tib, oxiriga borib turadi. Mazkur harakat barcha juftliklar tomonidan qaytariladi. Bolalar aylanada turib, musiqaning sekin sur`ati ostida koptokni polga urib, uni ilib olishadi. Musiqa tez sur`atga o`tishi bilanoq koptokni chap qo`lga olib, yuqoriga ko`tarib aylana bo`ylab yuguradilar. Musiqaning sekin sur`ati qayta yangragan zahoti yana koptokni polga urib, ilib olishadi. Musiqa ritmining harakatlar ritmi bilan uyg`unlashishi. Bolalar qo`l ushlashib, aylana bo`ylab tiziladilar. «Bir», «ikki» deyilishi bilan markazga ikki qadam tashlashadi, «uch» deyilishi bilan qo`llarini qo`yib yuborishadi, «to`rt» deyilishi bilan ikki oyoqda sakrab markazga burilishadi. Qo`l ushlashishadi va markazga qarab yurishadi. Bolalar aylana bo`ylab 8 taktda marsh qilib, qadam tashlaydilar, so`ngra bir yoki ikki oyoqlab bir joyda 8 taktda sakrashishadi. Bolalar juft bo`lib, qo`l ushlashib, musiqa ritmiga muvofiq oyoq uchida to`rt marta ko`tarilishadi va oyoq uchlarini pastga tushirishadi hamda ikki marta cho`kkalashadi. Bolalar aylana bo`ylab tiziladilar, birida koptok bo`ladi. U 2 taktda uni ohista bosh ustiga ko`taradi, so`ngra 2 taktda koptokni yonida turgan bolaga uzatadi. Ikkinchisi uchinchisiga va oxirigacha, koptok birinchi bolaga kelib tushguniga qadar o`yin davom etadi.
Bolalar juftlikda yuzma-yuz qo`l ushlashib turishadi. 1 taktda – navbatmanavbat oyoqlarni oldinga chiqarib bir joyda sakrab, 2 taktda o`ng qo`llarni ushlashib, bir joyda aylanishadi, so`ngra ikki qo`llab ushlashib turishadi. Bolalar aylana bo`ylab tizilishadi, har birining yonida tashqi tomonda bayroqcha yotibdi. Bolalar musiqaning 1 taktida pedagog ishorasi bilan uch qadam tashlab, egilib poldan bayroqchani olishadi. 2 taktda bayroqchani baland ko`tarib aylana bo`ylab sakrashadi. So`ngra yana uch qadam tashlab, bayroqchani polga qo`yishadi. Logoritmik mashg`ulotlarning uchinchi bosqichi xotirani tarbiyalashga imkoniyat yaratadi. Ko`rish, eshitish xotirasini rivojlantirish uchun «Men kabi qil», «Nima o`zgardi» (masalan, bolalar saflanishida), «Eslab qol va qaytar» (harakat, harakatlar qatori yoki muvofiqlashtirishga oid harakat) turdagi mashq va o`yinlar bajariladi. Gapdagi so`zlar tartibini eslab qolish vazifasi beriladi; harakatlar murakkab majmuasi va murakkab so`z ko`rsatmalari mavjud o`yinlar; harakatchan va nutqli o`yinlar o`tkaziladi; bolalar tomonidan naqorat, qo`shiqlar ijro etiladi. Qo`shiqlarni ijro etish bolalarda vokal ko`nikmalarini tarbiyalaydi va nutqni tuzatishga yordam beradi. Mazkur masalalar samarali hal qilinishi uchun musiqa rahbari logoped bilan hamkorlikda har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini aniqlab, bolalarni qiziqtiradigan va tushunarli bo`lgan materialni tanlaydi. Alohida E`tibor so`zlash paytida nafas olish, artikulyasiya apparatining harakatchanligining rivojlanishiga va talaffuz ustidan ishlashga qaratiladi. Dastlab faqat alohida unli tovushlarni, keyin – bolalarga qiyinchilik tug`dirmaydigan 2dan 4 gacha bo`lgan unlilar qatori, undoshlar mavjud bo`lgan bo`g`inlarni kuylash kerak bo`ladi. So`ngra qo`shiqlarni o`rganishga o`tiladi. Dastlab qisqa musiqiy jumlali qo`shiqlar «Xo`rozcha», «quyosh», «Vasilek», «Men piyozni o`tayman» kabilar olinadi. har bir musiqiy jumladan so`ng bola oqzini yopishi lozim, o`shanda fiziologik nafas olish sodir bo`ladi. Bolalar jumlani bir nafas chiqarishda kuylashlari kerakligini kuzatib borish kerak. Pirovardida mazkur talab uzunroq musiqiy jumlaga ega qo`shiqlarga («Naycha») ham qo`yiladi, keyinchalik musiqiy jumla («Xushchaqchaq g`ozlar», «Men sovuqdan qo`rqmayman», «Ayoz bobo, «Archajon», «Kuzgi qo`shiq») yanada uzunlashadi. Alaliya kasaliga chalingan bolalar uchun lug`at murakkabligini hisobga olgan holda qo`shiq tanlanadi. Ishning dastlabki ikki bosqichida bolalar faqat ovoz o`xshatmalari mavjud qo`shiq jumlalarini kuylaydilar: «Tyav-tyav», V.Gerchika musiqasi; «qurbaqalar va chivin to`g`risida», A.Filippenko musiqasi. O`ta kamgap va odamovi bolalarda ham kuylash istagi paydo bo`lishi uchun qo`shiqlar qiziq va emosional bo`lishi kerak. Asta-sekin bolalarning fonetik va lug`at zaqirasi boyib, ularning qo`shiq repertuari murakkabligi bo`yicha kengayib boradi. Nutqning fonetik va leksik
tomonlarini o`zlashtirish hamma bolalarda ham bir xil kechmaganligi sababli, qo`shiqlarning lug`at tarkibi turlicha bo`lishi zarur. Ushbu talabga rolli qo`shiqlar javob beradi. Ularda nutqiy rollar nutq lug`ati boy bolalarga taqsimlanib, ovoz o`xshatmali rollar lug`atni to`ldirishi va mustahkamlashi sekin kechayotgan bolalar tomonidan ijro etiladi. har bir bola o`zining talaffuzini eshitishi uchun qo`shiqlar ustida yakka tartibda ishlash maqsadga muvofiqdir. Agarda birinchi oylarda qo`shiqni ijro etishda bolalarda to`g`ri nutqli nafas olish va artikulyasiyaga E`tibor berilsa, keyingi oylarda esa qo`shiq ritmiga ahamiyat beriladi. Bolalar qo`shiqlarining ritmi odatda juda sodda. U bir tekis, ikki bo`g`inli hajmga ega bo`lsa-da, baribir ular ustida alohida ishlash zarur, chunki qo`shiqdagi musiqa ritmi nutq ritmiga bevosita bog`liqdir. Mazkur maqsad uchun urg`uli bo`g`inlari matndagi urg`ulilarga tushadigan L.Bekmanning «Archajon», T.Lobachev ishlov bergan «Vesnyanka», M. Krasevning «Duradgorlar», «Petya-childirmachi», «Koptok», Ye.Tilicheevaning «Olma daraxti», «Nihol» va boshqa qo`shiqlarni tanlash kerak. Bolalar qo`shiq ritmini oson o`zlashtirishlari uchun dramatizasiyadan foydalanish zarur. U tufayli bolalar nafaqat ritm, balkim qo`shiq mazmunini o`zlashtiradilar. har bir harakat musiqa va so`zlardagi urg`ularga muvofiq bajariladi. Bundan tashqari, qo`shiqni sahnalashtirish sheriklilik tuyg`usini tarbiyalaydi, shaxsiyatlararo aloqalarni mustahkamlaydi, mashg`ulotning ijobiy emosional kayfiyatini oshiradi. Logoped nutq ritmiga oid ishdan mantiqiy urg`u, ravonlilik va jumlalarni ohangli ifodalashga oid ishga o`tishi sayin qo`shiq bo`yicha ishning murakkabligi ham oshaveradi. Mazkur bosqichda emosional to`yinganlik va ifodalanganlikka qarab qo`shiqlarni tanlash muhimdir. qo`shiqlarning hamohangligi bolaga to`g`ri nutq ohangini tanlashga ko`mak beradi. Bolalar V.Gerchikaning «Mening bayroqcham», A.Ostrovskiyning «qizil maydonda namoyish» kabi marsh qo`shiqlarini quvnoq va shijoat bilan, M.Krasevning «Ayozda», A.Ostrovskiyning «quyon», V.Filippenko «g`ozlar», M.Kachurbinaning «Alla» qo`shiqlarini hamginlik va mehr bilan; V.Blaganing «Raqs», V.Filippenkoning «qurbaqalar va chivin to`g`risida» qo`shiqlarini sho`x va quvnoq ohangda kuylaydilar. Ovoz tuslanishiga bo`lgan qobiliyatga ham alohida E`tibor berish muhimdir. O`z ovozi balandligi va kuchini erkin sozlab ololmaydigan bolalar ham uchrab turadi. Ovoz tuslanishiga bo`lgan qobiliyat N.Frenkelning «Vanya va Masha» (ayiq), J.Agadjanovaning «Mayzazordagi gullar» (qo`nqiroqgullar), T.Potapenko ishlov bergan «Ko`shkcha» (sichqoncha). A.Aleksandrovning «Kaltafaqm quyonchalar haqida ertak» (bo`ri). Ye.Tilicheevaning «CHug`urchiq va chumchuq» asarlaridagi turli sahnalar uchun rolli qo`shiqlarni o`rganishda rivojlanadi. Bolalar sichqoncha, chuqurchuq, quyonlar, mushukchalar ingichka,
baland ovozda kuylashi, ayiqlar, bo`rilar, Ayoz bobo past ovozda kuylashini biladi, ularni shu ovozda tasvirlashga harakat qiladilar. Keyin musiqa faqat o`g`ilayotgan she`r boshida jo`r bo`ladi, keyin u to`xtatiladi va bola she`rni berilgan musiqa ritmi hamda sur`atida o`qishni davom ettiradi. Mazkur ish turi musiqaviy sahnalashtirishlarda, masalan «Ayoz bobo» ertagida foydalaniladi. Ayoz bobo G.Potolovskiyning «qor bo`roni» musiqasi sadosi ostida sahnaga chiqadi. Asta-sekin musiqa to`xtaydi va bola mustaqil gapirishni davom ettiradi. Keyingi mashg`ulotlarda qo`shiqlar dasturiy talablar va bolalarning nutqiy imkoniyatlariga muvofiq tanlanadi. Harakatlarning murakkab majmuasi va nutqiy ko`rsatma mavjud harakatlantiradigan o`yinlar «Mening quvnoq koptogim» Bolalar pedagog oldida cho`kkalaydilar, pedagog bolaga «quvnoq koptogimni sen ushla va yashirmasdan, menga uzat» deya koptokni dumalatadi. Bola koptokni pedagogga qayta dumlatadi. O`yin matnni bir-biriga aytayotgan 5-6 bola bilan qaytariladi. So`ngra pedagog koptokni polga urib, quyidagilarni aytadi «Koptok, sakra, shoshmagin va bolalarni kuldirgin». Bolalar koptok taktiga mos holda sakraydilar. Pedagog koptokni bolalarga dumalatadi. Ular koptokdan qochib, o`z joylariga o`tirib olishlari kerak. Pedagog zal bo`ylab koptokni dumalatadi va hamma bolalar qatorlashib uning ortidan boradilar. O`yin 3-5 marta qaytariladi. «O`yla, shoshmagin» Bolalar stulchalarga o`tiradilar, ularning qo`llarida turli o`yinchoqlar. Pedagog «Sayr qilamiz» deyishi bilan – hamma «o`yinchoqlar»ni «uy»da qoldiradilar, uning ortidan yuradi, yuguradi, sakraydilar. «YOmg`ir boshlandi» deyilishi bilan – hamma o`z «uyi»ga qochadilar. Lekin pedagog ularga bildirmasdan o`yinchoqlar joyini almashtirib qo`yadi. Bolalar ularni izlab topishi va «uy»ni to`g`ri egallashlari kerak. «O`z rangingni bilib ol» Bolalar ikki qatorda bir-birlariga yuzma-yuz qarab saflanadilar. Pedagog qo`lida qizil va ko`k rangdagi koptoklar joylashgan savatcha, o`yinchilar qancha bo`lsa, koptoklar ham shuncha. Birinchi qatordagi bolalar qizil koptoklar dumalagan paytda, boshqa qatordagilar ko`k koptok dumalagan paytda yugurishlari kerak. Pedagog bolalar E`tiborini chalg`itib, damba-dam savatchalarni birma-bir ko`rsatib turadi. Bexosdan ulardan birini tushirib yuboradi. Bolalar koptoklar orqasidan yugurib borib, ularni terib, pedagog qo`lidagi savatchaga soladilar va o`z joylariga qaytadilar. O`z koptoklarini tez va xatolikka yo`l qo`ymasdan terib olgan qator bolalari yutgan hisoblanadi. Logoritmik mashg`ulotlarda bolalarda buyumning xususiyatlari: yumshoqqattiq; og`irligi: og`ir-engil; termik xususiyatlar: sovuq-issiqni taniganlarida taktli
kinestetik sezgi rivojlanadi. Pedagog rasmlarga tayangan holda qaerda yengil shar uchayotganligi, qaerda og`ir stol turganligi; qaerda muzdek qor yoqqanligi, qaerda quyosh isitayotganligini aniqlashga ko`mak beruvchi zarur kuylarni tanlaydi. Logoped bilan bir vaqtning o`zida musiqiy rahbar o`z mashg`ulotlarida musiqiy-didaktik materiallar yordamida bolalar «ko`p», «kam», «bir xil», «teng» (shuncha), «hech nima», «bir», «ikki», «uch» va birga oshirish kabi tushunchalarni o`zlashtirishi uchun bir turdagi buyumlardan (pufaklar, tasmalar, bayroqchalar) guruhlarni tuzishga o`rgatadi. Bolalarni qator, safga tizish, qayta hisoblash va shu kabilar, aylana (kichik va katta) bo`ylab tizish, gavdani harakatlantirish («baland» - oyoq uchlarida ko`tarilish, «past» - cho`kka tushish)dan foydalaniladi. Makonda, vaqtga moslashishga bolalar «oldinga-orqaga», «tepaga-pastga», «kecha», «bugun», «ertaga», «ertalab», «kunduzi», «tunda» tushunchalarni o`zlashtiradigan o`yinlar orqali o`rganadilar. Pedagog bu tushunchalarni musiqiy asarlar va so`z bilan tasvirlab tushuntiradi. Asosiy ranglar (qizil, yashil, qora, ko`k, sariq, oq) haqidagi tushunchani shakllantirishda har bir rangni bolalar tasavvurida musiqali siymo orqali yaratish foydalidir, masalan qizil – bayroqcha, yashil – bahor o`tlari, sariq – jo`ja, ko`k – ariqcha, jigarrang – baxmalli ayiqcha, qora – qarg`a, oq – moychechak guli. Atrofdagi dumaloq, sharsimon yoki kvadrat shaklli buyum yoki detallarni ajratib olishni o`rgatish uchun pedagog shunga o`xshash o`yinchoqlarni ko`rsatib mashg`ulot olib boradi. Buyumlar, shuningdek ularning tuzilishi (dumaloq, kvadrat)ga qarab harakatli o`yinlar o`tkazadi. Musiqiy-tarbiyaviy o`yinlar olib borishda tabiiy materiallar gullar, barglar, qarag`ay bujuridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday o`yinlarda bolalar faqatgina ranglar bilangina emas, balki buyumlarning boshqa xususiyatlari bilan ham tanishadilar. Raqamli ko`rinishlar ranglar, o`lchovlar, buyumlarning shakli haqida mashg`ulotlar olib borish bolalarning fikrlash zehni-idrokini rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, davolash-tarbiyaviy ishlariga bayramlar va ko`ngilochar o`yinlarga tayyorgarlik ishlarini kiritishni rejalashtirish lozim. Alaliya bilan og`rigan bolalar bu mashg`ulotlarda qatnashadilar yoki oddiy tomoshabin kabi o`zlarini passiv tutadilar yoki ommaviy saflanish va xorovodlarda ishtirok etadilar. Bayramona ko`tarinkilik, qayrioddiy va yorqin hodisani xursandchilik bilan kutish bolalarga quvonch baqishlaydi, ularga yaxshi kayfiyat va hayajonli kechinmalar baxsh etadi. Bayramga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish do`stona jipslashgan bolalar jamoasini tarbiyalashga, fe`l-atvorning ijobiy xususiyatlarini shakllantirishga yordam beradi. Bundan tashqari bayram bilishlik jarayoniga ta`sir ko`rsatishi bilan ahamiyatlidir. CHunki bolalarning bayramlarda ko`rganlari uning ongi saviyasini oshiradi va uzoq vaqt xotirasida saqlanib qoladi. Bolalar o`z
taassurotlarini do`stlari, ota-onalarga so`zlab beradi, bu hikoyalar uning nutqini rivojlantirishga, o`zining fikrlari va kechinmalarini so`z bilan ifodalashga ko`mak beradi. Alaliya bilan og`rigan bolalar asta–sekin bunday tomoshalarda faol qatnashishiga jalb etiladi. Qish, bahor, yoz, hosil kunlariga baqishlangan dasturiy ertaliklarni tashkil etish, shuningdek qiziqarli savollar va javoblar ertaliklari (nutq bosqichlari yakunini o`tkazish va murakkab sharoitlarda nutq ko`nikmasini mustahkamlash) va bolalarni nutqiy guruhlar hamda stasionardan chiqishiga bag`ishlangan bayramlar o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Bitiruv ertaliklari davolash va tuzatish natijalarini ko`rsatish uchun o`tkaziladi. Bunda dastur bolalarga yaxshi tanish bo`lgan materialni o`zgartirilgan yoki yangitdan bezatilgan holda tuziladi. qo`shiqlar, raqslar, she`rlar, hikoyalarni bolalarga tanish va tushunarli bo`lgan mazmunni hamda ularning nutq imkoniyatlari va ko`nikmalarini hisobga olgan holda tanlash lozim. Ertaliklar dasturi nutqlar bilan to`ldirilgan bo`lishi kerak, lekin qo`shiq, raqslar, o`yinlar bundan mustasno, degani emas. har bir ertaliklar sahnalashtirilgan ertak, hikoya va she`rlar bilan tugallanadi. Materialni o`rganishni mashq qilish logopedik, tarbiyaviy, musiqali-ritmli mashg`ulotlarda o`tkaziladi. Bayramda barcha bolalar ishtirok etishlari lozim. har bir bola bilan chiqish tayyorlanadi. Nutqiy munosabatda imkoniyati cheklangan bolalar hikoya yoki sahnalashtirilgan asarda qatnasha olmasa, unda unga munosib she`r yoki topishmoq tanlanadi. Agar bolada avtomatlashtirilgan tovush yetishmasa, unda u xorli o`qishda, nutqsiz rollarni ijro etib qatnashishi mumkin. Bolalarning bunday chiqishlari asta-sekin: avval guruh yoki bo`limda, keyin esa ikki guruh uchun o`tkazilgan ertalikda davom ettiriladi. Bunda har bir bola o`zining qo`rqmas, jur`atli va topqirligini namoyon eta oladi. Bayramlarda faol qatnashmaydigan bolalarga bu chiqishlar ruhiy-terapevtik va dalda beruvchi ahamiyatga ega bo`lib, ularni nutqiy faollikka rag`batlantiradi. Ularda tengdoshlariga tenglashish mayli paydo bo`ladi. Bitiruv ertaliklarida bolalar katta auditoriya: ota-onalar, pedagoglar, o`rtoqlari oldida chiqish qiladilar. Ertalikdan so`ng bolalar o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashadilar, bayramga baho beradilar. To`rtinchi bosqichda bolalarning ko`p qirrali nutqiy faoliyatini takomillashtirish ishlari davom etadi. Bunda asosiy diqqat gapdagi so`zlarning tahlili, so`zlar tartibini esda qolishiga qaratiladi. SHu maqsadda logoritmik mashg`ulotlarda harakatli syujetli-rolli o`yinlar, sahnalashtirilgan qo`shiq, she`rlar, musiqali va musiqasiz nasr, bayramlar va bitiruv ertaliklari, mashg`ulotlar va ulardan tashqari bo`lgan tadbirlarda badiiy-nutqiy, musiqali-tasviriy, teatrlashtirilgan o`yinlar, musiqiy turlardagi mustaqil faoliyat rag`batlantirib boriladi. Mashqlar va o`yinlarda musiqa, harakat hamda so`zlar uyg`unligi bilan
davom ettiriladi. Mustaqil faoliyat va turli shakldagi munosabatlarga ega bo`lishda musiqa hamda harakat nutqni yaxshilab boradi. Turli faoliyatlarni takomillashtirishda musiqa, harakat va nutq bolalar tomonidan erkin boshqarilayotgan turli bog`liqliklarni birgalikda keltirib chiqaradi. Agar bosqichning boshlanishida bolalarga nutqli muvofiqlashtiruvchi harakatlar, jumlalarni yaxlit va ma`noli ifodalashga yordam beruvchi musiqa jo`rligida turli sahna va o`yinlar o`rgatilsa, bolalarning keyingi faoliyatlarida ularning dialoglari, monologlari, murakkab so`zlardan tuzilgan gapirishlari birinchi o`ringa chiqadi. «Kim tezroq» Bolalar aylana bo`ylab turadilar. Ulardan biri musiqa sadosi ostida bolalarning ketidan yurib, birorta bola oldiga kelib: «Menga orqa o`girib tur. Ikkalamiz kim tezroq uyga yetib borishi uchun birga chopamiz», deydi. Ular birbirlariga orqa o`girib turishadi va aylana bo`ylab har tomonga chopib ketishadi. Kim belgilangan joyga oldin yetib kelsa, o`sha qolib bo`ladi. «Svetofor» Etakchida uchta: yashil, sariq, qizil doirachalar. Bolalar ko`chadan o`tmoqdalar. Agar yetakchi qizil doirachani ko`tarsa, bolalar to`xtashadi va xor bilan ikki qator so`z aytishadi. Agar yetakchi yashil doirachani ko`rsatsa, bolalar yo`ldan o``tadilar va yana navbatdagi ikki qator so`zni takrorlashadi. Agar bolalardan biri kechiksa, yetakchi: «SHu paytgacha qaerda eding» – deb so`raydi. Kechikkan bola «Svetofor ushlab qoldi. qizil tushunarli, yo`l xatarli. Sariq – yana kutish kerak. Oldinda yashil yonsa – o`ting», - deydi. To`rtinchi bosqichda badiiy-nutqiy faoliyat takomillashtiriladi. Maqsad – yangi nutqiy (nutqsiz) mashg`ulotlarga tez moslashishda bolalar qobiliyatini, javobni o`zi mustaqil topishi, bir badiiy-nutqiy faoliyatdan boshqasiga o`ta olishini rivojlantirish. Mashg`ulotlarda mustaqil faoliyat usullarini bilib olgan bolalar mashg`ulotlardan tashqaridagi faoliyatga ham ularni qo`llay boshlaydilar. Bir turdagi badiiy-nutqiy faoliyat tarkibi boshqasiga aylanib turganligi sababli logoped, tarbiyachi, musiqa rahbarining o`zaro kelishib ish ko`rishlari lozim bo`ladi. Tarbiyachi mashg`ulotida eshitilgan hikoya syujeti kunning ikkinchi yarmida logoped mashg`ulotida rolli o`yinga aylanishi yoki mazkur hikoyaning ayrim personajlari musiqali-ritmli mashg`ulotlarda musiqa jo`rligida o`ynalishi mumkin; ertak barcha mashg`ulot turlarida dramalashtiriladi; tarbiyachi mashg`ulotida ifodali o`g`ilgan she`r logoritmik mashg`ulotlarda harakatli, ovozli ritmik o`yinga aylantiriladi va hokazo. Bolalarning badiiy-nutqiy faoliyatini ifodalash shakllari turlicha: uyda yoki mashg`ulotda tarbiyachi yordamida yodga olingan she`rni o`z ixtiyori bilan o`qish, musiqa jo`rligida (melodeklamasiya), musiqasiz, logoped mashg`ulotida o`rgangan va esida qolgan ertaklarni bir-biriga aytib berish; mashg`ulotlarda boshlangan o`zi
to`qigan ertak yoki hikoyani mashg`ulotlardan tashqari (kunning ikkinchi yarmida tarbiyachining aralashuvidan tashqari)da so`zlab berish; to`qigan ertagini musiqali mashg`ulotlarda o`ynab berish va hokazo. Mashg`ulotlar majmuasi bolalar tajribasini badiiy qiyofalar, hayajonli xayrixoqlik, badiiy asar qaqramonlari bilan birgalikda qayqurish, shaxsiy yorqin emosiya, ona tilining go`zalligini his etish bilan boyitadi. Bu mashg`ulotlardan tashqarida ham badiiy-nutqiy faoliyatga qiziqish uyg`otadi, bolalar tashabbuskorligini, ularning nutqiy faolligini oshiradi. Musiqiy-ritmik mashg`ulotlarda bolalar so`zdan, musiqaga mos harakatdan mustaqil va faol foydalanishlari uchun tarbiyachi o`tkazayotgan va logopedik mashg`ulotlarda badiiy-nutqiy faoliyatda mustaqil harakat ko`nikmalarini shakllantirish lozim. Masalan, bir turdagi nutqiy faoliyatni boshqasi bilan almashtirish: xotirlab qolgani bo`yicha so`zlab berishni - eshitish va suhbat bilan; turli janrlardagi asarlarni (hikoya, yangi yengil she`r) eshitishni - eshitgan asar mazmuniga oid suhbat bilan almashtirish. Keyin bolalarning mustaqil nutqiy faoliyatini murakkablashtirish zarur, masalan, mazmun va janr jihatidan o`xshash, ammo harakatning har xil vazifalariga ega ikki asar bilan tanishtirish: oldin A.Blokning «O`tloqda» she`rini yod olish, keyin esa yangi she`r - Ye.Losning «Bahor yaqin» she`rini tinglashadi. Bolalar yod olingan she`rni musiqa jo`rligida navbat bilan ifodali o`qishadi, bahor haqidagi musiqiy asarni tinglashgandan so`ng pedagogning o`zi bolalarga yangi she`rni o`qib beradi. Bolalarda badiiy materialga qiynalmasdan moslashish qobiliyatini rivojlantirish zarur, bu keyingi maktabdagi ta`lim jarayonida ularga o`zining nutqiy ko`nikmalarini takomillashtirishga; nutqiy tomondan rivojlanishga xalaqit berayotgan nuqsonlarni bartaraf qilishga yordam beradi. Mazkur ishlarga oid materialni folьklor asarlar ifodalashi mumkin. Me`yorda rivojlanayotgan bola yetti yoshlarga kelib o`ttizdan ortiq rus xalq ertaklari, ko`pgina kichkina shaklli asarlarni bilishi kerak. Alaliya kasaliga chalingan bolalarda badiiy materiallarga moslashish qobiliyati sezilarli darajada pasaygan bo`ladi. Bolalarda bu faoliyat va mustaqil nutqli maqsulotni faollashtirishga davolash ishlari (harakatlarni tuzatish jarayoni)ning uchinchi bosqichida boshlangan musiqa va rasm chizishni uyg`unlashtiruvchi mashg`ulotlar yordam beradi. Bu yo`nalishni davom ettirib, bolalarga ertakni tanlash va nomlash, keyin uning mazmuniga qarab musiqiynutqiy ijro yordamida uning syujetini chizib berishlari taklif etiladi. Pedagog ertakni sahnalarga bo`lib chiqishni taklif etadi – har bir bola o`zi tanlaganini shunday chizib berishi kerak-ki, ularning hammasini jamlaganda syujetli panno vujudga kelishi, so`ngra «kinotasma» bo`yicha musiqa jo`rligida harakatli-nutqiy kompozisiyasini ijro etish mumkin bo`lsin. Bolalar bilan musiqiy mashg`ulotlarda yod olingan qo`shiqlar mazmuniga qarab flanelegraf uchun shaklchalar yasash
mumkin, masalan flanelegraf chizgichlarida notalar – qirqilgan jo`jalarni joylashtirish va «Tovuq» qo`shiqini kuylash yoki musiqiy mashg`ulotda «Musiqa qutisi» kabi o`yinni tashkil etish va bolalarga boboning savollariga javoblarni chizish berish so`raladi. Alohida E`tibor bolalarning mashg`ulotlardan tashqari bo`lgan mustaqil badiiy-nutqiy faoliyatga berilishi zarur. Bunda u ancha sintetikaviy va yangi davolash-tarbiyalash imkoniyatlarini ochib beradi. U tasviriy, musiqiy faoliyat, teatrlashtirilgan o`yinlar, ijodiy-rolli o`yinlar, loyihalashtirish bilan tor munosabatda bo`lishdan tashqari badiiy-nutqli faoliyatning har xil turlari bir-biri bilan o`zaro kirishishi imkoniga ega bo`ladi. Bolalar bilan bayram chiqishlari haqida, ularning taassurotlari haqida suhbat qurish, keyin esa musiqali-ritmli mashg`ulotlarda bayram qismlarini ijro etib ko`rish foydadan qoli emas. Musiqaliritmli mashg`ulotlarda bu muddatda yozib olingan musiqalar tinglanadi, diafilьmlar keyinchalik ijro etilishi maqsadida namoyish etiladi, kontsertlar uyushtiriladi, viktorinalar o`tkaziladi. Masalan, «Kuldiruvchi buvilar» viktorinasida bolalar buvilarning kulgili uydirmalarini tinglashadi, ulardan so`ng musiqa jo`rligida har biri kulgili voqea yoki ertaklar mazmunini ifodalaydigan va E`tiborni jalb qiladigan maxsus tanlangan harakatlar bilan o`zining voqeasini o`qib beradi. Bolalar dramalashgan o`yinlar epizodlarini tayyorlash maqsadida qo`g`irchoqlarga namoyish etish uchun rejisser va sahnalashtiruvchilikni o`z zimmasiga olgan faol tengdoshlari boshchiligida kichik kontsert uyushtirishadi. SHunga o`xshash o`yinlar, tomoshaga oid qiziqishlar jamoaviy faoliyatini olib borishda bolalarning mustahkam guruhlarga birlashuviga, ular uyushishiga imkon yaratadi. Mustaqil badiiy-so`zlashuv faoliyatini boshqarish usullari quyidagicha: bolaning mustaqil so`zlashuvi namoyon bo`lishini ta`minlaydigan badiiy so`zlashuv faoliyati ko`nikmasiga o`rgatish; boshqalar nutqini tinglash, eshitish, diqqat qilish qobiliyatiga o`rgatish; kattalar nutqining namunasidan keng foydalanish (logoped, tarbiyachining o`qish nutqi, musiqa rahbarining qo`shiq kuylashi, she`rlarni ifodali o`qish, hikoya qilish, suhbatlashish nutqi); mustaqil so`zlashuv ko`rinishlarida asosiy tayanch sifatida kattalarning savollaridan foydalanish; ko`rgazmali qurollar va texnika vositalarini qo`llash (magnitofon, gramyozuvlar va shu kabilar); mashg`ulotlar davomida nutqni rag`batlantiruvchi muayyan vaziyatlarni yaratish, masalan, musiqiy-didaktik o`yinlardan foydalanish. Metodli usullarni tanlashda alaliya kasaliga chalingan bolalar nutqiy faoliyati ko`nikmaviy tizimi mavjud emasligi, ularning nutqiy rivojlanishining turli
sohalarida har xil darajada bo`lmasligini hisobga olish kerak. Birlari ko`p hollarda nutqning fonetik tomonlarini bilsa ham, ularning grammatik mutanosibligi shakllanish darajasida bo`ladi (bola hali nutqiy rivojlanish shakllarini bilmaydi, uning nutqiy aktida kattalarning faol yordami muhim o`rin tutadi), boshqalarda nutqning leksik-grammatikaviy tomonlari yetarli darajada rivojlangan bo`lsada, fonetik-fonematik jarayonlarda yetarlicha qoloqlik kuzatiladi va hokazo. Bu esa nutqni umuman faollashtirish usullari, ularning har tomonlama uyg`unligi (lug`at, grammatik qatori, dialog, monolog, nutqning ovoz tomonlarini takomillashtirish) zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mazkur maqsadlarga esa mustaqil teatrlashgan o`yinlar faoliyati xizmat qiladi. Bolalarning teatrlashtirilgan o`yinlari nafaqat qo`g`irchoqli personajlar bilan o`ynash yoki rol bo`yicha o`zlari harakatlanishi, balkim badiiy-nutqiy (mavzuni tanlash, tanish mazmunni, gap tuzish va boshqalar), tasviriy (personaj va harakatlar), joylarni belgilash, musiqiy (personajlar nomidan qo`shiq kuylash, ularni sahnalashtirish, o`yinga tushish, qo`shiqni xirgoyi qilish va hokazo) kabi faoliyatlarni o`z ichiga kamrab oladi. Ularning xususiyati shundan iboratki, ular sahna yechimi bilan birlashgan bo`ladi. Bolalarning teatrlashgan o`yinlardagi badiiy-nutqiy faoliyati drama qonuniyatlariga bo`ysunadi – u personajlar nomidan dialoglar, monolog shaklida, ba`zan esa muallif nomidan so`zli tushuntirishlar orqali ijro etiladi. Tasviriy faoliyat makoniy-bezakli xususiyatga ega: bolalar uycha, daraxtlar, novdalar chizilgan hamda applikasiya qilingan shakllari va hokazolarni yaratadi; musiqiy faoliyat sahna harakatlarining ritmli tomonini tashkil etishga ko`mak beradi. Teatrlashgan o`yinlar faoliyati tuzilmasining murakkabligi bolaning logoped, tarbiyachi. musiqiy rahbar bilan o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`ladi, chunki teatrlashgan o`yinlar kompozisiyasi elementlariga turli mashg`ulotlarda ishlov beriladi. Teatrlashgan o`yinlar faoliyati musiqiy-ritmli mashg`ulotlarda va mashg`ulotlardan tashqari, bolalarning mustaqil faoliyatida ham amalga oshiriladi. Tayyorlov bosqichida ularga kattalarning yordami va boshqaruvi zarur. Pedagog turli yoshdagi bolalar guruhlarining mustaqil teatrlashgan faoliyatiga javob beruvchi ma`lum mezonlarga amal qiladi. U uch darajaga bo`linadi: o`rta guruhga muvofiq keladigan birinchi daraja, ikkinchisi – katta guruh, uchinchisi – tayyorlov guruhi. Bola quyidagilarni bilishi lozim: birinchi darajada – biror-bir personaj nomidan katta bo`lmagan gaplar va jumlalarni gapirish, uning harakatlarini so`ngra makonda yuzalik ustida tashkil etish, xotirjam qadam tashlash (siljish), tezlashgan sur`atda yurish (yugurish, sakrash, burilish); o`zining harakatlarini sherigi harakatlariga moslashtirishni bilish (gapni bo`lmasdan tinglash, sherigiga murojaat qilib, gapirish); harakatlar joyini
hisobga olib, personajlar harakatlari mantiqiga muvofiq harakatlar va amallarni bajarish; ikkinchi darajada – uncha katta bo`lmagan monologlar va personajlar o`rtasidagi ochiq dialoglar olib borish, personajlar bilan turli xil harakatlarni (gavda, boshni egiltirish, qo`llar harakati) qo`llagan holda sahnalashtirish; o`z harakatlarini sheriklari harakatlari bilan moslashtirishni bilish, ularni to`sib qo`ymaslik, maqsadga yo`naltirilgan harakat va amallarni tanlash, har doim sheriklardan biri ekanligini his etish, o`zining personaji rolini ijro etish uchun ifodali vositalarni topish; bir qancha dekorasiya elementlari bilan personajlar harakatlanadigan joyni bezatishga intilish; uchinchi darajada – rollar bo`yicha tugallangan sahnachalar va katta bo`lmagan pьesalarni ijro etish, personajlarning ohang ifodaliligidan foydalanib, rolga muvofiq ovozni o`zgartirish, uning harakatlari va amallarini maromiga yetkazish; o`yin makonida personajning maqsadga yo`naltirilgan harakatlarini topish; sherikni ko`rish va eshitish, pardani cho`zib yubormaslik va qovliqmasdan o`ynash, harakatning umumiy jarayoniga qo`shilish; pardani joyini bezatishni tashkillashtirish va uni bezatish uchun zarur bo`lgan narsalarni tayyorlab qo`yish; guruhga birlashish. Bundan tashqari, bolalar bir-birlari bilan rollarni va teatrlashgan tomoshalar (spektaklь) tayyorgarligi va namoyishi bilan bog`liq boshqa majburiyatlarni o`zaro taqsimlashni bilishlari lozim. Tabiiyki, mustaqil teatrlashgan o`yinlar faoliyati rivojlanishining ko`rsatilgan darajasiga alaliya bilan og`rigan bolalar asta-sekin, uzoq davr mobaynida va doimo ham muvaffaqiyatga erishmasdan yetishishadi. Barcha davolash-tarbiyalash jarayoni davomida mazkur faoliyatda kattalar ishtirok etishining darajasi ancha yuqori, u faqat ishning to`rtinchi bosqichiga kelgandagina bir oz pasayadi; shaxsni davolovchi-logopedik qayta tarbiyalash va bolada nutq rivojlanishining to`rtinchi bosqichida musiqiy faoliyat yoki musiqa chalish faol rag`batlantiriladi. Taniqli nemis bastakori va musiqiy ma`rifat arbobi K.Orf ta`kidlaydiki, bolalarning musiqa chalishi qo`shiq, ritmli harakat, deklamasiya bilan sintezlashganda ro`y beradi. Bolalarning ular uchun mo`ljallangan musiqiy asboblarini chalishi musiqalashtirilishda muhim o`rin tutadi. Odatda bolalar oilada yoki bolalar bog`chasida o`yin jarayonini musiqalashtirishadi. Musiqa chalish tarbiyalash-davolash maqsadlarida ham foydalaniladi. Mustaqil musiqa faoliyatini olib borish sababi, ayniqsa, bolalar nutq vositalarini ifodalashi qiyinchilik bilan kechishida, bolalar uchun musiqa orqali o`zini namoyon etish hisoblanadi. Musiqani tayyorgarliksiz ijro etib, yoqib qolgan ohanglarni qaytarib, bola o`zining takomillashmagan bo`lsa-da, qo`shiqi orqali quvonchni ifodalaydi, bu bilan nimanidir isbotlashga harakat qiladi. U katta tayyorgarlik bilan o`zining tajribasini
o`rtoqlari bilan bo`lishadi, o`zi qo`shiq kuylashni takomillashtirish uchun har xil asboblarda, musiqiy o`yinchoqlarni chalishni mashq qiladi. Musiqani chalish bolalarni ko`rish va eshitish tushunchalarini boyitadi, ularning xotirasini takomillashtiradi. Bolalar rasmlarni ko`rib chiqishlari va rasmlarni ifodalaydigan so`zlarga musiqa yaratishlari mumkin yoki kichkina akkordeonlarni olish va ovoz bo`yicha kuy tanlab akkordeon sozlarini harakatga keltirishlari mumkin. SHunga o`xshash musiqa chalishda yetakchi o`rinda uyda asbob chalishni o`rganayotgan bola turadi. Unga odatda bolalar taqlid qilishadi: uning harakatlarini qaytarishadi, musiqani so`zlarsiz xirgoyi qilishadi va uning chalayotgan kuyiga qo`shiq aytib jo`r bo`lishadi. Bolaga «pianino» maketini chalib ko`rishni taklif etish mumkin, bu holda bola chalish texnikasiga taqlid qiladi, bir paytda musiqa xirgoyi qiladi va dramalashtiradi, o`yinchi rolini yoki jamoaviy qo`shiq kuylashda bosh rolni o`ynaydi. Musiqa chalish davrida bolalarni o`zlarini tutishlari turlicha bo`ladi: ular yo asbobda biror-bir narsani chalish bilan mashg`ul bo`ladi, yo ijrochi sifatida ifodali qo`shiq kuylash, raqsga tushish va qatnashuvchilarga xursandchilik ulashishga harakat qiladilar; yo biror-bir bola chalayotgan kuyni zo`r ishtiyoq bilan eshitib o`tirishadi yoki tomoshabinga aylanishadi; yo qo`g`irchoqlarini tizzasiga olib o`zlarini bolalarini kontsertga olib kelgan ota-onalar sifatida faraz qilib o`tirishadi. Bolalar mustaqil musiqiy faoliyatini tashkillashtirishning ikki shaklini taklif etish mumkin. Ulardan biri – musiqiy syujetli-rolli o`yin. Bolalar turli musiqiy taassurotlar ta`sirida yoki kattalar maslahatiga bo`yicha («Talantlilarni qidiramiz», «Kontsert», «Orkestr o`yini», «Musiqiy mashg`ulot» va hokazo) mavzuni tanlab oladilar, rollarni taqsimlab. syujetni ochib beradilar. Boshqa shakl – avtodidaktik xususiyatli mashqlar: bolalar musiqiy asboblarni chalib, biror-bir raqs harakatini o`rganib, mashq qiladilar. Musiqani chalish mashg`ulotlarda katta hajmli, syujetli-rolli o`yin sifatida foydalanilib, tarbiyachi tomonidan tashkil etiladi, musiqiy burchak yoki guruhda o`tkaziladi. Boshqaruv usullarini rejalashtirgan tarbiyachi jihozlarga qanday yangilik kiritish, qaysi tartibda, qanday hajmdagi asboblar va qo`llanmalarni berish: bolaning qiziqishlarini bilish uchun ularning qaysi birini kuzatib yurish, qaysi usul bilan kam faollilarni jalb qilishni: mashg`ulotlar, bayramlar, tomoshalardan mustaqil faoliyatga bolalar nimani va qanday olib o`tishadi, ular teledasturlar, kinofilьmlar, teatrli spektallar va oilaviy an`analar ta`sirida o`zining musiqa chalishi uchun nimalarni olishini aniqlab boradi. SHuning uchun tarbiyachi musiqiy rahbar, logoped, ota-onalar bilan doimiy aloqada bo`lib turadi. Musiqiy rahbar alaliya kasaliga chalingan bolalarning barcha turdagi faoliyatida mustaqilligini rviojlantirishga alohida ahamiyat berishlari kerak. Mashg`ulotlarda musiqiy faoliyat turlari tarkibini turlamoq zarur; namoyishga oid
va mustaqil harakatlarni ijodiy birlashtirish; bolalarning mustaqil musiqiy-bilish faoliyatini faollashtirish: savollarni turlamoq, faoliyatga undamoq; qo`shiq aytish, xorovod, musiqa jo`rligisiz raqsga tushishni ko`proq mashq qildirish, bolalarni nimalarnidir o`ylab topishiga choralash, ijro usulini topishni taklif qilish va hokazolar; umumiy mashg`ulotlar vaqtida ko`proq individual yondashuvdan foydalanish, chunki baravariga qo`shiq aytish, umumiy raqsga tushishga mukka tushish kerak emas – bu ba`zida bolalarning kamchiliklari, musiqiy faoliyatning ayrim sohasidagi qobiliyatlari namoyon bo`lishiga imkon bermaydi. SHunday qilib, mazmuni, musiqiy faoliyati turlari, ularning boshqa faoliyat va boshqa mashg`ulotlar bilan uyg`unligi bo`yicha turlicha bo`lgan logoritmik mashg`ulotlar asosiy vazifalar: nutq faoliyatining har tomonlama rivojlanishi, nutqning barcha funksiyalari, xotira, E`tibor, tafakkur va bolalar ruhiy faoliyatining boshqa tomonlari takomillashtirilishini ro`yobga chiqarishga imkon beradi.
9-Nutq kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan tayyorlov oyinlar Logopedik o‘yin
Reja 1. Logopedik o’yin fanining maqsadi. Bolalarning ta’limiy, tarbiyaviy, korrektsion rivojlanishida o’yinning ahamiyati. 2. O’yin turlari. 3. Logopedik oyin orqali eshituv diqqatini rivojlantirish, eshitish orqali nutqni ajarata olish malakasini rivojlantirish. 4. Nutq eshitishni oyinlar orqali rivojlantirish. 5. Bolalami ovoz kuchidan qat'iy nazar so’zli ko’rsatmani to’g’ri idrok etishga o’rgatish. 6. Nafas olish va nafas chiqarishni oyinlar asosida rivojlantirish. 7. Ovoz kuchini rivojlantirish.
Tayanch iboralar: o’yinning ta’limiy yo’naltirilganligi, o’yinning tarbiyaviy yo’naltirilganligi, o’yinning korrektsion yo’naltirilganligi ijodiy o’yinlar, qoidali o’yinlar, didaktik o’yinlar. Adabiyotlar 1. Usova A.B. Rolь igrы v vospitanii detey. Moskva. 1976 g. 2. SHodieva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish. Toshkent. 1995 y. 3. V.I.Seliverstov. "Igrы v logopedicheskoy rabote s detьmi" Moskva 1986yil
1.1.Logopedik o’yin fanining maqsadi. Bolalarning ta’limiy, tarbiyaviy, korrektsion rivojlanishida o’yinning ahamiyati. Aytib o’tish joizki, mustaqillikka erishilishi bilanoq, hukumatimiz tomonidan o’sib ulg’ayayotgan bolajonlarimizning ma’naviy- axloqiy tarbiyasiga, uni amalga oshirishda asosiy omillardan sanaluvchi til o’qitish masalalariga kuchli e’tibor qaratib kelinmoqda. Bunday diqqat e’tibor ona tilini o’rganish va o’qitish o’zligimizni anglash, uning ertangi kunimiz poydevori bo’lgan yoshlarimizni munosib tarzda tarbiyalab, voyaga yetkazishning muhim vositasi ekanligini chuqur tushunish bilan asoslanadi. Ma’lumki, til vositasida inson muloqotga kirishadi – fikr almashadi, axborot oladi, bilim, ko’nikma va malakalarni egallaydi. Jamiyatda tilni o’zlashtirish jarayoni kishilarning o’zaro nutqiy faoliyati (kommunikatsiyasi) sharoitida amalga oshadi. Nutqi o’z yoshiga nisbatan qo’yilgan talablar darajasida rivojlangan bola atrofdagilar bilan tez va yengil muloqotga kirishadi, o’z istak va fikrini tushunarli qilib ifoda eta oladi, maktabda muvaffaqiyatli o’qib ketishi uchun
zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni egallaydi. SHu jihatdan qaraganda, maktabgacha yosh davrida bola nutqini tizimli rivojlantirish jamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan vazifalardan biri sanaladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning asosiy faoliyati o’yindir. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O’yin bolaning kelajakdagi o’quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. O’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan. O’yin bolalar uchun haqiqiy xayotdir. A.P.Usova shunday degan edi “Bolalar xayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil etish – ularni tarbiyalash demakdir. Bolalarning tarbiyalanishining o’yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o’yinda bola yashashni o’rganmaydi, balki o’z xayoti bilan yashaydi”1. V.I.Selivyorstov. Igrы v logopedicheskoy rabote s detьmi. M-1991. Str-82 19. O’yin faoliyatidan ko’p qirrali va keng foydalanish, o’yin orqali bolaga har tomonlama ta’sir etishdir. O’yin bolalar yoshiga xos va mos bo’lishi kerak. Ya.A. Kamenskiy., E.A.Polkov o’z asarlarida bolalar o’yiniga jiddiy e’tibor berilganligini ko’ramiz. U “bolalar o’yinini e’zozlang, haqiqiy mehnatsevarlarni tarbiyalashda u sizning eng yaxshi hamkoringizdir”- degan fikrlarni bildirgan. O’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi,hayotiy faollik ortadi, birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. SHuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida o’yin munosib o’rin egallaydi. Atoqli pedagog va shifokor Ye.A.Arkin o’yin ruhiy vitamin deb bekorga aytmagan. A.V.Zaporojets bolalar o’yinining ilk yoshdan boshlab kuzatib borish natijasida uni xarakatga keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil yosh bosqichlarida bolalar o’yinining o’ziga xos tomonlari, mazmuni va tuzilishini o’rganish zarurligini ta’kidlaydi. Ilk yoshli bolalar o’yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o’yin bo’lib, u narsa-buyum-o’yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo’lning murakkab va nozik harakatlaridir. Keyingi bosqich aks ettirish o’yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o’yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta’limtarbiyaviy ishlarini ma’lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o’z o’yinlarida qo’llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o’yin mazmuni jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o’yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola quyidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi. Masalan, qoshiq bilan ovqat yeyiladi, piyoladan choy ichiladi va hokazo. SHuning asosida syujetli-rolli o’yinning dastlabki qirralari yuzaga kela boshlaydi. Navbatdagi bosqich rolli o’yin 1 В.И.Селивёрстов. Игры в логопедической работе с детьми. М-1991. Стр-82 19
bo’lib, unda bolalar o’zlariga tanish bo’lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalar o’yin faoliyatining bosqichmabosqich rivojlanishi to’g’risidagi umumiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o’yin faoliyatiga rahbarlikniig aniq tizimli tavsiyalarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. Bolalar bog’chasining pedagogik jarayonida o’yinning tutgan o’rni juda katta bo’lib, o’yindan maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero: o’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi; o’yin maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir; o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; o’yin bolalarga ta’lim va tarbiya bershining metod va usulidir; o’yin bolalarni o’quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir; O’yin faoliyati orqali bolalarda quydagi vazifalar amalga oshiriladi: 1. O’yin orqali shaxsning ma’lum bir faoliyatiga bo’lgan qiziqishi ortadi. 2. Kommunikativ muloqat madaniyatini egallashga yordam beradi. 3. SHaxsning o’z iqtidori, qiziqishi bilim va o’zligini namoyon etishga imkon yaratadi. 4. Hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga tayyorlaydi, mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarni xosil qiladi. 5. O’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarni barxam berish imkoniyati yaratiladi. 6. SHaxsning ijobiy xislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi. 7. Insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi. 8. O’yin ishtirokchilarida jamoa, muloqat madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi. 9. O’yin va o’yin mashqlari tortinchoq bolalarni ham faollashtirishga yordam beradi. 10. O’yin bolalarni nutqini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’lib, o’yin va mashqlarda nutqiy material ongli ravishda o’zlashtirilib, mexanik yodlashga yo’l qo’yilmaydi. 11. Takrorlash va mustahkamlash jarayonida nutqiy material tizimlashtiriladi, umumlashtiriladi, bolalar har bir buyumning o’ziga xos sifat va xususiyatlarini bilib oladilar.
2. Bolalar bilan olib boriladigan logopedik korrektsion ishlarda o’yinning ahamiyati. O’yin va ularning turlari
O’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo’lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O’yin bolaning kelajakdagi o’quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. O’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan. O’yin ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq yuzaga kelgan bo’lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o’z o’yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o’sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi sepish jarayoii o’yinlar bilan juda kapa tantana qilib amalga oshirilar edi. Ba’zi hollarda esa o’yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi. Masalan, ovchi tyulenni ovlash uchun uning oldiga hayvonga o’xshab sudralib, sirpanib boradi. Ayrim hollarda esa bola o’z o’yinida oldip katgalar mehnatiga taqlid qiladi, keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi. O’yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. Bolalar o’yinni bunday tushunish birinchi marta K.D.Ushinskiy tomonidan ta’riflab berilgan edi. U o’z asarlarida bolalar o’yinining mazmuni, ularning hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsining shakllanishiga ta’sir etadi, deb yozadi. Bu fikrni P.F.Lesgaft ham tasdiqlab, bolalar o’z o’yinlarida tevarak – atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. SHunday kilib, o’yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o’yinda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishni ilg’or olim va pedagoglar o’zlarining kuzatpsh va amaliy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar. SHu tariqa o’yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy faoliyatdir. O’yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgaradi; o’yin ma’lum maqsadga yo’naltirilgan ongli faoliyat bo’lib, uning mehnat bilan ko’p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O’yin faoliyati asosida boladagi o’quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o’ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o’qiydi; Bolalarning o’yini nazariyasi (20-30 yillarda) Ye.A. Flerina, Ye.I.Tixeeva, Ye.A. Arkin kabi olimlar asos soldilar, keyinchalik R.Ya.Lextman-Abramovich, F.I. Uradkina, N.M. Aksarina, A.P. Usova, D.V.Mendjeritskaya, R.I. Jukovskaya, T.A. Markova, S.L. Novosyolova, Ye.V.Zvorigina va boshkalarning tadqiqot ishlari bolalar o’yini mavzuini ishlab chiqishga bag’ishlanadi.
Bolalar o’yinining tarixi, tabiati, uning rivojlanish qonuniyatlari L.S.Vigotskiy A.N.Leontьev, D.B.Elьkonin, A.V.Zaporojets kabi psixologlar va ularning davomchilari ilmiy tadqiqot ishlarida o’z aksini topdi. A.V.Zaporojets bolalar o’yinining ilk yoshdan boshlab kuzatib borish natijasida uni xfrakatga keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil yosh bosqichlarida bolalar o’yinining o’ziga xos tomonlari, mazmuni va tuzilishini o’rganish zarurligini ta’kidlaydi. Ilk yoshli bolalar o’yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o’yin bo’lib, u narsa-buyum-o’yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo’l ishdagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o’yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o’yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta’lim-tarbiyaviy ishlarini ma’lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o’z o’yinlarida qo’llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o’yin mazmuni jihidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o’yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola quyidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi. Masalan, qoshiq bilan ovqat yeyiladi, piyoladan choy ichadi, karavotda yotiladi, qo’g’irchoqni «onasi» erkalaydi va hokazo. SHuniig asosida syujetli-rolli o’yinning dastlabki qirralari yuzaga kela boshlaydi. Navbatdagi bosqich roli o’yin bo’lib, unda bolalar o’zlariga tanish bo’lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy muposabatlarini aks etiradilar. Bolalar o’yin faoliyatiping bosqichma-bosqich rivojlanishi to’g’risidagi umumiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o’yin faoliyatiga rahbarlikniig aniq sistemali tavsiyalaripi ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. SHunday qilib, bolalar bog’chasining pedagogik jarayonida o’yinning tutgan o’rni juda kagga bo’lib, o’yindan maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim bsrishda ksng foydalaniladi. Zero: • o’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi; • o’yin maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir; • o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; • o’yin bolalarga ta’lim va tarbiya bershining metod va usulidir; • o’yin bolalarni o’quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir; Taniqli pedagog olimlarning olib borgan tadqiqotlari o’yinga kompleks rahbarlik qiliti orqali bolalarga axloqiy munosabatlari, bolalar o’yinining rivojlanishi darajasiga ta’sir etish mumkinligini ko’rsatadi.
Bolalar o’yini o’zining mazmuni, hususiyati, tashkil etilishiga ko’ra xilmahildir, shuniiguchun uni quyidagicha turkumlarga ajratiladi: 1. Ijodiy o’yinlar. 2. Qoidali o’yinlar. Ijodiy o’yinlar bolalar o’zlari o’ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoidalar bo’lmaydi. O’yin qoidasini bolalar o’zlari o’yin jarayonida belgilashadi. Ijodiy o’yinlarga drammalashgan o’yinlar, qurilish o’yinlari, tabiiy materiallar bilan o’ynaladigan o’yinlar kiradi. Qoidali o’yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o’yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar, musiqali o’yinlar, ermak o’yinlar. Bolalarga ta’lim tarbiya berish maqsadida kattalarning o’yinni tanlay bilishi, unga to’g’ri rahbarlik qilnsh kerak. Bolalar bog’chasida «ta’lim va tarbiya dasturi»da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydi. O’yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o’yinni bog’cha yoshi davrida yetakchi faoliyat dsb hisoblandilar. O’yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o’tishni ta’minlovchi sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarln o’zgarishlar yuz beradi. O’yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o’zaro ta’sir etgan holda shakllanadi. Uynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to’g’risidagi tasavvurini, kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan munosabatini bilib olish mumkin. SHaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o’yinga qiziqishini, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmuni jihatidan boy o’yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o’yinlarini rivojlantirish uchun esa o’z navbatida yaxshi tashkil qilingan bolalar jamoasi zarur bo’ladi. O’yin bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida, bog’chaning ta’lim-tarbiya ishida axloqiy, mehnat va estetik tomonidan tarbiyalashda katta o’rin tutadi. O’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi, hayotiy faollik ortadi, birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. SHuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o’yin munosib o’rin egallaydi. Atoqli pedagog va shifokor N.A.Arkin o’yinni ruhiy vitamin deb bekorga aytmagan. O’yin ta’lim va mashg’ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog’lik bo’lib juda katta ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ijodiy o’yinlardan muhim bilimlarni egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurni, hayolni, diqqatni, xotirani faollashtirishni talab qiladi. Bola masalalarni mustaqil hal qilishga o’rganadi, o’ylagan narsasini amalga
oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o’ylab topadi, o’z bilimlaridan foydalanish va uni so’z bilan ifodalashni o’rganadi. O’yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg’oiadi. Ko’pincha o’yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilish doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalarda kattalarning mehnatiga, ijtimoiy hayotga, kishilarning qahramonona ishlariga qiziqish sari ularda bo’lajak mutaxasislik, yaxshi ko’rgan qahramonlariga tahdid qilish kabi dastlabki orzular paydo bo’ladi. A.V. Zaporojets o’yinning ahamiyati haqida gapirar ekan, o’yinda tevarakatrofdagi predmet va voqealarning umumlashgan tipik obrazlari uyushmasini yaratish qobiliyati rivojlanadi, keyin ular har xil qilib, o’zgartiriladi. Bolaning kelajakdagi butun rivojlanishi uchun hayol yoki obrazni tafakkurning bunday rivojlanish xususiyati bebaho qimmatga egadir, deydi. Ijodiy o’yinni tor didaktik maqsadlarga bo’ysundirib bo’lmaydi, bu o’yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi. Qoidali o’yin bolaning sensor rivojlanishi, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqatini va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. Har bir qoidali o’yin ma’lum didaktik maqsadga ega bo’lib, bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Ta’limning o’yin shaklida bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o’yin bolaning faolligini oshiradi, o’yinda bola mashg’ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu - ta’lim butunlay o’yin shaklida bo’lishi kerak degan gap emas. Ta’lim turli-tuman usullar va metodlarni qo’llashni talab etadi. O’yin ta’limning shakllaridan biri bo’lib, boshqa bir metod bilan qo’shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bu kuzatish, suhbat, o’qib berish va hokazolardir. Bola o’ynayotib, o’z bilimidan foydalanishga, uni har xil sharoitda ishlata bilishga o’rganadi. Ijodiy o’yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasash, tajriba qilishga keng yo’l ochiladi. O’yinda aqliy rivojlanish bilan bog’liq holda axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O’yin jarayonida yuz bergan kechinmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o’yin bolada yaxshi hislatni, ulug’vor orzular va intilishlarni, sog’lom qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi. O’yinda bola o’z xulqini boshqarishga, qiyinchilikni yengishga, o’z maqsadida qat’iy turib yetishishga o’rganadi. O’yin mustaqil faoliyat bo’lib, bu jarayonda bolalar o’z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi. SHuning uchun o’yin do’stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birgalikdagi o’yin bilan birlashgan kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o’yinga
jalb qilish, bolalar o’rtasida do’stlikka, haqqoniylikka, o’rtoqdarini javobgarlikni sezishga asoslangan munosabatlar o’rnatishdan iboratdir. O’yinni bolalar o’z ixtiyorlari bilan o’ynaydilar, ammo boshqa xech bir faoliyatda o’yindagi singari bolalarning xulq bilan bog’liq bo’lgan qat’iy qoida yo’q. Bunday qat’iy koida ijodiy o’yinga ham, qoidali o’yinga ham, qoidani bolalar o’zlari o’rnatadigan o’yinga ham tegishlidir. Mana shuning uchun ham o’yin bolalarni intizomli qiladi, ularni o’z harakatlari va fikrlarini qo’yilgan maqsadga bo’ysundirishga o’rgatadi; O’yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishiga ham yordam beradi. Bolalar o’z o’yinlarida har xil kasbdagi kishilarni aks ettiradilar, bu bilan ular kattalarning harakatigagina taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishga, mehnatiga bo’lgan munosabatlirini ham aks ettiradilar. O’yin bolada ko’pincha mehnat qilish xoxishini uyg’otadi, o’yin uchun kerakli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur bo’ladi. O’yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo’lgan texnikaga qiziqish paydo bo’ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o’yinchoqlar bilan o’ynaydilar. O’yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O’yinda ijodiy hayol, fikrlash qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. Yaxshi tanlangan o’yinchoq badiiy didni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o’yiilarda harakatning go’zalligi va maromi bolalarni o’ziga maftun kiladi. O’yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o’z-o’zidan amalga oshmaydi. O’yin befoyda, hatto zararli bo’lishi ba’zan yolg’on qiziqishlarni, yolg’on hislarni qo’zg’atishi mumkin. Tarbiyachi o’yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta’sir etib borish zarur. Bu vazifani hal etishda o’yin bolalar bogchasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishning hamma tomonlari bilan bog’langan bo’lishi kerak. O’yinda bolalarning mushg’ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa bola hayotga o’rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o’yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko’chiriladi. Bolalar bog’chasidagi pedagogik jarayoni maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning o’sib kelayotgan yosh organizm xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularni yaxshi tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadigan qilib tashkil etish lozim. Buning uchun bolalar hayotini tashkil etishda o’yin yetakchi o’rin egallashi lozim. Bolalar o’yiniga ajratilgan vaqtni mashg’ulot yoki kun tartibidagi boshka tadbirlarini cho’zib yuborish orqali egallash mumkin emas. Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturida har kungi kun tartibiga ovqatlanish, badan tarbiya, mashg’ulotlar o’tkazish bilan bir qatorda o’yin xam
kiritilgan. O’yin bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida kichik guruhlash (uch yoshdan) boshlanadi. O’yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin mashg’ulotlar o’rtasida, ochiq havoda, uyqudan keyin o’tkaziladi. Ertalab rolli o’yinlar qurish-yasash, harakatli (to’p bilan) o’yinlarni tashkil qilish tavsiya etiladi. Mashg’ulot o’rtasida harakatli, qoidali o’yinlar o’tkaziladi. Ular asosan mashg’ulotning mazmuniga bog’liq bo’ladi. Ochiq havodagi o’yinlarga yugurish, otish sirpanish bilan bog’liq bo’lgan o’yinlar, qoidali o’yinlar («Ayyor tulki», «Ok terakmi, ko’k terak») kiradi. SHuningdek, qurilish, rolli, sport o’yinlari, tabiiy materiallar bilan o’ynaladigan o’yinlar (qum, suv, loy bilan), didaktik o’yinlar, bolalarning harakatini rivojlantiruvchi o’yinlar, drammalashtirilgan o’yinlar bo’ladi. tarbiyachi hamma o’yinlarga rahbarlik kiladi. Kunduzgi uyqudan keyingi o’yinlarga qurilish o’yinlari, ertak bo’yicha qo’yiladigan o’yin, rolli o’yinlar, didaktik o’yinlar va hokazolar kiradi. O’yinlarning turlari, mazmuni ularni har bir yosh guruhlari bo’yicha tashkil etishin taqozo qiladi. O’yin pedagogik jarayonda mehnat va ta’lim, bolalarning boshqa faoliyatlari bilan o’zaro bog’liq holda olib boriladi. O’yinda bolalar tevarak-atrofdagi voqelikni amaliy jihatdan o’zlashtirib boradi. Bolalar o’yin jarayonida bilimlarni o’zlashtirish, uni takomillashtirishni asosiy maqsad qilib qo’ymaydilar, biroq kattalardek harakat qilish, boshqa bolalar bilan aloqaga kirishish o’yin vazifalarning jozibadorligi, musobaqa va shunga o’xshashlar bolaning bilimlarini egallab, mustahkamlab borishni taqozo etadi. Bolalar hatto didaktik o’yinlarni ham biron narsani bilib olish uchun o’ynamaydilar. Ammo o’yin jarayonida bolaning bilimi o’zi sezmagan holda o’zo’zidan takomillashib boradi. Ta’lim jarayonida (mashg’ulotlarda) bolalarning bilimini shakllantiruvchi aniq maqsad qo’yiladi. Tarbiyachi bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, ularda o’quv faoliyatining eng oddiy malakalarini shakllantirib boradi. Ta’limning xususiyati va mazmuni bolalar o’yinlari mazmuniga ta’sir etib, uni rivojlantiradi. Mashg’ulotlarda, ekskursiyalarda egallagan bilimlar bolalarning o’yin faoliyatini, qiziqishlarini rivojlantiradi. Ikkinchi tomondan, har xil metodlar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda turli-tuman o’yin usullaridan ham foydalaniladi. Bunday usullar bolalar diqqatini to’plash, ular idrokini faollashtirish, bilimlarini to’larok o’zlashtirib olish imkonini yaratadi. Pedagogik jarayonda mehnat bilan o’yin o’rtasida umumiylik va farq; borligini ham aytib o’tish kerak. Bolalarning qo’l mehnati o’yin bilan bevosiga bog’liq. Ayniqsa, katta guruhga borganlarida bolalar mavjud o’yinchoklar bilan
o’ynabgina qolmay, yetishmaganlarni o’zlari kattalar yordamida qogoz, yog’och, karton, tabiiy materiallardan yasab oladilar. O’yinning mehnat bilan bog’liqligi shundaki, bolalar o’zlarining o’yinchoqlarini har doim avaylab saqlab boradilar. Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari (V.I.Loginova, M.V.Krulext) natijalari shuni ko’rsatadiki, kichik guruhlardagi mehnat faoliyatiga o’yin xususiyatlarini kiritishni taqozo etadi. Ma’lum bo’lishicha avval bolalar kattalar mehnat jarayonini qanday bajarganlarini o’zlashtirib olib, keyin o’z o’yinlarida buni aks ettirar ekanlar, shundan keyingi mustaqil mehnat faoliyatiga o’tar ekanlar. Bolalar mehnati qiziqarli bo’lishi uchun ko’pincha o’yin tarzida o’tiladi. Masalan, maydonchani tozalaganda bolalar axlatlarni zambillarda tashishi o’rniga mashinalarida tashiydilar, ustaxonada kartonlardan qutichilar yasaydilar va hokazo. Bolalar o’z o’yinlarida kattalar mehnatini aks ettirishlari ularda bu mehnatga hurmatni shakllantirib boradi. Bu ham o’yinning mehnat bilan bog’liqligiga misol bo’la oladi. SHunday qilib, o’yin yaxshi yo’lga qo’yilgan pedagogik jarayonda bolalarning butun hayotini kamrab oladi va uning qiziqarli ta’minlaydi. Bolalar o’yinining o’ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o’zaro munosabatlarini aks ettiradi. O’yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o’rmon, metro stantsiyasi, temir yo’l vagoni bo’lishi mumkin va h. k.; Bolalar o’yinining yana bir xususiyati uning xavaskorlik tarzida bo’lishidir (xususiy faoliyat). Bu uning tashqi belgilari bo’lmay, balki xaqiqiy mohiyatidir. O’yinning ijodkori, yaratuvchisi-bolalardir. Ular o’yinda o’zlariga tanish bo’lgan hayotiy voqea va hodisalarni ularga bo’lgan munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalar o’yinining yana bir o’ziga xos xususiyati - unda harakat, so’z va obrazlarning o’zaro bog’lanib ketishidir. O’yinda bola o’zi aks ettirayotgan qahramonlarning xis-hayajoni, kechinmalari, harakatlari bilan yashaydi. Bola hech qachon jim o’ynamaydi, bitta o’zi o’ynasa ham u o’yinchoq bilan gaplashadi, o’zi tasvirlayotgan qaxramon bilan muloqot o’rnatadi, onasi, bemor, shifokor, xullas hammahxammaning o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z obrazning yaxshiroq ochilishiga bir xilda yordam beradi. Nutq o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o’z his-tuyg’u, kechinmalarini o’rtoqlashadi. So’z bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatlishiga tevarak-atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo’lishga yordam beradi. O’yinda obraz, o’yin harakati, so’z o’zaro bog’lanib, o’yin faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi, borliqni aks ettirish vositasi bo’lib;xizmat qo’ladi.
Bolalarning o’zi yaratgan o’yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o’yinning g’oyasi, mazmuni, o’yin harakatlari, rollar, o’yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir. O’yinning g’oyasi – bu nima o’ynashni belgilab olish: «do’kon», shifoxona», «uchuvchilar», «ona-bola», («oila») «bolalar bog’chasi» va shunga o’xshashlar. O’yin mazmuniga, g’oyasiga qarab bolalarning bunday o’yinlarini bir necha o’ziga xos guruhlarga bo’lish mumkin: a) maishiy turmushini aks ettiruvchi o’yinlar («oila», «shifoxona», (bolalar bog’chasi» va h.k.) b) kishilarning yaratuvchilik mehnatini aks ettiruvchi o’yinlar (metro qurilishi, dehqonlar mehnati, uy, fabrikalarning qurilishi va h.k.) ijtimoiy voqealarni, an’analarni aks ettiruvchi o’yinlar bayramlar, namoyishlar, sayohat, mehmonlarni kutish va h.k.) O’yinlarning bunday bo’lishi albatta shartli bo’lib, bir o’yinda har xil hayotiy voqealar aks etishi ham mumkin. G’oya o’yinning mazmuni, jonli to’qimasi bo’lib, uning rivojlanishi, o’yin harakatlarini, bolalar munosabatlarini har xilligi va o’zaro bog’lanishni belgilab beradi. O’yinning qiziqarli bo’lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari o’yin mazmuniga bog’liq. O’yinda bola ijro etadigan rolь-o’yinning asosiy o’zagi va tarkibiy xususiyatidir. Buning uchun ham bu o’yinlar rolli yoki syujetli-rolli o’yinlar nomini olgan. Bola olgan roliga qarab, o’sha obrazga kirib ketadi va uning rostligiga ishonadi. O’yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo’lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o’yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi. Pedagog bolalar o’yinini tashkil etar ekan, quyidagi talablarga e’tibor berishi zarur, o’yin mazmuni, ta’lim-tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo’lishi, aks ettirilayotgan narsalar hakidagi tasavvurlar to’g’ri va to’la bo’lishi, o’yin harakatlari faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo’lishi kerak, hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o’yinga rahbarlik qilish, o’yinchoklar va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o’yinda xayrihoh va xursand bo’lishlarini ta’minlash lozim. Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma tomonlariga, ongiga, his-tuyg’ulariga, irodasiga, xulqiga ta’sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanish lozim. O’yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O’yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o’zining butun qiziqini o’yinga
qaratishi lozim. Bola o’ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to’g’risidagi tasavvuri yetarlimasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. SHunday qilib, o’yin bolalardagi bilim va tasavvurlarni mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to’g’ri rahbarligida uning tushunchalari kengayadi. Tarbiyachi o’yin orqali bolalarda ona-vatanga o’z xalqiga munosabatini shakllantiradi, mustahkamlaydi. O’yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to’g’rilik, o’zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O’yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo’lgan munosabatini shakllantiruvchi o’ziga xos maktabdir. O’yinda bola kishilarning axloq-odob me’yorlarini mehnatga munosabatlarini jamiyat mulkiga, boshqalarga munosabatlarini bilib oladi. Tarbiyachi bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O’yin jarayonida bolalar o’z xoxishlarini jamoa xoxishi bilan kelishib olishga o’yinda o’rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o’rganadilar. Ammo o’yinga to’g’ri rahbarlik qilmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o’yindan keng foydalanadi. Juda ko’pchilik o’yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o’z navbatida organizmda modda almashinishini ta’minlaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to’g’ri o’sishini, harakatlari chiroyli bo’lishini ham ta’minlaydi. Ammo o’yin pedagogning rahbarligisiz o’z-o’zidan jismoniy tarbiya vositasi bo’lolmaydi, chunki ortiqcha harakat qilib yuborish yoki uzoq vaqt bir vaziyatda o’tirish bolaning sog’ligiga zarar keltirishi mumkin. Bundan tashqari, o’yin paytida gigienik shart-sharoit tug’dirish uchun alohida g’amxo’rlik qilish lozim. O’yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruxiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi. O’yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo’llaniladi. Bolalar tevarak-atrofidagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O’yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlarihayol juda katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko’p o’yinlarda avval o’rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did zavqni tarbiyalashda foydalanadi. O’yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o’yinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P.Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil etish – ularni to’g’ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o’yin shuning uchun ham samarali
natija beradiki, o’yinda bola yashashni o’rganmaydi, balki o’z hayoti bilan yashaydi. O’yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg’ulot o’rtasida bolalar o’yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’pincha avval boshlagan o’yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o’ynashlari uchun 1 soat -1 soatu 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o’yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’proq syujetli-rolli o’yinlarni, qurilish materiallari, ko’g’irchoqlar oilan, stol usti o’yinchoqlari o’ynashlari mumkin. SHu bilan birga ermak o’yinlardan ham foydalaniladi. Ammo o’yin bilan ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik bola ulg’aygan sari o’zgarib boradi. Kichik guruhda o’yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg’ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o’zlarida maktabdagi o’qishga ishtiyoq uyg’onib qoladi. Ammo bolalar uchun o’yinning qadri yo’qolmaydi, balki mazmuni o’zgaradi endi bolalarni ko’proq fikriy faollikni talab etuvchi o’yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o’yinlar qiziqtira boshlaydi. Pedagogika fani o’yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O’yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko’nikmalari, harakat usullarini, axloq normalari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O’yinda bolaning o’z tengdoshlari va kattalar bilan bo’ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi. Bolalarning o’yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon» o’yinning shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir. Bunday o’yinda bolalar chog’ining o’yinga qiziqish bilan qaraydilar, birga o’ynab «yonma-yon» o’tirirganlaridan xursand bo’ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o’yini kattalar rahbarligida ularning xulqiga ta’sir etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchn bosqichda bolalar o’yin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo’ladi. Bu davrga kelib, bolalardan kimning qaysi o’yinga qiziqishi aniq bo’la boshlaydi, bir xil bolalar didaktik o’yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o’yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy o’yinlar ma’qulroq bo’ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o’yin bilan uzoqroq o’ynashga o’rgatishdir. Uchinchi bosqichda o’ynovchi bolalar guruhi bir-biriga do’stona munosabat va o’zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga o’ynovchilar soni ko’p bo’lmasa-da, bolalar qiziqib o’ynaydilar. Bu davrga kelib bir-birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning o’yinda birlashishlarining ahloqiy asosini yuzaga keltirish, ularda o’zaro yordam, o’rtoqlik, do’stlik munosabatlarini shakllantirish lozim.
Bolalarning o’yinlari qiziqarli, mazmunli bo’lishi uchup o’yinning hamma turlaridan o’rinli foydalanilsa, bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishiladi. SHunday qilib, pedagogika fani o’yinga bola shaxsini har tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.
10- Ma’ruza Nutq apparatini rivojlantirishga qaratilgan oyinlar Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar Reja: 1.1.Til xarakatchanligini rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar. 1.2. Lab xarakatchanligini rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar. 1.3.Pastki jag’ xarakatchanligini rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar. Tayanch iboralar: nutq apparati, artikulyatsiya, nutqning to’liq rivojlanmasligi, faollashtirish. 1.1. Til xarakatchanligini rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar Nutq apparatini harakatini rivojlantirishga oid o’yinlar. Bu mashg’ulotlarning asosiy vazifasi bolalarda nutq apparati,ya’ni til,lab,va pastki jag’ tilchaning xarakatlanishini rivojlantirishga qaratilgan. “SHirin murabbo” o’yini. Maqsad: Til xarakatini faollashtirish. O’yinning borishi:Bolalarga murabboni yalayotgan qizning rasmi ko’rsatiladi.Qizning yuqorgi va pastgi labiga murabbo yopishib qoldi.Qiz murabboni tili bilan yaladi.(Til xarakati bilan murabboni yalash ko’rsatiladi). So’ngra bolalar ham ushbu mashqni qaytaradilar.Logoped har bir bola mashqini qanday bajarayotganini kuzatib boradi.
Tishlarimizni tozalaymiz. Maqsad: Til xarakatini faollashtirish. O’yinning borishi:Bolalar logopedga qaragan holda bir qator bo’lib o’tiradilar.Bolalarga rasm ko’rsatiladi.Qaranglar bolalar,bola qanday qilib tishlarini tozalayapti. Biz ham hozir sizlar bilan tishlarimizni tozalaymiz.Faqatshyotka bilan emas,balki tilimiz bilan.Avval logoped til bilan tishlarini tozalashni bolalarga o’zi ko’rsatib beradi.So’ngra har bir bolani oldiga chaqirib mashqni bajarishini kuzatib boradi.Mashq bir necha marta bajartiriladi. (Bekinmachoq,quvnoq tilcha o’yinlari) “Ot” o’yini. Maqsad: Til uchi xarakatini faollashtirish.
O’yinning borishi: Bolalar qator bo’lib turadilar,ya’ni ular otchalardir.Logopedning “Ketdik”degan so’zidan so’ng bolalar yuradilar va shu bilan birga ot yurishiga taqlid qiladilar (tra-tru,tra-tru). “To’xtang”deyilgandan so’ng esa to’xtab,otni to’xtatish ovoziga taqlid qiladilar (Trr-trr...).So’ngra logoped har bir bolaga alohida talaffuz ettiradi.Logoped bolaning tili yuqoriga tishlar orasida bo’lishini va til uchi xarakatlanishini kuzatib borishi kerak.Til uchini to’g’ri ko’tarishga e’tibor berish kerak.Agar bola ushbu mashqni bajara olmasa,konfet so’rishga taqlid etishini o’rgatish kerak. “Lablarimiz bulochkaday dumaloq” o’yini Maqsad: Lab xarakatini faollashtirish. O’yinning borishi: Logoped bolalarga dumaloq bulochka chizilgan rasimni ko’rsatadi va bolalardan “Kim lablarini shunday dumaloq qila oladi?” deb so’raydi.Avval logoped bolalarga o’zi ko’rsatib beradi (o-o-o-o). So’ngra bolalarni ketma-ket chaqirib,mashqni erkin bajarish tavsiya etiladi.Bolalar mashqni erkin bajarishini kuzatib borishadi.Mashqni bajarishda faqat lablarning ishtirok etishi kuzatib boriladi,og’iz ochilgan holda bo’ladi,lekin pastki jag’ oldinga chiqib ketmasligi kerak. “Kim yaxshi kuladi?” o’yini. Maqsad: Lab xarakatini faollashtirish. Jixoz: Bo’g’irsoq,qo’g’irchoq. O’yinning borishi: Bolalar yarim doira holda o’tiradilar.Logoped bolalarga shunday deydi. “Biz xursand bo’lganimizda kulamiz”,mana bunday (o’zi kulib ko’rsatadi). Biz juda xursand bo’lib kulganimizda tishlarimiz ko’rinadi.Hozir bizga bo’g’irsoq bilan qo’g’irchoq mexmonga keladi.Hammamiz hursand va kulib ularni kutib olamiz.Bolalar tishlarini ko’rsatib kuladilar.Endi mehmonlarimiz ketdi.Biz hafa bo’ldik.Tishlarimizni bekitamiz.Mehmonlarimiz yana keldi.Kulamiz.SHu tariqa mashqlar bir necha marta takrorlanadi.Lab xarakatlarining aniq bajarilishi kuzatib boriladi. “Kim nay chala oladi?” o’yini. Maqsad: Lab xarakatlarini faollashtirish. O’yinning borishi: Bola yarim doira holda logopedga qaragan holda o’tiradilar.Logoped bolalarga nayning rasmini ko’rsatadi va bolalardan lablari bilan nay hosil qilish so’raladi.Avval logoped nay chalishni taqlid qilishni bolalarga o’zi ko’rsatib beradi.So’ngra bolalardan talaffuz etish so’raladi.Nay chalinyapti deganda bolalar lablari bilan nay chalish xarakatini bajaradilar.Kuy tugadi deyilganda bolalar lablarini oddiy holga keltiradilar.Mashq bir necha marta takrorlanadi va aniq bajarilishi logoped tomonidan kuzatib boriladi. “O’rmon” o’yini. Maqsad: Lab va pastki jag’ xarakatlarini faollashtirish.
Jihoz: Savatlar. O’yinning borishi: Qiz va bola doira bo’lib turadilar.Ularning qo’lida savatchalar bor.Bolalar o’rmonga qo’ziqorin tergani ketishyapti. Lekin bitta bola o’rmonda adashib qoldi.Bolalar o’rtoqlarini qidirishyapti.Au-au qaerdasan. Logoped har bir bola au-au tovushlarini qanday talaffuz etayotganini kuzatib borishi kerak.Au-tovushlari talaffuz etilayotganida pastki jag’imiz bir oz pasga tushadi,lablar dumaloq holatda bo’ladi.Ushbu mashq bolalar tomonidan to’g’ri bajarilishi kuzatibboriladi. “Quvnoq tilcha” o’yini. Maqsad:nutq apparati xarakatchanligini rirojlantirish. O’yinning borishi: Bu o’yini bolani qiziqtirgan xolda olib borish kerak.Logoped bolaga uning og’iz bushlig’i uy deb tasavvur etishni aytadi.Bu uychada kichkinagina,quvnoqgina tilcha yashaydi.Tilcha erta turib oynalarni ochib xonaga toza xavo kiritadi.Bunda bola og’zini ochadi.Tilcha yuzini yuvadi,bunda tili bilan lablarini yalaydi.CHoy ichsin deganda bola tilini uchini ikki chetini buklagan xolda xavoni ichiga tortadi.Logoped o’yinni davom ettiradi.Tilchamiz nonushta qilgandan sung o’ynagani tashqariga chiqadi,deganda bola ikki lunjini ishiradi.Sung tilcha toshdan toshga sakrasin deganda bola tili uchi bilan birma-bir tishlariga tekkizib chiqadi.Logoped endi tilini otda sayirga chiqdi deganida bola tilini uchini tanglayga botirib ot tuyoqlarining ovoziga uxshab ovoz chiqaradi.Bu jarayon davomida bolaning lablari gox kulgu,gox cho’chchaygan xolatida buladi.Allbatta bola bu mashqlarni logoped bilan birgalikda taqlid asosida bajaradi.Keyinroq esa mustaqil tarzda bajarishini boshlaydi. “Qo’g’irchoq uxlamoqchi” o’yini. Maqsad: Pastki jag’ xarakatini rivojlantirish. O’yinning borishi: Logoped bolalarga murojat qilib shunday deydi:Qaranglar sizlar bilan o’ynab qo’g’irchog’imiz charchab qolibdi.Uning uxlagisi keldi.U chuqur nafas olib esnayapti.Logoped bolalarga bir necha marta esnashni ko’rsatib beradi.Esnaganimizda og’zimiz ochiq xolda ,chuqur nafas olamiz,pastki jag’imiz esa pastga tushgan xolda bo’ladi .vazifani ko’rsatib bergandan so’ng logoped bolalarning vazifani to’g’ri bajarib borishini kuzatadi. “Qushlarni boqish” o’yini. Maqsad: Pastki jag’ xarakatini rivojlantirish. O’yinning borishi: Bolalar pedagogka qarama-qarshi stulchalarga o’tirishadi.Pedagog bolalarga bir qush tasvirlangan rasmni va boqiladigan qushchalar rasmini ko’rsatadi.So’ngra pedagog: Hozir biz o’yini o’ynaymiz.Sizlar qushchalar bo’lasizlar.Men esa ona qush bulaman.Ona qush don olib keladi,hamma qushchalar tumshuqlarini ochishadi.Donni yeb bo’lishgach tumshuqlarini yopishadi-deb aytadi.Bolalar ushbu harakatlarni bajarishadi.O’yinni
bir necha marta qaytarish mumkin.Bolalar to’g’ri va tinch o’tirishlari kerak. Boshni to’g’ri tutish kerak.Ayniqsa og’izni ochganda va yopganda orqaga tashlamaslik kerak. Harakatni faqat pastki jag’,til va lab tinch turgan holda bajariladi. Nazorat savollari: 1. Periferik nutq organlariga qaysi or
11- ma’ruza Tovushlar talaffuzini nutqga qoyshga qaratilgan oyinlar Reja 1.1. Sirg’aluvchi tovushlarni nutqqa qo’yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o’yinlar. 1.2. SHovqinli tovushlarni nutqqa qo’yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o’yinlar. 1.3. Sonor tovushlarni nutqqa qo’yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o’yinlar. 1.4. Til orqa tovushlarni nutqqa qo’yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o’yinlar.
Tayanch iborala: Sirg’aluvchi va shovqinli tovushlar, sonor tovushlar, til orqa tovushlari, mustahkamlash, nutqqa qo’yish, farqlash. Adabiyotlar: 1.A.B.Usova .Rolь igrы v vospitanii detey.Moskva 1976 god. 2.K.SHodieva “Maktabgacha yoshdagi bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish” Toshkent.1995 y. 3.Igrы v logopedicheskoy rabote s detьmi “Pod red”V.I.Seliverstva Moskva 1981 god
Ma’lumki,tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda uning sabablariga alohida e’tibor beriladi. CHunki, artikulyatsion motorika harakatchanligining yetishmasligi va fonematik idrokning rivojlanmaganligi tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni keltirib chiqarishi hammaga ma’lum. Dastavval, artikulyatsion motorikani harakatchanligi oshirish ishlaridan boshlash lozim. Fonematik idokni shakillantirish va rivojlantirish ishlari esa tovushni nutqqa qo’yish va mustahkamlash ishlari bilan parallel ravishda olib boriladi. Quyida biz, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda foydalanish mumkin bo’lgan o’yinlar guruhini keltirib o’tamiz. O’zbek tilimizning xususiyatlaridan kelib chiqib,bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatishda logopedik o’yinlardan foydalanish yo’llarini takomillashtirish maqsadida boy abadiy merosimizdan namunalar keltiramiz. 1. Sirg’aluvchi tovushlarni nutqga qo’yish, mustaxkamlashga oid o’yinlar.
Tovushlar talaffuzining buzilishi aoosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlarda kuzatilakdi.SHunday tovushlar qatoriga sirg’aluvchi va shovqinli tovushlar kiradi.
Bu tovushlardagi kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini bolalar uchun qiziqarli bo’lgan o’yin faoliyati bilan bog’lab o’tish orqali,korrektsiyalash ishining samaradorligi oshadi. Quyida keltirilgan o’yinlar sirg’aluvchi tovushlarni shakillantirishga qaratilgan.
“Nasos” o’yini. Maqsad: Bolalarga “S” tovushini to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish. O’yinning borishi: Bolalar stulchalarda o’tirishadi.Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: - Hozir biz velosipedda sayr qilamiz.Velosipedda sayr qilishdan avval uning kamerasiga havo damlanganmi yoki yo’qmi shuni tekshiramiz.Velosiped uzoq vaqtgacha minilmaganligi sababli kamerasi bir oz bo’shab qolibdi.Unga dam berish kerak.Nasos bilan kameraga havo yuboramiz.Nasosdan chiqayotgan haqo S-S-S,deb ovoz chiaradi.Bolalar avval birma-bir,so’ngra birgalikda nasos harakatiga taqlid qilib,kameraga dam uradilar.Kameraga dam berish vaqtida S-S-S tovushini cho’zibroq etadilar. Metodik ko’rasatma: Bolalar S tovushini to’g’ri talaffuz ishlari uchun lab,til holati va oqimining til o’rtasidan ishga z’tibor berib borish zarur.
“SHarcha teshildi” o’yini. Maqsad: “S” tovushini nutqqa kiritish. O’yinning borishi: Logoped bolalarga sharchalar tarqatib chiqadi va aytadi: “Bolalar,yaqinda biz yangi yil bayramini nishonlaymiz.SHuning uchun xonamizni chiroyli qilib bezatishimiz kerak” Kelinglar,hozir sizlar bilan birgalikda sharlarimizni shishiradilr.Logoped ataylab 3-4 nafar bolaga teshik sharchalarniberib qo’yadi.So’ngra logoped bolalar diqqatini teshilgan sharchadan chiqayotgan oqozga qaratadi,va bolalardan so’raydi: “Bolalar qanday qanday ovoz eshityapsizlar” “Bolalar ps-ss-s-s”deb talaffuz etadilar.
“Do’kon” o’yini. Maqsad: “S” tovushini so’zlarda to’g’ri talaffuz etish. O’yinning borishi: Bolalarga o’yin qoidalarini tushuntirish.Bolalar tasavvur qilinglar mana bu stol-do’kon:,stol ustidagi rasimlar, o’yinchoqlardo’konda sotiladigan narsalar. Hozir sizlar bilan shu o’yinni birgalikda o’ynaymiz.Xozir bitta-bitta gapiraman va kelgan bola do’kondan narsa sotib olishi kerak. O’yinchoqlarni nomini rasimlarni xarid qilgan bola chiroyli baland ovoz bilannomlab berishadi. -soat-sovun-sandiq
-doska-stol-savat -gilos-avtobus-sochiq O’yin davomida asosan “S” tovushi qatnashgan so’zlarni urg’u berib jarangdor ovoz bilan talaffuz qilishga qaratish.
“Sabzilar va giloslar” o’yini. Maqsad: “S”tovushini bo’g’inlarda,so’zlarda to’g’ri va aniq talaffuz etishga o’rgatish. O’yinning borishi: Logoped bolalarni 2 guruhga ajiratadi va guruxlar “sabzilar va “ “Giloslar”nomlari bilan nomlanadi.Bunda “Sabzilar”guruhi ochiq bo’g’inda,ya’ni sa-so-si-su-so’ bo’g’inlarini “Giloslar” guruhi yopiq bo’g’inda,ya’ni as-os-is-us-o’s bo’g’inlarini talaffuz qilishlari tushuntiriladi.Guruxlardan bolalar navbatma-navbat chiqib,bo’g’inlarni talaffuz qiladilar.O’yin bir necha marta takrorlrnadi va o’yinda bolalar rollarni almashadilar.Bunda logoped bolalarni “S tovushini bo’g’inlarda tug’ri va aniq talaffuz qilishlarini kuzatadi.
“Z” tovushini to’g’ri talaffuz etishga qaratilgan o’yinlar.
“Gullar va asalarilar” o’yini. Maqsad: “Z” tovushini tutqga kiritish. O’yinning borishi: O’yin boshlanishidan oldin kim asal arilar bo’lishi,kim esa gullar bo’lishi aniqlantirilib olinadi (masalan o’g’il bolalar asal arilar,qiz bolalar esa gullar).Keyin hammalari xona bo’ylab yoki maydonchada yuguradilar.Logoped ishorasidan so’ng (chapak chalish yoki biror bir predmetga urishi) qiz bolalar ya’ni gullar tizzalari bilan o’tirradilar.Asalarilar qanotlarini qoqib guldan gulga qo’nib yuradilar. Buni ular asalarilarga taqlid qilgan holda bajaradilar: V-zz-z-z. Logoped yana chapak chalishi bilan bolalar rollarini almashtiradilar.
“CHivinlarr o’yini”. Maqsad: “Z”tovushini nutqqa kiritish. O’yinning borishi: Endi hamma diqqat bilan meni eshitsin.Bugun sizlar bilan yana bir yangi o’yin o’ynaaymiz.O’yinning nomi “chivinlar” o’yini .Bolalar bilan qanday qilib boqqa sayrga borganliklari haqida suhbat o’tkazadi.Bolalar, esinggizdami,biz sizlar bilan boqqa sayrga borgan edik? Kechki payt chivinlar bizilab kelib,bizni xo’p chaqqan edi.Hozir sizlar bilan “chivinlar ”o’yinini o’ynaymiz, deyiladi. Bolalar buning uchun biz ikki guruhga bo’linamiz. Birinsi guruh bolalari chivinlar,ikkinchi guruh bolalari esa sayr qilib yuruvchilar
bo’lishadi.CHivin bo’lgan bolalar “z z z” deb sayr qilib yurgan bolalar ketidan yugurishadi.Sayr qilib yurgan bolalar esa chivinlardan qochishga,yashirinishga harakat qilib,uylariga yugurishadi.Xona burchagidagi stulchalar uycha hisoblanadi.So’ngra,rolni almashasizlar.Hammaga tushunarlimi,unda boshladik.
“Rasmni juftini top” Maqsad: «Z» tovushini so’zlarida to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish. O’yinning borishi: Bolalar stullarda o’tirishadi. Logopedning stoli ustida teskari qilib qo’yilgan rasmlar bo’ladi. Har bir bolaga xuddi shu rasmdan berib chiqiladi. Logoped bolalardan birini chaqiradi va bu bola stoldagi rasimlardan birini oladi va uni ko’rsatib baland ovoz bilan-“Men zanjirni ”oldim,kimda xuddi shu rasimning jufti bo’lsa,shubola o’rnidan tursin deydi.O’rnidan turgan bola ham o’rtoqlariga rasimni ko’rsatib, “Mendagi rasimda ham zanjir tasvirlangan”,deydi.Bolalar har juft rasimni ustiga qo’yadilar.O’yini shu tariqa to stol ustidagi rasm tomom bo’lguncha davom etadi.Buning uchun “z”tovushi so’zining boshida, o’rtasida oxirida kelgan rasimlardan foydalaniladi.Bularga: zina,uzum,piyoz,dazmol,muzqaymoq,uzuk,oshpaz,sabzi,tarvuz rasimlari kiradi.
“Zebo va mayiz” o’yini. Maqsad: “Z” tovushini so’zlarda va gaplarda mustaxkamlash. Jihoz: Rezinali qo’g’irchoq. O’yinning borishi: Logoped chiroyli kiyintirilgan rezinali qo’g’irchoqni olib kiradi va bolalarga: “Bolalar bu qo’g’irchoqning ismi Zebo”.Uni magazindan sotib olishdi.U rezinali.Zeboning oyoqlari rezinali,qo’llari,yuzlari va burni ham rezinali.Keyin esa logoped bolalardan so’raydi: “Qo’g’irchoqning ismi nima ekan? Uni qaerdan sotib olishibdi?Uning oyoqlari,qo’llari,yuzlari,burni nimadan qilingan ekan?”bolalar javob beradilar.Logoped davom etadi: “Zebo mayizni yaxshi ko’radi.Lola kel Zeboni mayiz bilan mehmon qil”.Lola chiqib,aytadi: “Zebo,mayizdan ol”Bolalar navbatma navbat Zeboni mayiz bilan mehmon qilgan holda yuqoridagi frazalarni aytadilar.
“Kim chaqqon?” o’yini. Maqsad: “Z”tovushini so’zlarda tug’ri talaffuz qilishga o’rgatish. O’yinning borishi: Logoped bolalarga bir qancha savollar beradi.Avval bolalarga logoped shunday deydi: Men sizlarga savollar beraman kim birinchi topsa,shu bolaga qizil yulduzcha beraman.Kim ko’p qizil yulduzcha yig’sa,shu bola g’olib bo’ladi. Qaysi transportning nomida “Z” tovushi bor? Qaysi daraxtning nomida “Z” tovushi bor?
Qaysi hayvonlarning nomida “Z” tovushi bor? Qaysi uy jixozlarining nomida “Z”tovushi bor? Qaysi sabzavotlarning nomida “Z” tovushi bor? Qaysi mevalarning nomida “Z”tovushi bor? Qaysi Gullarning nomida «Z» tovushi bor? Qaysi parrandalarning nomida «Z»tovushi bor? Qaysi qizlarning va bolalar nomida “Z”tovushi bor?
“Adashma” o’yini. Maqsad: S-Z tovushlarining bir-biridan farqlashga o’rgatish. O’yinning borishi: Bolalarga ikkitadan rasm beriladi.Bittasida nasos tasvirlangan,ikkinchisida chivin.Nasos tasvirlangan rasmni bolalar chap qo’llarigaoladilar.CHivin tasvirlangan ramsmni esa o’ng qo’llariga oladilar.CHivin tasvirlangan rasmni esa o’ng qo’llariga oladilar.Tarbiyachi nomida S yoki Z tovushi hamda bir so’zda S va Z tovushi bor bo’lgan rasmlarni bolalarga ko’rsatadi va nomini aytadi.Masalan: sabzi,sumka,yulduz,gazeta,somsa va hakazolar. Agar rasmning nomini bildiruvchi so’zlarda S tovushi bo’lsa,so’ngra bolalar nomini bildiruvchi so’zda har ikki tovush bor bo’lgan rasmlarni ko’rsatadilar va SZ tovushlarida qaysi biri so’zning boshida kelayotganligini aytadilar. Metodik ko’rsatma: S va Z tovushini rasimla orqali taqqoslash kerak.Mashg’ulot paytida nomida S va Z tovushi bo’lgan rasimlardan ham foydalanish mumkin.Agar tarbiyachi bolalarga bunday rasimlarni ko’rsatsa,bolalar qo’llaridagi rasimlarni ko’rsatmasliklari kerak.
§2. SHovqinli tovushlarni nutqga qo’yish, mustahkamlash va farqlashga oid o’yinlar. “Urmon shovullaydi” o’yini. Maqsad: “SH”tovushini nutqda xosil qilish. Metodik kursatma:Bolalar “sh” tovushini talaffuz etganda lab,til,xolatlariga xavo oqimining til urtasidagi utishga axamiyat berish zarur. O’yinning borishi: Logoped bolalarga yozda bog’ yoki urmonda sayr qilganliklarini eshitishini taklif etadi.U yerda baland daraxtlarni kurganliklrini uzun-uzun shoxlarida bariglar ko’p ekanligini eslashadi.shamol esganda daraxtning shoxlari tebratib “sh-sh-sh”degan ovoz chiqaradi.Avval shamol sekin esadi,bunda bolalar sekin ovozda “sh-sh-sh”deb talaffuz etadilar.Asta sekin shamol kuchayib boradi.Daraxtlarning barglari kuchli tebranadi.Bunda bolalar kuchli ovoz bilan “sh-sh-sh”deb talaffuz etadilar. Sungra logoped bolalarga qo’llarini daraxtning shoxchalariga uxshab yuqoriga ko’tarishlarini va shamol esganda daraxtlarning
shovullashga uxshash “sh-sh-sh”deb ovoz chiqarishlarini taklif etadi.Logoped tovushni birgalikda ,so’ngra esa aloxida-aloxida talaffuz etishni tavsiya etadi. Bolalar “sh” tovushini talaffuz etayotganlarida nutq apparati ya’ni lab,til,xarakatlari,xavo oqimining tug’ri yunaltirilganligini kuzatib boriladi.
“SHar yorildi” o’yini. Maqsad: Bolalarga SH tovushini nutqda to’g’ri talaffuz ettirishni mashq qildirish. O’yinning borishi: Bolalar qo’l ushlashib zich doira hosil qilib turadilar.Tarbiyachining “sharimizni shishiramiz” deyishi bilan huddi sharni shishirayotganday bolalar doirasi kengayadi. Tarbiyasining “shar yorilyapti” deb chapak chalishi bilan bolalar qo’llarini yondan pastga tushiradilar va SH tovushini talaffuz etadilar. “Jimjitlik” o’yini. Maqsad: “SH” tovushini mustaxkamlash. O’yinning borishi:Boshlovchi devor oldida turadi.Bolalar esa ro’paradagi devor oldida turadilar.Bolalar juda ehtiyotkorlik bilan boshlovchining oldiga yetib kelishlari kerak.Bolalar ehtiyotsizlik bilan harakat qilganlarida boshlovchi tishtish-tish deb ogohlantiradi va bola to’xtaydi.Boshlovchining oldiga qaysi bola birinchi kelsa shu bola g’olib deb topiladi va shu bola boshlovchi bo’ladi.
“Mushuk va sichqon” o’yini. Maqsad: Bog’langan matnda “sh” tovushini mustaxkamlash. O’yinning borishi: Stulchada bir bola ko’zini yumibo’tiradi.Umushuk rolini bajaradi.Qolgan bolalar sichqonlar rolini bajaradi.Sichqonlar sekin yurib mushukni oldiga keladilar va barmoqlar yordamida senimi,shoshmay tur!ifodasini qulab quydagi she’rni aytishadi. Sichqonboylar jim bo’ling, Jim bo’ling Baroqvoy qilig’idan Ogoh bo’ling,ogoh bo’ling! SHu so’zlar aytilgandan so’ng mushuk uyg’onib ketadi va miyov deb sichqonni quvlaydi.Sichqonlarning uyi chiziqcha tortib belgilab qo’yiladji va u yerga mushuk kira olmaydi.O’yin hamma sichqonlar ushlanmaguncha davom etishi mumkin.Oxirida qolgan bola yangi o’yinda boshlovchi bo’ladi.Hamma ushlangan sichqonlar “sh”tovushini 2-3 ta so’z aytishlari kerak. “O’rgimchak turidagi pashshalar» o’yini
Maqsad: Jtovushini to’g’ri talaffuz ettirishga erishish. O’yinning borishi:Bolalarning bir qismi o’ggimchak turini tasvirlaydi,qo’llarini tushirgan holda doira bo’lib turib oladilar.Bolalarning qolgan qismi pashshalar bo’lib,”j-j-j”degan holda,doira ichida va atrofida uchib yuradilar. “Sehrli qopcha” o’yini. Maqsad: “S” tovushini “sh” tovushidan farqlashga o’rgatish. O’yinning boishi: Qopchaga sabzi, igir,mushuk,shar,soat, soyabon, eshik,nasos, idish rasmlari solinadi. Bolalar 2 guruhga bo’linadi.Logoped bir tomonga sichqon rasmini, ikkinchi tomonga mushuk rasmini ilib qo’yadi.Guruhlardan bolalar bittadan navbatmanavbat chiqib,qolgan rasmni olib,unga qaysi tovush ishtirok etganiga qarab o’z joylariga turadilar,ya’ni “S” tovushi ishtirok etgan rasmni olsa,sichqon tomonga “sh” tovushi ishtirok etgan rasmni olsa,mushuk tomonga o’tadilar.Hamma olib bo’lgach,har bir bola o’z rasmini ko’rsatib nomini aytadi.Qolgan bolalar esa o’rtog’i joyini to’g’ri tanlay olganligi yoki yuqligini tekshirib boradilar.
“Asalarilar va chivinlar” o’yini. Maqsad: “Z” va “J” tovushlarini farqlashga o’rgatish. O’yinning borishi: Logoped bolalarga o’ynashni taklif qiladi: Hozir biz o’rmonga sayr qilgani boramiz.U yerda yaxshi,faqat chivinlar xalaqt beradi.Atrofda uchib,vizilashadi: z-z-z....CHivinlarni haydaymiz va dalaga boramiz.U yerda juda ko’p chiroyli gullarbor. Asalarilar uchib,asal yig’iladi va “jj-j”deb g’ing’illashadi? Bolalar:j-j-j.... Endi esa 2 guruhga bo’linamiz: birinchi guruh chivinlar bo’lishadi va bu yerda yashashadi (logped xonaning bir bursagida turgan stullarni ko’rsatadi): 2-guruh bolalari asalari bo’lishadi va bu yerda yashashadi (xonaning boshqa bo’rchagini ko’rsatadi) Diqqat bilan eshiting.Qachon men: chivinlar uchishdi-desam,chivinlar xona bo’ylab uchib vizilashadi: z-zz....Qason men: asalarilar uchishdi-desam,chivinlar o’z joylariga yugurishadi,asalarilar esa uchishadi va j-j-j....
“Rasmlarni tanla” o’yini. Maqsad: S-SH tovushlarini bir-biridan farqlashga o’rgatish. O’yinning borishi: NOmida S va SH tovushi bor bo’lan rasmlar,so’zlar tanlanadi. Tarbiyachi bolalarni ikki guruhga ajiratadi,Birinchi guruh bolalari S tovushi bor bo’lgan rasmlarni tanlab oladi.Ikkinchi guruh bolalari esa SH tovushi bor bo’lgan rasmlarni tanlaydi.Tarbiyachining stoli o’stiga rasmlar o’ng tomoni bilan tartibli qilib qo’yilgan buladi.Har bir guhdan bittadan chiqib o’zlariga taluqli
bo’lgan tovush uchun rasm olib,joylariga o’tiradlar.Hamma narsalrni bolalr olib bo’lgandan so’ng,har bir bola o’rnidan turib,rasmlarning nomini aytadi. Rasmlarning nomini aytganda S yoki SH tovushini boshqa tovushlardan ajiratib etishlari kerak. Qolgan bolalr rasmni nomini aytgan bola uni tug’ri tanlaganmi yoki yo’qmi ko’zatib boradi ko’zadit boradi.So’ngra bolalarning o’zlari shu tovushlar uchun so’z o’ylaydilar va aytadilar. Tarbiyachi S va SHtovushlari bor bo’lgan so’zlarni aytadi,bolalr esa bu so’zlarni takroriy aytganida S-SH tovushini tug’ri talaffuz etishlari kerak.Masalan: SHosse,moshinist,shamsiya,sherst va boshqalar. Metodik ko’rsatma: Bolalr so’zlardan S va SH tovushini ko’rsatib,boshqa tovushlarga nisbatan cho’zibroq talaffuz etishlari S vaSH tovushi qayedda kelishini aniqlashlarini aniqlashlari lozim. “Top-chi,menda qaysi tovush?” o’yini. Maqsad: Z-J tovushlarini bir-biridan farqlashga o’rgatish. O’yinning borishi: O’yinlarning boshqaruvchisi tayinlanadi.Boshqaruvchi eshikdan tashqariga chiqib turib,qolgan bolalar nomida J tovushi bor bo’lgan so’z o’ylab topadilar.O’yinni boshqaruvchi qaytib kelib,har qaysi bolaning yoniga boradi, u kimning yoniga borsa,shu bola o’ylagan so’zni aytadi.Agarda boshqaruvchi aytilgan so’zlardan J tovushini eshitsa, “g’ing’illaydi” agar Z tovushini eshitsa, “zizillaydi”, deb tushuntiradi tarbiyachi. So’ngra tarbiyachi rasmlarni bolalarga tarqatib chiqadi.Har bir bola navbatma-navbat chiqib,rasmni bolalarga ko’rsatadi va uning nomini bildiruvchi so’zda Z tovushi bo’lsa, uni chivin rasmi tasvirlangan rasm polotnosi cho’ntagiga solib qo’yadi,agarda EJtovushi bo’lsa qo’ng’iz rasmi tasvirlangan rasm polotnosi cho’ntagiga solib qo’yadi. Mashg’ulotning oxirida tarbiyachi bolalarga bir necha so’zlarni aytadi va uni takrorlashlarini taklif qiladi: zajigalka, zanjir, jazo, jigarrang qo’ng’iz, g’ijjak. Metodik ko’rsatma: Agar bola Z yoki J tovushi uchun so’z topishda qiynalsa,tarbiyachi yordam beradi.
“O’rmonda sayr” o’yini. Maqsad: SH-J tovushlarin bir-biridan farqlashga o’rgatish. O’yinning borishi: Xonaning bir burchagida bolalar turishadi, ikkinchi burchagida esa ikki-uch qator stulchalar qo’yilgan bo’lib,bular o’rmonni tasvirlaydi.
Tarbiyachi shunday deydi: “Bolalar hozir biz o’rmonga sayrga boramiz (ana u stulchalar turgan joyga). U yerda o’tirib dam olamiz va o’rmonda nimalar bo’layotganligini ko’zatamiz”. Bolalar jigina borib,stulchalarga o’tiradilar. Tarbiyachi: “O’rmon juda sokin, shu payt mayin shabada esib,daraxtlarning shoxlarini tebrata boshlaydi.O’rmon bir zumda shovullay boshlaydi: “sh-shsh...”.Daraxtning shoxchalari qanday shovullaydi? (Bolalar “sh-sh-sh”) SHamol tindi,o’rmon yana tinch. O’tloqda qo’ng’izlarning “j-j-j”deb g’ing’illashi eshitiladi.Qo’ng’izlar qanday g’ing’illashadi? (Bolalar “j-j-j” deb aytadilar). Bolalar o’rmonda dam olishib, ko’p gullar terishib,uyga qaytishadi. Metodik ko’rsatma: Bolalar SH-J tovushlarini bir-biridan farqlashlari uchun qo’l kafti orqa tomonini bo’yinga (tomoqqa)qo’yishlari kerak. Bolalarning hammasi bu mashqda faol qatnashishlari va SH,J tovushlarini bir-biriga aralashtirib yubormasliklarini tarbiyachi kщzatib turadi.
§3. Sonor tovushlarni nutqqa qo’yish, mustahkamlash va farqlashga oid o’yinlar. Bolalar uchun artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlaradan yana biri bu sonor (r,l) tovushlari hisoblanadi. Bu tovushlarning aniq talaffuziga ba’zan taqlid usuli orqali ham erishish mumkin. Quyida,taqlid usulida foydalangan hoda r,l tovushlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida qo’llaniladigan o’yinlardan namunalar keltiriladi.
“Otlar” o’yini. Maqsad: “R” tovushini nutqda hosil qilish. Metodik kursatma: Bolalarda “r” tovushini tug’ri talaffuz etishga o’rgatish. “R” tovushini talaffuz etganda til yuqorgi tishlar orqasiga ko’tarilgan buladi,til uchi tebranish kerakligi bolalarga tushuntirildadi. O’yinning borishi: Bolalar ikki guruhga bo’linadilar.Birinchi gurux bolalari ot xaydovchilar, ikkinchi guruh bolalari esa otlarga bo’linadilar.Otlarni tasvirlovchi bolalar ikkitadan bo’lib qo’l ushlashib turadilar.Otlar xaydovchining boshqaruvchi ostida otlardek yuguradilar.Logopedning bo’yrug’iga binoan xaydovchilar otlarni “drrr”deb tuxtatadilar. Bunda logoped bolalarning aniq talaffuz etishini kuzatib boradi.Sungra bolalar rollarini almashadilar.
“Qarg’alar” o’yini. Maqsad: bolalarni “R” tovushini nutqda to’g’ri talaffuz etishlari ustida mashq qildirish.
O’inning borishi: Bolalar uch guruhga bo’linadilar.Birinchi guruh bolalari archalarni tasvirlab gullarni pastga tushirgan holda doira o’rtasida turadilar va shunday deydilar: “landi-landi o’yinimiz boshlandi va yashil archa tagida qarg’alar qag’illashmoqda”. Ikkinchi guruh bolalari: qarg’alar bo’lib doira ichiga sakrab-sakrab kirishadi va “qar-qar-qar...” deb qag’ilashadi. Ikkinchi guruh bolalari: shunday deydilar: “po’choq uchun urushdilar,tomoqlarin qirishdilar”. Ikkinchi guruh bolalari:-qarg’alar doira ichida turib “qar-qar suvlar tezda oqar”-deb tez-tez qag’ilashadi. Birinchi guruh bolalari:-“qarg’alar”, “yugurishdi toz itlar,uchib ketdi qarg’alr,qo’nib daraxt shohiga qar-qar-qar deb qarillashar”,-deb aytishlari bilan uchunchi guruh bolalari (itlarni tasvirlovchi) doiraga “r-r-r...” deb irillab yugurib ketar vovullab,yugurib kiradilar va qarg’alarning ketidan quvadilar. Qarg’alar(oldindan bnlgilab qo’yilgan joyga) “inlariga” uchib ketishadi.Ushlangan qarg’alar itlar bilan birga qaytishadi va maxsus joyga qamab qo’yiladi.O’yin to ikki-uchta chaqqon qarg’a kelib qamalgan qarg’alarni qutqarmaguncha davom etadi.So’ngra bolalar rolь almashadilar.O’yin yana davom etadi. Metodik ko’rsatma: Bolalar so’zlarni baland ovozda,aniq mazmunli gapirishlari kerak.
“Archani arralaymiz” o’yini. Maqsad: “R” tovushini nutqga qo’yish. O’yinning borishi: Logoped: Bolalar yangi yil ham kirib kelmoqda,bizlar hozir o’rmonga boramiz va archa kesib olib kelamiz va bog’chamizga chiroyli archa yasatiladi.Archani arralash uchun bizga arra kerak bo’lad. Qani bolalar arralaganda qanday ovoz chiqadi.Blalar baravariga r-r-r deb talaffuz etadilar. Talaffuz davomida blalar archani arralash harakatiga oid qo’llarini xarakatlantiradilar. Logoped har bir bolaning arralash ovoziga taqlid qilishni har bir boladan individual so’rab boradi.
“Budilьnik” o’yini. Maqsad: “R” tovushini nutqda xosil qilish. O’yinning borishi: Logoped bolalaga stulchalarga o’tirib olishlarini aytadi. Bitta bola logopedning yonida qoladi. Logoped bolalarga murojat etadi: Bolalar hammamiz tushlik qilib bo’ldik.Endi hammamiz uxlaymiz.Hammamiz faqat budilьnik jiringlaganda
turamiz.Bolalar ko’zlarini yumib o’tiradilar.Bir necha vaqt o’tgandan so’ng logopedning ko’rsatmasiga asosan budilьnikrolini bajargan bola yurib budilьnik ovoziga taqlid qiladi r-r-r-r va bolalarniuyg’otadi.O’yin shu tariqa davom etadi. So’ngra bolalar o’zaro rollarni almashadilar.Logoped bolalarning r-r-r tovushini to’g’ri talaffuz etishini ko’zatib boradi. “Tartibni saqla” o’yini. Maqsad: So’zlarda “R”tovushini mustaxkamlash. O’yinning borishi: Bolalar yarim doira shaklida o’tiradilar.O’rtada logopedning stoli turadi.Stol ustiga nomida “r” tovushi ishtirok etgan predmetlar qo’yiladi.Logoped bolani oldiga chaqirib stol ustidagi predmetlar nomini aytib berishni iltimos qiladi.Keyin bola stolga nisbatan teskari qarab turib stol ustiga qo’yilagn predmetlarni nominibirma-bir aytib beradi.Yuola pridmetlar nomini aytishga qiynalsa unga yana bir bartta diqqat bilan pridmetlarga qarashga ruxsat beriladi.Keyin boshqa bolalar ham pidmetlar nomini aytib beradilar. Logopedning ixtiyoriga qarab pridmetlar turgan tartibni o’zgartirish yoki yangi pridmetlar qo’yish mumkin. “Orkestr” o’yini. Maqsad: “R” tovushini so’zlarda mustaxkamlash. O’yinning borishi: Bolalar yarim aylana shaklida o’tirishadilar, 1- guruh boalalar turbachilar: 2-guruh skripkachilar, 3-guruh barabanchilar. Logopeddirijyor rolini bajaradi. Logoped bitta guguhga qanday ovozga taqlid qilishini tushuntiradi, (trubacha,truba,skripkacha skripka ovoziga taqlid qiladi),so’ng topish bo’lgan kuyni kuylashni taklif qiladi. Trubachilar ru-ru-ru bo’g’inini kuylaydi, skripkachi ri-ri-ri,barabanchi ra-rara,Repititsiyadan keyin logoped dirijyorlik qiladi,logoped tayoqcha bilan ko’rsatgan guruh kuylaydi.Logoped ikkala qo’lini ko’targanda,hamma baravariga chaladi.So’ng logoped 3-4 bolalarni chaqirib,qaysi bir cholg’u asbobiga mos ovozni ijro etishni taklif qiladi.Qolgan bolalar qaysi asbob ovoziga taqlid etishganini aytishadi.
“Noma’lum narsani top” o’yini. Maqsad: “R” tovushini so’zlarda mustaxkamlash. O’yinning borishi: Hamma diqqat bilan mashg’ulotni tinglasin. Man xozir tushintirib beraman, qo’limda rasimlar bor. Bu rasmlar ichida “R” Tovushi ishtirok etgan narsalar bor. Men hozir ko’rsataman sizlar uni nomini aytasizlar. Logoped rasmlarni ko’rsatadi. Bolalar unda “R” tovushini topishi bo’g’inlarga bo’lishadi va aniq talaffuz etadilar.Ko’rsatilgan rasmlar eslab qolib zanjir shaklida takrorlantiriladi.
Agar zanjir o’zilsa usha bola o’yini tark etadi. SHu tariqa o’yin davom ettiriladi.
“Rubob chalamiz” o’yini. Maqsad: Bolalarning “L” tovushini to’g’ri talaffuz etishlariga erishish. O’yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga “Hozir sizlar orkestr bo’lasizlar. Orkestrda ko’p musiqa asboblari chalinadi.Sizlar rubob chalasizlar”, deb rubobni qanday ushlab chalish kerakligini ko’rsatadi (chap qo’li bilan huddi rubobning pardasini ushlayotgandek,o’ng qo’li bilan esa torni chertayotgandek harakat qilib “la-la-la”,deb aytadi). Tarbiyachining ishorasi bilan hamma bolalar rubob chaladilar.
“Paraxod” o’yini. Maqsad: L tovushining tug’ri talaffuziga erishish. O’yinning borishi: Tarbiyachi shunday deydi: “Bolalar hozir hammamiz paraxotda tushib sayr qilgani boramiz.Sizlar paroxot qanday ovoz berishini bilasilarmi? Eeshitinglar: l,l,l... paraxot qanday gudok berishini takrorlaymiz. Endi keng tilni tishlar oralig’iga qo’ying va paroxotning gudok chalishini bajarib ko’rsatining”.Bolalar bu xarakatni bajaradilar,tishlar oralig’ida “L” tovushi xosil bo’ladi.Bolalar l-l-l deb bir necha bor takrorlaydilar.Tarbiyachi va bolalar bu mashqni ketma ket takrorlaydilar. Metodik ko’rsatma: Bolalarga eng baland masofada o’chib ketayotgan samolyotning ovozi “l”tovushiga ushshash ekanligini esatib o’tish lozim. “O’z rasmingni top” o’yini. Maqsad: “R”-“L”tovushlarini farqlashga o’rgatish. O’yinning borishi: Logoped bolaga “r” va “l”tovushi bor rasmlarni topib tartib bilan qo’yib chiqadi.Logoped bolalarni 2-guruhga bo’ladi.1-guruh boalari “r” tovushi bor bo’lgan rasmlarni oladi,2-guruh bolalari esa “l” tovushi bor bo’lgan rasmlarni oladi.Logopedni ko’rsatmasi bilan har bir guruhdan bittadan bola o’z tovushiga taluqli bo’lgan rasmni oladi.So’ngra o’z guruhi oldiga kelib,birinchi turgan bolani qo’liga sekin turtadi va boalarning orqasiga borib to’radi. Hamma bolalar rasmni olib bo’lganlaridan keyin stulga o’tirishadi. Har bir bola o’z rasmini ko’rsatib nomini aytadi. Masalan: ruchka, raketa, lola, stol, stul, anor, romol olmoxon, gilos, gul, olma, xo’roz,tarvuz, karam, sigir. Qolgan bolalar esa o’rtog’i rasmni to’g’ri olganligi yoki yo’qligini tekshirib boradilar.
“Samolyot” o’yini. Maqsad: “R”-“L” tovushlarini farqlash.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga murojat qiladi.bolalr hozir biz sizlar bilan “samolyot” o’ynini o’ynaymiz. Hozir biz sizlar bilan samolyot matorini yurg’izamiz “r-r-r”. Bolalar mator tovushiga taqlid qiladilar va qo’llari bilan harakat qiladilar.Mator o’t oldirilib samolyot baland-balandlarga uchib ketadi.Motor ovozi sekinlashib guvilagan ovoz eshitiladi “l-l-l”.Bolalar ketma-ket r-r-r va l-l-l tovushlarini talaffuz etadilar.
§4. Til orqa tovushlarni nutqga qo’yish, mustahkamlash va farqlashga oid o’yinlar.
Artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlarning qolgan turiga til orqa (k,g,x) tovushlari kiradi. Til orqa tovushlarining aniq talaffuzini hosil qilishda,asosan mexanik usuldan keng foydalaniladi.Bu tovushlarni hosil qilishda taqlid usulidan unumli foydalanish yaxshi natija beradi.Quyida keltirilgan o’yinlar taqlid qilish usuli orqali til tovushlaridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
“Kak-ku” o’yini. Maqsad: Tovushlarga taqlid qidlishda K tovushini aniq va to’g’ri talaffuz etish. O’yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga murojaat etib shunday deydi: “Esingizdami,bolalar,biz sizlar bilan urmonga sayrga borgan edik. Bizlar sayrga otlandik, yo’lda ketayotib, katta poliz yonidan chiqib qoldik. Qarasak, chumchuqlar polizdagi kungaboqarlarni chuqishyapti, ularni bolalar haydab yuborishdi. Sizlar chumchuqlarni haydab yuborgan edingiz?”(“kish-kish”). Biz o’rmonga yetib bordik.Uer juda ham chiroyli edi,gullar tera boshladik.Birdaniga kakku sayray boshladi: “ka-ku, ka-ku...”. Kakku qanday sayraydi? (ka-ka-ku).Ko’p gullar terib orqamizga qaytdik.Ariq bo’yidan o’tdik.Qurbaqa qanday qurillaydi? (kva-kva-kva). Metodik ko’rsatma: Tovushlarga taqlid qilishda K tovushini aniq talaffuz etish lozim.K tovushini ovoz kuchi bilan ajiratish kerak. “Xuroz,tovuq va jo’jalar” o’yini. Maqsad: “K”tovushini mustaxkamlash. O’yinning borishi: Bir bola xuroz,bir bola tovuq,qlogan bolalar jujalar rolini bajarishadi. Tovuq va jujalar don chuqib utirishibdi.(barmoqlari bilan polni taqillatishadi)Xuroz kirib kelganda,jujalar parda orqasiga yashirinib olishadi.Xuroz “ku-ku-re-ku,ku-ka-re-ku,kichkina jujalar qani?” deb suraydi.Tovuq bulsa “ko
ko,ko-ko jujalaring ketib qoldi” Ularni o’zing izlagin deb javob beradi.Xuroz jujularni izlay boshlaydi.Jujalar topilgach birga o’ynashani taklif etadi.Jujular tarqalib ketishadi.Xuroz ularni quvalaydi.Keyin rollar almashadi.
“Nima yetishmaydi?” o’yini. Maqsad: “K” tovushi bilan keladigan bo’g’in,so’z,gaplarni to’g’ri va aniq talaffuz etishga erishish. O’yinning borishi: Bolalar stulchalarida o’tirishadi.Tarbiyachi stol ustiga koptok,kosa,eshik,kapalak,kitob,leyka rasimlarini yoki o’yinchoqlarni terib qo’yadi va bolalarga bu o’yinchoqlarni diqqat bilan ko’rib olishni taklif etadi. CHaqirilgan bola eshik orqasida turadi.Boshqa bir bola esa o’yinchoqlardan birontasini yashiradi,eshik orqasida turgan bola kelib qaysi o’yinchoq yetishmasligini aytadi. SHundan keyin tarbiyachi,nomida “K”harifi bor bo’lgan rasimlarni ko’rsatadi,bolalar ularning nomlarini aytadilar.
“Telefon” o’yini. Maqsad: Bolalarni “G”tovushi bilan keladigan so’zlarni aniq va to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish. O’yinning borishi: Bolalar stulchalarda bir qator bo’lib o’tirishadi.Tarbiyachi birinchi bo’lib o’tirgan bolaga so’zni pichirlab aytadi.U ham yonidagi bolaga pichirlab aytadi. SHu tariqa,aytilgan so’zni bir-birlariga pichirlab aytadilar.So’ngra so’zni birinchi bo’lib aytgan bola qatorning oxiriga borib o’tiradi.Bola oxirgi so’zni aytib bo’lganlaridan keyin ularga tarbiyachi rasm bo’yicha kichkina gap tuzishni taklif etishi mumkin. Metodik ko’rsatma: “Telefon” o’yinini o’ynaganda bolalar so’zni bir-biriga pichirlab aytadilar.
“Kaptarlarga don ber” o’yini. Maqsad: Bolalar nutqida “G” tovushini xosil qilish. O’yinning borishi: Bolalar yarim doira shaklida o’tiradilar.Logoped bolalarga ertak aytib beradi. Bor ekanda,yo’q ekan.Qadim zamonda bir bola yashagan ekan.Bola qushlarni ayniqsa kaptarlarni yaxshi ko’rar ekan.U kaptarlarga in quribdi.Kaptarlar bolanikiga mehmonga kelishar ekan.Har kuni ertalab bola yeaptarlarga don sochib ularni “gul-gul-gul” deb chaqirar ekan.Bu ovozni eshitgan kaptarlar uchibkelib,donlarni cho’qib,bolaga “gu-gu-gu” deb raxmat aytishar ekan.Logoped bitta bolani o’rtaga chaqirib kaptarlarni chaqirish ovoziga taqlid ettiradi gul-gul-gul.Qolgan bolalar kaptarlar bo’lib bolaga raxmat aytishadilar gugu-gu.So’ng bolalar rollarini almashadilar.
“Kim mexmonga keldi” o’yini. Maqsad: “K-G ” tovushlarini farqlash. O’yinning borishi: Bolalar bir qator bo’lib o’tiradilar.Logoped bolalarga murojat qiladi.Bolalar bugun bizning bog’chamizga qushlar,parandalar mehmonga kelishibdi.Biz ularni aniqlashimiz kerak.Logoped bolalarga rasmlarini ko’rsatadi.Bolalar esa rasmdagi qush yoki parrandaning ovoziga taqlid qiladilar.Logoped:-Qaranglar bolalar qushlar uchib kelishdi-deydi va rasmlarni ko’rsatadi.Bolalar rasimga qarab “kak-ku,kak-ku” “gu-gu-gu” deb ovoz chiqaradilar.So’ng logoped qurbaqaning rasmini ko’rsatadi.Bolalar “kva-kva-kva” deb ovoz chiqaradilar.Logoped g’oz,xo’roz,tovuq rasmini ko’rsatadi.Bolalar ularning ovozlariga taqlid qiladilar.O’yin davomida bolalar guruh bo’lib javob beradilar.So’ngra logoped har bir bolaga aloxida rasmlarni ko’rsatib to’g’ri va aniq talaffuz etishni aniqlaydi. “Tovushdan tanib ol!” o’yini. Maqsad: Tovush taqlidida “G-K” tovushlarini differentsiatsiyasi. O’yinning borishi: Bolalar aylana shakilda quyilgan stulchalarga utiradilar (uycha).Bitta bola uychaga yaqinlashib eshikni taqilatadi “tak-tak-tak”.Uychada kim yashaydi.Bolalar biror xayvon yoki qush tovushiga taqlid qilib javob berishadi. “ga-ga-ga”, “kva-kva-kva” “mu-mu-mu”, “ku-ka-re-ku”. Eshikni taqilatgan bola javobni eshitib uychada kim yashashini aniqlashi kerak.
“Qo’llarimizni isitamiz” o’yini. Maqsad: Aloxida keladigan “x” tovushini o’rganish va mustaxkamlash. O’yinning borishi: Bolalar stulda utirishadi.Logoped boalarga qordan qorboboni yasashgan bolalar rasmini ko’rsatadi va bolalar qordan chiroyli qorboboni yasashdi.Faqat ularning qo’llari muzlab qolishdi.Kelinglar qo’llarimizni isitib olamiz deb aytadi va ikki kafti orasiga puflay boshlaydi x,x,x.Bolalar qaytarishadi: x,x,x....
“Kimga nima kerak” o’yini. Maqsad: So’zlarda va gaplarda uchraydigan “x”tovushini mustaxkamlash. O’yinning borishi: Logoped doskaga rasmlarni ilib quyadi va bolalarga murojat qiladi: Xozir sizlar qisqa-qisqa xikoyalar eshitasizlar.Har bir xikoya biror rasmga to’g’ri keladi.Sizlar qaysi rasm ekanligini topishingiz kerak. Bolalar archani yasata boshlaydi.Archaga ko’p o’yinchoqlarni ilib qo’yishadi.Archaga yana nima ilish kerak? (yulduzcha)
Bemor ko’rgani shifokor keldi.SHifokor nima kiyib keldi? (oq xalat).Kim ko’p javob bersa,usha bola g’olib deb topiladi.
12-ma’ruza Duduqlanishni bartaraf etishga qaratilgan o’yinlar Reja: 1.1. Duduqlanishni bartaraf etishda nafasni rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar. 1.2. Duduqlanishni bartaraf etishda xarakatli va didaktik o’yinlar. 1.3. Duduqlanishni bartaraf etishda reloksatsiya mashqlari. Tayanch iboralar: duduqlanish, didaktik o’yinlar, xarakatli o’yinlar, reloksatsiya mashqlari. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Axmedova Z., Ayupova M., Xamidova M. Logopedik o’yin. Toshkent- 2013. 2. M.Ayupova. Logopediya. Toshkent-2007. 3. И.Г. Веретенникова. Логопедическая работа с детьми дошкольного возроста. Тошкент – 1998. 4. Нуркелдиева Д.А., Аюпова М.Ю.,Ахмедова З.М. Бармоқлар машқи ва логопедик ўйинлар. Тошкент “Янги аср авлоди” 2007. 5. Селиверстов В.И. Заикание у детей. -М.: Владос, 1994.
R.R.Karpuxina o’z izlanishlarida duduqlanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlariga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, duduqlanuvchi bolalarda o’zini boshqara olmaslik ish yurita olmaslik, odamovilik seziladi. Ko’pchilik pedagog va psixologlar o’yinni nutqga ta’sir etuvchi vosita sifatida qarashgan. Ye.A.Vlasova logopedik ishlarni barcha bosqichlarida rasmli o’yinlardan keng foydalanishni tavsiya etgan. V.I.Rojdestvenskaya va A.I.Pavlovaning (1978) “Duduqlanishni bartaraf etish uchun o’yin va mashqlar” to’plami 3-7 yoshli bolalarga mo’ljallangan bo’lib, o’yin mashqlari yig’indisidan iborat. Bu o’yin va mashqlar tonusni olib tashlash, nutqiy nafasni rivojlantirish, so’z va harakatlar koordinatsiyasini rivojlantirish uchun mo’ljallangan. I.V.Vыgotskiy, Ye.L.Pellenger, L.P.Uspenskayalarning “Bolalardagi duduqlanishni o’yin orqali bartaraf etish” kitobida duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashda qo’laniladigan har xil o’yinlar va o’yin usullari keltirilgan. G.A.Volkova (1972) o’z asarlarida duduqlanuvchi bolalarni shaxs xususiyatlarini hisobga olgan. 1. Duduqlanishin bartaraf etishda harakatli va didaktik o’yinlar. Didaktik o’yinlar. Didaktik o’yinlar kattalar tomonidan tuziladi, o’ziga xos ma’lum bir mazmun va qoidalarga ega bo’lib, bolalarni yuqori darajadagi faollikka undaydi. Eshitish va ko’rish qobiliyatini, mayda qo’l motorikani, taqlidchilikni, ixtiyoriy xotirani rivojlantiradi. Aniq qoidali va harakatli didaktik o’yinlar barcha duduqlanuvchi bolalarni bir holatga qo’yadi, bu esa ularda intizomlilikni tarbiyalashga imkon beradi. Didaktik o’yinlarda logoped nutqi namuna sifatida katta ahamiyatga ega. Logopedning nutqi korrektsiyalash kursining boshlarida bolalarning tinch aloqa qilishlariga yordam beradi. Duduqlanuvchi bolalarning noto’g’ri nutqi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lsa ham o’yin davomida namoyon bo’ladi. O’z kamchiligini bilish, o’z nutqlaridan qo’rqish kabilar bolalarni o’yin faoliyatiga kirishishlariga qiyinchilik tug’diradi.
Bunday bolalar o’yin davomida passiv kuzatuvchi bo’lib qatnashadilar yoki umuman qatnashmaydilar. Ba’zida esa aksincha bolalar o’yinda faol ishtirok etadilar. Didaktik o’yinlar orqali bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish mumkin. Turli yoshda didaktik o’yinlar mazmuni, qoidasi o’zgarib boradi. 5 yoshdagi bolalar didaktik o’yinlarda predmetlar soni va sifati, ularni tashqi ko’rinishi bo’yicha taqqoslashni o’rganadilar. Bu yoshda “Kim birinchi uychani quradi?”, “Ajoyib xaltacha”, “Doiralarni yig’ishtir”, “Rangli idishlar” kabi o’yinlar o’ynaladi. 6 yoshdagi bolalar uchun o’yinlar murakkabroq tusda bo’ladi, ular “Magazin”, “Juftini top”, “Rasmlarni joylashtir”, “Kimga qancha”, “Domino”, “Kim nima qilyapti”, “Zoologik loto”, “Lego konstruktor”, “4 chisi ortiqcha” kabi o’yinlardir. Bu yoshda musiqali didaktik o’yinlardan foydalanish bolalar harakat koordinatsiyalarni rivojlantiradi, bularga: “Qaysi musiqa asbobi”, “Ovozni qaytar”, “Musiqiy sado” kabilar kiradi. Didaktik o’yinlarda bolaning lug’at zaxirasi kengayadi, nutqning grammatik qurilishi, psixik jarayonlar va eng muhim bilish jarayonlari takomillashadi. Ushbu o’yinlar duduqlanuvchi bolalarda suhbat davomida to’g’ri tuta bilish, o’z fikrlarini ketma-ket, aniq aytib bera olish ko’nikmalarini shakllantiradi. Rasmli didaktik o’yinlarda bolalar predmet va hodisalarni klassifikatsiya qiladilar, bu esa ularni aqliy faolligini oshiradi.
Duduqlanishni bartaraf etishda harakatli o’yinlar. O’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun eng yaqin, eng sevimli mashg’ulotdir. O’yin bolalar uchun ermak emas, balki bolalarning kuch va qobiliyatini o’stirishga yordam beradigan muhim vositadir. Bolalar o’yin jarayonida tevarak-atrofdagi hayot va tabiat hodisalari bilan tanishadilar, narsalarning o’ziga xos xususiyatlarini bilib oladilar. Bolalar tevarak-atrofdagi ko’rgan narsalarini o’yinda ifodalab, har xil harakatlarni bajaradilar, ko’rgan-bilganlarini o’zlaricha aktiv talqin qilishga harakat qilib, pirovardida ifodalanayotgan narsalarini yaxshiroq tushunib, bilib oladilar. O’yin davomida bolalar yuradilar, sakraydilar, yuguradilar, o’rmalaydilar, biron buyumni irg’itadilar, natijada ularning muskullari rivojlanadi va sezgi organlari rivojlanadi, ular organizmining hayot faoliyati yanada o’sadi. Bolalar o’yin vaqtida o’rtoklari bilan, kattalar bilan, o’yinchoqlari bilan gaplashadilar, jamoa bo’lib o’ynaganlarida har bir bolaning nima ish qilishi kerakligini birgalikda muhokama qiladilar. Bular bolalarning nutq va fikrlash qobiliyatini o’sishga, saviyasi kengayishiga, xotirasini mustahkamlashga yordam beradi. O’yinda bolaning irodasi, o’z harakatlarini o’yin qoidasiga bo’ysundira olish ko’nikmasi o’sadi, u o’zini qo’pol (hatti-harakatlar qilishdan tiyadi, zarur bo’lganda chaqqon harakat qilishga (bekinish, yugurish, tez fikrlar va og’ir ahvoldan qutulib keta olish chorasini topishga) o’rganadi. Umuman, bolalar jamoa holda o’yinlar o’ynar ekanlar, ular bu jarayonda jamoa orasida o’zini qanday tutish qoidalarini o’rganadilar, uyushqoqlik bilan
o’yin o’ynash ko’nikmalarini hosil qiladilar. O’z zimmalariga tushgan rollarni bajarishda katta ma’suliyatni his etishga odatlanadilar. O’yinning muhim xususiyati shundaki, bolalar egallab olishlari qiyin bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’yin orqali osongina o’zlashtirib oladilar. Bola faoliyati jarayonida o’ziga zavq uyg’otadigan yorqin, ohangdor narsalar bilan o’ynashga intiladi. Bola sezgi organlari orqali idrok etgan tevarak-atrofdagi narsa va tabiat hodisalari uning xotirasida tasavvur tarzida saqlanib qoladi. O’yinga rahbarlik qilish degani o’yinni shunchaki chetdan kuzatib turish va unga chetdan turib ishtirok etish degani emas, albatta. Logoped o’yin xususiyatlarini hisobga olgan holda o’ziga xos yo’llar bilan rahbarlik qilish kerak. Logoped o’yinga rahbarlik qilib, o’yin mazmunini boyitadi, bolaning ijodiy qobiliyatini o’stiradi, yaxshi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. SHunday qilib, o’yin bolalarni har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Har xil guruh yoshidagi bolalar bilan o’tkazilgan o’yinlar turli-tuman bo’lib, ularning bir-biridan farqi katta. 5-6 yoshli duduqlanuvchi bolalar bilan o’tkaziladigan harakatli o’yinlarning ko’pi syujetli o’yinlar bo’lib, unda bolalar muayyan bir qoidaga (masalan: quyon inidan ma’lum signaldan so’nggina chopib chiqishi mumkinligiga) rioya qilgan holda ayiq, quyonning yurishi singari harakatlarni bajardilar. Logoped bolalar bilan ko’pincha birgalikda o’ynab, ularni o’yin qoidasini bajarishga odatlantiradilar. SHu bilan bir qatorda syujetsiz o’yinlar ham o’tkaziladi, bunda chopish, sakrash, muvozanat saqlashni mashq, qiladilar. Ular har bir harakatni endi ilgarigiga qaraganda qoidaga rioya qilgan holda bajaradilar. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, harakatli o’yin duduqlanuvchi bolalarning harakat qilishiga bo’lgan zaruriy ehtiyojini qondiruvchi eng sevimli va qiziqarli faoliyatdir. Duduqlanuvchi bolalar bino ichida ham, ochiq havoda ham sayrga chiqqanlari mumkin. Bunda kerak bo’ladigan maxsus jihozlar: muvozanat saqlash mashqlarini bajarish uchun skameykalar, tirmashib chiqish uchun ilgakli narvonchalar shular jumlasidandir. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda guruh xonasi yoki zaldan foydalanish mumkin. Buning uchun guruh xonasida ko’proq joy qoldirish: bolalarning erkinroq harakat qila olishga imkon yaratish maqsadida stollarni xonadon tashqariga olib chiqish, qolgan mebellarni iloji boricha chetroqda surib qo’yish lozim. Tez ta’sirlanadigan, haddan tashqari harakatchan bolalar alohida e’tiborni talab qiladi: ular bilan kam harakatlanuvchan organlarni harakatga keltiradigan harakatli o’yinlarni tez-tez o’ynab turish zarur. Quyida, biz maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi bolalar uchun tekshiruv natijalari tahliliga asoslanib quyidagi harakatli o’yinlarni tavsiya qilamiz. 1. «Arg’imchoq-arg’imchoq" o’yini. Nutqiy nafasni me’yorlashtirishi, umumiy va nutqiy motorikasini rivojlantirish, muvozanatni saqlash. Bolalar juft-juft bo’lib, qo’l ushlashib, navbati bilan o’tirib turadilar. Harakatga muayyan ritm, sur’at qo’shish uchun she’r aytish mumkin. Arg’imchoq, arg’imchoq, Senda uchsam ko’nglim choq!
Uslubiy ko’rsatma: O’yin ishtirokchilarining o’tirib-turishiga, qaddini to’g’ri tutishga e’tibor berish lozim. 2. «Do’ppi yashirma» o’yini. Mayda qo’l motorikasini rivojlantirish, nutqiy nafasni rivojlantirish, nutqiy motorikani rivojlantirish. Bolalar davra qurib turadilar. Ona boshi o’rtadan joy oladi: O’yin itirokchilariga do’ppi beriladi. Ular do’ppini o’yin boshiga bildirmagan holda birbiriga oshiradilar. Onaboshi do’ppi kimning qo’lida ekanligini ko’rmay turib, topishi kerak. Topsa ular o’rin almashadilar. Uslubiy ko’rsatma: ishtirokchilar do’ppini bir-birlariga oshirish vaqtini onaboshi quyidagi so’zlar bilan belgilashi mumkin: Ko’rdim-ko’rdim, Ko’zlaringni qochirma! Topdim-topdim, Zar do’ppingni yashirma!
3. Qiziqchilar o’yini. Umumiy va mayda qo’l motorikasini rivojlantirish, harakatlarni faollashtirish. Bolalardan biri qiziqchi etib tayinlanadi. U davra o’rtasida turadi. Qolgan bolalar qo’l ushlashib, doira bo’ylab yuradilar va Doira bo’ylab Ketma-ket Boramiz qadam, baqadam, Joyingizda to’xtangiz, Birgalikda hammamiz, mana bunday qilamiz. - deyishadi. Bolalar to’xtab, qo’llarini tushiradilar. Qiziqchi biror harakatni qilib ko’rsatadi, qolgan hamma bolalar bu harakatni takrorlaydilar. O’yinni 2-3 marotaba takrorlaydilar, qiziqchi o’z o’rniga o’yinchilardan birini tayinlaydilar, so’ngra o’yin yana davom ettiriladi. O’yin 3-4 marotaba takrorlanadi. Qiziqchilar bir harakatni takrorlamay, balki xilma-xil harakatlarni takrorlashi kerak. 4. «Aks-sado» o’yini. Mushaklar tonusini faollashtirish umumiy va nutqiy motorikani rivojlantirish. Logoped bolalarni ikki guruhga bo’ladi. Birinchi guruh quyidagi she’rni aytadi: Biz o’rmonga boramiz Qo’ziqorin teramiz Baqirib chaqiramiz AU! AU! AU! Hech javob kelmas bizga Aks-sado kelar bizga. Ikkinchi guruh esa past ovozda AU! AU! AU! Deb javob beradi. Keyin bolalar joylarini almashtirishadi. 5. «Arra» o’yini. Nutqiy nafasni me’yorlashtirish, umumiy, mayda qo’l motorikasini rivojlantirish.
Bolalar ikkitadan bo’lib, o’ng qo’llarini ushlashadi va o’tin arralashga taqlid qilishadi. Arra, arra, arrala, Ari kabi guvulla. Arra, arra, arrala, Tezroq arrala yana. O’yin davomida bolalar o’rin almashadilar. 6. «Jimjitlik» o’yini. Erkin harakatlarni ta’minlash, umumiy motorikani rivojlantirish, o’z-o’zini boshqarishni shakllantirish. Boshlovchi devor oldida turadi, bolalar esa ro’paradagi devor oldida turishadi. Bolalar ehtiyotkorlik bilan boshlovchining oldiga yetib kelishlari kerak. Bolalar ehtiyotsizlik bilan harakat qilsalar, boshlovchi ogohlantirish beradi va bola to’xtaydi. Boshlovchining oldiga qaysi bola birinchi bo’lib yetib kelsa o’sha bola g’olib sanaladi va o’sha bola boshlovchi bo’ladi. 7. «Koptok» o’yini. Umumiy motorikani rovojlantirish, harakatlarni faollashtirish, mayda qo’l motorikasini mustahkamlash. Bolalar ayplana shaklida turib, koptok o’ynaydilar. Baland-baland uchgin (to’pni yuqoriga otadilar),
Do'stlaringiz bilan baham: |