Aysberglar vatani Afrika va Antarktida muzliklari



Download 19,06 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi19,06 Kb.
#197549
Bog'liq
diktant 1


Aysberg
“Aysberg” so‘zi o‘zbek tilida “muz tog‘i” degan ma’noni anglatadi. Haqiqatan ham Yerning qutbiy doiralarida vujudga kelgan muzliklarning uzilib dengizga qulab tushgan chekka qismlari katta muz tog‘larini eslatadi. Muzlikning uchi ma’lum vaqtgacha dengizning ustida osilib turadi. Uni suv qalqishlari, dengiz oqimlari va shamollari yemiradi. Nihoyat, u bo‘linib, shaloplab suvga qulaydi. Aysberg chayqalib, ulkan massasining katta qismini suv ostiga yashirgan holda shamol va oqim kuchiga bo‘ysinib, uzoq safarga yo‘l oladi. Yo‘lda asta-sekin eriydi va shu tufayli u ba’zan to‘ntariladi.

Uzunligi 1-2 kilometrli, kengligi yarim kilometrli mayda va uzunligi bir necha o‘n kilometr, balandligi esa yuz metrdan oshadigan yirik aysberglar bor.

Aysberglar vatani - Afrika va Antarktida muzliklari.

Okeanda aysberglarga duch kelish juda xavfli, chunki suv ostidagi qismi ko‘rinmaydi. 1912-yilda yo‘lovchi-sayohatchilarni tashiydigan ulkan “Titanik” kemasi Atlantika okeanida bora turib, tumanda aysbergga urilgan va g‘arq bo‘lgan. Bu XX asr boshida dengizda sodir bo‘lgan eng katta fojia hisoblanadi.

Biroq olimlarning taxminicha, aysberglar kishilarga foyda keltirishi ham mumkin. Axir sayyoramizda toza chuchuk suv tanqisligi tobora kuchliroq sezilmoqda. Aysberglar esa xuddi shunday suv manbaidir. Aysberglar suvi bilan millionlab kishilarning suvga bo’lgan ehtiyojini qoldirsa bo‘ladi. To‘g‘ri, bu hozircha mo‘ljal, xolos.

(180 so‘z)

Laylak

Laylak to‘g‘risida ko‘p narsa eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ko‘pincha Buxoro, Shahrisabz va G‘ijduvondagi minoralarda va masjidlarning gumbazlarida qari tut va chinorlarning uchlarida quruq shox – shabbalar uyumlarini uchratish mumkin. Bu laylak inidir.



Oq laylak O‘zbekistonning deyarli hamma vohalarida uchraydi. O‘zbekistonga oq laylak mart oylarining boshlarida uchib keladi va ilgari qayerga uya qurgan bo‘lsa, o‘sha yerga joylashadi. Ular uyalarini tuzatib, 3-5 tadan tuxum qo‘yadi. Aprel oxirida uyada uzun oyoqli, patsiz laylakchalar paydo bo‘ladi.

Laylakchalar odamlardan hayiqishmaydi, ota-onasining ovdan qaytishini kutishadi va iliq shamol esganda shabadaga va saxiy kishilarga minnatdorchilik izhor etgandek egilib, ta’zim qilib turishaveradi.

Laylakchalarni uzoq vaqt boqishadi. Ota-onalari esa yeyish uchun ularga navbatma-navbat qurbaqa, sichqon, kaltakesak, turli-tuman qurt-qumursqalar olib kelishadi.

Kuzga kelib laylakchalar voyaga yetib, katta bo‘ladi, kuchga to‘ladi. Uchadigan bo‘lgan yosh laylaklar bir necha kungacha tunagani iniga uchib keladi. O‘zbekistonda asosan oktabrning o‘rtalarida issiq yerlarga uchib ketishadi.

Laylaklar tovush chiqarmaydi. Ular bir-birlari bilan tumshuqlarini taqillatib so‘zlashishadi.

(165 ta )




SUHBAT ODOBI

To‘y, ziyofat, ma'raka yoki shularga o‘xshagan yig‘in joylarga borib, suhbatlashib o‘tirgan odamlar orasiga kirsangiz, quyida zikr qilingan suhbat odobi qoidalariga rioya qiling.

Avvalo o‘tirganlarning nafratiga sabab bo‘lmaslik uchun badaningiz va kiyimingiz ozoda, рок bo‘lsin, og‘zingizdan sarimsoq, xom piyoz hidlari kelmasin. So‘ng, suhbatdoshlar orasiga kirib salom berib, ular bilan ko‘rishing, bitta salom hammalari uchun kifoya qiladi. Sizdan yoshlari katta bo‘lgan odamlardan yuqori o‘tirmang. Ikki kishi orasiga ruxsatsiz kirib joylashmang. Sizdan yuqoriroq o‘tirgan odam tashqariga chiqib ketishni istasa, o‘rningizdan turib yo‘l bering. Mutakabbirona o‘tirishdan saqlaning. Beuzr yonboshlab, oyoqlarni uzatib o‘tirish odobsizlik sanaladi.

O‘tirganlarning suhbatiga ishtirok qilishni istasangiz, nojo‘ya harakatlardan saqlaning. Katta-kichiklarning har qaysisini hurmatlab, yoshi va martabasiga ko‘ra muomala qiling. Qovoq solib, to‘ng‘illab so‘zlamang. Muomalangiz xush, chiroyingiz ochiq, so‘zlaringiz shirin va muloyim bo‘lsin.

Suhbatda esnab, mudrab o‘tirish yarashmaydi. Gapirar ekansiz, boshqalarga so‘z bermay, o‘zingizni bilarmon ko‘rsatib, hadeb so‘zlay bermang. Bir kishi so‘zini tamom qilgandan so‘ng lozim topsangiz, suhbatdoshlarning ruxsati bilan sekinroq va muloyimlik bilan so‘z boshlang. Ortiq darajada ko‘p so‘zlab, ezmalik qilib o‘tirmang, so‘zingiz qisqa, ma'noli bo‘lsin. (166 ta so‘z)

Tog‘lar


Yer yuzasining tevarak-atrofdagi tekisliklar ustidan baland ko‘tarilib turgan qismiga tog‘lar deyiladi. Tog‘lar ham tabiatning ajoyibotlaridan biri. O‘zbekiston hududining beshdan bir qismini tog‘lar egallagan.

Yerda tog‘lar million yillar muqaddam vujudga kelgan. Hozir ham yer yuzida tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari davom etmoqda, zilzilalar bo‘lmoqda, vulqonlar otilib turibdi.

Himolay, Pomir, And, Tyanshan, Kavkaz tog‘lari singari juda baland tog‘lar bor. Ularning qor va muz bilan qoplangan cho‘qqilari bulutdan ham yuksakda turadi. Pomir va Himolay dunyoda g‘oyat baland tog‘lar bo‘lganligi uchun ularni “Dunyo tomi” deb ataganlar. Bu tog‘lardagi daryolar shiddatli, jo‘shqin oqadi.

Yer kurrasidagi eng baland tog‘ Himolaydir. Dunyoning eng baland cho‘qqisi – Jomolungma ham shu yerda bo‘lib, dengiz sathidan ancha baland. Turli mamlakatlarning eng tajribali alpinistlari ana shu yuksak cho‘qqini zabt etish uchun bir necha bor o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi, lekin sovuq, tuman, qor bo‘roni ularni chekinishga majbur qildi. Balandlikda havo shu qadar siyrakki, har bir harakat katta kuch va mustahkam iroda talab etadi.



O‘zbekiston alpinstlari ham ko‘plab mashaqqatlarni yengib, mamlakatimiz mustaqilligining yetti yilligi sharafiga Jomolungma cho‘qqisini zabt etdilar va O‘zbekiston bayrog‘ini tikib, yurtimizni yana bir bor dunyoga tanitdilar.

(170)
Download 19,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish