Moliyaviy barqarorlik ko`rsatkichlari (MBK) Xalqaro valyuta fondi tomonidan ishlab chiqilgan indikatorlar tizimi bo`lib, depozit muassasalari sektorining iqtisodiyotning boshqa sektorlari bilan bog`lagan holda, joriy moliyaviy holatini va barqarorligini aks ettiradi.
MBK hisob-kitobi Xalqaro valyuta fondining “Moliviy barqarorlik ko`rsatkichlari. Ishlab chiqish bo`yicha qo`llanma” nashrida keltirilgan tavsiyalariga muvofiq bo`lgan uslubiyot bo`yicha amalga oshiriladi.
Umumiy qism
“Moliyaviy barqarorlik ko`rsatkichlari” jadvali Xalqaro valyuta fondining “Moliviy barqarorlik ko`rsatkichlari. Ishlab chiqish bo`yicha qo`llanma” (XVF, 2007 y.) (keyingi o`rinda - MBKni shakllantirish bo`yicha qo`llanma) nashrida keltirilgan uslubiyot asosida har chorakda hisoblanadigan ko`rsatkichlar to`plamidan iborat.
AYRIM KO`RSATKIChLARNING TAVSIFI
Normativ kapitalning havf bo`yicha muallaq bo`lgan aktivlarga nisbati, normativ kapital qiymatining havf darajasi bo`yicha baholangan aktivlar qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi.
Birinchi darajali normativ kapitalning havf bo`yicha muallaq bo`lgan aktivlarga nisbati, birinchi darajali normativ kapitalning havf bo`yicha muallaq bo`lgan aktivlarga bo`lish orqali hisoblanadi. Birinchi darajali kapital bu birinchi darajali asosiy kapital va birinchi darajali qo`shimcha kapitalning yig`indisi hisoblanadi.
Kapitalga tuzilgan zahiralarni chegirgan holda xizmat ko`rsatilmaydigan kreditlar va qarzlarning nisbati muammoli aktivlarning qiymatini (balansda ko`rsatilmagan operatsiya va aktivlar bo`yicha bo`lishi mumkin bo`lgan zararlarni qoplash uchun tuzilgan maxsus zahiralarni chegirgan holda) normativ kapital qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi
Xizmat ko`rsatilmaydigan kreditlar va qarzlarni umumiy yalpi kredit va qarzlarga bo`lgan nisbati muammoli aktivlar qiymatini kredit havfiga moyil bo`lgan aktivlar qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi.
Aktivlarga bo`lgan foyda normasi foyda solig`ini chegirishdan oldin, hisobot sanasidan oldingi 12 oylik foyda yig`indisini hisobot sanasidan oldingi
12 oylik aktivlarning o`rtacha xronologik qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Aktivlar yig`indisi MBKni shakllantirish bo`yicha qo`llanma uslubiyotiga muvofiq banklarning buxgalter balansi ma`lumotlari asosida hisoblanib, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni o`z ichiga qamrab oladi. Hosila moliyaviy instrumentlar yalpi asosida aks etiladi.
Xususiy kapital foydasining normasi foyda solig`ini chegirishdan oldin, hisobot sanasidan oldingi 12 oylik foyda yig`indisini hisobot sanasidan oldingi 12 oylik kapitalning o`rtacha xronologik qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Kapital banklarning buxgalter balansi asosida yalpi aktiv va majburiyatlar ayirmasi orqali hisoblanadi.
Foiz bo`yicha foydaning yalpi daromadga nisbati sof foizli daromad qiymatini yalpi daromad qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Sof foizli daromad foizli daromad bilan depozitlar, kreditlar, qimmatli qarz qog`ozlari va boshqa qarzdorlik kabi instrumentlar bo`yicha jamg`arilgan foizli xarajatlar ayirmasini aks ettiradi. yalpi daromad sof foizli daromad va foizsiz daromad o`rtasidagi yig`indisi sifatida aniqlanadi.
Foizsiz xarajatlarning yalpi daromadga bo`lgan nisbati foizsiz xarajatlarning qiymatini yalpi daromad qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Foizsiz xarajatlar o`z ichiga foizli xarajatlardan tashqari barcha xarajatlarni oladi.
Likvidli aktivlarning yalpi aktivlarga bo`lgan nisbati likvidli aktivlar qiymatini yalpi aktivlar qiymatiga bo`lish orkali hisoblanadi. MBKni shakllantirish bo`yicha qo`llanma uslubiyotining ta`riflariga asosan hisoblangan likvidli aktivlar o`z ichiga quyidagilarni oladi: qimmatli metal va qimmatli toshlarni qo`shgan holda, naqd pul mablag`lari; Markaziy bank mablag`lari (rezerv talabnomalarning qat`iy qismi yig`indisidan oshgan deponentlangan mablag`larni qo`shgan holda); naqd pulga oson aylantiriladigan qimmatli qog`ozlar; muddati yo`qlab olinadgan va 90 kungacha bo`lgan moliyaviy aktivlar. yalpi aktivlar yig`indisi MBKni shakllantirish bo`yicha qo`llanma uslubiyotiga muvofiq, banklarning buxgalter balanslari ma`lumotlariga asoslanib hisoblanadi hamda o`z ichiga moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni oladi. Hosila moliyaviy vositalar yalpi asosida aks ettiriladi.
Likvidli aktivlarni qisqa muddatli majburiyatlarga bo`lgan nisbati likvidli aktivlar qiymatini muddati 90 kungacha bo`lgan majburiyatlar qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi.
Kapitalning aktivlarga bo`lgan nisbati kapital qiymatini yalpi aktivlar qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Kapital banklarning buxgalter balanslari ma`lumotlar asosida yalpi aktivlar va majburiyatlar ayirmasi orqali hisoblanadi.
Yirik ochiq pozitsiyalarning kapitalga bo`lgan nisbati banklarning yirik havflarining yalpi yig`indisini normativ kapital qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Agar bitta qarzdorga to`g`ri keladigan kredit havfining miqdori bankning normativ kapitalining 10 foizidan ko`paysa havf yirik deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |