Ayrim ko`rsatkichlarning tavsifi



Download 16,33 Kb.
Sana02.05.2020
Hajmi16,33 Kb.
#48593
Bog'liq
Moliyaviy barqarorlik Stat


Moliyaviy barqarorlik ko`rsatkichlari (MBK) Xalqaro valyuta fondi tomonidan ishlab chiqilgan indikatorlar tizimi bo`lib, depozit muassasalari sektorining iqtisodiyotning boshqa sektorlari bilan bog`lagan holda, joriy moliyaviy holatini va barqarorligini aks ettiradi.

MBK hisob-kitobi Xalqaro valyuta fondining “Moliviy barqarorlik ko`rsatkichlari. Ishlab chiqish bo`yicha qo`llanma” nashrida keltirilgan tavsiyalariga muvofiq bo`lgan uslubiyot bo`yicha amalga oshiriladi.

 

Umumiy qism



            “Moliyaviy barqarorlik ko`rsatkichlari” jadvali Xalqaro valyuta fondining “Moliviy barqarorlik ko`rsatkichlari. Ishlab chiqish bo`yicha qo`llanma” (XVF, 2007 y.) (keyingi o`rinda - MBKni shakllantirish bo`yicha qo`llanma) nashrida keltirilgan uslubiyot asosida har chorakda hisoblanadigan ko`rsatkichlar to`plamidan iborat.

 

AYRIM KO`RSATKIChLARNING TAVSIFI



  • Normativ kapitalning havf bo`yicha muallaq bo`lgan aktivlarga nisbati, normativ kapital qiymatining havf darajasi bo`yicha baholangan aktivlar qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi.

  • Birinchi darajali normativ kapitalning havf bo`yicha muallaq bo`lgan aktivlarga nisbati, birinchi darajali normativ kapitalning havf bo`yicha muallaq bo`lgan aktivlarga bo`lish orqali hisoblanadi. Birinchi darajali kapital bu birinchi darajali asosiy kapital va birinchi darajali qo`shimcha kapitalning yig`indisi hisoblanadi.

  • Kapitalga tuzilgan zahiralarni chegirgan holda xizmat ko`rsatilmaydigan kreditlar va qarzlarning nisbati muammoli aktivlarning qiymatini (balansda ko`rsatilmagan operatsiya va aktivlar bo`yicha bo`lishi mumkin bo`lgan zararlarni qoplash uchun tuzilgan maxsus zahiralarni chegirgan holda) normativ kapital qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi

  • Xizmat ko`rsatilmaydigan kreditlar va qarzlarni umumiy yalpi kredit va qarzlarga bo`lgan nisbati muammoli aktivlar qiymatini kredit havfiga moyil bo`lgan aktivlar qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi.

  • Aktivlarga bo`lgan foyda normasi foyda solig`ini chegirishdan oldin, hisobot sanasidan oldingi 12 oylik foyda yig`indisini hisobot sanasidan oldingi 
    12 oylik aktivlarning o`rtacha xronologik qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Aktivlar yig`indisi MBKni shakllantirish bo`yicha qo`llanma uslubiyotiga muvofiq banklarning buxgalter balansi ma`lumotlari asosida hisoblanib, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni o`z ichiga qamrab oladi. Hosila moliyaviy instrumentlar yalpi asosida aks etiladi.

  • Xususiy kapital foydasining normasi foyda solig`ini chegirishdan oldin, hisobot sanasidan oldingi 12 oylik foyda yig`indisini hisobot sanasidan oldingi  12 oylik kapitalning o`rtacha xronologik qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Kapital banklarning buxgalter balansi asosida yalpi aktiv va majburiyatlar ayirmasi orqali hisoblanadi.

  • Foiz bo`yicha foydaning yalpi daromadga nisbati sof foizli daromad qiymatini yalpi daromad qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Sof foizli daromad foizli daromad bilan depozitlar, kreditlar, qimmatli qarz qog`ozlari va boshqa qarzdorlik kabi instrumentlar bo`yicha jamg`arilgan foizli xarajatlar ayirmasini aks ettiradi. yalpi daromad sof foizli daromad va foizsiz daromad o`rtasidagi yig`indisi sifatida aniqlanadi.

  • Foizsiz xarajatlarning yalpi daromadga bo`lgan nisbati foizsiz xarajatlarning qiymatini yalpi daromad qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Foizsiz xarajatlar o`z ichiga foizli xarajatlardan tashqari barcha xarajatlarni oladi.

  • Likvidli aktivlarning yalpi aktivlarga bo`lgan nisbati likvidli aktivlar qiymatini yalpi aktivlar qiymatiga bo`lish orkali hisoblanadi. MBKni shakllantirish bo`yicha qo`llanma uslubiyotining ta`riflariga asosan hisoblangan likvidli aktivlar o`z ichiga quyidagilarni oladi: qimmatli metal va qimmatli toshlarni qo`shgan holda, naqd pul mablag`lari; Markaziy bank mablag`lari (rezerv talabnomalarning qat`iy qismi yig`indisidan oshgan deponentlangan mablag`larni qo`shgan holda); naqd pulga oson aylantiriladigan qimmatli qog`ozlar; muddati yo`qlab olinadgan va 90 kungacha bo`lgan moliyaviy aktivlar. yalpi aktivlar yig`indisi MBKni shakllantirish bo`yicha qo`llanma uslubiyotiga muvofiq, banklarning buxgalter balanslari ma`lumotlariga asoslanib hisoblanadi hamda o`z ichiga moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni oladi. Hosila moliyaviy vositalar yalpi asosida aks ettiriladi.

  • Likvidli aktivlarni qisqa muddatli majburiyatlarga bo`lgan nisbati likvidli aktivlar qiymatini muddati 90 kungacha bo`lgan majburiyatlar qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi.

  • Kapitalning aktivlarga bo`lgan nisbati kapital qiymatini yalpi aktivlar qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Kapital banklarning buxgalter balanslari ma`lumotlar asosida yalpi aktivlar va majburiyatlar ayirmasi orqali hisoblanadi.

  • Yirik ochiq pozitsiyalarning kapitalga bo`lgan nisbati banklarning yirik havflarining yalpi yig`indisini normativ kapital qiymatiga bo`lish orqali hisoblanadi. Agar bitta qarzdorga to`g`ri keladigan kredit havfining miqdori bankning normativ kapitalining 10 foizidan ko`paysa havf yirik deb hisoblanadi.

Download 16,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish