Ayollarning bilim olishlari va ilmiy salohiyatga EGA bo’lishlari davr talabidir



Download 18,64 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi18,64 Kb.
#234564
Bog'liq
AYOLLARNING BILIM OLISHLARI VA ILMIY SALOHIYATGA EGA BO’LISHLARI


AYOLLARNING BILIM OLISHLARI VA ILMIY SALOHIYATGA EGA BO’LISHLARI DAVR TALABIDIR

Keling suhbatni vaziyatga xolis baho berishdan boshlaylik. Hozirgi davrga kelib ta’lim va tarbiya yosh avlod hayotida har qachongidanda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Texnologiya rivojlanishi quvonarli holat ammo undan to’g’ri foydalana olmaslik juda achinarli. Hech kimga sir emaski shu kecha-kunduzda dunyo bo’ylab yosh avlodning ruhiy olamiga ta’sir qilib, ularni boshqarishga qaratilgan siyosat amal qilmoqda va buning ortida o’zlarining qabih niyatlarini ya’ni millatning tomiriga bolta urish bilan o’sha millatning kelajagini parokanda qilish, yoshlarini o’zlariga qul qilish maqsadi yotibdi. Shulardan ogoh bo’lgan har bir inson avvalambor o’zining, yaqinlarining, muxtasar qilib aytganda millatining kelajagi bo’lmish yosh avlodni ana shunday xatarlardan himoya qilishga majburdir.

Shunday ekan endi bu masalani qanday hal qilish haqida atroflicha fikr yurutsak. Ma’lumki millati, dini, irqidan qat’iy nazar har qanday insonning birinchi tarbiyachisi bu – uning onasidir. Ona qancha bilimchi, ruxan va jismonan sog’lom bo’lsa dunyoga keladigan farzand ham shuncha aqlli, zehni o’tkir, farosatli va sog’lom bo’lib voyaga yetadi.

Ayol nafaqat ona, turmush o’rtoq, kelin, dugona, opa va singil balki oila deb atalmish muqaddas qo’rg’onning tadbirini qiluvchi, shifoxonalarda xasta tanlarga shifo, bog’cha va maktablarda mehribon ustoz, davlat ishlarida hukumat vakilasi, qo’yinki jamiyatimizning qaysi sohasini olmaylik ularning o’z hissalari bor(bevosita bo’lmasada bilvosita). Bu esa jamiyatimiz rivojida katta ahamiyatga ega bo’lgan ayollarning ilmiy salohiyatga ega bo’lishlari ne chog’lik muhim ekanligini yorqin asoslaydi.

Hayotda shunday vaziyatlar bo’ladiki erkak zoti ip esholmay qoladi.Bir qarashda oddiy ko’ringan ammo murakkab muammolarni aql-zakovatlari va teran mulohazalari bilan hal qilgan ayollarni ko’plab misol keltirish mumkin.

Quyida sizning e’tiboringizga tarixiy shaxslar hayotlarida yuz bergan ana shunday e’tiborga loyiq ba’zi voqealarni havola etamiz:



  • Amir Temurning xotinlaridan bo’lmish Saroy Mul xonim o’zining aql-zakovati, farosati-yu ishbilarmonligi bilan o’z zamonasida boshqa ayollardan ajralib turgan.Amir Temur Eronga qarshi yurish boshlaganda Isfaxon shahrining qamali ko’pga cho’zilib qo’shinni ozuq-ovqat bilan ta’minlashga mablag’ yetishmay qoladi.Shunda Amir Temur Samarqandga chopar yo’llab Saroy Mulk xonimga maktub jo’natadi.Maktub qisqa bo’lib unda “Qo’shinning zahirasi tugadi, xazinadan zar yuboring” deyilgan edi. Saroy Mulk xonim maktub mazmunidan ogoh bo’lgach maktubning orqa tarafiga “Ulug’ amir! Zaringiz tugagan bo’lsa siyosatingiz ham tugadimi?” deb yozadi va uni choparga tutqazadi. Amir Temur maktubni olgach Saroy Mulk xonimning kinoyali gapini o’ylab-o’ylab nihoyat bir qarorga keladi.Lashkargohda so’yib yeyilgan qo’y, qoramol, ot va tuya suyaklarini o’sha kuniyoq yig’dirib turli o’lchamlarda qirqtirib katta o’lchamdagi suyakka katta qiymat, kichik o’lchamdagisiga kichiq qiymatni belgilab unga po’lat muhrni qizdirib tamg’a bostiradi hamda vaqtinchalik pul o’rnida muomalaga kiritishga farmon beradi.Natijada qo’shni shahar va qishloqlardan qo’shin uchun ozuq-ovqat sotib olinadi.Tez kunda Isfaxon shahri taslim bo’lgach suyak pullar zar bilan almashtiriladi.

  • Payg’ambarimiz (s.a.v) hijratning oltinchi yili Zulqa’da oyida Umra ziyorati niyyatida 1400 sahoba bilan Madinadan Makka tomon yo’lga tushadilar. Makka shahriga yetganlarida ularning shaharga kirishlariga qarshilik bo’ladi. Muzokaralardan keyin ikki tomon o’rtasida 10 yillik tinchlik sulhi - Hudaybiya sulhi imzolanadi. Shaharga kirish imkoni bo’la turib shuncha masofaga ortga qaytib ketish sahobalarga yoqmaydi. Payg’ambarimiz ummatlariga ehromdan chiqishni va sochlarini oldirishni(bular umra ibodatining arkonlari hisoblanadi) buyurganlarida birorta sahoba o’rnidan turmadi. Birinchi marta sahobalar payg’ambarimizning amrlariga itoat etishmadi. Ikkinchi marta buyurganda ham sahobalar yana itoat qilishmasa ularga Allohning g’azabi tushushidan qo’rqib payg’ambarimiz achchig’i kelgan holda chodirlariga kirdilar. Bu safarda payg’ambarimiz bilan Ummu Salama(r.a.) onamiz yo’lga chiqqan edilar. Ularning bu hollarini ko’rgan Ummu Salama onamiz ulardan bu holning sababini so’radilar. Payg’ambarimiz bo’lgan voqeani aytib berib agar hozir yana bir marta buyursam ular yana itoat etishmasa ularga Allohning g’azabi tushushidan qo’rqaman dedilar. Ummu Salama onamiz o’zlarining hikmati bilan ya rasulalloh, siz chiqib o’zingiz sochingizni oldirib ehromdan chiqing shunda sahobalar sizga ergashadi dedilar. Payg’ambarimiz tashqariga chiqib sochlarini oldirib ehromdan chiqqan edilar buni kuzatib turgan sahobalar ham o’rinlaridan turib sochlarini oldirib ehromdan chiqadilar.

Yuqoridagilarga o’xshash misollarni ko’plab keltirish mumkin. Ammo anashu ikki misolning o’zi xulosa chiqrishga yetarli bo’ladi.

Quyidagi savol bilan sizlarga yuzlanmoqchi edim: agar sizning farzandingiz maktab ostonasiga qadam qo’yish arafasida turgan pallada tanlash imkoniyati berilsa (ya’ni farzandingizni qaysi o’qituvchiga berish masalasi nazarda tutilyapti):



  • o’qitish borasida katta tajribaga ega, mehribon(o’z navbatida qattiqqo’l), xulqi bilan barchaga namunali, bola psixologiyasini yaxshi tushunadigan o’qituvchi;

  • o’qitish borasida katta tajribaga ega, bola psixologiyasini yaxshi tushunadigan ammo bemehr va qattiqqo’l o’qituvchi;

  • bola psixologiyasini yaxshi tushunmaydigan, mehribon(o’z navbatida qattiqqo’l) ammo o’qitish tajribasiz o’qituvchi;

  • o’qitish borasida katta tajribaga ega, bola psixologiyasini yaxshi tushunadigan ammo xulqi nomaqbul o’qituvchi;

Yuqoridagi ro’yxatni xoxlagancha davom ettirish mumkin. Shuning o’zidan kelib chiqib barchamiz bir ovozdan birinchi banddagi o’qituvchini tanlagan bo’lar edik.

Endi quyidagi ma’lumotlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman: sutkada har qanday maktab yoshidagi bola o’rta hisobda 7-8 soat uyquga, 4-5 soat o’yin, hordiq chiqarish, to’garaklar va shunga o’xshash narsalarga(uydan tashqarida bo’lishi nazarda tutilyapti), 4-5 soat maktabga sarflaganda 15-18 soat vaqti band bo’larkan.Endi qolgan 6-9 soatini esa uyda, oilasi davrasida(nonushta, tushlik va kechki ovqatlanish) va ota-onasi bilan birga o’tkazadi. Oila boshliqlari bo’lmish erkaklarning asosiy vaqtlari ishda o’tishini inobatga oladigan bo’lsak farzandimiz asosan onasi(ba’zi hollarda bobo-buvilari) bilan birga bo’ladi(Yuqoridagi ko’rsatkichlar o’rta hisobda olindi, bular hamma uchun umumiy degani emas).Demak farzandimiz bir kunining o’rta hisobda uchdan bir qismini biz ona deb ataydigan inson bo’lmish ayollarimiz bilan birga o’tkazishadi.

Barcha hukm va mulohazalarimizni inobatga oladigan bo’lsak ayollarning bilim olishlari nechog’lik ahamiyatli ekanligi ayon bo’ladi.

Bugun kunga kelib oila qurish bo’sag’asida turgan yosh yigit-qizlarimizdan ro’zg’or tutish, oila, farzand tarbiyasi, er-xotinlik munosabatlari va bular xususida shariat ko’rsatmalariga oid bilim va ko’nikmalar talab qilinmay qo’yildi.Buning ustiga yoshlarga o’rnak bo’lish, ularga pand nasiha berish niyatidagi hayotning og’ir-yengilini ko’rgan, achchiq-chuchugini tatigan tajribali nuroniylarimizni bir chetga surib qo’ymoqdamiz. Farzandimizning tarafini olib, ularga qarata “bolamni o’zim ratbiyalay olaman, uning xayolini bo’lar-bo’lmas safsatalar bilan band qilmang. U zamon tengdoshi, biz bilmaydigan narsalarga aqli yetadi” qabilidagi ta’nalar bilan ularni jerkib berishgacha boryapmiz va bu ishimiz bilan farzandimiz tarbiyasida katta xatoga yo’l qo’yamiz.Bu holatdan ular o’zlariga “men nima qilsam ham ota-onam tarafimni oladi, ular meni doim qo’llab quvvatlashadi” kabi xulosa chiqarishadi va buning oqibatida jamiyatda o’qituvchi va murabbiylarning obro’ va mavqeyi tobora tushmoqda.



O’tgan asrlarda esa bilim darajasi egallagan, kimning bilim saviyasi yuqori bo’lsa o’sha jamiyatda eng martabali va hurmatli shaxs bo’lgan. Bugungu kunga kelib jamiyatimizning elitasini mashhurlik va taniqli bo’lish egalladi. Shu sababli yoshlarimiz tanilish yo’lida hech narsadan tab tortmay qolishdi. Ijtinoiy tarmoqlarda, ko’cha-ko’yda, jamoat joylarida o’zlaring ajralib turishlari uchun kiyinish madaniyatlarini, gapirish uslublarini, muomala-madaniyat meyorlarini ko’r-ko’rona taqlid asosida qo’pol ravishda buzishmoqda.

Endilikda biz ularni internet olamidan ajratish bilan bu muammolarni hal qila olmaymiz balki undan to’g’ri va munumli foydalanishni o’rgatib bilan bir qatorda biz ham shu yo’nalishda ya’ni ijtimoiy tarmoqlarda, internet sahifalarida aktivlikni oshirib tizginni o’z qo’limizga olishimiz kerak.Bunda biz qurol o’rnida insonning ongiga ta’sir qiladigan, milliy g’ururni uyg’otadigan, oila, ota-ona va vatan oldidagi burchlarni chuqur anglashga undaydigan video ro’liklar, sahna ko’rinishlari, muhokamalar, vaziyatlar yaratishimiz va ularni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda yotirib borishimiz kerak.
Download 18,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish