Ayollar milliy ko’ylaklarini tikish va bichish



Download 14,25 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi14,25 Kb.
#665009
Bog'liq
Ayollar milliy ko’ylaklarini tikish va bichish


AYOLLAR MILLIY KO’YLAKLARINI TIKISH VA BICHISH
O’zbekcha kiyimning ko’p asrli boy tarixi bor. Unda xalqimizning o’tmishi, iqlim sharoitimiz, turmush tarzimiz ko’zguda aks etgandek ifoda topgan. A.Makedonskiy yurishlari, mug’ullar bosqinchiligi, Temuriylar yurishlari va hukmronligi, nihoyat, mustabidlik davri- bularning hammasi kiyimda o’z aksini topdi.
Antik dunyo davrida (miloddan avvalgi IV asrdan milodning VI asrigacha) ayollar ko’ylagi yunoncha xitonga o’xshash, lekin o’ziga xos xususiyatlari bo’lar edi: old va ort bo’laklar etagining yon burchaklari o’zaro biriktirilib, bu faqat antik sharq uchungina xos bo’lgan muayyan drapirovka kurinishi xosil bo’lib turadi. Ayollarga u paytlarda lozim kiyish odat edi. Bosh kiyim sochni turmaklash shakllari xar xil bo’lardi.Tillaqoshlar, shokilalar, jevaklar, bilakuzuklar taqilardi.[11]
Ilk o’rta asrlar davrida ( V-VIII asrlar) ayollar gavdaga juda yopishib turadigan tunikasimon bichimli ko’ylak va faqat chap tomon qaytarmali, ko’ndalang taxlamalar ichiga kiritib qo’yiladigan uzun yenglari bor tunikasimon ust kiyimda yurishardi. Kiyimni yorqin guli va sernaqsh shoyi gazlamalardan tikishar edi. Sochlarini silliq tarab, cheka qismini quloqlar ustidan yopishtirib o’tkazib, soch o’rimiga qo’shib qo’yishar, zargarlik buyumlaridan juda xilma-xil taqinchoqlar taqishar edi.
Ko’ylak yenglari keng va uzun bo’lib, ular barmoqlarni ham berkitib turgan . Markaziy Osiyoni Rossiyaga qo’shilishi natijasida ayollar ko’ylaklarida tik yoqalar urf bo’lla boshladi. XIX asr oxirlarida ko’ylakda koketkalar paydo bo’ldi, ya’ni ko’krak burma ko’ylaklar kiyish odat tusiga kirdi va hozirgi kungacha bunday ko’ylaklar kiyiladi. 1920 yilda o’zbek ayollar kiyimi yangi zamonga, yangicha turmush tarziga, zamonaviy modaga muvofiq rivojlanishida davom etdi. Uzunasiga yaxlit, koketkali an’anaviy ko’ylak milliy mansublik simvoli bo’lgani uchungina emas, balki asosan xalq kiyimida iqlim xususiyatlariga, tevarak-atrofidagi tabiatga va turmush tarziga to’g’ri keladigan ratsional shakllar, bichimlar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko’ylagida yorqin ranglar mutanosibligi o’lkazimiz tabiatiga monand tushgan bo’lib, shaklning bemalol tushib turishi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos keladi( bunda kiyim tagi qatlamidagi xavoning ventilyatsiyasi yaxshi).
Moda «shabadasi» ayollarning an’anaviy ko’ylagiga xech ayamay zamona o’zgarishlarini kiritib boradi. Koketkalarning uzunligi va shakli ( oval,to’g’ri, to’rtburchak, burchak), ko’ylakdagi uzunlik, shakl ( to’g’ri to’rtburchak, trapetsiyasimon) va shakl xosil qilish prinsiplari ( burmalar, taxlamalar,plese, gofre, qiya bichiq, quyosh, qiyiq bo’laklar) ,yeng uzunligi, shakli va bichimi ( o’tkazma, reglan, yaxlit bichilgan) o’zgarib bormoqda; yoqa turlarining ( ingilizcha klassik, sholsimon, tik, qaytarma, yaxlit bichilgan va hokoza) va yoqa umuzining ( tunikasimon, oval, kare, qayiqcha va boshqalar) nixoyatda ko’p xilma- xilligi ko’zga tashlanadi. Ishlatiladigan dekorativ bezak turlari ham turli-tuman: kashta, qo’yma burma, kant va boshqalar. Qiziqarli yangiliklardan biri taxlama burma sifatida ko’ylak pasti tomonining yuqori qirqimini ozroq- ozroq terib qo’yilishi . Ishlatiladigan materiallar turi, ulardagi rang boyligi va naqshlar yechimi butunlay moda yo’nalishiga qarab hal qilinadi. Lekin an’anaviy xonatlas hamisha bir xilda mashxur bo’lib keladi. Uning naqsh motivi ham zamon ,voqeli davr ta’sirida o’zgarib turadi. [10]
Xonatlasdan tikilgan ko’ylaklar ustida olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, undagi rapportning kattaligi, rasmlarining aniq- ravshanligi va qat’iyligi bu kiyimni ko’p bo’laklardan tikishga imkon bermaydi, uning shakli aniq, to’g’ri to’rtburchakka yaqin bo’lishi kerak. Rang tuslarining turlari va naqshgul yechimlari boy bo’lgani sababli ko’ylak kompozitsiyasiga bezak tariqasida boshqa materiallar, kashta gullar ( xatto lyureks – yaltiroq qoplamali ingichka iplar) aralashtirish tavsiya etilmaydi. Xonatlas ko’ylaklarni modellashga material rasmidan qiziqarli qilib foydalanish, detallarning shakli aniqligi mutanosibligi va yoqaning hilma- hilligi hisobiga erishiladi.
Lozim ayollar kiyimining ajralmas qismi bo’lib kelgan. Ayollar kiyimining bu turi milod boshlaridagi xotin-qizlar tasvirida uchraydi. Lozimning ham o’z tarixi bor. U shakl, ishlatiladigan materiali, dekori jihatidan o’zgarib turgan bo’lsa ham, teskari trapetsiyasimon bichimini saqlab qolgan. XX asr ikkinchi yarmidan boshlab, kengligini kamaytirish maqsadida, lozim bichimini ayollar shimi loyihasiga yaqinlashtirish boshlangan. Lozimni ko’ylak bilan bir xilda modellash kerak, chunki ular gavdaning idrok etilishida bir butunni tashkil etadi. Bunda shakl jihatidan ham, mutanosiblik, rang, ishlatiladigan materiallar va dekor jihatidan ham bir xillilik bo’lishi kerak. Shuning bilan birga gazlama tanlashda gigiyenik talablarni ham hisobga olish mumkim bo’ladi.
Download 14,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish