TARIX
76. Quyidagi voqealardan qaysi biri keyinroq sodir boʻlgan?
A) pitekantrop odami yashagan
davrning boshlanishi
B) buyuk muzlik davri boshlanishi
C) dastlabki diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi
D) inson tabiiy olovdan foydalana boshladi
77. Xorazmda kimning hukmronligi davrida Yevropoda feadallarning III salib yurishlari yuz berdi?
A) Qutbiddin Muhammad B) Otsiz
C) Elarslon D) Takash
78. Quyidagi manzilgohlarni qaysi davrga oid ekanini aniqlang.
1) Sapollitepa; 2) Zarautsoy; 3) Jarqoʻton;
4) Machay; 5) Zamonbobo; 6) Kapova
A) soʻnggi paleolit-6; mezolit-2,4; bronza-1,3,5
B) soʻnggi paleolit-4; mezolit-2,6; bronza-1,3,5
C) soʻnggi paleolit-6; mezolit-2,4,5; bronza-1,3
D) soʻnggi paleolit-6; mezolit-2; bronza-1,3,4,5
79. Qaysi hududda o‘zbeklarning alohida etnik birlik (elat) bo‘lib shakllanish jarayoni kechmagan?
A) Janubiy Sibir B)
Xorazm
C) Sharqiy Turkistonning g‘arbi D) Yettisuv
80. XIV asrda Oq O‘rdalik Jo‘ji ulusi vakillari Xorazm
hukmdorlari bilan qo‘shilib, Amur Temur davlatining qaysi viloyatlariga talonchilik yurishlari uyushtirishgan?
1) Buxoro; 2) Chorjo‘y; 3) Urganch;
4) Xuzor; 5) Qarshi; 6) Xiva
A) 1, 4, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 5
81. Qaysi olim turkiy qabila va urug‘lar tillaridagi so‘zlar ma'nosini arab tilida izohlab bergan?
A) Yusuf Xos Hojib B) Mahmud Zamaxshariy
C) Mahmud Qoshg‘ariy D) Ahmad Yugnakiy
82. O’rta asrlarda Yevropada monastrlar (a) va daryo sohillari bo’ylarida, ko’priklar yonida (b) barpo etilgan shaharlarni belgilang.
1) Sen Denu 2) Bryugge 3) Padeborn 4) Sveybryukken
5) Myunster 6) Sen-Gallen 7) Bremen.
A) a - 2, 3, 4, 6 va b - 1, 5, 7
B) a - 1, 5, 6 va b - 2, 3, 4, 7
C) a - 1, 6, 7 va b - 2, 3, 4, 5
D) a - 2, 4, 6, 7 va b - 1, 3, 5
83. Shoh Lalibeli ibodatxonasi joylashgan davlatning
parchalanishi nechanchi asrga to'g'ri keladi?
A) XI asr B) VIII asr C) XIV asr oxiri D) XIII asr
84. Bir yilda hukmronligi tugagan hukmdorlarni aniqlang.
A) Tug‘luq Temur, Ivan Kalita
B)
Mehmet II, Lyudovik XI
C) Dmitriy Ivanovich, Boyazid
D) Usmon, Kebek
85. XVIII asrda doim bir-biri bilan to‘qnashgan davlatlar xato berilgan javobni toping.
A) Ispaniya B) Fransiya
C) Angliya D) Italiya
86. Quyidagi qaysi davlatda 1640-yilga kelib xazina bo’shab qolgan edi?
A) Fransiya B) Angliya C) Rossiya D) Xitoy
87. Angliyada quyidagi qaysi voqeadan keyin eng muhim masalalarni qirol emas, parlament hal qiladigan bo’ldi?
A) Villem van Oranye taxtga o’tirgach
B) Angliya Respublika deb e’lon qilingach
C) Oliver Kromvel protektorati o’rnatilgach
D) “Uzoq muddatli parlament”
ish boshlagach
88. Qo‘qon xonlari va ularning boshqaruv davriga oid
ma’lumotlarni muvofiqlashtiring.
1) Olimxon; 2) Erdona; 3) Norbo‘tabiy; 4) Abdukarimbiy
a) shahar atrofini devor bilan o‘ratadi;
b) ekinlardan mo‘l hosil olinib, bozorlarda narx-navo
arzonlashdi;
c) O‘sh va O‘zganni bo‘ysundirdi;
d) Rossiya bilan birinchi marta savdo aloqalari o‘rnatilgan;
e) Qo‘qonning siyosiy mavqeyi kuchayadi;
f) Qo‘qon Xitoy va Buxoro bilan tengma-teng, kurash olib
boradigan davlatga aylandi.
A) 1-e,d; 2-c,f; 3-b,c; 4-b B) 1-d,e; 2-c,f; 3-b, 4-a
C) 1-e,f; 1-c,d; 3-b,c; 4-b D) 1-b,d; 2-e; 3-b,a; 4-f
89. Buxoro amirligida qaysi lavozim egasi arablar jamoasi masalalari bilan shug'illangan?
A)Qo'shbegi B)Parvonachi
C)Devonbegi D)Bosh inoq
90. Kimning elchilik missiyasi Markaziy Osiyoda ingliz savdosining rivojlanishiga yordam berdi?
A) J. Ebbot B) Konnoli
C) A. Byorns D) Ch. Stoddort
91. Qachonga kelib o'zbek xalqi san'atida ramziylikka xos asriy an'analarga boy diniy-falsafiy mazmundagi naqqoshlikdan bevosita real tasviriy san'atga o'tish kuzatildi?
A) XX asr boshlari B)
XVIII asr
C) XIX asr oxiri D) XIX asr o'rtalari
92. Eron inqilobi davrida (1905-1911-yillar) aksilinqilobiy davlat to'ntarishi o'tkazilgan yillarda vatanimiz tarixida bo'lib o'tgan voqealarni belgilang.
A) V. Vyatkin Ulug'bek rasadxonasi qoldiqlarini topishga
muvaffaq bo'ldi, Abdulla Avloniy islom tarixiga oid asar yozdi.
B) Mahmudxo'ja Behbudiy islom tarixiga oid asar yozdi,
Turkistonda dastlabki milliy sahna asarlari yaratildi.
C) V. Vyatkin Ulug'bek rasadxonasi qoldiqlarini topishga
muvaffaq bo'ldi. Turkistonda dastlabki milliy sahna
asarlari yaratildi.
D) Islomxo'ja minorasining qurilishi boshlandi, Toshkent va
Samarqandga rus aktrisasi V.F.Komissarjevskaya
truppasining gastroli uyushtirildi
93. Quyida Buxoro amirligi haqida keltirilgan ma'lumotlardan to'g'risini aniqlang.
A) Buxoro amirligida asosiy soliqlarni aholining 80% ga
yaqinini tashkil eluvchi dehqonlar to'lardi.
B) Baljuvon bekligidagi Vose boshchiligidagi qo'zg'olon
Pomir chegara qo'shinlari yordamida bostirildi.
C) Amirlikda xazina va zakot yig'imini boshqargan devonbegi lavozimi ahamiyati va mavqeyi jihatidan qo'shbegi bilan teng bo‘lgan.
D) Buxoro amirligining deyarli barcha shaharlarida mohir
zargarlar mehnat qiladigan
ustaxonalar mavjud edi
94. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida monopolistik kapitalizm feodal-monarxiya qoldiqlaari bilan chirmashib ketgan davlat bilan bog‘liq to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
A) savdo floti bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turgan.
B) I jahon urushini boshlab yuborishlari uchun bahona
bo‘lgan davrda parlamenti tarqatib yuborilib, qisman
safarbarlik o‘tkazilgan.
C) yiliga 50 ta sanoat korxonalari qurulishi kuzatilgan
D) 1890-yilga yalpi sanoat mahsulotlarining 45% ini
to‘qimachilik sanoati mahsulotlari tashkil etgan.
95. Qaysi voqeadan so‘ng buyuk davlatlar Xitoyda Yuan Shikay hukumatini rasman tan olganlar?
A) buyuk davlatlar bilan yangi asoratli qarz to‘g‘risida
shartnoma imzolaganidan so‘ng
B) inqilob qo ‘shinini butunlay qurolsizlantirishidan so‘ng
C) “Yangi Xitoy Konstitutsiyasi”ni qabul qilganidan so‘ng
D) ikkinchi “Sinxay inqilobi” ni bostirganidan so‘ng
96. XIX asr oxiri XX asr boshlarida “Vatan” partiyasi qaysi davlatda faoliyat ko‘rsatgan?
A) Misrda B) Afg‘onistonda
C) Turkiyada D) Eronda
97. ... nutqida qo‘llagan «temir parda» iborasi uzoq vaqt G‘arb bilan Sharq o‘rtasidagi ramziy chegara bo‘lib qoldi.
A) F. Ruzveltning B) U. Cherchillning
C) I. Stalinning D) A. Gitlerning
98. Birinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan hududiy o‘zgarishlarga qonuniy tus bergan so‘nggi yirik shartnoma qaysi?
A) Vashington shartnomasi B) Rapollo shartnomasi
C) Myunxen shartnomasi D)
Lozanna shartnomasi
99. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning ikkinchi davri (1925 – 1935-yillar) esa yana 10 yil davom etib, bu davrda asosan . . . ning ayrim hududlarida janglar davom etdi.
1) Sharqiy Buxoro; 2) Samarqand; 3) Xorazm vohasi;
4) Farg‘ona vodiysi; 5) Janubiy Qo‘qon.
A) 1, 2, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4
100. 1917-yil 5-aprelda e’lon qilingan Yosh xivaliklarning manifestiga quyidagilardan qaysi biri mansub emas?
A) Butun aholining shariat oldida tengligi
B) Davlat xazinasi nazorat ostiga olinishi
C) Maorif, tibbiyot, sud tizimini yaxshilash
D) Mamlakatda temiryo'l, pochta,
telegraf barpo etish
101. Fransiyada Uchinchi Respublika boshqaruvi davrida prezident lavozimida ishlagan shaxsni toping
A) Tyer B)Troshyu C)Estergazi D)Sadi Karno
102. Quyidagi xaritada yulduzcha bilan berilgan joy haqida
to’gri ma’lumot berilgan qatorni toping?
A) V-VI asrlarda german qabilalari yettita qirollik tuzgan
B) 919-yildan boshlab saksoniyaliklar hukmronligi
boshlangan
C) Gotika uslubidagi Shartr ibodatxonasi joylashgan
D) XI asrdan boshlab bu mamlakatda Roman uslubidagi
me’morchilik yetakchi bo’lgan
103. Xiva xonligida kimning hukumronligi davrida koshinkorlik san'ati yuksak cho'qqiga chiqdi?
A)Olloqulixon B)Muhammad Rahimxon I
C)Elbarsxon D) Eltuzar
104. Faqat Xuroson hududida hukm surgan sulolaviy davlatni aniqlang?
A)Tohiriylar B)Qoraxitoylar C)Safforiylar D)Qoraxoniylar
105. Quyidagi jadvalning qaysi qismidagi ma’lumotlar to’g’ri berilgan?
t/r
|
Asr
|
Davlat
|
Voqea
|
Hukmdor
|
1
|
XVI asr
|
Shayboniylar davlati
|
Movorounnahr va Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq o’zbeklari ko’chib kelgan
|
Muhammad Shayboniyxon
|
2
|
XVIII asr
|
Buxoro amirligi
|
Buxoro aholisiga tarxon yorlig’i yozib berdi
|
Amir Haydar
|
3
|
XVI asr
|
Buxoro xonligi
|
Xorazmga hujum qilib Xiva xonligini bo’ysundirdi
|
Ubaydullaxon
|
4
|
XVIII asr
|
Qo’qon xonligi
|
Chust yerlarini o’ziga bo’ysundirdi
|
Erdonabiy
|
5
|
XVII asr
|
Buxoro amirligi
|
Rossiyaga Polvonquli qurchi boshchiligida elchilar yuboradi
|
Amir Shohmurod
|
A) 1, 3, 5 B) 1, 3 C) 2, 3, 5 D) 2, 4