7-chizma. Befarqlik egri chizig`ining kesishmasligi.
Bunday vaziyat hech qachon sodir bo`lmaydiganga o`xshaydi.
3. Befarqlik egri chizig`i kesishmaydi.Buning rostligini ko`rish uchun, tasavvur qiling 7-chizmada ikkita befarqlik egri chizig`i kesishgan bo`lsin. A nuqta B nuqta kabi bir xil befarqlik egri chizig`i bo`lgani sababli, iste’molchini birdek qoniqtiradi. Qo`shimchasiga, B nuqta ham C nuqta kabi bir xil befarqlik egri chizig`i bo`lgani tufayli, C nuqta iste’molchini qoniqtira oladi. Ammo, bu nazariya C nuqta ikkala turdagi mahsulotdan ko`proq hajmda taklif etishiga qaramay, A va C nuqtalar iste’molchini birdek qoniqtira oladi degani. Taxminimizga zid holatda iste’molchi har doim ikkala mahsulotdan ham arzonroqqa ko`proq olishni afzal ko`radi. Shu tufayli befarqlik egri chizig`i kesishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |