1-chizma. Umumiy naflik va chekli naflikning o`zgarishi.
Maksimal naflik Q* nuqtada erishilganda, bu nuqtada chekli naflik (MU) nolga teng bo`ladi.
Tanlovni befarqlik chizig`i orqali ifodalash.
Befarqlik egri chizig`i – iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, foydali tovar tanlovlari yig`indisini tashkil etadi(2-chizma). Demak, chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo`ladi.
2-chizma. Befarqlik egri chiziqlari
Faraz qilaylik, X1-gumma, X2-fanta ichimligi.
3-chizmagi grafikda bitta gumma bilan uchta fanta ichimligi ( A nuqta) beradigan naf, 2 ta gumma bilan 2 ta fanta ichimligi (В nuqta) beradigan nafga teng. Demak, befarqlik egri chizig‘i bir xil naf beradigan gumma va fanta ichimliklari kombinatsiyalari nuqtalaridan iborat. Befarqlik egri chiziqlar majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini beradi (4-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |