Ayni bir XIL soʻzlar ham qofiyadosh hisoblanmaydi. Masalan, uchun-nechun, soʻroq-besoʻroq soʻzlari qofiyadosh emas



Download 17,15 Kb.
bet1/2
Sana15.01.2022
Hajmi17,15 Kb.
#368218
  1   2
Bog'liq
кофия


Ayni bir xil soʻzlar ham qofiyadosh hisoblanmaydi. Masalan, uchun-nechun, soʻroq-besoʻroq soʻzlari qofiyadosh emas. Chunki qoʻshimcha qoʻshilgan, oʻzgarish kiritilgan boʻlsa-da, ular aynan bitta soʻzdir: soʻroq – be-soʻroq; uchun – ne uchun.

Qofiyaga juda qattiq yopishib olmaslik kerak. Qofiyadagi baʼzi qusurlar, “aybgina”larga koʻz yumsa boʻladi. Muhimi, sheʼrning taʼsirchanligi va toʻkis mazmuni. Qofiyasi toʻq, lekin magʻzi puch sheʼrning qimmati yoʻq. Qofiyasi yoʻgʻ-u, magʻzi bor, taʼsirchanligi kuchli sheʼr chinakam asar sanalaveradi. Yuqorida taʼkidlanganidek, bunday sheʼr yozish ancha mushkul. Muhimi, bu borada “qofiya kelganda maʼno yoʻl beradi” yoʻlidan ketilmasa boʻldi .

Sheʼrning qofiyasi ham, mazmuni ham zoʻr boʻlsa-chi? Unda bu nur ustiga nur, chinakam sanʼatkorlikdir. Baʼzida usta shoirlar ham bir necha qavatli qofiyalar, soʻz oʻyinlarini qoʻllamoqchi boʻlib, sheʼrni sunʼiylashtirib qoʻyadi. Qofiya bezak ekanini hech qachon unutmaslik kerak. Yoʻqsa, qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarish yoki soʻz oʻynatuvchi huqqabozday harakat qilib qoʻyish mumkin.

Oson yoʻldan borib, doim takrorlanadigan qofiyalarni qoʻllash sheʼrning sifatini tushiradi. Osmon degan soʻzga darrov har on degan soʻzni qofiya qilib keltiravermaslik kerak. Koʻp kitob oʻqish soʻz boyligini oshiradi, soʻz boyligi oshishi esa fikrni aniq, tushunarli, ravon va ortiqcha takrorlarsiz ifodalash imkonini beradi. Demak, yaxshi qofiya topish uchun koʻp oʻqish va yangilikka intilish hissi koʻmak beradi.

Aruz vazni arab tiliga xos xususiyatlarga ega, shu sababli u arabcha va forscha soʻzlarni koʻp qoʻllashni talab etadi. Lekin mumtoz adiblarimiz shu holatda ham yangicha qofiyalarni topa olgan. Atoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur kabi mumtoz adiblarimizning sheʼrlarini shu nuqtai nazardan oʻrganib koʻring. Oʻzingiz ham bunga amin boʻlasiz.

Mening nazarimda, keyingi davr turkiy sheʼriyatida Maxtumquli qofiyalarni yangilashga eng koʻp muvaffaq boʻlgan shoirlardan. XX asr oʻzbek sheʼriyatida esa Shavkat Rahmon bu borada tub burilish yasay olgan deyish mumkin.

Xalq ogʻzaki ijodida, jumladan, dostonlarda ham favqulodda va goʻzal qofiyalarga duch kelasiz.

Albatta, boshqa shoirlar ijodida ham qofiya yangilanishlari bor. Umuman, qofiya tanlash sheʼriyatning darajasini koʻrsatadigan jihat ham emas. Lekin eʼtibor qaratishga, oʻrganishga arziydigan mavzu. 




Download 17,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish