Кўрсаткичлар
|
Даврлар
|
1 кв
|
1/2 йил
|
9 ой
|
1 йил
|
1.
|
Қоплаш коэффициенти
|
|
|
|
|
2.
|
Ликвидлилик коэффициенти
|
|
|
|
|
3.
|
Мухторлик коэффициенти
|
|
|
|
|
4.
|
Ўз айланма маблағлари мавжудлиги динамикаси
|
|
|
|
|
5.
|
Фойдалилик
|
|
|
|
|
6.
|
Тўланмаган қарзлар: А) банк ссудалари бўйича; Б) ҳисоб - китоблар бўйича
|
|
|
|
|
7.
|
Айлана маблағлар айланиши: А) айланиш коэффициенти; Б) кунларда айланиши
|
|
|
|
|
Mijozning moliyaviy holatini yanada chuqurroq tahlil qilish uchun quyidagi ko`rsatkichlardan ham foydalanish mumkin .
Mijozning qarz mablag`lari salmog`i
O`z mablag`larining aylanuvchanligi koefitsenti
Qarz mablag`lar aylanuvchanligi ko`rsatkichi
Firmaning o`z qarzdorlari (debitor) hisob raqamlari hisobidan qanchalik tez to`lovlarini amalga oshirishini ko`rsatuvchi koeffitsent.
Firmaning qanchalik kreditorlar oldida o`z majburiyatlarini qoplay olishini ko`rsatuvchi ko`rsatkich:
Asosiy vositalar aylanishini ifodalovchi ko`rsatkich:
Har bir so`m o`zlik mablag`lariga to`g`ri keluvchi foyda miqdorini ko`rsatuvchi ko`rsatkich:
Rivojlangan davlatlarda mijozning kreditga layoqatliligini baholash usullari
Mijozning to`lovga layoqatliligini tahlil qilish deganda mijozga berilgan kreditni ishlata olish va qaytarib bera olish imkoniyatini o`rganish tushuniladi. Dunening ko`p mamlakatlarida mijozning kredit layoqatliligi turlicha aniqlanadi.
AQShda mijozning kreditga layoqatliligini baholash va kredit riskini minimallashtirish maqsadida 5 "S" nomini olgan usuldan foydalaniladi. Bu usul asosida mijoz faoliyatini baholashning quyidagi mezonlari yotadi.
customer character - mijozning obrusi;
capacity to pay - to`lovga layoqatliligi;
capital - kapital;
collateral - ssudaning ta`minlanishi;
current business conditions and goodwill - iqtisodiy holati va uning kelajagi.
Bu usul bo`yicha mijozning obro`si, mas`uliyat darajasi, qarzni to`lashga bo`lgan istagi va tayyorgarligi tekshiriladi. Dastavval bank mijozning: o`tmishda o`z majburiyatlariga qanday munosabatda bo`lganligi; qarzlarni to`lashda kamchiliklar bo`lganligi; kreditlanuvchi subyektning iqtisodda, bozorda qanday mavqega ega ekanligini tekshiradi. Bunda bank qarzdor bilan suhbat olib boradi, arxivdan mijoz to`g`risida materiallarni olib, tahlil qiladi, boshqa firma va banklar bilan maslahatlashadi va hokazo.
Qarzdorning to`lov qobiliyatida uning moliyaviy imkoniyatlari, uning kreditni to`lash qobilyati qarzdorning foyda va zararlari hamda kelajakda bo`lishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar puxta tahlil qilish orqali aniqlanadi. Unda bank qarzni to`lash bo`yicha mijoz mablag`larining 3 manbasini chuqur o`rganib chiqadi. Bular:
joriy kassa tushumlari (cash flow);
aktivlarni sotish;
moliyalashtirishning boshqa manbalari (jumladan, pul bozoridagi qarzlar).
"Besh oylar"ga qaytar ekanmiz, shuni ta`kidlab o`tish kerakki, bank asosiy e`tiborini boshqa omillarga ham, jumladan, firmalarning aksiyador kapitaliga, uning tuzilishiga, aktiv va passivlarning boshqa moddalariga bo`lgan nisbatiga hamda qarzning ta`minlanishiga, uning yetarlilik darajasiga, sifatiga va qarzni to`lamaslik holida garovni sotish darajasiga qaratadi.
So`ngra, kreditga bo`lgan talabnomani qarab chiqqanda umumiy shart-sharoitlar jumladan; davlatdagi ishbilarmonlik iqlimini aniqlovchi va bank bilan birgalikda qarzdorning holatiga ta`sir etuvchi omillar: iqtisodiy ahvol, monand tovar bo`yicha boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan raqobatning mavjudligi, soliqlar, xom ashyoga narx-navolar va boshqalarga e`tibor qaratiladi.
Angliya banklarida mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashda savollar varag`i mavjud. Savollarga javoblar bankka kredit berish karorini qabul qilishga imkon beradi. Quyida shunday savol-varaqning namunasini keltiramiz.
Avvalambor qarz oluvchi (borrower)ga ta`rif beriladi.
Uning oilasi, obro` - e`tibori, sofdilligi, bankka tanishligi, bank bilan munosabatlari.
Boshqaruv tarkibi malakasi - ma`lumoti, mutaxassislik bo`yicha staji, boshqara olish qobiliyati;
To`lovga qobillik - to`lov intizomiga rioya qilish, biznes talablariga resurslarning mosligiga e`tibor beriladi. Keyin esa quyidagi asosiy ko`rsatkichlar tekshiriladi:
Purpose (kredit maqsadi). Qonuniyligi, bank kredit siyosatiga to`g`ri keladimi va boshqalar;
Amount (kredit summasi) kredit summasini hisoblashda aniqlik. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjudmiyo so`ralgan summa yetarli, kam yoki ko`pligi;
Repayment (qaytarish) kredit kachon qaytariladiyo qaytarilish grafigi mavjudligi qaytarilish manbasi - kelajak daromadlari, qisqa muddatli kreditlar, aktivlarni sotish qarz oluvchi pul okimlarini bashorat qilish;
Viability (kreditlanayotgan loyihaning realligi) mazkur kredit qanchalik zarur texnik - iqtisodiy asoslar bajarilganmi. Mazkur kompaniya hisobvaraqlari tahlil qilinganmiyo qarz oluvchi balansi baholanganmi;
Risks (risklar). Bank va kompaniya uchun risklar manbalarini mujassamlanganligi riskning oldini olish chora - tadbirlarini amalga oshirish mumkinmi;
Security (ta`minlanganlik). Ta`minot taqdim etilmoqdami u mavjudmi. Garovlarni sug`urta polislarini tekshirish. Garov qiymati kanday? Garovni qayta baholash bo`lib o`tadimi, qachon?
Prositability (foydalilik) kredit shartnomasida daromad va xarajatlar aniq ta`riflanishi lozim. Foiz darajasi bank tortilgan riskka mos keladimi? Foiz darajasi, xarajatlarni qoplaydimi?
Yuqoridagilarni o`zida ifoda qiluvchi "Parts" nomli qarz oluvchi qobiliyatini tahlil qilish usuli keng tarqalgan bo`lib, unda:
Purpose - kreditning maqsadi;
Amount - ssudaning hajmi;
Repayment - qarzni to`lash;
Merm - muddati;
Security - ssudaning ta`minlanganligi kabilar tahlil qilinadi.
Mijozlarning kreditga layoqatliligini tekshirishning boshqa usullari ham mavjud. Mijozning kreditga layoqatliligi asosida mijozning faoliyatini xarakterlaydigan zarur axborotlarni yig`ish yotadi. AQSH va boshqa G`arb mamlakatlarida mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda banklar uchun maxsus huquqiy norma va qonunlar mavjud. Mijozlar hisobotlarini banklar tomonidan tahlil qilinishi ikki xil ko`rinishga ega: ichki va tashqi ko`rinishga ega. Tashqi tahlil shu qarz oluvchi faoliyatini boshqalar bilan solishtirishdan iborat. Ichki tahlil esa moliyaviy hisobotlarning turlicha qismlarini ma`lum vaqt oraligida solishtirishdan iboratdir.
Xorijiy davlatlar amaliyotida mijozning pul oqimi chuqur tahlil qilinadi.
Pul oqimi mijozning o`z xarajatlarini qoplash va qarzlarni o`z resurslari hisobidan to`lash qobiliyatining o`lchamidir.
Bunday tahlil turlicha olib boriladi, jumladan, bu maqsadda qarz oluvchining pul mablag`larining harakat hisobotidan foydalanishi mumkin.
Buning uchun mijoz pul mablag`larining harakati haqidagi hisoboti tuziladi va u quyidagi savollarga javob berishiga imkoniyat beradi.
Mijoz kelajakda moliyaviy aktivlarning o`sishi uchun o`zini pul mablag`lari bilan ta`minlay oladimi?
Qarz oluvchi faoliyatining o`sish sur`ati tashqi manbalardan moliyalashtirish zarur bo`lgan darajada tezligi.
Qarz oluvchi keyingi investitsiyalashdan paydo bo`lgan qarzni qoplash uchun ortiqcha pul mablag`lariga egami?
Bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini tekshirishning to`g`ri va egri usullari mavjuddir.
To`g`ri usullardan kam foydalaniladi. Bunda mijoz tomonidan to`plangan ballar, u olishga haqli bo`lgan ssuda summasiga tenglashtiriladi.
Egri usullar esa juda keng tarqalgan. Uning mazmuni turlicha baholash ko`rsatkichlariga ma`lum ballar berishdan iboratdir. Buning natijasi bo`lib mijozning kreditga layoqatliligini sinfini aniqlash xizmat qiladi. O`z - o`zidan ayon bo`lib turibdiki, mijozning kreditga layoqatliligini baholashda ballar tizimidan foydalanish - eng obyektiv va iqtisodiy asoslangan qarorlarni qabul qilish jarayonidir. Yagona muammo shundan iboratki, bunda mijozning kreditga layoqatliligini baholash bo`yicha axborotlarning yangilanishi talab qilinadi, bu esa o`z navbatida, bank uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Shuning uchun uncha katta bo`lmagan banklar odatda axborot bazasining cheklanganligi va ko`p xarajatliligi tufayli mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda "koeffitsiyentlar" usulidan foydalaniladi.
To`lovga layoqatlilikni tahlil qilish asosida mijozning faoliyatini to`laroq aks ettiruvchi ma`lumotni yig`ish yotadi. AQSH va boshqa G`arb davlatlarida to`lovga layoqatlilikni aniqlashda bank tomonidan qo`llaniladigan ma`lumotlarni yig`ish tartibi va ma`lumot hajmiga tegishli maxsus yuridik normalar ishlab chiqilgan. Unda ko`rsatilishicha to`lovga layoqatli bo`lgan ixtiyoriy qarz oluvchiga kredit berish mumkin. AQSH Kongressi "Teng kredit olish imkoniyati to`g`risida"gi (ECOA) -Equal Credit Opportunites Act) qonunni qabul qilgan. Qonunga muvofiq kreditorlar tomonidan kredit qarz oluvchilarning yoshi, oilaviy ahvoli, jinsi, dini va millatiga qarab ajratilmasligi kerak. Kredit haqiqatda mijozning kredit to`lay olish qobiliyatiga qarab ajratilishi lozimligi ko`zda tutilgan.
Mijozni to`lovga layoqatliligini aniqlashda va bank tomonidan anketa to`ldirishda asosiy mezonlarni belgilaydigan boshqa bir yuridik hujjat AQSH FRT tomonidan qabul qilingan "V" yo`riqnomasidir. Bu yo`riqnomada qaysi ma`lumotlar mijozni to`lovga layoqatliligini aniqlashda balli tizim qo`llanilishi mumkinligi ko`rsatilgan; mijozga qarshi ishlatiladigan ma`lumot yig`ishdagi cheklovlar ham ko`rsatib o`tilgan.
Masalan, qarz oluvchi majburiyatlari bo`yicha javobgarligidan qat`iy nazar o`z oilasi haqida anketaga ma`lumot yozishi kerak.
Kreditorlar esa kredit olish uchun arizani olganlaridan keyin 30 kun mobaynida mijozning kredit olish imkoniyati haqida unga xabar qilishi kerak.
Masalan, Buyuk Britaniya Parlamentida 1993 yil mamlakatning yirik banklaridan biri (N) National Westministir Bank ko`p yillar davomida o`z mijozlaridan siyosiy axborotlar va so`rovlar olganligi haqida tortishuvlar bo`lgan.
AQShda qonun qarz oluvchining oilaviy ahvoli va holati, telefoni bor-yo`qligi haqidagi ma`lumotlarni mijozlardan yig`ish imkoniyatini banklar uchun cheklab qo`ygan.
Chet el adabiyotlarida mijozning kuchli va kuchsiz tomonlari, uning imkoniyatlari va riskini aniqlashda "SWOT" (S - strong, W - weak, O-opportunites, T-threat) metodidan foydalanilishi mumkinligi to`g`risida fikr bildirilgan. Bunda mijozning to`lovga layoqatlililigining asosiy mezonlari ; ya`ni:
qarz olish uchun ariza beruvchilarning kuchli tomonlari;
qarzdorning kuchsiz va bo`sh tomonlari;
qarz oluvchining muvaffaqiyati uchun qaysi omillar muhimligini aniqlash;
kredit berishdagi risk darajasi kabi ko`rsatkichlar o`rganib chiqiladi.
Mijozning moliyaviy hisobotining bankirlar tomonidan tahlil qilishning ikki xil shakli bor: Ichki va tashki tahlil. Ichki tahlilda mijoz hisobotining muhim elementlari bir-biriga taqqoslanadi va ma`lum vaqt davomida o`zgarishi tahlil qilinadi. Tashqi tahlilda qarz oluvchi boshqa qarz oluvchilar bilan taqqoslanadi.
Ichki tahlil koeffitsiyentlar tahlili bo`lib, uning ikkita kamchiligi bor: 1) Koeffitsiyentlar mijoz operatsiyalari qanday o`tayotganligi to`g`risida ma`lumot bermaydi; 2) Tahlilda o`tib ketgan ma`lumotlardan foydalaniladi, lekin kredit kelajakdagi faoliyat uchun beriladi.
Ko`pgina g`arb mamlakatlarida mijozlarning to`lovga layoqatliligini baholash quyidagi yunalishlarda olib boriladi:
Personal capacity - qarz oluvchining shaxsiy fazilatlari (odilligi, maqsadining jiddiyligi yaxshi ishchi sifatida tavsifi va boshqalar);
Revenues - mijoz daromadi, oilaning yalpi daromadi tahlili. Bunda mijozning kreditni qoplash xarajatlari uning oylik daromadlarining 1/3 qismidan oshmasligi kerak.
Material capacity - ssudaning ta`minlanishi, mijozning ko`chmas va boshqa mulklari tahlili;
Ko`pincha mijozning pul oqimlari to`g`risida ma`lumot talab qilinadi.
Pul oqimi (cash flow) - bu mijozning xarajatlarini va majburiyatlarini qoplash uchun xususiy resurslarining yetarliligi yoki yo`qligini o`lchaydi. Xorijiy davlatlarda mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashda quyidagi tartibda pul mablag`lari hajmi aniqlanadai:
Do'stlaringiz bilan baham: |