A: Oylik daromad
|
V: Oylik xarajati
|
soliqdan tashqari maosh
|
joriy xarajatlar
|
bolalar uchun olinadigan nafaqalar
|
sug`urta badallari
|
pensiya
|
oldingi kredit uchun to`lovlar
|
omonatlar va qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizlar
|
kvartira to`lovlari
|
boshqa daromadlar
|
boshqa xarajatlar
|
JAMI: A
|
JAMI: V
|
S: Ixtiyoridagi daromad (A - V)
Hozirgi vaqtda Germaniyadagi barcha tijorat banklari individual shaxslarga berilgan ssudalar to`g`risida Bundes bankning maxsus departamentiga ma`lumot berishlari shart. Bu bankning shu sferadagi faoliyatini nazorat qilishga imkoniyat yaratib beradi.
Fransiya va Belgiyada tijorat banklari Markaziy bankdan individual ssudalarni to`lamaydiganlar haqida ma`lumot olish huquqiga ega. Lyuksemburgda bank sirini saqlash zaruriyati tufayli bu huquq ishlatilmaydi. Lekin, mijozning, masalan, jamg`arma depozitini ssuda olingan bankka ko`chirish imkonyati banklar uchun yaratilgan. Bulardan tashqari mijoz kreditni to`lay olmasa, maoshidan akseptsiz shaklida undirib olish huquqini bankka beradi.
Bular bilan bir qatorda mijoz obro`sini baholash ham juda muhimdir. Buni baholashning bir yuli - kredit skoring yulidir. Skoringni (ochko, ball yig`ish) har bir bank holati, vaziyatiga qarab o`zlari ishlab chiqadilar.
Kredit skoring modeli birinchi bo`lib, amerika iqtisodchisi D.Dyuran tomonidan 1940 yillar boshida ishlab chiqilgandi. U ball hisoblashda quyidagi koeffitsiyentlarni qo`lladi:
yoshi: 20 dan yuqori bo`lgan har bir yil uchun 0,1 bal (maksimum - 0,3);
Jinsi: Ayol - 0,4; erkak - 0;
Yashash muddati: berilgan joyda yashagan har bir yili uchun 0,042 ball (maksimum - 0,42);
Kasbi: kichik riskdagi kasb uchun - 0,55, yuqori riskdagi kasb uchun - 0, 0,16 - boshqa kasblar uchun;
Bandligi - 0,059 - bir koorxonadi ishlagan har bir yili uchun(maksimum - 0,59);
moliyaviy ko`rsatkichlari: 0,45 - bankdagi mablag`lari uchun; 0,35 - kuchmas mulkka egaligi uchun, 0,19 - hayoti sug`urta polisi uchun.
Bu koeffitsiyentlarni qo`llash bilan Dyuran "yaxshi" va "yomon" mijoz o`rtasidagi chegarani 1,25 ball deb oldi. 1,25 balldan yuqori balli mijozlar kreditga layoqatli hisoblangan, bundan kam ball yiqqanlar esa kreditga layoqatsiz deb topilgan.
Hozirda AQSH banklari idividual shaxslarni kreditlashda turli xil yondashuvlar ishlab chiqmoqdalar. Har bir bank o`zining xususiy tizimini ishlab chiqmoqda.Ko`pgina Amerika banklari o`z amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda ikki xil usuldan foydalanadilar:
banklar birinchi mijozni bank talablari yuzasidan tekshirib chiqadi va kredit berish yoki bermaslikni hal qiladi.
kreditga layoqatlilikni baholashda balli tizimdan foydalaniladi. Bunda matematik korrelyatsion tahlil va omillar tahlilidan foydalaniladi.
Banklar mijoz balansining moddalari va bo`limlari orasidagi turli proporsiyalarni ta`riflovchi boshqa moliyaviy koeffitsiyentlarni ham hisoblaydi. Banklar bu koeffitsiyentlarni me`yoriy kattaliklarini belgilaydilar va mavjud kattaliklarni ular bilan solishtirib, so`ng solishtirish natijalariga ko`ra mijozning kreditga layoqatliligi hisoblanadi. Koeffitsiyentlarning me`yoriy chegarasi turli tarmoq, hudud va boshqalardagi korxonalar uchun turlicha bo`lishi mumkin. Bunday baholashlar haqiqatga yaqinroq bo`lishi uchun uzoq muddat orasidagi mijozning moliyaviy ahvolini nazorat qilib borish, o`zgarishning aniq yunalishlarini, davrlarini, qonuniyatlarini aniqlovchi xususiy statistik ma`lumot bazasini yaratish zarur.
Bank kreditga layoqatlilikning ball (reyting) tizimini qo`llashi ham mumkin, unda, har bir koeffitsiyentga (uning normativga yaqinligiga qarab) ballarda belgilanadi va to`plangan ballar yig`indisiga qarab mijozning yuqori, o`rta yoki past guruh likvidlik bo`yicha ajratiladi. Mijozni reytingi bo`yicha qaysi gurhga mansubligiga qarab kredit talablarini susaytirishi, kuchaytirishi yoki umuman kreditlashni rad etishi mumkin.
Qarz oluvchi moliyaviy holatini baholash bilan birga bank uning iqtisodiy holatini, faoliyat jarayonini, ishlab chiqarish mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan munosabatlarini, korxona egalari bilan yellanma ishchilar o`rtasidagi, boshqaruvchi va xodimlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganadi. Shuningdek, bank foydalani-layotgan texnologiyalar, vositalar, ularning yangiligini va raqobatbardoshligini o`rganadi, bozorlarni egallash (yoki to`xtatish) imkoniyatlarni va boshqalarni baholaydi. Hujjatlrni tahlil qilish bilan birga bank xodimlari mijozlarni "joylarga" borib tekshirish, mijozlarning ish jarayonini tartibi va tashkil etilishi bilan tanishishi maqsadga muvofiq.
Keyingi paytlarda, ayniqsa, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda bank mijozlarining ma`naviy-axloqiy sifatlariga tobora ko`p e`tibor berilmoqda. Bu sifatlarning yetarli darajada aniq baholash imkonini beruvchi testlar va uslublar yaratildi.
Ana shunday testlardan biri "qizil signallar tizimidir". U xorij banklariningg tajribalarining qo`rsatishicha mijozlarning ishonchliligini aniqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |