Masalan, 50° dan yuqori haroratda 1 soatda 2 l gala ter ajraladi. Yuqori harorat sharoitida organizmdagi suv zaxirasining oʻrni toʻldirilmasa ham suv ter bilan ajralaveradi. Bu esa organizmning suvsizlnishiga va koʻpchilik fiziologik funksiyalar (nafas olish, qon aylanishi va buning buzilishiga olib keladi. Uzoq vaqt yuqori haroratning taʼsir etishi va unga oʻrganish T. ni kamaytiradi. Shu bois issiq mamlakatlarda yashovchi kishilar terisi yuqori haroratda ham quruq boʻladi.Terlash koʻp miqdorda issiq va achchiq ovqat isteʼmol qilinganda, suv ichilganda, jismoniy zoʻriqqanda, isitma koʻtarilganda, hayajolanganda va boshqa(lar) holatlarda kuchayadi. Kishi hajonlanganda (masalan, qoʻrqqanda) kaft, oyoq tagi terlaydi, shuningdek, peshonadan va tananing boshqa joylaridan ter chiqadi.Baʼzi odamlar koʻp terlaydi. Bunday kishilar, albatta, shifokorga murojaat etishlari kerak. Hech qanday sababsiz T. biror kasallik belgisi boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |