Siydikning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari.
Siydikni tarkibi. 96% suv, 4% quruq moddadan iborat. Quruq moddasi organik va anorganik moddalardan tashkil topgan. Siydik organik moddalarining asosiy qismini oqsillarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan chiqindi moddalar-mochevina (siydikchil), siydik kislota, purin asoslari (guanin, adenin, gipoksantin, ksantin) kreatin tashkil qiladi. Siydikdagi azotning 90%ga yaqin qismi mochevina azotiga to’g’ri keladi. Shu azotli moddalardan tashqari ichaklarda oqsillarning chirishi oqibatida hosil bo’lgan indol, skatol, fenol, krezol kabi moddalar ham siydikda bo’ladi. Bu moddalar ichaklarda hosil bo’lishi bilan qonga so’rilib, jigarga keladi va u yerda sulfat kislota bilan birikib zararsizlantiriladi. Shu sababli ular siydik tarkibida indoksil-sulfat (indikan), skatoksil-sulfat, oksifenil-atsetat va oksifenil-propionat kislotalar shaklida uchraydi. Siydikda o’t pigmentlaridan ichakda hosil bo’ladigan uroxrom va urobilin, shuningdek, buyrakda sintezlanadigan gippur kislota ham bo’ladi.
21-Jadval.
Siydikining tarkibi.
Moddalar
|
Plazmadagi miqdori (foiz hisobida)
|
Siydikdagi miqdori (foiz hisobida)
|
Shu modda plazmadagiga qaraganda siydikda necha baravar ko’p bo’ladi
|
Suv
|
90-93
|
93-95
|
bir xil miqdorda
|
Oqsillar
|
7-9
|
-
|
-
|
Qand
|
0,1
|
-
|
-
|
Mochevina
|
0,03
|
2
|
70 baravar
|
Siydik kislota
|
0,002
|
0,05
|
25 baravar
|
Na
|
0,32
|
0,35
|
bir xil
|
K
|
0,02
|
0,15
|
7 baravar
|
Mg
|
0,01
|
0,04
|
40 baravar
|
Ca
|
0,0025
|
0,006
|
2,4 baravar
|
Cl
|
0,37
|
0,6
|
1,6 baravar
|
PO4
|
0,009
|
0,27
|
30 baravar
|
SO3
|
0,002
|
0,18
|
90 baravar
|
Ammiak
|
|
|
40 baravar
|
Siydik bilan anorganik tuzlardan natriy, kaliy tuzlari, sulfatlar, fosfatlar chiqariladi. Sog’lom organizm siydigida oqsillar va qand odatda bo’lmaydi. Ammo, ayrim hollarda juda qisqa vaqt davomida, og’ir jismoniy ish bajarayotgan odam va hayvon siydigida kam miqdorda oqsil bo’lishi mumkin. Biroq siydikda surunkasiga sezilarli miqdorda oqsil bo’lishi kasalliklar paytidagina kuzatiladi. Oqsillarning siydik bilan chiqish hodisasiga albuminuriya deyiladi. Ayrim fiziologik holatlarda (qo’rqish, hurkish, simpatik nerv tizimining qo’zg’alishi, adrenalinning ko’p ajralishi natijasida) va bir qator patologik hollarda siydik bilan qand, glyukoza chiqarilishi mumkin. Bu hodisaga glyukozuriya deyiladi. Turli buyrak kasalliklari, siydik yo’llarining jarohatlanishi va boshqa bir qator hollarda siydik bilan qon chiqishi ham mumkin -gematuriya deb shunga aytiladi.Odam va hayvonlarning bir qator infeksion va parazitar kasalliklari paytida siydikda gemoglobin uchrashi mumkin, bu gemoglobinuriyadir.
Voyaga yetgan odamlarning buyraklari bir kecha-kunduzda o’rtacha:erkaklarda 1000-1500 ml,ayollarda 900-1200 ml siydik ajratadi.Bu ko’rsatkich otlarda 2-5 litr,sigirlarda 6-12 l.,qo’ylarda 1,5-2,0 l..ni tashkil etadi.
Siydikning bir kecha kundkzlik miqdori va uning ajralishi ham keng ko’lamda o’zgarib to’radi.Odamlar o’xlayotgan paytda, kechasi soat 2-4 lar orasidakam miqdorda,tushlik va kunning ikkinchi yarmi soat 2-4 lar orasida ko’p miqdorda siydik ajraladi.
Siydik ajralishining o’zgarishi iste’mol qilingan oziqalar tarkibi va ichilgan suvning miqdoriga,uning gavda to’qimalari bilan birikish sharoitlariga,hamda ter bezlari bilan ajralishiga,tashqi haroratga,yil fasllariga,bajarilayotgan ish hajmigava ko’pgina boshqa omillarga bog’liqdir.Davomli ish bajarilganida siydik hosil bo’lishi yoki diurez,kamayadi,qisqa muddatli jadal ish bajarilganida esa-tezlashadi. Siydikning barcha fizik va ximik xususiyatlari ham bir kecha kunduz davomida o’zgarib to’radi.
Siydik tarkibida miqdoriy jihatdan keng ko’lamdagi,kelib chiqishi jihatidan to’rli tuman bo’lgan organik va noorganik moddalarning oraliq va oxirgi mahsulotlarini saqlaydi.
Odamlarning bir kecha kunduzli siydigida o’rtacha qo’yidagi moddalar saqlanadi( gramm hisobida).
Organik Noorganik.
Mochevina 30,0 Osh tuzi 15,6
Siydik kislota 0,7 Xlorid kislota 2,5
Kreatinin 1,9 Fosfat kislota 2,5
Gippur kislota 0,7 Kaliy 3,3
Boshqa moddalar 2,6
Siydikni barcha tarkibiy qismlari unda erigan,lekin eruvchanlik darajasi har xil moddalar uchun bir xil bo’lmagan va odatdagi suvli eritmalariga mos kelmaydi.Siydikning tarkibiga ovqatlar tarkibi va organizmning holati (faoliyat va tinchlik,to’qlik va ochlik)jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Odamlar siydigining zichligi 1,010-1,025 ga teng,qattiq moddalarining miqdori o’rtacha 4 % ni tashkil etadi.Odatda ovqatlangandan va suv ichilganidan keyin , katta miqdorda past molekulyar og’irlikga ega bo’lgan oqish rangdagi siydik ajraladi.
Siydikning ranggi-och sariqdan qoramtir qizg’ish ranggacha o’zgarib,odatda siydik pigmentlariga,hamda oziqalar tarkibiga bog’liq bo’ladi,ya’ni ular tarkibidagi ko’plab pigmentlar siydikga o’tadi.Siydik ajralish tezlashganda uning ranggi ochroq bo’ladi,organizm tomonidan katta miqdorda suv yo’qotilgandaYu,ko’chli ter ajralganida,tana harorati ko’tarilganida uning ranggi qizg’ishroq bo’ladi.
Odamlar siydigi qonga nisbatan biroz kislotaliroq,ya’ni kuchsiz kislotali muhitga ega: odam siydigining muhiti pH-4,7 dan 6,5 gacha o’zgarib to’radi.Siydikning reaksiyasi qon tarkibidagi kislotalar va ishqorlarning miqdorini ortib ketishiga bog’liq.Ortiqcha kislotalar va ishqorlarning siydik bilan chiqarilishi,qonning mutadil reaksiyasini ta’minlaydi.
Aksariyat hayvonlar siydigi tiniq, sarg’ish tusda bo’ladi. Siydikning rangi tarkibidagi pigmentlarga (uroxrom, urobilin, iste’mol qilinayotgan ozuqa pigmentlariga), ajralayotgan siydik miqdoriga, konsentratsiyasiga bog’liq.
Toq tuyoqli hayvonlar siydigida kalsiy karbonat kristallari ko’proq uchraydi. Shu sababli biroz loyqaroq tuyuladi. Turli hayvonlar siydigining solishtirma og’irligi bir-biridan farq qiladi. Jumladan, siydikning solishtirma og’irligi o’rtacha otlarda 1,040, qoramollarda 1,032, qo’ylarda 1,042, itlarda 1,025 teng. Ichilayotgan suvning miqdori ajralayotgan siydik solishtirma og’irligiga sezilarli ta'sir qiladi. Osmotik faol moddalar, turli ionlar ko’p miqdorda siydik bilan birga chiqariladi. Shu sababli siydikning osmotik bosimi baland bo’lib, 25-30 atmosferaga teng keladi. Siydik bilan chiqarilayotgan ionlar miqdori organizmning holatiga qarab keng doirada o’zgarib turadi. Bu esa o’z navbatida siydik osmotik bosimining bir muncha beqaror bo’lishini, o’zgarib turishini taqozo qiladi. Siydik muhiti hayvon iste’mol qilayotgan ozuqalarning xiliga va tarkibiga, organizmning holatiga bog’liq. Jumladan, o’txo’r hayvonlar siydigi ishqoriy muhitga ega bo’lib Ph=8,7-7,1ga teng. Go’shtxo’r hayvonlar ko’p miqdorda oqsil iste’mol qilayotganliklari uchun siydigi bir muncha kislotali muhitga ega bo’ladi. Ph=5,7-7,0ga teng. Aralash ozuqa iste’mol qiladigan hayvonlar, jumladan cho’chqalar siydigi, iste’mol qilayotgan ozuqa xiliga qarab, ishqoriy yohud kislotali bo’ladi. Onasini emadigan buzoqlar siydigi kislotali bo’lib Ph=5,7ga teng. Yoshi ulg’ayib borgan sari ratsionda o’simlik mahsulotlari ko’payib qolganiga yarasha siydigi ishqoriy muhit kasb etib boradi. Hayvon og’ir jismoniy ish bajarayotganda siydigining kislotaligi bir muncha oshishi mumkin. Ishdan so’ng esa bu ko’rsatkich avvalgi holiga qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |