Ayiruv (chiqaruv) organlarining ahamiyati Buyrakning tuzilishi haqida qisqacha ma’lumot. Siydik hosil bo’lishi



Download 292,15 Kb.
bet7/9
Sana13.06.2022
Hajmi292,15 Kb.
#665772
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20-ma'ruza 21

Siydik chiqarish.


Siydik buyraklarda uzluksiz ravishda hosil bo’lib, buyrak jomiga quyulib turadi. Buyrak jomi siydikka to’lgach u qisqaradi, oqibatda siydikni ichki siydik yo’llari orqali qovuqqa (siydik pufagiga) haydaydi. Siydikning ichki siydik yo’llari bo’ylab harakatlanishiga, ularda kuzatiladigan chuvalchangsimon-peristaltik harakatlar bir muncha qulaylik tug’diradi. Ichki siydik yo’llarining bunday to’lqinsimon harakati ularga buyrak jomidan siydik chiqarilish bilan boshlanadi va har minutda 1-5 martadan takrorlanib turadi hamda 20-30mm/sek. tezlik bilan tarqaladi. Shunday qilib belgili muddat davomida buyrak jomidan keladigan siydik, ma’lum vaqtdan keyin qovuqni to’lg’azadi. Qovuq siydikka to’lishi bilan vaqt-vaqtida tashqariga chiqarib turiladi. Qovuq to’layotganda undan siydikning tashqariga oqib tushishiga va ichki siydik yo’llaridan qaytib chiqishiga sfinkterlar yo’l qo’ymaydi. Jumladan, qovuqdan siydik chiqarish kanali boshlanadigan joyda muskulli halqa-qovuq sfinkteri bor. Undan sal pastroqda esa, siydik chiqarish kanali sfinkteri joylashgan. Qovuq to’layotganda bu sfinkterlar yopiq bo’ladi. Shu bilan siydikning tashqariga chiqarilmasligi ta’minlanadi. Ichki siydik yo’llarining qovuqqa quyiladigan joyidagi teshigida shilliq parda buramasi bor. Shunga ko’ra siydik qovuqdan, hatto u qisqarayotganda ham ichki siydik yo’llariga qaytib chiqa olmaydi. Qovuq devori doimo bir me’yorda tonik holda qo’zg’algan bo’ladi. Shu sababli u doimo tarang holda turadi. Ammo uning tonusi buyrakdan kelayotgan siydik miqdoriga mutanosib ravishda bo’shashib boradi, shu tufayli, u yangi-yangi siydik porsiyalarini sig’diraveradi. Qovuq siydikka to’lgan sari siyishga, siydikni tashqariga chiqarishga ehtiyoj tug’iladi. Oqibatda siygi qistaydi. Siydikning qovuqdan tashqariga chiqarilishi uchun qovuq devori qisqarishi va shu vaqtda qovuq hamda kanal sfinkterlari bo’shashuvi kerak. Bu vaqtda siydik, siydik chiqaruv kanaliga haydaladi va tashqariga chiqariladi. Siyish tugashi bilanoq sfinkterlar bekiladi, qovuq esa tonusi kamayib, kengaya boshlaydi. Oqibatda yangi porsiya siydik qabul qilish uchun tayyor bo’ladi. Siydik chiqarilishi reflektor aktdir. Qovuq sfinkterlar faoliyati simpatik va parasimpatik nerv tolalari yordamida boshqariladi. Simpatik nerv qo’zg’alganda qovuq kengayadi, sfinkterlar mahkam yopiladi. Bu vaqtda siydikning qovuqda yig’ilishi uchun sharoit tug’iladi. Parasimpatik nerv tolasi qo’zg’alganda esa qovuq tonusi oshadi, oqibatda u qisqaradi, sfinkterlar bo’shashib, ochiladi. Natijada siydikning chiqarilishi uchun imkoniyat yaratiladi. Siydik chiqarilishini boshqaradigan markaz orqa miyaning bel-dumg’oza sohasida joylashgan. Siydik chiqarish refleksi quyidagicha sodir bo’ladi: qovuq to’lganidan keyin devorlaridagi retseptorlar qo’zg’aladi. Hosil bo’lgan impulslar siydik chiqarish markaziga uzatiladi, oqibatda markaz qo’zg’aladi. Javob reaksiyasi parasimpatik nerv tolasi orqali qovuqqa beriladi va qovuq qisqarib, sfinkterlar bo’shashadi, shunda siydik tashqariga chiqariladi. Siydik chiqarilishini boshqaradigan orqa miyadagi markaz uzunchoq miya, o’rta miya va bosh miya yarim sharlari po’stlog’i nazorati ostida ishlaydi. Bu siydikni to’xtatib turish yoki kuchaytirish, ya’ni ixtiyor, xohishga qarab siyish bilan namoyon bo’ladi.
Diurezning miqdori bir qator omillarga qarab o’zgarib turadi. Diurez miqdoriga ichilgan suv yohud boshqa suyuqliklarning miqdori, iste’mol qilingan ozuqalarning xili va tarkibi, organizmning holati, iqlim, sutkaning davri, hayvonlarning turi va boshqa bir qator omillar ham ta’sir ko’rsatadi. Organizm kunduzi kechasiga nisbatan ancha faol bo’ladi. Shu sababli, moddalar almashinuvi kunduzi bir muncha tez kechadi, natijada kunduzi ajraladigan siydik miqdori ham kechasidagiga qaraganda bir muncha ko’p bo’ladi. Suv ko’p ichilganida yoki sersuv oziqalar ortiqcha iste’mol qilinganda ham diurez miqdori ortadi. Aksincha, hayvon ko’p terlasa (og’ir jismoniy ish bajarganda) diurez bir muncha kamayadi. O’z-o’zidan ma’lumki, ajraladigan siydik miqdori siydik hosil bo’lish darajasiga bog’liq. Siydik hosil bo’lishiga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarni ikki guruhga ajratish mumkin: buyrak faoliyatiga bevosita ta'sir qiladigan real omillar va boshqa organlar orqali unga ta'sir qiladigan ekstrarenal omillar. Bu omillarning bir qismi filtratsiyaga, bir qismi esa reabsorbtsiyaga ta'sir ko’rsatadi. Filtratsiyaga ta'sir ko’rsatadigan real omillar faol koptokchalar miqdori, ularning kapillyarlardagi qon bosimi, kapsuladagi bosim, koptokcha kapillyarlari va kapsula devorining o’tkazuvchanligi kiradi. Plazma onkotik bosimi, to'qimalarning gidratatsiya darajasi, qon aylanish tizimi va ter bezlarining faollik darajasi filtratsiyaga ta'sir ko’rsatadigan ekstrareal omillar hisoblanadi va hokazo.



Download 292,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish