Ayiruv (chiqaruv) organlarining ahamiyati Buyrakning tuzilishi haqida qisqacha ma’lumot. Siydik hosil bo’lishi


-Jadval. Qon plazmasi va siydikning tarkibi



Download 292,15 Kb.
bet4/9
Sana13.06.2022
Hajmi292,15 Kb.
#665772
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20-ma'ruza 21

20-Jadval.
Qon plazmasi va siydikning tarkibi

Moddalar

Miqdori (gramm hisobida)

90 litr plazmada

Birlamchi siydik tarkibida

Qayta so’rilgan moddalar miqdori

1 litr oxirgi siydikdagi miqdori

Suv

83 L.

83L.

82L.

1L.

Kolloidlar(oqsillar)

6750

-

-

-

Glyukoza

90

90

90

-

Natriy

270

270

266,5

3,5

Xloridlar

333

333

327

6,0

Mochevina

27

27

7

20,0

Siydik kislota

3,6

3,6

3,1

0,5

Kaliy

18

18

16,5

1,5

Fosfatlar

8,1

8,1

6,6

1,5

Sulfatlar

1,8

1,8

-

1,8

Basharti, ba’zi-bir fiziologik shart-sharoitlarga ko’ra, birlamchi siydikda kichik dispersli ozgina oqsil o’tgan taqdirda ham, ular kanalchalar devori orqali yana batamom so’rilib ketadi, reabsorbsiyalanadi. Shuningdek, natriy, kaliy, kalsiy, xlor va boshqa bir qator ionlar ham kanalchalar devoridan sezilarli darajada qayta so’riladi. Birlamchi siydikdan turli moddalarning qay miqdorda reabsorbsiyalanishini quyidagi jadvaldan ko’rsa bo’ladi (20-jadval).


Kanalchalar orqali moddalarning tanlab so’rilishi jadvaldan ko’rinib turibdi.
Moddalar reabsorbsiyalanishiga qarab pog’onali va pog’onasiz moddalarga bo’linadi. Plazmadagi konsentratsiyasi qay darajada bo’lishidan qat’iy nazar, reabsorbsiyalanmaydigan,ya’ni benihoya kam miqdorda reabsorbsiyalanib, oxirgi siydik bilan chiqib ketadigan moddalarga pog’onasiz moddalar deyiladi. Bu moddalar qatoriga mochevina, kreatinin, sulfatlar kiradi. Ular ajralayotgan siydik miqdoriga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

40-rasm. Normal siydik tarkibida bo’ladigan tuzlarning kristallari.
1-kalsiy fosfat, 2-ammoniy urat, 3-kalsiy karbonat, 4-siydik kislotasi (urat kislota), 5-kalsiy oksalat.

Odatda to’la reabsorbsiyalanishi tufayli ajralayotgan siydik tarkibida uchramaydigan,ya’ni juda kam miqdorda uchraydigan moddalar pog’onali moddalar deyiladi. Bular qatoriga glyukoza, aminokislotalar, turli ionlar kiradi. Pog’onali moddalarning ajralib chiqish pog’onasi deb, bu moddalarning qondagi shunday konsentratsiyasiga aytiladiki, bunda ular kanalchalarda to’la reabsorbsiyalana olmaydi, shunga ko’ra oxirgi siydik bilan chiqib ketadi. Binobarin, pog’onali moddalarning siydik bilan chiqarilishi uchun ularning qondagi konsentratsiyasi odatdagidan sezilarli darajada oshiq bo’lib, ajralib chiqish pog’onasiga yotmog’i lozim. Masalan, glyukozaning miqdori qonda ba’zi-bir fiziologik yoki patologik holatlarda odatdagisidan oshib ketadi. Oqibatda uning ma’lum qismi siydik bilan chiqariladi. Pog’onali moddalar bo’lgan mineral moddalar ionlarining miqdori oshib ketsa, osmotik bosimni oshish xavfi tug’ilsa, bu moddalarning ma’lum qismi siydik bilan chiqariladi. Shu bilan qonning osmotik bosimi bir xilda turaveradi. Reabsorbsiyaning mexanizmi bir qator tajribalarda o’rganilgan. Jumladan, natriy, kaliy, kalsiy ionlari, glyukoza va aminokislotalar kanalchalar epiteliysining faol faoliyati tufayli qayta so’riladi. Bu moddalarning faol so’rilishi oqibatida to'qima, oraliq suyuqligining osmotik bosimi bir muncha oshib, suvning passiv ravishda ko’p miqdorda so’rilishiga sabab bo’ladi. Xlor va boshqa anionlar manfiy zaryadli bo’lganligi sababli musbat zaryadli natriy ionlari bilan birga so’riladi.


Tekshirishlarda, Genli qovuzlog’ining pastga tushuvchi qismidan suvning, yuqoriga ko’tariluvchi qismidan natriy ionlarining so’rilishi isbotlangan. Qayta so’rilish ikkinchi tartibli burama kanalchalarda ham davom etadi. Ammo bu yerda ionlarning faol so’rilishi ularning qondagi konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Ya’ni bu yerdan oqib o’tayotgan siydik tarkibida kaliy va natriyning miqdori, ularning qondagi miqdoridan kam bo’lsa shundagina bular so’riladi, teng bo’lgan holda esa so’rilmaydi.Kanalchalarda reabsorbtsiya oqibatida qolgan siydik yog’uvchi va umumiy kanalchalar orqali oxirgi, ya’ni haqiqiy siydik holida buyrak jomiga quyiladi. Bir qator usullar yordamida qancha birlamchi siydikdan qancha oxirgi siydik hosil bo’lishini aniqlash mumkin. Eng keng tarqalgan usullardan biri ajralayotgan siydik va plazma tarkibidagi sulfatlar konsentratsiyasini aniqlab, shunga qarab hisoblashdir. Gap shundaki, sulfatlar kanalchalardan mutlaqo qayta so’rilmaydigan o’ta pog’onasiz moddalardir,ha’ni ularning qondagi konsentratsiyasi birlamchi siydik konsentratsiyasiga teng bo’ladi. Qayta so’rilmaganligi sababli birlamchi siydikka o’tgan sulfatlarning hammasi oxirgi siydik bilan chiqariladi. Shu sababli qon va oxirgi siydikdagi sulfatlar konsentratsiyasini aniqlash yo’li bilan qancha birlamchi siydikdan qancha oxirgi siydik hosil bo’lganini aniqlash mumkin. Masalan, plazmada, binobarin, birlamchi siydikda sulfatlar 0,002% ga, oxirgi siydikda esa ularning miqdori 0,18%ga teng. Demak, 0,18 : 0,002=90. Demak, oxirgi siydikda sulfatlar birlamchi siydikdagiga qaraganda 90 marta ko’p bo’ladi. Sulfatlarning mutlaqo qayta so’rilmaganini nazarda tutsak, 1L siydik hosil bo’lishi uchun kanalchalardan 90L birlamchi siydik oqib o’tishi, uning 89L qayta so’rilishi kerak degan xulosa kelib chiqadi. Hayvonning bir sutkada qancha siydik chiqarishini bilib olib, buyraklarning qancha birlamchi siydik filtrlagani, uning qanchasi reabsorbtsiyalangani to’g’risida fikr yuritsa bo’ladi.
Filtratsiya va reabsorbtsiya jarayonlaridan tashqari buyrakda ba’zi moddalarning sintezlanish jarayonlari ham sodir bo’lib turadi. Masalan, siydikda uchraydigan gippur kislota buyrakda, kanalchalar epiteliysida sintezlanadi. Gippur kislota benzoat kislota bilan glikokol degan aminokislotadan sintezlanadi. Bundan tashqari, buyrakda aminokislotalarning dezaminlanishi tufayli hosil bo’lgan NH2 guruhidan ammiak sintezlanadi. Buyrakda fosfataza va boshqa fermentlar ishtirokida bir oz miqdorda fosfatlar va sulfatlar ham hosil bo’lib turadi.



Download 292,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish