Ayirishning reflektor va gumoral boshkarilishi



Download 173 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2017
Hajmi173 Kb.
#13647
  1   2   3

Aim.uz

Ayirishning reflektor va gumoral boshkarilishi.

Buyraklar organizmda modda almashinuvidan xosil buladigan turli moddalarni, tashki muxitdan kirgan yot va zaxarli moddalarni organizmdan chikarib yuboradi, shu bilan bir katorda yana boshka funksiyalarni utaydi: organizmda suv balansini, kislota-ishkor muvozatini, natriy, kaliy, xlor, fosfor va boshka mineral moddalar balansini boshkarishda katnashadi, ba’zi ximiyaviy birikmalarni sintezlaydi, arterial bosim mikdoriga ta’sir etuvchi fiziologik modda – renin ishlab chikaradi. Bundan tashkari gomeostazni saklab turishda, biologik aktiv moddalarni ishlashda – inkretor vazifani – fermentlarni sintezlaydi – urokinaza, tromboplastin, tromboksan (tomirlarni toraytiradi, trombotsitlarni agregatsiyasiga kumaklashadi), prostasiklin (trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi). Urokinaza plazminogenni aktivlaydi buning natijasida fibrinoliz sodir buladi. Buyrak xujayralari provitamin Dni aktiv shaklga D3 aylantiradi, bu steroid organizmda kalsiy almashinuvini boshkaradi. Bundan tashkari buyrakda boshka tukimalar xujayralariga ta’sir kilib, xar xil effektlarni chakiradigan moddalar ishlanadi – serotonin, bradikinin, prostaglandinlar, eritrogenin (kon plazmasidani α globulini bilan birikib aktiv kompleks – eritropoetinga aylanadi), metabolik funksiyani bajarishda ishtirok etadi. Buyraklarning asosiy funksiyasi – siydik xosil kilishdir.

Buyrak qon oqimining autoregulyatsiyasi

Ba’zi mexanizmlar, hatto arterial qon bosimi kuchli o‘zgarganda ham, buyrakka doimiy tugunchalar filtrlash tezligini saqlashga imkon beradi.

Bu rostlash jarayoni odatda qon bosimi 80-200 mm simob ustuni bo‘lganda ayniqsa yaxshi ishlaydi. Boshqa tomondan, agar arterial qon bosimi 80 mm simob ustuni dan pastroq kamaysa, buyrak perfuziyasi tez kamayadi va filtrlash samarali bo‘lmaydi (o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘ladi).



Autoregulation of Renal Blood Flow Certain mechanisms allow the kidney to maintain a constant glomerular filtration rate, even with considerable swings in blood pressure. This regulation usually functions very well between blood pressures of 80−200 mmHg. On the other hand, if blood pressure falls below 80 mmHg, renal perfusion falls rapidly and filtration fails (acute renal failure).


 Buyrak murakkab tuzilgan bulib, taxminan 1 million nefrondan tuzilgan, bular struktura va funksional birliklardir. Nefronlar orasida kushuvchi (interstitsial) tukima bor. 
Nefronning funksional birlik ekaniga sabab shuki, u siydik xosil bulishida ruy beradigan barcha protsesslar yigindisi amalga oshira oladi.
Xar bir nefron kush devorli tovokcha shaklidagi kichik kapsula (Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi) dan boshlanadi. Bu kapsula ichida kapillyarlar kalavasi (Malpigiy koptokchasi) bor. Kapsula devorlari orasidagi bushlikdan kanalcha boshlanadi. Kapsulaning ichki varagi yapalok mayda epiteliy xujayralaridan tuzilgan. Elektron mikroskopik tadkikotlarning kursatishicha, orasi yorik bulgan bu xujayralar uch kavat molekulalardan tashkil topgan bazal membranada joylashgan.
Malpigiy koptokchasi kapillyarlarining endoteliy xujayralarida diametri taxminan 0,1 mk keladigan teshiklar bor. Shunday kilib, koptokcha kapillyarlaridagi kon bilan kapsula bushligi urtasidagi tusik yupka bezal membranadan iborat. 
Kapsula bushligidan avvaliga buralgan siydik kanalchasi – birinchi tartibdagi burama-proksimal kanalcha boshlanadi. Bu kanalcha pustlok va magiz kavatlari orasidagi chegaraga yetgach torayadi va tugrilanadi. Kanalcha buyrakning magiz kavatida Genle kovuzlogini xosil kiladi va buyrakning pustlok kavatiga kaytadi. Shunday kilib Genle kovuzlogi tushuvchi, yoki proksimal kism bilan kutariluvchi, yoki distal kismdan iborat. 
Tugri kanalcha buyrakning pustlok kavatida yoki pustlok kavati bilan magiz kavati chegarasida yana burama shaklga kirib, ikkinchi tartibdagi burama-distal kanalchani xosil kiladi. Bu kanalcha chikaruvchi yul – yiguvchi naychaga kuyiladi. Bundan yiguvchi naychalarning bir kanchasi kushilib umumiy chikaruv yullarni xosil kiladi, bu yullar buyrakning magiz kavatidan utib, buyrak jomi bushligiga turtib chikib turuvchi surgichlarning uchiga ochiladi.
Xar bir Shumlyanskiy-Boumen kapsulasining diametri kariyb 0,2 mm, bir nefron kanalchalarining umumiy uzunligi esa 35-50 mm ga yetadi.

 Buyrak arteriyalari tobora mayda tomirlarga tarmoklanib, arteriolalarni xosil kiladi, xar bir arteriola Shumlyanskiy-Boumen kapsulasiga kirgach yana taxminan 50 ta kapillyar kovuzlokka bulinadi, bular esa Malpigiy koptokchasini xosil kiladi.

Kapillyarlar birga kushilib, koptokchadan chikuvchi arteriolani xosil kiladi. Koptokchaga kon yetkazib beruvchi arteriola olib keluvchi tomir (vas afferens) deb ataladi. Koptokchadan kon olib ketadigan arteriola esa olib ketuvchi tomir (vas efferens) deyiladi. Kapsuladan chikayotgan arteriola unga kelayotgan arterioladan torrok. Koptokchadan chikkan arteriola undan sal narirokda yana kapillyarlarga tarmoklanib, kalin tur xosil kiladi, bu kapillyarlar turi esa birinchi va ikkinchi tartibdagi burama kanalchalarni urab oladi. Shunday kilib, koptokcha kapillyarlaridan utgan kon keyinchalik kanalchalarning kapillyarlaridan xam utadi. Bundan tashkari, malpigiy koptokchasining xosil bulishida katnashmaydigan, ozgina arteriolalardan boshlanuvchi kapillyarlar kanalchalarni kon bilan ta’minlaydi.

Kon kanalchalarning kapillyarlar turidan utgach mayda venalarga kiradi, bu venalar bir-biriga kushilib, ravok venalari ni xosil kiladi. Ravok venalarining bir-biriga kushilishidan esa buyrak venasi vujudga keladi. Buyrak venasi pastki kavak venaga kuyiladi.
Yukorida tasvir etilgan nefronlardan tashkari, buyrakda olgan urni va kon bilan ta’minlanishi jixatdan fark kiluvchi boshka – yukstamedullyar nefronlar mavjudligi yakinda kursatib berildi.
Yukstamedullyar nefronlar buyrakning deyarli butunlay magiz kavatida joylashgan. Ularning koptokchalari pustlok kavati bilan magiz kavati orasida buladi. Genle kovuzlogi esa buyrak jomi chegarasida joylashgan.
Yukstamedullyar nefronning kon ta’minoti pustlokdagi nefroning kon ta’minotidan shu bilan fark kiladiki, kon olib keluvchi tomir diametri kancha bulsa, kon olib ketuvchi tomir diametri xam ushancha. Koptokchadan chikayotgan arteriola kanalchalar atrofida kapillyar tur tashkil kilmaydi, balki biroz yul bosib, bevosita venoz sistemaga kuyiladi.
Kon olib keluvchi arteriolaning koptokchaga kiradigan joyidagi devori kalin tortgan, bu joy mioepiteliy xujayralaridan tuzilgan bulib, yukstaglomerulyar (koptochka oldi) kompleksi deb ataladi. Bu kompleks xujayralari ichki sekresiya funksiyasini utaydi: buyrakdan kon utishi kamayganda renin ishlab chikaradi, bu modda arterial bosim mikdorini boshkarishda katnashadi, elektrolitlarning normal balansini saklab turishda xam reninning axamiyati bulsa kerak.

1844 yildayok K. Lyudvig uz tadkikotlariga asoslanib, siydik xosil bulish protsessi koptokchalarning kapillyarlari devori orkali ruy beradigan filtratsiyadan va kanalchalardan ruy beradigan reabsorbsiya (ya’ni kayta surilish) dan iborat deb faraz kilgan. A. Keshni bu taxminni rivojlantirib,xosil bulishining filtratsiya-reabsorbsiya, sekresiya nazariyasini ta’riflab bergan. Bu nazariyani xozirgi tasavvurlarga asos buldi va kup eksperimentlarda tasdiklandi.
Xozirgi nazariyaga kura, koptokcha kapillyarlari orkali utadigan kon plazmasidan Shumlyanskiy-Boumen kapsulasiga suv va plazmada erigan barcha moddalar (yukori molekulali birikmalardan tashkari) filtrlanib utadi. Koptokchalardagi filtratsiya endoteliydagi teshiklar, bazal membrana va kapsulaning ichki devoridagi epiteliy xujayralari orasidagi yoriklar orkali ruyobga chikadi. Bu filtr diametri taxminan 100 angstremgacha bulgan molekulalarni utkazadi. Molekulyar ogirligi 70 mingdan ortik bulgan kattagina zarralar bu filtrdan utmaydi. Shuning uchun globulinlar (molekulyar ogirligi 160 mingdan ortik), yoki kazein (molekulyar ogirligi 100 000 ortik) kabi yukori molekulali oksillar filtratga utmaydi. Molekulyar ogirligi uncha katta bulmagan ba’zi yot oksillar (tuxum oksili, jelatina va boshkalar) buyrak filtridan utib, siydik bilan chikib ketadi. Kon plazmasining albuminlari (molekulyar ogirligi kariyb 70 000) filtratga juda oz (plazmadagi mikdorining 1/100 kismidan kamrogi) utadi.
Tomirlar ichida gemoliz ruy berganda, ya’ni eritrotsitlar parchalanib, gemoglobin molekulalari (molekula ogirligi 68 000) plazmaga chikkanda uning 5 protsenti filtratga utadi. Anorganik tuzlar va kichik molekulali organik birikmalar (mochevina, siydik kislotasi, glyukoza, aminokislotalar va boshkalar) koptokcha filtridan bemalol utib, Shumlyanskiy-Boumen kapsulasiga kiradi. 
Buni A.N. Richards avvalliga bakalar, sung sut emizuvchi xayvonlar – dengiz chuchkachalari va kalamushlar ustida mikrofiziologik eksperimentlar utkazib bevosita isbot etgan. Utkir tajribada xayvonning buyragini ochib, uning yuzarokda yotgan va mikroskop orkali kuzatish mumkin bulgan biror kapsulasiga ingichka mikropipetka kiritilgan. Bu kapsuladan boshlanuvchi kanalcha suyuklik utmaydigan kilib kisib kuyilgan. Shu yul bilan mikropipetka orkali yetarli mikdorda filtrat olib, uning tarkibini tekshirish mumkin bulgan. Natijada koptokcha filtratida, boshkacha aytganda, birlamchi siydikda, anorganik va organik moddalarning mikdori ularning kon plazmasidagi mikdoriga teng ekanligi aniklangan.
Xosil bulayotgan birlamchi siydikning mikdori juda kup bulib, bir sutkada 150-180 l gacha yetadi. Buyraklarning kon bilan yaxshi ta’minlanishi, koptokcha kapillyarlarining maxsus tuzilganligi va filtratsion yuzasining katta ekanligi va ulardagi kon bosimi yukori ekanligi tufayli filtratsiya xajmi shunday katta buladi. Buni kuyidagi ma’lumotlar bilan kursataylik. Bir sutkada buyraklardan 1700 l kon utadi va, shu tarika, koptokcha kapillyarlari orkali utadigan xar 6-10 lkondan kariyb 1 l filtrat xosil buladi. Koptokcha kapillyarlari devorining filtrlaydigan umumiy yuzasi taxminan 1,5-2 m2 ni tashkil kiladi, ya’ni gavdaning umumiy yuzasiga teng. Koptokcha kapillyarlaridagi kon bosimi kariyb 70 mm Hg. Kon bosimining bunday nisbatan yukori ekaniga sabab shuki, buyrak arteriyalari bevosita korin aortasidan boshlanadi va ulardan koptokchalargacha bulgani yul nisbatan kaltadir.

Kon olib ketuvchi arteriyaning kon keltiruvchi arteriyaga nisbatan deyarli ikki xissa torligi xam koptokcha kapillyarlaridagi kon bosimining nisbatan baland bulishiga va siydik filtratsiyasiga yordam beradi.
Siydik xosil bulishida kon bosimi mikdorining axamiyati borligi utgan asrning urtalarida K. Lyudvig laboratoriyasida kursatib berilgan. Bu yerda itdan kon chikarish yuli bilan kon bosimi pasaytirilsa, kirkib kuyilgan siydik yuli (ureter) ga sukilgan kanyulyadan siydik kam chikishi yoki sira chikmay kuyishi aniklangan.
Birok, koptokchadagi filtratsiya kon bosimining mikdoriga boglik bulish bilangina kolmay, suyukligi tomirlarda ushlab turuvchi plazmaning onkotik bosimiga va kapsula bilan kanalchalarni tuldiradigan suyuklikning gidravlik bosimiga xam boglik. Koptokcha kapillyarlaridagi kon bosimi filtrovchi kuchdir. Kon plazmasining onkotik bosimi va kapsuladagi siydik bosimi esa filtratsiyaga karshilik kursatuvchi kuchlardir. Shu sababdan, koptokcha kapillyarlaridagi kon bosimi karshi ta’sir etuvchi bu ikki kuchning yigindisidan ortik bulgandagina filtratsiya ruy beradi. Kon plazmasining onkotik bosimi taxminan 30 mm, kapsula va kanalchalarni tuldiradigan filtrat bosimi esa kariyb 20 mm Hg. Shunday kilib, koptokchada filtratsiyani ta’minlovchi bosim urta xisob bilan 70 mm – (30+20 mm) = 20 mm Hg.
Lyudvig tajribalarida buyrak arteriyalaridagi kon bosimi filtratsion bosimni ta’minlovchi darajada pastga tushirilganda siydik chikmay kuyganligining sababi yukorida keltirilgan ma’lumotlardan ravshan kurinib turibdi. 
Buyrak ichidagi bosim sun’iy ul bilan 30-40 mm Hg gacha kutarilganda siydik chikmay kuyganini kursatib bergan A.O. Ustimovich tajribalarining natijalari xam tushunarli. Kanalchalardagi reabsorbsiya. Suv va unda erigan bir kancha moddalar kanalchalarda kaytadan suriladi, ya’ni reabsorbsiyalanadi. Kanalchalar ingichka uzun naychalardir. Ularning umumiy uzunligi juda katta bulib, 70-100 km gacha yetadi. Kanalchalarning turli bulimlari turlicha epiteliy bilan koplangan. Birinchi tartibdagi burama kanalchalarda epiteliy xujayralari silindr shaklida. Genle kovuzlogining tushuvchi kismi soxasida epiteliy xujayralari yassilanadi, kovuzlokning kutariluvchi kismida esa kubsimon epiteliy bor. Ikkinchi darajadagi burama kanalchalar xam kubsimon epiteliy bilan koplangan.

Silindrik epiteliy xujayralarining kanalchalar ichiga karagan yuzasi sertuk xoshiyali bulib, elektron mikroskopda tekshirish ma’lumotlariga karaganda, mikrovorsinkalardan tuzilgan. Shu tufayli kanalchalarning umumiy yuzasi katta bulib, 40-50 m2 ga yetadi. Kovuzlok soxasida xam mikrovorsinkalar bor.

Kanalchalar yigindi yuzasining katta ekanligidan reabsorbsiya xajmi yukori buladi. Bir sutkada xosil bulgan 180 litr koptokcha filtratidan fakat 1-1,5 litrioxirgi (definitiv) siydik shaklida ajralib chikadi. Suyuklikning kolgan kismi va unda erigan moddalarning anchaginasi kanalchalarda surilib, buyrakning tukima suyukligiga va konga utadi.

A.N. Richards kanalchalarga ikkita mikropipetka sukib kuygan, shu yul bilan muayyan moddalar eritmasini burama kanalchaning proksimal kismiga yuborgan, uning pastki – distal kismidan esa bu yerga okib kelayotgan suyuklikni olib, analiz kilgan. Siydik kanalchalardan utayotganda suv va undagi bir kator moddalarning kaytadan konga zur berib surilishi shu tajribalarda isbot etilgan.

Bir kancha moddalarning kaytadan surilishi ularning kondagi konsentratsiyasiga boglik. Masalan, kon plazmasidan glyukoza konsentratsiyasi 150-180 mg % dan oshmasa, bu modda tula reabsorbsiyalanadi. Plazmadagi glyukoza konsentratsiyasi 150-180 mg % dan ortib ketsa, tula reabsorbsiyalanmaydi va bir kismi siydikka utadi (glikozuriya). Turli moddalarning ajralib chikish pogonasi xakidagi tasavvur shunga asoslangan.

Ajralib chikish pogonasi – moddaning kondagi shunday konsentratsiyasiki, bunda modda kanalchalarda tula reabsorbsiyalana olmay, oxirgi siydikka uta boshlaydi. Pogonali moddalar deb ataluvchi turli moddalarning ajralib chikish pogonasi turlicha. Pogonasiz moddalar buyrak kanalchalarida reabsorbsiyalanmaydi va plazmada xatto juda oz konsentratsiyada bulsa xam, siydik bilan chikib ketaveradi. Bunday moddalarga kreatinin va inulin kiradi. Kondagi konsentratsiyasi normal bulganda tula reabsorbsiyalanadigan glyukoza pogonali moddalarga kiradi. Kon plazmasining filtratga utib koladigan kupchilik aminokislotalari, oksillari, kupchilik vitaminlar, shuningdek natriy, kaliy, kalsiy, xlor ionlari va boshka moddalarning kupchilik kismi kanalchalarda tula reabsorbsiyalanadi. Shunday kilib, organizmda zarur moddalarning xammasi kaytadan suriladi, ya’ni reabsorbsiyalanadi.

Yassi ko’p qavatli epitiliy hujayrasida tashqi qavat o’lik bo’ladi va bunda eng tashqi qavat muguzlashgan bo’lib tashqi tasirotdan saqlaydi. O’tkazuvchi epitiliy qovuqdan hujayra membranasi siydikning zararli tasiridan himoyalangan.



double layer of ciliated epithelium in the respiratory tract). A special form of pseudostratified epithelium is the transitional epithelium of the lower urinary tract, which can adapt to considerable surface changes, e. g., in the bladder.

Modda almashinuvining organizmdan chikarib tashlanadigan oxirgi maxsullari – mochevina, siydik kislotasi, ammiak – kamrok reabsorbsiyalanadi, ba’zilari (sulfatlar, kreatinin) esa butunlay reabsorbsiyalanmay, organizmdan siydik bilan chikib ketadi. Reabsorbsiya jaraeni passiv va aktiv transport mexanizmlari orkali yuzaga chikadi. 

Odamda reabsorbsiya mikdorini aniklash. Biror moddaning reabsorbsiyalanadigan mikdorini aniklash uchun uni venaga yuborib, kondagi xamda siydikdagi konsentratsiyasini bilish va ajralib chikkan siydik mikdorini ulchash mumkin.

Shu bilan bir vaktda koptokchadagi filtratsiya mikdorini aniklash uchun inulin xam yuboriladi.

Reabsorbsiya mexanizmi. Turli moddalarning kayta surilish (reabsorbsiya) mexanizmi turlicha. Masalan, natriy, glyukoza, aminokislotalar va boshka ba’zi moddalar aktiv xayot faoliyati protsesslari natijasida suriladi. Suv, shuningdek xloridlar esa passiv yul bilan, ya’ni diffuziya va osmos konunlari asosida suriladi.

Siydikdagi ba’zi moddalar sintezlanishida buyraklarning ishtiroki. Kon bilan keladigan modda almashinuv maxsulotlari (mochevina, siydik kislotasi, indikan, urobilin va b.) ni chikarib yuborishdan tashkari, buyraklarning uzi xam siydikka utuvchi ba’zi moddalarni xosil kiladi.

Agar ozuqa moddalari organizmda to‘liq "yondirilsa", ya’ni, CO2 va suvgacha oksidlanib parchalansa, yog‘lardan va o‘zlashadigan uglevodlardan tana o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan energiya (fiziologik kaloriyalilik) fizikaviy kaloriyalilikka yaqinlashadi (yonilg‘i qiymati). Lekin, oqsillar parchalanishi paytida, CO2 va suvga qo‘shimcha tarzda mochevina hosil bo‘ladi. Agar modda to‘liq yondirilsa, bu ko‘proq energiya berishi sababli, oqsillarning yonilg‘i qiymati fiziologik kaloriyalilikdan yuqoriroq bo‘ladi.



If the nutrients are “burnt” completely in the organism, i.e., broken down oxidatively to CO2 and water, the energy available to the body (physiological caloric value) from fats and digestible carbohydrates approximates the physical caloric value (fuel value). During the breakdown of protein, however, urea is formed in addition to CO2 and water. Since this would generate more energy if it underwent complete combustion, the fuel value of proteins is higher than the physiological caloric value.

Bu moddalarga gippur kislota va b. kiradi.

Buyraklarning kanalchalar epiteliysida ammiak xosil buladi, aminokislotalar dezaminlanganda ajralib chikadigan aminogruppalar, asosan glyutamindan ajralib ketadigan NH2-gruppasi ammiak xosil kiladi. Buyrak venasidagi konda ammiak buyrak arteriyasidagi konga va boshka tukimalardan ketayotgan konga karaganda 2-3 baravar kuprok ekanligi ammiakning buyrakda xosil bulishini isbot etadi.

Buyrak tukimasi fermentlarga boy bulib, unda bir kancha ximiyaviy protsesslar ruy beradi, bular orasida oltingugurtli va fosforli ba’zi organik birikmalarda sulfat va fosfatlar ajralib chikishini kursatish mumkin.

Kondagi birlamchi siydikka utgan, xayot-faoliyat uchun zarur bulgan barcha moddalar suv bilan birgalikda kayta surilib ketadi. Bularga aminokislotalar, glyukoza, kupgina vitaminlar, natrny, kaliy, kalsiy ionlari, xlorning kupgina kismi va boshka moddalar kiradi. Organizmga keraksiz yoki zararli moddalarning xammasi, aksincha, kayta surilmaydi yoki deyarli surilmaydi. Bularga moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlari bulmish mochevina, urat kislota, ammiak, kreatinin xamda ba’zi tuzlar, masalan, sulfatlar, fosfatlar va boshka moddalar kiradi. Birlamchi siydikni xosil kiladigan suvning 99 protsenti kayta surilib ketadigan bulgani uchun surilmaydigan moddalar konsentrlanib boradi. Shu bilan bu moddalarning kiyosan kichik xajmda (1—1,5 l) buladigan sutkalik siydik bilan tashkariga chikib ketishi ta’minlanadi. Oxirgi siydik bilan tashkariga chikarib yuboriladigan moddalar konsentratsiyasining plazma va birlamchi siydnkdagi konsentratsiyasiga karaganda kay tarika uzgarishi 1-jadvalda kursatilgan.

1-j a d v a l

Snydik tarkibiy kismlarining kon, birlamchi va ikkilamchi siydnkdagy kiyosiy mikdori

 


Modda noii

 

 



Mikdor,    xisobida

Mazkur moddaning oxirgi siydikdagi mikdori plazmadagi mikdoriga karaganda necha barobar kupaygan

kon plazmasi va birlamchi siydikda

chikarilgan siydikda

Mochevina Urat kislota Kaliy Natriy Fosfatlar Sulfatlar

0,03

0,04


0,02

0,32


0,009

0,002


2,0

0,05


0,15

0,35


0,15

0,18


67 baravar

12 baravar

7baravar

Deyarli kupaymaydi 16 baravar

90 baravar


 

 Birlamchi siydikdan moddalarning kaytadan surilib utishi, ya’ni reabsorbsiyasi ularning mazkur paytda kondagi konsentratsiyasiga boglik. Masalan, konda glgokoza ortikcha (150—180 mg% dan kup) mikdorda bulsa, odam mul-kul kand yeganidan keyin yoki ba’zi kasalliklar vaktida shunday xodisa kuriladi, u xolda glyukoeaning bir kismi birlamchi siydikdan kayta surilmay, balki oxirgi siydikda koladi va tashkariga chikarib tashlanadi. Masalan, ovkatda osh tuzi yetishmay kolganda, aksincha, uni siydik bilan birga, chikarish deyarli tuxtaydi. Shunday kilib, buyraklar organizm uchun zarur moddalarning kondagi mikdorini tugrilab, idora etib borishda ishtirok kiladi va yetishmay turgan modda-larni saklab koladi yoki ortikchasini chikarib tashlaydi.

Xar bir modda konda ma’lum konsentratsiyada bulsagina, u kanalchalarda kayta surilishi mumkin, moddaning konsentratsiyasi usha chegaradan ortib ketganda, uning kayta surilishi, reabsorbsiyasi oxirigacha bormay koladi. Ana shu chegara ajratish yoki chikarish busagasi deb ataladi. Bunga kondagi glyukoza mikdori ortib ketganda uning tashkariga chikarilishi tugrisida xozirgina bayon etilgan konuniyat misol bula oladi. Birok, ba’zi moddalar busagasiz bulib xisoblanadi, chunki ularning konlagi mikdori juda kam bulganida xam kaytadan surilmaydi. Kreatinin, sulfatlar shularga kiradi. Mochevina xam deyarli kayta surilmaydi.

Suv va unda erigan moddalarning kanalchalarda kaytadan surilish mexanizmi murakkab va xar xil moddalar uchun xar xildir. Chunonchi, natriy, glyukoza, aminokislotalar va ba’zi boshka moddalar reabsorbsiyasini kanalchalar xujayralaridagi aktiv fiziologik protsesslar ta’minlab turadn. Xujayralarning kup kimyoviy energiya sarflab, buyraklarning bir talay kislorod iste’mol kilib turishi shundan dalolat beradi. Suv va xloridlar diffuziya va osmosning fizik-kimyoviy konuniyatlariga muvofik, passiv yul bilan suriladi. Bu protsessda birlamchi siydik bilan oxirgi siydikdagi, kanalchalar atrofidagi tukima suyukligi bilan kapillyarlarning venoz konidagi osmotik bosim farki xarakatlantiruvchi kuch bulib xizmat kiladi.

Buyrak kanalchalarining epiteliysi asosiy funksiya — reabsorbsiyani yuzaga chikarishdan tashkari ba’zi moddalarni ishlab chikarishga xam kodirdir (sekresiya). konga yirik molekulali ba’zi buyoklar yuborib kurilganida bu yaxshi ma’lum buladi. Bunday buyoklarning Shumlyanskiy—Boumen kapsulasini tuldirib turadigan suyuklikda bulmasdan, balki kanalchalar yulidagi suyuklikda va ular epiteliysining sitoplazmasida bulishi aniklandi. Kanalchalar sekresiyasi epiteliyning aktiv ishlab turishi natijasidir. Masalan, kanalcha epiteliysining ammiak xosil kilib, uni chikarib tura olishi kursatib berilgan. Dori moddalar koptokchadagi filtratsiya yordami bilan xam, kanalcha sekresiyasi yordami bilan xam organizmdan chikarib tashlanadi. Chunonchi, levomitsetin, streptomitsin, tetrasiklin, neomitsin, kanamisin antibiotiklari va boshkalar kondan koptokchalarga diffuziyalanib utsa, penitsillin asosan (80—90 protsenti) kanalcha sekresiyasi yordamida tashkariga chikariladi. Dori moddalarning buyraklar orkali xar xil usul bilan chikarilishi ularning organizmda bir kadar uzok yoki kiska vakt aylanib turishi uchup axamiyatga ega buladi. Buyraklar kasalligi vaktida nefron tur-li bulimlari shikastlanar ekan, bir kancha dori birikmalari konda uzok aylanib yurishi va organizmdan chikarilmasligi mumkin.

Ajratish yoki chikarish busagaoi degan tushuncha urniga xozir maksimal transport kattalign (Tt) degan tushuncha bor.

A.G.Ginesinskiy fikrlariga karaganda, antidiuretik gormon gialuronidazani aktivlashtiradi. Bu ferment yiguvchi naychalarning gujayralararo moddasi tarkibiga kiradigan gialuronat kislotani parchalaydi, shunga kura naychalarning devorlari suvni kuprok utkazadigan bulib koladi.

Gipotalamus yoki gipofiz orka bulagining faoliyati buzilganida antidiuretik gormon ishlanib chikmay kuyishi mumknn, yiguvchi naychalarda suv kayta surilmay koladi, shuning natijasida diurez keskin kuchayib, sutkasiga 20—25 l gacha boradi. Mana shunday kasallik kandsiz kup siyish deb ataladi.

Siydik xosil bulishiga boshka gormonlar xam ta’sir kursatadi. Chunonchi, adrenalin katta dozalarda koptokchalarning kon olib keluvchi tomirlarini togaytirib, diurezni kamaytiradi. kalkonsimon bez gormoni tiroksin, aksincha, diurezni kuchaytiradi va kanalchalardagi reabsorbsiyani kuchaytirib kuyadi. Azot almashinuvi maxsulotlari, ayniksa mochevina, azot ajralishini kuchaytirib, diurezni kupaytiradi.

Bemordagi ortiksa suv, tuzlar va boshka moddalarni chikarib tashlash uchun amaliy tibbiyotda siydik xaydaydigan bir kancha vositalar (mannitol, mochevina, kofein, gipotiazid, turli giyoxlarning kaynatmalari va boshkalar) davo maksadida ishlatiladi. Ana shu moddalarning ta’siri koptokchalardagi kon aylanishi va filtratsiyani kuchaytirishga yoki kanalchalardagi reabsorbsiya protsesslarini susaytirishga, shuningdek organizm tukimalarining suvni biriktirib olishini uzgartirishga asoslangan.

Buyraklar kon ion tarkibini idora etishda katnashadi. Masalan, konda natriy yetishmay turganda kanalchalarning distal bulimlarida natriyning kayta surilishi kuchayadi. Buning natijasida kondagi natriy mikdori kupayib, kalsiyning nisbiy mikdori kamayadi va shu elementlarning normal nisbati tiklanadi. konda natriy mikdori kupayib ketganida bunga karama-karshi protsess ruy beradi. Natriy, kaliy va xloridlarning tashkariga chikarilishi va reabsorbsiyasi buyrak usti bezlari pustlogining mineralokortikoid gormonlari ta’siri ostida idora etib boriladi. Shularning eng aktivi aldosterondir (331-betga karalsin). Aldosteron sekresiyasi susayib kolganida, natriy reabsorbsiyasi keskin kamayadi, organizm shu kadar kup mikdorda natriy yukotadiki, xatto ulib kolishi mumkin. Buyraklarning ajratish funksiyasi kondagi kalsiy, fosfor, xlor va boshka elementlar mikdorini idora etib borishda xam axamiyatga ega.

Buyraklar konning kislota-ishkor xolatini idora etib borishda katnashadi. kon reaksiyasi kislota tomoniga surilib kolsa, masalan, zur jismoniy ish vaktida sut va fosfat kislotalari tuplanib borishi tufayli, buyraklar kislotalari birmuncha kup siydik chikaradi va organizmda kislota-ishkor muvozanatini saklab koladi. konda ishkorlar kupayganida, aksincha, siydik ancha ishkoriy bulib koladi. Buning sababi, jumladan shuki, kislotadek reaksiya kursatuvchi Na2NRO4 kondan kamrok chikishi xisobiga ishkordek reaksiya kuzgatuvchi fosfat NaNzROchikishi ortadi.

Siydikning mikdori, tarkibi va xossalari. Odamdan bir kecha-kunduz davomida urtacha 1,5 l siydik chikadi. Birok, bu mikdor doimiy bulmaydi va ancha keng doiralarda uzgarib turadi. Odam mul-kul suyuklik ichganidan keyin va ovkat bilan talaygina mikdordagi tuzlar va oksillar iste’mol kilganida (bularning parchalanish maxsulotlari buyraklar funksiyasini kuchaytiradi) chikadigan siydik mikdori kupayadi. Uysu maxalida, ayniksa odam juda kattik uxlab yotgan paytlarda, siydik xosil bulishi kamayib koladi. Odam kup terlaganida tanasining yuzasidan suv buglanib ketishi xisobiga siydik mikdori kamayadi. Jismoniy ish vaktida terlash kupayishi xisobiga chikadigan siydik kamayib koladi. Arterial bosimning ortishi koptokcha filtratsiyasi kuchayishi tufayli diurez kupayishiga olib kslsa, arterial bosimning pasayishi teskari natijaga olib boradi.

Siydikning nisbiy zichligi 1,012—1,020 ga tengdir. Siydik nechogli kam chikadigan bulsa, uning konsentratsiyasi va nisbiy zichligi shuncha yukori buladi. Siydik reaksiyasi uzgarib turadi, siydikda rN 4,7—6,5 ni tashkil etadi. Odam aralash ovkatlar bilan ovkatlanib yurganida siydik reaksiyasi kuchsiz kislotali buladi. Asosan gushtli ovkatlar iste’mol kilinganida siydik reaksiyasi ancha kislotali bulib kolsa, usimlik ovkatlari bilan ovkatlanilganda kislotalari kamayib, reaksiyasi neytral va xatto sust ishkoriy darajagacha xam tushadi.

Siydik, unda urobilin va uroxrom pigmentlari bulishi tufayli, och sarik tusda buladi. Bu pigmentlar ichak va buyraklarda ut pigmentlaridan xosil buladi, ut pigmentlari esa uz navbatida gemoglobinning parchalanish maxsulotlaridan yuzaga keladi. Siydik tarkibi 10-jadvalda keltirilgan.

 

2-j a d v a l



Sutkalik siydik bilan turli moddalarning chikib turishi

Organik moddalar

Modda mikdori (g da)

Anorganik moddalar

Modda mikdori (g da)

Mochevina

25—35

Natriy xlornd

10—15

Urag kislota

1,7

Sulfat kislota tuzlari

2,5

Kreatiiin 

1,5

Fosfat kislota tuzlari

2,5

Gippurat kislota

 

 



 

0.7

 

 



 

Kaliy oksid

3,3

Kalsin — » —

0,8

Magniy — »—

0,8

Ammiak

0,7

 

Kislota organizmdan asosan buyraklar orkali chikariladi. Odamda azotli maxsulotlar xammadan kup mochevina kurinishida chikarib turiladi. Siydikdagi barcha azotning 90 protsenti shuning ulushiga tugri keladi. Siydikda sulfat kislota bilan birikkan xoldagi indol, skatol va fenol, ya’ni oksillarning ichakda chirishidan xosil buladigan maxsulotlarning ba’zi unumlari xam bor.

Parchalanmagan oksil soglom odam siydigida odatda bulmaydi Yo buyrak membranalarining utkazuvchanligi aynaganda, yoki buyraklarda yalliglanish protsesslari bulganda (nefritlarda) siydikda oksil paydo buladi. Siydikda oksil bulishi prote- i n u r i ya deyiladi. Soglom odamning siydigida oksil zur muskul ishidan keyin koptokcha kapillyarlarining utkazuvchanligi vaktincha uzgarishi natijasida juda kiska vakt paydo bulib turishi mumkin. Bunda aksari bir oz mikdor albuminlar chikadi, albuminuriya deb shuni aytiladi. Siydikda kon paydo bulishi — gematuriya buyrakda kasallik borligini kursatadi.

Organik va anorganik kislbtalarning tuzlari siydik bilan mul-kul chikib turadi. Anorganik kislota tuzlariga, masalan, oksalat kislota tuzlari, ya’ni asosan usimlik ovkati parchalanishining oralik maxsuloti bulmish oksalatlar, muskul faoliyati vaktida xosil buladigan sut kislota tuzlari va boshkalar kiradi. Anorganik kislotalar tuzlariga xloridlar, sulfatlar va boshkalar kiradi. Siydnk bilan natriy xlorid xammadan kup — sutkasiga 10—15 g gacha chikib turadi.

Ogir buyrak kasalliklarida bemorlarning bitta yoki ikkala buyragi olib tashlanadi. Bitta buyragi olib tashlanadigan bulsa, u xolda ikkinchisi ajratish protsesslarining urnini tuldirib boradi (kompensatsiya). Ikkala buyrak olib tashlanganida yoki yetishmovchiligida siydik xosil bulishi keskin izdan chikadigan bulsa uremiya boshlanadi. Mana shu ogir xolatning sababi buyraklar tomonidan chikarib tashlanadigan azot almashinuvi maxsulotlarining organizmda tuplanib kolishi va shulardan zaxarlanishdir.

Buyraklar kasalligida funksiyalari urnini vaktincha koplab turish va azot almashinuvining oxirgi maxsulotlarini chikarib tashlash uchun bemorlarda «sun’iy buyrak» kullaniladi. «Sun’iy buyrak» ning asosiy tarkibiy kismi nay bulib, uning devori umumiy yuzasi katta bulgan yarim utkazgich membrana rolini uynaydi. Nayning tashki yuzasi gipotonik tuzlar eritmasi bilan uralgan buladi. Kanyula yordamida nayning bir uchi odamning arteriyasiga, ikkinchisi venasiga ulab kuyiladi. Odam koni nay orkali utadi va bir kancha moddalar atrofdagi tuz eritmasiga diffuziyalanib chikadi. Shunday kilib, kon mochevinadan va almashinuvning zaxarli maxsulotlaridan tozalanadi. Bemorning xayotini saklab turish uchun konini xaftasiga 2-3 marta tozalab turishga tugri keladi.



Mavzu 17: Ichki sekresiya bezlarining anatomiyasi, fiziologiyasi va yosh xususiyatlari

Reja:

  1. Organizmdagi fiziologik jarayonlarning neyro endokrin sistema orqali boshqarilishi.

  2. Ichki sekretsiya bezlarining tasnifi va funksiyasi.

  3. Gormonlar tushunchasi, ularning biologik xarakteristikas

Tayanch tushunchalar: epifiz,gipofiz, qalqonsimon bеz,mе'da osti bеzi, buyrak usti bеzlari, jinsiy bеzlar, gormon, sеkrеtsiya, endokrin bеzlar;

Ichki sekretsiya bezlari haqida tushunchalar. Ma’lumki organizmdagi mavjud bezlar spesifik moddalar-sekretlar ishlab chiqaradi. Sekretlar oqish yo’llari orqali gavdaning bo’shliqlariga (og’iz bo’shlig’i, me’daga, ichaklarga) yoki tashqi muhitga ajratiladi. Bunday holda tashqi sekresiya haqida ham gap yuritishga to’g’ri keladi: Tashqi sekretsiya bezlari. So’lak, me’da, yog’, ter bezlari – tashqi sekretsiya bezlariga kiradi.

Lekin organizmda yana shunday bezlar borki, qaysiki ularning alohida chiqaruv yo’llari bo’lmay, balki ajratgan sekretlarini to’g’ridan-to’g’ri qonga ajratadi. Bunday bezlar ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin bezlari deb yuritiladi va bu so’z grekcha endon – ichki, krinin ajratadi degan ma’noni beradi. Endokrin bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez yoki qalqonsimon bezoldi bezchalari, me’daosti bezi, jinsiy va ayrisimon bezlar kiradi.

Me’daosti va jinsiy bezlar – aralash bezlar hisoblanadi, ya’ni ularning ayrim hujayralari tashqi sekretorlik funksiyasini bajarsa, ayrimlari ichki sekretorlik funksiyasini bajaradi.



Endokrin bezlarning joylanish chizmasi.

1-g’urrasimon bez yoki epifiz; 2-gipofiz; 3-qalqonsimon bez; 4-qalqonsimon bez oldi bezchalari; 5-ayrisimon bez; 6-medaosti bezi; 7-buyrakusti bezi; 8-tuxumdon (qizlarda); 9-urug’don(o’g’il bollarda)

Jinsiy bezlar jinsiy gormonlar ishlab chiqarish bilan birga, jinsiy hujayralarni (tuxum va spermatazoidlar) ham ishlab chiqaradi. Me’daosti bezining hujayralarini bir qismi insulin va glyukogen gormonlarini ishlab chiqsa, qolgan qismi me’daosti bezining hazm shiralarini ishlab chiqaradi.

Odamning endokrin bezlari o’lchami jihatidan unchalik katta emas, og’irligi ham unchalik katta emas (grammning bir qismidan, bir necha grammlargacha) lekin qon tomirlari bilan juda yaxshi ta’minlangan. Qon ularga zarur bo’lgan qurilish materiallarini olib keladi va undan kimyoviy jihatdan faol sekretlarni olib ketadi.

The Endocrine System


Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish