Ko‘knoriguldoshlar oilasi-Papaveraceae.
Ko‘knoriguldoshlar oilasi-Papaveraceae.
Bu oilaning vakillari o‘tlardir, ularda, odatda bo‘g‘imlarga bo‘lingan sut naylari yoki sut xujayralari bo‘ladi.
O‘simlikda sutsimon shira bo‘lmasa,maxsus moddasi bor cho‘ziq xujayralar yuzaga keladi.U 26 avlodga oid 250 turni o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyoda 8 turkumga oid 35 tur uchraydi.Bu oilaga kiradigan o‘simliklar asosan o‘tlar, qisman butalardir. Barglari ko‘pincha patsimon qirqilgan, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari yakka-yakka yoki to‘pgulda joylashadi. Aktinomorf, ba’zan zigomorf kosachasi 2 ta, gultoji 4 ta, ba’zan 6 ta kosachasi faqat g‘unchaligidagina bo‘ladi, guli ochilishi bilan tezda tushib ketadi. Otaligi 2-4 ta yoki cheksiz, doira bo‘lib joylashgan. Onaligi 2 ta yoki bir nechta mevabargli, senokarp tipda, tugunchasi ustki, bir uyali, mevasi ko‘p urug‘li ko‘sacha yoki yong‘oqchadir. Urug‘lari endospermli, xashoratlar vositasi bilan changlanadi.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |