Mehnat reduksiyasi — bu murakkab mehnatni oddiy mehnatga aylantirish demakdir.
Mehnat faoliyati - bu insonning biror mehnat turi bilan band bo'lishidir.
Mehnat taqsimoti — bu har xil mehnat turlarining bir-biridan ajratilishini, pirovardida ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi turli guruh kishilaming xilma-xil mehnat faoliyatlari bilan band bo‘lishidir.
Mehnat kooperatsiyasi — bu mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o'rtasidagi aloqalarning o‘rnatilishi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biridir.
Mehnat resurslari — bu o‘zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar to'plamidir.
Mehnat salohiyati - jamiyatning mehnat sohasidagi imkoniyat quwatlari bo‘lib, jismoniy imkoniyat, ma’lumot, kasb-kor, malakaga ega bo‘lgan ishlab chiqarishda ishtirok etishga layoqatli bolgan barcha fuqarolarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |