4.2-jadval Inson resurslarining hududiy joylashuvi
Iqtis-da Rasmiy
Doimiy aholi
Xudud, ming Aholi zichligi, bandlami ro‘yxatdan
Viloyatlar soni
km.kv I km.kv o‘r.yil. soni o‘tgan ishsizlar.
ming kishi
ming kishi Ming kishi
O'zbekiston Res. 448,9 57,2 25707,4 9589,0 32,2
Qoraqalpog’iston R. 166,6 9,3 1560,3 509,4 5,9
Andijon 4,2 549.97 2309,1 892,3 1,4
Buhoro 40,3 36,9 1490,1 627,0 0,5 Jizzah 21,2 48,4 1030,7 312,4 0,5
Qashqadaryo 28,6 81,7 2336,4 770,5 1,6
Navoiy 111,0 7.2 804,2 354,5 2,0 Namangan 7,4 276,0 2042,5 652,6 2,8
Samarqand 16,8 168,2 2826,1 981,6 3,4
Surhandaryo 20,1 92,7 1864,2 611,1 1,8
Sirdaryo 4,3 155,4 668,5 264,9 1,0
Toshkent 15,6* 155,8* 2430,4 952,8 0,7
Farg’ona 6,7 417,8 2799,2 1095,3 1,4
Xorazm 6,1 231.2 1410,3 490,4 6,6
T oshkent shahri X X 2135,4 1074,2 2,6
*Toshkent shahri kiritilgan
МапЬа:Узбекистанвцифрах. Статистический ежегодник регионов Узбекистана 2003. Т.: 2004 «Статистика»
50
Respublikamiz aholisi turli hududlarda har xil zichlikda istiqomat qiladi, jumladan:
Farg’ona iqtisodiy rayon hisoblanib, unda har kvadrat kilometr maydonda
417-549 nafardan ortiq;
Toshkent iqtisodiy rayonida har bir kvadrat kilometrga 157,8 nafar;
Qashqadaryo, Surxondaryo iqtisodiy rayonlarida har bir kvadrat kilometrga 81-92 kishi;
Buxoro, Navoiy, Qoraqalpog’iston hududlarida esa aholining zichligi har bir kvadrat kilometrga 7,7 nafardan 37 nafargacha to‘g’ri keladi.
Ko'rinib turibdiki, Farg’ona iqtisodiy rayoni, xususan, Andijon viloyati respublikamizda aholi eng ko‘p, zich joylashgan hudud ekan.
Umumiy ishlab chiqarish samaradorligi o'sishi omillaridan biri ishlab chiqarish kuchlarining joylashishini yaxshilashdir.
Samarali hududiy mehnat taqsimoti shuni ko‘rsatadiki, har bir iqtisodiy rayonda m aium turdagi mahsulot ishlab chiqarilishi rivojlanadi. Aynan shu mahsulotlar ishlab chiqarilishiga umumiy mehnat sarfi kam bo‘ladi va tabiiy hamda mehnat resurslarining to‘liq ishlatilishini ta’minlaydi.
Shuning uchun iqtisodiy tumanlar ixtLsoslashuvi ijtimoiy mahsulotning samaraliroq ishlab chiqarilishini, shu tariqa har tomonlama rivojlanishini ham ta’min etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish muammolariga asosiy e’tibomi qaratgan. Natijada yillar mobaynida qoloq viloyatlarda sanoat ishlab chiqarishi paydo bo'idi. Har bir hududda quyidagi sanoat tarmoqlari rivojlandi: mashinasozlik, kimyo, energetika, yengil va oziq-ovqat sanoati. Bularnmg hammasi mehnatkashlaming moddiy turmush sharoiti va madaniy-texnik darajasi o'sishiga olib keldi.
Shuningdek, fan-texnika sohasidagi yutuqlar transport tarmog’ining keng yoyilishiga olib kelib, o‘z navbatida, xom ashyo manbalariga yaqin hududlarda va mehnat zahiralari yoki u yohud bu turdagi mahsulotlarning yirik iste’molchilari
joylashgan hududlarda sanoat korxonalari qurishga imkon yaratadi. Bu esa, ko'pgina qayta ishlash sanoati tarmoqlarini mamlakat miqyosida to‘g’ri taqsimlash
imkonini beradi.
Har bir iqtisodiy hududda mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat va qurilish materiallari korxonalari mavjud. Ammo ishlab chiqarishning shunday turlari ham borki, ular ayrim hududlardagina keng tarqalgan. Masalan, Toshkent iqtisodiy hududida sanoat yaxshi rivojlangan.
Har xil iqtisodiy hududlarda mehnat resurslarining haqiqiy o‘sishi ham bir xil emas. Jadal o'sishi tez-tez kuzatilmaydi, chunki ayrim hududlarda ulardan foydalanish uchun tabiiy resurslar kam.
Ammo ayrim hududlarda, ya’ni tabiiy resurslarga boy joylarda ishchi kuchi yetishmasligi kuzatiladi. Bularning barchasi xo‘jalik yuritishda ma’lum
qiyinchiliklar tug’diradi.
Bunday holatlarda obyektiv va sub’ektiv omillar bilan hisoblashishga to‘g’ri keladi. (26)
51
Do'stlaringiz bilan baham: |