Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha



Download 1,27 Mb.
bet21/129
Sana30.12.2021
Hajmi1,27 Mb.
#192631
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   129
Bog'liq
2 5431881092422438601

Aholining keksayishi muammosi. Barcha zamonaviy demograflk jarayonlar orasida aholi keksayishi jarayonijo‘nroq o‘lchanadigan, taxminlarqilinishi qulayroq va aslida, o‘z oqibatlariga ko‘ra xavfliroq bo'lgan jarayondir. Shunday bo‘lsa-da, u eng kam tadqiq qilingan jarayonlardan bin ekanligicha qolmoqda. Demograflaming fikricha, mamlakat aholisi undagi yoshi qaytgan shaxslar ulushi 7—8 %dan oshgan taqdirda keksaygan hisoblanadi. G‘arbdagi iqtisodiy rivojlangan davlatiaming ko‘pchiligida 65 yoshli va undan kattaroq yoshdagilami, ba’zi mamlakatlarda esa 60 yoshdan oshganlami yoshi qaytganlar toifasiga kiritish qabul qilingan.

Aholining keksayishi Fransiyada XVIII asming oxirlarida boshlanib, keyinchalik asta-sekin barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqalgan. Lekin awallari hech qachon yoshi keksaygan odamlaming ulushi hozirgidek tez va koiamdor oshmagan. 2000 yilda yoshi qaytgan kishilar ulushi Germaniyada 15,0 %, Angliyada 16 %, Fransiyada 15 %, AQShda 13 %, Yaponiyada 13 % ni tashkil etdi.

Aholi keksayishining sababi ikki xildir. Bir tomondan, bu —tug’ilish kamayishi bo‘lib, buning oqibatida bolalar va yoshlar ulushi qisqaradi. fkkinchi

tomondan, bu — umr uzunligining oshishi.

Aholining keksayishi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birinchidan, yoshi keksa odamlar ulushining oshishi o‘z navbatida aholining iqtisodiy faolligi pasayishiga olib keladi. Odamning yoshi qanchalik katta bo‘lsa, mahsuldorligi shunchalik past bo‘ladi, deb hisoblanadi.

Ikkinchidan, aholining keksayishi iqtisodiyotda yoshlar ulushi kamayishini anglatadi, bu esa, ayrim tadqiqotchilaming fikricha, ish bilan band aholi kasb- malaka va tarmoq tarkibining o‘zgarish jarayoni va, binobarin, iqtisodiyot samaradorligi oshishini sekinlashtiradi. Iqtisodiy samaradorlik oshishining sekinlashishi aholi harakatchanligining pasayishi bilan ham bog’liq bo‘lishi mumkin.

Uchinchidan, pensiya fondlari zimmasiga pensiyalar to‘lash xarajatlarining benihoya og’ir yuki tushadi, zero, pensionerlar ulushi ko‘payishi bilan bir yo‘la pensiya fondlariga mablag’ to‘lab boradigan ishga qobiliyatli aholi salmog’i qisqaradi.

To‘rtinchidan, nochor qariyalarga yordam ko‘rsatishi lozim bo'lgan davlat ijtimoiy xizmatlariga ish ko‘payadi. Qariyalarni parvarish qilish uchun to‘lov kabi muammolar ko‘payadi.

Beshinchidan, yoshi keksaygan kishilarga tibbiy xizmatlar ko'rsatish uchun qtt‘shimcha mablag’ sarflash, gerontologik muassasalar tarmog’ini kengaytirish va butun sog’liqni saqlash tizimini sifatli tarzda qayta qurishni talab qiladi.

34

Oltinchidan, hali ishlashni istaydigan «yosh qariyalar»ni ish bilan ta’miniash lozim. Bu oson vazifa emas, chunki, ma’lumki, pensiya yoshiga yetmaganlarga ham ish o‘rinlari yetishmaydi. Yoshi qaytganlarda faol hayotiy pozitsiyani saqlab qolish, ularni ijtimoiy hayotga jalb etish, yolg’izlikka qarshi kurash ham g’oyat muhimdir.



Yettinchidan, aholining keksayishi moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasining tuzilmasiga ta’sir etadi. Axir yoshi qaytganlarning talab- ehtiyojlariga muvofiq ravishda tovarlar va xizmatlar assortimentini o‘zgartirishga to'g’ri keladi. Ba’zi texnologik operatsiyalarni ham o'zgartirish, mashina va uskunalarni xodimlarning yosh xususiyatlariga moslashtirish kerak bo‘ladi.

«Qariyalarning ko‘payishi» asta-sekin butun dunyoni qamrab, ko‘plab muammolarni yuzaga keltirmoqda. Insoniyat mazkur tendensiya tufayli kelib chiqadigan vazifaiarning muhimligini tushunib yetishi darkor. Ko'pchilik mamlakatlar yoshi keksa odamlarning munosib hayot kechirishini ta’miniash

uchun hozirdayoq ko‘p ishlarni amalga oshirmoqdalar. Lekin keng qamrovli davlat siyosatining ishlab chiqilishi bu muammoni hal qiladi degan umiddamiz.(21)


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish